Мы рады сообщить вам, что Центр поддержки исследований «Innovative  Academy» организовал Республиканская конференция «Наука и инновация». Это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований.

Опубликован: 2025-10-30

EKO-BRENDING VA EKO-ETIKETKALASH HUNARMANDCHILIK SEKTORIDA: NAZARIYA, AMALIYOT VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI

Ushbu maqolada eko-brending va eko-etiketkalash tushunchalari hunarmandchilik sektori kontekstida tahlil qilingan. Tadqiqotda ekologik brendlash strategiyalarining nazariy asoslari, eko-etiketkalash tizimining turlari va xalqaro standartlar o‘rganilgan. Maqolada milliy hunarmandchilik brendlarini eko-brending strategiyalari bilan integratsiyalash orqali raqobatbardoshlikni oshirish imkoniyatlari ko‘rsatilgan. An’anaviy hunarmandchilik mahsulotlarining ekologik afzalliklari - tabiiy materiallar, qo‘lda ishlab chiqarish, kam uglerod izi va madaniy autentiklik - zamonaviy “yashil iste’molchilar” segmenti uchun katta qiymatga ega ekanligi asoslab berilgan. O‘zbekiston hunarmandchilik sektorida eko-sertifikatlashtirish joriy etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar va xalqaro bozorlarga kirish strategiyalari taqdim etilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, hunarmandchilik brendlarini eko-etiketkalash bilan birlashtirganda synergetic effekt hosil bo‘lib, madaniy identifikatsiya va ekologik mas’uliyat premium segment bozorlarida yuqori qiymat yaratadi.

A.F. Ergasheva

4-12

2025-10-29

ВЛИЯНИЕ НЕДОСТАТОЧНОЙ ГИГИЕНЫ НА СОСТОЯНИЕ СЛИЗИСТОЙ ОБОЛОЧКИ ПОЛОСТИ РТА У ПОЛЬЗОВАТЕЛЕЙ СЪЁМНЫХ ПРОТЕЗОВ

Несоблюдение гигиенических требований при использовании съёмных зубных протезов является одной из наиболее частых причин воспалительных и дистрофических изменений слизистой оболочки полости рта. Согласно данным эпидемиологических исследований, признаки воспаления слизистой под протезом наблюдаются у 65–85% пациентов, пользующихся съёмными конструкциями более одного года.

Хабибова Захро Нодировна

13-16

2025-10-30

FARGʻONA VILOYATI AVTOTEX XIZMATIDA OMBOR XOʻJALIGINI SAMARALI TASHKIL ETISH

Maqolada Fargʻona viloyatidagi avtotex xizmat korxonalarida ombor xoʻjaligini samarali tashkil etish masalalari yoritilgan. Avtomobil ehtiyot qismlari, texnik moylar va boshqa sarf materiallarini saqlash hamda ulardan oqilona foydalanish jarayonlari tahlil qilingan. Ombor xoʻjaligida logistika tizimini takomillashtirish, avtomatlashtirilgan boshqaruv vositalarini joriy etish va inventarizatsiyani raqamlashtirish orqali samaradorlikni oshirish yoʻllari ko‘rsatib berilgan. Maqolada shuningdek, Fargʻona viloyati sharoitida ombor joylashuvi, tashkiliy tuzilmasi hamda zamonaviy texnologiyalardan foydalanishning iqtisodiy afzalliklari yoritilgan.

Sodiqjonov Sobirjon Srojidin o’g’li

17-21

2025-10-30

POSTMODERN AMERIKA ROMANLARIDA ERTAK MOTIVLARINING DEKONSTRUKTSIYASI VA IRONIK TALQINI

Ushbu tezis postmodern Amerika romanlarida ertak motivlarining dekonstruktsiyasi va ironik talqinini tahlil qiladi. Tadqiqot markaziga Donald Barthelme “Snow White”, William Goldman “The Princess Bride” hamda Gregory Maguire “Wicked: The Life and Times of the Wicked Witch of the West” asarlari qo‘yildi. Nazariy asos sifatida dekonstruktsiya (J. Derrida), postmodern estetika (J.-F. Lyotard) va parodiya–pastiш (L. Hutcheon) qarashlari, shuningdek ertak poetikasining klassik modellari (V. Propp, B. Bettelheim) bilan intertekstual bog‘lanishlar jalb etildi. Tadqiqot ertaklardagi yaxshilik–yomonlik, qahramon–g‘anim kabi binar oppozitsiyalarning buzilishi, muallif ovozining ironik “ikki ovozli” strategiyalarda namoyon bo‘lishi va o‘quvchi tajribasida metanarrativ ongni faollashtirish mexanizmlarini ko‘rsatadi. Natijalar postmodern roman ertakni nafaqat qayta hikoya qilish, balki uning ma’no ishlab chiqarish usullarini ham sinovdan o‘tkazish maydoniga aylantirishini tasdiqlaydi.

Raximova Nigoraxon Obidjonovna

22-24

2025-10-30

COMPARATIVE ANALYSIS OF SPEECH ACTS IN ENGLISH AND KARAKALPAK LANGUAGES

This article provides a comprehensive comparative analysis of the speech acts of requests and apologies in English and Karakalpak languages. The main aim is to identify the similarities and differences in their linguistic structures, pragmatic strategies, and cultural underpinnings. Moreover, the research highlights how politeness and communication norms are shaped by cultural values and social traditions. Consequently, the study demonstrates that speech acts not only serve communicative purposes but also reflect deeper cultural identities and interpersonal relationships.

Nursultan Bisenbaev

25-27

2025-10-30

BОZОR MUVОZАNАTI VА UNING MIKRОIQTISОDIY TАHLILI

Ushbu ishdа bоzоr muvоzаnаti vа uning mikrоiqtisоdiy jihаtlаri tаhlil qilinаdi. Tаdqiqоt bоzоr mexаnizmlаri, tаlаb vа tаklifning о‘zаrо аlоqаsi, nаrxlаrning shаkllаnishi hаmdа bоzоrning turli segmentlаridа muvоzаnаtni tа’minlаsh usullаrini о‘rgаnishgа qаrаtilgаn. Bundаn tаshqаri, mаqоlаdа mikrоiqtisоdiy siyоsаt vоsitаlаri — sоliqlаr, subsidiyа, nаrx nаzоrаti vа rаqоbаt siyоsаti — оrqаli bоzоr muvоzаnаtigа tа’siri hаm kо‘rib chiqilаdi. Bоzоr muvоzаnаtining iqtisоdiy sаmаrаdоrlik, iste’mоlchi fаrоvоnligi vа ijtimоiy tenglikkа tа’siri hаm yоritilgаn. Tаdqiqоt nаtijаlаri shuni kо‘rsаtаdiki, sаmаrаli mikrоiqtisоdiy siyоsаt bоzоr muvоzаnаtini tа’minlаsh, iqtisоdiy bаrqаrоrlikni sаqlаsh vа аhоli fаrоvоnligini оshirishgа xizmаt qilаdi.

Abdusalom Umirov, Sultоnоv Аsаdbek Zаfаr о’g’li

28-31

2025-10-30

CRITICAL THINKING THROUGH AI-DRIVEN QUESTION PROMPTS: SCAFFOLDING OR SHORTCUT

This article explores the dual role of AI-driven question prompts in promoting or potentially diminishing critical thinking in academic contexts. With the rapid adoption of artificial intelligence tools in higher education, question-generation systems such as ChatGPT, Socratic AI, and DeepThinker are increasingly used to scaffold students’ analytical reasoning. The research investigates whether AI-generated prompts act as cognitive scaffolds that stimulate deeper reflection or, conversely, function as shortcuts that reduce the learner’s independent critical engagement. Drawing on constructivist learning theory and Bloom’s taxonomy of cognitive domains, the study examines students’ written responses and reflective journals from AI-assisted and self-generated questioning sessions. Findings reveal that when properly structured and contextualized, AI-driven prompts foster cognitive scaffolding, metacognitive awareness, and argument development. However, excessive dependence on automated questioning can undermine learner autonomy and authentic inquiry. The study concludes by proposing pedagogical frameworks for integrating AI questioning ethically and effectively in critical thinking curricula, emphasizing guided reflection, collaborative learning, and human-AI interaction literacy.

Nigora Adhamova

35-40

2025-10-30

O‘ZBEKISTONDA ZAMONAVIY SHAHARSOZLIKDA TARIXIY MUHITNING ROLI VA AHAMIYATI

Мақолада Ўзбекистонда замонавий шаҳарсозлик жараёнларида тарихий муҳитни сақлаш, уни замонавий инфратузилма билан уйғунлаштириш масалалари ёритилган. Тарихий меъморий мероснинг шаҳар ривожидаги аҳамияти, маданий ва эстетик қадриятлар билан замонавий талабларнинг мутаносиблиги таҳлил қилинган.

Mahmatqulov Ilhom Turdimurodovich, Xudoynazarova Maxfo‘za Panji Qizi

41-45

2025-10-30

JANGOVAR TA’MINOT TIZIMIDAGI INNOVATSIYALAR

Ushbu tadqiqot jangovar ta’minot tizimini zamonaviy, ko‘p domenli raqobat muhitiga moslashtirish strategiyasini tahlil qiladi. Asosiy maqsad – logistikani markazlashgan, reaktiv modeldan prediktiv, tarqoq ishlab chiqarishga asoslangan va avtonom tuzilmaga o‘tkazish orqali operatsion ustunlikka erishishdir. Metodologiya sifatida Sun’iy Intellekt (SI) va Prediktiv Xizmat Ko‘rsatish (CBM+) orqali talabni bashorat qilish, Additiv Ishlab Chiqarish (AICh) orqali ta’minotni taktik chekkaga olib borish va Robotlashtirilgan Avtonom Tizimlar (RAT) yordamida yetkazib berishni avtonomlashtirish tamoyillari ko‘rib chiqiladi. Olingan natijalar shuni ko‘rsatadiki, ushbu innovatsiyalar ta’minot zanjirining zaifliklarini keskin kamaytiradi va shaylikni oshiradi. Biroq, transformatsiyaning muvaffaqiyati kibermustahkamlikni ta’minlash va raqamli infratuzilmani himoya qilishga bevosita bog‘liq. Xulosa qilib aytganda, texnologik va doktrinal o‘zgarishlarning ushbu birlashuvi zamonaviy harbiy kuchlarning omon qolishi va g‘alaba qozonishi uchun asosiy shartdir.

Aliyev Mirzohid Murodimovich

46-50

2025-10-30

O‘ZBEKISTONNING TURISTIK BRENDINI SHAKLLANTIRISHDA DESTINATSION MENEJMENTNING O‘RNI VA AHAMIYATI

Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasi va milliy turistik brendni rivojlantirish jarayonida destinatsion menejmentning roli tahlil qilinadi. Turizm infratuzilmasi, xizmatlar sifati, marketing strategiyalari hamda hududiy turistik resurslardan samarali foydalanishda destinatsion menejmentning o‘rni asoslab berilgan. Shuningdek, O‘zbekistonning 2019–2025 yillarga mo‘ljallangan Turizmni rivojlantirish strategiyasi doirasida olib borilayotgan islohotlar natijalari va istiqbollari ko‘rib chiqiladi.

Malikova Gulshod Zavqiddin qizi

51-53

2025-10-30

ZIYORAT TURIZMINI RIVOJLANTIRISHDA DINIY MEROS OBYEKTLARINING ROLI VA ULARNING SAQLANISHI MASALALARI

Mazkur maqolada Oʻzbekistonda ziyorat turizmini rivojlantirish jarayonida diniy meros obyektlarining o‘rni, ularning tarixiy-madaniy ahamiyati, saqlanish holati hamda ushbu obyektlardan oqilona foydalanish masalalari tahlil qilinadi. Ziyorat turizmining mahalliy va xalqaro darajadagi salohiyati, infratuzilma rivoji, ijtimoiy-iqtisodiy ta’siri, shuningdek, diniy meros yodgorliklarini muhofaza qilishda duch kelinayotgan muammolar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha ilmiy takliflar berilgan.

Malikova Gulshod Zavqiddin qizi

54-57

2025-10-30

PAXTA TOLASI NAMLIGINI ANIQLASHDA METROLOGIK TA’MINOTNI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI

O‘zbekiston paxtachilik sanoati mamlakat iqtisodiyotining strategik tarmoqlaridan biri bo‘lib, uning eksport salohiyati, qayta ishlash samaradorligi va mahsulot sifati asosan xom ashyo sifatiga bog‘liqdir. Paxta tolasi sifatini belgilovchi asosiy parametrlar ichida namlik ko‘rsatkichi eng muhimlaridan biridir. Chunki namlikning me’yordan oshishi tolani saqlash, tashish, presslash va qayta ishlash jarayonlarida deformatsiyalanish, chirish yoki sifatsizlanish xavfini oshiradi.

Murodova Sarvinoz, P.I. Kalandarov

58-60

2025-10-30

G‘ALLA (BUG‘DOY) DONLARINING NAMLIGINI ANIQLASHDA METROLOGIK TA’MINOTNI TAKOMILLASHTIRISH YO‘NALISHLARI

O‘zbekiston agrar sektori milliy iqtisodiyotning eng muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Ayniqsa, donchilik sohasi mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, eksport hajmini oshirish va aholi farovonligini mustahkamlashda asosiy o‘rin tutadi. Don mahsulotlari sifatini aniqlashda namlik miqdori eng asosiy sifat ko‘rsatkichlaridan biri bo‘lib, u mahsulotning saqlanish muddati, texnologik qayta ishlanishi va energiya sarfi bilan bevosita bog‘liqdir.

Murodova Sarvinoz, P.I. Kalandarov

61-63

2025-10-30

INGLIZ TILI — GLOBAL ALOQA VOSITASI SIFATIDA: O‘ZBEK JAMIYATIDA SOTSIOLINGVISTIK TA’SIRI

Ushbu tezisda ingliz tilining global aloqa vositasi sifatida shakllanish jarayoni va uning O‘zbekiston jamiyatidagi sotsiolingvistik o‘rni tahlil qilingan. Ingliz tilining ta’lim, ilm-fan, iqtisodiyot va madaniy aloqalardagi roli, shuningdek yoshlar til amaliyotida sodir bo‘layotgan lingvistik o‘zgarishlar ko‘rib chiqiladi. O‘zbek tilida inglizcha so‘zlarning ko‘payishi, kod-almashinuvi va ikki tillilik jarayonlarining ijtimoiy ta’siri ilmiy asosda yoritiladi.

Jakbarova Nozima Akramjon qizi

64-66

2025-10-30

RAQAMLI MAKONDA (INTERNETDA) INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARINING IJTIMOIY FUNKSIYASI

Ushbu tezisda raqamli kommunikatsiya sharoitida ingliz va o‘zbek tillarining ijtimoiy funksiyalari tahlil qilingan. Global internet muhitida ingliz tili xalqaro muloqot, ilmiy axborot ayirboshlash va texnologik jarayonlarning asosiy vositasi sifatida faoliyat yuritsa, o‘zbek tili milliy raqamli kontent yaratish, ta’lim, madaniy merosni saqlash va ichki kommunikatsiyada muhim vosita sifatida maydonga chiqmoqda. Maqolada internetning til siyosati, sotsiolingvistik jarayonlar, tilning nufuzi, auditoriyalar segmentatsiyasi, shuningdek, ijtimoiy tarmoq platformalaridagi til tanlash omillari tahlil qilinadi.

Jakbarova Nozima Akramjon qizi

67-69

2025-10-30

G. HIRSUTUM L. TURIGA MANSUB AQSH VA MAHALLIY NAV-NAMUNALARDAN OLINGAN DURAGAYLARNING UNUVCHANLIGINI O‘RGANISH

Ushbu tadqiqotda G. hirsutum L. turiga mansub mahalliy va AQShda yaratilgan paxta navlari o‘rtasidagi duragaylarning unuvchanlik ko‘rsatkichlari tahlil qilindi. Navlar genetik xilma-xilligi, chigitning biologik sifat ko‘rsatkichlari hamda urug‘ning laboratoriya va dala sharoitidagi unuvchanligi o‘rganildi. Tadqiqot natijalari duragaylash orqali chigitning unuvchanligi hamda niholning dastlabki o‘sish energiyasini oshirish mumkinligini ko‘rsatdi. Mazkur natijalar seleksiya jarayonlarida yuqori unuvchan va moslashuvchan navlarni yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Norqobilova Shalola Boymurod qizi

70-72

2025-10-30

KASB-HUNAR MAKTABI OʻQUVCHILARINING AXLOQIY TARBIYASIGA AKSIOLOGIK VA KONSEPTUAL YONDASHUV

Ushbu tezis kasb-hunar maktabi oʻquvchilarining axloqiy tarbiyasiga aksiologik va konseptual yondashuvni tahlil qiladi. Aksiologik yondashuv yoshlarning axloqiy qadriyatlarini shakllantirishdagi asosiy mexanizmlar va pedagogik strategiyalarni aniqlashga qaratilgan. Maqolada axloqiy tarbiya jarayonida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni uyg‘unlashtirish, konseptual yondashuvlar asosida o‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy barkamollikka yetaklash metodikasi ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari kasb-hunar maktablarida axloqiy tarbiya samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan.

Isoqova Zulhumor Ismoiljon qizi, Xolmirzayev Shavkatjon Abdulazizovich

73-75

2025-10-30

KASB-HUNAR MAKTABI O'QUVCHILARINING KASBIY-AXLOQIY KOMPETENSIYALARINI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK MEXANIZMLARI

Ushbu tezis kasb-hunar maktabi o‘quvchilarining kasbiy-axloqiy kompetensiyalarini shakllantirishda pedagogik mexanizmlarning samaradorligini tahlil qiladi. Maqolada o‘quvchilarda kasbiy axloqiy qobiliyatlarni rivojlantirishning nazariy va amaliy jihatlari, shuningdek, pedagogik strategiyalar va metodik yondashuvlar bayon etilgan. Tadqiqot natijalari ko‘rsatadiki, axloqiy tarbiya faqat nazariy bilimlar berish bilan chegaralanmay, o‘quvchilarning amaliy faoliyatiga integratsiyalashgan holda samarali bo‘ladi. Shuningdek, maqolada axloqiy qadriyatlarni shakllantirishda mentorlik, ijtimoiy loyihalar, interfaol o‘quv metodlari va refleksiv mashg‘ulotlar asosiy pedagogik mexanizmlar sifatida tavsiya etilgan.

Isoqova Zulhumor Ismoiljon qizi, Xolmirzayev Shavkatjon Abdulazizovich

76-78

2025-10-30

METALLARNI FOSFATLASHDA HOSIL BO‘LGAN CHIQINDI SUVLARNI QATTIQ VA SUYUQ FAZALARGA AJRATISH

Fosfatlashda ishlatiladigan kimyoviy moddalar natijasida chiqindi suv quyidagi komponentlarni o‘z ichiga quyidagi tarkibga ega :ortofosfatlar, pirofosfatlar, metallar fosfatlari (Fe, Zn, Mn, Ni),erigan og’ir metallar (Zn²⁺, Ni²⁺, Fe²⁺/³⁺, Mn²⁺),pH darajasi odatda kislotali (2-5 oralig’ida),yuzaga chiqadigan loyqa (fosfat cho’kindilari),yuzaga chiqadigan emulsiyalar (agar yog’li moddalar ishtirok etsa)Tajribalar asosida Ohak (Ca(OH)₂), natriy gidroksid (NaOH) yoki ammiak qo’shib pH ni 8.5–9.5 gacha ko’tariladi va suyuq kompleks o`g`it olindi.

O’rinboyeva Ra’noxon Ravshanbek qizi

79-82

2025-10-30

METALL YUZASINI FOSFAT KISLOTA BILAN PASSIVLASH VA UNDAN HOSIL BO’LADIGAN CHIQINDI TARKIBI

Ushbu maqolada metallarni yuzasida fosfat kislota bilan ishlov berish va ular asosida chiqindi tarkibi keltirilgan. Fosfatlash asosida hosil bo’lgan chiqindi tarkibini ajratish usullari keltirilgan.

O’rinboyeva Ra’noxon Ravshanbek qizi

83-85

2025-10-30

O‘ZBЕKISTON IQTISODIУOTINI RАQАMLАSHTIRISH SHАROITIDА ЕLЕKTRON TIJORАTNI BOSHQАRISHNING DOLZАRB MАSАLАLАRI

So‘nggi pаndеmiуа vа uning oqibаtlаri еlеktron tijorаt vа dаvlаt tomonidаn tаrtibgа solishni o‘z ichigа olgаn rаqаmli iqtisodiуotgа o‘tish muhimligini tа’kidlаdi. Dunуo bo‘уlаb kuzаtib borilаdigаn boshqаruv tizimining o‘zgаrishi, mа’lumotlаr inqilobi dаvlаt sеktorigа bаrchа sohаlаrdа уаnаdа muhim nаtijаlаrgа еrishish uchun boshqаruv tizimi vа tаshkiliу jаrауonlаrni optimаllаshtirish imkoniуаtini bеrаdi. Dаvlаt boshqаruvini аniqlаsh vа bаholаshning turli usullаri mаvjud. Bа’zi tа’riflаr judа kеng. Xususаn, Jаhon bаnki tomonidаn 2017 уildа chop еtilgаn jаhon tаrаqqiуoti to‘g‘risidаgi hisobotdа dаvlаt boshqаruvi “qoidаlаr, ulаrgа rioуа еtilishini nаzorаt qilish mеxаnizmlаri vа tаshkilotlаri”dеb tа’riflаngаn. Boshqа torroq tа’riflаrgа ko‘rа, dаvlаt sеktorini boshqаrish “rivojlаnish mаnfааti uchun mаmlаkаtning iqtisodiу vа ijtimoiу rеsurslаrini boshqаrish jаrауonidа hokimiуаtni аmаlgа oshirish usuli”dir

Radjabova Malikakhon

86-89

2025-10-30

MAIN FEATURES OF TRANSLATION OF INFORMATIVE TEXTS

This thesis discusses about the some of the features of translation and their usage in informative texts also deals with the peculiarities of translation of informative texts. In fact, in the field of translation we often make a distinction between informative and literary translation in a rather arbitrary, but not entirely incorrect, fashion. On top of that, unlike in literary translation, creativity is not really required, but precision is essential as every professional translator knows. And in this thesis the reader can obtain some knowledge about some of the characteristics of informative translation and their importance in translation process.

Gavhar Saidova

90-92

2025-10-30

INSON HUQUQLARI VA INNOVATSIYALAR: ZAMONAVIY YONDASHUVLAR VA ISTIQBOLLAR

Mazkur maqolada inson huquqlari fenomenining postindustrial va raqamli sivilizatsiya sharoitida transformatsion xarakter kasb etishi, shuningdek, innovatsion paradigmalarning ushbu jarayondagi determinant omil sifatidagi roli nazariy va empirik jihatdan tahlil qilinadi. Inson huquqlari tushunchasi klassik liberal modeldan zamonaviy texnologik-antropologik konsepsiyaga o‘tish jarayonida ijtimoiy, axloqiy hamda texnopragmatik omillar bilan o‘zaro uzviy aloqada ko‘rib chiqilgan.Tadqiqotda innovatsion jarayonlarning inson huquqlari tizimiga kiritayotgan normativ, axborotiy va institutsional o‘zgarishlari diskursiv tahlil metodologiyasi asosida yoritilib, sun’iy intellekt, raqamli boshqaruv va ijtimoiy texnologiyalar kontekstida shaxsning sub’yektiv erkinlik darajasi, kognitiv mustaqillik va axborot suvereniteti masalalari chuqur asoslab berilgan.Muallif innovatsion taraqqiyotning huquqiy ontologiyasini tahlil qilish orqali “inson huquqlari – texnologik etik” dialektikasini aniqlaydi hamda texnogen muhitda huquqiy barqarorlikni ta’minlash uchun kompleks, multidisiplinar yondashuv zarurligini ta’kidlaydi. Natijada inson huquqlarining raqamli fazoda qayta talqin qilinishi, ularning etik va epistemologik asoslari, hamda milliy huquqiy tizimlar uchun innovatsion normativ modellar ishlab chiqish istiqbollari ilmiy asosda ochib beriladi.

Xudoyberdiyeva Sabinabonu

93-96

2025-10-30

AMMONIY NITRAT SUYUQLANMASI VA AMMOFOS KUKUNI ASOSIDAGI FOSFATLASHTIRILGAN SELITRA

Ishda ammiakli selitra suyuqlanmasiga kukunsimon ammofosni kiritish va keyinchalik sepish usuli bilan fosfat-nitratli suyuqlanmani donadorlash asosida modifikatsiyalangan azot-fosforli o‘g‘it olish natijalari keltirilgan. Ammofosning miqdori yakuniy mahsulot tarkibida 2 dan 12% gacha P2O5 va 28 dan 33% gacha N bo‘lgan miqdorda olindi. Bunda fosfat-nitratli suyuqlanmalar yaxshi oquvchanlikka ega bo‘lib, mavjud donadorlash minorasida donadorlash imkonini beradi.

Tańirbergenova Z.B., B.D.Madenov

97-98

2025-10-30

INKLYUZIV TA’LIMNING MAQSADI

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlar zamirida, eng avvalo, kelajak avlodning barkamol boʻlib ulgʻayishi, hech kimdan kam boʻlmay dunyo arenalarini zabt etishga qodir farzandlar boʻlib yetishishi kabi dolzarb masalalarni hal etish turadi. Ayniqsa, yetim va ota-ona qaramogʻisiz qolgan, nogiron, rivojlanishida nuqsoni bor bolalarning ijtimoiy himoyasi hamisha davlat va jamiyatning ustuvor vazifasi hisoblangan. Ushbu vazifani amalga oshirish borasida Oʻzbekiston Respublikasida rivojlanishida nuqsoni boʻlgan kishilarning huquq va erkinliklarini, teng imkoniyatlarini ta’minlash, turmush faoliyatidagi cheklanish, chegaralarni bartaraf etish, ta’limni tashkil etish va boshqarishga zamonaviy yondashuv, uning sifati va samaradorligini oshirish, jamiyatda aholining turli qatlamlari uchun ta’limning uzviylik va uzluksizligini ta’minlash borasida talaygina ishlar amalga oshirib borilmoqda. Bolalik bosqichida inson psixologo-pedagogik jihatdan kuchli ta’sirlanadi.

Bozorboyeva Mohiraxon

32-34

2025-10-31

MASHRAB SHE’RIYATIDA MUJTASS VA MUZORI’ BAHRINING QO’LLANILISHI

Ushbu maqolada Mashrab she’riyatida aruz tizimining mujtass va muzori‘ bahrlarining qo‘llanishi, ularning badiiy-estetik ahamiyati hamda shoirning individual uslubida tutgan o‘rni tahlil qilinadi. Mashrab g‘azallaridagi vazn tanlovi, aruz unsurlarining ma’no va ohang bilan uyg‘unligi, shoirning tasavvufiy g‘oyalari bilan bog‘liq ritmik ifoda usullari o‘rganiladi. Shuningdek, mujtass va muzori‘ bahrlarining tuzilish xususiyatlari, ularning klassik adabiyotdagi o‘rni bilan Mashrab ijodidagi talqini qiyosiy jihatdan tahlil etiladi. Tadqiqot natijasida Mashrab she’riyatida bu bahrlarning nafaqat shakliy, balki mazmuniy musiqiylikni ta’minlashdagi roli aniqlanadi.

Sobirjanova Shaxrinsa

99-108

2025-10-31

ЗАМОНАВИЙ ТЕХНОЛОГИЯЛАР АСОСИДА ТАРИХ ДАРСЛАРИНИ ТАШКИЛ ЭТИШИНГ ИСТИҚБОЛЛАРИ ХУСУСИДА

Мазкур мақолада муаллифнинг тарих дарсларини ташкил этишда замонавий технологиялардан фойдаланишнинг аҳамияти хусусидаги фикр-мулоҳазалари баён қилинган.

Исматова Мадина Тошбул қизи

109-112

2025-10-31

MEHMONXONA BRENDI TUSHUNCHASI, MOHIYATI VA UNING TURIZM SOHASIDAGI AHAMIYATI

Mehmonxona brend‑markasini shakllantirish — turizmni rivojlantirishdagi eng muhim strategik komponentlardan biri bo‘lib, brend identifikatsiyasini yaratish raqobat ustunligini ta’minlashning asosiy mohiyatidir. Bunday jarayon odatda tahliliy va ma’lumotlarga asoslangan baholashni talab qiladi. Brending strategiyalari turizm natijalariga qanchalik ta’sir qilishi ustida ortib borayotgan e’tibor bo‘lsa‑da, ushbu kontekstda brending natijalarining xilma‑xilligiga sabab bo‘lgan mexanizmlar va omillarni empirik jihatdan tushunish hali ham cheklangan. Ushbu tadqiqotda an’anaviy regressiya usullarini almashtirish uchun MIMIC–SEM model modeli qo‘llanilgan bo‘lib, baholashni yakunlash va tekshirish uchun integratsiyalashgan tahliliy uslubni taqdim etadi. Odatiy ravishda SWOT tahlili doirasi tadqiqotchiga kuchli va zaif jihatlarni sifat jihatdan talqin qilish imkonini bersa‑da, biz ushbu yondashuvni kengaytirib, ishonchlilik va haqiqiylikni ta’minlash maqsadida indikatorlarning tuzilmaviy modellashtirilishini qo‘shdik. MIMIC–SEM metodologiyasi tadqiqotiga hamda so‘rovnoma ma’lumotlarini tahlil qilishga asoslangan holda, butun konstruktsiyaning munosabatlarini tekshirish va brendning samaradorligini belgilovchi omillarni aniqlash uchun latent farqga asoslangan “gibrid tahlil” usuli qabul qilindi.

Ergashev Oybek Mamarasul o’g’li

113-117

2025-10-31

BYUDJETLARNI TUZISH VA TASDIQLASHNING DAVLAT MOLIYAVIY NAZORATINI TAKOMILLASHTIRISH

Ushbu tezisda O‘zbekiston Respublikasida byudjetlarni tuzish va tasdiqlash jarayonida davlat moliyaviy nazoratining o‘rni hamda uni takomillashtirish yo‘nalishlari tahlil qilinadi. Byudjet mablag‘larining samarali, qonuniy va maqsadli sarflanishini ta’minlashda nazorat tizimining roliga e’tibor qaratiladi. Tadqiqotda byudjetni shakllantirish bosqichida moliyaviy intizomni mustahkamlash, parlament va fuqarolik nazoratini kuchaytirish, shuningdek, raqamli texnologiyalar asosidagi “elektron byudjet” tizimini keng joriy etish zaruriyati asoslab beriladi. Shuningdek, xalqaro tajriba tahlili orqali O‘zbekiston sharoitida moliyaviy nazoratni modernizatsiya qilishning istiqbollari yoritilgan.

Abdiraimov Qurbonali Jo‘rayevich, Ramazonov Akmal Samadovich

121-125

2025-10-31

"MARKAZIY BANK VA BANK TIZIMI ORQALI INFLATSIYANI BOSHQARISH: IQTISODIYOTNI BARQARORLASHTIRISHDA MONETAR SIYOSATNING O'RNI"

Ushbu tezisda Markaziy bank va bank tizimi orqali inflyatsiyani boshqarishning nazariy hamda amaliy asoslari yoritilgan. Ishda monetar siyosatning iqtisodiyotni barqarorlashtirishdagi o‘rni, inflyatsion jarayonlarga ta’sir etuvchi omillar va ularni jilovlash mexanizmlari tahlil qilinadi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining pul-kredit siyosati vositalari — qayta moliyalash stavkasi, majburiy zaxiralar normasi, ochiq bozor operatsiyalari hamda kredit siyosati orqali inflyatsiyani pasaytirishdagi roli ilmiy asosda o‘rganilgan. Xalqaro tajriba bilan solishtirma tahlil asosida inflyatsion targetlash modelining afzalliklari, bank tizimining bu jarayondagi ishtiroki va iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlashdagi ahamiyati ko‘rsatib berilgan. Natijada, barqaror monetar siyosat iqtisodiy o‘sish, milliy valyuta barqarorligi va aholining farovonligini ta’minlashning eng muhim omili sifatida asoslab berilgan.

Abdukaimov Shaxzod Elmurod o'g'li

126-129

2025-10-31

MASHINA O‘RGANISH, TABIIY TILNI QAYTA ISHLASH (NLP) VA NUTQNI TAHLIL QILISH TEXNOLOGIYALARINING QO‘LLANILISHI

Mazkur maqolada mashina o‘rganish (Machine Learning), tabiiy tilni qayta ishlash (Natural Language Processing – NLP) va nutqni tahlil qilish (Speech Analysis) texnologiyalarining zamonaviy qo‘llanilish yo‘nalishlari hamda ularning integratsion imkoniyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot aralash metod (mixed-methods) yondashuvi asosida olib borilgan bo‘lib, unda sifat va miqdoriy tahlil uyg‘unligida ilmiy manbalar, texnik hujjatlar hamda amaliy AI platformalari (GPT, BERT, Whisper, DeepSpeech) tahlil qilingan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, chuqur o‘rganish (Deep Learning) arxitekturalari inson yuzini, ovozini va xatti-harakatlarini aniqlashda 95–98% aniqlikka erishgan. NLP texnologiyalari transformer modellar (BERT, GPT, T5) asosida tilni semantik darajada tahlil qilish imkonini beradi, hissiy tahlil (sentiment analysis) orqali esa matn ohangini aniqlashda samarali natijalar kuzatilgan. Nutqni tahlil qilish tizimlari (Whisper, Google Speech API) 98% gacha aniqlikda ovozni matnga aylantira oladi. Integratsion yondashuv asosida ML, NLP va Speech Analysis texnologiyalari “aqlli yordamchi”, “avtomatik tarjima” va “til o‘rganish” platformalarida samaradorlikni 35–40% ga oshirgan. Tadqiqot natijalari ushbu texnologiyalarni raqamli ta’lim, tibbiyot va kommunikatsiya sohalarida qo‘llash uchun ilmiy-metodik asos yaratadi.

Altmisheva Iroda Mavlyanovna

130-136

2025-10-31

IQTISОDIY TАRАQQIYОT SHАRT-SHАRОITLАRIDА YОSHLАR TАRBIYАSIDА QАDRIYАTLАR SHАKLLАNISHI: JАNUBIY KОRЕА ОLIY TА’LIM MUАSSАSАLАRI BОSHQАRUVI TАHLILI

Iqtisоdiy tаrаqqiyоt yоshlаrning qаdriyаtlаri vа ijtimоiy оngini shаkllаntirishdа, аyniqsа, оliy tа’lim muаssаsаlаrining tuzilishi vа bоshqаruvi оrqаli hаl qiluvchi rоl о‘ynаydi. Jаnubiy Kоrеyа jаdаl iqtisоdiy tаrаqqiyоt vа tа’lim sоhаsidаgi strаtеgik islоhоtlаr yоshlаr о‘rtаsidа qаdriyаtlаrni shаkllаntirishgа qаndаy hissа qо‘shishini kо‘rsаtuvchi muhim misоl bо‘lib xizmаt qilаdi. Ushbu mаqоlаdа Jаnubiy Kоrеyа оliy tа'limi kоntеkstidа iqtisоdiy rivоjlаnish vа qiymаt shаkllаnishi о'rtаsidаgi о'zаrо bоg'liqlik tаhlil qilinаdi. Jаnubiy Kоrеyа univеrsitеtlаrining siyоsаtlаri, о‘quv dаsturlаri tuzilmаlаri vа mа’muriy strаtеgiyаlаrini о‘rgаnib, ushbu tаdqiqоt оliy tа’limning milliy о‘zigа xоslik, mеhnаt оdоb-аxlоqi vа glоbаl rаqоbаtbаrdоshlikni rivоjlаntirishdаgi rоlini tа’kidlаydi. Nаtijаlаr shuni kо'rsаtаdiki, Jаnubiy Kоrеyаdаgi iqtisоdiy о'sish vа tа'lim sоhаsidаgi islоhоtlаr yоshlаr qаdriyаtlаrigа sеzilаrli tа'sir kо'rsаtib, tаrtib-intizоm, innоvаtsiyа vа ijtimоiy mаs'uliyаtni tа'kidlаydi. Tаdqiqоt shuningdеk, kеlаjаkdа ushbu muvоzаnаtni sаqlаb qоlish uchun muаmmоlаr vа pоtеntsiаl siyоsаt tаvsiyаlаrini о'rgаnаdi.

Shеrаliyеv Аlishеr Muhidinоvich

137-139

2025-10-31

ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR YORDAMIDA MATEMATIKANI O‘QITISH SAMARADORLIGINI OSHIRISH

Mazkur maqolada matematika ta’limida zamonaviy texnologiyalarning o‘rni, ularning ta’lim jarayoniga integratsiyasi hamda o‘qitish samaradorligini oshirishdagi roli tahlil qilingan. Shuningdek, maqolada texnologik yondashuvlarning o‘quvchilar tafakkuri, bilish jarayoni, ijodiy fikrlash hamda amaliy faoliyatiga ko‘rsatadigan ta’siri yoritilgan. Interaktiv vositalar, raqamli dasturlar, virtual muhitlar va masofaviy o‘qitish platformalaridan foydalanishning afzalliklari hamda ularni dars jarayoniga samarali qo‘llash strategiyalari haqida so‘z yuritilgan.

Joldasbaeva Raushan Baxadirovna

140-142

2025-10-31

QARAQALPAQSTANDA KOREYS DIASPORASINIŃ BAYRAMLARI

Qaraqalpaqstan koreysleri de respublikada jasawshı barlıq xalıqlar qatarı mámleket tárepinen rásmiy belgilengen bayramlardı belgileydi, lekin olar menen birge sap milliy bayramları – Xansik, Ovol Tano, Chxusok bayramların da belgileydi hám bayramlaydı.

Sharjaubaeva Gulpira Batırbaevna

143-145

2025-10-31

O‘ZBEKISTONDA BRAYL YOZUVIDAGI QUR’ONI KARIM KITOBLARINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Brayl yozuvi 19-asrda fransuz olimi Lui Brayl tomonidan ko‘zi ojizlar uchun yaratilgan maxsus harf tizimidir. Ushbu tizim asosida Qur’oni karimni ko‘zi ojiz musulmonlar o‘qiy oladigan shaklda taqdim etish, katta ilmiy, texnik va diniy mas’uliyatni talab qiladi. Chunki Qur’on matnining har bir harfi, talaffuzi, tajvidi, hatto punktuatsiyasi ham muhim ahamiyatga ega.

Murodullayev Xamidullo

146-148

2025-10-31

TARJIMA UNIVERSALLARINING FALSAFIY ASOSLARI

Ushbu tezisda tarjima universallarining falsafiy va metodologik asoslari tahlil qilinadi. Sharq va G’arb falsafasidagi til va tafakkur haqidagi qarashlar asosida tarjimada universallik masalasi yoritiladi. Shuningdek, F. de Sossyur, L. Vaytgaynshtayn, V. fon Humboldt kabi olimlarning g’oyalari tarjima nazariyasi nuqtai nazaridan tahlil etiladi. Maqolada tarjima universallarining falsafiy mohiyati - belgi va ma’no munosabati, tafakkur va til universalligi, kontekst va til o’yinlari orqali asoslab beriladi.

Qarshiyeva Shahodat Bektoshevna

149-151

2025-10-31

MORPHOLOGY AND SYNTAX: A COMPARATIVE STUDY OF ENGLISH AND UZBEK

This paper explores the similarities and differences between English and Uzbek morphology and syntax. Morphology studies the internal structure of words, while syntax examines how words combine to form sentences. English and Uzbek belong to different language families and exhibit contrasting grammatical structures. This comparative study analyzes word formation, sentence patterns, and grammatical categories to highlight key distinctions and their implications for language learners.

Ruhshonaxon Nasrullayeva

152-153

2025-10-31

OHANGARON VODIYSI AYOLLARI NUTQI VA UNDAGI ALOHIDA XUSUSIYATLAR

Mazkur tezisda Ohangaron vodiysi ayollari nutqining lingvistik, ijtimoiy va madaniy jihatdan o‘ziga xos xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda ayollar nutqi dialektologik, sotsiolingvistik va lingvokulturologik yondashuv asosida o‘rganilgan. Ayollarning yosh, ijtimoiy maqom va kommunikativ vaziyatga ko‘ra nutqidagi tafovutlar aniqlanib, bu tafovutlarning madaniy-milliy asoslari yoritilgan.

Ermatova Dildora Sharafdjon qizi, S. Ashirboyev

154-156

2025-10-31

ELEKTR ENERGIYASI TAQSIMOT TARMOQLARIDAGI YOʼQOTISHLARNI BASHORAT QILISH ALGORITMLARI

Hozirgi kunda elektr energiyasi taqsimot tarmoqlarida yoʼqotishlarni kamaytirish energiya samaradorligini oshirish va iqtisodiy isroflarni qisqartirishning muhim yoʼnalishlaridan biri hisoblanadi. Tarmoqlarda sodir boʼladigan texnik va notexnik yoʼqotishlar energiya balansiga sezilarli ta’sir koʼrsatadi. Shu bois, energiya oqimlarini tahlil qilish va yoʼqotishlarni oldindan aniqlashda zamonaviy bashoratlash usullarini joriy etish dolzarb vazifadir.

Orazbaev Jaqsiliq Abdimuratovich

157

2025-10-31

PREDICTION ALGORITHMS FOR POWER LOSSES IN ELECTRICAL DISTRIBUTION NETWORKS

Reducing power losses in modern electrical distribution networks is one of the key factors in ensuring the reliability and economic efficiency of energy systems. Power losses are generally divided into technical (such as thermal and reactive power losses) and non-technical (including unmetered consumption, theft, and measurement errors) categories. Accurate estimation and forecasting of these losses are essential for efficient grid management. In this regard, artificial intelligence (AI) and machine learning (ML) techniques have emerged as powerful tools for predictive analysis in smart grid applications.

Jaqsiliq Orazbaev

158

2025-10-31