Мы рады сообщить вам, что Центр поддержки исследований «Innovative  Academy» организовал Республиканская конференция «Молодые ученые». Это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований.

Опубликован: 2025-05-06

DÁSLEPKI TERGEWDE ZAMANAGÓY XABAR-KOMMUNIKACIYA TEXNOLOGIYALARIN QOLLAWDIŃ SOCIALLIQ-HUQIQIY ÁHMIYETI

Bul maqalada dáslepki tergew basqıshında xabar kommunikaciya texnologiyalarınıń ornı, jınayatlardı tergewde sanlastırıwdıń áhmiyeti,  zárúrligi hám de házirgi kúndegi bul mashqalalarǵa baylanıslı ózgerisler hám de jańalıqlar keltirilip ótilgen.

Allamuratov Jámshid Rashid ulı

4-6

2025-05-05

ALGEBRANI O‘QITISHDA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARNING ROLI

Ushbu maqolada algebrani o‘qitishda zamonaviy texnologiyalarning roli va ularning ta’lim jarayoniga qo‘shgan hissasi o‘rganiladi. Raqamli vositalar, interaktiv dasturni qo‘llash, onlayn ta’lim platformalari va mobil ilovalar orqali algebra fanini o‘rgatish samaradorligi tahlil qilinadi. Maqolada texnologiyalarning o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasiga, faolligiga va mustaqil o‘rganish qobiliyatiga ta’siri haqida fikrlar keltirilgan. Shuningdek, algebrani o‘qitishda o‘qituvchilarning rolini va ularning texnologik ko‘nikmalarini rivojlantirishzarurati ham ko‘rsatiladi.

Dinora Sobirova

7-10

2025-05-05

OʻZBEKISTONNING JANUBIY VILOYATLARDA JISMONIY MADANIYAT VA SPORTNING RIVOJLANISHI (QASHQADARYO MISOLIDA) 1991-2024 YILLARDA

Ushbu maqolada Oʻzbekistonning janubiy viloyatlarida, xususan Qashqadaryo viloyatida jismoniy madaniyat va sportning rivojlanishi tahlil etiladi. 1991 yildan 2024 yilgacha bo'lgan davrda sportning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy jihatlari ko‘rib chiqiladi. Maqola, shuningdek, sport infratuzilmasi, yoshlar o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportga qiziqishning oshishi kabi masalalarni ham o‘z ichiga oladi. Qashqadaryo viloyatining sport sohasidagi yutuqlari va muammolari hamda ularni hal etish yo‘llari tahlil qilinadi.

Behzod Dilmurodov

11-12

2025-05-05

ҲАФИЗУДДИН КЕРДЕРИЙ ҲӘМ ОНЫҢ ИЛИМИЙ МИЙРАСЛАРЫ

«Бул кисиниң толық аты «Ҳафизуддин Муҳаммад ибн Муҳаммад ибн Шиҳаб ибн Юсуф ибн Умар ибн Аҳмад» әл Баратқиний әл-Кердерий әл Баззазий. Илимлер таснийфи, фиқҳ ҳәм усулул-фиққ бойынша өз заманында теңи жоқ алым» [1, Б 354].

Идрисов Абдураҳман

13-15

2025-05-05

EKOLOGIYA, SELEKSIYA VA URUG’CHILIK, SABZAVOTCHILIK, O’SIMLIKSHUNOSLIK

Ekologiya va seleksiya tabiiy resurslar barqarorligini o‘rganadi.Urug‘chilik sifatli urug‘ yetishtirishni maqsad qiladi. Sabzavotchilik sabzavot ekinlarini o‘stirish texnologiyasini ko‘rsatadi. O‘simlikshunoslik o‘simliklarning biologik xususiyatlarini o‘rganadi.

M.S.Olimjonova

16-17

2025-05-05

ФРАНЦИЯ ТАШҚИ СИЁСАТИДА МАДАНИЙ ДИПЛОМАТИЯНИНГ АҲАМИЯТИ

Европа тамаддунининг ноёб қисми ҳисобланган Франция маданияти давлат ташқи сиёсати ва унинг хорижий давлатлар билан алоқаларида муҳим ўрин тутади ва  унинг асосий таркибий қисмларидан бири ҳисобланади.

Шавкат Шукруллоевич Тошев

18-20

2025-05-05

YOSHLAR SIYOSIY MADANIYATINI YUKSALTIRISHNING MUHIM JIHATLARI

Ushbu mazkur tezisda yoshlar siyosiy madaniyatini oshirishning ahamiyati va uni shakllantirish omillari tahlil qilinadi. Shuningdek, yoshlar orasida siyosiy befarqlikning sabablarini aniqlash va ularni bartaraf etish yo‘llari bo‘yicha takliflar ilgari suriladi. Olib borilgan tahlillar asosida xulosa va amaliy tavsiyalar berilgan.

Anvarov Abdulrashid

21-24

2025-05-06

TILNING PRAGMATIK JIHATI VA UNING SO‘Z MA’NOSIGA TA’SIRI

Ushbu maqola tilning pragmatik jihatlarini va uning so‘z ma’nolariga ta’sirini o‘zbek, ingliz, rus va fransuz tillari misolida keng ko‘lamda tahlil qiladi. So‘zlarning kontekstual ishlatilishi, nutqiy vaziyatlar, madaniy omillar, pragmatik strategiyalar va sotsiolingvistik omillar tahlil qilinib, ularning semantik o‘zgarishlarga ta’siri chuqur o‘rganiladi. Tadqiqotda Sh.Safarov va M.Xakimovning pragmatika, frazeologiya va nutqiy aktlarga oid izlanishlari asosida o‘zbek tilidagi pragmatik xususiyatlar keng yoritiladi. Pragmatikaning frazeologik iboralar, metaforalar, idiomatlar, nutqiy aktlar va sotsial kontekstga ta’siri ochib beriladi hamda uning madaniyatlararo muloqot, til o‘qitish va tarjima jarayonlaridagi muhim roli ta’kidlanadi. Natijalar tilshunoslik, madaniyatshunoslik, sotsiolingvistika, tarjima tadqiqotlari va pedagogika uchun muhim ahamiyatga ega.

Abduraxmonov Shermuxammad Alijon o‘g‘li

25-27

2025-05-06

KIBERJINOYATCHILIKKA QARSHI KURASHNING HUQUQIY, KRIMINALISTIK VA KRIMINOLOGIK ASOSLARI

Kiberjinoyatchilik zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi bilan bog‘liq holda jadal sur’atlar bilan ortib bormoqda. Ushbu maqolada kiberjinoyatlarning eng xavfli jinoyat turlaridan biri sifatida namoyon bo‘lishi, ularning oldini olish, aniqlash va tergov qilishdagi asosiy muammolar, shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatini takomillashtirish zarurati yoritilgan. Muallif kiberjinoyatchilikka qarshi kurashda kriminologik, kriminalistik va jinoyat-huquqiy yondashuvlar hamda xalqaro hamkorlikning dolzarbligini asoslab beradi. Maqolada shuningdek, kompyuter xavfsizligi, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, va raqamli savodxonlik darajasini oshirish bo‘yicha takliflar ham ilgari suriladi.

Shokirov Bobur Tohirjon o’g’li

28-30

2025-05-06

EXPRESSION OF THE CONCEPT OF MAN AND NATURE IN THE PLOT OF ERKIN SAMANDAR'S WORKS. (ROMAN "BANK THAT LOST ITS RIVER")

The article notes that the concept of man and nature forms the basis of Erkin Samandar's works, and that one way of depicting the reality of the plot in the novel "The Bank That Lost Its River" is to compare the world of man and nature through two objects. Also, the characters of Buva, Kurban Salaev, for protecting the environment and living creatures, are subjected to tragic conditions by nature's enemies, and as a result, the relationship between nature and humans is broken, which is analyzed based on plot events with perfect construction.

Kishin Khajibaev

31-35

2025-05-07

THE HISTORY OF UZBEKISTAN: A LAND AT THE CROSSROADS OF CIVILIZATIONS

Uzbekistan, situated in the heart of Central Asia, has long been a cradle of civilizations, cultures, and scientific advancement. For millennia, it has served as a bridge between East and West, a vibrant hub along the ancient Silk Road that connected China to Europe. The territory of modern-day Uzbekistan has been home to powerful empires, influential scholars, and architectural wonders that still awe the world today.

Gulshoda Islomova

36-37

2025-05-07

RAQAMLI MEDIA DISKURSINI O‘RGANISHDA LINGVISTIK METODOLOGIYALAR: NAZARIY VA AMALIY YONDASHUVLAR

Ushbu maqolada zamonaviy kommunikatsiya vositalarining rivojlanishi natijasida shakllangan raqamli media diskursini lingvistik nuqtai nazardan tahlil qilishga qaratilgan metodologiyalar tahlil qilingan. Tadqiqotning dolzarbligi shundaki, raqamli platformalarda yuzaga kelayotgan yangi til shakllari, multimodal vositalar va interaktiv nutqiy strategiyalar mavjud lingvistik metodlarni qayta ko‘rib chiqishni talab qilmoqda. Muallif diskurs tahlili, medialingvistika, sotsiopragmatika va multimodal tahlil kabi metodologik yondashuvlarni nazariy va amaliy jihatlarini o’rganadi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, ushbu metodlarning integratsiyasi raqamli media matnlarini chuqur va kontekstual anglashda samarali bo‘lishi aniqlangan. Maqola raqamli tilshunoslik bilan shug‘ullanuvchi tadqiqotchilar va olimlar uchun amaliy metodik asos sifatida xizmat qiladi. Muallif tomonidan taklif etilgan metodlar kombinatsiyasi hozirgi va kelajakdagi raqamli media tadqiqotlari uchun nazariy va amaliy yo‘nalishlarni belgilaydi.

Ashurmatova Nasibaxon Abdumannovna, Abdumajidov Abdubosit Abdurahim o’g’li

38-42

2025-05-07

A LINGUASTRUCTURAL STUDY OF PROVERBS IN ENGLISH AND UZBEK LANGUAGES

Proverbs are concise, traditional sayings that reflect the wisdom and values of a culture. This article presents a linguastructural study of proverbs in English and Uzbek, analyzing their syntactic and structural patterns. By examining the grammatical construction, phrase structure, and morphosyntactic elements of proverbs, this study aims to uncover the commonalities and differences in how each language encodes meaning through structure. The analysis reveals that both languages favor compact, rhythmic expressions but differ significantly in morphological complexity and syntactic formation. The study concludes that proverbs are not only linguistic artifacts but also cultural mirrors, with structure playing a crucial role in shaping their interpretative potential.

Yulduzkhon Akhmadjonova , Ismigul Kimyonazarova

43-46

2025-05-07

GIPERTONIYA KASALLIGI VA UNI OLDINI OLISH

Ushbu maqolada gipertoniya kasalligi, uning kelib chiqish sabablari, belgilari va oqibatlari haqida ma’lumot berilgan.

Baxriddinov Akmaljon

47-50

2025-05-10

O‘SMIR YOSHLI O‘QUVCHILARDA XULQ OG‘ISHINI PSIXOKORREKTSIYA QILISH TEXNOLOGIYALARI

Maqolada O‘smir yoshli o‘quvchilarda xulq og‘ishini psixokorrektsiya qilish texnologiyalariga bag‘ishlangan bo‘lib, O‘smirlarda   xulq-atvor ko‘rsatkichlarini tahlil qilish o‘smir shaxsi ijtimoiy psixologik taraqqiyotini ta’minlashning psixologik asoslari yoritilgan.

Kamolova Shirinoy Usarovna , Sunnatova Nigina

51-55

2025-05-10

O‘SMIR SHAXSIDA KOMPYUTER O‘YINLARI VA TELEFONGA TOBELIKNI BARTARAF QILISHNING IMKONIYATLARI

Maqolada O‘smir shaxsida kompyuter o‘yinlari va telefonga tobelikni bartaraf qilishning imkoniyatlarini o ‘rganishga bag‘ishlangan bo‘lib, Tobelik ya’ni addiktiv xulq - bu shaxs xulqining biror narsaga hirs qo’yishdan iborat zararli jihatlari yoritilgan.

Kamolova Shirinoy Usarovna , Saydullayeva Muhayyo

56-59

2025-05-10

КОРРУПЦИЯГА ҚАРШИ КУРАШИШ ИШЛАРИНИНГ САМАРАДОРЛИГИНИ РЕЙТИНГ БАҲОЛАШ ТИЗИМИ ЖОРИЙ ЭТИЛДИ

Мамлакатимизда давлат органлари ва ташкилотлари, шу жумладан маҳаллий ижро этувчи ҳокимият органларида коррупцияга қарши курашиш, уни келтириб чиқараётган сабаб ва шарт-шароитларни аниқлаш ва бартараф этиш борасида тизимли чоралар кўрилмоқда.

И.Қурбанов, А.Арипов, А.Хаитбоев

60-62

2025-05-10

O‘ZBEK VA RUS ADABIYOTIDA XAT MOTIVINING QIYOSIY TAHLILI

Mazkur maqolada o‘zbek va rus adabiyotidagi xat motivi badiiy-funksional vosita sifatida tahlil qilinadi. Xat obrazlar o‘rtasidagi munosabatni rivojlantirish, konfliktni yuzaga chiqarish, syujet burilishini yaratish vositasi sifatida ikki adabiyotda qanday qo‘llanilishi qiyosiy jihatdan o‘rganiladi.

Boltayeva Iroda

63-65

2025-05-10

TATUDA SUN’IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARI: IMKONIYATLAR VA ISTIQBOLLAR

Ushbu maqolada sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarining Toshkent Axborot Texnologiyalari Universitetida (TATU) joriy etilishi, ularning imkoniyatlari va kelajakdagi rivojlanish istiqbollari yoritib berilgan. Mualliflar SI vositalari yordamida ta’lim jarayonini takomillashtirish, ilmiy-tadqiqot ishlarini optimallashtirish hamda universitet infratuzilmasida raqamli transformatsiyani jadallashtirish yo‘llarini tahlil qiladilar. Maqolada shuningdek, TATUda qo‘llanilayotgan asosiy SI texnologiyalari, ularning afzalliklari va duch kelinayotgan muammolar haqida batafsil ma’lumot beriladi. Tadqiqot natijalari asosida TATUda sun’iy intellektni kengroq qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqiladi.

Saidrasulov Sherzod Norboy o‘g‘li, San’atbek Shamurotov Rustambek oʻgʻli

66-68

2025-05-10

SARF ILMI VA UNI O‘RGANISH MASALASI

Ushbu maqolada Arab tili grammatikasining muhim bo‘g‘inlaridan  bo‘lgan Nahv va Sarf  bo‘limlarini bir biridan, vazifalariga ko‘ra tushunarli tarzda ajratib olasiz. Sarfning asosiy tushunchalari, so‘zlarning vazinlarga muofiq o‘zgarishi va ularning ma’no kasb etishdagi o‘rni haqida fikr yuritilgan. Sarfning Nahvdan farqli jihatlar ochilib berilib, ularning bir shakli bilan, ikkinchi shaklining o‘zaro bog‘liqligi qayd etiladi. Maqolada sarf ilmi tushintirib o‘tilib, arab tilidagi matinlarni to‘g’ri tushunish va ularni tarjima qilishdagi muhim ahamiyati ko‘rsatilgan va yana shuni aytib o‘tish kerakki arab tili grammatikasida birgina harakat bilan ma’no butunlay  o‘zgarib ketishi mumkin. Shunday ekan qoidalar tushunarli tilda bayon qilingan bo‘lib, ushbu maqola o‘quvchilar uchun qulay va samaralidir.

Usmonova Robiya Ravshanbek qizi, Yuldashev B.K.

69-73

2025-05-10

A COMPARATIVE STUDY OF THOMAS HARDY AND ABDULLA QODIRIY

This article presents a comparative analysis of two powerful realist novels—Tess of the d’Urbervilles by Thomas Hardy and O‘tkan kunlar by Abdulla Qodiriy. Through their portrayal of tragic heroines, both works highlight how women face injustice, pressure, and sacrifice in traditional societies. Although the novels are rooted in different cultural and historical contexts, they share a common message: the struggle for dignity and independence in a world dominated by strict moral norms and patriarchal values. This study explores the themes, stylistic techniques, and cultural reflections that make these novels timeless and socially significant.

Dilafruz Ibragimova, Abrorjon Abdurahimov

74-78

2025-05-12

TARIX DARSLARIDA ARXEOLOGIYA FANIDAN FOYDALANISH AFVZALIKLARI

Ushbu tezis, tarix darslarida arxeologiya fanining o‘quvchilarga ta’lim berish jarayonida qo‘shayotgan innovatsion hissasini, arxeologik metodlar va raqamli texnologiyalarning interaktiv dars shakllanishi va o‘quvchilarning milliy o‘zlik, tanqidiy fikrlash va ilmiy izlanish ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi rolini keng qamrovli tarzda ifodalaydi.

Jumaboyev Sardor

79-80

2025-05-12

NEGOTIATING CULTURE IN TERMINOLOGY TRANSLATION: IDEOLOGY, METAPHOR, AND ADAPTATION

This article critically examines the inherent cultural and ideological dimensions involved in terminology translation, particularly addressing metaphorical, politically sensitive, and culture-specific terms. Through comprehensive analysis and illustrative case studies across educational, political, and social contexts, it highlights adaptive translation strategies that balance conceptual precision and cultural appropriateness. The theoretical framework draws upon translation theory (Venuti, 1995; Newmark, 1988), terminology science (Sager, 1990; Cabré, 1999), and cultural studies (Lakoff & Johnson, 1980) to outline strategies suited to post-colonial and post-Soviet settings. Ethical implications and the translator's role as a cultural mediator are emphasized, providing practical recommendations and identifying future research directions in the fields of terminology, translation studies, and intercultural communication.

Iroda Ortiqova

83-85

2025-05-12

AFFEKT (KUCHLI RUHIY HAYAJONLANISH) HOLATIDA QASDDAN ODAM OʻLDIRISHNI KVALIFIKATSIYA QILISHDA INOBATGA OLINADIGAN QOIDALAR

Mazkur maqolada affekt (kuchli ruhiy hayajonlanish) holatida qasddan odam oʻldirishni kvalifikatsiya qilishda inobatga olinadigan qoidalarga doir masalalar bayon etilgan.

Axmedova Zilola Xamidovna

86-91

2025-05-12

ТУРКИСТОНДА ҚОЗИХОНАЛАР ФАОЛИЯТИ (XIX АСРНИНГ ОХИРИ - XX АСР БОШЛАРИ)

ХIХ асрнинг иккинчи яримида Россия империяси томонидан босиб олинган Ўрта Осиё ҳудудларида яшовчи халқларнинг сиёсий, иқтисодий, ижтимоий ва маданий ҳаётида кескин ўзгаришлар юз берди. Бу даврда подшо Россиясининг импералистик сиёсати ўлка ҳудудини босиб олиш, уни ўз мустамлакасига айлантириш билан бирга маҳаллий аҳолининг маданияти ва маънавиятига ҳам катта зарар етказди.

Юсупов Кобил Хакимбойевич

92-95

2025-05-12

IJTIMOIY TARMOQALARNING INSON ONGIGA TA’SIRI

Ushbu maqolada ijtimoiy tarmoqlarning inson ongiga ko‘rsatadigan ta’siri tahlil qilingan. Bugungi kunda axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi bilan bir qatorda, ijtimoiy tarmoqlarning yoshlar, ayniqsa o‘smirlar ongiga ta’siri dolzarb masalaga aylanmoqda. Maqolada ijobiy va salbiy ta’sir jihatlari, psixologik va ijtimoiy oqibatlar hamda bu muammoning oldini olish choralari haqida fikr yuritiladi.

Egamova Samira , Shonazarova Fotima , Mirzayeva Marjona

96-99

2025-05-12

O‘ZBEKISTONDA INKLYUZIV TA’LIMNI TASHKIL ETISHNING STRATEGIK YO‘NALISHLARI VA ISTIQBOLLARI

Mazkur ilmiy maqolada O‘zbekistonda inklyuziv ta’lim tizimining shakllanishi va rivojlanish bosqichlari, xususan, "Harakatlar strategiyasi", "2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi" hamda "O‘zbekiston – 2030" strategiyasi doirasida belgilangan ustuvor vazifalar tahlil qilingan. Tadqiqot inklyuziv ta’limni amalga oshirishning huquqiy-me’yoriy asoslari, erishilgan yutuqlar, mavjud muammolar va ularning yechimiga qaratilgan takliflarni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, inklyuziv ta’limning milliy ta’lim tizimidagi o‘rni va uning ijtimoiy ahamiyati baholangan.

Xudaybergenova Periyzat Ko’shkinbay qizi

100-103

2025-05-12

QIRQQULOQLAR BO'LIMIGA XOS BO‘LGAN SISTEMATIK BELGILARI BILAN TANISHISH

Qirqquloqlar (Pteridophyta) – o‘simliklar olamida o‘rta evolyutsion pog‘onani egallagan, urug‘siz ko‘payuvchi, sporalar orqali tarqaluvchi yuqori organizmli o‘simliklardir. Ular o‘zlarining tuzilishi, ko‘payish usullari, hayot tsikli va morfologik xususiyatlari bilan boshqa o‘simliklardan ajralib turadi. Ushbu maqolada qirqquloqlar bo‘limiga xos bo‘lgan sistematik belgilar haqida batafsil to‘xtalib o‘tiladi.

Turayeva Sabrina Kamoliddin qizi

104-108

2025-05-12

ITUZUMDOSHLAR OILASIGA XOS SISTEMATIK BELGILAR

Ituzumdoshlar oilasi (Solanaceae) — gulchambarsimonlar (Solanales) tartibiga mansub yirik oila bo‘lib, tarkibiga 90 ga yaqin turkum va 3000 dan ortiq tur kiradi. Bu oila o‘z ichiga oziq-ovqat, dorivor va bezak o‘simliklarini qamrab olgan holda, biologik va iqtisodiy jihatdan muhim o‘rin tutadi. Ushbu maqolada ituzumdoshlar oilasining sistematik, morfologik, anatomik va ekologik belgilariga batafsil to‘xtalib o‘tiladi.

Turayeva Sabrina Kamoliddin qizi

109-113

2025-05-12

ОЦЕНКА РИСКА РАЗВИТИЯ ОСЛОЖНЕНИЙ ЦИРРОЗА ПЕЧЕНИ РАЗЛИЧНОЙ ЭТИОЛОГИИ ПРИ ИСПОЛЬЗОВАНИИ УЛЬТРАЗВУКОВОЙ ЭЛАСТОГРАФИИ ПЕЧЕНИ

Цирроз печени является одной из ведущих причин смертности в мире, сопровождаясь высокой инвалидизацией и ухудшением качества жизни пациентов. Важнейшей проблемой при циррозе печени различных этиологий является предсказание и своевременная диагностика осложнений, таких как портальная гипертензия, печеночная недостаточность, асцит, кровотечения из варикозно расширенных вен и другие. Это требует применения высокоточных, неинвазивных методов диагностики, способных обеспечить точную оценку состояния печени и степени её фиброза.

Юсупалиева Г.А., Махкамова Н.Х., Кутумов Х.Ю.

114-115

2025-05-12

ZAMONAVIY O‘QITISH SHAKLLARI VA USLUBLARI

Bugungi kunda ta’lim tizimida raqamli texnologiyalar jadal rivojlanmoqda va informatika fanini zamonaviy usullar asosida o‘qitish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu maqolada informatika fanini o‘qitishda qo‘llanilayotgan zamonaviy shakllar va uslublar tahlil qilinadi. An’anaviy yondashuvlardan farqli ravishda, interfaol metodlar, STEAM yondashuvi, loyiha asosida o‘qitish, gamifikatsiya va sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish ta’lim jarayonining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.Maqolada informatika fanini amaliyotga yo‘naltirish, talabalarning mustaqil fikrlashi va kreativ yondashuvlarini rivojlantirish masalalari yoritiladi. Shuningdek, zamonaviy dasturlash muhitlari, masofaviy ta’lim platformalari va virtual laboratoriyalar o‘quv jarayoniga qanday ta’sir ko‘rsatayotgani misollar bilan tahlil qilinadi.Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, interfaol va texnologik yondashuvlar yordamida informatika fanini o‘qitish o‘quvchilarning bilim olish jarayonini tezlashtiradi.

Yorqulova Shirinoy Aziz qizi, Nurullayeva Malika Baxtiyor qizi, Yaxiyaxonova Muxiba Maxmudjonovna

116-121

2025-05-12

O‘QITISHNING DASTURIY TA’MINOTIGA OID MATERIALLAR BILAN TANISHISH

Ushbu maqolada o‘qitish jarayonida foydalaniladigan dasturiy ta’minot va ularning ta’lim tizimidagi o‘rni tahlil qilinadi. Zamonaviy ta’limda raqamli texnologiyalar va maxsus dasturiy ta’minotlardan foydalanish samaradorlikni oshirish, interfaollikni kuchaytirish va o‘quvchilarning mustaqil ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi. Moodle, Google Classroom, Kahoot, Quizizz kabi platformalar dars jarayonini yanada qulay va qiziqarli qilishga yordam beradi. Maqolada dasturiy ta’minot turlari, ularning afzalliklari va qo‘llash usullari yoritilgan. Shuningdek, o‘qituvchilar duch keladigan muammolar va ularni hal etish yo‘llari ham muhokama qilingan. Ta’lim jarayonida dasturiy ta’minotdan samarali foydalanish uchun o‘qituvchilarni malaka oshirish kurslariga jalb qilish, texnik infratuzilmani yaxshilash va o‘quv jarayoniga innovatsion metodlarni joriy etish bo‘yicha takliflar ilgari surilgan. Mazkur maqola pedagoglar, ta’lim muassasalari rahbarlari va ta’lim texnologiyalari bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar uchun foydali manba bo‘lib xizmat qiladi.

Xoliqova Zebiniso Panji qizi, Nurullayeva Malika Baxtiyor qizi, Yaxiyaxonova Muxiba Maxmudjonovna

122-128

2025-05-12

O‘RGANISH DASTURLASH TILLARI BO‘LIMINI O‘QITISH VA O‘RGANISH METODIKASI

Mazkur maqolada “Dasturlash tillari bo‘limini o‘qitish va o‘rganish metodikasi” mavzusida zamonaviy ta’lim metodlari va ularning dasturlashni o‘rgatishda qo‘llanilishi tahlil qilinadi. Dasturlashning murakkab va dinamik xususiyatlari o‘quvchilarda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishni talab qiladi, shuning uchun an’anaviy o‘qitish metodlaridan tashqari interfaol ta’lim yondashuvlari ham zarur. Maqolada flip learning, gamifikatsiya, pair programming, va loyihalar asosida o‘qitish kabi metodlar orqali dasturlashni o‘rgatishning samaradorligi ko‘rib chiqilgan. Bu metodlar o‘quvchilarga mustaqil o‘rganish, kodni amaliyotda qo‘llash va jamoaviy ish orqali bilimlarni chuqurlashtirish imkonini yaratadi. Shuningdek, maqolada o‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishini oshirish va o‘rganishni samarali qilish uchun o‘qituvchilarga interaktiv mashqlar, onlayn platformalar va vizualizatsiya metodlaridan foydalanish tavsiya etiladi. Ushbu maqola dasturlashni o‘rganish va o‘qitish jarayonini takomillashtirishga qaratilgan yangi yondashuvlarni o‘z ichiga oladi.

Ediyev Sherdor Oybek o‘g‘li, Nurullayeva Malika Baxtiyor qizi, Yaxiyaxonova Muxiba Maxmudjonovna

129-134

2025-05-12

INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANIDAN VEBINAR DARSLARNI TASHKIL ETISH METODIKASI

Maqola “Informatika va axborot texnologiyalari fanidan vebinar darslarni tashkil etish metodikasi” mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lib, informatika va axborot texnologiyalari fanidan samarali onlayn ta’lim jarayonlarini tashkil etishning usullari va metodlarini ko‘rib chiqamiz hamda, vebinarlar orqali o‘quvchilarga ilmiy ma’lumotlarni yetkazish, interaktiv aloqalar o‘rnatish, va ta’lim jarayonini sifatli tashkil etishning innovatsion yondashuvlari tahlil qilinadi. Darslarning samarali o‘tkazilishi uchun zarur bo‘lgan texnik vositalar, platformalar va o‘qituvchining metodik yondoshuvlarining ahamiyati muhokama qilib virtual o‘quv jarayonida ishtirokchilarning motivatsiyasini oshirish va ularni faol ishtirok etishga undash masalalari ham yoritiladi.

Qo‘ziyeva Dilnura Olim qizi, Nurullayeva Malika Baxtiyor qizi, Yaxiyaxonova Muxiba Maxmudjonovna

135-140

2025-05-12

WEB-DIZAYN ASOSLARI BO‘LIMINI O‘QITISH METODIKASI

Ushbu maqolada "Web-dizayn asoslari" bo‘limini o‘qitish metodikasi yoritiladi. Zamonaviy ta’lim jarayonida web-dizayn bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi, chunki bu soha axborot texnologiyalarining rivojlanishi bilan bog‘liq holda keng qo‘llanilmoqda. Maqolada web-dizayn asoslarini samarali o‘rgatish uchun innovatsion pedagogik texnologiyalar, interfaol usullar va zamonaviy dasturiy vositalardan foydalanish tavsiya etiladi. Web-dizaynni o‘qitishda vizual yondashuv, amaliy mashg‘ulotlar va loyiha asosida o‘qitish metodlari muhim ahamiyatga ega ekani ta’kidlanadi. Shuningdek, talabalarni mustaqil ijodiy ishlarga jalb qilish, ularning tanqidiy va mantiqiy fikrlashini rivojlantirish usullari ham ko‘rib chiqiladi. Maqolada ta’lim jarayonida HTML, CSS va JavaScript kabi asosiy texnologiyalarni o‘rgatish bosqichlari yoritilib, web-dizayn bo‘yicha mashg‘ulotlarni tashkil etishning optimal usullari tavsiflanadi. Xulosa qismida esa samarali o‘qitish uslublari va ularning o‘quvchilarning web-dizayn bo‘yicha bilim va ko‘nikmalariga ta’siri haqida fikrlar keltirilgan.

Chorshanbiyev Jamshid Abdixomid o‘g‘li, Nurullayeva Malika Baxtiyor qizi, Yaxiyaxonova Muxiba Maxmudjonovna

141-145

2025-05-12

RAQAMLI TA’LIM TIZIMIDA “MAʼLUMOTLAR BAZASI” BO‘LIMINI INTERFAOL TA’LIM METODLARI YORDAMIDA O‘QITISH METODIKASI TAKOMILLASHTIRISH

Ushbu maqolada raqamli ta’lim tizimida “Ma’lumotlar bazasi” bo‘limini interfaol ta’lim metodlari yordamida o‘qitish metodikasini takomillashtirish masalasi yoritiladi. Zamonaviy ta’lim jarayonida interfaol metodlarning o‘rni va ularning o‘quvchilarning bilim olish jarayoniga ta’siri tahlil qilinadi. Tadqiqotda muammoli ta’lim (PBL), loyiha metodi (PjBL), gamifikatsiya, elektron testlar va interaktiv platformalar kabi interfaol usullarni qo‘llashning samaradorligi o‘rganilgan. Shuningdek, an’anaviy dars shakllari bilan interfaol metodlar qo‘llangan darslarning natijalari taqqoslanib, o‘quvchilarning faolligi, tushunish darajasi va bilimlarni mustahkamlashdagi farqlar ko‘rsatib berilgan. Muhokama natijalari shuni ko‘rsatadiki, interfaol metodlar qo‘llangan darslarda o‘quvchilarning motivatsiyasi oshadi, mustaqil fikrlash va jamoada ishlash ko‘nikmalari rivojlanadi hamda o‘rganilgan mavzularni amaliyotga tatbiq qilish imkoniyati kengayadi. Interfaol metodlarni raqamli ta’lim jarayoniga joriy etish orqali informatika fanining “Ma’lumotlar bazasi” bo‘limini yanada samarali o‘qitish va ta’lim sifatini oshirish mumkin.

Avazberdiyeva Surayyo Lutfillo qizi, Nurullayeva Malika Baxtiyor qizi, Yaxiyaxonova Muxiba Maxmudjonovna

146-150

2025-05-12

DASTURLASH TILLARIDA “LOYIHALASH” BO‘LIMINI INTERFAOL TA'LIM METODLARI YORDAMIDA O‘QITISHNI VIZUALLASHTISH

Ushbu maqolada dasturlash tillarida "Loyihalash" bo‘limini interfaol ta’lim metodlari yordamida vizuallashtirish o‘quvchilarning muhimligi tahlil qilinadi. An’anaviy ta’lim usullari ko‘pincha nazariyaga asoslangan bo‘lib, o‘quvchilarning amaliy tushunchalarini shakllantirishda yetarlicha samarali bo‘lmasligi mumkin. Shu sababli, interfaol ta’lim metodlarini qo‘llash orqali mavzuni chuqurroq tushunishiga va amaliy ko‘nikmalarini oshirishga erishish mumkin.Maqolada vizuallashtirishning turli usullariblok-sxemalar, algoritmlarni grafik tasvirlash, simulyatsiyalar, o‘yinlar, jamoaviy loyihalar va interaktiv platformalar haqida so‘z yuritiladi. Ushbu usullar o‘quvchilarga kod yozish jarayonini grafik ko‘rinishda tushunish, tizimli yondashuvni shakllantirish hamda dasturiy ta’minot yaratish jarayonida amaliyotga yaqinlashish imkonini beradi.Shuningdek, maqolada zamonaviy texnologiyalar, masalan, Python Tutor, Visualgo, Scratch, Blockly, hamda VR va AR kabi innovatsion yondashuvlar ta’lim jarayoniga qanday integratsiya qilinishi mumkinligi haqida tavsiyalar beriladi.Natijada, interfaol ta’lim metodlarini qo‘llash o‘quvchilarning qiziqishini oshirish, mustaqil o‘rganish ko‘nikmalarini shakllantirish va dasturlash bo‘yicha amaliy tajriba orttirish imkoniyatini yaratadi.

Ashurova Kumushbibi Sattor qizi, Nurullayeva Malika Baxtiyor qizi, Yaxiyaxonova Muxiba Maxmudjonovna

151-156

2025-05-12

O‘ZBEK MILLIY MUSIQA SAN’ATI VOSITASIDA BO‘LAJAK MUSIQA O‘QITUVCHILARINING MILLIY MADANIYATGA NISBATAN MUNOSABATLARINI RIVOJLANTIRISH

Bugungi kunda O‘zbekistonda musiqa sanʼati va madaniyatini yanada rivojlantirishda uchun yangi imkoniyatlar yaratildi. Musiqa madaniyatining turli yO‘nalishlari bO‘yicha yosh isteʼdodlarni izlab topish, ularning ijodiy faoliyatini yuksaltirish yuzasidan gʼamxO‘rlik qilish muhim ahamiyatga molik vazifalardan biriga aylandi. “...Xalqimizning maʼnaviy saviyasini oshirish, yosh avlodni yuksak insoniy gʼoyalar, ona Vatanga mehr va sadoqat ruhida tarbiyalash, milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida kamol toptirishda musiqa sanʼatining O‘rni va ahamiyati beqiyosdir” . Zero, O‘tmishdagi musiqiy ijrochilik anʼanalarini tiklash, zamonaviy sharoitlarda saqlab qolish, O‘zbek milliy musiqiy asarlari va sozlarini xorijiy mamlakatlarda namoyish etish, musiqa taʼlimida yangi anʼanalarni tarkib toptirish, xalq maʼnaviy merosini asrab-avaylash va kelgusi avlodlarga yetkazish, jamiyat hayotida musiqa madaniyatining tutgan O‘rnini tahlil etish dolzarb vazifa hisoblanadi.

Dostqobilova Munavvar Qochqorovna

157-160

2025-05-13

UMUMIY DEHQONCHILIK, MELIORATSIYA VA SUG’ORMA DEHQONCHILIK, AGROKIMYO, AGROTEXNIKA VA TEXNOLOGIYALAR

Umumiy dehqonchilik, melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik samaradorligini oshirishga qaratilgan tadqiqotlar. Agrokimyo va agrotexnika asosida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish masalalari ko‘rib chiqiladi. Sug‘orish tizimlari va yerlarni rekultivatsiya qilish tahlil qilinadi.

M.S.Olimjonova, Mirzabekova Feruza

81-82

2025-05-12