Current Issue
Vol. 5 No. 4 (2026): Pedagogy and psychology in the modern world: theoretical and practical research
«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya: Nazariy va amaliy izlanishlar» is a national online conference with open access, where review abstracts related to various fields are published. The main goal is to offer an intellectual platform for national scientists, and it aims to promote interdisciplinary research. All manuscripts should be prepared in Uzbek, English or Russian.
Published: 2026-02-05
Articles
PEDAGOGLARNI KONFLIKTOLOGIK KOMPETENTLIK BILIMLARINI YANADA BOYITISH METOD VA VOSITALARI
Mazkur maqolada pedagoglarda konfliktologik kompetentlik bilimlarini yanada boyitish masalasi ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tadqiq etilgan. Konfliktologik kompetentlikning mazmuni, tarkibiy komponentlari hamda uni rivojlantirishga xizmat qiluvchi samarali metod va vositalar tahlil qilindi. Tadqiqot jarayonida interfaol metodlar, trening texnologiyalari, refleksiv yondashuv va pedagogik vaziyatlardan foydalanishning samaradorligi ilmiy jadvallar asosida yoritib berildi.
2026-02-04
HUMAN–AI COLLABORATION IN LANGUAGE LEARNING: A LINGUO-COGNITIVE PERSPECTIVE
The growing integration of artificial intelligence (AI) in English language teaching has created new opportunities for supporting both language proficiency and cognitive development. This review article examines human–AI collaboration from a linguo-cognitive perspective, focusing on how AI can contribute to learners’ critical thinking, problem-solving, decision-making, and metacognitive awareness. Recent studies indicate that AI tools can function as collaborative partners by providing feedback, dialogue, and scaffolding. However, research also warns that uncritical reliance on AI may lead to superficial learning and reduced cognitive effort. The literature suggests that meaningful learning occurs when students actively evaluate AI outputs, maintain agency in decision-making, and engage in structured reflection. Ethical awareness and responsible use of AI are also essential components of linguo-cognitive competence. The article concludes that AI has educational value not as an automatic solution but as a cognitive partner when supported by thoughtful pedagogical design and teacher mediation. Human–AI collaboration, when properly structured, can promote reflective and cognitively engaged language learning.
2026-02-05
MAHALLA INSTITUTINING AHAMIYATI
Ushbu maqolada mahalla instituti jamiyatning muhim ijtimoiy tuzilmasi sifatida har tomonlama tahlil qilinadi. Tadqiqotda mahallaning tarixiy ildizlari, uning shakllanish bosqichlari, an’anaviy va zamonaviy funksiyalari, ijtimoiy boshqaruvdagi o‘rni hamda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishdagi ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, O‘zbekistonda mustaqillik yillarida mahalla institutini mustahkamlash borasida amalga oshirilgan islohotlar, huquqiy asoslar va amaliy natijalar ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Maqola mahallaning jamiyat barqarorligi, ijtimoiy birdamlik va aholi farovonligini ta’minlashdagi rolini ochib berishga qaratilgan.
2026-02-05
MUSTAQIL TA’LIMNING NAZARIY ASOSLARI VA ZAMONAVIY TENDENSIYALARI
В статье рассматривается современная тенденция стремления личности к самостоятельности и актуальность самостоятельного обучения в системе образования. Быстрое обновление знаний и рост объёма информации требуют от личности непрерывного обучения. Анализируются исторические основы самостоятельного обучения, начиная с античного периода, а также его развитие в США и Европе в XIX–XX веках. Теоретической базой исследования послужили концепция самообразования М. Ноулза, социально-когнитивная теория А. Бандуры и идеи саморегуляции обучения. Сопоставляются педагогический и андрагогический подходы, раскрывается значение ключевых компетенций самостоятельного обучения.
2026-02-06
TOPONIMLAR VA ULARNING LINGVISTIKADAGI ROLI
Ushbu tezisda toponimlarning tilshunoslikdagi roli, ularning kelib chiqishi, strukturaviy xususiyatlari va tilshunoslikning boshqa sohalari bilan aloqasi o'rganiladi. Toponimlarning lingvistik tahlili ularning tarixiy, geografik va madaniy mazmunini ochib berishga xizmat qiladi. Ularning mintaqaviy dialektologiya, semantika va leksikografiya bilan aloqasi ham tahlil qilinadi.
2026-02-06
MAKTABLARDA YUQORI SINF O’QUVCHILARINING YOZMA NUTQ KO’NIKMALARINI RIVOJLANTIRISHDA DLT TEXNOLOGIYASINING AHAMIYATI
Mazkur tezisda umumta’lim maktablarida yuqori sinf o‘quvchilarining yozma nutq ko‘nikmalarini rivojlantirishda raqamli ta’lim texnologiyalarining (Digital Learning Technologies – DLT) pedagogik ahamiyati yoritilgan. Tadqiqotda yozma nutqni shakllantirishda jarayonli yozish, metakognitiv yondashuv, hamkorlikda yozish va formativ baholashning o‘rni tahlil qilingan. Yevropa, MDH va O‘zbekiston tadqiqotchilarining ilmiy qarashlari asosida DLT texnologiyalari yozma nutqni rivojlantirishda samarali vosita ekanligi asoslab berilgan. Natijalar yozma nutq ko‘nikmalarini rivojlantirishda DLT asosidagi topshiriqlar o‘quvchilarning mustaqil fikrlashini, tahrirlash malakalarini va yozma nutq sifatini oshirishga xizmat qilishini ko‘rsatadi.
2026-02-09
BO‘LAJAK INGLIZ TILI O‘QITUVCHILARINI LEKSIK KOMPETENSIYASINI TAKOMILLASHTRISH METODIKASI
Bu maqolada ingliz tili o'qituvchilarining o'quvchilarning so'zlar zaxirasini rivojlantirish metodikasini muhokama qilib o'tamiz. Mavzuni o'rganishda, o'qituvchilar o'quvchilarga leksik ma'lumotlarini o'rgatishda qanday usullarni ishlatishlari, o'quvchilarning lug'atdan foydalangan holda so'zlar va ifodalar ustida ishlovchi xususiyatlari muhim ahamiyat kasb etadi. Maqola metodikasining afzalliklarini, muammolarni va yechimlarni ta'riflash, tahlil qilish va takomillashtirishni o'rgatish bo'yicha tushunchalarni ko'rsatish hamda amaliy dasturlash usullari ko'rsatiladi.
2026-02-09
ОТРАЖЕНИЕ СОЦИАЛЬНЫХ РОЛЕЙ В АНГЛИЙСКИХ И УЗБЕКСКИХ ПОСЛОВИЦАХ: ПРАГМАТИЧЕСКИЙ И ЛИНГВОКУЛЬТУРОЛОГИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ
Пословицы являются важнейшими единицами народной мудрости, отражая социальные ценности, нормы и коллективное сознание. Они не только сохраняют историко-культурное наследие, но и формируют и закрепляют социальные роли. Данный тезис посвящен анализу прагматических и лингвокультурологических особенностей социальных ролей в английских и узбекских пословицах. Исследование направлено на выявление того, как пословицы кодируют социальные нормы и культурные концепты, отражающие менталитет и традиции каждой нации.
2026-02-09
СВЯЗЬ ЯЗЫКА И МЫШЛЕНИЯ В СВЕТЕ НЕЙРОЛИНГВИСТИЧЕСКИХ ИССЛЕДОВАНИЙ
В данной статье проводится глубокий анализ взаимосвязи между языком и мышлением, рассматриваемый через призму нейролингвистики. Основываясь на новейших исследованиях в области когнитивной лингвистики, нейропсихологии и психолингвистики, авторы исследуют, каким образом языковая система может оказывать влияние на когнитивные процессы, формирование понятий и принятие решений. В статье также освещаются различные теории, касающиеся языковой категоризации и языковых схем мышления, а также обсуждается влияние билингвизма на гибкость когнитивных стратегий. Приводятся данные о том, как различные языковые структуры способны активировать специфические нейронные сети, формируя при этом уникальные особенности мышления у носителей разных языков.
2026-02-09
BUYRAK KASALLIKLARINING ZAMONAVIY TASNIFI VA BEMORLARNI DAVOLASHNING INNOVATSION STRATEGIYALARI
Ushbu maqolada nefrologiya sohasidagi eng dolzarb kasalliklar, ularning kelib chiqish sabablari va zamonaviy davolash metodlari tahlil qilinadi. Surunkali buyrak kasalligi (SBK) bilan og‘rigan bemorlarning hayot sifatini yaxshilash, farmakoterapiya va gemodializ muolajalarining samaradorligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.
2026-02-09
STRESSNING TALABALAR HAYOTIDAGI O'RNI VA ROLI
Ushbu maqolada stress va stresni keltirib chiqarivchi omillar,hamda uni talabalar hayotidagi o'ri va roli haqida sõz boradi.
2026-02-10
AXBOROT MAYDONIDA PSIXOLOGIK TAHDIDLAR VA ULARNING JAMIYAT BARQARORLIGIGA TA’SIRI
Mazkur maqolada zamonaviy globallashuv va raqamli texnologiyalar rivoji sharoitida axborot makonida yuzaga kelayotgan psixologik tahdidlar ijtimoiy-psixologik nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Tadqiqotda axborot oqimining tezligi va nazoratsizligi shaxs ruhiy holati hamda jamiyat barqarorligiga ko‘rsatadigan salbiy ta’sirlari yoritilgan. Shuningdek, xalqaro tashkilotlar statistik ma’lumotlari asosida axborot bosimining global ko‘lami ochib berilib, O‘zbekistonda axborot manipulyatsiyalarining oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar tahlil etiladi. Maqolada axborot madaniyatini yuksaltirish va psixologik barqarorlikni mustahkamlash jamiyat taraqqiyotining muhim omili ekanligi ilmiy jihatdan asoslanadi.
2026-02-10
MAHMUDXO‘JA BEHBUDIYNING TILGA DOIR QARASHLARI
Ushbu maqolada Turkiston jadidchiligi rahnamosi Mahmudxo‘ja Behbudiyning til va til bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha yozgan maqolalari, ilmiy tadqiqotlari tahlil qilingan.
2026-02-11
MAKTABGACHA TA’LIM TARBIYALANUVCHILARNING MA’NAVIY DUNYOQARASHINI RIVOJLANTIRISHDA MADANIY MEROS RESURSLARIDAN FOYDALANISHNING PEDAGOGIK AHAMIYATI
mazkur ilmiy maqolada maktabgacha ta’lim tarbiyalanuvchilarining ma’naviy dunyoqarashini rivojlantirishda madaniy meros resurslaridan foydalanishning pedagogik ahamiyati chuqur ilmiy-nazariy va amaliy tahlil etilgan. Tadqiqotda madaniy meros tushunchasining pedagogik mazmuni, uning maktabgacha yoshdagi bolalar psixologik xususiyatlariga mosligi hamda tarbiyaviy jarayonga integratsiyalashuv mexanizmlari asoslab berilgan. Shuningdek, xalq og‘zaki ijodi, milliy urf-odatlar, an’analar, milliy o‘yinlar va marosimlarning bolalar ma’naviy dunyoqarashini shakllantirishdagi roli ochib berilgan.
2026-02-12
MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMIDA INKLYUZIV TA’LIMNI SAMARALI TASHKIL ETISHNING AMALIY AHAMIYATI
mazkur maqolada maktabgacha ta’lim tizimida inklyuziv ta’limni samarali tashkil etishning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilinadi. Inklyuziv ta’limning mazmun-mohiyati, tamoyillari, huquqiy-me’yoriy asoslari hamda maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishidagi ahamiyati yoritiladi. Shuningdek, inklyuziv muhitni yaratishning pedagogik shart-sharoitlari, metod va vositalari, pedagog hamda ota-onalar hamkorligining o‘rni ilmiy asosda ochib beriladi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, inklyuziv ta’limni samarali tashkil etish bolalarning ijtimoiylashuvi, emotsional-intellektual rivojlanishi va teng imkoniyatlar muhitining shakllanishida muhim amaliy ahamiyat kasb etadi.
2026-02-12
MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMIDA INKLYUZIV TA’LIMNI SAMARALI TASHKIL ETISHNING ILMIY ASOSLARI
ushbu ilmiy maqolada maktabgacha ta’lim tizimida inklyuziv ta’limni samarali tashkil etishning ilmiy-nazariy asoslari chuqur tahlil qilingan. Unda inklyuziv ta’lim konsepsiyasining pedagogik, psixologik va ijtimoiy-falsafiy asoslari, maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishidagi o‘rni, inklyuziv ta’limni tashkil etishning tamoyillari, metodologik yondashuvlari, pedagogik shart-sharoitlari hamda amaliyotda uchraydigan muammolar va ularning ilmiy asoslangan yechimlari yoritilgan.
2026-02-12
MAKTABGACHA TA'LIM JARAYONLARIDA VATANPARVARLIKNI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK AHAMIYATI
mazkur maqolada maktabgacha ta’lim jarayonida bolalarda vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirish va rivojlantirishning pedagogik ahamiyati ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Vatanparvarlikning mazmun-mohiyati, uning maktabgacha yosh davridagi psixologik xususiyatlar bilan bog‘liqligi, ta’lim-tarbiya jarayoniga integratsiyalash mexanizmlari yoritiladi. Shuningdek, vatanparvarlikni rivojlantirishga xizmat qiluvchi pedagogik shart-sharoitlar, metod va vositalar tizimi asoslab beriladi. Tadqiqot natijasida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida vatanparvarlikni shakllantirishning integrativ modeli taklif etiladi hamda uning samaradorligi ilmiy xulosalar asosida bayon qilinadi.
2026-02-12
MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMIDA INKLYUZIV TA’LIMNI SAMARALI TASHKIL ETISH
mazkur ilmiy maqolada maktabgacha ta’lim tizimida inklyuziv ta’limni samarali tashkil etishning nazariy va amaliy jihatlari yoritilgan. Unda inklyuziv ta’lim tushunchasi, uning mazmun-mohiyati, asosiy tamoyillari, maktabgacha yoshdagi bolalar rivojida inklyuziv muhitning ahamiyati, pedagog va mutaxassislarning roli, ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan metod va texnologiyalar, shuningdek, inklyuziv ta’limni joriy etishda uchraydigan muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari ilmiy tahlil qilingan. Maqola maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglari, metodistlar hamda ta’lim sohasida ilmiy izlanish olib borayotgan tadqiqotchilar uchun mo‘ljallangan.
2026-02-12
TA’LIM MUASSASALARIDA KADRLAR ROTATSIYASINI BOSHQARISHNI RAQAMLI VA ANALITIK YONDASHUV ORQALI OPTIMALLASHTIRISH
Mazkur tezis ta’lim muassasalarida kadrlar rotatsiyasini boshqarishni raqamli va analitik yondashuvlar orqali optimallashtirishning nazariy va amaliy jihatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Tezisda kadrlar rotatsiyasining boshqaruv samaradorligiga, ta’lim sifatiga, rahbar kadrlarning strategik qaror qabul qilish qobiliyatiga va pedagogik jarayonlarning uzluksizligini ta’minlashga ta’siri tahlil qilinadi. Raqamli monitoring tizimlari va analitik metodlar yordamida subyektiv qarorlarni kamaytirish, kadrlarning malaka, kompetensiya, innovatsion faoliyatini rivojlantirish imkoniyatlari yoritiladi. Shuningdek, boshqaruv jarayonida ilmiy asoslangan va ma’lumotlarga tayangan yondashuvning pedagogik tamoyillari – tizimlilik, shaffoflik, ilmiylik, insonparvarlik va moslashuvchanlik – alohida e’tiborga olinadi. Tadqiqot natijalari kadrlar rotatsiyasini samarali boshqarish orqali ta’lim sifatini doimiy monitoring qilish, resurslardan oqilona foydalanish, innovatsion boshqaruv modelini joriy etish va ta’lim muassasalarini raqamli transformatsiyaga tayyorlash imkonini beradi.
2026-02-12
XX ASR O’ZBEK VA JAHON ADABIYOTIDA MODERNIZM POETIKASIDA FOLKLOR TRANSFORMATSIYASI
Mazkur maqolada XX asr o‘zbek va jahon adabiyotida modernizm poetikasi doirasida folklor unsurlarining badiiy transformatsiyasi tahlil qilinadi. Tadqiqotda folklorning mifologik qatlam, arxetipik obrazlar, ramziy tizim va kompozitsion model sifatida modernistik tafakkur bilan uyg‘unlashuvi yoritiladi. Jahon adabiyotida T.S. Eliot, J. Joys, G. Garsia Markes, o‘zbek adabiyotida esa Cho‘lpon, Abdulla Qodiriy, Oybek va keyingi davr shoirlari ijodi misolida folklor motivlarining yangi estetik vazifasi ochib beriladi. Maqolada folklor transformatsiyasining strukturaviy, semantik va funksional ko‘rinishlari qiyosiy tahlil asosida izohlanadi.
2026-02-12
REKLAMA PSIXOLOGIYASI
Bugungi kunda ‘‘Marketing‘’, ‘‘Reklama’’ so‘zlari shiddat bilan hayotimizga kirib keldi. Ayniqsa bu tushunchalar XX asrga kelib juda rivojlanib ketdi. Marketing so‘zi inglizcha bozor ma’nosini anglatsa, reklama so‘zi lotinchadan olingan bo‘lib,
2026-02-12
OLIY TA’LIM TIZIMIDA PEDAGOG KASBIY QADRIYATLARINING TA’LIM FAOLIYATIDAGI AHAMIYATI
So‘nggi yillarda O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar pedagog shaxsiga bo‘lgan talablarni tubdan o‘zgartirmoqda. Ta’lim sifatini oshirish, raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash va akademik muhitni rivojlantirish jarayonida pedagoglarning kasbiy qadriyatlari muhim omil sifatida namoyon bo’lmoqda. Oliy ta’lim pedagogi nafaqat bilim beruvchi, balki ilmiy rahbar, tarbiyachi va ilmiy estetik madaniyatni o’rgatuvchi sifatida jamiyatda alohida o‘rin egallaydi. Shu sababli pedagogning kasbiy faoliyati faqat metodik va didaktik ko‘nikmalar bilan emas, balki uning kasbiy qadriyatlar tizimi bilan ham belgilanadi. Kasbiy qadriyatlar pedagog faoliyatining mazmuni, yo‘nalishi va pedagogic mahoratini aniqlovchi ichki mezonlar majmui sifatida namoyon bo‘ladi.
2026-02-12
BO‘LAJAK INFORMATIKA O‘QITUVCHILARINING MODELLASHTIRISH KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISHDA INNOVATSION PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNI QO‘LLASH
Zamonaviy ta’lim tizimida informatika fani yetakchi o‘rinlardan birini egallab, jamiyatning raqamli rivojlanishiga xizmat qilmoqda. Raqamli texnologiyalarning keng joriy etilishi bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarligiga yangi talablarni qo‘ymoqda. Ushbu talablar orasida modellashtirish kompetensiyasi alohida ahamiyatga ega bo‘lib, u murakkab jarayonlarni tahlil qilish, algoritmik fikrlashni rivojlantirish va real obyektlarning modellarini yaratish ko‘nikmalarini o‘z ichiga oladi. Shu sababli modellashtirish kompetensiyasini rivojlantirishda innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanish dolzarb ilmiy-amaliy masalalardan biri hisoblanadi.
2026-02-13
TASVIRIY SAN’ATDA EKOLOGIK MOTIVLAR VA ULARNING TARBIYAVIY AHAMIYATI
Ushbu maqolada tasviriy san’atda ekologik motivlarning qo‘llanilishi, ularning o‘quvchilarda tabiatga mehr, ekologik madaniyat va mas’uliyat hissini shakllantirishdagi roli yoritilgan. San’at asarlarida tabiat manzaralari, ekologik muammolar, biomuhit va ekologik muvozanat tasvirlanishining tarbiyaviy ahamiyati tahlil qilingan. Shuningdek, maktab ta’limida ekologik motivlardan foydalanish metodlari, amaliy mashg‘ulotlar hamda o‘quvchilar ijodini qo‘llab-quvvatlashning nazariy va amaliy jihatlari ko‘rsatib berilgan.
2026-02-16
MUSTAQIL TA’LIM JARAYONINI TASHKIL ETISHDA KOGNITIV STRATEGIYALARDAN FOYDALANISH METODIKASI
Ushbu maqolada mustaqil ta’lim jarayonini tashkil etishda kognitiv strategiyalardan foydalanish metodikasi haqida yoritilgan.
2026-02-16
BOLALARDA BILISH JARAYONINING KOMPETENSIYALARINI SHAKLLANTIRISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISHDA MODEL VA MODELLASHTIRISH TUSHUNCHALARI MAZMUNI
Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda bilish jarayonining kompetensiyalarini shakllantirish metodikasini takomillashtirishda model va modellashtirish tushunchalari mazmun va mohiyati yoritilgan
2026-02-16
O`ZBEKISTON SHAROITIDA RAHBARLIK USLUBLARINING XODIM MOTIVATSIYASIGA TA’SIRI
Ushbu maqolada O`zbekistonning milliy boshqaruv tizimida rahbarlik uslublarining xodimlar motivatsiyasiga ta’siri masalalari tahlil qilinadi.Tadqiqotda boshqaruv psixologiyasiga oid asarlariga tayanilgan holda,avtoritar,demokratik va liberal uslublarning o`ziga xos jihatlari hamda ularning ish samaradorligini oshirishdagi o`rni yoritilgan.
2026-02-16
MASOFAVIY BAHOLASH SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA DIFFERENSIAL YONDASHUV MEZONLARI
Ushbu tezisda masofaviy ta’lim sharoitida o‘quv natijalarini baholashda differensial yondashuv mezonlarini ishlab chiqish masalalari yoritilgan. Tadqiqotda ta’lim oluvchilarning individual xususiyatlari, bilim darajasi va o‘zlashtirish sur’atlaridagi farqlarni hisobga olgan holda baholash tizimini takomillashtirish zarurligi asoslab beriladi. Masofaviy baholash jarayonida diagnostik, formatif va summativ baholash turlarining o‘zaro uyg‘unligi tahlil qilinib, differensial mezonlar asosida baholashning samaradorligi ko‘rsatib beriladi. Shuningdek, raqamli ta’lim platformalari va avtomatlashtirilgan baholash vositalaridan foydalanish orqali baholash jarayonining adolatliligi, shaffofligi va ishonchliligini oshirish imkoniyatlari yoritilgan.
2026-02-16
