Мы рады сообщить вам, что Центр поддержки исследований «Innovative  Academy» организовал Республиканская конференция «Наука и инновация». Это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований.

Опубликован: 2025-11-20

PROFILAKTIKA INSPEKTORINING PROFILAKTIK HISOBGA OLINISHI LOZIM BOʻLGAN SHAXSLAR VA ULARNI PROFILAKTIK HISOBGA QOʻYISH FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH

Ushbu maqolada profilaktika inspektorining profilaktik hisobga olinishi lozim bo‘lgan shaxslarni aniqlash, ularni hisobga qo‘yish va monitoring qilishdagi faoliyatini takomillashtirish masalalari tahlil qilinadi. Maqolada profilaktik hisobga olinishi lozim bo‘lgan shaxslar kategoriyalari, ularni ro‘yxatga olish tartibi, monitoring tizimlari va amaliyotdagi muammolar ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, maqolada xorijiy mamlakatlarning profilaktik hisobga olish tizimlari tajribasi ham o‘rganilib, O‘zbekiston amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.

Nazirov Maʼmurjon Mansurjon oʻgʻli

4-6

2025-11-19

PROFILAKTIKA INSPEKTORINING OIV/OITS KASALLIGINI TARQATISH JINOYATLARINING UMUMIY PROFILAKTIKASINI TASHKIL ETISH FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH

Mazkur ilmiy maqolada OIV/OITS kasalligini tarqatish jinoyatlarining oldini olishga qaratilgan profilaktika inspektorlari faoliyatining huquqiy, tashkiliy, tibbiy va ijtimoiy jihatlari kompleks ravishda tahlil qilinadi; bunda OIV bilan yashovchi shaxslarni aniqlash jarayoni, ularning ijtimoiy va psixologik qo‘llab-quvvatlanishi, xavf guruhlari bilan ishlash mexanizmlari, jamoatchilik o‘rtasida xabardorlikni oshirish, stigma va diskriminatsiyani kamaytirish, epidemiologik ma’lumotlar bilan tezkor almashuv, qamrov monitoringini raqamlashtirish hamda migratsiya oqimlari bilan bog‘liq xavflarni nazorat qilish masalalari yoritildi. Tadqiqot natijalariga tayangan holda profilaktika inspektori faoliyatini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari sifatida tibbiy xizmatlar bilan integratsiyalashgan elektron platforma yaratish, yoshlarda infeksiyadan himoyalanish madaniyatini shakllantirish, ijtimoiy tarmoqlarda noqonuniy xizmatlarni aniqlash bo‘yicha raqamli monitoringni kuchaytirish hamda xavf guruhlarini tizimli ro‘yxatga olish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.

A.E.Yuldashev, Nurqobilov Abrorjon Bobur oʻgʻli

7-9

2025-11-19

PROFILAKTIKA INSPEKTORINING OMMAVIY TADBIRLAR OʻTKAZISH JARAYONIDAGI VAZIFALARI VA SOHAVIY XIZMATLAR HAMDA DAVLAT ORGANLARI BILAN OʻZARO HAMKORLIGINI TAKOMILLASHTIRISH

Ushbu maqolada profilaktika inspektorlarining ommaviy tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish jarayonidagi vazifalari, shuningdek, sohaviy xizmatlar va davlat organlari bilan hamkorlikning zamonaviy mexanizmlari tahlil qilinadi. Ommaviy tadbirlar bilan bog‘liq xavfsizlik masalalarining murakkablashuvi profilaktika xizmatidan yanada takomillashgan yondashuvni talab qiladi. Tadqiqotda mavjud muammolar, ularning kelib chiqish sabablari va samarali profilaktika tizimini yaratish uchun zarur bo‘lgan institutsional hamkorlik tamoyillari ko‘rib chiqilgan. Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, muntazam koordinatsiya, raqamlashtirilgan boshqaruv, tezkor axborot almashinuvi va ko‘p sektorli hamkorlik ommaviy xavfsizlikni ta’minlashning eng muhim omillaridir.

O.J.Xolmuminov, Sharibayev Sultanbek Muratbay uli

10-12

2025-11-19

PROFILAKTIKA INSPEKTORINING AHOLI SOG'LIGINI SAQLASH SOHASIDAGI HUQUQBUZARLIKLARNING VIKTIMOLOGIK PROFILAKTIKASI BO'YICHA FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH

Ushbu maqolada profilaktika inspektorining aholi sog‘ligini saqlash sohasidagi huquqbuzarliklarning viktimologik profilaktikasi bo‘yicha faoliyati va uni takomillashtirishning samarali usullari tahlil qilinadi. Tadqiqot metodlari sifatida normativ-huquqiy tahlil, statistik ma’lumotlarni tahlil qilish, qiyosiy tahlil va amaliy kuzatuvlar ishlatilgan. Maqolada sog‘liqni saqlash tizimidagi huquqbuzarliklar, ularning viktimologik tahlili va profilaktika inspektorining ushbu jarayondagi vazifalari tizimli ravishda yoritilgan. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, profilaktika inspektorining faoliyati samaradorligini oshirish, aholi salomatligini himoya qilish va huquqbuzarliklarni oldini olishda muhim ahamiyatga ega.

O.R.Boltaboyev, Shamsiddinov Islomjon Ikromiddin oʻgʻli

13-15

2025-11-19

PROFILAKTIKA INSPEKTORINING HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASIDA FUQAROLIK JAMIYATI INSTITUTLARI BILAN OʻZARO HAMKORLIGINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI

Ushbu maqolada profilaktika inspektorining huquqbuzarliklar profilaktikasida fuqarolik jamiyati institutlari bilan oʻzaro hamkorligini takomillashtirish istiqbollari tahlil qilinadi. Tadqiqotda mavjud hamkorlik mexanizmlari, ularning samaradorligi va zamonaviy talablar asosida istiqbolli rivojlanish yo‘nalishlari aniqlanadi. Shu bilan birga, fuqarolik jamiyati institutlari bilan integratsiyalashgan profilaktika strategiyalarini ishlab chiqish, elektron monitoring va qo‘shma profilaktika tadbirlarini tashkil etish yo‘llari ko‘rib chiqiladi.

H.M.Qilichov, Pulatov Abdunazar Abdugʻoppor o‘g‘li

16-18

2025-11-19

PROFILAKTIKA INSPEKTORINING MAMURIY JAZO CHORALARINI QO‘LLASH FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH

Ushbu maqolada profilaktika inspektorining ma’muriy jazo choralarini qo‘llash faoliyati tahlil qilinadi va uning samaradorligini oshirish yo‘llari yoritiladi. Tadqiqot davomida ma’muriy jazo choralarini qo‘llashning huquqiy, tashkiliy va amaliy jihatlari o‘rganilib, mavjud tizimdagi kamchiliklar aniqlanadi. Shuningdek, profilaktika inspektorining jazo choralarini qo‘llash jarayonida mahalla, oila va yoshlar institutlari bilan hamkorligini kuchaytirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqiladi.

Bozorboyev Nodirbek Jamshid o‘g‘li

19-20

2025-11-19

PROFILAKTIKA INSPEKTORINING IJTIMOIY PROFILAKTIKA OBYEKTLARIGA NISBATAN IQTISODIY REABLITATSIYA CHORA TADBIRLARINI AMALGA OSHIRISHDA HOKIM YORDAMCHISI VA MAHALLA YETTILIGI BILAN HAMKORLIGINI TAKOMILLASHTIRISH

Ushbu maqolada profilaktika inspektorining ijtimoiy profilaktika obyektlarida iqtisodiy reabilitatsiya chora-tadbirlarini amalga oshirishdagi amaliy faoliyati tahlil qilinadi va uni takomillashtirish yo‘llari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotda hokim yordamchisi va mahalla yetakchiligi bilan samarali hamkorlik mexanizmlari, moliyaviy resurslarni samarali taqsimlash, xavf guruhlariga yo‘naltirilgan iqtisodiy yordam tizimi, jamoatchilik ishtiroki va monitoring tizimining zamonaviylashtirilishi masalalari yoritilgan. Shuningdek, ijtimoiy profilaktika obyektlarida iqtisodiy reabilitatsiya chora-tadbirlarining integratsiyalashgan modeli ishlab chiqilib, u orqali profilaktika inspektorining vazifalari va hamkorlik mexanizmlari samaradorligi oshirilishi ta’kidlangan.

Karimjonov Murodjon Rahimjon o’g’li

21-22

2025-11-19

PROFILAKTIKA INSPEKTORINING IJTIMOIY PROFILAKTIKA OBYEKTLARIGA NISBATAN AMALGA OSHIRADIGAN IQTISODIY REABLITATSIYA CHORA TADBIRLARI SAMARADORLIGINI OSHIRISH

Ushbu maqolada profilaktika inspektorining ijtimoiy profilaktika obyektlarida iqtisodiy reabilitatsiya chora-tadbirlari samaradorligini oshirish masalalari ilmiy asosda tahlil qilinadi. Tadqiqot mavjud tizimdagi muammolar, moliyaviy resurslarni samarali taqsimlash va xavf guruhlariga yo‘naltirilgan iqtisodiy yordamning samaradorligini oshirish mexanizmlari bo‘yicha ilmiy xulosalarni taqdim etadi. Shuningdek, hokim yordamchilari, mahalla yetakchiligi va jamoatchilik institutlari bilan hamkorlikni kuchaytirish orqali integratsiyalashgan yondashuvni amalga oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan. Maqola ijtimoiy profilaktika obyektlarida iqtisodiy reabilitatsiya samaradorligini oshirish orqali huquqbuzarliklarni kamaytirish, xavf guruhlarining barqaror jamiyatga integratsiyasini ta’minlashga qaratilgan.

Karimjonov Murodjon Rahimjon o’g’li

23-25

2025-11-19

HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASINI ZAMONAVIY AXBOROT KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNI TAKOMILLASHTIRISH

Ushbu maqolada huquqbuzarliklarning oldini olish jarayonida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini (AKT) qo‘llashning samaradorligi tahlil qilinadi. Maqolada jamoatchilik patrullari va profilaktika inspektorlarining faoliyatida AKT vositalari orqali ma’lumot almashish, monitoring tizimlarini takomillashtirish va huquqbuzarliklarni barvaqt aniqlash yo‘llari ko‘rib chiqiladi. Shu bilan birga, maqolada texnologiyalarni joriy etishning afzalliklari va kelgusida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar ham muhokama qilinadi. Olingan natijalar huquqbuzarliklarni kamaytirishga, profilaktika tizimining samaradorligini oshirishga va jamoatchilik ishtirokini kuchaytirishga xizmat qilishi mumkin.

L.G.Alimov, Saidayev Rasulbek Kurashboy oʻgʻli

26-28

2025-11-19

PROFILAKTIKA INSPEKTORINING TANOSIL KASALLIGINI TARQATISH JINOYATINING UMUMIY PROFILAKTIKASINI TASHKIL ETISH FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH

Ushbu maqola tanosil kasalligini tarqatish jinoyatining oldini olishda profilaktika inspektorining roli va vakolatlarini chuqur tahlil qiladi hamda mazkur yo‘nalishda samaradorlikni oshirishga qaratilgan takomillashtirish mexanizmlarini o‘rganadi; tahlil jarayonida amaldagi qonunchilik talablari, tibbiy xizmatlar faoliyati, xavf guruhlarining xulq-atvor xususiyatlari, shaxsiy gigiyena savodxonligi, yashirin jinsiy xizmatlar bozori, epidemiologik xavflar va ijtimoiy omillar o‘zaro bog‘liqlikda ko‘rib chiqildi, shuningdek, profilaktika inspektorlari uchun axborot texnologiyalariga asoslangan monitoring tizimini yaratish, mahalla, maktab, poliklinika va jamoatchilik bilan hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarish bo‘yicha ilmiy takliflar ishlab chiqildi.

A.E.Yuldashev, Nurqobilov Abrorjon Bobur oʻgʻli

29-30

2025-11-19

PROFILAKTIKA INSPEKTORINING FOHISHALIK BILAN SHUGʻULLANISH HUQUQBUZARLIKLARI BOʻYICHA FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISHDA XORIJIY DAVLATLAR TAJRIBALARIDAN FOYDALANISH

Ushbu maqolada profilaktika inspektorining fohishalik bilan shug‘ullanish huquqbuzarliklarini oldini olish va monitoring qilishdagi faoliyatini takomillashtirishda xorijiy davlatlar tajribasini qo‘llash masalasi tahlil qilinadi. Maqolada AQSh, Germaniya, Niderland va boshqa mamlakatlarda profilaktika inspektorlari va jamoatchilik organlari fohishalik bilan bog‘liq huquqbuzarliklarni oldini olishda qo‘llaydigan zamonaviy yondashuvlar, texnologik vositalar va qonuniy mexanizmlar ko‘rib chiqiladi. Xorijiy tajriba O‘zbekiston amaliyotini takomillashtirish, profilaktika tizimini yanada samarali qilish va inspektorlarning kasbiy malakasini oshirishga xizmat qiladi.

Abduhoshimov Asadbek Baxtiyor oʻgʻli

31-33

2025-11-19

PROFILAKTIKA INSPEKTORINING OILAVIY NIZOLARNING SABAB VA SHAROITLARINI BARTARAF ETISH FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH

Ushbu maqolada profilaktika inspektorining oilaviy nizolarning sabab va sharoitlarini aniqlash, oldini olish hamda bartaraf etishdagi faoliyati tahlil qilinadi. Tadqiqotda oilaviy nizolarni yuzaga keltiruvchi ijtimoiy, iqtisodiy va psixologik omillar aniqlanib, profilaktika inspektorining ushbu nizolarni bartaraf etishda qo‘llaydigan strategiyalari va hamkorlik mexanizmlari ko‘rib chiqiladi. Maqolada, shuningdek, profilaktik ishlarni samarali tashkil etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilgan.

Abdujabborov Muslimbek Dilshod oʻgʻli

34-35

2025-11-19

PROFILAKTIKA INSPEKTORINING GʻAYRI IJTIMOIY XULQ-ATVORLI YOSHLARNI ANIQLASH VA ULARGA NISBATAN IJTIMOIY PROFILAKTIKA CHORA-TADBIRLARINI QOʻLLASHDA YOSHLAR YETAKCHILARI BILAN OʻZARO HAMKORLIGINI TAKOMILLASHTIRISH

Ushbu ilmiy maqolada profilaktika inspektorlarining g‘ayri ijtimoiy xulq-atvorli yoshlarni aniqlash jarayonida yoshlar yetakchilari bilan olib boradigan hamkorlik faoliyati, uning tashkiliy-huquqiy asoslari va amaliy samaradorligi keng tahlil qilinadi. Tadqiqotda profilaktika inspektorlari faoliyatining zamonaviy yo‘nalishlari, yoshlar yetakchilarining yoshlar muammolarini aniqlashdagi roli, xavf guruhidagi yoshlar bilan ishlash tizimi hamda ijtimoiy yordamni tashkil etish mexanizmlari o‘rganildi. Maqola, shuningdek, hamkorlikni takomillashtirishning amaliy va institutsional yechimlariga qaratilgan takliflarni ham o‘z ichiga oladi.

A.A.Abdulxayev, Bahronov Shahridin Sharofiddin oʻgʻli

36-38

2025-11-19

RAQAMLI XIZMATLAR SEKTORIDA DINAMIK NARXLASHNING SAMARADORLIK KO‘RSATKICHLARI: LTV/CAC MODELI ASOSIDA BAHOLASH

Ushbu tezisda raqamli xizmatlar sektorida dinamik narxlash strategiyasining samaradorligi LTV/CAC modeli asosida baholanadi. Mijozni jalb qilish xarajati (CAC) va mijozning hayotiy qiymati (LTV) nisbatiga ko‘ra narx boshqaruvi natijalari analitik tahlil qilinadi. Dinamik narxlash promosiyalar, vaqtga bog‘langan chegirmalar va individual narxlash orqali mijoz sodiqligini oshirishga xizmat qilishi ta’kidlanadi. Tadqiqot natijalari narxni moslashuvchan boshqarish raqamli xizmat korxonalarining raqobat ustunligini kuchaytirishini ko‘rsatadi. LTV/CAC modeli narx strategiyasini investitsion samaradorlik mezonlari asosida baholash imkonini beradi.

Erkinova Mohira Yondosh qizi

39-42

2025-11-19

DINIY VA AXLOQIY TARBIYANING QADRIYATLI JIHATLARI

Ushbu maqolada din va axloqning qadriyatlar tizimidagi o‘zaro munosabatini O‘zbekiston kontekstida falsafiy va madaniy tahlil qilinadi. Diniy qadriyatlar aholining bir-biri bilan bog‘lanishini va birlikni ta’minlashda muhim rol oʻynaydi. Axloqiy qadriyatlar esa jamiyatdagi barqarorlik va farovonlikni ta’minlash uchun zarur. Diniy qadriyatlar va axloqiy normalar madaniyatning muhim qismidir. Ular jamiyatning ruxiy asoslarini shakllantirib, ijtimoiy normalarni belgilaydi. Bugungi kunda globalizatsiya, texnologik inqilob va ijtimoiy oʻzgarishlar din va axloqni yangi kontekstda qabul qilishni talab qiladi.

Qarshiyev Shoxrux Anvar o‘g‘li

43-46

2025-11-19

TIKUV BUYUMLARINI KONSTRUKSIYALASH VA MODELLASHTIRISHNING AVTOMATLASHTIRILGAN TIZIMLARI FANINI O‘QITISH METODIKASI

Ushbu maqolada tikuv buyumlarini konstruksiyalash va modellashtirish jarayonida qo‘llaniladigan avtomatlashtirilgan tizimlar mazmuni hamda ularni o‘qitish metodikasining asosiy tamoyillari yoritilgan. Fan doirasida kompyuter dasturlaridan foydalanishning afzalliklari, o‘quvchilar kompetensiyasini rivojlantirishda axborot texnologiyalarining roli, dars jarayonini samarali tashkil etish usullari hamda baholash mezonlari keng tahlil etiladi. Maqola professional ta’lim yo‘nalishida o‘qitiladigan “Tikuv buyumlarini konstruksiyalash va modellashtirishning avtomatlashtirilgan tizimlari” fani uchun metodik tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.

Kamolova Muqaddas Jafar qizi

47-48

2025-11-19

GAZLAMA QOLDIQLARIDAN FOYDALANIB QUROQ TIKISH TEXNOLOGIYASINI STEAM YONDASHUVI ASOSIDA O‘RGATISHNING INNOVATSION MODELI

Ushbu tezisda gazlama qoldiqlaridan foydalanib quroq tikish texnologiyasini STEAM yondashuvi asosida o‘rgatishning innovatsion modeli ishlab chiqilgan. Tadqiqotning dolzarbligi tikuvchilik korxonalari hamda maishiy iste'moldan qolayotgan tekstil chiqindilarini qayta ishlash orqali ekologik muammolarni kamaytirish, ulardan dizayn yo‘nalishida samarali foydalanish va ta’lim jarayoniga integratsiya qilish zarurati bilan asoslanadi. Taklif etilayotgan modelda Science (material xususiyatlari), Technology (tikish va qayta ishlash jarayonlari), Engineering (konstruksiya va geometrik yechimlar), Art (rang uyg‘unligi va kompozitsiya), Mathematics (o‘lchov va proporsiyalar) bo‘limlari o‘zaro bog‘langan holda qo‘llaniladi.

Rizoqulova Maftuna Mansur qizi

49-50

2025-11-19

FOURIER TRANSFORMATSIYASI VA RAQAMLI SIGNALNI QAYTA ISHLASHNING ZAMONAVIY MODELLASHTIRISH USULLARI: MATLAB ASOSIDA AMALIY TAHLIL

Ushbu maqolada raqamli signalni qayta ishlash jarayonida Fourier transformatsiyasining nazariy asoslari va amaliy qo‘llanilishi tahlil qilinadi. Signalning chastota sohasidagi tavsiflarini aniqlash, shovqinlarni filtratsiya qilish, spektral tahlil hamda tizimlarning dinamik xususiyatlarini baholash uchun Fourier transformatsiyasi keng qo‘llaniladi. Tadqiqotda MATLAB muhitida tajribaviy modellashtirish amalga oshirilib, vaqt sohasidagi signallarni chastota sohasiga o‘tkazish, diskret Fourier transformatsiyasining ishlash prinsipi va uning amaliy natijalari ko‘rsatib beriladi. Olingan natijalar Fourier tahlilining zamonaviy axborot texnologiyalaridagi muhim rolini tasdiqlaydi.

Dalibekov Lochinbek Rustambekovich, Obidjonov Jaloliddin Rahimjon o‘g‘li, Yoqubjonov Sardorbek Ulug‘bek o‘g‘li

51-58

2025-11-20

RAQAMLI OVOZ SIGNALLARINI SIQISH TEXNOLOGIYALARI (MP3, AAC, OGG FORMATLARI)

Maqolada raqamli ovoz signallarini siqish texnologiyalarining nazariy va amaliy asoslari tahlil qilinadi. Tadqiqotda MP3, AAC va OGG formatlarining ishlash prinsiplari, ularning siqish samaradorligi, sifatga ta’siri hamda kodlash algoritmlarining farqlari yoritilgan. Maqolada psychoacoustic model, bitreyt boshqaruvi va yo‘qotishli (lossy) hamda yo‘qotishsiz (lossless) siqish usullarining qo‘llanish sohalari tahlil qilinadi. Raqamli audio texnologiyalarining multimedia tizimlarida, oqimli uzatish (streaming) va arxivlash jarayonlarida tutgan o‘rni, shuningdek, foydalanuvchi tajribasiga ko‘rsatgan ta’siri ilmiy asosda bayon etilgan. Maqola natijalari zamonaviy raqamli media tizimlarida samarali audio siqish texnologiyalarini tanlashda amaliy ahamiyatga ega.

Dalibekov Lochinbek Rustambekovich, Xasanov Javohir Tohirjon o‘g‘li, Ismoilov Nurmuhammad Muhammadqodir o‘g‘li

59-63

2025-11-20

DIN FALSAFASI VA MA’NAVIY QADRIYATLAR: AN’ANA VA ZAMONAVIYLIK

Ushbu maqolada din falsafasi va ma’naviy qadriyatlarning an’ana va zamonaviylik o‘zaro ta’siridagi murakkab munosabatlari chuqur tahlil qilinadi. Din falsafasining tarixiy-falsafiy asoslari, ma’naviy qadriyatlarning an’anaviy va zamonaviy shakllari, Sharq va G‘arb falsafiy an’analaridagi farqlar, globallashuv sharoitidagi o‘zgarishlar, shuningdek, O‘zbekistonning mustaqillik davridagi ma’naviy jarayonlari keng qamrovli yoritilgan. Maqola amaliy, tahliliy va qiyosiy yondashuvlarni birlashtirib, zamonaviy insoniyatning ma’naviy-axloqiy yo‘nalishini aniqlashga xizmat qiladi.

Saydaliyeva Farangizxon Ahrorjon qizi

64-67

2025-11-20

KONSTITUTSIYAVIY ISLOHOTLAR VA TA’LIM SOHASIDAGI HUQUQIY KAFOLATLAR

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasining amaldagi Konstitutsiyaviy normalari asosida zamonaviy sifatli ta’lim tizimini yaratishning huquqiy, tashkiliy va metodik asoslari tahlil qilingan. Tadqiqotda ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha davlat siyosati, innovatsion yondashuvlar, raqamli ta’lim texnologiyalari hamda pedagogik transformatsiyaning ustuvor yo‘nalishlari yoritiladi. Tadqiqot natijalari sifatli ta’limni ta’minlashda konstitutsiyaviy kafolatlarning muhim o‘rin tutishini ko‘rsatadi. Xulosa sifatida sifatli ta’lim tizimini takomillashtirish bo‘yicha amaliy takliflar berilgan.

Muhammadjonova Mashhura Jamolbek qizi, Shoira Nurillayeva

68-70

2025-11-20

KOMPЕTЕNTLI YONDASHUV ASOSIDA TALABALARNING MUSTAQIL ISHLASH FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH SAMARADORLIGI

Maqolada  bugungi kunda oliy ta’lim muassasalari kompetentli yondashuv asosida talabalarning mustaqil ishlash faoliyatini takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, ushbu jarayonda uchrayotgan muammolar borasida fikr yuritilgan.

To‘rayeva Gavxarbonu Tolibjonovna

71-72

2025-11-20

СЕБАРГАНИ ҲАЙДАШ МУДДАТЛАРИ ВА ҒЎЗАДА МАЪДАН ЎҒИТ МЕЪЁРЛАРИНИ ТУПРОҚНИНГ ҲАЖМ МАССАСИГА ТАЪСИРИ

Мақолада кузги буғдой орасига экилган себаргани ҳайдаш муддатлари ва ғўзада маъдан ўғит меъёрларини тупроқнинг ҳажм массасига таъсири бўйича тадқиқот натижалари баён қилинган.

Эргашев Акрамжон Мавлонбой ўғли

73-76

2025-11-20

К ВОПРОСУ ОСОБЕННОСТЕЙ И СПОСОБОВ НАПИСАНИЯ ЗАИМСТВОВАННЫХ СЛОВ В КОРЕЙСКОМ ЯЗЫКЕ

В статье рассматриваются особенности и методы транскрипции заимствованных слов в корейском языке. Заимствованная лексика, происходящая из различных иностранных языков, обладает специфическими фонетическими, графическими и семантическими характеристиками, требующими особого подхода при адаптации к системе корейского языка. В работе анализируются принципы фонетической адаптации заимствований, ограничения корейской алфавитной системы, а также возможные семантические трансформации, возникающие в процессе заимствования. Особое внимание уделяется системе транскрипции, разработанной Национальным институтом корейского языка, и её роли в стандартизации и нормализации использования иностранных слов. На основе анализа выявлены основные проблемы действующих правил транскрипции и предложены направления их совершенствования. Результаты исследования могут служить основой для дальнейшей лингвистической очистки и стандартизации заимствованной лексики в корейском языке.

Jinho Park, Ким Н.Д.

77-80

2025-11-20

СЕМАНТИКА ИДИОМАТИЧЕСКИХ ВЫРАЖЕНИЙ В ДИАЛОГОВЫХ ТЕКСТАХ

Статья посвящена изучению значения идиоматических выражений, которые используются в диалогах. Рассматривается их роль в передаче скрытого смысла, отражении культурных особенностей и создании связи между собеседниками. Исследуется как такие выражения влияют на смысл сказанного и как их воспринимают разные люди. Внимание уделяется тому, как идиомы интерпретируются в зависимости от возраста, культуры и социальной среды, а также как они адаптируются в разговорной речи. В исследовании использованы примеры из современной художественной литературы и разговорных текстов, что позволяет проследить динамику изменения их значения и использование в реальной коммуникации. Результаты работы подтверждают важность изучения идиоматических выражений для лучшего понимания структуры и значений разговорной речи, а также для эффективного межкультурного общения.

Мадаминова Мадина Муродовна, Ким Н.Д.

81-85

2025-11-20

5G VA 6G TARMOQLARIDA MULTIMEDIA UZATISH SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING INNOVATSION YONDASHUVLARI

Maqolada 5G va 6G tarmoqlarida multimedia ma’lumotlarini yuqori tezlikda, past kechikish bilan va yuqori ishonchlilik darajasida uzatishni ta’minlovchi innovatsion texnologiyalar tahlil qilinadi. Tadqiqotda massiv MIMO, millimetr to‘lqinlar, sun’iy intellekt asosidagi tarmoq boshqaruvi, edge computing, beamforming, golografik aloqa va ultra past kechikish protokollarining multimedia oqimlari samaradorligiga ta’siri o‘rganiladi. Shuningdek, global trafikning keskin ortishi, mobil qurilmalar ko‘payishi va real vaqt multimedia xizmatlariga talabning oshishi kabi dolzarb muammolarga yechim sifatida yangi avlod tarmoq arxitekturalari taklif etiladi. Maqola multimedia tarmoqlarida sifat ko‘rsatkichlari (QoS, QoE)ni optimallashtirish uchun zamonaviy innovatsion yondashuvlarning afzalliklarini ilmiy asosda yoritadi.

Xasanov Javohir Tohirjon o’g’li, Ismoilov Nurmuhammad Muhammadqodir o’g’li

86-90

2025-11-20

WAYS TO ENCOURAGE MORE USE OF ENGLISH IN THE CLASSROOM

This study explores effective strategies for increasing the use of English in classroom settings, particularly in EFL (English as a Foreign Language) contexts. Drawing on contemporary research and classroom-based evidence, the paper identifies pedagogical, psychological, and technological factors that encourage students to speak, listen, read, and write more actively in English. The study argues that exposure-rich environments, communicative tasks, teacher modeling, and motivational techniques significantly increase English language use. The findings offer practical recommendations for enhancing English immersion and improving language proficiency in primary and secondary school classrooms.

Sevinch O'rolova , Gulasal Eshquvvatova

91-93

2025-11-20

AVTOMATLASHTIRILGAN BOSHQARUV TIZIMLARIDA SIGNAL FILTRLASHNING ZAMONAVIY YONDASHUVLARI

Ushbu maqolada avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarida signalni filtrlash jarayonining nazariy va amaliy asoslari yoritiladi. Real sanoat sharoitida datchiklardan olingan ma’lumotlar tashqi shovqinlar, elektromagnit halaqitlar, o‘lchov xatoliklari va tebranishlar ta’sirida buzilishi mumkin. Bu esa boshqaruv tizimining noto‘g‘ri ishlashiga, xavfsizlikning pasayishiga va jarayon samaradorligining kamayishiga olib keladi. Shu sababli signalni filtrlash – avtomatlashtirilgan tizimlarda ishonchli boshqaruvni ta’minlovchi asosiy texnologiya hisoblanadi. Maqolada Kalman filtri, adaptiv filtrlash, raqamli past-o‘tkazuvchi filtrlar hamda sun’iy intellektga asoslangan filtr modellarining afzalliklari ilmiy jihatdan taqqoslab tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari zamonaviy filtrlash texnologiyalari boshqaruv tizimlarining aniqligi, barqarorligi va xavfsizligini sezilarli darajada oshirishi mumkinligini ko‘rsatadi.

Dalibekov Lochinbek Rustambekovich, Abdukarimov Sanjar Axror o‘g‘li, Murodov Bobobek Umidbek o’g’li

94-99

2025-11-20

BULUTLI HISOBLASHDA TARMOQ XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH: TAHDIDLAR, HIMOYA MEXANIZMLARI VA ZAMONAVIY YECHIMLAR

Bulutli hisoblash infratuzilmasining jadal rivojlanishi natijasida tarmoqlar orqali katta hajmdagi ma’lumotlar almashinuvi, masofaviy xizmatlar va korporativ tizimlar xavfsizligi dolzarb masalaga aylandi. Bulutli muhitning ochiq tarmoq orqali ishlashi uni turli xildagi kiber tahdidlarga — DDoS, MITM, tarmoq skanerlash, seans o‘g‘irlash, noto‘g‘ri autentifikatsiya va xizmatlarni buzish hujumlariga nisbatan sezgir qiladi. Ushbu maqolada bulutli hisoblashda tarmoq xavfsizligiga tahdid soluvchi asosiy omillar, virtualizatsiya darajasidagi zaifliklar, himoya mexanizmlarining afzalliklari va zamonaviy yechimlar — nol ishonch arxitekturasi, AI asosidagi tarmoq monitoringi, IDS/IPS tizimlari va SDN texnologiyalari asosida taklif etilgan model keng tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari bulutli tarmoq xavfsizligini oshirish uchun ko‘p qatlamli yondashuv zarur ekanligini ko‘rsatadi.

Murodov Bobobek Umidbek O’g’li, Abdukarimov Sanjar Axror o’g’li, Maxmudov Isroil Abdullayevich

100-105

2025-11-20

ODDIY LOVIYA ILDIZLARIDA TUGANAKLAR HOSIL BO‘LISHI VA ULARNING MASSASIGA BIOFAOL MODDALARNING TA’SIRI

Ushbu maqolada loviyaning Ravot va Mahsuldor navlari ildizlarida shakllangan tuganaklar soni va ularning massasiga biofaol moddalarning ta’siri haqida ma’lumotlar keltirilgan.

Nasimova M.K, Sanakulov A.L, O‘roqov S.X.

106-110

2025-11-21

MUSTAQILLIK YILLARIDA O‘ZBEK TILINING IJTIMOIY NUFUZI VA AMALIY MAVQEI

Mazkur maqolada o‘zbek tilining mustaqillik yillarida ijtimoiy nufuzi va amaliy mavqeining oshib borishi, davlat tili maqomining mustahkamlanishi, turli sohalarda uning qo‘llanish doirasi kengaygani haqida fikr yuritiladi. Shuningdek, til siyosatida olib borilayotgan islohotlar, ta’lim, ilm-fan, axborot texnologiyalari va ommaviy axborot vositalarida o‘zbek tilining nufuzi yuksalayotgani misollar orqali yoritilgan.

Mustaqova Durdona Sherzod qizi

111-113

2025-11-21

KONSTITUTSIYA—MAMLAKATIMIZDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN DEMOKRATIK YANGILANISHLAR POYDEVORI

Maqolada O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasini davlatning qonunchilik tizimining va milliy manfaatlarini himoyalashda asos ekanligi, bugungi kunda davlat rivojlanishining, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot suratlarini jadallashtirishda qonuniy me'zonlar majmui sifatidaligi bayon etilgan. Shu jumladan O'zbekiston xalqaro munosabatlarning to'la huquqli ishtirokchisi, fuqarolarning va yuridik shaxslarning xorijiy davlatlarda huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari har tomonlama himoya qilinishi, qonunchilik umumbashariy insonparvarlik qoidalariga asoslanganligi, iqtisodda bozor munosabatlarini rivojlantirish sohasida qonunchilik bosh mezon ekanligi haqida so 'z borgan.

Qodirova Feruza Mamurovna

114-117

2025-11-21

YER MONITORINGI VA EKOLOGIK PROGNOZLASHDA SUN’IY INTELLEKTDAN FOYDALANISH

Maqolada sun’iy intellekt texnologiyalarining yer monitoringi va ekologik prognozlashdagi o‘rni yoritiladi. Masofadan zondlash, sun’iy yo‘ldosh tasvirlari va sensor tarmoqlaridan olingan ma’lumotlarni qayta ishlashda mashinali o‘rganish va chuqur o‘rganish modellari qo‘llanilishi, shuningdek atmosfera ifloslanishi, yer qoplami va tabiiy xavflarni bashorat qilish imkoniyatlari tahlil qilinadi.

Topiqov Asilbek Xusan o’g’li

118-120

2025-11-24

THEORETICAL EVALUATION OF BLOOM’S TAXONOMY IN MODERN HIGHER EDUCATION

Bloom’s Taxonomy has long served as one of the most influential theoretical frameworks for structuring learning outcomes, instructional strategies, and assessment practices in higher education. Since its first publication in 1956, the taxonomy has undergone extensive theoretical reinterpretation, including its major revision by Anderson and Krathwohl (2001), leading to renewed debates on its relevance and applicability to modern pedagogical demands. This article provides a theoretical evaluation of Bloom’s Taxonomy in contemporary higher education, examining its conceptual foundations, cognitive hierarchy, pedagogical value, and limitations within competency-based and student-centered learning paradigms. The analysis draws on established research in educational psychology, curriculum design, and cognitive science to assess the taxonomy’s strengths in instructional alignment and its weaknesses in accounting for complex, nonlinear learning processes. The study argues that Bloom’s framework remains highly valuable as an organizational tool for designing learning objectives and assessments; however, it requires integration with modern theories such as constructivism, metacognition, universal design for learning, and 21st-century skills frameworks. The article concludes that Bloom’s Taxonomy continues to hold significant theoretical relevance but should be applied flexibly and critically in order to meet the evolving needs of modern higher education.

Sadoqat Sultonova

121-124

2025-11-24

YOSHLAR MOTIVATSIYASIGA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING TA'SIRI

Maqola yoshlar motivatsiyasiga raqamli texnologiyalarning ta’sirini ilmiy nuqtai nazardan tahlil qiladi. Raqamli vositalar yoshlarning o‘quv jarayoni, ijodiy faoliyati va kasbiy rivojlanishidagi motivatsiyasini oshirishdagi imkoniyatlari va xavflari yoritiladi. Shuningdek, maqolada raqamli texnologiyalar yordamida motivatsiyani kuchaytirishga qaratilgan samarali modellarga e’tibor qaratilgan. Tadqiqot natijalari yoshlarni maqsad sari yo‘naltirishda raqamli vositalarning strategik ahamiyatini ko‘rsatadi.

G'anijonov Muhammadali Akmaljon o'g'li

125-130

2025-11-24

MIGRATSIYA JARAYONINING SHAXS PSIXOLOGIYASIGA TA‘SIRI

Ushbu maqolada migratsiya jarayonining shaxs psixologiyasiga ta‘siri ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Migratsiya shaxsning ijtimoiy, madaniy va ruhiy holatiga sezilarli ta‘sir ko‘rsatadi. Maqolada migratsiya tushunchasi, turlari, shaxs psixologiyasiga ta‘siri, yuzaga keladigan psixologik muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, stress, xavotir, identitet muammolari va ijtimoiy izolyatsiya migratsiya jarayonida eng ko‘p uchraydigan psixologik holatlar hisoblanadi. Shu bilan birga, psixologik qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy integratsiya, til va madaniyatni o‘rganish hamda oilaviy qo‘llab-quvvatlash shaxsning moslashuv jarayonini soddalashtirish va ruhiy barqarorligini saqlashga yordam beradi.

G'anijonov Muhammadali Akmaljon o'g'li

131-135

2025-11-24

O‘ZBEKISTON MOLIYA BOZORINING RIVOJLANISH TENDENSIYALARI VA BARQARORLIGINI TA’MINLASH YO‘NALISHLARI

Mazkur maqolada O‘zbekiston moliya bozorining hozirgi holati, uning tarkibiy tuzilmasi, rivojlanish bosqichlari hamda barqarorligini ta’minlash yo‘nalishlari tahlil qilinadi. Moliya bozori mamlakat iqtisodiyotining eng muhim tarkibiy qismi sifatida investitsion jarayonlarni faollashtirish, iqtisodiy o‘sish sur’atlarini qo‘llab-quvvatlash va moliyaviy resurslarni qayta taqsimlashda beqiyos ahamiyatga ega. Tadqiqotda statistik, qiyosiy va tahliliy metodlar asosida 2018–2024 yillar oralig‘ida O‘zbekiston moliya bozori ko‘rsatkichlarining dinamikasi o‘rganilgan. Xalqaro tajriba tahliliga ko‘ra, moliya bozorining samarali faoliyati uchun institutsional infratuzilmani rivojlantirish, moliyaviy vositachilar faoliyatini raqamlashtirish va investorlar himoyasini kuchaytirish muhim omil hisoblanadi. Maqola yakunida mamlakat moliya bozorini barqaror rivojlantirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Odilbekov Shaxbozbek Shuxratjon o‘g‘li, Bahodirova Madinaxon

136-138

2025-11-24

YOSHLAR TURIZMINI RIVOJLANTIRISHDA ONLAYN PLATFORMALARNING O‘RNI

Mazkur ilmiy maqolada yoshlar turizmini rivojlantirishda raqamli texnologiyalar va onlayn platformalarning tutgan o‘rni keng qamrovda tahlil qilinadi. Bugungi kunda turistlarning, ayniqsa, yosh avlodning sayohatga oid qaror qabul qilish jarayonida internet resurslari, mobil ilovalar, ijtimoiy tarmoqlar va bron qilish tizimlaridan foydalanish darajasi keskin ortib bormoqda. Tadqiqotda onlayn platformalarning yoshlar orasida turizmga bo‘lgan qiziqishni oshirish, xarajatlarni optimallashtirish, sayohat xavfsizligini ta’minlash va tajriba almashish imkoniyatlarini kengaytirishga qo‘shayotgan hissasi ilmiy-nazariy asoslangan holda yoritiladi. Shuningdek, O‘zbekistonda yoshlar turizmini rivojlantirish bo‘yicha mavjud raqamli infratuzilma, davlat siyosati va bozor mexanizmlarining o‘zaro uyg‘unligi tahlil qilinadi. Tadqiqot yakunida onlayn platformalardan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqiladi.

Yusupov Ne’matillo , Obidova Shamsiyabonu Nazirjon qizi

139-142

2025-11-24

PROFILAKTIKA INSPEKTORINING KIBERJINOYATLARDAN JABIRLANGAN SHAXSLAR BILAN ISHLASHDA HUQUQBUZARLIKLARNING VIKTOMOLOGIK PROFILAKTIKASINI AMALGA OSHIRISH FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH

Ushbu maqolada profilaktika inspektorlarining kiberjinoyatlardan jabirlangan shaxslar bilan ishlashda huquqbuzarliklarning viktimologik profilaktikasini amalga oshirishdagi roli va samaradorligini oshirish masalalari tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida kiberjinoyatlarning turlari, jabrlanuvchilarning psixologik va ijtimoiy xususiyatlari, xavf guruhlarini aniqlash va ularni himoya qilish mexanizmlari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, profilaktika inspektorlarining huquqiy, psixologik va axborot-kommunikatsiya vositalarini qo‘llash orqali kiberjinoyatlar oqibatlarini kamaytirish yo‘llari tahlil qilindi. Tadqiqot natijalari, zamonaviy yondashuv va integratsiyalashgan hamkorlik mexanizmlari jabrlanuvchilarning himoya tizimini sezilarli darajada mustahkamlashga imkon berishini ko‘rsatadi.

Bozorov Nasibbek Azamat oʻgʻli

143-144

2025-11-24

PROFILAKTIKA INSPEKTORINING KIBERJINOYATLARDAN JABIRLANGAN SHAXSLAR BILAN ISHLASHDA HUQUQBUZARLIKLARNING VIKTOMOLOGIK PROFILAKTIKASINI AMALGA OSHIRISH XORIJ ILGʻOR TAJRIBALARIDAN FOYDALANISH

Ushbu maqolada profilaktika inspektorlarining kiberjinoyatlardan jabirlangan shaxslar bilan ishlashda huquqbuzarliklarning viktimologik profilaktikasini amalga oshirish borasidagi faoliyati va xorij tajribasidan olingan ilg‘or yondashuvlar tahlil qilinadi. Tadqiqotda kiberjinoyatlar turlari, jabrlanuvchilarning psixologik va ijtimoiy xususiyatlari, xavf guruhlari bilan ishlash mexanizmlari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, xorij tajribasidagi integratsiyalashgan yondashuvlar, elektron monitoring, psixologik maslahat va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimlari o‘zbek sharoitiga moslashtirish imkoniyatlari tahlil qilindi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, ilg‘or xalqaro tajribalarni joriy etish profilaktika inspektorlarining samaradorligini oshirish va kiberjinoyatlardan jabrlanuvchilarni himoya qilishda muhim omil hisoblanadi.

Bozorov Nasibbek Azamat oʻgʻli

145-146

2025-11-24