Мы рады сообщить вам, что Центр поддержки исследований «Innovative Academy» организовал Республиканская конференция «Наука и инновация». Это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований.
Опубликован: 2025-05-01
Статьи
XALQ OG‘ZAKI IJODI VOSITASIDA BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINI O‘QUVCHILARNING O‘QISH SAVODXONLIGINI RIVОJLАNTIRISHNING METОDIK JIHАTLАRI
Ushbu maqolada xalq og‘zaki ijodi namunalari milliy madaniyatning o‘ziga xos qirralarini, urf-odat va qadriyatlarini o‘zida saqlab kelishi hamda belgilangan asarlarning badiiy va axloqiy ma’nosi o‘quvchilarda milliy iftixor, ma’naviy ong va axloqiy tarbiyani mustahkamlashi haqida so’z yuritiladi.
2025-04-30
GLABALLASHUV JARAYONIDA YOSHLARNING SIYOSIY QARASHLARINI RIVOJLANTIRISHDA AJDODLAR MA'NAVIY MEROSINING O'RNI VA RO'LI
Yoshlar har qanday jamiyatning eng faol va istiqbolli qatlamini tashkil etadi. Ularning siyosiy qarashlari, e’tiqodlari va faolligi mamlakatning kelajakdagi siyosiy barqarorligi va rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Bugungi kunda yoshlar orasida siyosiy ong va huquqiy madaniyatni oshirish, ularda fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish muhim vazifalardan biridir. Yurtimizda yoshlarga ularning ta’lim olishi va komil inson sifatida rivojlanish uchun barcha shart sharoitlar yaratilgan.
2025-04-30
КОММУНИКАТИВНО- ПРАГМАТИЧЕСКИЕ ТИПЫ ФРАЗЕОВЕРБАЛИЗАТОРОВ КОНЦЕПТА “HEAD/ГОЛОВА/ГЛАВА” В АНГЛИЙСКОМ И РУССКОМ ЯЗЫКАХ
В статье рассматриваются прагматические и коммуникативные особенности функционирования провербиальных фразеовербализаторов концепта “head/голова/глава” в английском и русском языках. Анализ проводится с опорой на классификацию речевых актов и типологию коммуникативных интенций, реализуемых через паремиологические единицы. Исследование выявляет сходства и различия в глубинных концептосемантических структурах русских и английских провербий, а также демонстрирует культурно-национальную специфику прагматических стратегий их употребления.
2025-04-30
THE ROLE OF THE DOGME METHOD IN DEVELOPING DISCURSIVE COMPETENCE AMONG SENIOR SCHOOL STUDENTS
This article analyzes the significance of the Dogme methodology in the formation and development of discursive competence among senior school students. It outlines the core principles of this methodology, its advantages in communication-based teaching, and the ways it fosters the development of students’ oral and written speech. The article also explores the practical application of the Dogme approach in the educational process and its contribution to aligning students’ speech with logic, coherence, and social engagement.
2025-04-30
O‘ZBEKISTONDA FUTBOL SOHASINING RIVOJLANISHI
Ushbu maqola O‘zbekiston futbol sohasining rivojlanishi, uning tarixi, hozirgi holati va kelajakdagi istiqbollari haqida batafsil ma'lumot beradi. O‘zbekiston futboli ko‘plab yutuqlarga erishgan bo‘lib, uning xalqaro arenadagi o‘rni va ahamiyati kun sayin ortib bormoqda. Maqola mamlakatda futbol infratuzilmasining rivojlanishi, yoshlar futbolining qo‘llab-quvvatlanishi, milliy jamoaning muvaffaqiyatlari, hamda futbolni rivojlantirishga qaratilgan dasturlar va tashabbuslar haqida so‘z yuritadi. O‘zbekiston futbolining kelajagi yuqori bo‘lishi uchun kerakli chora-tadbirlar va strategiyalar ham ko‘rib chiqiladi.
2025-04-30
FRAZEOLOGIYA FANINING MAXSUS BO’LIMLARI
Mazkur tezis materialida frazeologiya fanining mustaqil fan sifatida shakllanishi, jahon va o’zbek frazeolog olimlarining frazeologiya terminiga munosabati hamda frazeologiya fanining maxsus bo’limlari haqida qisqacha bayon etilgan.
2025-04-30
СЕМАНТИЧЕСКИЕ И СТРУКТУРНЫЕ ОСОБЕННОСТИ ЛЕКСИКИ ЦВЕТООБОЗАЧЕНИЯ В РУССКОМ ЯЗЫКЕ
В данной статье раскрывается первые понятия в области цветообозначения в русском языке, о важных тенденциях изучения цветообозначений на сегодняшнее время, эволютивный подход, который дает возможность проанализировать цветообозначения с точки зрения их возникновения, значения и потребления, а также об исследование лексики цветообозначения в когнитивном аспекте, который показывает языковую картину автора, являющую совокупностью всех результатов лингвокогнитивной деятельности этносоциумов.
2025-04-30
РОЛЬ ИНВЕСТИЦИЙ МЕЖДУНАРОДНЫХ ФИНАНСОВЫХ ИНСТИТУТОВ ПРИ СТРОИТЕЛЬСТВЕ В РЕСПУБЛИКЕ УЗБЕКИСТАН ЭНЕРГОЭФФЕКТИВНЫХ ЗДАНИЙ И СООРУЖЕНИЙ
Статья рассматривает значение международных финансовых институтов (МФИ) в финансировании энергоэффективного строительства в Республике Узбекистан. Указывается, что инвестиции МФИ становятся ключевым фактором повышения конкурентоспособности государства, способствуя внедрению передовых технологий, трансферу знаний и устойчивому развитию. Особое внимание уделено программам Европейского банка реконструкции и развития (ЕБРР), Азиатского банка развития (АБР) и Всемирного банка.
2025-04-30
KASBIY O‘ZINI ANGLASH VA IDENTIFIKATSIYANING PSIXOLOGIK ASOSLARI
Ushbu maqola talabalarda kasbiy identifikatsiya jarayonining psixologik asoslari va kasbiy o‘zlikni anglash‚ tahlil qilish, uning shakllanishiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash hamda psixologik yondashuv asosida samarali rivojlantirish yo‘llarini ko‘rsatishga qaratilgan. Talabalarda kasbiy identifikatsiya rivojlanishining ijtimoiy psixologik muhitning o‘rni va ahamiyati haqida so‘z yuritiladi. Talabalarida kasbiy identifikatsiya rivojlanishining usullari tavsifi berilgan.
2025-04-30
9-SINFLARDA “MODDALAR ALMASHINUVI” MAVZUSINI O’QITISHDA INTERFAOL METODLAR VA TA’LIM TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH ORQALI DARSNING SAMARADORLIGINI OSHIRISH
Ushbu maqolada 9-sinflarda “Moddalar almashinuvi” mavzusini o’qitishda interfaol metod va ta’lim texnologiyalaridan foydalangan holda darsni tashkil etish, o’quvchilarning dunyoqarashini kengaytirish, ularning biologiya faniga bo’lgan qiziqishlarini orttirish va darsning samaradorligini oshirish yo’llari haqida ma’lumot berilgan.
2025-04-30
LINGVISTIK EKSPERTIZA TADQIQOTLARINING MANBASI VA MAQSADI
Lingvistik ekspertiza ilmiy-amaliy tadqiqot turi bo‘lib, muayyan manbaga tayangan holda oʻtkaziladi. Tadqiqotning obyekti va predmeti belgilab olingandan keyin ekspertiza jarayoni boshlanadi.
2025-04-30
АЁЛ ХОМИЛАДОРЛИГИ ДАВРИ УРФ-ОДАТЛАРИ (ҚАРШИ ВОҲАСИ МИСОЛИДА)
Ўзбек халқининг миллий қадриятлари таркибига оилани муқаддас деб англаш, фарзандларни севиш, болаларни ҳар томонлама етук инсон қилиб тарбиялашга эътибор бериш киради. Шунингдек ўзбек оилаларида аёлнинг ҳомиладорлиги пайтида унга бўлган муносабатда, амалга ошириладиган урф-одат ва маросимлари ҳам бу қадриятлар силсиласига киради.
2025-04-30
SHAXS AXBOROT MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH
Bugungi kunda axborot texnologiyalari jamiyat hayotining ajralmas qismiga aylangan. Inson faoliyatining deyarli barcha sohalarida axborot muhim resurs sifatida ko‘rilmoqda. Shu sababli, har bir shaxsda axborot bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, uni to‘g‘ri qabul qilish, qayta ishlash va foydalanish madaniyatini shakllantirish zarurati ortib bormoqda. Axborot madaniyati – bu nafaqat texnik ko‘nikmalar, balki axborotni tanqidiy tahlil qilish, uning ishonchliligini baholash va undan samarali foydalanish qobiliyatidir.
2025-04-30
OLIY TA’LIMDA FAKULTATIV KURSLAR YORDAMIDA TALABALARGA QO‘SHIMCHA BILIM VA KO‘NIKMALARNI SHAKLLANTIRISH
Ushbu maqolada oliy ta’limda fakultativ kurslarning talabalarga qo‘shimcha bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Fakultativ kurslar talabalarga o‘z qiziqishlariga mos ravishda bilim olish, ixtisoslashgan bilimlarni mustahkamlash va amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish imkoniyatini taqdim etadi. Maqola, fakultativ darslar orqali talabalar kreatif fikrlash, muammolarni hal qilish va kommunikatsiya kabi amaliy ko‘nikmalarni o‘rganishlari mumkinligini ko‘rsatadi. Fakultativ kurslar talabalar orasida intellektual salohiyatni oshirish, shuningdek, ularning mehnat bozorida muvaffaqiyatli faoliyat yuritishlariga yordam beradi.
2025-04-30
ZAMONAVIY MUHANDISLIK TA’LIMIDA BO‘LAJAK MUTAXASSISLARNING AMALIY KOMPETENTLIGINI SHAKLLANTIRISH METODIKASI
Ushbu maqolada zamonaviy muhandislik ta’limining tarkibiy qismi sifatida bo‘lajak mutaxassislarning amaliy kompetentligini shakllantirishning metodik asoslari tahlil qilinadi. Amaliy kompetentlik tushunchasining mohiyati, unga ta’sir etuvchi pedagogik shart-sharoitlar, o‘quv-metodik yondashuvlar va raqamli texnologiyalarning o‘rni chuqur o‘rganiladi. Shuningdek, xorijiy va milliy tajribalar asosida muhandislik ta’limida nazariya va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash mexanizmlari ishlab chiqiladi. Tadqiqot natijalari sifatli texnik ta’limni tashkil etishda yangi yondashuvlarni tavsiya etishga xizmat qiladi.
2025-04-30
INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA QON QARINDOSHLIK KONSEPTINING MORFOLOGIK VA SINTAKTIK IFODASI
Mazkur maqolada ingliz va o‘zbek tillarida “qon-qarindoshlik” konseptining lisoniy ifoda vositalari morfologik, leksik, sintaktik va paremiologik sathlarda tahlil qilinadi. Maqolada struktur-semantik, lingvokulturologik va lingvopragmatik yondashuvlar asosida ikki til materiallari solishtirma jihatdan tadqiq etiladi. Statistik ma’lumotlar asosida qaysi til birliklari mazkur konseptni ifodalashda dominant bo‘lishi aniqlanadi.
2025-04-30
O‘ZBEKISTONDA SUG‘URTA BOZORI SUBYEKTLARINING IQTISODIY FAOLIYATI
Mazkur maqolada O‘zbekistonda sug‘urta bozori subyektlarining iqtisodiy faoliyati, ularning raqamli texnologiyalar asosidagi rivojlanish tendensiyalari hamda iqtisodiyotdagi o‘rni tahlil qilinadi. Statistik ma’lumotlarga asoslanib, sug‘urta mukofotlari va to‘lovlar hajmidagi o‘sish dinamikasi, bozor ishtirokchilarining ulushi va innovatsion faoliyati yoritilgan. Tadqiqot natijalari sug‘urta sektori YAIMdagi ulushining ortib borayotganini va soha ishtirokchilarining iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashdagi muhim rolini ko‘rsatadi.
2025-04-30
THE ETHICS OF USING AI IN EDUCATION: BALANCING INNOVATION AND PRIVACY
Recent integration of artificial intelligence in various sectors, including education, both in teaching and learning, has transformed the way people get and provide knowledge. With notable innovative advantages of using AI, there are some ethical considerations that should be paid attention, for sure. This paper provides an overview of AI in higher education, addressing significant challenges such as bias, transparency and accountability, privacy. It explores how these issues manifest in AI systems and their societal impact. While the potential outcomes of AI in education are vast, its rapid integration has also raised significant ethical concerns that warrant careful consideration and proactive action. Through delving into these challenges, this article seeks to contribute to the ongoing discourse on responsible AI development, emphasizing the need for a balance between advancement in technology and ethical integration.
2025-04-30
СОВРЕМЕННОЕ РАЗНООБРАЗИЕ И ЭКОЛОГИЧЕСКАЯ РОЛЬ ДОЛГОНОСИКОВ (CURCULIONIDAE) В ЭКОСИСТЕМАХ ЮЖНОГО ПРИАРАЛЬЯ В УСЛОВИЯХ АНТРОПОГЕННОЙ ТРАНСФОРМАЦИИ И КЛИМАТИЧЕСКИХ ИЗМЕНЕНИЙ
В данном тезисе рассматриваются особенности современного видового разнообразия и экологической роли представителей семейства Curculionidae в экосистемах Южного Приаралья, находящихся под воздействием антропогенной трансформации и климатических изменений. Учитывая интенсивную антропогенную трансформацию природных ландшафтов региона, а также усиливающееся влияние климатических изменений, проведён комплексный обзор изменяющихся условий обитания, структуры популяций и функциональной роли долгоносиков в трансформированных биогеоценозах.[1] Рассмотрены аспекты адаптивных стратегий, значимость Curculionidae в процессах растительной сукцессии, почвообразовании и биоиндикации. Представлены результаты полевых исследований 2023–2024 годов, проведённых на территории Каракалпакстана.
2025-04-30
UCHBURCHAKLARNING TURLARI VA ULARNING XUSUSIYATLARI
Mazkur maqolada uchburchaklarning asosiy turlari – teng tomonli, teng yonli, turli tomonli, o‘tkir burchakli, to‘g‘ri burchakli va burchakli uchburchaklar — va ularning geometrik xususiyatlari haqida qisqacha, ammo aniq ma’lumotlar berilgan. Har bir tur uchun o‘ziga xos belgilari, burchaklar yig‘indisi, tomonlar o‘rtasidagi bog‘liqlik va amaliy qo‘llanilishi yoritilgan. Maqola matematika o‘qituvchilari, o‘quvchilar va matematika sohasini endi o‘rganayotganlar ya’ni mustaqil o’rganuvchilar uchun foydali bo‘lishi mumkin.
2025-04-30
O‘ZBEKISTONDA FOLKLOR MUSIQA SAN’ATINI RIVOJLANTIRISH TADBIRLARI
Musiqiy folklor namunalari muayyan bir hududda yashovchi aholining turmush tarzidagi urf-odatlar, marosimlar, mehnat jarayonlari bilan uzviy bog‘liq ravishda yuzaga kelgandir. Folklor janrlariga asoslangan o‘zbek musiqa san’ati va madaniyatimiz jahon miqyosida shuhrat qozonib, takomillashib bormoqda. Musiqiy folklor namunalari muayyan bir hududda yashovchi aholining turmush tarzidagi urf-odatlar, marosimlar, mehnat jaraѐnlari bilan uzviy bog‘liq ravishda yuzaga kelgandir. Folklor janrlariga asoslangan o‘zbek musiqa san’ati va madaniyatimiz jahon miqѐsida shuhrat qozonib, takomillashib bormoqda.
2025-04-30
ASHURALI ZOHIRIY PUBLISISTIKASIDA TIL-IMLO MASALASIGA DOIR TARIXIY JARAYONLARNING YORITILISHI
Til va imlo masalalari ham doimo jadidlarning diqqat-markazida turib, millat va mamlakat xavfsizligi darajasida himoya qilindi, milliy tilga bo‘layotgan tahdidlarga qarshi qattiq kurashildi. Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Hoji Muin, Abdulla Qodiriy, Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li Cho‘lpon va yana boshqa ko‘plab taraqqiyparvarlar milliy til va imlo haqida oz’ davri uchun (hatto bugungi kunda ham – Sh. Mirzamidinova) dolzarb ahamiyatga ega bo‘lgan yuzlab maqolalarni e’lon qildilar.
2025-04-30
TA’LIMDA INNOVATSION METODLAR VA ULARNING AHAMIYATI
Mazkur maqolada ta’lim jarayonida innovatsion metodlarning roli va ahamiyati tahlil qilinadi. Zamonaviy pedagogik yondashuvlar ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish va ularning faolligini oshirishda muhim omil hisoblanadi. Innovatsion metodlarning qo‘llanilishi ta’lim samaradorligini oshirish bilan birga, o‘quvchilarning ijodiy va tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishga ham xizmat qiladi. Maqolada interfaol, texnologik va zamonaviy pedagogik usullarning afzalliklari va ularning ta’lim tizimidagi ahamiyati yoritib beriladi.
2025-04-30
TALABALARGA JADIDCHILAR ASARLARIDAGI MA'RIFIY QADRIYATLARNI O'RGATISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISHNING SHAKL VA VOSITALARI
Ushbu tezisda jadidchilar asarlaridagi ma'rifiy qadriyatlarni talabalarga o'rgatish metodikasini takomillashtirish masalasi o'rganiladi. Jadidchilik harakati o'zining ilm-fan va ma'rifatga bo'lgan yuqori talablarini ta'lim tizimiga tatbiq etishda katta ahamiyatga ega. Tadqiqotda talabalarga jadidchilar asarlarini o'rgatishning samarali shakl va vositalari, shuningdek, bu jarayonda ma'rifatparvarlik qadriyatlarini qanday rivojlantirish mumkinligi tahlil qilinadi. Maqolada pedagogik yondashuvlar va metodik tavsiyalar berilib, zamonaviy ta'lim tizimida jadidchilik g'oyalarini amalga oshirishning muhimligi ta'kidlanadi.
2025-04-30
OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA “BOSHLANG‘ICH TA’LIM MENEJMENTI” FANINI O‘QITISHNING ZARURIYATI VA NAZARIY ASOSLARI
Bugungi ta’lim islohotlari negizida umumta’lim jarayonining boshlang’ch ta’lim bosqichiga zamonaviy yondashuvlar jamiyat talablariga mos holda yangilanmoqda. Ta’lim jarayoni kontekstida “Boshlang‘ich ta’lim menejment” - bu ta’lim jarayonining samaradorligini oshirishga qaratilgan boshqaruvning usullari, tamoyillari, texnologik yondashuv va tashkiliy shakllari majmuasi sifatida pedagogik kadrlar tayyorlashda ta’lim jarayonining rejalashtirilishi, takomillashtirilishi va nazorat qilinishiga doir bilimlarni o‘zida aks ettirgan mustaqil fab sifatida muhim ahamiyatga ega.
2025-04-30
O‘ZBEKISTONDA “IJRO ETISH HUQUQLARINI HIMOYA QILUVCHI JAMIYAT” (“PERFORMING RIGHT SOCIETY”) FAOLIYATINI JORIY QILISH: IMKONIYATLAR VA JARAYON
Mazkur maqolada Performing Right Society (PRS) tizimi va uning musiqa sanoatidagi o‘rni, litsenziya olish tartibi, to‘lov tizimi hamda daromadlarni adolatli taqsimlash jarayonlari yoritilgan. PRS — musiqa ijrochilari va kompozitorlarining ijro huquqlarini himoya qilish va ularga adolatli to‘lovlar taqdim etish orqali musiqiy sanoatni tartibga solish maqsadida faoliyat yuritadi. Maqolada PRS tizimi qanday ishlashi, litsenziya olish va to‘lov tizimi qanday amalga oshirilishi, shuningdek, daromadlarni taqsimlashda shaffoflik va adolatni ta'minlash tamoyillari keng yoritilgan. Shuningdek, maqolada PRS tizimining xalqaro tajribasi va uning huquqiy tizimdagi o‘rni haqida ham ma'lumot berilgan. O‘zbekistonda PRS tizimini joriy qilish bo‘yicha zarur huquqiy tamoyillar va imkoniyatlar ham ko‘rib chiqilgan.
2025-04-30
KEGEYLI DIYQANSHILIQ OAZISINIŃ ÓZLESTIRIW TARIYXI BOYINSHA QISQASHA MAǴLIWMAT
Kegeyli rayonı Qaraqalpaqstan Respublikasınıń oraylıq bóliminde, Ámiwdáryanıń tómengi aǵımınıń oń jaǵasında jaylasqan bolıp, ázelden suw hám jer resurslarına tiykarlanǵan diyqanshılıq jumısı ushın áhmiyetli aymaqlardan biri bolıp kelgen. Geografiyalıq jaylasıwı hám klimat sharayatı diyqanshılıq ushın imkaniyat jaratqan bolsa da, oypatlıqtıń tolıq ózlestiriliwi uzaq tariyxıy processlerde qáliplesken. Bul maqalada Kegeyli oazisiniń áyyemgi dáwirlerinen házirgi ǵárezsizlik jıllarına shekemgi ózlestiriw processleri tariyxıy derekler tiykarında analız qilindi.
2025-04-30
INSON KAPITALINI RIVOJLANTIRISHNING MINTAQAVIY RIVOJLANISH ASOSLARINING ASOSIY OMILLARI TAHLILI
Ushbu maqolada inson kapitalini rivojlantirishning mintaqaviy rivojlanishdagi o‘rni va asosiy omillari tizimli tarzda tahlil qilinadi. Inson kapitali zamonaviy iqtisodiy taraqqiyotda strategik resurs sifatida qaralib, uning shakllanishi va rivojlanishi ta’lim sifati, sog‘liqni saqlash tizimi, ijtimoiy infratuzilma, mehnat bozori ehtiyojlari hamda hududiy boshqaruv siyosati bilan bevosita bog‘liq ekani asoslab beriladi. Maqolada G‘arb va Sharqiy Yevropa tajribalari asosida, xususan, Slovakiya, Italiya va Rossiya mintaqalari bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar tahlil qilinib, global tahdidlar sharoitida inson kapitalini rivojlantirishga bo‘lgan yangi yondashuvlar ko‘rib chiqiladi. Muallif tomonidan inson kapitalining hududiy migratsiyaga, innovatsion salohiyatga va iqtisodiy raqobatbardoshlikka ta’siri ochib berilgan. Tahlillar natijasida, mintaqaviy rivojlanish siyosatini inson kapitali bilan uyg‘unlashtirgan holda kompleks va barqaror rivojlanish strategiyalarini shakllantirish zarur degan xulosa beriladi.
2025-04-30
