Мы рады сообщить вам, что Центр поддержки исследований «Innovative Academy» организовал Республиканская конференция «Наука и инновация». Это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований.
Опубликован: 2025-12-31
Статьи
KONIMEX TUMANIDA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH VA ISHSIZLIK MUAMMOLARI
Mazkur ilmiy maqolada Konimex tumani misolida aholi bandligini ta’minlash va ishsizlik muammolari nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotda mehnat resurslarining samarali jalb etish yo‘llari, ish o‘rinlarini yaratish strategiyalari va hududiy chora-tadbirlar yoritilgan. Tadqiqot natijalari hududiy mehnat bozorini rivojlantirish va Konimex tumanining ijtimoiy-iqtisodiy barqarorligini oshirishda amaliy ahamiyat kasb etadi.
2025-12-30
GLOBALLASHUV SHAROITIDA YOSHLAR MA’NAVIYATI
Globallashuv jarayoni tobora tezlashib borayotgan bir paytda yoshlarning ma’naviy dunyosi ham ko’zga ko’rinmas darajada o’zgarib bormoqda. Axborot, madaniyat va yot g’oyalar oqimi orasida yoshlar ongida muhim qadriyatlar sekin astalik bilan yo’qolmoqda, qaysidir an’analar esa mustahkamlanib bormoqda. Yoshlar ma’naviy jihatdan mustahkamlash, milliy o’zlikni asrash va zamonaviylik bilan uyg’un rivojlanish masalalariga yangicha nigoh bilan qarashlari lozim.
2025-12-31
NOGIRONLIGI BO’LGAN BOLALAR IJTIMOIYLASHUVIDA INKLYUZIV TA’LIMNING ROLI
Nogironligi bo’lgan bolalarning jamiyatga moslashuvida inklyuziv ta’limning roli muhim ahamiyat kasb etadi. Ta’lim jarayonida ularni qo’llab-quvvatlash, psixologik ishonchni oshirish va teng imkoniyatlarni yaratish masalalari jamiyat bilan faol muloqot o’rnatishga amaliy yordam berishi mumkin. Hozirda yangilik bo’lgan inklyuziv ta’lim muhiti bolalarning do’stlik va hamkorlik ko’nikmalarini shakllantiradi, ularni kelajakda jamiyatga foydali shaxs sifatida tayyorlaydi.
2025-12-31
TA’LIM KLASTERLARINING INNOVATSION FAOLIYATNI JADALLASHTIRISH VA TEXNOLOGIK RIVOJLANISHGA TA’SIRI
Mazkur tezisda ta’lim klasterlarining innovatsion faoliyatni jadallashtirish va texnologik rivojlanishga ta’siri o‘rganiladi. Tadqiqotda oliy ta’lim muassasalarining ta’lim klasteri yadrosi sifatidagi roli hamda “universitet–biznes–davlat” o‘zaro hamkorligining ahamiyati yoritiladi. Ta’lim klasterlari bilimlar yaratish, innovatsiyalarni tarqatish va ilmiy tadqiqot natijalarini tijoratlashtirish orqali texnologik rivojlanishni tezlashtiruvchi muhim institutsional mexanizm sifatida asoslab beriladi.
2025-12-31
HOZIRGI O‘ZBEK TILIDA SODDA GAP SINTAKSISI
Ushbu maqolada hozirgi o‘zbek tilida sodda gap sintaksisining asosiy xususiyatlari, grammatik tuzilishi tadqiq etiladi. Sodda gaplarning predikativlik belgisiga asoslangan tuzilishi, yoyiq va yig‘iq gaplarning o‘zaro farqlari, so‘z tartibining sintaktik va uslubiy vazifasi ilmiy metodlar asosida tahlil qilinadi. Shuningdek, sodda gaplarning turli uslublarda qo‘llanishi va nutq madaniyatini shakllantirishdagi ahamiyati aniqlanadi. Tadqiqot natijalari sodda gap sintaksisining o‘zbek tilidagi markaziy o‘rnini ko‘rsatib, uni o‘qitish jarayonida chuqur o‘rganish zarurligini asoslab beradi.
2025-12-31
ЭФФЕКТИВНОСТЬ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ЛИЧНОСТНО ОРИЕНТИРОВАННОЙ ТЕХНОЛОГИИ ОБУЧЕНИЯ В УЧЕБНОМ ПРОЦЕССЕ
В тезисе рассматривается эффективность применения личностно ориентированной технологии обучения в современном учебном процессе на основе анализа педагогических исследований и нормативно-методических источников. Личностно ориентированный подход трактуется как педагогическая технология, направленная на учет индивидуальных особенностей обучающихся, их образовательных потребностей, мотивации и уровня познавательной активности. Анализируются методологические основания технологии, ее влияние на учебные результаты, мотивацию и развитие учебной самостоятельности. Приводятся обобщённые результаты эмпирических исследований, подтверждающих повышение качества обучения при использовании личностно ориентированных технологий.
2025-12-31
QANDLI DIABET BILAN OG‘RIGAN BEMORLARDA YURAK-QON TOMIR ASORATLARI RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI
Ushbu ilmiy tezisda qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda yurak-qon tomir kasalliklari rivojlanishining patofiziologik, klinik va epidemiologik xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot zamonaviy ilmiy manbalar asosida olib borilib, diabet fonida ateroskleroz, arterial gipertenziya, yurak ishemik kasalligi, yurak yetishmovchiligi va mikroangiopatiyalar rivojlanish mexanizmlari yoritilgan. Shuningdek, diabetning davomiyligi, glyukemik nazorat darajasi va qo‘shimcha xavf omillarining yurak-qon tomir asoratlariga ta’siri ilmiy jihatdan asoslanadi. Olingan natijalar klinik amaliyotda diabetli bemorlarda yurak-qon tomir xavfini erta baholash va profilaktika choralarini takomillashtirish zarurligini ko‘rsatadi.
2025-12-31
CHALLENGES FACED BY HIGHER EDUCATION INSTITUTION STUDENTS OF UZBEKISTAN IN TRADITIONAL LECTURES
The article focuses on investigating the significant issues encountered by college learners in Uzbekistan in the context of the conventional lecture-based learning. This research would help in determining some of the major pedagogical and psychological challenges faced by learners in the traditional classroom, and also propose effective ways through which these challenges could be overcome to enhance teaching and learning activities. The qualitative research design was applied with 40 undergraduate students of different universities located in Uzbekistan and questionnaires and semi-structured interviews. The results show that the most serious obstacles of lecture-based learning include passive learning, low levels of student interaction, inability to develop critical thinking and the absence of interaction between lecturers and students. Also, the students have indicated a problem of low motivation, too much information and fewer chances of practicing the theoretical knowledge in a practical way. The research highlights the importance of incorporating student-centered practices and interactive instructions in higher learning to improve learning outcomes. The findings add to the current debate on reforming education in Uzbekistan and offer practical advice to institutions of higher learning.
2025-12-31
GIYOHVAND MODDALARGA TOBE BЕMORLARNING SOG‘AYISH CHASTOTASI
Giyohvand moddalarga tobelik (GMT) retsidivi global muammo bo‘lib, jahon miqyosida qaytalanish chastotasi o‘rtacha 40-60% ni tashkil etadi, hamda bu ko‘rsatkichlar davolashning samaradorligiga, qo‘llanilayotgan terapevtik yondoshuvlarga, shaxsning ruhiy va ijtimoiy holatiga bog‘liq. Shu bilan birga GMT retsidivi jahonning turli mintaqalarida ma’lum darajada tafovutlarga ham ega va ko‘rsatkichlar, davolashning samaradorligiga bog‘liq tarzda dinamikada o‘zgarib turishi mumkin. Hukumatning siyosati, ya’ni mamlakatdagi qonunlar va siyosatlar giyohvandlikka qarshi kurashishda muhim rol o‘ynaydi. Shularga ko’ra giyohvand moddalarga tobelikni davolash samaradorligi, remissiyaga erishish va retsidivlar chastotasini mintaqaviy darajada baholash muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga molik.
2025-12-31
TEXNOLOGIK TA'LIMDA DASTURIY VOSITALARDAN FOYDALANISH METODIKASI ORQALI DARSLAR SAMARADORLIGINI OSHIRISH
Maqolada texnologik ta'lim jarayonida dasturiy ta'lim vositalaridan samarali foydalanish metodikasi va ularning dars samaradorligini oshirishdagi ahamiyati ko'rib chiqilgan. Zamonaviy ta'lim tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining o'rni, dasturiy vositalarning turlari, ularni ta'lim jarayoniga joriy etish metodlari tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari shuni ko'rsatadiki, dasturiy vositalardan maqsadga muvofiq foydalanish o'quvchilarning bilim saviyasi, mustaqil fikrlash qobiliyati va amaliy ko'nikmalarini rivojlantirishga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Maqolada pedagogik tajribalar asosida dars samaradorligini oshirish bo'yicha amaliy tavsiyalar berilgan.
2025-12-31
KOMPORATIVISTIK YONDASHUV VOSITASIDA TEXNOLOGIYA FANINI O‘QITISH MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISH
Ushbu maqolada komparativistik yondashuv asosida texnologiya fanini o'qitish mexanizmlarini takomillashtirish masalalari ko'rib chiqilgan. Qiyosiy tahlil metodlaridan foydalangan holda turli davlatlar tajribasi o'rganilgan va mahalliy ta'lim tizimiga tatbiq etish yo'llari tahlil qilingan. Tadqiqot natijalarida komparativistik yondashuvning ta'lim samaradorligini oshirishdagi ahamiyati isbotlangan.
2025-12-31
TEXNOLOGIK TALIMDA IQTIDORLI TALABALARINING ILMIY TADQIQOTCHILIK KOMPETENTLIGINI INNOVATSION YONDASHUV ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISH TEXNOLOGIYALARI
Maqolada texnologik ta'lim jarayonida iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqotchilik kompetentligini rivojlantirish masalalari ko'rib chiqilgan. Innovatsion yondashuvlar, zamonaviy pedagogik texnologiyalar va ilmiy tadqiqot metodlarini qo'llash orqali talabalarning intellektual salohiyatini oshirish yo'llari tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari iqtidorli yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb etishning samarali usullari va mexanizmlarini aniqlashga qaratilgan.
2025-12-28
AKADEMIK LITSEYLARDA MATEMATIKA FANINI INTERFAOL METODLAR ASOSIDA O‘QITISHNING PEDAGOGIK SAMARADORLIGI
Ushbu maqolada akademik litseylarda matematika fanini interfaol metodlar orqali o‘qitishning pedagogik samaradorligi tahlil qilinadi. Tadqiqotda “Muammoli vaziyatlar”, “Aqliy hujum”, “Klaster”, “Rolli o‘yinlar”, “Debat” kabi interfaol metodlarning o‘quvchilarning mantiqiy tafakkuri, analitik qobiliyati va mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga ta’siri ko‘rsatildi. Shu bilan birga, interfaol metodlar o‘quvchilarning darsga qiziqishini oshirish, muammolarni mustaqil yechish va hamkorlikda ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Tadqiqot natijalari interfaol metodlarning matematik bilimlarni chuqurroq o‘zlashtirish va ta’lim jarayonining samaradorligini oshirishga ijobiy ta’sirini tasdiqlaydi.
2025-12-28
AKADEMIK LITSEYLARDA ADABIYOT FANINI INTERFAOL METODLAR ASOSIDA O‘QITISHNING PEDAGOGIK SAMARADORLIGI
Mazkur maqolada akademik litseylarda adabiyot fanini o‘qitishda interfaol metodlardan foydalanishning pedagogik ahamiyati va samaradorligi tahlil qilinadi. Tadqiqotda “Aqliy hujum”, “Klaster”, “Insert”, “B-B-B”, “Rolli o‘yinlar”, “Debat” kabi interfaol metodlarning adabiyot darslarida qo‘llanishi o‘quvchilarning badiiy tafakkuri, tanqidiy va ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilishi asoslab berilgan. Shuningdek, interfaol metodlar orqali ta’lim jarayonida o‘quvchilarning faolligi, mustaqil fikrlashi va adabiy asarlarni tahlil qilish malakalari oshishi ilmiy-nazariy hamda amaliy jihatdan yoritilgan.
2025-12-28
INNOVATSION YONDOSHUV ASOSIDA BO'LAJAK O'QITUVCHILARNING KASBIY MASLAHAT BERISH KOMPITENTLLIGINI RIVOJLANTIRISH
Mazkur maqolada innovatsion yondashuv asosida bo'lajak o'qituvchilarning kasbiy maslahat berish kompetentsiyasini rivojlantirish masalalari ko'rib chiqiladi. Bo'lajak pedagoglarning kasbiy maslahat berish mahoratini shakllantirishda innovatsion texnologiyalar va pedagogik metodlar yordamida amalga oshiriladigan yangilanishlar tahlil qilinadi. Innovatsion yondashuv orqali o'qituvchilarning o'quvchilarga samarali maslahat berish va ularni muvaffaqiyatli yo'naltirishdagi roli qayta ko'rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari innovatsion usullarni qo'llashning o'qituvchilarning kompetentsiyasini oshirishdagi ahamiyatini ko'rsatadi.
2025-12-28
TALABALARDA EKOLOGIK TARBIYAGA OID KOMPOTENSIYALARNI RIVOJLANTIRISHNING METODIK TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH
Mazkur maqolada talabalarda ekologik tarbiyaga oid kompetensiyalarni rivojlantirishning metodik tizimi takomillashtirish masalalari ko'rib chiqiladi. Ekologik tarbiya, uning ahamiyati va ta'lim tizimidagi o'rni hamda ekologik kompetensiyalarni shakllantirishga qaratilgan metodik yondashuvlar tahlil qilinadi. Ekologik tarbiya bo'yicha ta'lim metodlarining samaradorligini oshirish uchun yangi pedagogik texnologiyalar va innovatsion usullarni joriy etish zarurligi ko'rsatilgan. Tadqiqot natijalari ekologik kompetensiyalarni rivojlantirishda innovatsion pedagogik metodlarning samaradorligini isbotlaydi.
2025-12-28
NATION BRANDING IN THE MEDIA AGE AND THE CASE OF SAUDI ARABIA
In the media age, nation branding has become an important dimension of contemporary international politics, linking communication strategies with questions of identity, governance, and global competitiveness. This article examines nation branding as a multidimensional and long-term process rather than a purely promotional practice, drawing on Simon Anholt’s Nation Brand Hexagon as a key analytical framework. Particular attention is paid to the interaction between media, politics, and national identity in shaping global perceptions. The discussion highlights the importance of coherence between policy objectives, institutional change, and external narratives for sustainable image transformation. The experience of Saudi Arabia, viewed within the context of its recent reform agenda, is used to illustrate both the opportunities and the limitations of nation branding as a political strategy in the contemporary international environment.
2025-12-28
GLOBAL MIGRATSIYA JARAYONLARI: ZAMONAVIY TENDENSIYALAR VA MINTAQAVIY IQTISODIYOTGA TA’SIRI
Mazkur maqolada global migratsiya jarayonlarining zamonaviy drayverlari — iqtisodiy nomutanosiblik, demografik tafovutlar, siyosiy beqarorlik, iqlim xavflari hamda migratsiya tarmoqlari va diaspora omilining kuchayishi — mintaqaviy iqtisodiyot yondashuvi asosida tahlil qilinadi. Mehnat migratsiyasi va majburiy ko‘chishning mehnat bozori, inson kapitali, hududiy raqobatbardoshlik, remittanslar hamda ijtimoiy infratuzilma yuklamasiga ta’siri baholanadi. Shuningdek, migratsiyani “xavfsiz, tartibli va qonuniy” yo‘nalishga yo‘naltirish bo‘yicha institutlararo hamkorlik, ikki tomonlama mehnat bitimlari, integratsiya va reintegratsiya mexanizmlarini kuchaytirishga doir takliflar beriladi.
2025-12-28
PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES FOR DIFFERENTIATED INSTRUCTION IN ENGLISH LANGUAGE EDUCATION: EVIDENCE FROM PHILOLOGICAL PROGRAMS
The thesis examines pedagogical technologies for differentiated instruction in English language education within philological programs. It focuses on learner-centered and technology-enhanced approaches that address students’ diverse language levels and learning needs. The study shows that differentiated instruction improves language competence, motivation, and learning effectiveness in higher education.
2025-12-28
BOLALAR BOG‘CHASI ATROFIDAGI LANDSHAFT QULAYLIKLARI
Maqolada maktabgacha ta’lim muassasalari hududida manzarali o‘simliklardan foydalanishning zamonaviy va innovatsion tamoyillari, bolalar bog‘chasi atrofida uyg‘un va xavfsiz tashqi muhitni yaratish erta yoshdagi bolalarni tarbiyalash va rivojlantirish. Bog‘ hududlarini o‘simliklar bilan bezatish, landshaft qonuniyatlariga muvofiq insonlar uchun qulay joyga aylantirish bugungi kun talab va ehtiyojlaridan biriga aylanganligi floristikaning eng dolzarb maqsadlarini izohlaydi.
2025-12-31
TEXNOLOGIK TA'LIMDA DASTURIY VOSITALARDAN FOYDALANISH METODIKASI ORQALI DARSLAR SAMARADORLIGINI OSHIRISH
Maqolada texnologik ta'lim jarayonida dasturiy ta'lim vositalaridan samarali foydalanish metodikasi va ularning dars samaradorligini oshirishdagi ahamiyati ko'rib chiqilgan. Zamonaviy ta'lim tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining o'rni, dasturiy vositalarning turlari, ularni ta'lim jarayoniga joriy etish metodlari tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari shuni ko'rsatadiki, dasturiy vositalardan maqsadga muvofiq foydalanish o'quvchilarning bilim saviyasi, mustaqil fikrlash qobiliyati va amaliy ko'nikmalarini rivojlantirishga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Maqolada pedagogik tajribalar asosida dars samaradorligini oshirish bo'yicha amaliy tavsiyalar berilgan.
2025-12-31
UGAM-CHOTQOL BIOSFERA QO‘RIQXONASI HUDUDIDAGI YAPROQBARAGLI DARAXT TURLARINING TABIIY KO‘PAYISHI
Tog‘li hududlarda о‘rmon ekotizimlarining barqarorligi kо‘p jihatdan daraxtlarning tabiiy kо‘payish qobiliyati bilan belgilanadi. Ayniqsa, ekspozitsiya (yonibag‘irning quyoshga nisbatan joylashuvi) omillari tuproq namligi, harorat rejimi, nurlanish darajasi hamda mikroiqlim sharoitlarini shakllantirib, urug‘larning unishi va yosh nixollarning saqlanib qolishiga bevosita ta’sir qiladi. Shu nuqtai nazardan, Ugam–Chotqol tog‘ tizimida joylashgan biosfera qо‘riqxonasi hududida yaproqbargli daraxtlarning tabiiy kо‘payish qonuniyatlarini о‘rganish dolzarb hisoblanadi.
2026-01-07
