Мы рады сообщить вам, что Центр поддержки исследований «Innovative Academy» организовал Республиканская конференция «Молодые ученые». Это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований.
Опубликован: 2026-04-14
Статьи
TEMIRCHILIK MILLIY USTACHILIK SAN’ATI VA QADRIYATLAR
Ushbu maqolada temirchilik milliy ustachilik san’ati sifatida tarixiy shakllanish jarayoni, uning jamiyat hayotidagi o‘rni va zamonaviy rivojlanish tendensiyalari tahlil qilinadi. Temirchilik nafaqat hunarmandchilik sohasi, balki xalqning madaniy merosi va estetik qarashlarini ifodalovchi muhim qadriyat sifatida ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot davomida O‘zbekistonda temirchilik an’analari, ustalar faoliyati, mahsulot turlari hamda ularning amaliy ahamiyati ilmiy va statistik ma’lumotlar asosida yoritiladi. Shuningdek, milliy hunarmandchilikni rivojlantirishga qaratilgan davlat siyosati, xususan, hunarmandlarni qo‘llab-quvvatlash, eksport salohiyatini oshirish va yosh avlodni ushbu kasbga jalb etish masalalari muhokama etiladi. Maqola natijalari temirchilik san’atining nafaqat tarixiy meros, balki iqtisodiy va turistik resurs sifatida ham muhimligini asoslab beradi.
2026-04-13
ТЕЙКОПЛАНИН АСОСИДА ЯРИМ СИНТЕТИК ГЛИКОПЕПТИД ҲОСИЛАЛАРИНИ ОЛИШ ВА УЛАРНИ КЕЙИНГИ ФУНКЦИОНАЛЛАШТИРИШ ИСТИҚБОЛЛАРИ
антибиотикларга чидамли микроорганизмлар сонининг ортиб бориши янги авлод антибактериал бирикмаларини яратишни фармацевтик кимёнинг устувор йўналишларидан бирига айлантирмоқда [1]. Шу нуқтаи назардан, гликопептид антибиотиклар асосида янги ярим синтетик ҳосилаларни олиш алоҳида илмий аҳамият касб этади [2,3]. Тейкопланин молекуласи мураккаб тузилишга, юқори биологик фаолликка ва мақсадли кимёвий модификация учун қулай функционал марказларга эга бўлгани боис истиқболли платформа сифатида қаралади [2,3]. Унинг асосида ҳосил қилинган янги бирикмалар нафақат антибактериал, балки эҳтимолий антивирус хусусиятлари билан ҳам қизиқиш уйғотади [4,5].
2026-04-13
MAHALLANING HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASIDAGI O‘RNI VA VAKOLATLARI
Ushbu maqolada mahalla institutining huquqbuzarliklarni oldini olishdagi roli va vakolatlari tizimli ilmiy asosda tahlil qilinadi. Tadqiqotda hujjatli tahlil, statistik ma’lumotlar, intervyular, kuzatuvlar va solishtirma tahlil metodlari qo‘llanilgan. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, mahalla institutining vakolatlari, ijtimoiy resurslar, jamoatchilik ishtiroki, yoshlar bilan ishlash va hududiy xususiyatlar uning samaradorligini belgilovchi asosiy omillardir. Tadqiqot amaliy tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qiladi va xalqaro tajribalar bilan solishtirma tahlilni o‘z ichiga oladi.
2026-04-13
TOPOLOGIK FAZOLARDA OCHIQ VA YOPIQ TO‘PLAMLARNING XOSSALARI VA O‘ZARO BOG‘LIQLIGI
Mazkur maqolada zamonaviy matematikaning muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan matematik analiz va umumiy topologiyaning asosiy tushunchalari - ochiq va yopiq to‘plamlar nazariyasi atroflicha o‘rganiladi. Maqolaning dastlabki qismida metrik fazolarda ochiq shar va -atrof tushunchalari orqali ochiq to‘plamning qat’iy ta’rifi berilib, limit nuqtalar yordamida yopiq to‘plamlarning asosiy xossalari bayon etiladi.
2026-04-13
YOSHLARGA AXLOQIY TARBIYANI SHAKLLANTIRISHDA OILANING O‘RNI
Mazkur maqolada yoshlarning axloqiy tarbiyasini shakllantirish jarayonida oilaning o‘rni ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Avvalo, oila jamiyatning muhim ijtimoiy instituti sifatida yosh avlodning ma’naviy kamolotiga qanday ta’sir ko‘rsatishi yoritiladi. Shuningdek, maqolada ota-onaning tarbiyadagi mas’uliyati, milliy qadriyatlarning yoshlar ongiga singdirilishi hamda oilaviy muhitning shaxs shakllanishidagi ahamiyati chuqur tahlil qilinadi. Bundan tashqari, yoshlar tarbiyasiga oid davlat siyosati, xususan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlari hamda pedagog va sotsiolog olimlarning ilmiy qarashlari asosida masala keng yoritiladi. Natijada, yoshlarning axloqiy kamolotini ta’minlashda oilaning o‘rni beqiyos ekanligi ilmiy asosda ko‘rsatib beriladi.
2026-04-14
DAVLAT QARZI VA UNING IQTISODIY XAVFSIZLIKKA TA’SIRI
Mazkur maqolada davlat qarzining mohiyati, uning shakllanish sabablari va iqtisodiy xavfsizlikka ta’siri tahlil qilinadi. Davlat qarzining ijobiy va salbiy jihatlari, uning iqtisodiy barqarorlikka ta’siri, shuningdek, qarzni samarali boshqarish mexanizmlari yoritiladi. Maqola iqtisodiyot sohasiga qiziquvchi o‘quvchilar va talabalar uchun muhim nazariy hamda amaliy ahamiyatga ega.
2026-04-14
BOSHLANGʻICH TAʼLIMDA MILLIY QADRIYATLAR ASOSIDA TARBIYA
Mazkur maqolada boshlang‘ich ta’lim davrida o‘quvchilarni milliy qadriyatlar asosida tarbiyalash masalalari keng yoritilgan. Ayniqsa, yosh avlodni har tomonlama barkamol, ma’naviy yetuk va ijtimoiy faol shaxs sifatida shakllantirishda milliy qadriyatlarning o‘rni alohida ahamiyat kasb etishi ta’kidlanadi. Kichik yoshdagi o‘quvchilar ongiga odob-axloq me’yorlarini singdirish, ularda kattalarga hurmat, kichiklarga mehr, vatanparvarlik, halollik va mehnatsevarlik kabi fazilatlarni shakllantirishda milliy an’analar, urf-odatlar hamda boy ma’naviy merosdan samarali foydalanish zarurligi asoslab beriladi.
2026-04-14
RIVOJLANISH QONUNLARINING MOHIYATI
Ushbu maqolada falsafaning muhim bo'limi — dialektikaning rivojlanish qonunlari mohiyati va ahamiyati o'rganiladi. Maqolada rivojlanish tushunchasining falsafiy talqini, uning harakat tushunchasidan farqi hamda dialektikaning uchta asosiy qonuni — qarama-qarshiliklar birligi va kurashi, miqdoriy o'zgarishlarning sifatiy o'zgarishlarga o'tishi va inkorni inkor qonunlari keng yoritilgan. Har bir qonunning mohiyati, tarkibiy kategoriyalari va amaliy misollar orqali tushuntirilgan. Shuningdek, ushbu qonunlarning zamonaviy fan va jamiyat taraqqiyotidagi o'rni va metodologik ahamiyati ko'rib chiqilgan. Maqola falsafa fanini o'rganuvchi talabalar uchun mo'ljallangan.
2026-04-14
QADIMGI SHARQ FALSAFASINING VUJUDGA KELISHI
Ushbu maqolada qadimgi Sharq falsafasining vujudga kelishi, shakllanishi va rivojlanishining asosiy bosqichlari tahlil qilinadi. Qadimgi Hindiston, Xitoy va Mesopotamiya sivilizatsiyalarida falsafiy tafakkurning paydo bo'lishi, ulardagi kosmologik, etik va ontologik qarashlar ko'rib chiqiladi. Shuningdek, Sharq falsafasining jahon falsafiy merosi rivojiga qo'shgan hissasi baholanadi.
2026-04-14
XRISTIANLIKNING PAYDO BOʻLISHI, AQIDALARI, ASOSIY YOʻNALISHLARI, TAʼLIMOTLARI VA MANBALARI
Ushbu tezisda xristianlik dinining paydo bo‘lishi va rivojlanish jarayoni haqida ma’lumot beriladi. Shuningdek, uning asosiy aqidalari, ya’ni Xudoga ishonch, Iso Masihga e’tiqod qilish va najot haqidagi tushunchalar yoritiladi. Ish davomida xristianlikning asosiy yo‘nalishlari – katoliklik, pravoslavlik va protestantlik haqida ham qisqacha to‘xtalib o‘tiladi. Bundan tashqari, ushbu dinning muqaddas manbalari, xususan, Injil haqida umumiy tushuncha beriladi. Tezis xristianlik dinining asosiy g‘oyalari va uning jamiyatdagi o‘rni haqida sodda va tushunarli ma’lumot berishga qaratilgan.
2026-04-14
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA TABIIY (SCIENCE) FANLARINI STEAM YONDASHUVI ASOSIDA TASHKIL ETISH USULLARI
Mazkur maqolada boshlang‘ich sinflarda tabiiy fanlarni oʻqitishda STEAM (Science, Technology, Engineering, Art, Mathematics) yondashuvidan foydalanishning ahamiyati, uning ta’lim jarayoniga ta’siri hamda samarali tashkil etish usullari yoritilgan. Shuningdek, oʻquvchilarning ijodiy fikrlashi, muammoli vaziyatlarni hal qilish koʻnikmalari va mustaqil faoliyatini rivojlantirishda STEAM metodikasining oʻrni tahlil qilingan. Tadqiqot natijalariga koʻra, STEAM yondashuvi oʻquvchilarning tabiiy fanlarga boʻlgan qiziqishini oshirib, bilimlarni amaliyot bilan bog‘lash imkonini beradi.
2026-04-14
STEAM YONDASHUVI ASOSIDA KIMYO DARSLARINI TASHKIL ETISHNING METODIK ASOSLARI
Ushbu tezisda zamonaviy ta’lim paradigmasining ajralmas qismi bo‘lgan STEAM (Science, Technology, Engineering, Art, Mathematics) yondashuvini kimyo faniga tatbiq etish mexanizmlari yoritilgan. Tadqiqotda fanlararo integratsiyani ta’minlash, nazariy bilimlarni muhandislik yechimlari bilan bog‘lash hamda o‘quvchilarning kreativ va tanqidiy fikrlashini rivojlantirish usullari tahlil qilinadi. Shuningdek, dars jarayonida amaliy loyihalarni amalga oshirishning pedagogik afzalliklari aniq misollar yordamida asoslab berilgan.
2026-04-14
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR YORDAMIDA KIMYO TA’LIMINI RIVOJLANTIRISHNING STRATEGIK YO‘NALISHLARI
Ushbu tadqiqot ishida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining (AKT) kimyo fanini o‘qitishdagi o‘rni, virtual laboratoriyalarning afzalliklari va kimyoviy jarayonlarni vizuallashtirishning pedagogik mexanizmlari yoritilgan. Maqolada an’anaviy dars o‘tish uslubidan raqamli ta’lim muhitiga o‘tishning metodik bosqichlari, interaktiv simulyatsiyalardan foydalanish hamda o‘quvchilarning mustaqil tadqiqotchilik ko‘nikmalarini shakllantirish masalalari tahlil qilingan.
2026-04-14
PROKURATURA ORGANI XODIMLARINING MODDIY VA IJTIMOIY TA’MINOTI
Bugungi kunda davlatimizda prokuratura organlari xodimlari davlatning huquqni muhofaza qiluvchi tizimida muhim o’rin tutadi. Ularning professional salohiyati, vijdonli va samarali faoliyati nafaqat kasbiy bilim va tajribaga, balki moddiy va ijtimoiy ta’minot darajasiga ham bog’liq hisoblanadi. Shu o’rinda, moddiy va ijtimoiy ta’minot tushunchasiga to’xtalib o’tsak, moddiy ta’minot bu- prokuratura organlari xodimlarining asosiy hayotiy ehtiyojlarini qondirish uchun moliyaviy va ijtimoiy xizmatlar bilan ta’minlash jarayoni sifatida tushunishimiz mumkin. Ushbu ta’rifdan kelib chiqqan holda, moddiy ta’minot ikki xil usulda amalga oshiriladi. Bular: moliyaviy va ijtimoiy xizmat ko’rsatish yo’nalishida prokuratura organlari xodimlari uchun moddiy ta'minot ta'minlanadi. Moliyaviy jihatdan moddiy ta’minotga misol qilib lavozim maoshi, qo’shimcha to’lovlar (ko’p yillik xizmati uchun ustama, maxsus daraja unvon uchun to’lanadigan ustama) va kompensatsiyalar, rag’batlantiruvchi to’lovlar, ijtimoiy kafolatlar ( turar joy bilan ta’minlash) va imtiyozlarni misol qilib keltirishimiz mumkin. Ushbu to’lovlar, imtiyozlar prokuratura sohasiga tegishli bo’lgan O’zbekiston Respublikasining ‘’Prokuratura to’g’risida’’gi Qonunida hamda maxsus normalar bilan mustahkamlab qo’yilgan. Shu jumladan, Qonunning 50-moddasi hamda 51-moddasi bevosita prokuratura organlari xodimlarining moddiy va ijtimoiy ta’minoti bilan bog’liq normalar hisoblanadi.
2026-04-14
AMALIY MATEMATIKA VA INFORMATIKANING ZAMONAVIY JAMIYATDAGI O‘RNI
Ushbu maqolada amaliy matematika va informatikaning zamonaviy jamiyat rivojidagi o‘rni va ahamiyati yoritib berilgan. Shuningdek, ushbu fanlarning axborot texnologiyalari, iqtisodiyot, tibbiyot va boshqa sohalarda qo‘llanilishi haqida so‘z yuritiladi. Amaliy matematika va informatika yordamida murakkab masalalarni modellashtirish, tahlil qilish va samarali yechimlar topish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi.
2026-04-14
XOSMAS INTEGRALLARNING XOSSALARI VA TATBIQLARI
Ushbu tezisda xosmas (Riemann) integrallarning nazariy xossalari va amaliy tatbiqlari tadqiq etiladi. Lineerlik, chegara va qo‘shish kabi asosiy xossalar matematik jihatdan tahlil qilinadi. Shuningdek, integrallarning fizik maydon va energiya hisoblash, statistik modellashtirish, muhandislik tizimlari va iqtisodiyotda optimizatsiya jarayonlarida qo‘llanishi ko‘rsatiladi. Tadqiqot natijalari xosmas integrallarning nafaqat nazariy, balki amaliy ahamiyatini ham ochib beradi. Tezis ilmiy va amaliy masalalarni yechishda integrallarning samarali vosita ekanligini isbotlaydi.
2026-04-14
TUB SONLARNING MATEMATIK XOSSALARI VA ULARNING SONLAR NAZARIYASIDAGI AHAMIYATI
Tub sonlar Sonlar nazariyasi ning fundamental obyektlari bo‘lib, ular natural sonlarning yagona faktorizatsiyasi asosini tashkil etadi. Arifmetikaning asosiy teoremasi ga ko‘ra, har qanday natural son tub ko‘paytuvchilarga ajratilishi mumkin va bu ajratish yagona hisoblanadi. Tub sonlarning taqsimlanishi Tub sonlar teoremasi orqali tavsiflanadi, bu esa ularning zichligi va asimptotik xatti-harakatini aniqlash imkonini beradi. Zamonaviy tadqiqotlarda tub sonlar kriptografik tizimlar, xususan, RSA shifrlash algoritmi asosini tashkil etadi hamda Riman gipotezasi kabi muammolar orqali matematik tahlilning chuqur qatlamlari bilan bog‘langan.
2026-04-14
HINDISTON VA POKISTON O’RTASIDAGI GEOSIYOSIY RAQOBATGA “TOLIBON” OMILINING TA’SIRI
Mazkur maqolada Afg‘onistonda "Tolibon" harakatining hokimiyatga kelishi Janubiy Osiyodagi ikki yadroviy davlat — Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi azaliy geosiyosiy ziddiyatlarga qanday ta’sir ko‘rsatishi tahlil qilinadi. Tadqiqotda Pokistonning "strategik chuqurlik" doktrinasi hamda Hindistonning mintaqaviy xavfsizlik va iqtisodiy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan diplomatik sa’y-harakatlari qiyosiy o‘rganiladi. Shuningdek, maqolada Tolibon omilining Kashmir muammosi, mintaqaviy terrorizm xavfi va tranzit-kommunikatsiya loyihalariga ta’siri yoritib berilgan. Maqolada Tolibonning tashqi siyosatdagi pragmatik qadamlari Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi "nol yig‘indili o‘yin" balansini o‘zgartirishi mumkinligi haqidagi xulosalarni ilgari suriladi.
2026-04-14
THE ROLE OF E-BOOKS IN TEACHING FOREIGN LANGUAGES
This article explores the role of e-books in the teaching of foreign languages, focusing on their potential benefits, challenges, and impact on language acquisition. It examines the various multimedia features of e-books, such as embedded audio and interactive exercises, which support vocabulary acquisition, comprehension, and learner engagement. Through a mixed-methods approach, including surveys, classroom observations, and student interviews, the study finds that e-books significantly enhance the language learning experience by fostering self-directed learning and offering personalized, flexible teaching methods. However, challenges such as distractions and navigation difficulties are noted, which can hinder the effectiveness of e-books in language classrooms. The article concludes that e-books are most beneficial when used as supplementary materials in conjunction with traditional teaching methods, with careful attention to the selection and integration of e-books to minimize distractions and maximize learning outcomes.
2026-04-14
ASSESSMENT OF THE COURSE OF CLIMACTERIC SYNDROME IN WOMEN OF MENOPAUSAL AGE
This study is devoted to a comprehensive assessment of the clinical course of climacteric syndrome in women of menopausal age. A total of 72 women aged 45–60 years were included in the study. Climacteric symptoms were evaluated using the Kupperman Menopausal Index, along with clinical and anamnestic data. The findings revealed a high prevalence of vegetative, psycho-emotional, and somatic manifestations, which significantly affect women’s quality of life and functional status. Statistical analysis confirmed the reliability of the results (p<0.05). The moderate severity of climacteric syndrome was found to be predominant. The study emphasizes the importance of early diagnosis and individualized management strategies in improving health outcomes in menopausal women.
2026-04-14
WAYS TO IMPROVE THE QUALITY OF EMERGENCY CARE FOR PATIENTS WITH URETEROLITHIASIS
This study is devoted to assessing the quality of emergency medical care provided to patients with ureterolithiasis and identifying ways to improve it. A total of 84 patients aged 18–65 years were included in the study. Clinical symptoms, laboratory and instrumental diagnostic methods, and applied treatment approaches were comprehensively analyzed. The results demonstrated that early diagnosis, the use of modern instrumental techniques, and the implementation of standardized treatment algorithms significantly improve patient outcomes and reduce the risk of complications (p<0.05) [1,2].
2026-04-14
TREATMENT STRATEGY FOR DUODENAL ULCER DISEASE COMPLICATED BY BLEEDING
This study is devoted to evaluating and improving the treatment strategy for duodenal ulcer disease complicated by bleeding. A total of 45 patients aged 18–75 years were included in the study. The clinical condition of patients, laboratory parameters, and endoscopic findings were comprehensively analyzed. The effectiveness of endoscopic hemostasis methods, proton pump inhibitors, and infusion therapy was assessed. The results demonstrated that a comprehensive treatment approach allows rapid and effective control of bleeding and reduces the risk of recurrence (p<0.05) [1,2].
2026-04-14
