Мы рады сообщить вам, что Центр поддержки исследований «Innovative Academy» организовал Республиканская конференция «Наука и инновация». Это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований.
Nashr qilingan: 2025-03-28
Maqolalar
MADANIYATLARARO MULOQOTDA PARALINGVISTIK VOSITALARNING QO`LLANILISHI
Ushbu maqolada madaniyatlararo muloqotda paralingvistik vositalarning ahamiyati, turlari, ulardan birining noverbal muloqot ekanligi, shuningdek, tana harakatlari, imo-ishoralar, mimika va intonatsiya muloqot jarayonida muhim rol o‘ynashi haqida so‘z yuritiladi. Turli madaniyatlarda bu vositalar turlicha talqin qilinishi, bu esa tushunmovchilik yoki kommunikativ to‘siqlarga olib kelishi mumkinligi, shuning uchun chet tilini o‘rganishda o‘sha tilga xos bo‘lgan imo-ishoralarni ham bilish zaruriyati ta’kidlanadi.
2025-03-27
CHIZIQLI TENGLAMALAR SISTEMASI YECHIMINI C++ DASTURI YORDAMIDA KRAMER USULIDA TOPISH
Ma’lumki, kramer usuli (yoki Cramer's rule) - determinantlar yordamida chiziqli tenglamalar sistemasini yechish usuli bo‘lib, kvadrat matritsaga ega bo‘lgan sistemalar uchun qo‘llaniladi. Bu usul har bir noma'lumning qiymatini topish uchun asosiy matritsaning determinantlari bilan ishlaydi. Asosan 2x2, 3x3 kabi kichik o‘lchamli tenglamalar sistemalarida samarali bo‘ladi.
2025-03-28
MULOQOTNING YANGI SHAKLLARI VA UNING IJOBIY, SALBIY TOMONLARI
Hozirgi globallashuv va raqamlashuv davrida hayotimizni internetsiz, ijtimoiy tarmoqlarsiz tasavvur etolmaymiz. Internet jamiyatda o’z rivojini topishi bilan bizning hayot tarzimiz, hattoki muloqot jarayonimiz ham tubdan o’zgardi. Buning ta’sirida muloqotning yangi shakllari tushunchasi paydo bo’ldi. Quyida hozirgi kundagi muloqot shakllari, ularning kelib chiqish jarayonidan tortib, ijobiy va salbiy taraflarini qisman ko’rib chiqamiz.
2025-03-28
СУРУНКАЛИ ГАСТРОДУОДEНИТ БИЛАН ОҒРИГАН БEМОРЛАРДА СУРУНКАЛИ ҚАЙТАЛАНУВЧИ АФТОЗ СТОМАТИТ КАСАЛЛИГИНИ КОМПЛEКС ДАВОЛАШДА ОЗОНДАН ФОЙДАЛАНИШ ВА САМАРАДОРЛИГИНИ БАХОЛАШ
Ушбу илмий ишда сурункали гастродуоденит билан оғриган беморларда сурункали қайталанувчи афтоз стоматит касаллигига озон терапиясини қўллаш ва унинг самарадорлиги ўрганилган. Тадқиқот доирасида озоннинг яллиғланиш жараёнларини камайтириш, оғриқ синдромини енгиллатиш ва шифоланиш жараёнини тезлаштиришга таъсири таҳлил қилинди. Натижалар шуни кўрсатдики, озон терапиясини комплекс даволаш усули сифатида қўллаш клиник симптомларнинг енгиллашишига ва рецидивлар сонининг камайишига олиб келади. Шунингдек, ушбу усулнинг самарадорлиги ва хавфсизлиги баҳоланиб, унинг стоматологик амалиётда қўлланиш имкониятлари аниқланди.
2025-03-28
ЭТИКА И КУЛЬТУРНОЕ ПОВЕДЕНИЕ ПРЕПОДАВАТЕЛЯ В МУЛЬТИЛАНГВАЛЬНОЙ АУДИТОРИИ
В статье рассматривается значение этики и культурного поведения преподавателя в мультилангвальной аудитории. Анализируются ключевые аспекты взаимодействия с учащимися из различных культурных и языковых сред, подчеркивается важность межкультурной компетенции и стратегий эффективного преподавания. Рассматриваются методы адаптации педагогического стиля к особенностям многоязычной аудитории, а также влияние этики общения на успешность образовательного процесса.
2025-03-28
EFFECTIVE USE OF SOLID HOUSEHOLD WASTE
Household waste is generated in places where people live, including workplaces. The generated solid household waste is transported to specially designated areas by special transport. As a result of a long stay of solid household waste in a stationary state in permanent storage areas, the process of decomposition of the organic part of solid household waste occurs as a result of biological changes under external influence. In the process of chemical and biochemical changes in the decomposition reaction, a number of products are released, which are dispersed into the air by the blowing wind and distributed among residential areas. At the same time, soil, water and atmosphere are infected.
2025-03-31
BOLAJAK BOSHLANG'ICH SINF O’QTUVCHILARINI LISONIY TAHLILGA O’RGATISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH
mazkur tezisda boshlang’ich sinf ona tili fanining eng asosiy va murakkab vazifalaridan biri boʻlgan o’qituvchilar nutqini o’stirish,nutq o’stirish ishlarini muvaffaqiyatli amalga oshirishda til hodisalarini puxta o’zlashtirish, ularning o’xshash va farqli tomonlarini bilishning ahamiyati, boʻlajak boshlangʻich sinf oʻqituvchilarining lisoniy tahlilga oʻrgatish metodikasini takomillashtirish boʻyicha fikr-mulohazalar bayon etilgan.
2025-03-31
HAQIQATNI O‘ZGARTIRISH MUMKINMI?
Haqiqatni o‘zgartirish mumkinmi? Aslida haqiqat tashqi olamda emas, balki insonning ichki dunyosida shakllanadi. Qanday fikrlasak, o‘zimizni qanday his qilsak, ong ostimiz o‘sha holatga moslashadi va uni haqiqat deb qabul qiladi. Agar biz doimo siqilish, hafagarchilik va umidsizlik holatida bo‘lsak, ongimiz bu holatni normal deb qabul qilib, uni davom ettirishga moyil bo‘ladi. Shuning uchun, hatto ongli ravishda bu holatdan chiqishga urinib ko‘rsak ham, tanamiz bunga qarshilik qiladi. Ko‘pchilik hayotda "sinovlar kelsa, birdaniga keladi" degan iborani eshitgan. Buning sababi shundaki, qiyinchiliklar vaqtida bizning ongimiz o‘sha negativ vaziyatni qabul qilib, uni takror-takror ong ostiga yuboradi. Masalan, "Menda doim shunaqa bo‘ladi. Hech nima yaxshi emas", degan fikrlar haqiqatga aylanib boradi. Natijada, hayotimizda shunga o‘xshash vaziyatlar yana takrorlanaveradi.
2025-03-31
BOTIR ERGASHEV IJODIDA MILLIY RUH VA VATANPARVARLIK MAVZUSI
Mazkur maqolada Botir Ergashevning milliy ruh va vatanparvarlik mavzusidagi she’rlari tahlil qilinib, shoirning o‘ziga xos adabiy yondashuvi, timsollar tizimi va poetik mahorati o‘rganiladi.
2025-03-31
LAN, MAN VA WAN TARMOQLARINING OʻZARO FARQLARI
Ushbu annotatsiyada LAN (Local Area Network), MAN (Metropolitan Area Network) va WAN (Wide Area Network) tarmoqlari o'rtasidagi farqlar ko‘rib chiqiladi. Tarmoqlar, ma'lumotlar almashinuvi va aloqa uchun asosiy infratuzilma bo‘lib, ularning har biri o'ziga xos xususiyatlarga ega. Hayotimizdagi roli jihatidan, LAN, MAN va WAN tarmoqlari bir-birini to'ldiradi, ularning har biri o'zining maxsus foydalanish sohasiga ega. Ushbu annotatsiya LAN, MAN va WAN tarmoqlari o'rtasidagi asosiy farqlarni va ularning foydalanish joylarini tushunishga yordam beradi.
2025-03-31
INTERNET ORQALI OVOZLI QO`NG`IROQLAR (VOIP) TEXNOLOGIYASI
Uch maqolada Internet orqali ovozli qo'ng'iroqlar (VoIP – Voice over Internet Protocol) texnologiyaning ishlash prinsiplari, ishlab chiqarish va qo'llanilish sohalari yoritilgan. VoIP texnologiyasi an'anaviy telefon tarmoqlaridan ovozli ma'lumotlarni raqamli shaklda ravshan va internet farq'i orqali yuklash elementlar. Ush texnologiyaning mahsulot sifati xizmat narxining pastligi, qulayligi, xususiyatning xususiyatlari va global miqyosda qo'shimcha mavjud. Maqolada IP ishlash jarayoni, Vo SIP, H.323, RTP), muammolari hamda muammolari haqida ham ma'lumotlar. Ush texnologiya va ta'lim sohalarida ham biznes samarali qo'llanilib, masofaviy muloqotni soddalashtirishga xizmat qiladi.
2025-03-31
RAQAMLI INDENTIFFIKATSIYA VA AUTENTIFIKATSIYA TIZIMLARI
Ushbu maqolada raqamli identifikatsiya va autentifikatsiya tizimlari, ularning ishlash tamoyillari hamda zamonaviy xavfsizlik texnologiyalari tahlil qilinadi. Raqamli identifikatsiya foydalanuvchilarni aniqlashning asosiy usullari, jumladan, login va parol, elektron raqamli imzo, biometrik ma’lumotlar va shaxsiy identifikatsiya raqamlari orqali amalga oshirilishi tushuntiriladi. Shuningdek, autentifikatsiya tizimlari va ularning bir bosqichli, ikki bosqichli va ko‘p bosqichli xavfsizlik mexanizmlari ko‘rib chiqiladi. Zamonaviy autentifikatsiya texnologiyalari, jumladan, OAuth 2.0, SAML va FIDO protokollari tahlil qilinib, ularning amaliy qo‘llanilishi yoritiladi. Mazkur tadqiqot davlat xizmatlari, bank tizimlari, ijtimoiy tarmoqlar va korporativ tizimlarda autentifikatsiya texnologiyalarining ahamiyatini ko‘rsatadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, raqamli identifikatsiya va autentifikatsiya tizimlarini takomillashtirish kiberxavfsizlikni oshirish va shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilishda muhim omil hisoblanadi.
2025-03-31
MASHINANI O‘RGANISH (MACHINE LEARNING) VA UNING ASOSIY USULLARI
Mashinani o‘rganish (Machine Learning, ML) — bu kompyuter tizimlariga ma'lumotlardan o‘rganish va ularga asoslanib qarorlar qabul qilishni avtomatlashtirishga imkon beruvchi soha. Ushbu texnologiya, sun'iy intellektning rivojlanishida muhim o‘rin tutadi va turli sohalarda qo‘llaniladi, jumladan, tibbiyot, moliya, marketing va transport. Mashinani o‘rganishning asosiy usullari: nazoratli o‘rganish, nazoratsiz o‘rganish, qarorlarni mustahkamlash o‘rganish, chidamlilikni tekshirish, generativ modellar, chuqur o‘rganish va boshqalar. Har bir usul turli xil ma'lumotlar va vazifalarga mos ravishda ishlatiladi. Bu maqola mashinani o‘rganishning asosiy usullarini tahlil qiladi va ularning amaliy qo‘llanilishini ko‘rsatadi.
2025-03-31
KATTA HAJMDAGI MA‘LUMOTLAR (BIG DATA) VA ULARNING QAYTA ULANISHI
Yaqin yillarda texnologiyalarning rivojlanishi va internetning keng tarqalishi bilan birga, ma'lumotlar hajmi va ulardan foydalanish imkoniyatlari sezilarli darajada oshgan. Katta hajmdagi ma'lumotlar faqat miqdoriy jihatdan emas, balki turli manbalar, shakllar va tezliklar bilan ham ajralib turadi. Ushbu ma'lumotlar tahlili tashkilotlarga yangi biznes imkoniyatlarini yaratish, samarali qarorlar qabul qilish va raqobatbardosh ustunliklarni qo‘lga kiritish ga yordam beradi. Shuningdek, katta hajmdagi ma'lumotlarning qayta ulanishi jarayoni ham muhim ahamiyatga ega. Qayta ulanish, turli tizimlardan va manbalardan yig‘ilgan ma'lumotlarni yagona tizimda integratsiya qilishni anglatadi. Bu jarayon ma'lumotlar o‘rtasida aloqalar o‘rnatish, ma'lumotlarni to‘g‘ri strukturalash va ularni tahlil qilish imkonini yaratadi. Shuningdek, ma'lumotlarni qayta ulashning texnik va amaliy jihatlari, shu bilan birga, bu jarayonda yuzaga keladigan qiyinchiliklar va yangi texnologiyalarning qo‘llanilishi, masalan, sun'iy intellekt va mashina o‘rganish kabi ilg‘or usullar ko‘rib chiqiladi.
2025-03-31
TARMOQ XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHDA SUN’IY INTELLEKT IMKONIYATLARI
Ushbu maqolada tarmoq xavfsizligini ta’minlashda sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarining imkoniyatlari, ularning afzalliklari va qo‘llash usullari tahlil qilinadi. Kiberxavfsizlik sohasida sun’iy intellektning tahdidlarni aniqlash, hujumlarni oldindan bashorat qilish va avtomatlashtirilgan himoya tizimlarini yaratishdagi roli yoritiladi. Tadqiqot davomida SI asosida ishlaydigan xavfsizlik mexanizmlari, mashinaviy o‘rganish va chuqur o‘rganish modellarining samaradorligi tahlil qilinib, ularning an’anaviy xavfsizlik tizimlariga nisbatan ustunliklari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, sun’iy intellektning kiberjinoyatlarga qarshi kurashdagi o‘rni va uni amaliyotga tadbiq etish bilan bog‘liq muammolar ham muhokama qilinadi. Maqola yakunida esa SI texnologiyalaridan samarali foydalanish bo‘yicha takliflar beriladi.
2025-03-31
SU’NIY INTELLEKT VA TARMOQ TEXNOLOGIYALARINING UYG’UNLIGI
Ushbu maqolada sunʼiy intellekt (SI) va tarmoq texnologiyalarining uygʻunligi tahlil qilinadi. SI tarmoq boshqaruvini avtomatlashtirish, xavfsizlikni mustahkamlash va nosozliklarni oldindan bashorat qilish kabi yoʻnalishlarda muhim rol oʻynaydi. Shuningdek, maqolada SI asosida optimallashgan tarmoqlarning afzalliklari va ularning kelajakdagi rivojlanish istiqbollari yoritiladi.
2025-03-31
BLOCKCHAIN TEXNOLOGIYASI VA UNING TARMOQLARDA QO‘LLANILISHI
Blockchain texnologiyasi, raqamli ma’lumotlarni xavfsiz va oshirilgan ishonchlilik bilan saqlash va uzatish imkonini beruvchi tarqatilgan ma’lumotlar bazasi tizimidir. Ushbu texnologiya birinchi marta Bitcoin raqamli valyutasi orqali mashhur bo‘ldi, lekin bugungi kunda uning imkoniyatlari turli sohalarda keng qo‘llanilmoqda. Blockchain texnologiyasi markazlashmagan tizimlar yaratish, ma’lumotlar yaxlitligini ta’minlash va tizimni qulayligini tekshirish uchun kerak.Ushbu texnologiya so‘nggi yillarda bank xizmatlari, moliya, sog‘liqni saqlash, ta’lim, ta’minot zanjiri va boshqalar kabi turli tarmoqlarda qo‘llanilmoqda. Blockchain tizimlari yordamida ma’lumotlar o‘zgartirilmas va shaffof bo‘ladi, bu esa ularni turli xil sohalarda samarali ishlatish imkoniyatlarini kengaytiradi. Maqsad -texnologiyaning imkoniyatlari, afzalliklari va qo‘llanish sohalarini tahlil qilish orqali uning kelajakdagi rivojlanish tendentsiyalarini aniqlashdir.Blockchain texnologiyasining xavfsizligi, shaffofligi va ma’lumotlarni tekshirishning yangi usullari kompaniyalar va tashkilotlarga yangi imkoniyatlar yaratmoqda. Shuningdek, texnologiyaning ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy jihatlari ham tahlil qilinadi.
2025-03-31
TARMOQ ADMINISTRATORI KASBI VA UNING MUHIM JIHATLARI
Ushbu maqola tarmoq administratori kasbi va uning muhim jihatlarini tahlil qiladi. Tarmoq administratori — bu kompyuter tarmoqlarining to'g'ri ishlashini ta'minlash, xavfsizlikni boshqarish va xizmatlarning uzluksizligini saqlashga mas'ul mutaxassisdir. Maqolada tarmoq administratorining asosiy vazifalari, ularning roli va zamonaviy texnologiyalarni hisobga olgan holda, kasbga talablar haqida so'z yuritiladi. Shuningdek, tarmoqning samarali ishlashini ta'minlash uchun zarur bo'lgan texnik bilimlar, muammolarni hal qilish qobiliyati, xavfsizlik masalalari va yangi texnologiyalarni o'zlashtirishning ahamiyati ta'kidlanadi. Tarmoq administratorining ish faoliyatidagi muhim jihatlar va uning jamoa bilan ishlashdagi roli ham maqolada yoritilgan. Ushbu maqola tarmoq administratorining kundalik ishini, uning professional kompetensiyalarini va kasbdagi muvaffaqiyatli ishlash uchun zarur bo'lgan qobiliyatlarni ko'rsatishga qaratilgan.
2025-03-31
SUN'IY INTELLEKT ASOSIDA ISHLOVCHI CHAT-BOTLAR
Ushbu maqolada sun’iy intellekt asosida ishlovchi chat-botlarning texnologik asoslari, qo‘llanilishi va istiqbollari keng qamrovda tahlil qilinadi. Tadqiqot chat-botlarning insoniy muloqotni taqlid etish va samarali avtomatlashtirilgan yordam ko‘rsatish imkoniyatlarini o‘rganishga qaratilgan. Asosiy urg‘u tabiiy tilni qayta ishlash (NLP), mashinani o‘rganish algoritmlari va ma'lumotlar analitikasiga qaratiladi, bu esa chat-botlarning muloqot sifati va aniqligini ta'minlaydi. Ish davomida chat-botlarning biznes, mijozlarga xizmat ko‘rsatish, ta'lim, sog‘liqni saqlash va boshqa sohalarda qo‘llanilish imkoniyatlari, shuningdek, etik, xavfsizlik va foydalanuvchi maxfiyligi masalalari ham muhokama qilinadi. Tadqiqot natijalari sun’iy intellekt asosidagi chat-botlarning samaradorligini oshirish, innovatsion xizmatlar yaratish va inson-kompyuter o‘rtasidagi interaktiv muloqotni rivojlantirish borasida muhim istiqbollarni ko‘rsatadi.
2025-03-31
SUN'IY YO'LDOSH INTERNETI VA UNING KELAJAGI
Ushbu maqolada sun'iy yo'ldosh interneti va uning kelajagi mavzusi keng qamrovli tahlil qilingan. Tadqiqotda sun'iy yo'ldoshlarning turli turlari – geostatsion (GEO), past yer orbitasidagi (LEO) va o‘rta yer orbitasidagi (MEO) yo'ldoshlar – ularning ishlash printsiplari, afzalliklari va kamchiliklari yoritilgan. Shu bilan birga, texnik infratuzilma, inter-satellite aloqa, optik bog‘lanish va kiberxavfsizlik kabi masalalar ham ko‘rib chiqilgan. Iqtisodiy tahlil qismida yirik investitsiyalar, global bozor tendensiyalari va innovatsion ilovalar, shuningdek, raqamli tenglik va ijtimoiy integratsiya nuqtai nazaridan sun'iy yo'ldosh internetining salmoqli roli ta'kidlangan. Ekologik masalalar, xususan, orbital chiqindilar va energiya samaradorligi masalalari, shuningdek, normativ-huquqiy regulyatsiya va xalqaro hamkorlik istiqbollari ham tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari sun'iy yo'ldosh interneti texnologiyasining global telekommunikatsiya tizimlarini tubdan o'zgartirish, raqamli transformatsiya jarayonlarini tezlashtirish va iqtisodiy o'sishga ijobiy ta'sir ko'rsatish potensialini aks ettiradi.
2025-03-31
INFORMATIKA FANINI O‘QITISHDA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR
Ushbu Annotatsiya informatika fanining o‘qitish jarayonida qo‘llanilayotgan yangi metodik va texnologik yondashuvlarni tahlil qilishni maqsad qiladi. Ushbu yondashuvlar, ta'lim tizimida informatika fanining samarali o‘qitilishini ta'minlashga qaratilgan bo‘lib, o‘quvchilarning faolligini oshirish, ijodiy va analitik fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi. Faol o‘qitish, inson-markazli yondashuv, natijalarga yo‘naltirilgan o‘qitish, kreativ dasturlash, masofaviy o‘qitish, interaktiv resurslar va gamifikatsiya kabi metodlar zamonaviy informatika ta'limining asosiy elementlaridir. Ushbu yondashuvlar o‘quvchilarga informatika sohasida amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish va muammolarni innovatsion tarzda hal qilish imkoniyatini yaratadi. Mazkur yondashuvlar o‘quvchilarni zamonaviy texnologiyalar va metodikalar bilan tanishtirib, ularni muvaffaqiyatli bilim olishga undaydi.
2025-03-31
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR TA‘LIM SOHASIDA
Raqamli texnologiyalar ta'lim sohasida tub o'zgarishlarga sabab bo'lmoqda. Ularning samarali qo'llanilishi o'qitish va o'qish jarayonlarini sezilarli darajada yaxshilashga yordam beradi. Ushbu maqola raqamli texnologiyalarning ta'lim tizimiga ta'sirini, ularning pedagogik usullarni rivojlantirishdagi o'rnini va ta'limda yangi imkoniyatlarni yaratishini ko'rib chiqadi. Zamonaviy raqamli platformalar, interaktiv ta'lim resurslari, virtual va qo'shimcha haqiqat texnologiyalari, shuningdek, sun'iy intellekt va o'quvchilarni moslashtirilgan ta'lim usullari kabi innovatsion vositalar ta'lim jarayonlarini engillashtirishga va o'quvchilarning individual ehtiyojlariga moslashishga yordam beradi. Raqamli texnologiyalarni samarali qo'llash nafaqat o'quvchilarning bilim darajasini oshirish, balki o'qituvchilar uchun ham yangi pedagogik imkoniyatlar yaratadi. Biroq, texnologiyalarning ta'lim sohasiga to'liq kirib kelishi uchun, uning xavfsizligi, shaxsiy ma'lumotlarni himoya qilish va tengsizlikni kamaytirish kabi muammolarni hal qilish zarur.
2025-03-31
KATTA HAJMDAGI MA‘LUMOTLAR (BIG DATA) VA ULARNING QAYTA ULANISHI
Yaqin yillarda texnologiyalarning rivojlanishi va internetning keng tarqalishi bilan birga, ma'lumotlar hajmi va ulardan foydalanish imkoniyatlari sezilarli darajada oshgan. Katta hajmdagi ma'lumotlar faqat miqdoriy jihatdan emas, balki turli manbalar, shakllar va tezliklar bilan ham ajralib turadi. Ushbu ma'lumotlar tahlili tashkilotlarga yangi biznes imkoniyatlarini yaratish, samarali qarorlar qabul qilish va raqobatbardosh ustunliklarni qo‘lga kiritish ga yordam beradi. Shuningdek, katta hajmdagi ma'lumotlarning qayta ulanishi jarayoni ham muhim ahamiyatga ega. Qayta ulanish, turli tizimlardan va manbalardan yig‘ilgan ma'lumotlarni yagona tizimda integratsiya qilishni anglatadi. Bu jarayon ma'lumotlar o‘rtasida aloqalar o‘rnatish, ma'lumotlarni to‘g‘ri strukturalash va ularni tahlil qilish imkonini yaratadi. Shuningdek, ma'lumotlarni qayta ulashning texnik va amaliy jihatlari, shu bilan birga, bu jarayonda yuzaga keladigan qiyinchiliklar va yangi texnologiyalarning qo‘llanilishi, masalan, sun'iy intellekt va mashina o‘rganish kabi ilg‘or usullar ko‘rib chiqiladi.
2025-03-31
KVANT KAMPYUTERLAR VA ULARNING KELAJAGI
Ushbu maqola kvant kompyuterlarining ishlash tamoyillari, ular mavjud bo'lgan hozirgi holati va kelajagi haqida ma'lumot beradi. Kvant kompyuterlar klassik kompyuterlardan farqli ravishda kvant mexanikasiga asoslanadi va superpozitsiya, entanglement va interferensiya kabi hodisalardan foydalanadi. Maqolada kvant kompyuterlarning tezlik, samaradorlik va yangi imkoniyatlar yaratishdagi ahamiyati, shuningdek, ularning kriptografiya, tibbiyot va sanoat kabi sohalarda potentsial qo'llanilishi ko'rib chiqiladi. Hozirgi kunda kvant kompyuterlar hali rivojlanish bosqichida bo'lsa-da, ularning kelajagi ilm-fan va texnologiyaning ko'plab sohalarini inqilobiy tarzda o'zgartirishi kutilmoqda.
2025-03-31
MASHINANI O‘RGANISH (MACHINE LEARNING) VA UNING ASOSIY USULLARI
Mashinani o‘rganish (Machine Learning, ML) — bu kompyuter tizimlariga ma'lumotlardan o‘rganish va ularga asoslanib qarorlar qabul qilishni avtomatlashtirishga imkon beruvchi soha. Ushbu texnologiya, sun'iy intellektning rivojlanishida muhim o‘rin tutadi va turli sohalarda qo‘llaniladi, jumladan, tibbiyot, moliya, marketing va transport. Mashinani o‘rganishning asosiy usullari: nazoratli o‘rganish, nazoratsiz o‘rganish, qarorlarni mustahkamlash o‘rganish, chidamlilikni tekshirish, generativ modellar, chuqur o‘rganish va boshqalar. Har bir usul turli xil ma'lumotlar va vazifalarga mos ravishda ishlatiladi. Bu maqola mashinani o‘rganishning asosiy usullarini tahlil qiladi va ularning amaliy qo‘llanilishini ko‘rsatadi.
2025-03-31
KIBERXAVFSIZLIK VA KOMPYUTER TIZIMLARINI HIMOYA QILISH
Kiberxavfsizlik va kompyuter tizimlarini himoya qilish axborot texnologiyalari sohasida muhim yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Ushbu yo‘nalish zararli dasturlar, kiberhujumlar, ma’lumotlarning o‘g‘irlanishi va boshqa tahdidlarga qarshi himoya choralarini ishlab chiqish va qo‘llash bilan shug‘ullanadi. Mazkur ishda kiberxavfsizlikning asosiy yo‘nalishlari – tarmoq xavfsizligi, axborot xavfsizligi, dasturiy ta’minot himoyasi, foydalanuvchilarni autentifikatsiya qilish va xavfsizlik siyosatini shakllantirish masalalari ko‘rib chiqiladi. Shu bilan birga, zamonaviy hujum usullari va ularga qarshi kurashish usullari ham tahlil qilinadi. Mazkur mavzu bugungi kunda kompaniyalar, davlat idoralari va oddiy foydalanuvchilar uchun dolzarb bo‘lib, axborot tizimlarining ishonchliligini ta’minlashga xizmat qiladi.
2025-03-31
5G TEXNOLOGIYASI VA UNING IMKONIYATLARI
5G texnologiyasi mobil aloqa sohasida yangi avlod bo‘lib, yuqori tezlikda internet, past kechikish, va kengaytirilgan ulanish imkoniyatlari yaratadi. Ushbu texnologiya avvalgi 4G ga nisbatan ancha samarali va tezdir, ma’lumot uzatish tezligini soatiga 10 gigabitgacha oshiradi. 5G ning asosiy afzalliklari, jumladan, past kechikish va yuqori samaradorlik, aqlli shaharlar, avtonom transport, sanoat 4.0, masofaviy tibbiyot kabi sohalarda inqilobiy o‘zgarishlarga olib keladi. 5G texnologiyasi nafaqat tezlikni oshirishga, balki ilg‘or xizmatlar va imkoniyatlar yaratishga ham xizmat qiladi, bu esa kelajakdagi rivojlanish uchun katta asos bo‘lib xizmat qiladi.
2025-03-31
SMART TEXNALOGIYALAR VA AQLLI QURILMALAR
Ushbu maqolada smart texnologiyalar va aqlli qurilmalar tushunchasi, ularning rivojlanish bosqichlari, amaliy qo‘llanilishi va jamiyat hayotiga ta’siri tahlil qilinadi. Zamonaviy raqamli texnologiyalarning rivojlanishi natijasida IoT (Internet of Things), sun’iy intellekt, aqlli uy tizimlari, aqlli shahar infratuzilmasi va aqlli sog‘liqni saqlash texnologiyalari kundalik hayotning muhim qismiga aylanmoqda. Ushbu texnologiyalar samaradorlikni oshirish, resurslardan tejamkor foydalanish va inson hayotini yengillashtirish imkoniyatini beradi.
2025-03-31
DASTURIY TA’MINOT LOYIHALARINI BOSHQARISH USULLARI
Ushbu maqolada dasturiy ta’minot loyihalarini boshqarish usullari haqida so‘z boradi. Loyiha boshqaruvi dasturiy mahsulot yaratish jarayonida samaradorlikni oshirish, vaqt va resurslarni optimal taqsimlash, shuningdek, risklarni minimallashtirish uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolada an’anaviy va zamonaviy boshqaruv yondashuvlari, jumladan, Waterfall, Agile, Scrum, Kanban va boshqa metodologiyalar tahlil qilinadi. Har bir usulning afzalliklari va kamchiliklari ko‘rib chiqilib, turli sharoitlarda ularning qo‘llanilish jihatlari yoritiladi. Tadqiqot natijalari dasturiy ta’minot ishlab chiqishda eng samarali yondashuvni tanlashga yordam beradi.
2025-03-31
KIBERJINOYATLAR VA ULARNING OLDINI OLISH YO`LLARI
Kiberjinoyatlar - bu internet va boshqa raqamli texnologiyalar yordamida amalga oshiriladigan jinoyatlar bo‘lib, ular jismoniy va yuridik shaxslarga zarar yetkazish, moliyaviy resurslarni o‘g‘irlash, ma’lumotlarni noqonuniy ravishda olish, shaxsiy ma’lumotlarni o‘g‘irlash va boshqa turdagi zararlarni yetkazishga qaratilgan. Kiberjinoyatlar orasida hakerlik hujumlari, shaxsiy ma'lumotlarni o‘g‘irlash (phishing), moliyaviy firibgarliklar, viruslar va zararli dasturlar (malware) tarqatish, soxta onlayn xizmatlar va kiberbulying kabi ko‘plab jinoyatlar mavjud. Bugungi kunda, internetning keng tarqalishi va raqamli texnologiyalarning rivojlanishi bilan kiberjinoyatlar soni tezda ortib bormoqda. Bular faqat foydalanuvchilarga zarar yetkazish bilan qolmay, balki davlatlar va yirik kompaniyalar uchun ham jiddiy xavf tug‘dirmoqda. Kiberjinoyatlarning oldini olish uchun davlatlar, xususiy sektorda ishlovchi kompaniyalar va individual foydalanuvchilar hamkorlikda bir qator xavfsizlik choralarini ko‘rishi lozim. Kiberjinoyatlarning oldini olish uchun bir qancha samarali yo‘llar mavjud. Bunga kiberxavfsizlikni yaxshilash, ma’lumotlarni shifrlash, antivirus dasturlaridan foydalanish, kompyuter tarmoqlarini himoya qilish, ta’lim va xabardorlikni oshirish va hukumatlararo hamkorlikni mustahkamlash kiradi. Kiberxavfsizlikka oid bilimlarni kengaytirish, xususan, onlayn resurslar va dasturlardan xavfsiz foydalanish, kiberjinoyatlarga qarshi kurashishda asosiy vositalardan biri bo‘lishi mumkin. Bu mavzuni o‘rganish, kiberjinoyatlarning global miqyosdagi tahdidlarini yoritish va ularga qarshi kurashishda eng samarali yo‘llarni aniqlashni maqsad qiladi.
2025-03-31
АЛЬГОЦЕНОЗЫ ПЛАНКТОНА И БЕНТОСА ВЫСОКОМИНЕРАЛИЗОВАННЫХ ВОДОЁМОВ МУЙНАКA
Мақолада Амударё дельтасидаги Муйноқ сув ҳавзасининг гидрокимёвий, гидрофизик кўрсаткичлари ва сув ўтларининг ҳозирги ҳолати ва биохилма-хиллигини ўрганиш, шунингдек, турлар таркиби ва тизимли таҳлили бўйича тадқиқот натижалари келтирилган.
2025-03-31
DOZORLI EPIDEMIOLOGIK NAZORAT TIZIMI ORQALI GRIPP VA O‘TKIR RESPIRATOR VIRUSLI INFEKSIYALAR PROFILAKTIKASINI TAKOMILASHTIRISH
Gripp va o’tkir respirator virusli infeksiyalar dunyo bo’ylab kasallanish va o’limning asosiy sabablaridan biri bo’lib qolmoqda. Bu kasalliklar aholi salomatligiga, shuningdek, iqtisodiyotga sezilarli ta’sir ko’rsatib, katta ijtimoiy va iqtisodiy yo’qotishlarga sabab bo’lmoqda. Globallashuv va aholi sonining koʻpayishi sharoitida havo tomchilari orqali yuqadigan infeksiyalar hududlar va mamlakatlar oʻrtasida tez tarqalmoqda. Bu, ayniqsa, epidemiya yoki pandemiyaga olib kelishi mumkin boʻlgan viruslarning yangi shtammlariga taalluqlidir. Bundan tashqari, kasallanish statistikasi va klinik maʼlumotlar kabi epidemiologik nazoratning anʼanaviy usullari har doim ham kasalliklar tarqalishini tezkor aniqlash va ularga samarali javob berish imkonini bermaydi. Dozorli epidemiologik nazorat yuqumli kasalliklarni barvaqt aniqlash va ularning tarqalishini nazorat qilish uchun zamonaviy metodologiya sifatida epidemiyalarni aniqroq prognozlash, ularning dinamikasini baholash va profilaktika chora-tadbirlarini oʻz vaqtida amalga oshirish uchun muhim vositadir. Bu kasallikning yangi holatlarini tezkorlik bilan aniqlash, virus mutatsiyalarini kuzatish va emlash profilaktikasini tezkor joriy etish imkonini beradi.
2025-03-31
ZAMONAVIY TA’LIMDA KOMILJON OTANIYOZOV IJODI VOSITASIDA MA’NAVIY-MA’RIFIY TARBIYA MASALALARI
Mazkur tezisda Komiljon Otaniyozovning boy ijodiy merosi zamonaviy ta’lim tizimida ma’naviy-ma’rifiy tarbiyani shakllantirishda qanday pedagogik imkoniyatlarga ega ekani tahlil etiladi. Xalq og‘zaki ijodiyoti, milliy qo‘shiqlar va dostonlar orqali yoshlarda Vatanga muhabbat, yuksak axloqiy fazilatlar, tarixiy xotiraga hurmat singari qadriyatlarni shakllantirish masalalari ochib beriladi.
2025-03-31
ВАРИАТИВ ЎҚУВ ДАСТУРЛАРИ - ТАЪЛИМ ЖАРАЁНИ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШ ВОСИТАСИ СИФАТИДА
Ушбу тезисда, вариатив ўқув дастурлари ҳамда уларнинг амалга ошириш жараёнлари кадрлар тайёрлаш тизимига боғланган ҳолда таҳлил қилинади.
2025-03-31
KOMPETENSIYAVIY YONDASHUV ASOSIDA BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH TA’LIM MUTAXASSISLARINI KASBIY FAOLIYATGA TAYYORLASH USULLARI
Ushbu tezisda kompetensiya va kompetentlik tushunchalarining nazariy asoslari, hamda bo‘lajak boshlang‘ich ta’lim pedagoglarini kasbiy faoliyatga tayyorlashda kompetensiyaviy yondashuvning ahamiyati haqida so‘z boradi.
2025-03-31
RELIGIONIMLAR TIZIMIDA MA’NO KENGAYISHI VA TORAYISHI
Ushbu maqolada religionimlar semantikasida o‘zgarishlar umumiylikdan xususiylikka tomon yuz berganda – ma’no torayishi, xususiylikdan umumiylikka tomon yuz berganda esa ma’no kengayishi haqida fikr yuritilgan.
2025-03-31
XALQARO PATENT HIMOYASINING PCT TIZIMI AHAMIYATI
PCT) Patent kooperatsiyasi shartnomasining ahamiyati. Ixtirochilar tomonidan yaratilgan obyektlar yillar o‘tishi bilan muhofaza etilishga extiyoj tug‘ula boshladi. Dast avval milliy miqyosda muhofaza hujjatlari qabul qilish boshlangan. Ixtirolarni xalqaro miqyosda himoyasini taminlash maqsadida 1970-yil 19-iyunda patent kooperatsiyalari kelishuvi (PCT) imzolanadi. Bu orqali intellektual mulk yaratuvchilari nafaqat o‘z yurtlarida balki boshqa bir qancha davlatlarda ham o‘z ijod mahsulini ommaga ayon qilishi mumkun hisoblanadi. Hozirgi kunga kelib (PCT) ga dunyoning 150 dan ortiq mamlakatlari a’zo xisoblanadi, bu degani agar talabnoma topshiruvchi shaxs hohlasa birgina talabnoma orqali barcha a’zo davlatlarda muhofaza talab qila olishi mumkun. (PCT) patent kooperatsiyasi shartnomasining ahamiyatiga keladigan bo‘lsak, o‘z o‘zidan bu shartnoma nima uchun kerak, a’zo davlatlar va ularni ixtirochilari uchun qanday foyasi bor degan savol tug‘ulishi tabiiy hol, bunga javoban esa,
2025-03-31
FEATURES OF THE COURSE OF LATERAL STENOSIS OF THE LUMBAR SEGMENT OF THE POSONEAL CANAL
Numerous works devoted to lumbar spinal stenosis reflect its importance among common chronic diseases.
2025-03-31
MUSTAQIL TA’LIM JARAYONIDA BO‘LAJAK MUHANDISLARNI KASBIY-IJODIY FAOLIYATGA TAYYORLASH MODELI
Mazkur maqolada mustaqil ta’lim jarayonida bo‘lajak muhandislarni kasbiy-ijodiy faoliyatga tayyorlashning nazariy asoslari, mazmuni va amaliy jihatlari yoritilgan. Tadqiqotda muhandislik ta’limida ijodiy va kasbiy kompetensiyalarni shakllantirishda mustaqil o‘qishning roli tahlil qilingan. Bo‘lajak muhandislar uchun mo‘ljallangan kasbiy-ijodiy tayyorgarlik modeli taklif etilib, uning asosiy tarkibiy qismlari, metodik yondashuvlar va samaradorlik ko‘rsatkichlari ochib berilgan. Modelni amaliyotga tatbiq etish orqali talabalar bilim va ko‘nikmalarining oshgani kuzatildi. Maqolada mustaqil ta’lim orqali muhandislik yo‘nalishidagi talabalarda ijodkorlik va kasbiy faollikni rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar keltirilgan.
2025-03-31
MAQOL VA MATALLAR TARJIMASIGA DOIR (O‘ZBEKCHA-RUSCHA LUG‘AT MISOLIDA)
Maqolada o‘zbek xalq maqol va matallarini rus tiliga tarjima qilish usullari borasida so‘z yuritilgan. Maqol va matallar har bir xalqning boy merosi bo‘lib, ba’zi maqol va matallarda milliy mentalitet yaqqol namoyon bo‘lishi, ularni tarjima qilishda duch kelinadigan muammolar xususida fikr bildirilgan, maqollar va matallar tarjimasida so‘zma-so‘z, mazmunini saqlab qolgan holda yoki aynan o‘xshash ekvavalentiga almashtirish, kerak o‘rinlarda izoh berish kabi usullarga e’tibor qaratilgan. Tarjimada milliy koloritni saqlash eng muhim vazifalardan biri bo‘lib, maqol-matallar tarjimasida ham bu jihatlar inobatga olinishi zarur.
2025-03-31
