Мы рады сообщить вам, что Центр поддержки исследований «Innovative Academy» организовал Республиканская конференция «Молодые ученые». Это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований.
Опубликован: 2025-10-02
Статьи
ЛИНГВИСТИЧЕСКАЯ КАРТИНА МИРА В КОНТЕКСТЕ КУЛЬТУРНОЙ СПЕЦИФИКИ
В статье рассматривается взаимосвязь между структурой языка и культурными установками, проявляющимися в концептуализации пространства, времени, морали, эмоций и социальных отношений. Анализируются примеры из различных языковых систем — русского, английского, японского, арабского и других, — демонстрирующие, как грамматические категории, лексика и фразеология отражают национальный менталитет. Особое внимание уделено роли языка как хранителя культурного кода, способного сохранять и транслировать ценностные ориентиры поколений.
2025-09-30
QARAQALPAQSTAN RADIOSINDA ÁDEBIY ESITTIRIWLERDIŃ ÓTMISHI HÁM BÚGINI
Usı ilimiy maqala Qaraqalpaqstan radiosındaǵı ádebiy-kórkem esittiriwlerdiń yarım ásirden aslamıraq tariyxıy evolyuciyasın tallawǵa baǵıshlanǵan. Izertlewde ádebiy baǵdarlamalardıń qáliplesiw basqıshları (1930–1950-jıllar), "Altın dáwir" (1960–1980-jıllar)daǵı rawajlanıw processlerı hám bul esittiriwlerdiń milliy ádebiyat, til hám aǵartıwshılıqtı násiyatlawdaǵı ornı jarıtılǵan. Sonday-aq, maqalada ǵárezsizlik jıllarınan keyingi dáwir, atap aytqanda, sanlı transformaciya sharayatındaǵı (podkast, onlayn transliyaciya) format ózgerisleri, házirgi auditoriyanı tartıw máselelerı hám keleshek perspektivaları hár tárepleme qarap shıǵıladı. Maqala juwmaǵında dástúriy radio platformasın házirgi texnologiyalar menen baylanıstırıw arqalı ádebiy esittiriwlerdiń áhmiyetin saqlap qalıw boyınsha ámeliy usınıslar berilgen.
2025-09-30
AMIR TEMIR, EDIGE, HÁM EDIGE DÁSTANINIŃ TARIYXIY SHINLIQQA QATNASI
Qaraqalpaq xalqı basqa da qońsılas tuwısqan xalıqlar sıyaqlı óziniń bay awızeki xalıq dóretpelerine iye. Ásirler boyına xalıqtıń dóretken dástanlarında, erteklerinde, naqıl-maqallarında, aytıslarında, tolǵawlarında ótken dáwirdegi onıń kún-kórisleri, turmısı, dástúrleri, dúnyaǵa kózqarası, tariyxınıń kórkem sáwleleniwi beriledi.
2025-09-30
“YASHIL SINF XONASI VA TABIAT BILAN ALOQA”
Bugungi kunda ta’lim tizimi oldida turgan muhim vazifalardan biri – o‘quvchi-yoshlarda tabiatga mehr tuyg‘usini shakllantirishdir. Jamiyat taraqqiyoti faqat ilm-fan va texnologiyalar bilan emas, balki insonning tabiat bilan uyg‘un hayoti bilan ham ta’minlanadi. Shu nuqtai nazardan “yashil sinf xonasi” g‘oyasi ekologik ta’limning zamonaviy usullaridan biri hisoblanadi. U orqali bolalar tabiat bilan bevosita aloqa qiladi, bilimlarni nazariy emas, balki amaliy jarayon orqali egallaydilar.
2025-09-30
SUNʼIY INTELLEKT VA VAQT BOSHQARUVI
Mazkur maqola sunʼiy intellektni vaqt boshqaruviga taʼsiri haqida tahlil qilingan.Tadqiqotda sifatli metodlardan foydalanib, oʻquvchilarning ijtimoiy tarmoqlarga munosabati, ularning foydali va salbiy jihatlari oʻrganildi.Natijalat shuni koʻrsatadiki, sunʼiy intellekt inson hayotida juda koʻp narsalarni osonlashtirmoqda asosan online taʼlim va ishlash ular uchun qulaydir.B iroq, haddan tashqari texnologiyaga tayanish vaqtni yoʻqotishga, sogʻligimizga va samarasiz ish bajarishimizga sabab boʻladi Xulosa tariqasida, sunʼiy intellekt vositalari odamlarga yordam bersada ulardan me'yorida foydalanish lozimligi taʼkidlanga.
2025-09-30
MECHANISMS OF FETOPLACENTAL ADAPTATION IN CASES OF PRETERM DELIVERY
Preterm birth, defined as delivery before 37 weeks of gestation, remains a major contributor to neonatal morbidity and mortality, as well as long-term health complications among surviving infants. Children born prematurely are at higher risk of developing respiratory and gastrointestinal disorders, neurological impairments, and delays in both physical growth and cognitive development. Nevertheless, timely medical intervention and appropriate neonatal care can considerably improve outcomes in this vulnerable group.The compensatory and adaptive responses of the fetoplacental system in preterm birth represent a set of structural and functional adjustments aimed at sustaining fetal viability when pregnancy ends earlier than expected. These processes involve modifications in placental morphology and function, as well as alterations in fetal metabolic activity. Placental dysfunction, often referred to as placental insufficiency, is closely linked with several obstetric complications, including pre-eclampsia and intrauterine growth restriction, both of which increase the likelihood of preterm labor—a leading global cause of perinatal morbidity and mortality. Although the term “placental insufficiency” is widely used in clinical practice, the lack of a standardized definition and universally accepted diagnostic criteria complicates its interpretation and clinical application.
2025-09-30
IJOBIY PSIXOLOGIYA TAMOYILLARI
Ijobiy psixologiya insonning ichki salohiyatini rivojlantirish, hayot sifatini yaxshilash va shaxsiy baxtga erishish imkoniyatlarini o‘rganishga qaratilgan ilmiy yondashuvdir. Ushbu tadqiqotda ijobiy psixologiya tamoyillarining ahamiyati, ular inson hayotidagi muvaffaqiyat va motivatsiyani oshirishdagi o‘rni tahlil qilindi. Metod sifatida ilmiy adabiyotlarni taqqoslash, kuzatish va psixologik tahlil usullari qo‘llanildi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, ijobiy psixologiya tamoyillaridan foydalanish shaxsiy rivojlanish, stressni kamaytirish va sog‘lom ijtimoiy munosabatlarni shakllantirishda muhim omil hisoblanadi.
2025-09-30
MAKTABLARDA PSIXOMATIK KASALLIKLARINI OLDINI OLISH. PSIXOPROFILAKTIKA CHORALARI
Paixomatik kasalliklari – bu psixologik omillar ta’siri ostida yuzaga keladigan jismoniy kasalliklardir. Maktab davrida o’quvchilarda o’quv jarayonidagi zo’riqish, stress, oilaviy muammolar sinfdoshlar bilan o’zaro nizolar natijasida yuzaga kelishi mumkin. Ushbu tezisda maktab sharoitida bunday kasalliklarni oldini olish uchun psixoprofilaktika choralari, psixologik xizmatning o’rni va samaralari metodlar yoritib beriladi. Shu bilan birgalikda ushbu tezisda talim jarayonida sog’lom psixologik muhit yaratish ota onalar bilan hamkorlik va maktab psixologik xizmatning o’rni xaqida so’z yuritiladi.
2025-09-30
TASHKILOTDA MOBBING JARAYONLARI VA ULARNING XODIMLARNING RUHIY-EMOTSIONAL BARQARORLIGIGA TA’SIRI
Mazkur maqolada tashkilotlarda uchraydigan mobbing jarayonlari, uning shakllari va xususiyatlari tahlil qilinadi. Mobbingning xodimlarning ruhiy-emotsional barqarorligiga ko‘rsatadigan salbiy ta’siri ijtimoiy-psixologik nuqtai nazardan yoritilgan. Xususan, mobbing holatlarining xodimlarda stress, depressiya, motivatsiyaning pasayishi, ish samaradorligining kamayishi kabi oqibatlarga olib kelishi ko‘rsatib o‘tiladi. Maqolada shuningdek, tashkilotda sog‘lom psixologik muhit yaratish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini kuchaytirish va mobbingning oldini olish bo‘yicha tavsiyalar ham berilgan.
2025-09-30
MA’MURIY SUDLARNING FUQAROLARNING HUQUQ VA ERKINLIKLARINI HIMOYA QILISHDAGI O‘RNI
Ma’muriy sudlar fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini himoya qilishda muhim huquqiy institut sifatida namoyon bo‘ladi. Ular davlat organlari, mansabdor shaxslarning noqonuniy qaror va harakatlari ustidan shikoyatlarni ko‘rib chiqish orqali adolatni ta’minlashga xizmat qiladi. O‘zbekistonda ma’muriy sud tizimi joriy etilgandan so‘ng fuqarolarning davlat organlari faoliyati ustidan nazorat imkoniyatlari kengaydi. Shu bilan birga, ma’muriy sudlar orqali fuqarolarning huquqiy madaniyati yuksalib, ularning o‘z huquqlarini himoya qilishga bo‘lgan ishonchi ortmoqda. Ma’muriy sudlar nafaqat huquqiy nizolarni hal etadi, balki jamiyatda qonun ustuvorligi va odil sudlov tamoyillarini mustahkamlashda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ularning samarali faoliyati huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini shakllantirish yo‘lida muhim omil hisoblanadi.
2025-09-30
TALABALARNING AKADEMIK MUVAFFAQIYATIGA TA’SIR ETUVCHI PSIXOLOGIK OMILLARNING TAHLILI: O’ZINI-O’ZI TARTIBGA SOLISH STRATEGIYALARI
Ushbu tesizda talabalarning akademik muvaffaqiyatiga ta’sir etuvchi psixologik omillarning tahlili va o’zini-o’zi tartibga solish strategiyalari to’g’risida. Odamning o’ziga-o’zi qanday munosabatda bo’lishi unga atrofdagilarning qanday munosabatda bo’lishiga ham bog’liqdir. O’zini-o’zi baholash shaxsning hal qiluvchi xususiyati, uning o’zagidir. O’zini-o’zi baholash jamoadagi faoliyati, mavqeini, uning boshqa a’zolariga o’zining munosabatini baholashni o’z ichiga oladi.
2025-09-30
KASBGA YO’NALTIRISHDA PROFESSIONAL QOBILYATLARINI ANIQLASHNING PSIXODIAGNOSTIK USULLARI: TESTLAR ISHONCHLILIGI
Ushbu tezis kasbga yo’naltirishda professional qobilyatlarini aniqlashning psixodiagnostik usullari ulardan testlar ishonchliligida. Psixologiya fanida layoqat va qobiliyatlarni o‘rganish amaliy jihatdan muhim ahamiyatga egadir. Ushbu psixologik xususiyatlarni o‘rganish orqali yoshlarning kelajakdagi kasb -hunar faoliyatini to‘g‘ri tanlashiga zamin yaratiladi. Zero, shaxsning tug‘ma layoqatlari o‘z vaqtida tashxis qilinsa, ular qobiliyat darajasigacha shakllantirilsa, keyinchalik yuqori darajada namoyon bo‘lgan qobiliyatlar asosida kasb-hunar tanlansa, shaxsning faoliyat samaradorligi ham yuqori darajada namoyon bo‘ladi.
2025-09-30
АЁЛИНИ ОЛИЙ МАЪЛУМОТЛИ БЎЛИШИНИ ИСТАГАН ЭРКАК ВА УНИНГ ПСИХОЛОГИК ЎРНИ
Ушбу мақолада аёлнинг олий маълумотли бўлишини истаган эркакнинг жамиятда ва оиладаги психологик ўрни таҳлил қилинади, шунингдек, бу жараённинг кундалик ҳаётга таъсири ёритиб берилади. Бугунги кунда жамият тараққиётида олий маълумотнинг аҳамияти беқиёс даражада ортмоқда. Инсоннинг билимли, тафаккури кенг, савияси юқори бўлиши нафақат шахс, балки оила ва бутун жамият ривожланиши учун асосий омил ҳисобланади. Шундай экан, эркакнинг ўз ҳаётий умр йўлдоши – аёлини олий маълумотли бўлишини орзу қилиши ва қўллаб-қувватлаши унинг оиладаги руҳий етуклиги, маънавий дунёси ва ҳаётий қарашларидан далолатдир.
2025-09-30
OG‘IZ BO‘SHLIG‘I GIGIYENASI VA STOMATOLOGIK KASALLIKLARNING OLDINI OLISHDA PROFILAKTIKANING AHAMIYATI
Ushbu maqolada og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenasi va stomatologik kasalliklarning oldini olishda profilaktikaning nazariy va amaliy asoslari yoritilgan. Stomatologik kasalliklarning multifaktorial kelib chiqishi, ularning umumiy sog‘liq bilan bog‘liqligi va shaxsiy hamda professional gigiyena choralari ilmiy manbalar asosida tahlil qilingan. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, gigiyenaga rioya qilish va profilaktik choralarni amalga oshirish orqali kariyes va parodont kasalliklarini sezilarli darajada kamaytirish mumkin. Shuningdek, maqolada stomatologiya sohasida zamonaviy nazariyalar, sanogenetik yondashuv va gigiyenik texnikalar tahlil qilinib, ularning amaliyotdagi ahamiyati ko‘rsatib o‘tiladi.
2025-09-30
NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARGA IJTIMOIY QO‘LLAB-QUVVATLASH TIZIMINING AHAMIYATI
Ushbu tezisda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimining mazmun-mohiyati, ahamiyati hamda uning jamiyat rivojlanishidagi o‘rni tahlil qilinadi. Shuningdek, ushbu tizimni takomillashtirishning ijtimoiy, huquqiy va amaliy jihatlari yoritiladi.
2025-09-30
O‘QISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA MATN USTIDA ISHLASH ORQALI ADABIY NUTQNI RIVOJLANTIRISH
Mazkur maqolada o‘qish savodxonligi darslarining adabiy nutqni shakllantirishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Muallif matn ustida ishlashning bosqichlari, metodik yondashuvlari va bolalarning og‘zaki hamda yozma nutqini rivojlantirishdagi ta’sirini ochib beradi. Dars jarayonida badiiy matnlar asosida so‘z boyligini kengaytirish, nutq madaniyatini oshirish, obrazli fikrlashni rivojlantirish kabi jihatlar yoritiladi. Shuningdek, o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, matnga tanqidiy va tahliliy yondashish ko‘nikmalarini shakllantirishda matn ustida tizimli ishlashning ahamiyati asoslab beriladi. Ilmiy-nazariy qarashlar hamda amaliy tajribalar asosida taklif va tavsiyalar beriladi. Maqola boshlang‘ich ta’lim tizimida adabiy nutqni rivojlantirishga xizmat qiluvchi metodik vositalarni takomillashtirishga yo‘naltirilgan.
2025-09-30
YANGI METODIK YONDASHUV ASOSIDA TA’LIM TEXNOLOGIYALARINI ISHLAB CHIQISH
Maqolada yangi metodik yondashuvlar asosida ta’lim texnologiyalarini ishlab chiqishning nazariy va amaliy jihatlari yoritilgan. Ta’lim jarayonida innovatsion metodlardan foydalanish, o‘quvchilarning faolligini oshirish, mustaqil fikrlashga yo‘naltirilgan darslarni tashkil etish masalalari tahlil qilinadi va zamonaviy texnologiyalarni o‘quv jarayoniga integratsiya qilishning afzalliklari, muammolari va yechimlari haqida so‘z yuritiladi.
2025-09-30
МОДЕЛИ ИГРОВОЙ ПЕДАГОГИКИ В ОБУЧЕНИИ ЕСТЕСТВОЗНАНИЮ: ВОЗМОЖНОСТИ И ОГРАНИЧЕНИЯ
В тезисе рассматриваются ключевые модели игровой педагогики, применимые к преподаванию естествознания в начальной школе: ролевая и сюжетно-ролевая игра, дидактическая игра, симуляции и «серьёзные игры», элементы геймификации, а также смешанные форматы с дополненной реальностью. На основе анализа научной литературы и практических кейсов обосновывается потенциал игр для развития наблюдательности, причинно-следственного мышления и первичных исследовательских умений младших школьников. Выявлены методические ограничения: несоответствие игр целям и критериям оценивания, риски когнитивной перегрузки, нехватка подготовленности учителя, цифровое неравенство, а также сложности операционализации «научных» результатов обучения. Предложены ориентиры для конструирования игровых заданий в естествознании: явная дидактическая цель, встраивание наблюдения и эксперимента в логику игрового сюжета, поэтапное усложнение, прозрачная рубрика оценивания и рефлексия. Делается вывод о целесообразности проектирования игр как педагогических средств с чёткими ограничениями и доказательной логикой влияния на учебные результаты.
2025-09-30
TARJIMA TURLARI VA TARJIMANING HAYOTIMIZDAGI AHAMIYATI
Ushbu maqolada tarjimaning asosiy turlari va ularning jamiyatimizdagi o‘rni tahlil qilinadi. Tarjimaning og‘zaki, yozma, adabiy, texnik hamda audiovizual shakllari haqida batafsil so‘z yuritilib, ularning hayotimizdagi ahamiyati yoritiladi. Tarjimaning nafaqat lingvistik jarayon, balki madaniyatlararo ko‘prik vazifasini bajarishi ilmiy asoslarda ko‘rsatib o‘tiladi. Shuningdek, tarjimaning ta’lim, ilm-fan, diplomatiya, biznes va san’at sohalaridagi roli alohida tahlil qilinadi.
2025-09-30
EKOTURIZMNING MINTAQAVIY RIVOJLANISHDAGI O‘RNI
Mazkur maqolada ekoturizmning mintaqaviy rivojlanishdagi o‘rni, uning iqtisodiy, ekologik va ijtimoiy ahamiyati keng tahlil qilinadi. Shuningdek, ekoturizmni rivojlantirish orqali tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, mahalliy aholining turmush darajasini oshirish, madaniy merosni asrab-avaylash va hududlarning ekologik barqarorligini ta’minlash masalalari chuqur o‘rganiladi.
2025-09-30
KEŃESBAY RAXMANOVTÍŃ ÍǴBAL SOQPAQLARI QOSIǴINDA KÓRKEM QURALLARDÍŃ QOLLANÍLÍWÍ
Bul maqalada belgili qaraqalpaq shayırı Keńesbay Raxmanovtıń dóretiwshiliginde kórkemlew qurallarınıń, atap aytqanda, metafora, epitet, salıstırıw hám simvolikalıq ańlatpalar járdeminde dóretilgen obrazlardıń ornı hám áhmiyeti tallanadı. Sonday-aq, Íǵbal soqpaqları qosıq teksti mısalında shayırdıń sheberlik penen qollanǵan kórkem súwretlew quralları arqalı milliy maqtanısh, watansúyiwshilik hám arzıw-niyetlerdiń kórkemlik sáwleleniwi sáwlelendiriledi.
2025-09-30
O‘QITUVCHINING NUTQ MADANIYATI VA UNING O‘QUVCHILARNING MANTIQIY FIKRLASHIGA TA’SIRI
Ushbu maqolada o‘qituvchining nutq madaniyati va uning o‘quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatiga ko‘rsatadigan ta’siri tahlil qilinadi. Nutq madaniyati o‘qituvchining kasbiy mahorati va pedagogik madaniyatining ajralmas tarkibiy qismi sifatida qaraladi. Maqolada o‘qituvchi nutqining leksik, grammatik, mantiqiy, emotsional va kommunikativ jihatlari, shuningdek, ularning o‘quvchilarda fikrlash faoliyatini rivojlantirishdagi roli yoritilgan. Tadqiqot davomida o‘qituvchi nutqining mantiqiy izchilligi va ifodaliligi o‘quvchilarning tafakkur jarayonini faollashtirishi amaliy misollar orqali asoslab beriladi. Shuningdek, raqamli ta’lim sharoitida o‘qituvchi nutq madaniyatini takomillashtirish yo‘llari ham ko‘rsatib o‘tiladi.
2025-09-30
N. DAWQARAEVNING FOLKLOR VA ETNOGRAFIYA O‘RTASIDAGI BOG‘LIQLIKKA QARASHI
Ushbu maqolada qoraqalpoq xalqining taniqli olimi, folklorshunos va etnograf Najim Dawqaraevning ilmiy qarashlari asosida folklor va etnografiya o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik masalasi chuqur tahlil qilinadi. Olimning xalq og‘zaki ijodi namunalarini etnografik manba sifatida o‘rganishdagi metodologik yondashuvlari, shuningdek, qoraqalpoq xalqining madaniy merosi va milliy qadriyatlarini tadqiq etishdagi hissasi yoritiladi.
2025-09-30
BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA KOMPETENSIYAVIY YONDASHUV ASOSIDA DARS TASHKIL ETISH
Ushbu maqolada boshlang‘ich ta’lim jarayonida kompetensiyaviy yondashuv asosida darslarni tashkil etishning nazariy va amaliy jihatlari chuqur tahlil qilinadi. Shuningdek, o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, ijodkorlik, muloqotga kirisha olish, muammoli vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish, kommunikativ va axborot kompetensiyalarini shakllantirishning samarali yo‘llari yoritiladi.
2025-09-30
GIDROBIOLOGIK TIZIMLARDA BIOGEOKIMYOVIY SIKLLARNING BUZILISHI
Ushbu maqolada gidrobiologik tizimlarda biogeokimyoviy sikllarning buzilishi, ularning asosiy sabablari, biologik va ekologik oqibatlari keng yoritilgan. Xususan, azot, fosfor, uglerod va oltingugurt aylanishlarining buzilishi natijasida suv havzalarida yuzaga keladigan eutrofikatsiya, oksidlanish-qaytarilish jarayonlarining o‘zgarishi, kislorod tanqisligi, suv organizmlarining nobud bo‘lishi kabi muammolar ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Shu bilan birga, Orolbo‘yi va Qoraqalpog‘iston suv tizimlaridan misollar keltirilgan.
2025-09-30
LABORATORIYA SHAROITIDA BARG QO‘NG‘IZLARI (CHRYSOMELIDAE) OILASI TURLARIGA QARSHI KIMYOVIY VA BIOLOGIK PREPARATLARNI QO‘LLASH
Mazkur maqolada laboratoriya sharoitida barg qo‘ng‘izlari (Chrysomelidae) oilasiga mansub turlarga qarshi kimyoviy va biologik preparatlarning ta’siri chuqur tahlil qilingan. Tadqiqot davomida imidacloprid, deltametrin, va chlorpyrifos kabi kimyoviy vositalarning samaradorligi, shuningdek Bacillus thuringiensis, Beauveria bassiana va Metarhizium anisopliae kabi biologik agentlarning ekologik afzalliklari o‘rganildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, integratsiyalashgan (IPM) yondashuv — ya’ni kimyoviy va biologik usullarni uyg‘unlashtirib qo‘llash — barg qo‘ng‘izlari populyatsiyasini nazorat qilishda eng samarali yo‘l hisoblanadi. Shuningdek, laboratoriya sharoitida preparatlarning optimal dozasi, ta’sir davomiyligi va hasharotlarning sezuvchanlik darajalari aniqlangan. Maqolada ekologik xavfsizlik va barqaror qishloq xo‘jaligi tamoyillari alohida yoritilgan.
2025-09-30
