Мы рады сообщить вам, что Центр поддержки исследований «Innovative Academy» организовал Республиканская конференция «Молодые ученые». Это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований.
Опубликован: 2025-09-06
Статьи
QAZI MÁWLIK SHIǴARMALARINDA TUWISQANLIQ TERMINLER
Maqalada Qazı Máwlik shıarmalarınıń tillik ózgeshelikleri sóz etilgen. Shayır dóretpelerindegi tuwısqanlıq terminler mısallar menen analizlengen.
2025-09-05
NAJIB MAHFUZNING “PANADAGILAR” HIKOYASI BADIIY VA G‘OYAVIY TAHLILI
Ushbu maqolada Misr va arab adabiyotining buyuk namoyandasi, Nobel mukofoti sovrindori Najib Mahfuzning hayoti, ijodi hamda uning “Panadagilar” hikoyasi tahlili yoritilgan. Maqolada yozuvchining romanlari va hikoyalaridagi realizm va ekzistensializm unsurlari, shuningdek, jamiyatdagi adolatsizlik, passivik va ijtimoiy befarqlik muammolari ilmiy va badiiy jihatdan tahlil qilinadi. “Panadagilar” hikoyasidagi yomg‘ir, soyabon, o‘g‘ri va politsiyachi obrazlari ramziy ma’noda talqin qilinib, inson ruhiyati va jamiyatning tanazzul holatlari ochib beriladi. Tahlil asarda voqealar, ramzlar va psixologik portretlar orqali ijtimoiy tanqid va insoniy munosabatlarning murakkab qirralarini ko‘rsatadi.
2025-09-08
SOʻZ VA MATBUOT ERKINLIGI TARAQQIYOT MEZONI SIFATIDA: OʻZBEKISTON MISOLIDA
Mazkur maqolada Oʻzbekistonda soʻz va matbuot erkinligi masalasi tahlil qilinadi.Jahon tajribasi hamda mahalliy voqelik asosida OAV mustaqilligi va uning jamiyat taraqqiyotidagi oʻrni yoritilgan.Turli nuqtai nazarlar asosida muammo har tomonlama koʻrib chiqiladi va erkin fikr almashinuvining ijtimoiy ahamiyati baholanadi.
2025-09-08
UMUMIY PEDAGOGIKA FANI DOIRASIDA BO‘LAJAK TARIX FANI O‘QITUVCHILARINI TESTOLOGIK FAOLIYATGA TAYYORLASH
Maqolada umumiy pedagogika fanining boʻlajak tarix fani oʻqituvchilarini testologik faoliyatga tayyorlashdagi oʻrni va ahamiyati muhokama qilinadi. Testologik tayyorgarlikning metodik asoslari, kompetensiyalar va amaliy usullar tahlil qilinadi.
2025-09-08
FERMER XO‘JALIKLARINING IQTISODIY SAMARADORLIGINI OSHIRISH STRATEGIYALARI
Maqolada O‘zbekistonning agrar sektorida fermer xo‘jaliklarining iqtisodiy samaradorligini oshirish masalalari tahlil qilingan. Qishloq xo‘jaligining milliy iqtisodiyotdagi o‘rni, asosiy muammolar va ularni bartaraf etish strategiyalari yoritilgan. Innovatsion texnologiyalarni joriy qilish, agroklaster tizimini rivojlantirish, moliyalashtirish imkoniyatlarini kengaytirish hamda raqamli texnologiyalarni tatbiq etish orqali samaradorlikni oshirish yo‘llari ilmiy asosda ko‘rsatilgan.
2025-09-08
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA IKKINCHI TIL MUHITIDA ONA TILINI O‘QITISH METODLARI
Mazkur maqolada boshlang‘ich sinflarda ikkinchi til muhitida ona tilini samarali o‘qitish metodlari keng yoritiladi. Ikki tillilik sharoitida bolalarning til o‘rganish jarayoni ko‘pincha murakkab kechadi, chunki ular maktabda, oilada yoki jamiyatda bir necha tillardan bir vaqtda foydalanadilar. Shu sababli ona tilini o‘qitishda nafaqat lingvistik, balki psixolingvistik va sosiolingvistik omillarni ham hisobga olish zarur. Maqolada kommunikativ metod, interaktiv mashg‘ulotlar, qiyosiy yondashuv, multimedia vositalaridan foydalanish, integrativ ta’lim hamda milliy madaniy merosga tayangan metodlar batafsil tahlil qilinib, ularning samaradorligi ishonchli ilmiy manbalar hamda amaliy misollar orqali asoslab beriladi.
2025-09-08
ALISHER NAVOIY VA JAHON TILSHUNOSLIGI
Alisher Navoiy o‘zbek adabiy tili va tilshunoslik tarixida beqiyos meros qoldirgan buyuk mutafakkirdir. Uning “Muhokamat ul-lug‘atayn”, “Majolis un-nafois”, “Xazoyin ul-maoniy” kabi asarlarida til, uning imkoniyatlari, so‘z boyligi, grammatik qurilishi haqida qimmatli fikrlar ilgari surilgan. Ushbu maqolada Navoiy tilshunoslik qarashlari jahon tilshunosligi doirasida tahlil qilinadi, Sharq va G‘arb lingvistika an’analari bilan qiyosiy o‘rganiladi. Tadqiqotda Navoiy merosining zamonaviy lingvistika fanidagi o‘rni, fonetika, leksikologiya, morfologiya hamda umumiy tilshunoslik tamoyillariga qo‘shgan hissasi ochib beriladi. Shuningdek, maqolada Navoiy qarashlarining bugungi o‘zbek tili taraqqiyoti va xalqaro lingvistik izlanishlardagi ahamiyati ham yoritiladi.
2025-09-09
O‘PKANING SURUNKALI OBSTRUKTIV KASALLIGIDA RUHIY BUZILISHLARNING KLINIK-DINAMIK KECHISHI
O‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi (OSOK) nafaqat nafas yetishmovchiligi bilan, balki ruhiy holat buzilishlari bilan ham kechishi ko‘plab klinik kuzatuvlarda isbotlangan. OSOK bilan og‘rigan bemorlarning 65-70% ida depressiya, 40-50% ida tashvish buzilishlari aniqlangan. Uzoq muddatli gipoksemiya va giperkapniya markaziy asab tizimi faoliyatiga bevosita ta’sir ko‘rsatib, kognitiv pasayish, xotira buzilishlari va diqqat susayishi bilan kechadi. Bizning klinik kuzatuvimizda 120 nafar OSOK bemori tekshirildi. Dinamik tahlil shuni ko‘rsatdiki, qon gazlaridagi kislorod yetishmovchiligi darajasi oshgani sari kognitiv funksiyalar pasayishi ham keskinlashadi. Bundan tashqari, surunkali gipoksiya bemorlarda depressiv holat, xavotir va uyqu buzilishlarini kuchaytiradi. Natijalarga ko‘ra, bemorlarda ruhiy buzilishlarning rivojlanish tezligi OSOK bosqichi va gipoksiyaning og‘irlik darajasiga bog‘liq....
2025-09-09
СУНЪИЙ ИНТЕЛЛЕКТ ВА УНИНГ ИНСОНИЯТ ФАОЛИЯТИДА ТУТГАН ЎРНИ
Ушбу мақолада сунъий интеллект (СИ) технологияларининг таълим соҳасида тутган ўрни илмий таҳлил қилинади. Сунъий интеллект тушунчасининг ривожланиш тарихи ва унинг таълим жараёнига жорий этилиши йўналишлари – масофавий таълим, адаптив ўқитиш тизимлари, интеллектуал репетиторлар, автоматлаштирилган баҳолаш ва интерактив муҳитлар мисолида кўрсатиб берилган. СИнинг таълим жараёнига таъсири самарадорлик, индивидуаллаштириш, педагогик ёндашувлар ва ўқитувчи-ўқувчи муносабатларининг трансформацияси нуқтаи назаридан ёритилган. Шу билан бирга, ахлоқий ва ҳуқуқий масалалар, маълумотлар хавфсизлиги ва инсон ресурслари билан боғлиқ хавфлар таҳлил қилинган. Мақола келажакда сунъий интеллектнинг таълим тизимини такомиллаштиришдаги истиқболларини ҳам ёритиб, унинг имкониятлари ва чегараларини кўрсатади.
2025-09-09
7–8-SINF O‘QUVCHILARINING MUSTAQIL O‘RGANISH KO‘NIKMALARINI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ORQALI SHAKLLANTIRISH YO‘LLARI
Ushbu tezisda 7–8-sinf o‘quvchilarining mustaqil o‘rganish ko‘nikmalarini shakllantirishda raqamli texnologiyalar imkoniyatlari o‘rganilgan. Mobil ilovalar, veb-platformalar, o‘quv botlari hamda interaktiv dasturlardan foydalanish orqali o‘quvchilarda mustaqil bilim olish, vaqtni boshqarish, o‘zini nazorat qilish, tanqidiy fikrlash va ijodkorlik ko‘nikmalari rivojlantirilishi mumkinligi ilmiy va amaliy jihatdan asoslab beriladi. Tadqiqot jarayonida Quizlet, Google Classroom, EduPage, Wordwall, Telegram botlari kabi raqamli vositalardan foydalanish samaradorligi kuzatildi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, raqamli vositalardan oqilona foydalanish nafaqat o‘quvchilar motivatsiyasini oshiradi, balki ularning ta’lim jarayonidagi mustaqilligini ta’minlashga yordam beradi.
2025-09-09
BOLA RIVOJLANISHIDA TEMPERAMENTNING PSIXOLOGIK AHAMIYATI
Bizga ma’lumki bolalar psixalogiyasida eng muhim narsa bu ota - ona yoki bolaga ma’sul bo‘lgan shaxsga chambarchas bog’liq. Bu vaziyatda yani bolasining biror narsaga qay darajada qiziqishini, nima qilishga qiziqishini, kim bilan o‘ynashni xoxlashini yo aksincha nimani xohlamayotganini bilish uchun ular bolaga e’tiborli bo‘lishlari kerak bu borada esa ularning temperamentlarini bilish muhim hisoblanadi. Bolalar psixologiyasi bolalarda psixik jarayonlar [ma’rifiy, nutqiy, hissiy, irodaviy va h.k.] paydo bo‘lishi va rivojlanishi, psixik xususiyatlar qaror topishini, xilma xil faoliyatning [o‘yinlar, o‘qish, mehnat] rivojlanishini bolaning shaxs sifatida shakllanishini o‘rganadi va tadqiq etadi. Fanning asosiy masalasi bola psixik taraqqiyotini o‘rganishdan iborat, bu masalani hal qilishda, uni tushuntirib berishda turli xil qarashlarni o‘rganish, tahlil qilish muhimdir.
2025-09-10
KENG TARQALGAN MA’LUMOTLARNI TAHLIL QILISH USULLARINING ZAMONAVIY HOLATI
Ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish, ombor zaxiralarini optimallashtirish, marketing tadqiqotlarini amalga oshirish raqobatbardoshlik faoliyatini baholash hamda korxonalarning iqtisodiy rivojlanishini bashorat qilish bo‘yicha amalga oshiriladigan chora–tadbirlarga bo‘lgan talablar ortib bormoqda. Rivojlangan mamlakatlarda korxonalarning kelajakdagi faoliyatini bashorat qilish tahlilchilar bilan birga tadqiq etiladi. Bunday tizimlarga qo‘yiladigan talablar yuqori bo‘lib: zamonaviy ma’lumotlarni tahlil qilish mexanizmlarni amalga oshirish, yuz minglab yozuvlari bo‘lgan tanlanmalar bilan ishlay olish, ofis ilovalari bilan integratsiya qilish, ofisdagi shaxsiy kompyuterlarda barqaror ishlash, turli xil manbalardan olingan ma’lumotlarni tahlil qilish uchun amalda qo‘llay olinishi mumkinligi zaruriy jihatlar asosida belgilab beriladi. Biz ma’lumotlarni tahlil qilish tizimini (MTQT) yaratishda aynan shu tamoyillarga tayandik.
2025-09-10
NOGIRON BOLALARNI IJTIMOIY HAYOTGA MOSLASHTIRISHDA IJTIMOIY MADANIY FAOLIYATNING AHAMIYATI
Ushbu maqola nogiron bolalarning ijtimoiy hayotga integratsiyasi jarayonida madaniy va ijtimoiy faoliyatlarning ahamiyatini ilmiy nuqtai nazardan yoritadi. Tadqiqot nogiron bolalarning shaxsiy, psixologik va ijtimoiy rivojlanishida madaniy va ijtimoiy tadbirlarning rolini aniqlashga qaratilgan bo‘lib, ularning jamiyatdagi uyg‘unlashuvini, kommunikativ va ijodiy qobiliyatlarini oshirishdagi strategik ahamiyatini tahlil qiladi. Maqolada O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlardagi ilmiy tadqiqotlar, amaliy loyihalar va normativ-huquqiy hujjatlar asosida nogiron bolalarni inklyuziv ijtimoiy muhitga jalb qilishning samarali metodlari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari pedagogik va ijtimoiy dasturlarni takomillashtirish, davlat siyosati va jamiyatda inklyuziv ongni rivojlantirish uchun ilmiy asos yaratadi.
2025-09-10
SOG‘LOM TURMUSH TARZI VA UNING KASALLIKLARNING OLDINI OLISHDAGI O‘RNI
Maqolada sog‘lom turmush tarzi tushunchasi, uning tarkibiy qismlari va ahamiyati tahlil qilingan. To‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy faollik, zararli odatlardan voz kechish hamda ruhiy barqarorlikning sog‘liqni mustahkamlashdagi roli yoritilgan. Shuningdek, surunkali kasalliklarning profilaktikasida sog‘lom turmush tarzining o‘rni ilmiy manbalar va statistik ma’lumotlar asosida ko‘rsatib berilgan.
2025-09-10
JIZZAX VILOYATIDAGI UMUMTA'LIM MAKTABLARI O'QUVCHILARINING XALQARO TADQIQOTLARGA TAYYORGARLIK DARAJASINI ANIQLASH
Ushbu maqolada Jizzax viloyatidagi umumta'lim maktablari o'quvchilarining xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik darajasini aniqlashga oid bir qator ilmiy ma'lumotlar o'rin Olgan bo'lib bular ko'pchilik uchun foydali bo'ladi.
2025-09-11
OMMAVIY IJTIMOIY HODISALARDA SHAXSNING ROLI: LIDERLIK, KUZATUVCHI EFFEKTI VA IJTIMOIY LOQAYDLIK
Mazkur maqolada ommaviy ijtimoiy hodisalarda shaxsning psixologik va ijtimoiy pozitsiyasi, ayniqsa liderlik, kuzatuvchi effekti (bystander effect) va ijtimoiy loqaydlik fenomenlari tahlil etiladi. Ushbu hodisalarning ijtimoiy ong, jamiyatda faollik va fuqarolik mas’uliyatiga ta’siri yoritilgan. Nazariy va empirik tadqiqotlar asosida shaxsning ijtimoiy faolligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqiladi.
2025-09-11
AMIR TEMUR SALTANATIDA HARBIY TIZIM
Amir Temur 1336-yil 9-aprel kuni Kesh yaqinidagi Xo‘jailg‘or (Yakkabog‘) qishlog‘ida dunyoga keldi. Juda yosh paytlaridayoq Movarounnahrdagi siyosiy hayotga aralasha boshladi. Bu davrda Chingizxonning ikkinchi o‘g‘li Chig‘atoyga tegishli bo‘lgan ulusidagi mo‘g‘ul zodagonlari orasidagi o‘zaro urushlarda shaharlar va qishloqlar to‘xtovsiz talon-taroj qilinar, bu esa aholining iqtisodiy hayotiga salbiy ta’sir ko‘rsatardi. Davlat ishlari butunlay izdan chiqqan edi. Mo‘g‘uliston amirlarining Movarounnahrga vayronagarchilik yurishlari to‘xtovsiz davom etardi.
2025-09-12
THE ROLE OF MASS MEDIA IN SHAPING THE WORLDVIEW OF YOUTH
This paper explores the significant role of mass media in shaping the worldview of today’s youth. In the modern era, where digital technologies and media platforms are deeply integrated into daily life, mass media has become a powerful tool that influences young people's perceptions, values, behavior, and understanding of the world. The research examines various forms of media — including television, the internet, social networks, and print media — and analyzes their impact on the psychological, social, and cultural development of youth. Special attention is given to how media content affects critical thinking, identity formation, and global awareness among young individuals. The study also discusses both the positive and negative effects of mass media, emphasizing the importance of media literacy and responsible content consumption. By understanding the media’s influence, educators, parents, and policymakers can better guide young people in developing an informed and balanced worldview.
2025-09-12
GLOBALLASHUVNING JAHON SIYOSATIDAGI USTUVOR YO`NALISHLARI
XXI asr globallashuv davri sifatida tarixga kirib kelmoqda. Davlatlararo chegara tushunchasi vaqt o`tishi bilan o`zgarib, dunyo siyosati yanada birlashmoqda. Ushbu maqola globallashuv jarayonining jahon siyosatidagi ustuvor yo`nalishlarini tahlil qiladi va bu o`zgarishlarning insoniyat hayotiga ta`sirini misollar asosida yoritadi. COVID-19 pandemiyasi, AQSH va Xitoy o`rtasidagi savdo urushi, 2025-yilgi global xavf-xatarlar to`plami kabi hodisalar ushbu jarayonning qanchalik keng va murakkab ekanini ko`rsatadi. Tadqiqot atributlari sifatida sifatli va solishtirma tahlil usullari qo`llanilib, globallashuv jarayonining ijobiy va salbiy tomonlari har tomonlama ko`rib chiqiladi. Maqola oxirida global siyosiy barqarorlik uchun samarali hamkorlik yo`llari taklif qilinadi.
2025-09-12
SHAXSNING ICHKI RESURSLARI VA IJTIMOIY STRESSLARGA QARSHI BARQARORLIGI
Ushbu maqolada shaxsning ichki psixologik resurslari (iroda, optimizm, o‘z-o‘zini nazorat qilish, maqsadga yo‘naltirilganlik) hamda ijtimoiy stresslarga (iqtisodiy, siyosiy va madaniy o‘zgarishlar, pandemiyalar, axborot bosimi) moslashishdagi ularning ahamiyati tahlil qilinadi. Psixologik chidamlilik, rezilyentlik (resilience) va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimlarining o‘zaro bog‘liqligi ko‘rib chiqiladi.
2025-09-15
PRAGMASTYLISTIC FEATURES OF CHILDREN’S SPEECH IN ENGLISH AND UZBEK LITERARY DISCOURSE
This paper explores the pragmastylistic features of children’s speech in English and Uzbek literary discourse. The research aims to determine how child characters’ voices are constructed in fiction through pragmatic intentions, stylistic devices, and discourse strategies. By conducting a comparative analysis, the paper emphasizes the universality of children’s communicative patterns, such as emotionality, playfulness, and simplicity, while also highlighting the cultural differences in their literary portrayal. The study contributes to the field of linguistics by bridging pragmatics and stylistics with literary discourse analysis.
2025-09-15
YAVDAT ILYASOVNING “SUG‘DIYONA” ASARI TAHLILI
Ushbu tezisda Yavdat Ilyasovning “Sug‘diyona” tarixiy romani tahlili yoritilgan. Romanning tarixiylik ahamiyati va bugungi kundagi o‘rni tahlil qilingan.
2025-09-15
CONTRASTIVE ANALYSIS OF VERB ASPECT IN ENGLISH AND UZBEK: CHALLENGES FOR UZBEK LEARNERS OF ENGLISH
This article investigates the contrastive analysis of verb aspect in English and Uzbek, focusing on the challenges faced by Uzbek learners of English. English and Uzbek belong to different language families—Germanic and Turkic, respectively—leading to fundamental differences in their grammatical structures. The English aspectual system (progressive, perfect, perfect progressive, simple) contrasts with the Uzbek system, which primarily uses affixes, auxiliary verbs, and adverbs to express aspectual meaning. These differences result in various learning difficulties, including misinterpretation of tense-aspect forms, overgeneralization, and lack of correspondence between forms. The article provides a comparative analysis, examples, and pedagogical implications for teaching English aspect to Uzbek learners.
2025-09-15
O‘ZBEKISTONDA BITIMLARNI HUQUQIY TARTIBGA SOLISH MEXANIZMLARI
Ushbu maqolada bitimlar, ularning turlari, shakillari, bitim tuzish huquqiga ega bo‘lgan huquq subyektlari, bitimlarni haqiqiy emas deb topish asoslari hamda smart kontrakt (aqilli shartnomalar)ni huquqiy tartibga solish mexanizmlari nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilingan. Maqola IMRAT usulida yozilgan bo‘lib, unda statistika, ilmiy ishlardan va qonunchilik hujjatlaridan olingan ma’lumotlar yuzasidan tegishli manbalarga havolalar berilgan.
2025-09-15
«МУҢЛЫҚ-ЗАРЛЫҚ» ДӘСТАНЫНЫҢ ҚАЗАҚ ҲӘМ ҚАРАҚАЛПАҚ ВАРИАНТЛАРЫНЫҢ САЛЫСТЫРМАЛЫ-ФОЛЬКЛОРЛЫҚ АНАЛИЗИ
Тезисте «Муңлық-Зарлық» дәстанының қазақ ҳәм қарақалпақ вариантлары салыстырмалы түрде үйренилип, текстлик, сюжетлик, структуралық ҳәм этнографиялық өзгешеликлери анықланады. Турақлылық ҳәм вариациялық факторлар тарийхый контекстте талқыланады.
2025-09-15
MUSIQA FANING PEDAGOGIK AHAMIYATI
Ushbu maqolada musiqa fanining pedagogik ahamiyati keng ko‘lamda tahlil qilinadi. Musiqa ta’limining o‘quvchilarning estetik didini shakllantirish, hissiy va aqliy rivojlanishini ta’minlash, ijtimoiy ko‘nikmalarini mustahkamlashdagi roli yoritiladi. Maqolada musiqa orqali o‘quvchilarning tafakkur, diqqat, eslash kabi kognitiv jarayonlari rivojlantirilishi, shuningdek, o‘zini ifoda etish va madaniy merosga hurmat tuyg‘usining shakllanishi ko‘rsatib o‘tiladi. Musiqa fanining maktab va oliy ta’limdagi o‘rni, uning ta’lim-tarbiya jarayonidagi samaradorligini oshirish yo‘llari ham tahlil qilinadi. Ushbu ish pedagoglar, musiqa o‘qituvchilari va ta’lim sohasida faoliyat yurituvchi mutaxassislar uchun foydali bo‘ladi.
2025-09-15
O‘ZBEK TILIDAN INGLIZ TILIGA TARJIMA QILISHDA MILLIY VA MADANIY XUSUSIYATLARNI IFODALASH
Mazkur maqolada o‘zbek tilidan ingliz tiliga tarjima jarayonida milliy va madaniy o‘ziga xosliklarni to‘g‘ri ifodalash muammolari tahlil qilingan. Tarjima jarayonida madaniyatlararo tafovutlar, urf-odatlar, qadriyatlar hamda idiomatik ifodalar alohida qiyinchilik tug‘dirishi ta’kidlangan. O‘zbek madaniyatini ingliz tilida to‘g‘ri ifodalash xalqaro madaniy integratsiya va milliy merosni keng targ‘ib qilish uchun muhim omil hisoblanadi.
2025-09-15
AVLODDAN-AVLODGA O’TADIGAN ILMIY MEROS: XALQ TABOBATI VA ZAMONAVIY TIBBIYOT UYG’UNLIGI
Tabobat (meditsina) fani qadimiy fanlardan hisoblanadi,shuning uchun tabobat tarixi- bu insoniyat tarixi deyiladi.Darxaqiqat qadimgi Sharqda- Misr, Hindiston Markaziy Osiyo mamlakatlarida yashovchi xalqlarning eramizdan ikki ming yil avvalgi kasalliklarni bilganlari va o’rganganlari haqida turli yozma yodgorliklar va ma’lumotlar qoldirgan.
2025-09-15
METHODS OF TEACHING ENGLISH PHONETICS TO ELEMENTARY LEARNERS
Phonetics plays a fundamental role in the development of English language skills, especially at the elementary level. Correct pronunciation not only improves communication but also supports reading, listening, and vocabulary acquisition. This article examines the importance of phonetic instruction for young learners and explores effective teaching methods, including the phonics approach, imitation and repetition, the use of songs and rhymes, minimal pair drills, and multimedia tools. By combining traditional techniques with modern technology, teachers can create an engaging and productive learning environment. Ultimately, this study concludes that systematic phonetic instruction is essential for building a strong foundation in English proficiency.
2025-09-15
“OLIY TA’LIM MUASSASASI RAHBARLARINING FAOLIYATIDA BOSHQARUV MADANIYATINING TUTGAN O‘RNI”
Boshqaruv jarayoni har qanday rahbar faoliyatining ajralmas qismi hisoblanadi. Oliy ta’lim muassasasi rahbarlari o‘z faoliyatlarining mas’uliyatini his qilgan holda, o‘z kasblari uchun zarur bo‘lgan barcha kasbiy va shaxsiy ko‘nikmalarga ega bo‘lishi lozim. Bu yerda eng yuqori o‘rinlarni albatta rahbarlarning boshqaruv madaniyati egallaydi. Rahbarning rahbarlik sifatlari, o‘z kasbiga oid bilim va salohiyati, tajribasi, boshqaruv jarayonlarini to‘g‘ri tashkil eta olish qobiliyati va shu kabi ko‘plab jihatlar yig‘indisi uning boshqaruv madaniyatini tashkil qiladi. Ta’lim muassasasining rivoji ko‘p jihatdan rahbarning boshqaruv madaniyatiga bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun ham hozirda ushbu mavzu juda ham dolzarb masalalardan biri bo‘lib qolmoqda.
2025-09-15
KONSTITUTSIYAVIY NAZORAT QOʻMITASI A’ZOLARINING KONSTITUTSIYAVIY-HUQUQIY HOLATI
Mazkur tezisda Konstitutsiyaviy nazorat qo‘mitasi a’zolarining konstitutsiyaviy-huquqiy holati shuningdek konstitutsiyaviy nazorat qoʻmitasi a’zolarining qasamyodini ,vakolatlari, ularni tayinlash va ozod etish tartibi, daxlsizlik kafolatlari hamda mustaqilligini ta’minlovchi huquqiy asoslar ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, xalqaro tajriba bilan solishtirish asosida O‘zbekiston Respublikasidagi konstitutsiyaviy nazorat organi a’zolarining maqomi yanada chuqur yoritiladi. Tadqiqot natijasida ushbu organ a’zolarining huquqiy maqomini takomillashtirish bo‘yicha xulosalar va takliflar ilgari suriladi.
2025-09-15
THE ROLE OF EXTENSIVE READING IN IMPROVING VOCABULARY AMONG TEENAGERS
Extensive reading, which refers to reading large amounts of level-appropriate and engaging texts for general comprehension, has been recognized as a highly effective means of vocabulary acquisition among teenagers. This article explores the role of extensive reading in improving adolescent learners’ lexical knowledge. Through the integration of these theoretical views with practical classroom insights, the discussion highlights how extensive reading enhances vocabulary through comprehensible input, repeated exposure, contextual inference, morphological awareness, and recycling of lexical items. Furthermore, it examines the motivational dimension of extensive reading, showing how autonomy, choice, and enjoyment sustain long-term engagement with texts, which in turn amplifies incidental vocabulary growth.
2025-09-16
TECHNOLOGY OF PREPARATION AND THE PRINCIPLE OF OPERATION DYE SENSITIZED SOLAR CELLS (DSSC)
In this experiment,we have examined the working mechanism of a dye sensitized solar cells (DSSC) and its technologies. Moreover, we included necessary materials to make solar cells and its layers. Apart from that, we have researched electric current, electric potential and how to generate electricity.
2025-09-16
YOSH OLIMLAR UCHUN MAXSUS GOOGLE SCHOLARDA TO'LIQ INDEKSLANUVCHI YANGI ILMIY KONFERENSIYA
Ushbu maqolada yosh olimlar uchun maxsus tashkil etilayotgan va Google Scholarda to‘liq indekslanuvchi yangi ilmiy konferensiyaning ahamiyati, imkoniyatlari hamda ilmiy faoliyat samaradorligiga ta’siri yoritilgan. Konferensiyaning yosh tadqiqotchilar uchun grantlar, tajriba almashish va xalqaro hamkorlikka yo‘l ochishi haqida so‘z yuritiladi.
2025-09-16
POLIPOZ RINOSINUSIT BILAN OG‘RIGAN BEMORLARNI ZAMONAVIY FESS USULIDA OPERATIV DAVOLASH
Ushbu maqolada polipoz rinosinusit bilan og‘rigan bemorlarni zamonaviy funktsional endoskopik sinus jarrohligi (FESS) usulida operativ davolash natijalari o‘rganilgan. Tadqiqotga PRS tashxisi qo‘yilgan 65 nafar bemor (2022–2024 yillar) jalb qilindi. Jarrohlik natijalari klinik simptomlarning kamayishi, burun nafasining tiklanishi va qaytalanish hollari bo‘yicha baholandi. Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, FESS usuli yuqori samaradorlik va kam invazivlikni ta’minlashi aniqlangan.
2025-09-17
РОЛЬ ПСИХОЛИНГВИСТИКИ В ОБУЧЕНИИ ЯЗЫКУ
В данной статье рассматривается психолингвистика как область, изучающая взаимосвязь между языком и мышлением, а также её влияние на процессы обучения языкам. Психолингвистика исследует, как люди воспринимают, понимают и производят язык, что имеет непосредственное отношение к методам и подходам в обучении иностранным языкам. Анализируются практические примеры применения психолингвистических подходов в обучении, такие как использование контекстуальной информации для улучшения понимания и запоминания, а также влияние эмоционального фона на процесс обучения.
2025-09-17
MUDDATIGA YETMAY TUGʻILGAN CHAQALOQLARDA RESPIRATOR DISTRESS SINDROMINI ZAMONAVIY DAVOLASH YONDASHUVLARI
Ushbu tezisda muddatigа yetmay tugʻilgan chaqaloqlarda respirator distress sindromi (RDS) rivojlanish sabablari, zamonaviy davolash usullari va profilaktik choralar yoritilgan. Surfaktant terapiyasi, noinvaziv nafasni qo‘llab-quvvatlash va innovatsion minimal invaziv usullar neonatal o’limni kamaytirishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlangan.
2025-09-17
HUQUQ IJODKORLIGINING QONUNCHILIK TIZIMIDAGI O’RNI
Mazkur maqolada huquq ijodkorligining mazmuni, tamoyillari va uning qonunchilik tizimidagi o’rni tahlil qilingan. Huquq ijodkorligi jamiyatda ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi muhim vosita sifatida namoyon bo’lib,qonunlar, kodekslar,qarorlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning ishlab chiqilishi,qabul qilinishi va amaliyotga joriy etilishi jarayonini o’z ichiga oladi.Maqolada qonunchilik tashabbusi subyektlari,normativ-huquqiy hujjatlarning tayyorlanishi va qabul qilinishi bosqichlari ham yoritilgan.Shuningdek,O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchilik tizimi doirasida huquq ijodkorligi jarayonining o’ziga xos xususiyatlari va dolzarb muommolari tahlil etiladi.Tadqiqot natijalari asosida huquq ijodkorligini takomillashtirish bo’yicha xulosalar va takliflar ishlab chiqilgan.
2025-09-17
PEDAGOGICAL CHALLENGES IN ONLINE AND HYBRID EDUCATION
The rapid growth of technology and the global shift caused by the COVID-19 pandemic have accelerated the adoption of online and hybrid (blended) education worldwide. These models provide flexibility, accessibility, and opportunities for innovation, yet they also pose significant pedagogical challenges for educators and students alike. Unlike traditional classrooms, online and hybrid learning environments require new approaches to engagement, communication, and assessment. Teachers must not only deliver content but also design meaningful digital interactions that support collaboration and critical thinking. This paper examines the key pedagogical challenges in online and hybrid education and explores strategies to address them for effective, inclusive learning.
2025-09-17
SOG‘LOM OVQATLANISH MADANIYATINI YOSHLAR ORASIDA RIVOJLANTIRISHNING SAMARALI YO‘LLARI
Ushbu tezisda yoshlar orasida sog‘lom ovqatlanish madaniyatini shakllantirishning samarali yo‘llari o‘rganilgan. Tadqiqotda to‘g‘ri ovqatlanishning salomatlikka ijobiy ta’siri, zararli odatlarni kamaytirish, ovqatlanish ratsionini muvozanatlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari yoritilgan. Yoshlarning sog‘lom ovqatlanishga bo‘lgan qiziqishini oshirishda ta’lim-tarbiya va ijtimoiy tashabbuslarning o‘rni alohida ko‘rsatilgan.
2025-09-17
