Центральноазиатский журнал междисциплинарных исследований и исследований в области управления - это рецензируемый международный журнал с открытым доступом, в котором публикуются оригинальные исследования и обзорные статьи, относящиеся к различным областям. Основная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу международным ученым, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований в прикладных науках. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, казахском, таджикском, английском или русском языках и пройти тщательный процесс рецензирования.
Опубликован: 2026-01-02
Статьи
INGLIZ VA O‘ZBEK ERTAKLARIDA BOG‘LOVCHILARNING QO‘LLANILISHI
Bog‘lovchilar barcha tillarda matn tuzilmasi, ritmi va mazmunini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. Ular so‘zlar, so‘z birikmalari va gaplarni o‘zaro bog‘lab, voqealarni tartibli bayon qilishga, harakatlar o‘rtasidagi munosabatlarni ifodalashga hamda syujet davomida izchillikni saqlashga xizmat qiladi. Xalq og‘zaki ijodida, ayniqsa ertaklarda, bog‘lovchilar hikoyaning uslubiy va madaniy xususiyatlarini belgilovchi muhim vosita hisoblanadi. Ingliz va o‘zbek ertaklari turli til oilalari va an’analarga mansub bo‘lsa-da, bog‘lovchilarning qo‘llanilishida qiziqarli o‘xshashlik va farqlarni namoyon etadi. Ushbu ish ingliz va o‘zbek ertaklarida bog‘lovchilarning vazifalari, qo‘llanish chastotasi hamda uslubiy ta’sirini tahlil qiladi va bu kichik, ammo kuchli til birliklarining har ikki madaniyatda hikoya qilish usullariga qanday hissa qo‘shishini yoritadi.
2026-01-02
IILMIY MATNLARNI TUSHUNISHDA UCHRAYDIGAN QIYINCHILIKLAR
Bugungi oliy ta’lim tizimida ilmiy matnlar bilan ishlash talabalar uchun muhim akademik kompetensiyalardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, English for Academic Purposes (EAP) fanida ilmiy maqolalar, tadqiqot ishlari va akademik manbalarni o‘qish asosiy o‘rin egallaydi. Biroq ko‘plab talabalar ilmiy matnlarni tushunishda jiddiy qiyinchiliklarga duch keladilar. Ushbu muammo talabalarning akademik muvaffaqiyatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi va mustaqil tadqiqot olib borish imkoniyatlarini cheklaydi.
2026-01-02
FLEET MANAGEMENT SYSTEMS YORDAMIDA OCHIQ KONLARDA YUK MASHINALARINI EKSKAVATORLARGA DINAMIK TAQSIMLASHNI MODELLASHTIRISH
Mazkur maqolada ochiq kon ishlarida ekskavator–transport tizimini samarali boshqarish maqsadida Fleet Management Systems (FMS) asosida yuk mashinalarini ekskavatorlarga dinamik taqsimlash masalalari ilmiy asosda modellashtirilgan. Tadqiqot doirasida ekskavatorlarning bandlik darajasi, yuk mashinalarining joylashuvi, yuklanganlik holati, aylanish vaqti hamda navbat kutish davomiyligi kabi asosiy texnologik ko‘rsatkichlarning o‘zaro bog‘liqligi tahlil qilingan. Ishlab chiqarish kuzatuvlari, matematik modellashtirish va FMS orqali real vaqt rejimida olinadigan raqamli ma’lumotlar asosida yuk mashinalarini statik jadval bo‘yicha emas, balki ishlab chiqarish sharoitlarining o‘zgarishiga mos holda dinamik qayta taqsimlash zarurligi asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, an’anaviy boshqaruv yondashuvlari ochiq konlardagi o‘zgaruvchan logistika sharoitlarini to‘liq hisobga olmaydi va bu ekskavatorlarning bekor turishiga hamda transport vositalarining ortiqcha navbat kutishiga olib keladi. Taklif etilgan FMS asosidagi dinamik taqsimlash modeli yuk mashinalarining aylanish vaqtini qisqartirish, ekskavatorlardan foydalanish koeffitsientini oshirish va qazib-yuklash jarayonining uzluksizligini ta’minlash imkonini beradi. Modellashtirish natijalariga ko‘ra, yuk mashinalarini real vaqt rejimida optimal taqsimlash orqali transport tizimining umumiy samaradorligini 8–15 % gacha oshirish mumkinligi aniqlangan. Olingan ilmiy natijalar ochiq konlarda raqamli boshqaruv tizimlarini joriy etish, ekskavator–transport tizimini avtomatlashtirish va ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirishda muhim amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, yirik ochiq konlar sharoitida keng qo‘llanilishi mumkin.
2026-01-02
ZAMONAVIY TIBBIYOTDA KOLLAGEN VA FIBROBLASTLARDAN FOYDALANISH
Mazkur ish tibbiyot va farmatsevtika sanoatida kollagen hamda kollagen asosidagi materiallardan foydalanish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishga bag‘ishlangan. Turli dori vositalari va davolash usullari paydo bo‘lishiga qaramay, tibbiyot rivojining hozirgi bosqichida yara jarayonining mahalliy namoyonlariga samarali ta’sir ko‘rsatish muammosi hanuzgacha to‘liq hal etilmaganligicha qolmoqda. Klinik samaraga ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan ko‘plab hujayra turlari orasida dermal fibroblastlar alohida qiziqish uyg‘otadi. Ular mezeximal hujayralarning geterogen populyatsiyasi bo‘lib, hujayralararo o‘zaro ta’sirlarni tartibga solishda va teri gomeostazini saqlashda muhim rol o‘ynaydi. Hozirgi vaqtda yaralarni davolash uchun 60 dan ortiq zamonaviy hujayraviy va to‘qimaviy preparatlar mavjud bo‘lib, bu optimal, xavfsiz va samarali ad’yuvant terapiyani tanlashni sezilarli darajada murakkablashtiradi. Ushbu ishda yaralarning bitish jarayonida kollagenning tutgan o‘rniga bag‘ishlangan jahon adabiyotlari sharhi keltirilgan. Shuningdek, turli kelib chiqishga ega bo‘lgan surunkali yaralar va yarachalar epidemiologiyasi muammolari, yara jarayonining fazalaridagi fiziologik va patofiziologik jihatlar ko‘rib chiqiladi. Turli tipdagi kollagenlarning patogenetik roli, shuningdek kollagen, makrofaglar, fibroblastlar, matritsali metalloproteinazalar va boshqa sitokinlarning yarali nuqsonlar bitish jarayonidagi faoliyat mexanizmlari muhokama qilinadi.
2026-01-02
YOSH VOLEYBOLCHILARDA SAKRASH QOBILYATINI SHAKILLANTIRISH USLUBIYATI
Mazkur maqolada yosh voleybolchilarda sakrash qobiliyatini shakllantirish jarayonining fiziologik, biomexanik va pedagogik xususiyatlari ilmiy asosda tahlil qilinadi. Sakrash qobiliyatini rivojlantirishda kuch, tezkorlik va koordinatsion imkoniyatlarning o‘zaro uyg‘unlashuvi, shuningdek, plyometrik mashqlarning samaradorligi yoritib beriladi.
2026-01-02
AYOLLAR SPORTNING GLOBAL MUAMMOLARI VA YECHIMLARI
Mazkur maqolada ayollar sportining global miqyosdagi dolzarb muammolari hamda ularni bartaraf etishning institutsional, ijtimoiy va pedagogik yechimlari ilmiy nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Ayollarning sport faoliyatidagi gender tengsizlik, moliyaviy ta’minot, tibbiy-biologik yondashuvlarning yetarli darajada rivojlanmaganligi va ijtimoiy stereotiplar bilan bog‘liq muammolar kompleks tarzda yoritilgan. Tadqiqot natijalari ayollar sportini rivojlantirishda tizimli siyosat, ilmiy asoslangan tayyorgarlik modeli va madaniy yondashuvlarning uyg‘unligi muhim ahamiyat kasb etishini ko‘rsatadi.
2026-01-02
YOSH SPORTCHILAR ORASIDA YENGIL ATLETIKA TURLARINI TANLASH OMILLARI VA MOTIVATSIYA
Ushbu maqolada yosh sportchilar orasida yengil atletika turlarini tanlashga ta’sir etuvchi omillar va ularni sportga jalb etishdagi motivatsion yondashuvlar tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida biologik, psixologik, ijtimoiy va pedagogik omillarning yengil atletikaga bo‘lgan qiziqishga qanday ta’sir qilishi o‘rganiladi. Shuningdek, sportchilarning yoshi, jismoniy imkoniyatlari, shaxsiy qiziqishlari va atrof-muhitning (oila, murabbiy, jamiyat) rag‘batlantiruvchi roli chuqur tahlil etiladi. Motivatsiyaning ichki va tashqi shakllari, ularni mustahkamlash usullari, sportga qiziqishni oshirishga qaratilgan samarali metodik yondashuvlar ko‘rib chiqiladi. Maqola, yosh sportchilarni sportga ongli va barqaror jalb etish bo‘yicha amaliy tavsiyalarni ham o‘z ichiga oladi.
2026-01-02
TAEKVONDOCHILARNING ZARBA KUCHINI OSHIRISHDA KUCH MASHQLARINI ISHLAB CHIQISH
Ushbu maqolada taekvondochilarning zarba kuchini oshirishga yo‘naltirilgan kuch mashqlarini ishlab chiqishning ilmiy-uslubiy asoslari yoritilgan. Zarba kuchining fiziologik, biomexanik va pedagogik determinantlari tahlil qilinib, tezkor-kuch sifatlarini rivojlantirishda kuch mashqlarining o‘rni ochib beriladi.
2026-01-03
UZOQ MASOFAGA YUGURUVCHILARNING UMUMIY VA MAXSUS CHIDAMLILIGINI KOMPLEKS RIVOJLANTIRISHNING ILMIY-USLUBIY ASOSLARI
Mazkur maqolada uzoq masofaga yuguruvchilarda umumiy va maxsus chidamlilikni kompleks rivojlantirishning fiziologik, pedagogik va metodik jihatlari tahlil qilinadi. Chidamlilikni rivojlantirish jarayonida energetik ta’minot tizimlari, yurak-qon tomir va nafas olish tizimlarining moslashuv mexanizmlari, shuningdek, mashg‘ulot yuklamalarini individual rejalashtirish masalalari ilmiy nuqtayi nazardan yoritilgan.
2026-01-03
ЦИФРOВAЯ OБРAБOТКA CИГНAЛOВ (ЦOC) И НOВЫЕ AЛГOРИТМЫ
Цифрoвaя oбрaбoткa cигнaлoв (ЦOC) приoбретaет вcё бoльшее знaчение в эпoху coвременных инфoрмaциoнных технoлoгий. Технoлoгии ЦOC ширoкo иcпoльзуютcя в aудиo-, видеoтехнике, медицине, телекoммуникaциях и aвтoмaтизaции , пoзвoляя oбрaбaтывaть cигнaлы в режиме реaльнoгo времени, фильтрoвaть, cжимaть, шумoпoдaвлять и пoвышaть тoчнocть.
2026-01-03
EMOTSIONAL INTELLEKTNING RIVOJLANMASLIGI ZAMONAVIY MUAMMOLAR MANBAI SIFATIDA
Maqolada emotsional intellektning rivojlanmasligi zamonaviy jamiyatda yuzaga kelayotgan psixologik va ijtimoiy muammolar manbai sifatida tahlil qilinadi. Tadqiqotda emotsional intellektning shaxs psixologiyasiga, ijtimoiy moslashuvga, stress darajasiga va psixologik farovonlikka ta’siri nazariy va empirik jihatdan o‘rganildi. Nazariy tahlil psixologik nazariyalar, emotsional intellekt konsepsiyalari va ilg‘or tadqiqotlar asosida shakllantirildi. Empirik qismda psixologik so‘rovnomalar, intervyular va kuzatish metodlari yordamida emotsional intellekt darajasi va shaxs ruhiy salomatligi o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlangan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, emotsional intellektning yetarlicha rivojlanmasligi shaxsning stressga chidamliligini pasaytiradi, ijtimoiy moslashuv qobiliyatini susaytiradi va emotsional beqarorlikka olib keladi. Maqolada emotsional intellektni rivojlantirishga yo‘naltirilgan psixologik yondashuvlar va amaliy tavsiyalar keltirilgan.
2026-01-03
IJTIMOIY SOLISHTIRISH FENOMENINING YOSHLAR O‘ZIGA BAHO BERISHIGA TA’SIRI
Mazkur maqolada ijtimoiy solishtirish fenomeni va uning yoshlar o‘ziga baho berish jarayoniga ta’siri ilmiy-nazariy va empirik asosda o‘rganildi. Tadqiqotda ijtimoiy solishtirishning yoshlarning o‘zini baholash darajasi, shaxsiy muvaffaqiyatlar va o‘ziga ishonch bilan bog‘liqligi tahlil qilindi. Shu bilan birga, ijtimoiy solishtirishning ijobiy va salbiy psixologik oqibatlari, shaxsning motivatsiyasi va o‘zini anglash jarayoniga ta’siri ko‘rib chiqildi. Empirik qismda 18–25 yoshdagi 120 nafar respondent ishtirokida so‘rovnoma va psixodiagnostik metodlar orqali ijtimoiy solishtirish tendensiyalari va o‘zini baholash darajasi o‘rganildi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, ijtimoiy solishtirishning yuqori darajasi ko‘pincha o‘zini baholashning pasayishiga va tashvishlanishning ortishiga olib keladi, ammo maqsadli va konstruktiv solishtirish o‘zini anglash va shaxsiy motivatsiyani oshirishga yordam beradi. Maqola xulosalarida yoshlar o‘zini baholashining ijtimoiy solishtirish kontekstida optimallashtirish bo‘yicha psixologik tavsiyalar ishlab chiqilgan.
2026-01-02
YOSHLAR ORASIDA HAYOTIY MAQSADLAR INQIROZI VA MOTIVATSIYANING PASAYISHI
Mazkur maqolada zamonaviy yoshlar orasida hayotiy maqsadlar inqirozi va motivatsiyaning pasayishi muammosi psixologik nuqtayi nazardan nazariy va empirik jihatdan tahlil qilinadi. Global ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar, raqamli muhitning kengayishi, kasbiy noaniqlik va qadriyatlar transformatsiyasi yoshlarning hayotiy maqsadlarini shakllantirish jarayoniga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Tadqiqotda hayotiy maqsadlar inqirozining psixologik determinantlari — identifikatsiya muammolari, ichki motivatsiyaning susayishi, ijtimoiy solishtirish, stress va emotsional beqarorlik omillari tahlil qilinadi. Nazariy tahlil zamonaviy motivatsiya nazariyalari, ma’no va hayotiy maqsadlar konsepsiyalari asosida olib borilgan. Empirik tadqiqot doirasida so‘rovnoma, individual suhbat va psixologik baholash metodlari qo‘llanilib, yoshlarning motivatsion holati va hayotiy yo‘nalishlari aniqlangan. Tadqiqot natijalari yoshlar orasida hayotiy maqsadlar inqirozi keng tarqalganligini va bu holat motivatsiyaning pasayishi, o‘ziga ishonchsizlik hamda kelajakka nisbatan noaniqlik bilan bog‘liqligini ko‘rsatadi. Maqolada ushbu muammoni bartaraf etishga qaratilgan psixologik yondashuvlar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan bo‘lib, ular ta’lim muassasalari va psixologik xizmatlar faoliyatida qo‘llash uchun tavsiya etiladi.
2026-01-02
ZAMONAVIY JAMIYATDA YOLG‘IZLIK FENOMENI VA UNING PSIXOLOGIK TALQINI
Mazkur maqolada zamonaviy jamiyat sharoitida yolg‘izlik fenomenining psixologik mohiyati, kelib chiqish omillari va shaxs ruhiy holatiga ta’siri nazariy hamda empirik yondashuvlar asosida tahlil qilinadi. Globallashuv, raqamli kommunikatsiya vositalarining kengayishi, ijtimoiy rollar transformatsiyasi va shaxslararo munosabatlarning formallashuvi fonida yolg‘izlik zamonaviy psixologiyaning dolzarb muammolaridan biri sifatida qaralmoqda. Maqolada yolg‘izlik subyektiv va obyektiv hodisa sifatida talqin qilinib, uning emotsional, kognitiv va ijtimoiy-psixologik komponentlari yoritilgan. Shuningdek, yolg‘izlikning shaxs identiteti, emotsional farovonlik, psixologik moslashuv va hayotdan qoniqish darajasiga ta’siri ilmiy manbalar asosida tahlil qilinadi. Empirik tadqiqot doirasida yoshlar va o‘rta yoshdagi respondentlar orasida yolg‘izlik darajasi, uning psixologik determinantlari va himoya mexanizmlari aniqlangan. Tadqiqot natijalari yolg‘izlikning uzoq davom etishi emotsional beqarorlik, depressiv holatlar va ijtimoiy izolyatsiya xavfini oshirishini ko‘rsatadi. Maqolada yolg‘izlikni kamaytirish va psixologik farovonlikni oshirishga qaratilgan ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
2026-01-02
ZAMONAVIY OILADA SHAXSLARARO MUNOSABATLAR INQIROZI VA PSIXOLOGIK YONDASHUVLAR
Mazkur maqolada zamonaviy oilada shaxslararo munosabatlar inqirozining psixologik omillari va ularni bartaraf etishning nazariy-amaliy yondashuvlari tahlil qilinadi. Jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar, raqamli muhitning kengayishi, qadriyatlar transformatsiyasi va rollar tizimidagi nomuvofiqlik oilaviy munosabatlarda psixologik ziddiyatlarning kuchayishiga olib kelmoqda. Tadqiqotda oilaviy munosabatlar inqirozining asosiy determinantlari — kommunikativ muammolar, emotsional uzoqlashuv, rollar konflikti va stress omillari psixologik nuqtai nazardan yoritilgan. Nazariy tahlil zamonaviy oila psixologiyasi, tizimli yondashuv va emotsional-intellekt konsepsiyalariga tayangan holda amalga oshirildi. Empirik ma’lumotlar oilaviy munosabatlarda emotsional barqarorlik va o‘zaro tushunish darajasining pasayishi psixologik farovonlikka salbiy ta’sir ko‘rsatishini tasdiqlaydi. Maqolada oilaviy munosabatlarni barqarorlashtirish, ziddiyatlarni konstruktiv hal etish va psixologik yordam ko‘rsatish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqilgan.
2026-01-02
ZAMONAVIY TA’LIM TIZIMIDA PSIXOLOGIK MOSLASHUV MUAMMOLARI
Mazkur ilmiy maqolada zamonaviy ta’lim tizimi sharoitida ta’lim oluvchilarning psixologik moslashuvi bilan bog‘liq muammolar kompleks tarzda tahlil qilinadi. Tadqiqotda ta’lim jarayonining jadallashuvi, raqamlashtirish, pedagogik talablardagi o‘zgarishlar hamda ijtimoiy-psixologik omillarning o‘quvchi va talabalarning psixologik holatiga ta’siri ilmiy-nazariy va empirik yondashuvlar asosida yoritilgan. Psixologik moslashuvning kognitiv, emotsional va ijtimoiy komponentlari aniqlanib, ularning ta’lim samaradorligi bilan o‘zaro bog‘liqligi tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari zamonaviy ta’lim muhitida psixologik moslashuv darajasining pasayishi o‘quv faoliyatiga bo‘lgan motivatsiya, emotsional barqarorlik va ijtimoiy integratsiyaga salbiy ta’sir ko‘rsatishini ko‘rsatdi.
2026-01-02
ZAMONAVIY TA’LIM TIZIMIDA EKSPERIMENTAL PSIXOLOGIK METODLARNI QO‘LLASHNING INNOVATSION YONDASHUVLARI
Ushbu maqola zamonaviy ta’lim tizimida eksperimental psixologik metodlarni qo‘llashning innovatsion yondashuvlarini tahlil qiladi. U an’anaviy metodlarning cheklovlari fonida yangi o‘lchov strategiyalari va texnologik integratsiyani o‘rganadi, jumladan, virtual reallik va sun’iy intellektga asoslangan ta’lim dasturlarini yoritadi. Maqolada eksperimental pedagogikaning tarixiy asoslari, jumladan A.P. Nechaevning g‘oyalari hamda eksperimental metodlarni o‘quv jarayoniga amaliy tatbiq etish natijalari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, ushbu yondashuvlar bilan bog‘liq axloqiy masalalar, qiyinchiliklar va kelajak istiqbollari atroflicha muhokama qilinadi.
2026-01-02
ПЕРСПЕКТИВНЫЕ НАПРАВЛЕНИЯ В СФЕРЕ УКРЕПЛЕНИЯ МЕЖДУНАРОДНОГО СОТРУДНИЧЕСТВА МЕЖДУ РЕСПУБЛИКОЙ КАЗАХСТАН И РЕСПУБЛИКОЙ УЗБЕКИСТАН ПРИ ОКАЗАНИИ ПРАВОВОЙ ПОМОЩИ В ДОСУДЕБНОМ РАССЛЕДОВАНИИ И ИХ АДАПТАЦИЯ К СОВРЕМЕННЫМ РЕАЛИЯМ
В статье анализируются современные направления развития международного сотрудничества между Республикой Казахстан и Республикой Узбекистан в сфере оказания правовой помощи по уголовным делам, с акцентом на досудебное расследование и исполнение обвинительных приговоров в отношении граждан, совершивших преступления за рубежом. Особое внимание уделено Договору между Казахстаном и Узбекистаном о передаче осуждённых для дальнейшего отбывания наказания, вступившему в силу в августе 2023 года, а также практике его реализации. Автор исследует организационно-правовые механизмы экстрадиции, порядок исполнения приговоров, а также роль органов уголовно-исполнительной системы и миграционной службы в сопровождении данной процедуры. На основе сравнительно-правового анализа обосновывается необходимость системного подхода к передаче осуждённых лиц как эффективного инструмента гуманизации наказаний и оптимизации бюджетных расходов государства. Кроме того, обосновывается целесообразность обмена накопленным опытом и методическими разработками между компетентными органами Казахстана и Узбекистана, включая внедрение единого подхода к расследованию новых составов преступлений, введённых Законом Республики Казахстан от 16 июля 2025 года № 210-VIII. В заключение делается вывод о том, что институциональное развитие договорной базы и внедрение цифровых технологий в деятельность следственных органов являются ключевыми направлениями адаптации системы международного сотрудничества к современным реалиям и вызовам цифровой эпохи.
2025-12-31
IJTIMOIY TARMOQLARDA QISQA TIL KONTENTI ORQALI INGLIZ TILI KO’NIKMALARINI RIVOLANTIRISH (Tik Tok, YouTube Shorts, Instagram Reels).
Bugungi kunda zamonaviy texnalogiyalar bilan birgalikda ijtimoiy tarmoqlar (YouTube shorts, TikTok, Instagram reels) ham ayniqsa, o’quvchilar orasida juda mashhur bo’lib, jadal rivojlanib boryapti va ular tobora norasmiy til o’rganish resurslari sifatida e’tirof etilmoqda. Savol shundaki, faqatgina ijtimoiy tarmoqda boshlang’ich bilim bilan ikkinchi til kontentini kuzatish va eshitish orqali boshqa ko’nikmalarni rivojlantirish mumkinmi. Bu maqola shu savolga ilmiy nazariy javob taklif qiladi, hamda o‘qituvchilar va mustaqil o‘rganuvchilarga tavsiyalar beradi. Va Neyroshunoslik nuqtai nazaridan, qisqa ko’ngilochar videolarni davomiy, qayta-qayta ingliz tilida ko’rish ya’ni “yashirin” (implicit), orqali rivojlanishini tahlil qiladi..
2026-01-05
GEMOFILYA- IRSIY QON IVISHINING BUZULISHI.
Ushbu maqolada gemofilya-irsiy qon ivish buzulishi haqida aniq va batafsil malumot berib o’tilgan. Uning belgilari, kelib chiqish sabablari, davolash chora tadbirlari va asoratlari ko’rib chiqilgan.Maqola qanday irsiy kasallik haqida keng qamrovlimalumotga ega bo’lishini istagan o’quvchilar, bemorlar va sog’liqni saqlash soxasi hodimlari uchun mo’jallangan.
2026-01-05
KOʻZ NURINI APERATSIYA YORDAMIDA TIKLASH
Ushbu maqolada ko‘z nurini jarrohlik (operatsiya) yo‘li bilan tiklash imkoniyatlari, zamonaviy oftalmologik texnologiyalar va ularning amaliy ahamiyati yoritiladi. Unda katarakta, glaukoma, refraksion nuqsonlar hamda to‘r parda kasalliklarida qo‘llaniladigan operativ davolash usullari, ularning samaradorligi va bemorlar hayot sifatiga ta’siri tahlil qilinadi. Shuningdek, operatsiyadan oldingi tashxis, jarrohlik jarayonining bosqichlari va operatsiyadan keyingi reabilitatsiya masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. Maqola ko‘z kasalliklarini davolashda jarrohlik aralashuvning ahamiyatini ochib berishga hamda tibbiyot xodimlari va keng jamoatchilik uchun foydali ilmiy-amaliy ma’lumotlar berishga qaratilgan.
2026-01-05
SOVET ITTIFOQIDA KOLLEKTIVLASHTIRISH SIYOSATINING SHAKLLANISHI VA AMALGA OSHIRILISHI (1920–1930-YILLAR)
Mazkur maqolada SSSRda 1920-yillarning oxiri va 1930-yillarning boshlarida amalga oshirilgan kollektivlashtirish siyosatining shakllanishi va amalga oshirilishiga ta’sir ko‘rsatgan asosiy siyosiy, iqtisodiy va mafkuraviy omillar tahlil qilinadi. Kollektivlashtirish jarayoni jadallashtirilgan industrlashtirish strategiyasi bilan uzviy bog‘liq holda ko‘rib chiqilib, partiya-davlat rahbariyati doirasidagi konseptual qarama-qarshiliklar va ularning agrar siyosatga ta’siri yoritiladi. Shuningdek, kollektivlashtirishning sovet qishloq xo‘jaligi tizimi va davlat-dehqon munosabatlaridagi o‘zgarishlarga ta’siri xolis yondashuv asosida baholanadi.
2026-01-05
BOSHLANG’ICH SINF MATEMATIKASIDA RAQAMLI PLATFORMALAR VA INTERAKTIV DASTURLARNI QO'LLASH SAMAMRADORLIGI
Matematika faniga kirish darslarida interfaol usullardan foydalanish so‘nggi yillarda ommalashib bormoqda, pedagoglar o‘quvchilarni qiziqtirish va ta’lim natijalarini oshirishning innovatsion usullarini izlamoqda. Interfaol metodika darslarini yanada oshirish matematika darslarini o'quvchilarga masalalar ustida ishlash va ko'nikmalarni rivojlantirish usullaridir.
2026-01-05
TIP-УРЕТРОПЛАСТИКА В СОВРЕМЕННОЙ ДЕТСКОЙ УРОЛОГИИ: ОБЗОР ЗАРУБЕЖНОЙ ЛИТЕРАТУРЫ
Гипоспадия представляет собой одну из наиболее распространенных врожденных аномалий мочеполовой системы у мальчиков, требующую хирургической коррекции. Методика тубуляризованной рассеченной уретральной пластинки, известная как TIP-уретропластика или метод Snodgrass, с момента её внедрения в 1994 году приобрела широкое признание среди детских урологов благодаря низкой частоте осложнений, отличным косметическим результатам и технической воспроизводимости. Данный обзор систематизирует современные зарубежные публикации, посвященные различным аспектам применения TIP-уретропластики в детской урологии, включая технические особенности, функциональные и косметические результаты, спектр осложнений и пути их профилактики, а также существующие модификации методики. Проанализированы данные мета-анализов и крупных клинических исследований за последние десять лет, что позволяет определить место данной техники в современном арсенале методов хирургического лечения гипоспадии у детей.
2026-01-09
YOLG‘IZ VA KO‘P BOLALI OILALARNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
Mazkur maqolada yolg‘iz va ko‘p bolali oilalarning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari qiyosiy tahlil qilinadi. Oilaviy muhit, ota-onaning tarbiyaviy pozitsiyasi va emotsional iqlimning shaxs rivojiga ta’siri yoritiladi. Yolg‘iz bolali oilalarda individual ehtiyojlar va mustaqillik, ko‘p bolali oilalarda esa ijtimoiylashuv, empatiya va mas’uliyat hissining shakllanishi asosiy omillar sifatida ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari oilaviy tarbiyada emotsional intellektni rivojlantirishga xizmat qiladi.
2026-01-09
BRITANIYA VA AMERIKA INGLIZ TILI STANDARTLARINING RIVOJLANISHI
Ushbu maqola standart Britaniya va Amerika ingliz tilining rivojlanish jarayonini, ularning tarixiy, madaniy va ijtimoiy asoslarini o‘rganishga qaratilgan. Tadqiqotda adabiyotlar tahlili va komparativ metodologiya qo‘llanilgan bo‘lib, Britaniya va Amerika ingliz tili o‘rtasidagi leksik, fonetik va grammatik farqlar aniqlangan. Shuningdek, global kommunikatsiya va internetning ikki standart tilga ta’siri, ularning xalqaro muloqotdagi ahamiyati ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari tilni o‘rganayotganlar, ilmiy tadqiqotchilar va xalqaro muloqotda faoliyat yurituvchi shaxslar uchun amaliy va nazariy jihatdan foydali manba bo‘la oladi.
2026-01-09
LINGVOMADANIYATSHUNOSHLIKDA LINGVOKULTUROLOGIK BIRLIKLAR TIZIMI
Ushbu maqolada lingvokulturologiya fani,unga hissa qoʻshgan olimlar haqida maʼlumot beriladi.Lingvokulturologik birliklarning tilni oʻrganishdagi oʻziga xos jihatlari haqida soʻz boradi.Ushbu birliklarga alohida toʻxtalib,misollar keltirilib izohlanadi.Lingvokulturogik birliklar qoraqalpoq va rus madaniyati bilan taqqoslaniladi.Asosan, lingvokulturologik birliklardan namunalar keltiriladi.
2026-01-09
INGLIZ TILI DARSLARINI MUAYYAN FAN SOHALARI BO‘YICHA TANLANGAN MATNLAR ASOSIDA INTEGRATSIYALASH
Mazkur maqolada ingliz tili darslarini muayyan fan sohalari bo‘yicha tanlangan matnlar asosida integratsiyalash masalasi yoritiladi. Xususan, biologiyaga yo‘naltirilgan o‘quvchilar uchun biologiya faniga oid matnlardan foydalanish orqali ingliz tilini o‘qitishning metodik imkoniyatlari tahlil qilinadi. Fanlararo integratsiya o‘quvchilarning til ko‘nikmalarini rivojlantirish bilan birga, ularning sohaga oid bilimlarini mustahkamlash, terminologik lug‘at boyligini kengaytirish va mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantirishga xizmat qilishi asoslanadi. Maqolada integratsiyalashgan darslarni tashkil etish bosqichlari, matn tanlash mezonlari hamda amaliy metodik tavsiyalar keltiriladi. Tadqiqot natijalari ingliz tili darslarini fanlararo integratsiya asosida tashkil etish ta’lim samaradorligini oshirishini ko‘rsatadi.
2026-01-09
KONSTITUTSIYANING MOHIYATI, DAVLAT VA JAMIYATNI BOSHQARISHDAGI OʻRNI.
Konstitutsiya bu asosiy qonun. Hozirgi kunda konstitutsiyasiz davlatni tasavvur qilish qiyin. Lekin ular ijtimoiy taraqqiyotning turli davri mahsulidir. Davlat konstitutsiya paydo bo‘lgan davrdan anchagina ko‘proq tarixiy davrlarni bosib o‘tgan va har bir davrni oziga xosligi, muhiti va rivojlanish jarayoni bo`lgan. Shu tarzda «Konstitutsiya» vujudga kelgan.
2026-01-09
MAHMUDXO`JA BEHBUDIYNING “IKKI EMAS, TO`RT TIL KERAK” MAQOLASI G`OYANING HOZIRGI KUNDAGI AHAMIYATI .
Ushbu maqolada Behbudiyning tilga bo`lgan qarashlari, til o`rganish naqadar zarurligi va uning mazmun-mohiyati haqida so`z boradi. Hozirgi kundagi tilga bo`lgan e`tibor va ehtijoylar tahlil qilinadi. Maqolada keltirilgan 4 til alohida tavsiflanadi.
2026-01-09
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA MILLIY QADRIYATLARGA HURMATNI SHAKLLANTIRISH METODIKASI
Maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida milliy qadriyatlarga hurmatni shakllantirishning pedagogik va metodik yondashuvlari ko‘rib chiqilgan. Globallashuv sharoitida milliy o‘zlik va axloqiy mas’uliyatni rivojlantirishning dolzarbligi ta’kidlangan. Tadqiqotda samarali metodlar — ta’lim mazmuni, interfaol faoliyatlar, loyiha asosidagi mashg‘ulotlar va o‘qituvchi-oila hamkorligi orqali o‘quvchilarda Vatanparvarlik, o‘zlikni anglash va ijtimoiy faollikni shakllantirish ko‘rsatib o‘tilgan.
2026-01-08
RAQAMLI TA’LIM RESURSLARI ASOSIDA ROBOTOTEXNIKA VA DASTURLASHNI INTEGRATSIYALASHGAN HOLDA MASOFAVIY O‘QITISH METODIKASI
Mazkur maqolada raqamli ta’lim resurslari asosida robototexnika va dasturlash fanlarini integratsiyalashgan holda masofaviy o‘qitish metodikasi ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilingan. Virtual laboratoriyalar va simulyatorlardan foydalanish orqali o‘quvchilarning amaliy kompetensiyalarini rivojlantirish imkoniyatlari yoritilgan. Integratsiyalashgan yondashuv ta’lim samaradorligini oshirishi asoslab berilgan.
2026-01-12
OILA VA JAMIYATNING SPORTCHI QIZLARNING IJTIMOIY MOSLASHUV STRATEGIYALARINI SHAKLLANTIRISHDAGI RO’LI
Mazkur ilmiy maqolada oila va jamiyat omillarining sportchi qizlarning ijtimoiy moslashuv strategiyalarini shakllantirishdagi o‘rni kompleks yondashuv asosida tahlil qilinadi. Zamonaviy ijtimoiy muhitda sportchi qizlar nafaqat yuqori jismoniy yuklama va sport natijalariga erishish, balki ijtimoiy rollarning uyg‘unligini ta’minlash, gender stereotiplari, psixologik bosim va madaniy cheklovlarga moslashish zarurati bilan ham yuzma-yuz keladilar. Tadqiqotda oila muhitining emotsional qo‘llab-quvvatlovchi, motivatsion va ijtimoiy nazorat mexanizmlari sportchi qizlarning ijtimoiy barqarorligi, moslashuvchanligiga ta’siri ochib beriladi. Shuningdek, jamiyatdagi ijtimoiy institutlar, ta’lim tizimi, sport infratuzilmasi va ommaviy axborot vositalarining sportchi qiz shaxsiyati shakllanishidagi roli tahlil qilinadi. Maqolada ijtimoiy moslashuv strategiyalari ijtimoiy-psixologik, madaniy va institutsional omillar bilan o‘zaro bog‘liq tizim sifatida yoritilib, sportchi qizlarning muvaffaqiyatli ijtimoiy integratsiyasi uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlar ilmiy asosda asoslab beriladi. Olingan xulosalar sport pedagogikasi, sport psixologiyasi va ijtimoiy siyosat sohalarida amaliy ahamiyat kasb etadi.
2026-01-12
АКТУАЛЬНЫЕ АСПЕКТЫ ЛЕЧЕНИЯ ГЕМАТОГЕННОГО ОСТЕОМИЕЛИТА У ДЕТЕЙ: ОБЗОР ЛИТЕРАТУРЫ
Гематогенный остеомиелит остается актуальной проблемой детской хирургии, требующей комплексного подхода к лечению. В обзоре проанализированы современные методы терапии гематогенного остеомиелита у детей на основе публикаций последних десяти лет. Рассмотрены принципы консервативного лечения, включая эмпирическую и таргетную антибактериальную терапию, режимы дозирования и длительность применения антибиотиков. Описаны показания и методы хирургического лечения, включая остеоперфорацию, секвестрэктомию и малоинвазивные технологии. Особое внимание уделено комплексному подходу, включающему патогенетическую терапию, физиотерапию и реабилитацию. Проанализированы результаты лечения и факторы прогноза. Современные тенденции включают персонализацию антибиотикотерапии, развитие малоинвазивных методов и мультидисциплинарный подход. Основными проблемами остаются антибиотикорезистентность и оптимизация длительности терапии.
2026-01-13
GENERAL PRINCIPLES OF GRAMMATICAL ANALYSIS
This article is devoted to the discussion of the general principles of grammatical analysis. It examines the theoretical foundations of grammatical analysis, the structural organization of linguistic units, and their functional characteristics. The article emphasizes the close relationship between grammatical form and meaning, the role of context in interpreting grammatical structures, and the significance of grammatical analysis in modern linguistic approaches. The findings highlight the importance of studying grammar as a systematic, meaningful, and communicative phenomenon. The article has both theoretical and practical value for linguistic research and language teaching.
2026-01-13
YOSH DZYUDOCHILARNING UMUMIY VA MAXSUS JISMONIY SIFATLARINI RIVOJLANTIRISH
Mazkur ilmiy maqolada yosh dzyudochilarning umumiy va maxsus jismoniy sifatlarini rivojlantirish masalasi sport pedagogikasi va sport mashg‘ulotlari nazariyasi nuqtayi nazaridan keng yoritiladi. Tadqiqotning nazariy qismida jismoniy tayyorgarlik tushunchasining mazmuni, uning sportchilar tayyorlash tizimidagi o‘rni, dzyudo sport turiga xos bo‘lgan jismoniy sifatlarning ilmiy-pedagogik tavsifi hamda ularni rivojlantirishga ta’sir etuvchi omillar tahlil qilinadi. Ilmiy manbalarga tayangan holda yosh davrlarining psixofiziologik xususiyatlari va ularning jismoniy sifatlar shakllanishiga ta’siri asoslab beriladi.
2026-01-13
YOSH FUTBOLCHILARDA TEZKORLIK SIFATLARINI RIVOJLANTIRISHNING SAMARALI USULLARI
Mazkur ilmiy maqolada yosh futbolchilarda tezkorlik sifatlarini rivojlantirish masalasi zamonaviy sport pedagogikasi va sport fiziologiyasi nuqtayi nazaridan keng yoritilgan. Tadqiqot O‘zbekiston hamda Markaziy Osiyo olimlarining ilmiy ishlari va amaliy tajribalariga tayangan holda olib borildi. Yosh futbolchilarning yoshga xos anatomik-fiziologik va psixologik xususiyatlari, tezkorlik sifatining shakllanish mexanizmlari hamda mashg‘ulot jarayonida qo‘llaniladigan samarali metodik yondashuvlar ilmiy tahlil qilindi. Maqolada tezkorlikni rivojlantirishga qaratilgan mashqlar tizimi, o‘yin faoliyatiga yaqinlashtirilgan mashg‘ulotlar va individual yondashuvning ahamiyati asoslab berilgan.
2026-01-13
BOKS SPORT TURIDA SPORTCHILARNING KUCH VA TEZKORLIK JISMONIY SIFATLARINI RIVOJLANTIRISH
Mazkur ilmiy maqolada boks sport turida sportchilarning kuch va tezkorlik jismoniy sifatlarini rivojlantirishning nazariy, metodik hamda amaliy jihatlari keng yoritilgan. Kuch va tezkorlikni kompleks rivojlantirish sportchilar tayyorgarligi samaradorligini oshirishning muhim omili ekanligi asoslab berilgan.
2026-01-13
BOKSCHILARNING UMUMIY JISMONIY TAYYORGARLIGINI TAKOMILLASHTIRISHNING INNOVATSION YONDASHUVLARI
Ushbu ilmiy maqolada boks sporti bilan shug‘ullanuvchi sportchilarning umumiy jismoniy tayyorgarligini takomillashtirish masalasi kompleks va tizimli yondashuv asosida yoritiladi. Maqolada umumiy jismoniy tayyorgarlikning sport natijalariga ta’siri hamda uni rivojlantirishda individual va bosqichli yondashuvning ustuvor ahamiyati asoslab berilgan.
2026-01-13
SUZISH SPORT TURI BILAN SHUG‘ILLANUVCHI BOLLARDA CHIDAMLILIK SIFATINI RIVOJLANTIRISH
Mazkur ilmiy maqolada suzish sport turi bilan muntazam shug‘ullanuvchi bolalarda chidamlilik jismoniy sifatini rivojlantirishning ilmiy-pedagogik va fiziologik asoslari keng yoritilgan. Bolalar organizmining yoshga xos anatomik-fiziologik xususiyatlarini hisobga olgan holda chidamlilikni shakllantirish metodlari, mashg‘ulot yuklamalarini rejalashtirish va nazorat qilish masalalari ilmiy asosda bayon etilgan.
2026-01-13
YUNON-RUM KURASHCHILARINING JISMONIY TAYYORGARLIGINI TAKOMILLASHTIRISH
Mazkur ilmiy maqolada yunon-rum kurashi bilan shug‘ullanuvchi sportchilarning jismoniy tayyorgarligini takomillashtirish masalalari zamonaviy sport pedagogikasi va sport fiziologiyasi nuqtayi nazaridan keng tahlil qilingan. Jismoniy tayyorgarlikning umumiy va maxsus turlari o‘zaro bog‘liqlikda ko‘rib chiqilib, mashg‘ulot jarayonini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy xulosalar berilgan.
2026-01-12
KIMYO SANOATIDA YASHIL TEXNOLOGIYALARNI JORIY ETISHNING NAZARIY ASOSLARI VA ISTIQBOLLARI
Ushbu maqolada kimyo sanoatida yashil texnologiyalarni joriy etishning nazariy asoslari, jahon tajribasi va O'zbekiston sharoitida ularni qo'llash istiqbollari tadqiq etilgan. Tadqiqotda adabiyotlar tahlili usuli qo'llanilgan bo'lib, mahalliy va xorijiy manbalar asosida yashil kimyo tamoyillari, resurs tejovchi texnologiyalar hamda ekologik samaradorlik masalalari o'rganilgan. Natijalar shuni ko'rsatadiki, yashil texnologiyalar nafaqat ekologik, balki iqtisodiy jihatdan ham samarali bo'lib, kimyo korxonalarining raqobatbardoshligini oshiradi.
2026-01-13
O'RTA MAXSUS TA'LIM MUASSASALARIDA INFORMATIKA O'QITISHDA KOMPETENSIYAVIY YONDASHUVNING NAZARIY-METODOLOGIK ASOSLARI
Ushbu maqolada o'rta maxsus ta'lim muassasalarida informatika fanini o'qitishda kompetensiyaviy yondashuvning nazariy-metodologik asoslari tahlil qilingan. Maqolada an'anaviy bilim-ko'nikma-malaka paradigmasidan kompetensiyaviy yondashuvga o'tishning zarurligi asoslab berilgan. Shuningdek, informatika o'qitishda kasbiy kompetensiyalarni shakllantirishning didaktik tamoyillari va metodologik yo'nalishlari tahlil qilingan.
2026-01-13
OZIQ-OVQAT SANOATIDA NANOTEXNOLOGIYALAR: XAVFSIZLIK VA SAMARADORLIK MUAMMOLARI
Ushbu maqolada oziq-ovqat sanoatida nanotexnologiyalarning qo'llanilishi, ularning samaradorligi va xavfsizlik masalalari tahlil qilingan. Maqolada nanotexnologiyalarning inson salomatligi va atrof-muhitga ta'siri bo'yicha mavjud ilmiy qarashlar umumlashtirilgan hamda ushbu sohaning kelajak istiqbollari ko'rsatilgan. Tadqiqot natijalariga ko'ra, nanotexnologiyalar oziq-ovqat sanoatida katta imkoniyatlarga ega bo'lsa-da, ularning xavfsizligi bo'yicha yetarli normativ-huquqiy baza shakllantirilmagan.
2026-01-13
BOSHQARUV HISOBIDA QARORLAR QABUL QILISH, REJALASHTIRISH VA NAZORAT.
Ushbu maqolada boshqaruv hisobining korxona faoliyatida qarorlar qabul qilish, rejalashtirish va nazorat jarayonlaridagi o‘rni keng yoritilgan. Hozirgi raqobatbardosh iqtisodiy muhitda boshqaruv hisobi rahbariyatni ishonchli, o‘z vaqtida va tahliliy axborot bilan ta’minlab, samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilish imkonini beradi. Maqolada boshqaruv hisobining nazariy asoslari bilan bir qatorda, uning amaliy qo‘llanilishi, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari boshqaruv hisobini takomillashtirish orqali korxona samaradorligini oshirish mumkinligini ko‘rsatadi.
2026-01-14
IMIDJ PSIXOLOGIYASI FANINING PREDMETI VA OBYEKTI
Mazkur maqolada imidj psixologiyasi fanining predmeti va obyekti ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Unda imidj tushunchasining psixologik mohiyati, shaxs va ijtimoiy guruhlar faoliyatidagi o‘rni, imidj shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar hamda uning idrok, munosabat va ijtimoiy ta’sir jarayonlari bilan bog‘liqligi yoritiladi. Shuningdek, imidj psixologiyasining mustaqil fan sifatida rivojlanishi, uning amaliy ahamiyati va zamonaviy jamiyatdagi funksiyalari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari imidj psixologiyasining ta’lim, boshqaruv va kasbiy faoliyatdagi ahamiyatini ochib beradi.
2026-01-14
TA’LIM SIFATINI OSHIRISHDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING ROLI
Mazkur maqolada zamonaviy pedagogik texnologiyalarning ta’lim jarayonidagi o‘rni, ularning samaradorlikka ta’siri hamda o‘qituvchilarning kasbiy faoliyatida yangi yondashuvlarning ahamiyati tahlil qilinadi. Shuningdek, ta’lim sifatini oshirishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, interfaol metodlar va innovatsion ta’lim shakllaridan foydalanish tajribalari o‘rganiladi.
2026-01-14
MODERN APPROACHES TO THE DIAGNOSIS AND TREATMENT OF ENDOCERVICITIS AND COLPITIS IN PREGNANT WOMEN
Endocervicitis and colpitis are common inflammatory conditions of the lower female genital tract that require particular clinical attention during pregnancy. Physiological immunological adaptations, hormonal fluctuations, and alterations in the vaginal microenvironment during gestation contribute to increased susceptibility to cervicovaginal infections. When inadequately diagnosed or managed, these conditions may be associated with unfavorable obstetric outcomes, including preterm delivery, premature rupture of membranes, intrauterine infection, and postpartum inflammatory complications. Recent advances in obstetric care have emphasized the importance of early diagnosis and individualized treatment strategies to minimize maternal and fetal risks. Modern diagnostic approaches incorporate a combination of clinical assessment, laboratory-based microbiological testing, and molecular diagnostic techniques, which enhance pathogen detection and improve diagnostic accuracy. Therapeutic strategies have evolved toward safer, gestational-age–appropriate antimicrobial regimens, supported by growing evidence on fetal safety and treatment efficacy. This article aims to present a comprehensive overview of contemporary approaches to the diagnosis and treatment of endocervicitis and colpitis in pregnant women, integrating current clinical evidence and international recommendations to support optimal clinical decision-making.
2026-01-14
ARXIV HUJJATLARINI AVTOMATIK TASNIFLASH VA KATALOGLASH TIZIMLARI: ZAMONAVIY YONDASHUVLAR VA ALGORITMLAR
Ushbu maqolada arxiv hujjatlarini avtomatik tasniflash va kataloglash tizimlarining zamonaviy yondashuvlari hamda algoritmik asoslari keng qamrovda tahlil qilinadi. An’anaviy qo‘lda olib boriladigan arxiv ishlari katta hajmdagi hujjatlar, vaqt va inson resurslariga bo‘lgan yuqori talab sababli bugungi kunda samarasiz bo‘lib qolayotgani asoslab beriladi. Tadqiqotda sun’iy intellekt, mashina o‘rganish, tabiiy tilni qayta ishlash (NLP) va kompyuter ko‘rish texnologiyalariga asoslangan avtomatik tizimlarning arxitekturasi, asosiy komponentlari va ishlash mexanizmlari yoritiladi. OCR texnologiyalari, tilni aniqlash, matn va vizual xususiyatlarni ajratish, multimodal yondashuvlar hamda an’anaviy va chuqur o‘rganish algoritmlarining afzallik va cheklovlari solishtirma tahlil qilinadi. Shuningdek, o‘zbek tilidagi tarixiy hujjatlarni qayta ishlash uchun maxsus modellar, ularni o‘qitish strategiyalari va amaliy joriy etish muammolari muhokama etiladi. Maqola arxivshunoslik, raqamli gumanitar fanlar va hujjatlarni boshqarish sohasida ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.
2026-01-14
VARIATIV TAʼLIM MUHITINING OʻQUVCHI TAFAKKURIGA TAʼSIRI
Mazkur maqolada variativ ta’lim muhitining o‘quvchilarning tafakkurini rivojlantirishdagi o‘rni va ahamiyati nazariy hamda amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda variativ ta’lim tushunchasining pedagogik mohiyati ochib berilib, uning o‘quvchilarda mustaqil, tanqidiy va ijodiy fikrlashni shakllantirishga ta’siri ilmiy asosda yoritiladi. Ta’lim jarayonida individual yondashuv, o‘quv faoliyatini differensial tashkil etish, muqobil metod va vositalardan foydalanish orqali o‘quvchilarning bilish faolligi va tafakkur jarayonlari faollashishi asoslab beriladi. Shuningdek, interfaol metodlar, loyiha asosida o‘qitish va muammoli vaziyatlarga asoslangan topshiriqlarning variativ ta’lim muhiti doirasida qo‘llanilishi o‘quvchilarning tahlil qilish, umumlashtirish va yangicha yechim topish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilishi ko‘rsatib o‘tiladi. Tadqiqot natijalari variativ ta’lim muhiti o‘quvchi tafakkurini rivojlantirish, ta’lim samaradorligini oshirish va shaxsga yo‘naltirilgan ta’limni amalga oshirishning muhim omili ekanini tasdiqlaydi
2026-01-15
BOSHLANG'ICH TA'LIMDA KOMMUNIKATIV KOMPETENSIYANI RIVOJLANTIRISH UCHUN INNOVATSION METODLAR
Maqolada boshlang’ich ta’lim jarayonida o’quvchilarning kommunikativ kompetensiya ko’nikmalarini rivojlantirish muammosi yoritib beriladi. Kommunikativ muammo va qiyinchiliklarni bartaraf etish imkonini beruvchi innovatsion pedagogic metodlarning nazariy va amaliy asoslari tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida visual, interaktiv va o’yin texnologiyalariga asoslangan metodlarning o’quvchilarning muloqot jaroyonidagi faolligi va mustaqilligiga ta’siri aniqlanadi. Olingan natijalar, innovatsion yondashuvlar bboshlang’ich sinf o’quvchilarida kommunikativ kompetensiyani samarali shakllantirishini tasdiqlaydi
2026-01-15
INVESTITSIYALARNI JALB QILISH VA ULARNING SAMARADORLIGI
Ushbu maqolada investitsiya haqida maʼlumot beriladi. Investitsiyalarning jalb qilishning iqtisodiy ahamiyati, ularning samaradorligini oshirish omillari hamda investitsion muhitni takomillashtirish yoʻnalishlari tahlil qilinadi. Shuningdek, Oʻzbekiston misolida investitsion siyosatini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari haqida fikr bildirilgan
2026-01-15
BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHISINING RAQAMLI TA'LIM MUHITI SHAROITIDA KREATIV YONDASHUVNI RIVOJLANTIRISH MAHORATI
Mazkur maqolada raqamli ta’lim muhiti sharoitida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining kreativ yondashuvini rivojlantirish masalalari tahlil etilgan. Raqamli texnologiyalar, interfaol metodlar va innovatsion pedagogik yondashuvlarning o‘qituvchi kasbiy mahoratini shakllantirishdagi roli yoritilgan. Tadqiqot jarayonida raqamli platformalar yordamida kreativ muhit yaratishning samaradorligi asoslab berilgan. Olingan natijalar ta’lim sifatini oshirish va bo‘lajak o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini rivojlantirishga xizmat qiladi
2026-01-15
O‘QUVCHILARDA MUSTAQIL O‘QISH KO‘NIKMASINI SHAKLLANTIRISHNING INNOVATSION STRATEGIYALARI
Mazkur maqolada o‘quvchilarda mustaqil o‘qish ko‘nikmasini shakllantirishning innovatsion strategiyalari ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda mustaqil o‘qish kompetensiyasining mazmun-mohiyati, uning ta’lim jarayonidagi o‘rni hamda o‘quvchilarning kognitiv faolligini oshirishdagi ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, zamonaviy pedagogik yondashuvlar, raqamli ta’lim texnologiyalari, interaktiv metodlar va differensial ta’lim strategiyalarining o‘quvchilarning mustaqil o‘qish ko‘nikmalarini rivojlantirishga ta’siri o‘rganilgan. Maqolada loyiha asosida ta’lim, reflektiv o‘qish, metakognitiv strategiyalar, elektron ta’lim resurslari hamda sun’iy intellektga asoslangan o‘quv platformalaridan foydalanish imkoniyatlari tahlil qilinib, ularning samaradorligi ilmiy dalillar asosida asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari mustaqil o‘qish ko‘nikmasini shakllantirish ta’lim sifatini oshirishning muhim omili ekanini ko‘rsatadi hamda amaliyot uchun metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan
2026-01-15
Boshlang’ich ta’limda inkluziv ta’limni rivojlantirish bo’yicha loyihaviy yondashuvlar
Ushbu maqolada boshlang’ich ta’lim tizimida inklyuziv ta’limni samarali tashkil etish, barcha imkoniyati cheklangan o’quvchilarni umumta’lim tizimiga jalb etish hamda ijobiy natijalarga erishish uchun mavjud muammolar, ularni bartaraf etish yo’llarini izlab topish va inklyuziv ta’limni rivojlantirishning dolzarb jihatlari, loyihaviy yondashuvning mazmuni, maqsadi va pedagogik samaradorligi haqida so’z boradi. Loyihaviy yondashuv yordamida maxsus ehtiyojli o’quvchilarning ta’lim jarayonida to’laqonli ishtirokini ta’minlash imkoniyatlari tahlil qilinadi
2026-01-15
OLIY TA’LIM SHAROITIDA BO’LAJAK BOSHLANG’ICH SINF O’QITUVCHILARIDA KREATIV KO’NIKMALARNI RIVOJLANTIRISH
Mazkur maqolada Oliy ta’lim sharoitida bo’lajak o’qituvchilarda kreativ ko’nikmalarni rivojlantirish masalalari tahlil qilinadi.Tadqiqotda kreativlik va kreativ ko’nikma tushunchalarining pedagogik mohiyati yoritilib, bo’lajak pedagoglarning kasbiy tayyorgarligida kreativ ko’nikmalarni shakllantirish zarurati asoslab berilgan. Shuningdek ,kreativ ko’nikmalarni rivojlantirishga yo’naltirilgan pedagogik tizimning tarkibiy komponentlari ,uni amalga oshirish shart-sharoitlari hamda samaradorligini oshirish omillari ochib berilgan
2026-01-15
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA RAQAMLI KOMPETENSIYANI SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI
Mazkur maqolada boshlang‘ich sinflarda raqamli kompetensiyani shakllantirishning nazariy asoslari tahlil qilinadi. Raqamli kompetensiyaning mazmuni, tarkibiy qismlari va uning boshlang‘ich ta’limdagi ahamiyati yoritiladi. Shuningdek, konstruktivistik va ijtimoiy-o‘rganish yondashuvlari asosida raqamli kompetensiyani shakllantirish jarayonining pedagogik jihatlari ochib beriladi. Tadqiqot natijalari raqamli kompetensiyani erta bosqichda rivojlantirish o‘quvchilarning mustaqil o‘rganish qobiliyatini va ta’lim jarayoniga moslashuvini oshirishini ko‘rsatadi
2026-01-15
BOSHLANG’ICH SINFLARDA INNOVATSION TA’LIM MUHITINI YARATISHDA O’QITUVCHI LIDERLIGINING O’RNI
Mazkur maqola boshlang'ich sinflarda innovatsion ta'lim muhitini yaratishda o'qituvchi liderligining hal qiluvchi rolini ilmiy jihatdan tahlil qiladi. Global raqobatbardoshlik va tez o'zgaruvchan jamiyat talablariga javob beradigan kompetentliklarni shakllantirishda boshlang'ich ta'limning ahamiyati ortib borayotganini inobatga olgan holda, an'anaviy yondashuvlarning cheklovlari va innovatsiyalarga bo'lgan ehtiyoj ta'kidlanadi. Maqolada o'qituvchi liderligi pedagogik amaliyotlarni yaxshilash, o'quv dasturlarini moslashtirish, ilg'or texnologiyalarni integratsiya qilish, kasbiy rivojlanishni rag'batlantirish hamda maktab madaniyatini o'zgartirish orqali innovatsion o'rganish muhitini qanday shakllantirishi atroflicha ochib berilgan. Shuningdek, o'qituvchi liderlarini qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish yo'llari, ushbu jarayondagi mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo'yicha amaliy tavsiyalar berilgan. Tadqiqotda transformatsion liderlik, taqsimlangan liderlik va konstruktivizm nazariyalariga tayanilgan holda, o'qituvchi liderligining samaradorligi ilmiy asoslangan
2026-01-15
STEAM YONDASHUVI ASOSIDA BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINING KREATIV FIKRLASHINI RIVOJLANTIRISH STRATEGIYALARI
O'zbek tilida: Ushbu maqola boshlang'ich sinf o'quvchilarida kreativ fikrlashni rivojlantirishda STEAM (Science, Technology, Engineering, Arts, Mathematics) yondashuvining muhimligini va uning amaliy qo'llanilishini ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil qiladi. Maqolada STEAM ta'limining mohiyati, uning boshlang'ich sinf o'quvchilarining ijodiy salohiyatini yuzaga chiqarishdagi o'rni, kreativlikni rivojlantiruvchi usullar va texnologiyalar, shuningdek, o'qituvchilar uchun tavsiyalar batafsil ko'rib chiqiladi. Tadqiqot jarayonida zamonaviy ilmiy adabiyotlar, tajribaviy ma'lumotlar va xalqaro amaliyotlar tahlil qilingan. Ushbu maqola ta'lim sohasi mutaxassislari, o'qituvchilar va tadqiqotchilar uchun STEAM ta'limini boshlang'ich sinflarda samarali joriy etish bo'yicha asosiy manba bo'lib xizmat qilishi ko'zda tutilgan
2026-01-15
FANDAGI ASOSIY ILMIY KONSEPSIYALAR
Hozirgi kunda fan taraqqiyoti jarayonida ilmiy konsepsiyalar tizimini o‘rganish alohida ahamiyat kasb etmoqda. Har bir soha rivojining nazariy asosini tashkil etuvchi ilmiy konsepsiyalarni chuqur anglash, ularning mazmun-mohiyati va shakllanish bosqichlarini tahlil qilish zamonaviy ilm-fan oldida turgan eng dolzarb masalalardan biridir. Ushbu maqolada ilmiy konsepsiya tushunchasining umumiy talqini, uning shakllanish mexanizmlari, fan rivojiga ta’siri hamda ilmiy bilish jarayonidagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, maqolada konsepsiyalarning tasnifi, ularning amaliy ahamiyati va ilmiy nazariyalarni shakllantirishdagi asosiy funksiyalariga alohida e’tibor qaratiladi
2026-01-15
INNOVATSION LOYIHALAR ORQALI BOSHLANG‘ICH SINFLARDA FANLARARO INTEGRATSIYANI KUCHAYTIRISH
Mazkur maqolada boshlang‘ich ta’lim jarayonida fanlararo integratsiyani rivojlantirishda innovatsion loyihalardan foydalanishning nazariy va amaliy jihatlari yoritilgan. Fanlararo integratsiya asosida tashkil etilgan innovatsion loyihalarning o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va kompetensiyalarini shakllantirishdagi ahamiyati tahlil qilingan. Shuningdek, loyiha faoliyati orqali o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, ijodiy yondashuv va muammoni hal etish qobiliyatlarini rivojlantirish imkoniyatlari asoslab berilgan
2026-01-15
EDUCATIONAL AND COGNITIVE CHARACTERISTICS OF LEFT-HANDED SCHOOL STUDENTS: EVIDENCE FROM A SMALL-SCALE EMPIRICAL STUDY
Educational environments are typically structured around right-handed motor patterns, which may inadvertently disadvantage learners with alternative handedness profiles. This study examines how left-handedness shapes cognitive engagement and learning experiences among school students. Using a small-scale empirical design, data were collected from students aged 11–15 through task-based cognitive activities, learner-focused questionnaires, and systematic classroom observations. Rather than relying on broad statistical generalizations, the analysis emphasizes pattern recognition and qualitative distinctions between left-handed and right-handed participants. The results reveal that left-handed students employ distinctive cognitive approaches in problem-solving contexts while encountering increased ergonomic and instructional friction during routine classroom activities. These findings suggest that observed learning challenges are predominantly environmentally induced rather than ability-based. By introducing a context-sensitive pedagogical adaptation framework, this research contributes original empirical insight into handedness-responsive educational design and supports more inclusive school practices
2026-01-15
BOSHLANG‘ICH SINF DARSLARIDA KOMPETENSIYAVIY YONDASHUV ASOSIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH
Ushbu maqolada boshlang‘ich ta’lim jarayonida kompetensiyaviy yondashuvni amalga oshirishda innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanishning o‘rni, ahamiyati va samaradorligi tahlil qilingan. Maqolada o‘quvchilarda amaliy ko‘nikma va mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantirishda interfaol uslublar, axborot texnologiyalari va loyiha asosidagi ta’lim imkoniyatlari yoritilgan
2026-01-15
Sinfda o‘quvchilar faoliyatini boshqarishning zamonaviy texnologiyalari: pedagogik yondashuvlar va ularning samaradorligi
Ushbu maqola taʼlim jarayonida o‘quvchilar faoliyatini boshqarishning zamonaviy texnologiyalari va usullariga bag‘ishlangan. Maqolada anʼanaviy boshqaruv tizimlaridan farqli o‘laroq, o‘quvchilarning faolligini oshirish, ularning individual ehtiyojlariga moslashish, hamkorlikni rivojlantirish va samarali o‘quv muhitini yaratishga qaratilgan ilg‘or pedagogik texnologiyalar, raqamli vositalar va strategiyalar atroflicha tahlil qilinadi. Tadqiqot maqsadi – zamonaviy texnologiyalarning o‘quvchilar faoliyatini boshqarishdagi o‘rni, ularning samaradorligini oshirish omillari va taʼlimiy natijalarga taʼsirini ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan o‘rganishdir. Tadqiqot natijalari zamonaviy texnologiyalardan foydalanish o‘quvchilarning o‘quv jarayoniga nisbatan motivatsiyasini kuchaytirishini, ularning ijodiy va tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishini hamda umumiy o‘quv natijalarini yaxshilashini tasdiqlaydi. Shuningdek, o‘qituvchilar uchun ushbu texnologiyalarni sinf amaliyotiga joriy etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilgan
2026-01-15
LOYIHALARGA INVESTITSIYALARNING JALB ETILISHI
Ushbu maqolada loyihalarga investitsiyalarni jalb etishning nazariy asoslari, uning iqtisodiy rivojlanishdagi roli va amaliy mexanizmlari yoritilgan. Investitsiya jarayonining samaradorligini taʼminlaydigan omillar, xususan, huquqiy muhit, moliyaviy institutlar faoliyati, davlat tomonidan yaratilayotgan imtiyozlar hamda innovatsion loyihalarni qoʻllab-quvvatlash tizimi tahlil qilinadi. Shuningdek, Oʻzbekistonda investitsiya siyosatini takomillashtirish, xorijiy investorlarga qulay sharoit yaratish va loyihalarga sarmoya jalb etishning zamonaviy mexanizmlari – elektron platformalar, davlat-xususiy sheriklik va grant dasturlarining ahamiyati batafsil koʻrib chiqiladi
2026-01-15
BOSHLANG’ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA INTRFAOL DASTURLARNI JORIY ETISH LOYIHASI
Ushbu maqola boshlang'ich sinf matematika darslarida interfaol dasturlarni joriy etishga qaratilgan kompleks loyihani taqdim etadi. U an'anaviy o'qitish metodlarining cheklovlarini bartaraf etish va zamonaviy ta'lim talablarini qondirishni maqsad qilgan. Maqolada konstruktivizm (Piaget, Vygotskiy), faoliyatga asoslangan yondashuv, o'z-o'zini belgilash nazariyasi va kognitiv yuk nazariyasi kabi nazariy asoslar tizimli tahlil qilingan, chuqur pedagogik va psixologik afzalliklari yoritilgan. Ta'limiy o'yinlar, simulyatsiyalar, onlayn platformalar, interfaol doskalar va mobil ilovalar kabi interfaol vositalar tasniflangan, shuningdek, AR/VR kabi rivojlanayotgan texnologiyalar ham ko'rib chiqilgan hamda ularni tanlashning mustahkam mezonlari keltirilgan. Loyihani amalga oshirishning sakkiz bosqichli batafsil metodologiyasi bayon etilgan bo'lib, u dastlabki ehtiyoj tahlili, aniq maqsadlarni belgilash (SMART tamoyillari), mustahkam texnologik infratuzilmani rivojlantirish, keng ko'lamli o'qituvchilar malakasini oshirish, o'quv dasturi va darsliklarga organik integratsiya, sinchkovlik bilan sinovdan o'tkazish va amaliy qo'llash, uzluksiz monitoring, baholash va tuzatuvchi choralar, shuningdek, loyihani barqaror kengaytirish va institutsionalizatsiya qilish strategiyalarini o'z ichiga oladi. Maqolada pedagogik samaradorlik, xususan, motivatsiyani oshirish, tushunchalarni chuqurroq o'zlashtirish, 21-asrning muhim ko'nikmalarini (tanqidiy fikrlash, muammolarni hal qilish, ijodkorlik, hamkorlik, raqamli savodxonlik) rivojlantirish va shaxsiylashtirilgan ta'lim yo'llariga e'tibor qaratilgan. Shuningdek, moliyaviy cheklovlar, pedagoglar orasidagi raqamli tafovut, o'quv dasturining moslashuvchan emasligi, texnik nosozliklar, ekran oldida o'tkaziladigan vaqtga oid xavotirlar va interfaol kontent sifatini ta'minlash kabi potentsial muammolar aniqlanib, ularning amaliy yechimlari taklif qilingan. Tadqiqot interfaol dasturlarning dinamik, jalb qiluvchi va yuqori samarali o'quv muhitini yaratishdagi o'zgartiruvchi salohiyatini ta'kidlash bilan yakunlanadi va shu bilan O'zbekiston o'quvchilarining kompleks rivojlanishiga hamda milliy intellektual salohiyatiga sezilarli hissa qo'shishini ta'kidlaydi.
2026-01-15
