Мы рады сообщить вам, что Центр поддержки исследований «Innovative Academy» организовал Республиканская конференция «Молодые ученые». Это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований.
Опубликован: 2025-06-13
Статьи
INGLIZ TILIDAGI IDIOMALAR VA ULARNING TILNI BOYITISHDAGI MUHIM O‘RNI
Ushbu maqola ingliz tilidagi idiomalar haqida bo‘lib, ularning tilni boyitish, shuningdek, nutqni yanada ifodali qilishdagi muhim jihatlariga e’tibor qaratilgan. Koʻpincha idiomalar muayyan tilning madaniyati,tarixi yoki xalq og‘zaki ijodi orqali namoyon boʻladi. Maqolada idiomalarning kelib chiqishi, kundalik muloqotdagi roli va tilni rivojlantirishdagi o‘rni batafsil tahlil qilinadi
2025-06-12
FARG‘ONA VODIYSINING SOVET SANOAT TIZIMIDAGI O‘RNI (1933–1940 yillar)
Ushbu maqolada O‘zbekiston SSRda, xususan Farg‘ona vodiysida 1933–1940-yillar oralig‘ida olib borilgan sanoatlashuv siyosati, uning asosiy yo‘nalishlari, erishilgan natijalar va mavjud muammolar yoritiladi. Ikkinchi besh yillik rejasi doirasida respublika paxtachilikka ixtisoslashtirildi, sanoat tarmoqlari, jumladan energetika, to‘qimachilik, oziq-ovqat va mashinasozlik sohalarining rivojlanishi ko‘zda tutilgan edi. Elektr energiyasining markazlashgan tizim orqali taqsimlanishi sanoat ishlab chiqarishini qo‘llab-quvvatladi. Maqolada, shuningdek, besh yillik rejalarning propagandaviy jihatlari va real hayotdagi amaliy samara darajasi tahlil qilinadi.
2025-06-12
ЭКОНОМИЧЕСКАЯ ДИПЛОМАТИЯ В ИННОВАЦИЯХ И МЕЖДУНАРОДНОЙ ИНТЕГРАЦИИ
Данный тезис посвящен роли экономической дипломатии в контексте международной интеграции и инновационного развития. Автор рассматривает теоретические основы экономической дипломатии, её эволюцию и современное значение для формирования внешнеэкономической политики. Особое внимание уделяется опыту Узбекистана в продвижении экономических интересов через дипломатические каналы. Тезис подчёркивает важность интеграции в глобальную экономику, привлечения иностранных инвестиций, передачи технологий и развития международного сотрудничества.
2025-06-12
NAJMIDDIN KUBRO ASARLARIDA MEHNAT TARBIYASINING AHAMIYATI VA O‘RNI
Ushbu maqolada buyuk tasavvuf namoyandasi Najmiddin Kubro asarlarida mehnat tarbiyasining o‘rni va uning tarbiyaviy ahamiyati tahlil etiladi, Najmiddin Kubro ta’limotida mehnat tarbiyasi g‘oyalari, ularning zamonaviy ahamiyati va tarbiyaviy jihatlari yoritiladi. Shuningdek, mehnatga bo‘lgan munosabatning axloqiy, ma’naviy va ruhiy yetuklikni shakllantirishdagi roli yoritiladi.
2025-06-13
GENTRA AVTOMOBILLARI UCHUN SHASSI QISMLARINING TEXNIK TALABLARINI ISHLAB CHIQISH
Mazkur maqolada Gentra avtomobilining shassi qismlariga qo‘yiladigan texnik talablarni ishlab chiqish bo‘yicha kompleks yondashuv bayon etilgan. Mualliflar tomonidan shassi tizimining asosiy tarkibiy qismlari o‘rganilib, ularning mexanik yuklamalarga, ekspluatatsion sharoitlarga va ishlab chiqarish texnologiyalariga bog‘liq holda texnik talablar shakllantirilgan. Talablar materiallar tanlovi, mexanik mustahkamlik, chidamlilik, xavfsizlik va servisga yaroqlilik mezonlariga asoslanadi.
2025-06-13
RESPUBLIKAMIZDA QURILISH TARMOG‘IDA OLIB BORILAYOTGAN ISLOHOTLAR VA UNING IQTISODIY RIVOJLANISHDAGI O‘RNI
Zamonaviy iqtisodiy rivojlanish sharoitida korxonalarni samarali boshqarish har qanday sohaning raqobatbardoshligi va barqaror rivojlanishini ta’minlashda muhim omil hisoblanadi. Ayniqsa, qurilish sohasi yuqori kapital talab qiladigan va uzoq muddatli loyihalar asosida ishlaydigan tarmoq bo‘lib, bunda boshqaruvning ilg‘or usullari va yondashuvlarini joriy etish iqtisodiy samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi. Ushbu maqolada korxonalarni boshqarishdagi asosiy usullar va zamonaviy yondashuvlar tahlil qilinadi hamda ularning qurilish korxonalarida qo‘llanishining ijobiy jihatlari yoritiladi.
2025-06-13
DAVLAT XUSUSIY SEKTOR FUQAROLIK JAMIYATI HAMKORLIGI ASOSIDA MOLIYALASHTIRISH MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISH
Zamonaviy iqtisodiy rivojlanish sharoitida davlat, xususiy sektor va fuqarolik jamiyatining o‘zaro hamkorligiga asoslangan moliyalashtirish modeli ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, ijtimoiy sohalarda xizmatlarning sifatini oshirish va moliyaviy barqarorlikni ta’minlashda uch tomonlama hamkorlik zaruriyatga aylanmoqda. O‘zbekiston bu borada izchil islohotlar olib borayotgan davlat sifatida mazkur tizimni joriy qilishni kun tartibiga qo‘ygan.
2025-06-13
MASOFAVIY TA’LIM TUSHUNCHASI VA UNING TA’LIM TIZIMIDAGI AHAMIYATI
Ushbu maqolada masofali o‘qitishning nazariy va didaktik asoslari, masofaviy ta’lim modellari, masofaviy ta’lim tushunchasining ta'lim tizimidagi ahamiyati haqida fikr yuritiladi.
2025-06-13
ZAMONAVIY PEDAGOGIK RIVOJLANISH VA UNING TADQIQOT ASPEKTLARI SIFATIDA ELEKTRON PORTFOLIODAN FOYDALANISH
Ushbu maqolada zamonaviy pedagogik rivojlanish jarayonida elektron portfoliolarning o‘rni, ularning o‘quvchilarning sifatli bilim olishlarida ijodiy ishlarini electron portfoliolarida yoritish uchun ishlatishlarida va o‘qituvchilar malakasini oshirishdagi ahamiyati hamda ilmiy tadqiqotlarda qo‘llanilishiga oid asosiy nazariy va amaliy jihatlar ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, soha olimlarining fikrlari asosida elektron portfoliolar orqali reflektiv o‘rganish, metakognitiv ko‘nikmalarni shakllantirish va sifat monitoringini olib borish imkoniyatlari yoritiladi.
2025-06-13
THE IMPORTANCE AND METHODS OF DEVELOPING CRITICAL THINKING SKILLS IN ESP STUDENTS WITH LIMITED ENGLISH PROFICIENCY IN THE OIL AND GAS SECTOR
The oil and gas industry demands professionals with sharp analytical abilities, effective communication, and sound decision-making skills. English for Specific Purposes (ESP) learners with limited English proficiency, however, often face challenges in developing the critical thinking (CT) skills necessary for success in such a complex and high-risk environment. Traditional ESP instruction emphasizes grammar and vocabulary acquisition, with insufficient focus on higher-order thinking skills. This paper highlights the significance of fostering CT in ESP students and outlines effective pedagogical strategies to achieve this, including Task-Based Learning, Flipped Classroom methodology, Collaborative Learning, and Reflective Journaling. These approaches are supported by educational frameworks such as Bloom’s Taxonomy and Communicative Language Teaching (CLT). The paper also addresses the challenges involved in implementing CT instruction and offers practical recommendations for educators. Ultimately, strengthening CT among ESP students equips them to operate more effectively and safely in the oil and gas sector.
2025-06-13
O‘ZBEK SHEVALARIGA OID SO‘ZLARNING MAZMUNIY GURUHLARI BO‘YICHA TASNIFIGA DOIR
Til mehnat jarayonida yaratilgani tufayli uning bosh manbayi va asosiy ildizlari, binobarin – asosiy boyliklari ham mehnatkash xalq tilida bo‘ladi. Ulug‘ bobomiz Alisher Navoiy 1499-yilda yaratgan «Muhokamat ul-lug‘atayn» asarida turkiy tillarning, jumladan, o‘z ona tilining fazilatlari va afzalliklarini isbotlashda butunicha xalq tiliga tayangan, yozma adabiyotga mehnatkash xalq tilidan kirgan jonli so‘zlarni maxsus ta’kidlab ko‘rsatgan edi: «Sipqarmoq, qizg‘anmoq, termulmoq, bezanmoq, o‘kurmak, qing‘aymoq, bo‘xsamoq» [1, 245] kabi. Chunonchi, xalq tili hisoblangan shevalar har bir milliy tilning asosini tashkil etadi va u milliy-ma’naviy qadriyatimiz hisoblanadi.
2025-06-13
THE CONCEPT AND SIGNIFICANCE OF PRINCIPLES OF LABOUR LAW
Principles of labour law stand for expression of state policy in the field of labour, aimed at ensuring balance of interests between employees and employers, protecting labour rights of citizens and creating favorable working conditions. According to Smirnov, principles of labour law are fundamental guiding ideas expressing the essence of labour law norms and main directions of state policy in the field of legal regulation of social relations related to the functioning of the labour market and organization of hired labour
2025-06-13
BASLAWÍSH KLASS OQÍWSHÍLARǴA MATEMATIKANÍ ÚYRETIWDE XABAR TEXNOLOGIYALARÍNÍŃ ORNÍ
tezisde baslawısh klass oqıwshıların matematika pánine bolǵan qızıǵıwshılıǵın asırıw, baslawısh klass oqıwshılarınıń intellektual iskerligin kúsheytiw.
2025-06-14
HAMIDULLA BOLTABOYEV ILMIY FAOLIYATIDA ABDURAUF FITRAT HAYOTI VA IJODI
Ushbu maqolada o‘zbek adabiyotshunosligi rivojida muhim o‘rin tutgan olimlardan biri – Hamidulla Boltaboyevning Abdurauf Fitrat hayoti va ijodini o‘rganishga qo‘shgan hissasi tahlil etiladi. Fitratning adabiy merosi, ilmiy-estetik qarashlari, jadidchilik harakatidagi o‘rni Boltaboyev ilmiy merosi asosida yoritiladi.
2025-06-14
ИСЛОМ ФАЛСАФАСИДА ФАЛСАФА ВА ДИН УЙҒУНЛИГИ МАСАЛАСИ
Жаҳонда диний таълимотларни нотўғри талқин этиш, айниқса ислом дини асосларини рационал тафаккур қилмаслик натижасида динийлик ва дунёвийлик, фалсафа ва динни ажратиш ҳолати ўрта асрларда ҳам, бугунги кунда ҳам кузатилмоқда. Шундай вазиятда ислом дини таълимотларини фалсафий талқин этиш, илоҳиёт мавзусини рационал йўл орқали тушунтириш мазкур масалаларни илмий асосда тушунишга ёрдам беради. Ўз даврида Абу Наср Фаробий “Дин ва фалсафа – ҳақиқатга олиб борувчи икки йўл” иборасидан келиб чиққан ҳолда диний ҳақиқатларни фалсафий қонунлар орқали тушунтириш кишиларда дин борасида мўътадиллик ёндашувини шакллантирган. Абу Али ибн Синонинг илоҳиёт мавзусидаги гносеологик тамойиллари, динни рационал тушунтириши мавжуд муаммога ечим топишда муҳим аҳамият касб этган. Шундан келиб чиқиб диний ҳақиқатларни мантиқий талқин қилиш, илоҳиёт мавзусини ёритишда рационал тамойиллардан фойдаланиш дин ва фалсафа масалаларни тўғри англашга ёрдам беради.
2025-06-14
ARXITEKTURAVIY MAKONLARNING O‘ZARO TIPOLOGIK BOG‘LIQLIGI
Ushbu maqolada Qadimgi Xorazm hududidagi karvon yo‘llari va ular bilan uzviy bog‘liq arxitekturaviy obidalar — jumladan, karvonsaroylar, rabotlar, qal’alar va manzilgohlar o‘rtasidagi makonlashuv va tipologik bog‘liqliklar ilmiy tahlil qilingan. Asar doirasida mazkur obidalarning hududiy joylashuv xususiyatlari, funksiyalari, me’moriy yechimlari hamda turli tarixiy davrlar ta’sirida yuz bergan arxitekturaviy o‘zgarishlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorliklar ko‘rsatib berilgan. Arxeologik tadqiqotlar, yozma tarixiy manbalar va joylarda o‘tkazilgan ekspeditsiyalar natijalariga tayangan holda Quyi Amudaryo mintaqasidagi arxitekturaviy merosning tipologik tahlili amalga oshirilgan va ushbu infratuzilmaning Ipak yo‘li doirasidagi geomadaniy ahamiyati yoritib berilgan.
2025-06-14
NOGIRON INSONLAR UCHUN MAXSUS MOSLASHTIRILGAN ZAMONAVIY AVTOMOBILLAR VA ULARNING QULAYLIKLARI
Ushbu maqola nogiron insonlar uchun maxsus moslashtirilgan zamonaviy avtomobillar va ularning qulayliklari haqida fikr yuritadi. Unda nogironlar uchun transport vositalarining dolzarbligi, mavjud muammolar va innovatsion yechimlar yoritilgan. Moslashtirilgan avtomobillar nogironlar hayotidagi mustaqillikni oshirish, jamoat transportidagi cheklovlarni yengib o‘tish va hayot sifatini yaxshilash uchun asosiy vosita sifatida tasvirlangan.
2025-06-16
SPECIFIC FEATURES OF TRANSLATION IN FICTION
This article discusses in detail the difficulties and problems that arise in literary translation. The study focuses on the translation of lacunae and realities that pose difficulties for the translator and require strong knowledge.
2025-06-16
KASBIY KOMPETENSIYA TUSHUNCHASINING XALQARO VA MILLIY TALQINI
Mazkur maqolada kasbiy kompetensiya tushunchasining mazmun-mohiyati, uning xalqaro va milliy talqinlari o‘rganiladi.
2025-06-16
OQSILLARNI AJRATIB OLISH USULLARI
Ushbu maqolada oqsillarni biologik manbalardan ajratib olish usullari, ularning zamonaviy texnologiyalar bilan uyg‘unlashuvi, farmatsevtika va biotexnologiyadagi amaliy ahamiyati, ilg‘or tadqiqotlar asosida tahlil qilinadi. Statistik ma’lumotlar, shaxsiy tahlil, kelajak istiqbollari va ilmiy manbalarga tayangan holda kompleks tahlil beriladi.
2025-06-16
ДЕТЕРМИНАНТЫ И МАКРОЭКОНОМИЧЕСКИЕ ПОСЛЕДСТВИЯ СУЩЕСТВОВАНИЯ ФИРМ-ЗОМБИ: РОЛЬ РЕЖИМОВ НЕСОСТОЯТЕЛЬНОСТИ
В статье рассматривается рост зомби-фирм, компаний, которые не могут получать достаточную прибыль, чтобы покрыть свои долги,. Он показывает, что рост - это не временная проблема, а результат долгосрочных экономических тенденций, таких как снижение процентных ставок и слабая банковская система. Зомби-фирмы негативно влияют на экономику, сокращая инвестиции и создавая барьеры для здоровых компаний. В исследовании подчеркивается важность эффективных режимов банкротства для восстановления экономики и предотвращения долгосрочных негативных последствий со стороны зомби-фирм.
2025-06-16
DIRIJORLIK TAʼLIMIDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING O‘RNI
Ushbu maqolada dirijorlik fanini o‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning ahamiyati, ularni dars jarayoniga integratsiya qilish usullari, interaktiv metodlar va axborot-kommunikatsion texnologiyalarning taʼsir doirasi tahlil qilinadi. Talabalarda ijodiylikni shakllantirish, musiqiy tafakkurni rivojlantirish va dirijorlik kompetensiyalarini kuchaytirish borasida ilg‘or texnologiyalarning samarali jihatlari ochib beriladi.
2025-06-16
O‘ZBEKISTONDA FORTEPIANO IJROCHILIGINING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI
musiqiy ta’lim o‘quv jarayonining bir qismidir va yangi pedagogik muammolarni hal qilish faol ravishda kiritilgan. Ta’limning yangi maqsadlariga yo‘naltirish nafaqat o‘rganilayotgan fanlarning mazmunini o‘zgartirishni, balki o‘quv jarayonini tashkil etish usullari va shakllarini, dars davomida talabalar faoliyatini faollashtirishni, o‘rganilayotgan mavzularni Real hayotga yaqinlashtirishni va yuzaga keladigan muammolarni hal qilish yo‘llarini izlashni talab qiladi.
2025-06-16
THE PREOPERATIONAL PSYCHOLOGICAL CHARACTERISTICS OF PRESCHOOL CHILDREN
The preschool age, typically defined as the period between 3 to 5 years, is a crucial developmental stage characterized by rapid growth in various psychological domains. Understanding the psychological characteristics of preschool-aged children is essential for educators, parents, and psychologists as it provides insights into their cognitive, emotional, social, and physical development. Moreover explores the key psychological characteristics of preschool-aged children, highlighting their cognitive development, psychological characteristics, social interactions, and the impact of environmental factors on their growth.
2025-06-16
EFFECTIVE STRATEGIES FOR TEACHING ENGLISH IN MULTILINGUAL CLASSROOMS
This article examines successful approaches for teaching English in classrooms that are multicultural and multilingual, focusing on the distinct challenges and opportunities that arise from such varied learning environments. It underscores the necessity of cultural awareness and inclusive teaching methods, investigating how educators can utilize students' different linguistic backgrounds to improve learning results. The research emphasizes practical strategies, including differentiated instruction, collaborative learning, and the use of culturally relevant resources, to create a dynamic and supportive classroom environment. Furthermore, it explores how technology can aid in language learning and enhance cross-cultural comprehension. The article wraps up by presenting suggestions for professional development and policy measures aimed at assisting teachers operating in multicultural and multilingual contexts.
2025-06-16
ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR: AN’ANAVIY VA INNOVATSION YONDASHUVLAR TAQQOSLANISHI
Zamonaviy pedagogik texnologiyalar ta’lim tizimining yuksalishida muhim omillardan biridir. Ular o‘quvchilarning faolligi, mustaqilligi va ijtimoiy-hayotiy ko‘nikmalarini rivojlantirishda beqiyos imkoniyatlar yaratadi. Ushbu maqolada zamonaviy va an’anaviy pedagogik yondashuvlarning o‘ziga xos xususiyatlari, ularning ta’lim jarayoniga ta’siri va qiyosiy afzalliklari yoritilgan. An’anaviy ta’limda o‘qituvchi asosiy shaxs sifatida ishtirok etsa, innovatsion texnologiyalar o‘quvchining markaziy rolini ta’minlaydi. Pedagogik jarayonda AKT vositalari, interaktiv metodlar, muammoli va loyihaviy yondashuvlar orqali dars samaradorligini oshirish mumkin. Maqolada shuningdek, yangi texnologiyalarni amaliyotga joriy qilishda uchraydigan muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari ham ko‘rib chiqilgan. Tadqiqotlar natijasida olingan xulosalar shuni ko‘rsatadiki, zamonaviy metodlar nafaqat bilim, balki ijtimoiy kompetensiyalarni ham rivojlantirishga xizmat qiladi.
2025-06-16
SUN’IY INTELLEKT ASOSIDA KIBERXAVFSIZLIKNI TA’MINLASH: YANGI YONDASHUVLAR VA TEXNOLOGIYALAR
Ushbu maqolada sun’iy intellekt (SI) asosida kiberxavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan yangi yondashuvlar va texnologiyalar tahlil qilinadi. Hozirgi kunda kiberxavfsizlik sohasida SI texnologiyalaridan foydalanish tahdidlarni oldindan aniqlash, real vaqt rejimida hujumlarni bartaraf etish va xavfsizlikni doimiy ravishda optimallashtirish imkonini bermoqda. Maqolada SI yordamida tahdidlarni tahlil qilish, avtomatlashtirilgan himoya tizimlari, anomaliyalarni aniqlash, mashinaviy o‘rganish va chuqur o‘rganish modellaridan foydalanish usullari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, mavjud muammolar va istiqbolli yo‘nalishlar ham tahlil qilinadi.
2025-06-16
BIOLOGIYA FANIDAN 3D MODELLAR VA ANIMATSIYALARNING DARS JARAYONIDAGI SAMARASI
Mazkur tezisda biologiya darslarida 3D modellar va animatsiyalardan foydalanishning o‘quv jarayoniga ta’siri yoritilgan. Vizual texnologiyalar orqali o‘quvchilarda mavzuni yaxshiroq anglash, qiziqish uyg‘otish va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish imkoniyati tahlil qilingan. Shuningdek, interaktiv texnologiyalarni qo‘llash orqali fan mazmunini chuqur o‘zlashtirishga erishish mumkinligi asoslab berilgan.
2025-06-16
“O‘TLOQI BO‘Z TUPROQLARDA G‘O‘ZA VA SOYA INTERCROPPING TIZIMINING HOSILDORLIKKA TA’SIRI”
Ushubu maqolada Toshkent viloyatining o‘tloqi bo‘z tuproqlari sharoitida g‘o‘za va soya ekinlarini hamkorlikda yetishtirish bo‘yicha olib borilgan dala tajribalari natijalari bayon etilgan. Tadqiqot davomida bir mavsumda bir maydonda ikki turdagi ekin – g‘o‘za va don-dukkakli soya – birgalikda yetishtirildi va ularning o‘sishi, fenologik rivojlanishi, hosildorligi, tuproqning agrofizik va suv-fizik xossalariga ta’siri o‘rganildi. Tajriba natijalariga ko‘ra, g‘o‘za va soya ekinlarini birgalikda yetishtirish orqali 1 gektar maydondan 20,9 s/ga paxta va 18,2 s/ga soya doni olishga erishildi. Bu usul yer resurslaridan samarali foydalanish, hosildorlikni oshirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda katta ahamiyatga ega ekani ko‘rsatildi. Shuningdek, xorijiy (ayniqsa Xitoy) tajribasi bilan solishtirma tahlillar keltirilib, hamkor ekish texnologiyalarining afzalliklari asoslab berildi.
2025-06-16
TIJORAT BANKLARINI BARQARORLIGINI TA’MINLASH USULLARI
Mazkur maqolada tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini ta'minlash masalalari ko'rib chiqiladi. Bank tizimining iqtisodiyotdagi o'rni, barqarorlikka ta'sir etuvchi omillar va uni mustahkamlash usullari tahlil qilinadi.
2025-06-16
MA’NAVIY BARKAMOLLIK SOG’LOM TURMUSH TARZINI TA’MINLASHNING ASOSIY FAKTORI SIFATIDA
Ushbu maqolada ma’naviy barkamollik tushunсhaning sog‘lom turmush tarziga ta’siri ko‘rib chiqildi va uning o‘ziga xos jihatlari tahlil qilindi.
2025-06-16
THE IMPORTANCE OF LEARNING ENGLISH IN THE 21ST CENTURY
This topic discusses the importance of learning English in the 21st century. In today's globalized world, English has become an international language used in education, science, business, technology, and communication. Knowing English opens many doors for students and professionals, such as studying abroad, finding better jobs, and connecting with people from different countries.
2025-06-16
КОРАҚАЛПОГИСТОН ХУДУДИ ПАСТ ТЕКИСЛИКЛАРИДАГИ ЎСИМЛИКЛАРНИНГ ХОЗИРГИ КУНДАГИ БИОЛОГИК ХОЛАТИНИ ОРГАНИШ
Ҳозирда мамлакатимизда ўсимлик дунёси объектларини муҳофаза қилиш, улардан барқарор фойдаланиш ҳамда биологик хилма-хиллигини сақлаб қолиш борасида тизимли тадбирлар амалга оширилмоқда. Бу борада, республикамиз ҳудуди ботаник-географик районлаштирилди, маъмурий ҳудудлар флорасининг кадастр маълумотлари ишлаб чиқилди, тўр тизимли хариталаш асосидаги флористик тадқиқотлар йўлга қўйилди. Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар стратегиясида «атроф-муҳит ва генофондга таъсир этаётган муаммоларни бартараф этиш» вазифаси белгилаб берилган. Ушбу вазифадан келиб чиққан ҳолда, жумладан, Султон Увайс тоғини флорасинининг замонавий рўйхатини шакллантириш, муҳофаза муҳтож бўлган турларни аниқлаш ҳамда тарқалишини акс эттирувчи хариталарни яратиш илмий–амалий аҳамиятга эга.
2025-06-16
AHOLI SALOMATLIGINI TIKLASHDA SKANDINAVIYACHA YURISH USLUBINI JORIY ETISHNING ILMIY ASOSLARI
Ushbu maqolada XXI asrda jismoniy faollik darajasining kamayishi natijasida yuzaga kelayotgan sog‘liq muammolari, xususan yurak-qon tomir kasalliklari, semizlik, qandli diabet va boshqa surunkali kasalliklarning profilaktikasi va davosida skandinaviyacha yurish (Nordic Walking) uslubining ahamiyati yoritilgan. Skandinaviyacha yurish — sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, jismoniy faollikni oshirish va keng ommani sog‘lomlashtirishda samarali, xavfsiz va iqtisodiy jihatdan qulay vosita sifatida e’tirof etilmoqda. Maqolada ushbu uslubning fiziologik, ijtimoiy va amaliy afzalliklari, shuningdek, uni sog‘liqni tiklash va jismoniy tarbiya tizimiga integratsiyalashning ilmiy asoslari tahlil qilinadi.
2025-06-16
BOSHLANG`ICH SINF O`QUVCHILARINI MASALALAR YECHISHGA O`RGATISH METODIKASI
Matematika darslarida masalalar yechishning dolzarbligi,masalalar o'quvchilarning aqliy qobiliyatini o'stirishining dolzarbligi.
2025-06-16
USING THE DATA ANALYSIS KNN ALGORITHM TO MONITOR THE HEALTH OF AGRICULTURAL LANDOWNERS
This scientific article bstract This article investigates the application of the k-Nearest Neighbors (KNN) algorithm, a machine learning technique, for monitoring the health of agricultural landowners in Uzbekistan’s Fergana region. By leveraging data from wearable health devices, environmental sensors, and demographic surveys, the study evaluates KNN’s effectiveness in identifying health risks, including stress, fatigue, and pesticide exposure-related illnesses. Through a mixed-method approach, combining a literature review, statistical analysis, and a case study on cotton farmers, the research identifies key challenges such as data privacy concerns, limited access to wearable technologies, and insufficient technical training. Strategic recommendations include developing secure data platforms, optimizing KNN for resource-constrained environments, and implementing farmer training programs.
2025-06-16
INKLYUZIV TA’LIMNING NAZARIY ASOSLARI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI
Ushbu maqolada inklyuziv ta’lim tushunchasining nazariy asoslari va tarixiy shakllanish bosqichlari tahlil qilinadi. Inklyuziv ta’limning pedagogik, psixologik va ijtimoiy asoslari o‘rganilib, xalqaro tajribalar asosida uning rivojlanish jarayoni bayon etiladi. Shuningdek, O‘zbekistonda inklyuziv ta’limning joriy holati, mavjud muammolar va istiqbollari yoritilgan. Muallif inklyuziv ta’limni ta’lim tizimida ijobiy o‘zgarishlarni amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida baholaydi.
2025-06-16
INKLYUZIV TA’LIMDA OTA-ONALAR BILAN HAMKORLIK SAMARADORLIGI
Mazkur maqolada inklyuziv ta’lim tizimida ota-onalar bilan samarali hamkorlikning o‘rni va ahamiyati tahlil etiladi. Ota-onalar bilan aloqalarning pedagogik va psixologik jihatlari yoritilib, ta’lim jarayonidagi o‘zaro muloqot, ishonch va qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari asosida ta’lim sifatini oshirish yo‘llari ko‘rib chiqiladi. Muallif O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan inklyuziv ta’lim islohotlari doirasida ota-onalarning faolligi va ular bilan ishlash metodikasi bo‘yicha takliflar beradi. Shuningdek, xorijiy davlatlar tajribasi tahlil qilinadi va inklyuziv muhitda oila–maktab hamkorligining ijtimoiy-ma’naviy jihatlari ko‘rsatib o‘tiladi.
2025-06-16
AUTIZM FARZANDI BOR ONALARGA PSIXOLOGIK YORDAM KO‘RSATISH
Ushbu maqolada autizm spektr buzilishiga ega bolalarning onalariga ko‘rsatiladigan psixologik yordam shakllari, metodlari va ularning samaradorligi tahlil qilinadi. Autizm farzandi bor ayollarda uchraydigan emotsional tushkunlik, stress, xavotir holatlari va psixologik siqilish holatlari ularni ruhiy salomatligi va farzandiga bo‘lgan munosabatiga qanday ta’sir ko‘rsatishi o‘rganiladi. Maqolada onalarga yo‘naltirilgan psixologik qo‘llab-quvvatlash dasturlarining afzalliklari va amaliy tavsiyalar beriladi.
2025-06-16
QANDLI DIABET VA ENDOKRIN KASALLIKLAR FONIDA OG‘IZ BO‘ShLIG‘I KASALLIKLARINING KLINIK JIHATDAN AHAMIYATI VA PROFILAKTIKASI
Endokrin tizim kasalliklari, ayniqsa, 1- va 2-turdagi saharli diabet va gipotireoz, og‘iz bo‘shlig‘ida bir qator patologiyalarni keltirib chiqaradi. Bu holatlar stomatologik amaliyotda doimiy ravishda uchrab turadi va mutaxassislardan integral yondashuvni talab qiladi.
2025-06-16
