We are pleased to inform you that the Research Support Center "Innovative Academy RSC" has organized the Republican Conference "Young Scientists". This is a national online conference with open access, where review abstracts related to various fields are published. The main goal is to offer an intellectual platform for national scientists, and it aims to promote interdisciplinary research.

Published: 2025-08-05

O’SMIRINING AXLOQIY SHAKLLANISHIGA OILA MUHITNING TA’SIRI

Ushbu maqolada oiladagi muhit o'smirlik davrdagi farzandning axloqiy shakllanishigia ko;rsatadigan ta'siri yoritilgan. Oiladagi muloqot, mehr-oqibat, ota-onaning roli axloqiy qarashlari, xulq-atvori va o'zini anglash jarayonlariga bevosita ta'sir qilishi tahlil qilingan.

Sarvinoz Turg’unova

4-8

2025-08-05

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA XAVOTIRNI KAMAYTIRISHDA IJOBIY MULOQOT STRATEGIYALARINING O‘RNI

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilari o‘rtasida xavotirni kamaytirishning samarali yo‘llaridan biri sifatida ijobiy muloqot strategiyalarining ahamiyati yoritilgan. Tadqiqot jarayonida empatik eshitish, deskriptiv maqtov, nizosiz muloqot (NVC), “growth mindset”ga asoslangan fikr-mulohaza va sinf muhitini qo‘llab-quvvatlash kabi strategiyalarni tizimli qo‘llash orqali o‘quvchilarda xavotir darajasining pasayishi kuzatildi. Tadqiqot xorijiy manbalarda sinovdan o‘tgan dasturlar (FRIENDS for Life, TAPES, growth mindset intervensiyalari) va mahalliy pedagogik tajribalar tahliliga asoslandi. Natijalar boshlang‘ich ta’limda o‘qituvchilarning ijobiy muloqot strategiyalaridan foydalanishi xavotirni kamaytirish va sinf muhitini yaxshilashga samarali ta’sir ko‘rsatishini ko‘rsatadi.

Gulsara Xoshimova

9-13

2025-08-05

ХАРАКТЕР, ЧАСТОТА И СПЕЦИФИКА ОСЛОЖНЕНИЙ ПОСЛЕ МИНИ-ГАСТРОШУНТИРОВАНИЯ ПРИ ОЖИРЕНИИ НА ФОНЕ САХАРНОГО ДИАБЕТА 2 ТИПА

При детальном рассмотрении вопроса эффективности хирургических вмешательств, классически определяющими считаются частота связанных с операцией осложнений, продолжительности временной нетрудоспособности, показатели летальности [3;4]. Постгастрорезекционная болезнь по данным литературы развиваются у 20-45% пациентов после удаления 2/3-3/4 органа, проведения ваготомии и антрумэктомии. У 3,4-35% пациентов, прооперированных по методу Бильрот II, развивается демпинг-синдром, у 3-29% - болезнь приводящей петли, у 5-10% - гипогликемическое расстройство. У 8-15% больных в течение 20-25 лет возникает рак желудочной культи [1;2;5]. Поэтому поиск путей решения проблемы ожирения на фоне СД-2 типа оправдан, ибо оно направлено на улучшение результатов хирургического лечения ожирения на фоне СД-2 типа, что и явилось предметом настоящего исследования.

А.А. Сотиболдиев

14-16

2025-08-05

ZAMONAVIY MAUGLI SINDROMINING KLINIK DIAGNOSTIKASI VA PSIXOKORREKSIYA IMKONIYATLARI YOSHLAR PSIXOLOGIYASIDA

Ushbu maqola zamonaviy yoshlar orasida kuzatilayotgan “Maugli sindromi”ning psixologik-psixiatrik tabiatini klinik nuqtayi nazardan tahlil qilishga bag‘ishlangan. Internetga haddan tashqari qaramlik, ijtimoiy izolyatsiya va oilaviy-emotsional beqarorlik natijasida shakllanayotgan mazkur sindrom, shaxsning identiteti, ijtimoiy rol va axloqiy qadriyatlarni qabul qilishida jiddiy buzilishlarga olib kelmoqda. Maqolada ushbu sindromning klinik simptomatikasi, diagnostika mezonlari, psixodinamik va nevropsixologik yondashuvlar asosida tavsifi beriladi. Shuningdek, yoshlar psixologiyasida bu holatga nisbatan qo‘llanilayotgan zamonaviy psixokorrektsion metodlar – kognitiv-xulqiy terapiya, art-terapiya va interaktiv guruh mashg‘ulotlari samaradorligi tajriba asosida baholanadi. Muallif, yoshlar ongida ijtimoiy moslashuv va axloqiy qadriyatlarni qayta shakllantirish orqali Maugli sindromini yumshatish, shaxsiy identitetni mustahkamlash va psixologik reabilitatsiya yo‘llarini asoslashga harakat qiladi. Mazkur tadqiqot psixologiya va ta’lim sohasi mutaxassislari, ijtimoiy ishchilar hamda ota-onalar uchun amaliy va nazariy ahamiyatga ega.

Rasulbek Polvanov

17-22

2025-08-05

PIKIR BILDIRIW HÁM GÁPLERDIŃ AKTUAL HÁM GRAMMATIKALIQ BÓLINIWINIŃ ÓZ ARA TÁSIRI HAQQINDA

Maqalada kóp komponentli baylanısqan qospa gáplerdiń túrkiy tiller sintaksisindegi ornı hám úyreniliw dárejesi tallanǵan. Avtor túrkiy tillerde túrli atamalar menen atalatuǵının, olardıń dúzilisi jaǵınan hár qıylı bolıwın, komponentler arasındaǵı mánilik hám grammatikalıq baylanıslardı, dánekerlewshi ózgesheliklerin tallap, olardıń ulıwmalıq hám ayırmashılıq táreplerin kórsetedi. Hár bir tildegi izertlewlerden mısallar keltirilgen halda, túrkiy tiller arasındaǵı lingvistikalıq uqsaslıqlar hám ayırmashılıqlar ashıp berilgen.

Zayfun Mangitbaeva

23-25

2025-08-05

ПРОКУРАТУРА ОРГАНЛАРИ ВА БОШҚА ИДОРАЛАРНИНГ ҚОНУН ИЖОДКОРЛИГИ ФАОЛИЯТИНИНГ ҚИЁСИЙ ТАҲЛИЛИ

Ушбу мақолада прокуратура органларининг қонун ижодкорлиги фаолиятининг ўзига хос хусусиятлари ва ушбу фаолиятнинг республикамиздаги бошқа давлат органларининг қонун ижодкорлиги соҳасидаги ваколатлари ва вазифалари таҳлил қилиб чиқилган.

Илёсжон Кадиров

26-31

2025-08-06

ЖИНОЯТ ИШЛАРИ БЎЙИЧА ЭКСТРАДИЦИЯНИНГ НАЗАРИЙ ТАҲЛИЛИ

Мақолада жиноят ишлари бўйича экстрадициянинг назарий асослари ва ривожланиш тенденциялари комплекс тарзда ўрганилган. Натижалар шуни англатишига кўрсатадики, экстрадиция институти халқаро жиноят ҳуқуқининг мураккаб ва динамик соҳаси бўлиб, у давлатларнинг ички қонунчилиги ва халқаро мажбуриятлар ўртасидаги мувозанатни талаб қилади. Тадқиқот жиноят ишлари бўйича экстрадициянинг назарий концептуал асосларини такомиллаштириш зарурлигини кўрсатади.

Умид Мамадалиев

32-36

2025-08-06

ОЦЕНКА РЕЗУЛЬТАТОВ МОДИФИЦИРОВАННОГО СПОСОБА МИНИ-ГАСТРОШУНТИРОВАНИЯ ПРИ ОЖИРЕНИИ НА ФОНЕ САХАРНОГО ДИАБЕТА 2 ТИПА

Существует более 40 различных видов бариатрических операций, условно разделяемых на 3 группы [Дедов И.И., 2018], что говорит об отсутствии единого подхода к решению данной патологии, что диктует необходимость дальнейшего анализа [Баландов С.Г., 2020]. Желудочное гастрошунтирование (ГШ) имеет рестриктивно-мальабсорбтивный механизм действия, выполняется либо в виде гастрошунтирования по Ру, либо в виде мини-гастрошунтирования и позволяет добиться снижения 60-70% индекса массы тела (ИМТ), которую многим специалистам считать «золотым стандартом» бариатрической хирургии [Дедов И.И., 2018; Bruzzi M., 2017].

А.А. Сотиболдиев

37-39

2025-08-06

PEDAGOGLARNING KOMPYUTER SAVODXONLIGINI OSHIRISH: DOLZARB MUOMMOLAR VA YECHIMLAR

Bugungi ta’lim raqamli texnologiyalarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. O‘qituvchilarning raqamli savodxonligi ularning dars o‘tish uslubi, o‘quvchilar bilan ishlash sifati va umuman ta’lim samaradorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu tezisda pedagoglar duch kelayotgan asosiy muammolar tahlil qilinadi hamda shaxsiy kuzatuv va tajribaga asoslangan amaliy yechimlar taklif etiladi.

Diyorbek Makhammadaliev

40-41

2025-08-06

TABIIY FANLARGA IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARDA LOYIHALASHTIRISH ASOSIDA O‘QITISH

Mazkur tezisda tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan maktablarda loyihalashtirish asosida o‘qitishning zamonaviy ta’limdagi o‘rni, metodik jihatlari va o‘quvchilar kompetensiyalarini rivojlantirishdagi ahamiyati tahlil etiladi. Loyihaviy yondashuv o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, izlanishga bo‘lgan qiziqishi va innovatsion salohiyatini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Nazokat Qalandarova

42-43

2025-08-06

YURT OZODLIGI – XALQ BAXTI

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 34 yilligiga bag‘ishlangan holda, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, mustaqillik  sharofati bilan erishilgan yutuqlar va yangi O‘zbekiston taraqqiyotida yoshlar tutayotgan o‘rni yoritilgan. Istiqlolning ahamiyati, xalqimiz uchun erkinlik va barqarorlikning qadri tahlil etilgan.

Dilshoda Toshboyeva , Muhammadjon Karimov , Shavkat Durxo‘jayev

44-45

2025-08-06

IMPROVING METHODOLOGY FOR DEVELOPING COMMUNICATIVE COMPETENCE IN FUTURE ENGLISH LANGUAGE TEACHERS

Developing robust communicative competence in future English language teachers is critical for effective language education in an increasingly global and digital world. This article examines theoretical foundations of communicative competence and analyzes modern pedagogical approaches that can enhance teacher training methodologies. A comprehensive overview of communicative competence models is provided, highlighting linguistic, sociolinguistic, pragmatic, and intercultural dimensions. The paper then proposes improvements in teacher education curricula and practices – including the integration of communicative language teaching (CLT) principles, task-based and experiential learning, reflective practice, and technology-enhanced training – to better prepare English language teaching (ELT) trainees for real-world communication challenges.

O‘rinov Rustambek Ravshanovich

46-51

2025-08-06

RAQAMLI JAMIYATDA YOSHLARNING AXLOQIY QIYOFASINI SHAKLLANTIRISH IJTIMOIY TAMOYILLARI

Mazkur maqolada raqamli jamiyat sharoitida yoshlarning axloqiy qiyofasini shakllantirish jarayoni hamda bu jarayonda amal qilinishi lozim bo‘lgan ijtimoiy tamoyillar tahlil qilingan. Raqamli texnologiyalarning tezkor rivojlanishi natijasida yuzaga kelayotgan ma’naviy-ahloqiy muammolar, yoshlarning qadriyat tanlovidagi ziddiyatlar, virtual va real hayot o‘rtasidagi tafovutlar tahlil etiladi. SHuningdek, ta’lim-tarbiyada axloqiy qadriyatlarni integratsiyalash, oilaning tarbiyaviy roli, davlat va jamiyat tomonidan ko‘rsatiladigan qo‘llab-quvvatlash choralari hamda raqamli axloq tamoyillarini shakllantirish zaruriyati asoslab berilgan. Maqolada kompleks yondashuv zarurligi ta’kidlanib, raqamli jamiyatda yoshlarni barkamol shaxs sifatida tarbiyalashga qaratilgan tavsiyalar ilgari surilgan.

Dilfuza O‘ktamova

52-53

2025-08-06

TASVIRLARDAGI ASOSLANGAN INSON HARAKATINI ANIQLASH OPENPOSE YORDAMIDA ALGORITMI

Mazkur tadqiqot OpenPose vositasidan insonning kalit nuqtalarini generatsiya qilish uchun foydalangan holda, suratlar asosida inson harakatlarini aniqlovchi tizimni taqdim etadi. RGB-ga asoslangan usul tasvirni qayta ishlash bo‘yicha oldingi bilimlardan foydalanib, yuqori aniqlikdagi harakatni aniqlash imkonini beradi, lekin hisoblash quvvati va saqlash resurslariga yuqori talablar qo‘yadi, shuningdek, fon shovqinlari va yorug‘lik o‘zgarishlariga sezgir. Aksincha, skeletga asoslangan usul kamroq hisoblash resurslari talab qiladi va yorug‘lik yoki fon ta’siridan kamroq ta’sirlanadi, ammo kontekst ma’lumotlarining yetishmasligi tufayli cheklovlarga ega.

Z.I. Fayzullayeva

54-56

2025-08-06

AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANGAN HOLDA SODIR ETILADIGAN JINOYATLARGA QARSHI KURASHDA PROKURATURA ORGANLARINING O'RNI

Ma’lumki so’nggi yillarda axborot texnologiyalari barcha tarmoq va sohalarni qamrab olmoqda. Jumladan huquqni muhofaza qilish organlari hamda sohalari bo’yicha ham. Agar bu haqida to’xtalib o’tilsa quyidagilar ma’lum bo’ladi.

Salimjon Durdiboev

57-61

2025-08-07

ЕРЛАРДАН ФОЙДАЛАНИШ ВА МУҲОФАЗА ҚИЛИШ ТУШУНЧАСИ ВА УШБУ ТУРДАГИ ЖИНОЯТ УЧУН ЖАВОБГАРЛИК БЕЛГИЛАНИШИНИНГ ИЖТИМОИЙ ЗАРУРАТИ

Хусусийлаштириш жараёнларининг чуқурлашуви, иқтисодиётда давлат иштирокининг камайтирилиши ҳамда хусусий мулкчиликнинг роли ва аҳамияти оширилиши истиқболдаги ижтимоий-иқтисодий ривожланишнинг ғоят муҳим устувор йўналиши бўлиб қолмоқда.

Фарход Марданов

62-70

2025-08-07

ҚИЙНОҚҚА ҚАРШИ КУРАШИШ – ИНСОН ҚАДР-ҚИММАТИНИ МУҲОФАЗА ҚИЛИШНИНГ АСОСИЙ КАФОЛАТИ СИФАТИДА

ушбу мақолада қийноқка қарши курашиш, инсон қадр-қимматини ҳимоя қилиш ва шахсий дахлсизликни таъминлашнинг ҳуқуқий асослари таҳлил қилинган. Қийноқнинг халқаро ва миллий қонунчиликдаги ўрни ва қийноқни тақиқлашга йўналтирилган ҳуқуқий механизмларнинг амалга оширилишининг аҳамияти ҳақида ҳам сўз борган.

Б.Т. Кадирова

71-73

2025-08-08

VATAN KELAJAGI YOSHLAR POYDEVORI

Vatan va mustaqillik bir biriga singib ketgan bir baxtni anglatuvchi so’zdir. Bu so’z biri vatandagi g’ururni anglatsa biri mustaqillikdagi baxtni anglatadi. Har bir so’zingda, nolangda, zaboningda bu so’zlar olar ekansan shu xalqga tug’ilganingdan yana va yana vataningdagi faxr his tuyg’usi o’tadi. Albatta vatan haqida tarif berar ekanmiz uning bizga bergan imkoniyatlarini aytib o’tish lozimdir. Biz o’zbek xalqining yosh avlodlari bolaligimizdan kelajagimiz uchun o’zimiz sevgan bir kasbni orzu qilamiz balog’atga yetib borganimiz sari orzularimiz tomon intilamiz sabr qilamiz toqat qilamiz va oxir oqibat u orzu eman kelajakdagi istak bo’ladi shuncha yo’l shuncha mashaqqat so’ng yurt boshimiz bergan imkoniyatlardan foydalanamiz ota-ona xalq hurmatiga sazovor bo’lamiz. Bu vatanni biz yoshlarga bergan imkoniyat poydevoridir.

Marjona Mardonova

74-75

2025-08-08

MARKAZLASHTIRILGAN OGOHLANTIRISH TIZIMI

Ushbu maqolada markazlashtirilgan ogohlantirish tizimi favqulodda vaziyatlarni erta aniqlash, ma'lumotlarni markaziy baza orqali yigʻish va aholini tezkor, aniq hamda muvofiqlashtirilgan tarzda xabardor qilish imkonini beruvchi kompleks texnik-tashkiliy yechimdir. Tizim real vaqtda sensorlardan, meteorologik xizmatlardan, telekommunikatsiya operatorlaridan va ijtimoiy media manbalaridan kelayotgan ma'lumotlarni birlashtirib tahlil qiladi hamda avtomatlashtirilgan qoʻngʻiroq, SMS, mobil ilova bildirishnomalari, jamoat sirenalari va ommaviy axborot vositalari orqali tarqatadi.

Saidjon Yarkinboyev

76-79

2025-08-08

MAXSUS EHTIYOJLI BOLALARGA CHET TILLARINI O‘RGATISH METODIKASI

Ushbu maqolada maxsus ehtiyojli bolalarga chet tillarini o‘rgatish jarayonining metodik asoslari yoritilgan. Tadqiqotda turli toifadagi maxsus ehtiyojli bolalarning psixologik-pedagogik xususiyatlari hisobga olingan holda, ularning individual rivojlanish darajasiga moslashtirilgan o‘quv strategiyalari va interfaol uslublar tahlil qilingan. Chet tilini o‘zlashtirish jarayonida multimodal yondashuv, differensial va inkluziv ta’lim metodlari, shuningdek, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning samaradorligi ilmiy asoslab berilgan.

Diloram Matchanova

80-86

2025-08-11

DUNYO MAMLAKATLARIDA KRIMINOGEN VAZIYATNI PROGNOZLASH SOHASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN O‘ZGARISHLAR VA YANGILIKLAR

Ushbu maqola kriminogen vaziyatni prognozlashda statistik modellarning samaradorligini O‘zbekiston hamda xorijiy davlatlar qonunchiligi va amaliyotida kuzatilayotgan o‘zgarishlar hamda yangiliklar yuzasidan ma’lumot berib o‘tiladi. O‘zbekistonda mahalla tizimi va “Xavfsiz shahar” loyihasi kriminogen omillarni aniqlashda samaradorligi hamda  AQShda “PredPol” va “HunchLab” dasturlari yuzasidan ma’lumotlar hamda boshqa davlatlar tajribalari tahlil qilinadi. Shu bilan bir qatorda, ushbu maqolada xorijiy davlatlar amaliyotida mavjud zamonaviy tajribalarni O‘zbekiston qonunchiligiga joriy etish masalasi ko‘rib chiqiladi.

Olimjon Ismatov

87-89

2025-08-11

СУДЛАРДА КАТТА ЁШДАГИ ВА ВОЯГА ЕТМАГАНЛАРГА ОИД ИШЛАРНИ КЎРИЛИШИДА СУНЪИЙ ИНТЕЛЛЕКТНИ ТУТГАН ЎРНИ: СУНЪИЙ ИНТЕЛЛЕКТНИ ЖОРИЙ ЭТИЛИШИНИНГ АФЗАЛЛИКЛАРИ (тезис)

Мақолада судлар фаолиятида очиқлик ва шаффофликни таъминлаш, судлар фаолиятига замонавий ахборот ва сунъий интелект технологияларини кенг жорий этиш ҳақида маълумот берилган. Шунингдек, мақолада сунъий интелект технологияларнинг афзалликлари ва эҳтимолий хавфлари ҳамда келажакдаги истиқболлари тахлил қилинган.

Санджар Дусманов

90-93

2025-08-11

AHOLINI YUZAGA KELISHI MUMKIN BO‘LGAN FAVQULODDA VAZIYATLARDAN O‘Z VAQTIDA OGOHLANTIRISH VA XABAR BERISH TIZIMI

Ushbu maqolada aholini yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlardan o‘z vaqtida ogohlantirish va xabardor qilish tizimlarini nazariy va amaliy jihatdan o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqot maqsadi — tezkor, ishonchli va ko‘pkanalli axborot yetkazish mexanizmlarini ishlab chiqish va ularni amaliyotga joriy etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdir.

Saidjon Yarkinboyev

94-98

2025-08-11

BOSHLANG‘ICH SINFDA ARIFMETIK AMALLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR VA INTERAKTIV USULLARNING SAMARADORLIGI: NAZARIY VA AMALIY TAHLIL

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinflarda arifmetik amallarni o‘rgatish jarayonini optimallashtirishda pedagogik texnologiyalar va interaktiv usullarning o‘rni tahlil qilingan. Tadqiqotda arifmetik amallarni o‘qitishning anʼanaviy va zamonaviy yondashuvlari qiyosiy o‘rganilib, o‘quvchilarning bilish faoliyatini rivojlantirishga xizmat qiladigan samarali metodlar taklif etilgan. Maqolada, ayniqsa, interaktiv o‘yinlar, muammoli vaziyatlar yaratish va axborot texnologiyalaridan foydalanish orqali o‘quvchilarning matematikaga bo‘lgan qiziqishini oshirish yo‘llariga eʼtibor qaratilgan.

Sevinch Ikromova

99-101

2025-08-11

ESTRАDА XОNАNDАLIGINING О‘ZIGА XОS JIHАTLАRI: ОVОZ USTIDА ISHLАSH VА IJRО TАLАBLАRI

Mаzkur mаqоlаdа estrаdа xоnаndаligining о‘zigа xоs jihаtlаri, xususаn, оvоz ustidа ishlаsh usullаri vа sаhnаviy ijrо tаlаblаri tаhlil qilinаdi. Shuningdek,  оvоz ustidа ishlаshning nаzаriy vа аmаliy аsоslаri, ijrо fаоliyаtidа оvоzning texnik vа bаdiiy xususiyаtlаri, prоfessiоnаl tаyyоrgаrlikdа nаfаs texnikаsi, аrtikulyаtsiyа, rezоnаns, intоnаtsiyа vа sаhnа mаdаniyаti bilаn bоg‘liq jihаtlаr tаhlil qilinаdi.

Bobur Urazaliyev

102-104

2025-08-11

ИЖРО ИШИ ЮРИТИШНИ КЕЙИНГА ҚОЛДИРИШ ВА ТЎХТАТИБ ТУРИШ АСОСЛАРИ ВА ТАРТИБИ: НАЗАРИЙ ВА ҲУҚУҚИЙ АСОСЛАРИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ

Ижро ҳаракатларини кейинга қолдириш – бу давлат ижрочиси томонидан ижро ҳаракатлари амалга оширилишини қонунчиликда белгиланган тартиб ва муддатларга кечиктирилишидир.

Анвар Зоҳиров

105-109

2025-08-11

MAKTABLARDA KVANT FIZIKASI ASOSLARINI O‘RGATISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI

Ushbu maqolada umumta’lim maktablarida kvant fizikasi asoslarini o‘qitishning zamonaviy pedagogik yondashuvlari, metodik asoslari hamda bu yo‘nalishdagi dolzarb muammolar yoritilgan. An’anaviy va innovatsion ta’lim texnologiyalarining integratsiyasi orqali o‘quvchilarda nazariy bilim bilan birga amaliy tafakkurni shakllantirish yo‘llari tahlil qilinadi. Kvant fizikasi tushunchalarining murakkabligiga qaramay, ularni oddiy, bosqichma-bosqich, tushunarli va interaktiv usullar bilan o‘rgatish samaradorligi isbotlangan. Tadqiqotda o‘quvchilarning yosh xususiyatlari, ilg‘or xorijiy tajribalar va STEAM yondashuvi asosida kvant fizikasi o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarligi, o‘quv materiallarini tanlash va baholash mezonlari kabi jihatlar ham ko‘rib chiqiladi. Mazkur maqola o‘qituvchilarga yangi metodik yondashuvlarni ishlab chiqishda nazariy asos va amaliy yo‘nalish bo‘lib xizmat qiladi.

Sanobar Axmatova

110-114

2025-08-12

MODERN CONCEPTS OF EPIDEMIOLOGY, ETIOPATHOGENESIS, DIAGNOSIS, CLINICAL PICTURE AND TREATMENT OF SYSTEMIC LUPUS ERYTHEMATOSUS

The problem of cerebral circulatory disorders, which are based on vascular lesions of the nervous system, continues to be the most important and priority in modern clinical medicine (Vilensky B.S., 2008; Piradov M.A., 2010; Gusev E.I., 2012; Kamchatnov P.P., 2012). Stroke ranks second in the structure of mortality worldwide and is the leading cause of disability in economically developed countries ( Gudkova V.V., Stakhovskaya L.V., 2011; Gusev E.I., Skvortsova V.I., 2012; Murray S.J.L., Lopez AD, 2008). Currently, much attention is paid to the study of the pathogenetic mechanisms of cerebrovascular pathology (CVP). The main controllable and uncontrollable risk factors (RF) of cerebrovascular diseases have been established, however, other causes of development of vascular pathology of the brain (various clinical forms of vasculopathy and vasculitis) remain less studied.

Shermatova Zuhra Abduhamidovna

115-116

2025-08-12

YOSHLARNING VATANGA XIZMAT QILISH HISSINI OSHIRISH VA IJTIMOIY FAOLLIGINI YUKSALTIRISHDAGI OMILLAR

«Yoshlarning Vatanga xizmat qilish hissini oshirish va ijtimoiy faolligini yuksaltirishdagi omillar» mavzusi bo‘yicha ilmiy maqola shaklida tayyorlangan ko‘rinish taqdim etilmoqda. Diagrammalar ilmiy asoslangan tuzilmalarni ko‘rsatadi — ulardan biri jamoat bilan aloqalar, ishtirok va muomala mexanizmlarini, boshqasi esa ishtirok darajalarini tasvirlaydi. Shu bilan birga, yoshlarning ijtimoiy faolligini ko‘tarishning ichki va tashqi potensial belgilari, davlat siyosati, ta’lim tizimi, va jamoatchilik muhiti kabi omillar tahlil qilingan.

O‘tkirjon Xamrakulov

117-121

2025-08-13

ОПТИМИЗАЦИЯ РЕЗУЛЬТАТОВ ЧРЕЗКОЖНЫХ КОРОНАРНЫХ ВМЕШАТЕЛЬСТВ У БОЛЬНЫХ С ИШЕМИЧЕСКОЙ БОЛЕЗНЬЮ СЕРДЦА И ХРОНИЧЕСКОЙ БОЛЕЗНЬЮ ПОЧЕК

Ишемическая болезнь сердца (ИБС) и хроническая болезнь почек (ХБП) являются одними из наиболее распространённых и социально значимых заболеваний в мире. Их сочетание встречается особенно часто у лиц пожилого возраста и связано с повышенным риском неблагоприятных исходов. По данным различных исследований, около 30–40% пациентов с ХБП имеют клинические проявления ИБС, а у 50% больных ИБС выявляются признаки ХБП. Комбинация этих патологий усугубляет течение каждой из них за счёт взаимного потенцирования патофизиологических механизмов: ускоренного развития атеросклероза, эндотелиальной дисфункции, повышения уровня окислительного стресса, системного воспаления и нарушений водно-электролитного баланса.

М.О. Махмудбеков

122-123

2025-08-13

SHARQ MUTAFAKKIRLARI TALQINIDA HARBIY VATANPARVARLIK TARBIYASI

Tezisda Sharq mutafakkirlarining harbiy-vatanparvarlik tarbiyasiga oid qarashlari axloqiy-falsafiy va siyosiy-pedagogik manbalar asosida tahlil qilinadi. Al-Farobiy, Ibn Sino, Nizomulmulk, Nasiriddin Tusi, Yusuf Xos Hojib, Abu Homid G‘azzoliy hamda Ibn Xaldun asarlarida shijoat, burch, adolat, ijtimoiy birdamlik, fuqarolik mas’uliyati va ilm-ma’naviyat uyg‘unligi harbiy tarbiyaning tayanch tamoyillari sifatida izohlanadi. Tadqiqot natijalari harbiy-vatanparvarlik tarbiyasini shaxs fazilatlari, ijtimoiy birlik va davlat boshqaruvi madaniyati bilan bir butun ko‘rgan klassik yondashuv bugun ham yoshlar ongida ma’naviy immunitet, mas’uliyat va xizmatga sadoqatni shakllantirishga xizmat qilishini ko‘rsatadi.

Nodir Axmedov

124-126

2025-08-13

ICHKI ISHLAR XODIMLARINING KASBIY JIHATLARINING TARKIBIY TUZILISHI

Ushbu maqolada ichki ishlar xodimlarining kasbiy faoliyatining tarkibiy tuzilishi kompleks tahlil qilingan. Xodimlarning bilim, ko'nikma va kompetensiyalarining ierarxik tizimi, ularning o'zaro bog'liqlik mexanizmlari hamda kasbiy rivojlanishning asosiy yo'nalishlari ko'rib chiqilgan. Tadqiqot zamonaviy ichki ishlar tizimining samaradorligini oshirish maqsadida amalga oshirilgan.

Sherzodjon Nabiyev

127-128

2025-08-14

UMUMTA’LIM MAKTABI O‘QUVCHILARIDA SOG‘LOM TURMUSH MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHDA JISMONIY TARBIYANING PEDAGOGIK ASOSLARI

Mazkur ilmiy tezisda sog‘lom turmush madaniyatini shakllantirishning ijtimoiy-pedagogik ahamiyati, umumta’lim maktablarida jismoniy tarbiyaning tutgan o‘rni, metodik va tashkiliy asoslari keng tahlil qilinadi. Sog‘lom turmush madaniyati tushunchasi, uni rivojlantirishning ilmiy mezonlari hamda maktab sharoitida samarali tatbiq etish yo‘llari yoritiladi.

Jaxangir Duysenbaev

129-132

2025-08-18

АНТОНИМИЯ В РЕПРЕЗЕНТАЦИИ ФРАЗЕОЛОГИЧЕСКИХ ЕДИНИЦ В ТОЛКОВОМ СЛОВАРЕ

Толковые словари (ТС) учитывают антонимичные отношения между фразеологическими единицами (ФЕ) как одно из проявлений системности во фразеологии. При этом антонимия, реализируемая путём варьирования каких-либо семантически противоположных компонентов ФЕ, фиксируется одним блоком. В нем показываются, например, случаи антонимичности двух ФЕ, выражаемые посредством отсутствия или наличия во фразеоформе отрицания: “Angst, die... (keine) Angst haben” /WDGS, т. 1, с.144/. Тем самым таким приёмом обозримо и экономно подаются ФЕ-антонимы Angst haben  ‘бояться’ и keine Angst haben ‘не бояться’.

Айбек Бакбергенов

133-134

2025-08-18

MECHANISMS OF HOW SOCIOLINGUISTIC FACTORS INFLUENCE UZBEK EFL LEARNERS’ ENGLISH LANGUAGE ACQUISITION

In multilingual countries like Uzbekistan, English language learning is shaped by sociolinguistic factors including region, gender, ethnicity, race, and multilingualism. These influence learners’ pace, motivation, and communicative competence. Understanding these factors helps teachers design more inclusive and effective lessons. This thesis outlines mechanisms by which such factors influence language acquisition and proposes pedagogical strategies to address them.

Adhamjonova Muxtasar Tursunpolat qizi

135-136

2025-08-18

INTERNET BANKING ADOPTION IN UZBEKISTAN

This research  is an empirical study about the various variables which influence the adoption of internet banking facility among Uzbekistan customers. The various variables examined for this research purpose were Perceived usefulness, perceived ease of use, trust, and government support were tested in order to determine their effects on the adoption of internet banking among Uzbekistan customers.  Modern Internet technology has swiftly developed in many business environments and is mainly used for improvements in their performances. According to   Saffu et al. (2008) there is a remarkable raise in applications of the e-commerce business in the last ten years. There are a lot of benefits of using this e-commerce study and some of them are reduction in cost, improved business chance and decreased lead time providing the consumers with more significant options (Turban et al., 2008). One of the most important e-commerce instrument is the acceptance of the internet banking model among the clients, the IT tools have positively provided a vast maintenance to the services presented by the banking industry (Dawes & Rowley, 1998). Many banks in the world are using this technology in their operations and their services use internet.  The internet banking technology is developing quickly round the world including Uzbekistan. 

Karimov Erkin Yusubovich

137-138

2025-08-18

SPORT-SOG‘LOMLASHTIRISH TURIZMI BILAN SHUG‘ULLANUVCHILARNING UZLUKSIZ YURISH METODIKASI

Maqolada sport-sog‘lomlashtirish turizmi doirasida uzluksiz yurish mashg‘ulotlarining metodik asoslari va salomatlikka ta’siri yoritilgan. Yurish davomiyligi, intensivligi va yo‘nalishining sog‘lomlashtiruvchi samaradorlikka ta’siri eksperimental jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari uzluksiz yurishning jismoniy faollikni oshirish va sog‘liqni mustahkamlashdagi samarali vosita ekanligini tasdiqlaydi.

Abdurasul Abdurazzaxov

139-141

2025-08-18

O’RTA MAKTABDA O’ZGARMAS TOK QONUNLARIGA OID TAJRIBALAR QO’YISH METODIKASI

Ushbu maqoladan yozishimdan maqsad umumiy o'rta ta'lim maktablarida fizika fani mavzularidan elektr tokiga oid mavzularni alohida yondashuv bilan o'qitilishi maqsadga muvofiqdir. Maqolamning  maqsadi shundaki, hozirda maktabda berilayotgan materiallarga o'zgartirishlar kiritmagan holda mavzular mohiyatini ochib berishga qaratilgan qo'shimcha bilimlarni fanlararo aloqadorlik asosida innovatsion usullardan foydalanib elektrga doir materiallar va misollar bilan ko'rsatib berishdir. Berilayotgan materiallar o'qituvchining mahorati, mashg'ulotni o'tkazish metodikasiga, bilimlarni o'quvchilarga etkazishda foydalanayotgan usulning mazmun mohiyatini to'liq anglab dars davomida vaqtdan unumli foydalanish alohida ahamiyat kasb etadi. Bunda o'quvchilarning qanchalik bilim va axborotga ega ekanligini bilib olish zarur bo'ladi. Buning uchun o'qitishning interfaol: "B-B-B", "Muammoli o'qitish", "Tushunchalar tah lili", "Venn diagrammasi", "FSMU" texnologiyasi va boshqa usullardan foydalanish mumkin.

SEVARA KO’CHAROVA

142-150

2025-08-19

«ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИДА РОБОТ-МАСЛАҲАТЧИЛАРНИНГ ТАРТИБГА СОЛИНИШИ»

Мамлакатимизда сунъий интеллект технологияларини, айниқса робот-маслаҳатчиларни молия соҳасида жорий этиш ва ривожлантириш орқали иқтисодий ўсишни рағбатлантириш ва ижтимоий муаммоларни ечишга интилмоқда. Бироқ, сунъий интеллектни, шу жумладан робот-маслаҳатчилар фаолиятини тартибга солиш учун зарур бўлган замонавий ҳуқуқий база етишмаслиги кўзга ташланади. Мавжуд меъёрий-ҳуқуқий қонунлар сунъий интеллект тизимларининг, айникса машина ўрганиши ва нейрон тармоқлари каби замонавий имкониятларини ҳисобга олмайди ва робот-маслаҳатчилар бозорининг ривожланишига тўсиқ бўлиб туриши мумкин. Шу нуқтаи назардан, муаллиф сунъий интеллект соҳасида, робот-маслаҳатчилар фаолиятида ва уларнинг молия секторида қўлланилишидаги ахлоқий меъёрларни белгиловчи янги махсус қонунчиликни — "Сунъий интеллект тўғрисида"ги қонун, "Робот-маслаҳатчилар фаолияти тўғрисида"ги низом ва тавсия сифатидаги "Ахлоқий меъёрий қоидалар"ни ишлаб чиқиш ва қабул қилишни зарур деб ҳисоблайди.

З.А. Набираева

151-154

2025-08-19

YUNOGOGIKA FANI ORQALI BO'LAJAK PEDAGOGLARDA SOG'LOMLIK MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH MEXANIZMLARI

Hozirda, Respublikamizning barcha sohalarida boʻlgani kabi, ta’lim borasida ham katta islohotlar amalga oshirilmoqda. Ijtimoiy tuzilmalarni insonparvarlashtirishning yangi tamoyillari, bozor iqtisodiyoti munosabati qonunlari, mafkuraviy va ahloqiy tamoyillar oʻzgarib borayotgan bir paytda ishsizlik, moddiy yetishmovchilik, bolalarning nazoratsizligi, oilalarning ajralib ketishi, gʻayri ijtimoiy hodisalar — alkogolizm, narkomaniya, jinoyatchilik, fohishabozlik kabi ijtimoiy muammolarni yechish ham alohida ahamiyat kasb etadi.

Nazokatxon Ibragimova

155-156

2025-08-19

SOG'LOM VA FAOL HAYOT TARZINI RIVOJLANTIRISHDA XALQARO PEDAGOGIK TAJRIBALARNING O'RNI

Zamonaviy jamiyatda yoshlarning tarbiyasi va ularning ijtimoiy hayotga faol qatnashishi masalasi katta ahamiyat kasb etmoqda. Ta'lim jarayonida turizmning o'rni tobora muhimlashib bormoqda, chunki turizm nafaqat madaniy va ijtimoiy aloqalarni rivojlantirishga, balki yoshlarning jismoniy va ma'naviy rivojlanishiga ham bevosita ta'sir ko'rsatadi. Turizmning didaktik tamoyillari o'quv jarayonida yoshlarning intellektual, emotsional va ijtimoiy ko'nikmalarini shakllantirishda muhim rol o'ynaydi. Bu jarayonning asosida turizmning yoshlarni tarbiyalashdagi pedagogik imkoniyatlarini to'g'ri tushunish va unga mos ravishda metodik yondashuvlarni ishlab chiqish yotadi.

Nazokatxon Ibragimova

157-158

2025-08-19