«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya: Nazariy va amaliy izlanishlar» is a national online conference with open access, where review abstracts related to various fields are published. The main goal is to offer an intellectual platform for national scientists, and it aims to promote interdisciplinary research. All manuscripts should be prepared in Uzbek, English or Russian.
Published: 2025-05-06
Articles
GEOMETRIYA VA KOMPYUTER GRAFIKASINING INTEGRATSIYASI
Ushbu maqolada geometriya va kompyuter grafikasining integratsiyasi masalalari o‘rganiladi. Geometriya, ayniqsa, 3D modellash va kompyuter grafikasida qanday muhim rol o‘ynashi, uning asosiy matematik prinsiplariga tayanib, virtual dunyo yaratish jarayonida qanday qo‘llanilayotganligi tahlil etiladi. Maqolada geometriyaning kompyuter grafikasi sohasidagi amaliy usullari, algoritmlar va texnologiyalar haqida qisqacha ma'lumot beriladi. Bunda, 3D modellarni yaratish, transformatsiyalar va ray tracing kabi muhim metodlar ko‘rib chiqiladi.
2025-05-05
ENGLISH LANGUAGE LACUNAE IN EXPRESSING EMOTIONS AND RELATIONSHIPS
This article explores the phenomenon of linguistic lacunae in the English language, with a specific focus on the inability of English to fully express certain emotions and interpersonal relationships. Drawing on comparative linguistic analysis and cross-cultural studies, the article demonstrates how these lexical gaps reflect cultural values and linguistic structures. It also examines how speakers compensate for these gaps through paraphrasing, borrowing, and neologism. The study concludes that recognizing and addressing these lacunae is essential for effective cross-cultural communication and translation.
2025-05-06
РОЛЬ ИГРОВЫХ ТЕХНОЛОГИЙ В ФОРМИРОВАНИИ КРИТИЧЕСКОГО МЫШЛЕНИЯ У ДЕТЕЙ МЛАДШЕГО ШКОЛЬНОГО ВОЗРАСТА
В статье рассматривается значимость использования игровых технологий как средства формирования критического мышления у младших школьников. Представлены теоретические основы понятий «игровые технологии» и «критическое мышление», обоснована их взаимосвязь. Отмечена эффективность игровой деятельности в условиях начального образования, приводятся практические примеры внедрения игровых приёмов на уроках родного языка.
2025-05-06
BOSHLANG’ICH SINF O’QITUVCHILARIDA KASBIY MAHORAT SHAKLLANISHINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
Ushbu mаqolаdа boshlаng‘ich sinf o‘qituvchilаrningi kаsbiy mаhorаtini rivojlаntirishning psixologik xususiyatlari haqida so’z boradi. Bundаn tаshqаri, boshlаng‘ich sinf o‘qituvchilаri kаsbiy mаhorаtini rivojlаntirishning реdаgogik хususiyаtlаri yoritib bеrilgаn. Bundаn tаshqаri boshlаng‘ich sinf o‘qituvchilаri kаsbiy mаhorаtini oshirishnng ijtimoiy рsiхologik хususiyаtlаri hаqidа so‘z borаdi.
2025-05-06
MUSIQA DARSLARIDA KLASTER, AKSON, INSERT KABI ZAMONAVIY METODLARDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI
Musiqa ta’limi har doim inson estetik didi, ichki dunyosi va ijodiy tafakkurini shakllantirishda muhim vosita bo‘lib kelgan. Bugungi kunda esa bu jarayon yangi bosqichga ko‘tarilmoqda — raqamli texnologiyalar bilan uyg‘unlashib, o‘quvchilarning musiqiy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishda ilg‘or pedagogik imkoniyatlar ochilmoqda. Ayniqsa, raqamli ta’lim muhiti sharoitida musiqa fanlarini o‘qitish nafaqat texnik jihatdan boyimoqda, balki mazmunan ham yangilanmoqda.
2025-05-06
СОВРЕМЕННЫЕ ЭВРИСТИЧЕСКИЕ МЕТОДЫ В ПЕДАГОГИКЕ
В данном тезисе рассматриваются современные эвристические методы, применяемые в педагогике, их особенности, преимущества и потенциал в формировании критического и творческого мышления учащихся. Анализируются педагогические технологии, основанные на эвристическом подходе, а также условия их эффективного применения в образовательном процессе. Особое внимание уделяется практическим примерам реализации эвристических методов в образовательной среде и их влиянию на формирование метапредметных и личностных компетенций.
2025-05-06
CONCEPTUAL FEATURES AND TRANSLATION PROBLEMS OF EUPHEMISM
The article studies the problems of euphemisms in Modern English and Uzbek. It gives information about translating challenges of euphemisms.
2025-05-07
BO‘LАJАK MАXSUS PЕDАGOGLАRDА KАSBIУ KOMPЕTЕNSIУАLАR SHАKLLАNISHIDА MOTIVАTSIУАNING O‘RNI
Mаqolаdа bo‘lаjаk mаxsus pеdаgoglаrning kаsbiу kompеtеnsiуаlаrini shаkllаntirishdа motivаtsiуаning аhаmiуаti tаhlil qilinаdi. Ichki vа tаshqi motivаtsiуаning tа’siri, nаzаriу аsoslаri ko‘rib chiqilаdi. Pеdаgogik fаoliуаtdа muvаffаqiуаtgа еrishish, pеdаgogik qobiliуаtlаr vа uning tа’limiу jаrауonlаrdаgi аhаmiуаti, tа’limiу muhitning уаrаtilishidа bo‘lаjаk pеdаgogning kаsbiу sаlohiуаti shаkllаntirish hаqidа umumiу mа’lumot bеrilgаn.
2025-05-07
MAKTABGACHA YOSHIDAGI BOLALARDA XAVOTIRLANISH HOLATLARINI NAMOYON BO‘LISH XUSUSIYATLARINING TARJIBADA O‘RGANILISHI
Mazkur magistrlik dissertatsiyasida maktabgacha yoshdagi bolalarda xavotirlanishning psixologik xususiyatlari, ularning kelib chiqish sabablari va ko‘rinish shakllari o‘rganilgan. Tadqiqotda kichik maktab yoshidagi bolalar jalb etilgan. “Zina”, “Oila” hamda “Xavotirlanish darajasini aniqlash” metodikalari asosida bolaning hissiy holati, oilaviy muhit ta’siri va xavotirlanish darajasi aniqlangan. Tadqiqot natijalari asosida xavotirni kamaytirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
2025-05-07
5-8-SINF O‘QUVCHILARI BILAN O‘TKAZILADIGAN HARAKATLI O‘YINLAR
Harakatli o‘yinlar umumta’lim maktablarining 5-8-sinf o‘quvchilari uchun jismoniy tarbiya darslarining muhim qismidir. Bu yoshdagi o‘quvchilar faol, o‘zgaruvchan va jamoaviy faoliyatga qiziqish bildiradi. Harakatli o‘yinlar nafaqat jismoniy salomatlikni mustahkamlaydi, balki jamoada ishlash, liderlik va mas’uliyatni rivojlantiradi. Ushbu maqola o‘qituvchilarga 5-8-sinf o‘quvchilari bilan o‘tkaziladigan harakatli o‘yinlarni tashkil qilish va o‘rgatish bo‘yicha amaliy yo‘riqnoma taqdim etadi.
2025-05-07
GIMNASTIKANING SOG‘LOMLASHTIRISH VA AMALIY TURLARI
Jismoniy tarbiya va sport inson hayotida beqiyos ahamiyatga ega bo‘lib, uning asosiy yo‘nalishlaridan biri gimnastikadir. Gimnastika harakat faoliyatining eng qadimiy va murakkab turlaridan biri hisoblanadi. U inson organizmining jismoniy sifatlarini rivojlantirish, salomatlikni mustahkamlash, estetik tarbiya berish va amaliy harakat ko‘nikmalarini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi.
2025-05-07
GIMNASTIK SAKRASHLAR MASHQLAR TEXNIKASINI O‘ZLASHTIRILISHI
Gimnastik sakrashlar jismoniy tarbiya darslari va sport mashg‘ulotlarining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Ushbu mashqlar o‘quvchilarning mushaklar kuchi, muvofiqlashtirish, muvozanat va chidamliligini rivojlantirishga xizmat qiladi. Gimnastik sakrashlarning texnikasini to‘g‘ri o‘zlashtirish nafaqat sport samaradorligini oshiradi, balki jarohatlanish xavfini kamaytiradi. Ushbu maqola umumta’lim maktablari o‘quvchilari va jismoniy tarbiya o‘qituvchilari uchun gimnastik sakrashlar texnikasini o‘rgatishning amaliy usullarini ko‘rib chiqadi.
2025-05-07
PSIXOLOGIK VA PSIXIK INFANTILIZM: FARQLAR, SABABLARI VA RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI
Ushbu maqolada psixologik va psixik infantilizmning farqlari, kelib chiqish sabablari va rivojlanish xususiyatlari adabiyotlar tahlili asosida o'rganiladi. Tadqiqot natijalariga ko'ra, infantilizm shakllarining diagnostikasi, klinik ko'rinishlari va terapevtik yondashuvlari aniqlangan. Xulosa qismida infantilizm holatlarini davolash va korreksiya qilish bo'yicha tavsiyalar berilgan.
2025-05-10
ADABIY MATNDA XAT MOTIVINING BADIYIY-FUNKTSIONAL ROLI
Mazkur maqolada adabiy matnlarda xat (yozma murojaat) motivining badiiy-funksional ahamiyati tahlil etilgan. Xat motivining syujet rivojida, qahramonlararo munosabatlarda va psixologik chuqurlik berishda tutgan o‘rni adabiy misollar bilan ko‘rsatib berilgan. Shuningdek, epistolyar janr va xat vositasidagi badiiy ifoda uslublari o‘zbek, rus va g‘arb adabiyotlaridan namunalarda yoritilgan.
2025-05-10
OʻQUVCHILAR NUTQINI OʻSTIRISHDA FRAZEOLOGIK BIRLIKLARDAN FOYDALANISH
Ushbu maqolada oʻquvchilarning nutqini oʻstirishda frazeologik birliklardan foydalanishning ahamiyati hamda frazema va ularning ishlatilish oʻrinlari hamda nutqni chiroyli va ravon bayon qilishda soʻz qoʻllash sanʼatidan toʻgʻri foydalanish haqida so‘z boradi.
2025-05-10
O‘ZBEK XALQ CHOLG‘ULARINING IJTIMOIY-MADANIY HAYOTDAGI O‘RNI
Mazkur tezisda o‘zbek xalq cholg‘ularining milliy ijtimoiy-madaniy hayotdagi o‘rni, ularning tarixiy ildizlari, xalq urf-odatlari, marosim va bayramlardagi funksional vazifalari tahlil qilinadi. Xalq cholg‘ulari nafaqat musiqiy vosita, balki xalqning tarixiy xotirasi, dunyoqarashi, estetik didi va ruhiy holatini aks ettiruvchi madaniy fenomen sifatida ko‘rib chiqiladi.
2025-05-10
REKREATSION TURIZM ASOSIDA SOG‘LOM JAMOAVIY MUHITNI SHAKLLANTIRISH USULLARI
Mazkur maqolada rekreatsion turizmning ta’lim muassasalaridagi talabalarning jamoaviy faoliyatini faollashtirish, sog‘lom ijtimoiy-psixologik muhitni shakllantirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishdagi pedagogik ahamiyati tahlil qilingan. Unda talabalarning o‘zaro muloqotini mustahkamlovchi, jamoada sog‘lom muhitni rivojlantiruvchi rekreatsion faoliyat turlari (sayohatlar, sport yurishlari, tog‘ sayllari va ekologik ekskursiyalar) orqali sog‘lom jamoaviy muhit yaratishning samarali usullari yoritilgan.
2025-05-10
SPEECH ETIQUETTE AS A COMPONENT OF THE CULTURAL MINIMUM
Language is more than a tool for communication — it is a mirror of the soul, a reflection of one’s identity, values, and upbringing. The way we speak, the words we choose, and the tone we use all contribute to the impression we leave on others. Speech etiquette, or the culture of speech, is the ability to communicate thoughtfully, respectfully, and in accordance with social norms. It is one of the most visible signs of a person’s level of education and cultural awareness.
2025-05-12
SPEECH ETIQUETTE AND CULTURAL COMMUNICATION IN A MULTILINGUAL SOCIETY
This article explores the importance of speech etiquette and cultural communication in multilingual societies. In interactions between people of diverse linguistic and cultural backgrounds, principles such as respect, patience, and cultural sensitivity play a crucial role. Speech etiquette is not only about the correct use of language but also about adhering to social norms and moral values during verbal interaction.
2025-05-12
PEDAGOGIK FAOLIYATNI PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
Ushbu maqolada pedagogik faoliyatning psixologik xususiyatlari yoritiladi. O’qituvchining shaxsiy sifati, uning kommunikativ ko’nikmalari emotsional barqarorligi, kasbiy refleksiya va psixologik tayyorgarligi muhim jihatlar sifatida ko’rib chiqilgan. Maqola pedagogik jarayonda psixologik omillarning ta’sirini tahlil qiladi, hamda samarali ta’lim berishda ularning ahamiyatini ochib berilgan.
2025-05-12
"YANGI O'ZBEKISTON-UCHINCHI RENESSANS" G'OYASINING RO'YOBGA CHIQARILISHINI TA'MINLASH
Ushbu maqolada "Yangi O'zbekiston-Uchinchi Renessans" g'oyasining konseptual asoslari, tarixiy ildizlari va uni ro'yobga chiqarishning asosiy yo'nalishlari tahlil qilingan. G'oyaning mamlakat rivojlanish strategiyasidagi o'rni, uni amalga oshirishning huquqiy-me'yoriy asoslari o'rganilgan. Ilmiy, ta'lim, madaniy va ma'naviy sohalarda Uchinchi Renessansni ta'minlash uchun zarur bo'lgan institutsional va ijtimoiy mexanizmlar tahlil etilgan. Tadqiqot natijalaridan kelib chiqib, Uchinchi Renessans g'oyasini samarali ro'yobga chiqarish uchun amaliy tavsiyalar berilgan.
2025-05-12
ТИЗИМЛИ ТАҲЛИЛ ВА МОДЕЛЛАШТИРИШ УСУЛЛАРИ ЮРИДИК СОҲАДА: МУАММОЛАР ВА ЕЧИМЛАР
Ушбу мақола ижтимоий, иқтисодий, сиёсий ва ҳуқуқий масалаларни таҳлил қилишда тизимли ёндашувнинг аҳамиятини кўриб чиқади. Таҳлил усуллари ва моделлаштириш жараёнларини қўллаш орқали ҳуқуқий соҳадаги мураккаб масалаларни тўлиқ ва аниқ изоҳлаш имкони яратилади. Мақолада ақлий моделлаштириш, декомпозицион моделлаштириш ва тизимли таҳлилнинг асосий тамойиллари, уларнинг ҳуқуқий тизимдаги қўлланилиши ва муаммоларни ҳал қилишдаги аҳамияти муҳокама қилинган. Шунингдек, мақола тизимли таҳлилнинг педагогик методологиясини ва замонавий педагогик технологияларнинг аҳамиятини тушунтириб, ҳуқуқий соҳадаги мутахассисларнинг билимларини ривожлантиришга қаратилган.
2025-05-13
IMPOSTER SINDROMI: MOHIYATI, SABABLARI VA YECHIM YO‘LLARI
Ushbu tezisda imposter sindromining mohiyati, shakllanish omillari, tarqalishi va inson psixologiyasiga ko‘rsatadigan salbiy ta’siri batafsil yoritilgan. Oilaviy tarbiya, ijtimoiy bosim, perfeksionizm va shaxsiy xususiyatlar sindromning rivojlanishiga olib keluvchi asosiy omillar sifatida ko‘rsatiladi. Tadqiqotlar asosida imposter sindromining professional va shaxsiy rivojlanishga salbiy ta’siri, jumladan, o‘z-o‘zini past baholash, stress va depressiya holatlarini kuchaytirishi ta’kidlangan.
2025-05-13
ZAMONAVIY TASHKILOTLARDA IMIJ SHAKLLANTIRISHNING METODOLOGIK ASOSLARI VA PR TEXNOLOGIYALARI
Мақолада замонавий ташкилотларда имиж шакллантиришнинг методологик ёндашувлари ва PR технологияларининг аҳамияти чуқур таҳлил қилинган. Имижни шакллантиришга доир рамзий-эмоционал ва субстанционал-моҳиятий каби асосий ёндашувлар қиёсий тарзда ўрганилган. Муаллиф томонидан PR технологияларининг имиж шакллантиришдаги ўрни, уларнинг тизимлилиги ва комплекс хусусиятлари ёритилган. Шунингдек, замонавий рақамли технологиялар шароитида ташкилот имижини шакллантиришнинг ўзига хос хусусиятлари ва истиқболлари аниқланган. Тадқиқот натижалари PR фаолиятини режалаштириш ва амалга оширишда самарали ёндашувларни танлаш учун илмий-амалий аҳамиятга эга.
2025-05-13
BO'LAJAK BOSHLANG'ICH SINF O'QITUVCHILARINING TA'LIMGA PSIXOLOGIK TAYYORGARLIK JIHATLARI VA OMILLARI
Mazkur maqolada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining professional tayyorgarlik jarayonida psixologik tayyorgarlikning mazmuni, funksiyalari va ta’lim samaradorligidagi o‘rni tahlil etiladi. Psixologik tayyorgarlikning shaxsiy barqarorlik, kommunikativ kompetensiya, empatiya, stressga chidamlilik kabi tarkibiy qismlari yoritilgan. Shuningdek, o‘qituvchilik faoliyatiga kirishish jarayonida uchraydigan psixologik to‘siqlar va ularni yengib o‘tish strategiyalari ham ko‘rib chiqilgan.
2025-05-13
BО‘LAJAK PEDAGOGLARNING ILMIY-FALSAFIY DUNYOQARASHINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI
Ushbu maqolada bo‘lajak pedagoglarning ilmiy-falsafiy dunyoqarashini rivojlantirish metodikasi o‘rganilgan. Pedagogika sohasida ilmiy-falsafiy dunyoqarash talabalarni nafaqat pedagogik bilimlar bilan ta’minlash, balki ularning dunyo haqidagi tushunchalari, qadriyatlari va ilmiy tafakkurlari bilan bog‘liq muhim jihatlarni ham o‘z ichiga oladi.
2025-05-13
MAKTABGACHA YOSHDAGI DAUN SINDROMLI BOLALAR BILAN TA’LIM-TARBIYA JARAYONINI TASHKIL ETISH
ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi daun sindromli bolalar bilan ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish, ularni rivojlantirish va tarbiayalash haqida fikr yuritiladi.
2025-05-14
MAKTABGACHA YOSHDAGI ESHITISH QOBILIYATI ZAIF BOLALARNING TA'LIM EHTIYOJLARINI QONDIRISH
ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi eshitish qobiliyati zaif bolalarning ta'limiy ehtiyojlarini qondirish jarayonlari va ularni tashkil etishga qaratilgan masalalar xaqida ma’lumot beriladi.
2025-05-14
OILA HUQUQI NORMALARINING HUQUQIY AHAMIYATI
mazkur maqolada oila huquqi normalarining huquqiy mohiyati va jamiyatdagi ahamiyati yoritib berilgan. Oila – jamiyatning asosiy ijtimoiy birligi sifatida davlat himoyasida bo‘lib, oila huquqi orqali uning barqarorligi, a’zolarining huquq va majburiyatlari, bolalarning manfaatlari va nikoh-huquqiy munosabatlar qonun bilan tartibga solinadi. Maqolada O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida oila huquqining tutgan o‘rni, xalqaro huquqiy hujjatlar bilan uyg‘unligi va dolzarb masalalar tahlil qilingan.
2025-05-15
O’QITUVCHINING MANTIQIY TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISH PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA
Zamonaviy ta’lim tizimi o‘qituvchilardan nafaqat bilim va malakaga, balki o‘quv jarayonida muammolarni samarali hal qila olish qobiliyatiga ega bo‘lishni talab etadi. Bu esa o‘qituvchining kasbiy faoliyatida mantiqiy tafakkur o‘ta muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi.
2025-05-15
UMUM TA’LIM MUASSASALARINING TA’LIM SIFATINI BOSHQARISHDA PR TEXNOLOGIYALARINI TAKOMILLASHTIRISH
Ushbu tezisda umumta’lim muassasalarida ta’lim sifatini boshqarishda PR (Public Relations – jamoatchilik bilan aloqalar) texnologiyalarining o‘rni va zaruriyati yoritilgan. Maktablarning ijtimoiy imidjini shakllantirish, ularning faoliyati ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, ota-onalar va jamoatchilik bilan samarali aloqalarni yo‘lga qo‘yish orqali ta’lim sifati sezilarli darajada oshiriladi. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalari yordamida PR strategiyasini tizimli tarzda amalga oshirish umumta’lim muassasalarining boshqaruv samaradorligini oshirishda muhim omilga aylanadi.
2025-05-15
TEACHING ENGLISH VOCABULARY THROUGH DIGITAL TECHNOLOGY
The increasing demand for English for Specific Purposes (ESP) instruction has highlighted the need for effective vocabulary teaching strategies tailored to specific professional and academic fields. This article explores the role of digital technologies in enhancing vocabulary acquisition among ESP learners. Drawing on recent research and practical implementations, the article examines a range of digital tools—including mobile applications, learning management systems, corpora, and AI-based platforms—that support interactive, personalized, and context-rich learning experiences. The findings suggest that these technologies can significantly improve learner engagement, retention, and autonomous learning, particularly when integrated thoughtfully into ESP curricula. However, the article also addresses challenges such as the need for digital literacy, access to resources, and alignment with specialized content. Recommendations are provided for educators and curriculum designers seeking to leverage digital technologies to optimize vocabulary instruction in ESP contexts.
2025-05-15
BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINI KONSTRUKSIYALASH VA MODELLASHTIRISH KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISH
Zamonaviy ta’lim jarayoni pedagogik yondashuvlar va texnologiyalarning doimiy yangilanishini talab qiladi. Ayniqsa, boshlang‘ich ta’limda darsni samarali tashkil etish va o‘quvchilarning mustaqil fikrlashini shakllantirishda o‘qituvchining konstruksiyalash va modellashtirish kompetensiyalari muhim ahamiyat kasb etadi. Bu kompetensiyalar orqali o‘qituvchi o‘quv jarayonini ilmiy asoslangan holda loyihalash, dars jarayonida innovatsion metodlardan foydalanish va o‘quvchilarning individual ehtiyojlariga mos metodik yondashuvlarni ishlab chiqish imkoniga ega bo‘ladi. Bu o’z navbatida har bir bo’lajak kasb egasining o’z kasbini yuksak darajada egalashi uchun zaruriy omildir. Shaharsozlik yoki qurilish, texnologik rejalar, modellash va boshqa barcha turdagi konstruksiya ishlarida albatta zamon talabiga mos holda texnik va ijtimoiy talablarga javob beruvchi samaraga erishish uchun kichik yoshdan shaklantirish bo‘yicha asosiy talab boshlang‘ich sinf o‘qituvchisiga katta bog‘liqdir. Bundan ko‘rinib turadiki bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisida yuqorida ta’kidlaganimizdek, konstruksiyalash va modellashtirish kompetensiyasini rivojlantirish talab etiladi. Bu o’z navbatida yangicha qarashga bo’lgan ijobiy faiklarni takomilashtiradi.
2025-05-16
ZAMONAVIY AXBOROT TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA SHAXSIYLASHTIRILGAN TA’LIM MUHITINI SHAKLLANTIRISH
Mazkur maqolada shaxsiylashtirilgan ta’lim muhitini yaratishda zamonaviy axborot texnologiyalarining o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Adaptiv ta’lim, intellektual elektron platformalar va ta’limni moslashtirish algoritmlari orqali har bir o‘quvchining individual xususiyatlariga mos ta’lim muhitini yaratish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi.
2025-05-19
AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA TA’LIM SIFATINI MONITORING QILISH USULLARI
Mazkur maqolada axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) asosida ta’lim sifatini monitoring qilishning zamonaviy usullari tahlil qilinadi. Ta’lim jarayoni samaradorligini baholashda axborot tizimlari, raqamli platformalar va avtomatlashtirilgan nazorat vositalarining o‘rni va ahamiyati ko‘rsatiladi. Shu bilan birga, bu vositalarni joriy etishda uchraydigan qiyinchiliklar va ularning yechimlari ham ko‘rib chiqiladi.
2025-05-19
ZAMONAVIY TEXNIKA VOSITALARINING XORIJIY TILLARNI O‘RGANISHDAGI AHAMIYATI
Ushbu maqolada televideniyening ta’lim sohasidagi ahamiyati tahlil qilinadi. Hozirgi zamon texnika yutuqlaridan foydalanish ta’lim sifatini oshirishda muhim o‘rin tutadi. Televideniyening vizual va audiovizual xususiyatlari ta’limda qanday ijobiy ta’sir ko‘rsatishi, televizion ta’limning afzalliklari hamda xorijiy tillarni o‘rganishda televideniyedan foydalanish tajribalari tahlil qilinadi.
2025-05-19
ELEKTR ENERGIYASINI ISHLAB CHIQARISH VA TAQSIMLASH
Maqolada elektr energiyasini ishlab chiqarish va taqsimlash jarayonlari, ularning asosiy bosqichlari va elementlari batafsil koʻrib chiqiladi. Elektr energiyasini ishlab chiqarishning an’anaviy (koʻmir, gaz, neft) va muqobil (gidroenergetika, quyosh energiyasi, shamol energiyasi, bioenergetika) usullari tahlil qilinadi. Elektr energiyasini taqsimlash tizimining tuzilishi, transformator podstansiyalari, elektr uzatish liniyalari va tarqatish tarmoqlari faoliyati oʻrganiladi.
2025-05-19
PSIXOLOGIYA YO‘NALISHI TALABALARINING LINGVOKOGNITIV KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH JARAYONIDAGI QIYINCHILIKLAR VA ULARNI BARTARAF ETISH IMKONIYATLARI
Mazkur maqolada psixologiya yo‘nalishi talabalarining lingvokognitiv kompetensiyasini TPACK modeli asosida rivojlantirish masalalari yoritilgan. Tadqiqotda lingvistik va texnologik tayyorgarlikdagi muammolar, zamonaviy o‘quv vositalari (AI, VR) bilan ishlashda yuzaga keladigan qiyinchiliklar hamda ularni bartaraf etish yo‘llari tahlil qilinadi. TPACK modeli asosida darslarni loyihalash, pedagogik metodlarni texnologik jihatdan to‘g‘ri tanlash va o‘quvchilar til bilimlarini psixologik kontekstda rivojlantirishga alohida e’tibor qaratiladi. Ilmiy manbalar asosida texnologik, pedagogik va lingvistik komponentlarning integratsiyasi samaradorligini oshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilgan.
2025-05-19
PSIXOLOGIYA YO‘NALISHI TALABALARINING LINGVOKOGNITIV KOMPETENSIYASINI TPACK MODELI ASOSIDA RIVOJLANTIRISH METODIKASI
Ushbu maqolada psixologiya yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarining lingvokognitiv kompetensiyasini zamonaviy TPACK modeli (Technological Pedagogical Content Knowledge) asosida rivojlantirishning ilmiy-metodik asoslari yoritiladi. Tadqiqotda lingvistik va kognitiv salohiyat o‘zaro bog‘liq holda shakllanishi, raqamli texnologiyalar yordamida o‘quvchilarning tahliliy tafakkuri va kasbiy til kompetensiyasini rivojlantirish usullari ko‘rib chiqiladi. TPACK modelining integrativ yondashuvi orqali chet tili o‘qitishda pedagogik, texnologik va mazmuniy elementlarning uyg‘unligi ta’minlanadi.
2025-05-19
4K TAMOYILI ASOSIDA 5-6 SINF OʻQUVCHILARNING MULOQOT UZATUVCHI TAMOYILINI SHAKLLANTIRISH MASALASI HAQIDA
Pedagogik texnologiyalarda pedagogik maqsadlar talim oluvchilar bajaradigan harakatlar asosida erishiladigan shunday bir natijalarda ifoda topadiki, ularni chetdan kuzatib turib bilish yoki baholash mumkin. Xususan, oʻquv materiali yoki uning ajratib koʻrsatilgan qismlari ustida oʻquvchi oʻqiydi, tahlil qiladi, tanqidiy fikr oʻygʻonadi, baholaydi, kreativ yondoshadi, qayta shakllantiradi, analiz-sintezlaydi, jamoaviy ishlashga imkon topadi va h.k. Atab oʻtilgan amallar oʻqituvchi tomonidan oʻquvchiga uni bajarish uchun topshiriq sifatida beriladi. Oʻquvchilar esa ushbu topshiriqlarni guruhlarda tashabbuslik bilan bajarishga harakat etadilar. Ushbu harakatlar orqali oʻquvchilar oʻrtasida jamoaviy ishlash (kolloboratsiya), kreativ fikrlash, kommunikativ va tanqidiy fikrlash koʻnikmalari rivojlanishiga imkon tugʻiladi. Shubhasizki, bu topshiriqlardan qaysidir birlari oʻquvchidan pastroq tayyorgarlikni, boshqalari esa yuqori va hatto juda yuqori tayyorgarlikni talab qiladi va shunga binoan u bajargan amal natijasi ham turlicha baholanadi.
2025-05-19
