Мы рады сообщить вам, что Центр поддержки исследований «Innovative  Academy» организовал Республиканская конференция «Молодые ученые». Это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований.

Опубликован: 2025-03-26

TEMPERAMENT TIPLARINING DASTLABKI, HOZIRGI TASNIFI VA UNING TARIXIY VIZUAL IFODASI

Ushbu maqolada temperament, uning o’rganilish tarixi hamda temperamentning vizual ifodalanishi haqida ma’lumotlar keltirilgan.

Rustamova Munisa

4-9

2025-03-26

THE IMPACT OF SOCIAL MEDIA ON ENGLISH GRAMMAR AND SPELLING

Communication is a vital tool that enables interaction among people. The information and communication technology revolution has resulted in easy and free access to various social media sites that allow users to receive and send messages. However, because this revolution has altered the information world, it also threatens effective communication. This study examined the effect of social media English on students' spelling ability. The researchers recommended that for students to achieve effective communication, they should maintain the habit of clarity in their written communication and not rely on social media English.

Madinabonu Boboyorova , Muyassar Amedova

10-16

2025-03-26

MONOPOLY AND ITS DRIVING FORCES, PRICING AND PRODUCTION STRATEGIES, PROFIT MAXIMIZATION, SOCIAL EFFICIENCY OF MONOPOLY

This article delves into the phenomenon of monopoly, exploring its definition, characteristics, and implications on social efficiency. The report examines the pricing and production strategies employed by monopolistic firms, emphasizing profit maximization, marginal revenue and cost analysis, and the impact of price discrimination. The investigation illustrates the social efficiency of monopolies under perfect price discrimination.

Sherkhon Saparboev

17-21

2025-03-26

МЕТОДЫ И ПРИЕМЫ СЛОВАРНО-ОРФОГРАФИЧЕСКОЙ РАБОТЫ ПРИМЕНЯЕМЫЕ В ШКОЛЕ

В работе представлен анализ методической и лингвистической литературы; рассматриваются понятия словарно-орфографической работы, этимологии и этимологического анализа; дается описание основных приёмов и методов словарно-орфографической работы; обосновывается возможность и необходимость проведения словарно-орфографической работы на уроках русского языка в школе на основе этимологического анализа. Мы считаем, что данная работа может быть использована в качестве методического материала на практических занятиях по методике преподавания русского языка в вузе. Данный материал также может быть полезен студентам при прохождении педагогической практики в школе.

Эшанкулов Хамракул Маматкулович

22-25

2025-03-26

“ULUG' SALTANAT" ROMANIDAGI ADABIY QAHRAMONLAR PORTRЕTLARINING QIYOSIY TAHLILI

Ushbu maqolada  yozuvchi, Filologiya fanlari nomzodi Muhammad Alining “Ulug’ saltanat” romanidagi adabiy qahramonlar portreti bir-biriga qiyosiy tarzda tahlil qilingan.

Orazbaeva Asal

26-28

2025-03-26

TEXNOLOGIYA VA TA’LIM: YASHIL IQTISODIYOT UCHUN INNOVATSIYALAR

Ushbu maqolada iqlim o'zgarishi va atrof-muhitning ifloslanishi muammolarini hal etishda yashil iqtisodiyot va ta'lim o'rtasidagi aloqalar tahlil qilinadi. BMT hisobotlariga tayanib, agar uglerod chiqindilari kamaytilmasa, global haroratning oshishi xavfi mavjudligini ko'rsatadi. Maqolada yashil iqtisodiyotning asosiy tamoyillari va ta'lim tizimining ularni jamiyatga singdirishdagi roli rivojlantiriladi. Zamonaviy texnologiyalarni ta'limga integratsiyasi, jumladan virtual reallik, sun'iy intellekt va onlayn platformalarning yordami bilan ekologik ongni oshirish imkoniyatlarini ochib beradi. O'zbekiston misolida, texnologiyalarni qo'llash orqali qishloq xo'jaligi va energiya sohasida erishilgan yutuqlar muhokama qilinadi. Biroq, internetga kirish va zarur uskunalar yetishmasligi kabi qiyinchiliklar ham e'tibordan chetda qolmaydi.

Shernafasov Adhambek Izzatbek o‘g‘li

29-31

2025-03-26

OʻZBEKISTON TOGʻLARIDA TARQALGAN JUNIPERUS TURKUMINING OʻSIMLIKLAR QOPLAMIDAGI OʻRNI VA AHAMIYATI

В данной статье анализируется роль и значение рода Juniperus (можжевельник) в растительном покрове горных регионов Узбекистана. Рассматриваются его экологические функции, вклад в сохранение биоразнообразия, а также экономическая и медицинская ценность. Также обсуждается необходимость охраны и устойчивого управления можжевеловыми лесами.

Mirrahimova Nilufar Mirahmon qizi

32-33

2025-03-27

JIYDADOSHLAR OILASINING ASOSIY TURKUM VA TURLARI. TARQALISHI VA AHAMIYATI

В данной дипломной работе широко освещены основные группы и виды растений семейства маревых, их распространение и значение. Это семейство в основном состоит из растений, адаптированных к засушливым и засоленным почвам, включая важные роды, такие как Atriplex, Salicornia, Salsola, Suaeda и Kochia.

Malika G’ulomova

34-36

2025-03-27

ALGORITMIK TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISHDA ALGORI-GAME METODINING SAMARADORLIGI

Ushbu maqolada algoritmik tafakkurni shakllantirish va rivojlantirish uchun ishlab chiqilgan ALGORI-GAME gibrid o'qitish metodining pedagogik imkoniyatlari va samaradorligi tahlil etilgan. Metodning tarkibiy qismlari, nazariy asoslari va amaliy qo‘llash natijalari batafsil yoritilgan. Gamifikatsiya va adaptiv ta'lim texnologiyalarining qo‘llanilishi orqali o‘quvchilar motivatsiyasining oshirilishi hamda bilimlarni chuqur egallashga erishilishi ta’kidlangan.

Shohruh Umarzoda

37-38

2025-03-27

ШАРАФ РАШИДОВ – ПИСАТЕЛЬ, ДИПЛОМАТ, ПОЛИТИЧЕСКИЙ ЛИДЕР

в огромной череде руководителей советского периода Шараф Рашидович Рашидов занимает особенное место, поскольку его с полным основанием можно отнести к тем редким руководителям, которых принято называть просвещёнными. Ведь чаще всего на высшие партийные и государственные посты в советской системе поднимались люди из числа представителей рабочего класса и крестьянства и реже всего из интеллигенции.

Хасанова Гузалия Бахтиёровна

39-42

2025-03-27

KREDIT SHARTNOMALARDAN KELIB CHIQADIGAN NIZOLAR

Kredit shartnomalari zamonaviy iqtisodiy munosabatlarning ajralmas qismi bo‘lib, ular orqali tadbirkorlik sub’ektlari va jismoniy shaxslar moliyaviy resurslarga ega bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Ushbu shartnomalar iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda, xususiy sektorga qo‘llab-quvvatlash ko‘rsatishda, aholini moliyaviy xizmatlardan kengroq foydalanishiga xizmat qiladi. Ammo, kredit shartnomalari bilan bog‘liq huquqiy nizolar so‘nggi yillarda tez-tez uchrab turibdi. Ushbu muammo nafaqat kredit olish jarayonlarida shartnoma taraflari o‘rtasidagi tushunmovchiliklar, balki iqtisodiy, huquqiy va ijtimoiy omillar bilan ham bog‘liq. Shuning uchun ushbu sohadagi protsessual mexanizmlarni takomillashtirish dolzarb masala hisoblanadi.

Murodov Muxlis Matnazar o'g'li

43-44

2025-03-27

INNOVATSION YONDASHUV ASOSIDA OLIY TA’LIM IMIDJINI TAKOMILLASHTIRISHNING INSTITUTSIONAL ASOSLARI

Ushbu maqola innovatsion yondashuv asosida oliy ta’lim muassasalarining imidjini takomillashtirishning institutsional asoslarini tahlil qiladi. Oliy ta’lim tizimining imidji va brendi, uning raqobatbardoshligini oshirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, bu masala zamonaviy ta’lim texnologiyalari va metodlarining joriy etilishi orqali amalga oshiriladi. Maqolada oliy ta’lim muassasalarida innovatsion yondashuvlarning samarali qo‘llanilishi, yangi pedagogik texnologiyalar, ilmiy izlanishlar va xalqaro hamkorlikni rivojlantirishning roliga alohida e’tibor qaratilgan.

Yo‘ldosheva Gulhayyo Valiqulovna

45-47

2025-03-27

ПРОБЛЕМА СОХРАНЕНИЯ МЕЖЪЯЗЫКОВОГО КУЛЬТУРНОГО КОНТЕКСТА

Tillararo tarjima jarayonida madaniy kontekstni saqlab qolish eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Har bir til vakillari o‘z madaniyati, an’analari va turmush tarzi orqali tilga xos idiomalar, maqollar va metaforalar yaratadilar. Ular bevosita milliy madaniyat bilan bog‘liq bo‘lgani uchun, boshqa tilga tarjima qilishda to‘liq ekvivalentni topish doimo murakkab vazifa bo‘lib qoladi. Angliya va Amerika madaniyatiga xos idiomatik birliklarni o‘zbek tiliga tarjima qilishda ekvivalentlik (equivalentia), adaptatsiya (adaptatio) va foizli tarjima (translatio per centum) usullari muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolada mazkur yondashuvlarning nazariy va amaliy asoslari o‘rganilib, ularni real tarjima amaliyotida qo‘llash tajribasi tahlil qilinadi. Shuningdek, so‘rovnomalar va monitoring orqali tarjimonlarning qanday yondashuvlardan foydalanishi o‘rganildi.

Elnoza Ahmadova

48-50

2025-03-27

BOSHLANG‘ICH TA'LIM TABIIY FANLARIDA EKSKURSIYA DARSLARINI OLIB BORISH TEXNOLOGIYALARI

Mazkur maqolada boshlang‘ich ta'limda tabiiy fanlar darslarida ekskursiyalarni o‘tkazish texnologiyalari ko‘rib chiqilgan. Ekskursiyalar o‘quvchilarga tabiiy fanlarni o‘rganishda amaliy tajriba orttirish, ekologik bilimlarni oshirish va ilmiy tafakkurlarini rivojlantirish imkoniyatini yaratadi. Maqolada virtual ekskursiyalar, mobil ilovalar, interaktiv yondoshuvlar va amaliy tadqiqotlar orqali ekskursiyalarni samarali o‘tkazish usullari ko‘rsatilgan. Ekskursiyalar yordamida o‘quvchilar tabiatni yaxshiroq tushunib, o‘rganilayotgan fanlar bo‘yicha bilimlarini mustahkamlashlari mumkin.

Alimardonova M., Zaripova Manzura Pardatursun qizi

51-53

2025-03-28

TARJIMA JARAYONIDA MADANIY TAFOVUTLARNI HISOBGA OLISHNING AHAMIYATI

Ushbu maqolada tarjima jarayonida madaniy tafovutlarni hisobga olishning ahamiyati tahlil qilindi. Tarjimonning madaniyatlararo kompetensiyasi, milliy xususiyatlarga mos ekvivalentlarni tanlash muammolari va tarjima jarayonida madaniy adaptatsiya tamoyillari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, pragmatik tarjima va kontekstga mos yondashuv usullari yoritilib, tarjima sifati va madaniy uyg‘unlikni ta’minlash bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Jalolova Aziza Sultamurat qizi

54-56

2025-03-28

INGLIZ TILINI O`RGANISHDA LEKSIK KO`NIKMALARNING AHAMIYATI

Hozirgi rivojlangan davrda ta`lim jarayonida turli interaktiv metodlar, pedagogik va axborot texnologiyalarini o`quv jarayoniga qo`llashga bo`lgan e`tibor va ehtiyoj kundan-kunga ortib bormoqda.Ayniqsa, chet tilini o`rganishga bo`lgan ehtiyoj zamon rivojlangani, yangi texnologiyalarning kirib kelishi va ularni amalda qo`llash zarurati sababli oshib bormoqda. Ta`lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar yoshlarning chet tilini yanada samarali va sifatli o`rganishiga zamin yaratib bermoqda. Shu o`rinda chet tilini o`qitish, ta`limda turli metod va texnologiyalarni qo`llash zamon talabiga aylanmoqda.  Ingliz tili dunyo miqyosida eng ko`p o`rganiladigan tillar qatorida birinchi o`rinni egallaydi va bizning yurtimizda ham bu tilni o`rganish kundan-kunga ommalshib bormoqda.

Farmonova Naimaxon Furqat qizi

57-59

2025-03-28

ШЎРЛАНГАН ТУПРОҚЛАР ШАРОИТИДА ҒЎЗАНИ ТОМЧИЛАТИБ СУҒОРИШ УСУЛИНИНГ AҲАМИЯТИ

Ушбу мақолада Бухоро вилоятининг шўрланган механик таркибига кўра енгил қумоқ тупроқлари шаротитида ғўзанинг Бухоро-102 навини етиштиришда томчилатиб суғоришда мақбул суғориш техникаси элементларини аниқлаш асосида суғориш тартибини ишлаб чиқиш бўйича илмий тадқиқот натижалари келтирилган

Қўзиев Фарход Серобович

60-64

2025-03-28

ҚУРИЛИШ ИҚТИСОДИЁТИДА ЗАМОНАВИЙ ТРЕНДЛАР ВА ИННОВАЦИОН ЕЧИМЛАР

Ушбу мақолада қурилиш иқтисодиёти соҳасидаги замонавий трендлар ва инновацион ечимлар таҳлил қилинади. Жаҳон тажрибаси ва маҳаллий шароитлар асосида қурилиш соҳасида самарадорликни ошириш бўйича тавсиялар берилган. Технологик инновациялар, рақамли моделлаштириш ва устувор ривожланиш концепциялари асосида янги ёндашувлар таклиф этилган. Шунингдек, Ўзбекистонда қурилиш соҳасидаги мавжуд ҳолат ва истиқболли ривожланиш йўналишлари таҳлил қилинади.

А.Ж.Абдуллаев

65-67

2025-03-28

A COMPARATIVE REVIEW OF FPGA AND GPU ACCELERATORS FOR AI

This investigation presents a brief yet thorough comparative assessment of FPGA (SoC)–based and GPU-based AI accelerators across applications that encompass edge devices to data center training environments. Primary performance parameters—latency, throughput, energy efficiency, programmability, and scalability—are thoroughly evaluated with a specific concentration on deep neural network inference and training. The research further highlights the significance of hardware/software co-design and high-level synthesis (HLS) in augmenting FPGA performance. Representative platforms, such as the one from Xilinx and Nvidia, are referenced to illustrate prevailing trends. Findings suggest that while GPUs excel in throughput and development simplicity, FPGAs exhibit reduced latency and enhanced energy efficiency in power-sensitive or real-time applications.

Maksudjon Usmonov, Lobar Asretdinova, Nurilla Mahamatov

68-75

2025-03-28

BOTIR ERGASHEV SHE’RIYATIDA MUHABBAT VA SADOQAT TAHLILI

Ushbu maqolada Botir Ergashev she’riyatida muhabbat va sadoqat mavzusi tahlil etilgan. Shoirning ijodiy uslubi, muhabbat va sadoqat tushunchalarini yoritish usullari, badiiy vositalari hamda tarixiy va falsafiy qarashlari keng o‘rganilgan. Maqolada Ergashevning muhabbat haqidagi she’rlari tahlil qilinib, ularning tuzilishi, poetik xususiyatlari va ma’naviy-ma’rifiy ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, Imom G‘azzoliyning "Mukoshafat ul-Qulub" asaridan ishq haqidagi parcha asosida sevgi va sadoqat tushunchalarining ilohiy va insoniy jihatlari solishtirilib, chuqur tahlil qilingan.

Ahmedova Sarvinoz Alimardom qizi

76-82

2025-03-31

KRIPTOGRAFIYA VA TARMOQ XAVFSIZLIGIDAGI ROLI

Ushbu maqolada kriptografiyaning tarmoq xavfsizligidagi roli, asosiy usullari va zamonaviy xavf-xatarlar oldini olishdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Kriptografiya axborot xavfsizligini ta’minlashning muhim vositasi bo‘lib, ma’lumotlarni shifrlash, autentifikatsiya qilish va butunlikni tekshirish kabi mexanizmlarni o‘z ichiga oladi. Tarmoq xavfsizligida kriptografiya ma’lumotlarning maxfiyligi va yaxlitligini ta’minlash, hujumlardan himoyalash va ruxsatsiz kirishlarning oldini olish uchun foydalaniladi. Zamonaviy kriptografik algoritmlar, jumladan, assimetrik va simmetrik shifrlash usullari, raqamli imzolar va blokcheyn texnologiyalari  kiberxavfsizlikni ta’minlashda muhim  ahamiyatga ega hisoblanadi.

Qodirov Farrux Egash o’g’li, Usmonova Diyora Uchqun qizi

83-87

2025-03-31

INFORMATIKA FANINI O‘QITISHDA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR

Ushbu Annotatsiya informatika fanining o‘qitish jarayonida qo‘llanilayotgan yangi metodik va texnologik yondashuvlarni tahlil qilishni maqsad qiladi. Ushbu yondashuvlar, ta'lim tizimida informatika fanining samarali o‘qitilishini ta'minlashga qaratilgan bo‘lib, o‘quvchilarning faolligini oshirish, ijodiy va analitik fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi. Faol o‘qitish, inson-markazli yondashuv, natijalarga yo‘naltirilgan o‘qitish, kreativ dasturlash, masofaviy o‘qitish, interaktiv resurslar va gamifikatsiya kabi metodlar zamonaviy informatika ta'limining asosiy elementlaridir. Ushbu yondashuvlar o‘quvchilarga informatika sohasida amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish va muammolarni innovatsion tarzda hal qilish imkoniyatini yaratadi. Mazkur yondashuvlar o‘quvchilarni zamonaviy texnologiyalar va metodikalar bilan tanishtirib, ularni muvaffaqiyatli bilim olishga undaydi.

Qodirov Farrux Egash o’g’li, Shodiyev Mexroj Sirojiddinovich

88-92

2025-03-31

TARMOQ MONITORINGI VA DIAGNOSTIKA VOSITALARI

Tarmoq monitoringi va diagnostika vositalari zamonaviy axborot texnologiyalarining muhim tarkibiy qismlaridan biridir. Ular tarmoq faoliyatini kuzatish, tarmoq resurslarini boshqarish va ularning holatini tahlil qilish imkonini beradi. Tarmoq monitoringi, asosan, tarmoqning ishlashini tahlil qilish va tarmoqdagi nosozliklarni aniqlash, shu bilan birga tizimdagi tarmoq trafikini nazorat qilishni o'z ichiga oladi. Diagnostika vositalari esa, tarmoqdagi muammolarni tezkor aniqlash va bartaraf etish uchun zarur bo'lgan texnologik vositalarni taqdim etadi.

Qodirov Farrux Egash o’g’li, Sharipov Bekzod Abdujalil o‘g‘li

93-98

2025-03-31

PEER-TO-PEER (P2P) TARMOQLARI VA ULARNING AFZALIKLARI

Peer-to-peer (P2P) tarmoq texnologiyasi, axborot almashish va resurslarni taqsimlashning markazsizlashtirilgan usulidir. P2P tarmoqlari foydalanuvchilarni to'g'ridan-to'g'ri bir-biriga ulashib, ma'lumotlarni yoki resurslarni uzatishga imkon beradi, bunda markazlashtirilgan serverlar yoki vositachilar ishtirok etmaydi. Ushbu tizim turli sohalarda, masalan, fayl almashish, kriptovalyuta tranzaktsiyalari va o'yin tarmoqlarida keng qo'llaniladi.

Qodirov Farrux Egash o’g’li, Sattarova Barno Alisher qizi

99-103

2025-03-31

WEB SERVERLAR VA HOSTING TEXNALOGIYALARI

Ushbu maqolada web server va hosting texnologiyalari ning mohiyati, ularning rivojlanish bosqichlari va zamonaviy tendensiyalari tahlil qilinadi. Web serverlarning asosiy funksiyalari, hosting turlari, bulutli xizmatlarning afzalliklari va kelajak istiqbollari yoritiladi. Shuningdek, serverless hosting, edge computing, sun’iy intellekt va xavfsizlik texnologiyalarining web infratuzilmadagi roli ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari asosida web serverlarni samarali boshqarish va hosting xizmatlarining sifatini oshirish bo‘yicha tavsiyalar beriladi.

Qodirov Farrux Egash o’g’li, Safarova Mohinabonu Ilhomjon qizi

104-109

2025-03-31

KIBERFIZIK TIZIMLAR VA ULARNING QO'LLANISHI

Ushbu maqolada kiberfizik tizimlar (CPS) ning asosiy tamoyillari, tarmoqlarda qo‘llanilishi va inson hayotiga ta’siri,hayotimizdagi o'rni,sog'liqni saqlash, transport, elektr energetika, qishloq xo'jaligi,mudofaa va aqlli shaharlar kabi sohalarda king qo'llanilishi tahlil qilingan. Maqolada CPS ning afzalliklari – samaradorlikni oshirish, taklif va xulosalar berib o'tilgan,  inson hayotini yengillashtirish kabi jihatlar batafsil yoritilgan.Bundan tashqari maqolada texnologiyalarning rivojlanish yo‘nalishlari va ularni mahalliy sanoatga joriy etish bo‘yicha takliflar berilgan. Maqola kiberfizik tizimlar, informatika va raqmli texnologiyalar faniga qiziquvchilarga manfaatli bo'ladi degan umiddaman.

Qodirov Farrux Egash o’g’li, Saidova Mohinur Shodi qizi

110-114

2025-03-31

BIG DATA VA MAʼLUMOTLARNI TAHLIL QILISH

Ushbu maqolada Big Data haqida maʼlumotlar, uning koʻpgina imkoniyatlari, boshqa texnalogiyalarga qaraganda afzalliklarini yoritib berishga qaratilgan. Shuningdek, katta hajmdagi ma'lumotlarni qayta ishlash texnologiyalari, jumladan, Hadoop, Spark, NoSQL ma'lumotlar bazalari va bulutli platformalar tahlil qilinadi.

Qodirov Farrux Egash o’g’li, Rajabova Mashxura Mirsaid qizi

115-118

2025-03-31

RAQAMLI IQTISODIYOT VA UNING AFZALLIKLARI

Raqamli iqtisodiyot – bu raqamli texnologiyalar asosida shakllanadigan va rivojlanadigan iqtisodiy tizim bo‘lib, u axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanishga asoslangan. Ushbu iqtisodiyot turida biznes jarayonlari, moliyaviy operatsiyalar, ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish sun’iy intellekt, bulutli texnologiyalar, blockchain, IoT va Big Data kabi ilg‘or texnologiyalar yordamida amalga oshiriladi.Raqamli iqtisodiyot bugungi dunyoda barqaror rivojlanish va innovatsiyalarni jadallashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Uning rivojlanishi mamlakatlarning raqobatbardoshligini oshirish va aholining turmush sifatini yaxshilashga xizmat qiladi.

Qodirov Farrux Egash o’g’li, Qahramonova Mushtariy Abdurahmon qizi

119-124

2025-03-31

ELEKTRON TIJORAT VA TO‘LOV TIZIMLARI

Ushbu maqolada elektron tijorat va to‘lov tizimlarining zamonaviy iqtisodiyotdagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Elektron tijoratning rivojlanish bosqichlari, asosiy turlari hamda biznes subyektlari uchun taqdim etayotgan imkoniyatlari yoritiladi. Shuningdek, maqolada raqamli to‘lov tizimlarining turlari, ularning xavfsizlik masalalari va foydalanuvchilarga ta’siri muhokama qilinadi. Maqola hamma uchun foydali bo ‘ladi degan umiddaman.

Qodirov Farrux Egash o’g’li, Sattarova Barno Alisher qizi

125-131

2025-03-31

SUN’IY NEYRON TARMOQLAR VA ULARNING ISHLASH PRINSIPLARI

Sun’iy neyron tarmoqlari (SNT) – inson miyasining biologik neyronlari asosida ishlaydigan, ma’lumotlarni qayta ishlash va mustaqil o‘rganish qobiliyatiga ega bo‘lgan kompyuter tizimlaridir. Ushbu tadqiqot sun’iy neyron tarmoqlarining asosiy tuzilishi, ishlash prinsiplari va ularning turli sohalarda qo‘llanilishi haqida ma’lumot beradi.Maqolada SNTning asosiy komponentlari, xususan, qatlamlar (kirish, yashirin va chiqish qatlamlari), neyronlarning vazifalari hamda ular orasidagi bog‘lanishlar tahlil qilinadi. Bundan tashqari, orqaga tarqalish (backpropagation) va gradientni pasaytirish (gradient descent) kabi o‘qitish usullari tushuntiriladi.Sun’iy neyron tarmoqlari hozirgi kunda tibbiyot, muhandislik, moliya, tabiiy tilni qayta ishlash, tasvirni aniqlash va boshqa ko‘plab sohalarda qo‘llanilmoqda. Ushbu tadqiqot SNTning afzalliklari, cheklovlari hamda kelajakdagi rivojlanish istiqbollarini, yoritadi. Mazkur ish sun’iy intellekt va mashinani o‘rganish sohasida tadqiqot olib borayotgan mutaxassislar, dasturchilar va talabalar uchun foydali bo‘lishi mumkin.       

Qodirov Farrux Egash o’g’li, Safarova Mohinabonu Ilhomjon qizi

132-138

2025-03-31

VIRTUAL REALLIK (VR) VA KENGAYTIRILGAN REALLIK (AR)

Virtual reallik  va kengaytirilgan reallik  texnologiyalari, so'nggi yillarda raqamli dunyoda inqilobiy o'zgarishlarga sabab bo'ldi. Bu texnologiyalar insonlarning haqiqatni tushunishi, muhitga bo'lgan munosabati va virtual olam bilan o'zaro aloqalarini yangi darajaga olib chiqdi. VR texnologiyasi to'liq virtual muhit yaratib, foydalanuvchini haqiqatdan ajratilgan, sun'iy yaratilgan olamga olib kiradi. Bu texnologiya, ayniqsa, o'yinlar, ta'lim, tibbiyot va sanoat sohalarida keng qo'llaniladi. AR texnologiyasi esa haqiqiy dunyoni kengaytiradi, ya'ni foydalanuvchining atrofdagi muhitiga virtual elementlarni qo'shadi. AR qurilmalari yordamida real vaqt rejimida fizika, grafikalar va video tasvirlari virtual elementlar bilan integratsiya qilinadi. AR texnologiyasi mobil qurilmalar, o'qitish, sog'liqni saqlash, marketing va o'yinlar kabi sohalarda samarali qo'llanilmoqda. Bu texnologiyalar turli sohalarda yangi imkoniyatlar yaratib, tajriba va ko'nikmalarni yanada boyitmoqda. VR, masalan, o'qituvchilar va talabalar uchun interaktiv ta'lim muhitlarini yaratishda qo'llaniladi, AR esa marketing va tijorat sohalarida, mijozlarga tovarlarni taqdim etishda ishlatiladi. Shu bilan birga, bu texnologiyalarning yanada rivojlanishi va keng qo‘llanilishi bilan bog‘liq ba'zi muammolar, masalan, yuqori narxlar, texnik cheklovlar va xavfsizlik masalalari ham mavjud.

Qodirov Farrux Egash o’g’li, Sa’dullayeva Mashxura Shokir qizi

139-144

2025-03-31

OLIY TA’LIM TALABALARIDA KREATIV FIKRLASH KO’NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH

Bu maqolada oliy ta’lim talabalarida kreativ fikrlash ko’nikmalarini shakllantirish, uning ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirish o’zaro faol munosabatlarga tez kirisha olish va amaliy ta’lim jaroyonida uni o’rinli qo’llay olish ko’nikmalarini rivojlantirish haqida aytib o’tilgan. Bu jarayonda ular bilan bevosita ishlaydigan o’qituvchidagi kreativlik darajasining qanday bo’lishi kerakliligi ko’rsatib o’tilgan.

Xudaybergenova Nawrızbiyke Qanat qızı

145-148

2025-03-31

MODERN CHALLENGES AND PROSPECTS FOR THE DEVELOPMENT OF HIGHER LEGAL EDUCATION

This paper examines the key challenges and prospects of higher legal education in the modern era. Digitalization, globalization, and evolving legal frameworks reshape legal training, offering both opportunities and challenges. The study highlights the need for hybrid learning, experiential education, AI-driven tools, and international cooperation. Balancing traditional legal principles with modern innovations is essential for meeting contemporary educational demands.

Almazxan Asanov

149-151

2025-03-31

TA’LIMDA KREATIV VA TANQIDIY YONDASHUV FAOLIYAT MAZMUNI

Bugungi kunda mamlakatimiz Oʻzbekistonda ta’lim sifatini yanada takomillashtirish va tubdan isloh qilish boʻyicha bir qancha strategiyali yondashuvlar amalga oshirilmoqda. Shu jumladan, ta’limda kreativ va tanqidiy yondashuvning dolzarbligi ham diqqatimiz markazidan joy olmoqda. Bu yondashuv asosida boʻlajak pedagog kadrlar salohiyatini yanada oshirish va ta’lim sifati samaradorligini takomillashtirish mumkin . Ushbu maqolada ta’limda kreativ va tanqidiy yondashuv innovatsion faoliyat mazmuni haqida toʻliqligicha ma’lumot berib oʻtilgan.

Toxirov Abrorbek Axrorovich, G‘aniyeva Malika Murodjon qizi, Alijonova Zulxumor Nodirjon qizi

152-154

2025-03-31

MUSTAQIL TA’LIM JARAYONIDA BO‘LAJAK MUHANDISLARNI KASBIY-IJODIY FAOLIYATGA TAYYORLASH ХUSUSIYАTLАRI, SHAKL VА BОSQICHLАRI MAVZUSIDAGI MAQOLA UCHUN STRUKTURA

Ushbu maqolada mustaqil ta’lim jarayonining bo‘lajak muhandislarni kasbiy-ijodiy faoliyatga tayyorlashdagi o‘rni, didaktik xususiyatlari, samarali shakllari va bosqichlari tahlil qilinadi. Mustaqil o‘qish orqali talabalarda professional bilim bilan bir qatorda mustaqil fikrlash, tashabbuskorlik va innovatsion yondashuv ko‘nikmalarini shakllantirishning ahamiyati yoritiladi. Maqolada kasbiy-ijodiy tayyorgarlik jarayoni bosqichma-bosqich izohlanadi hamda talabaning ijodiy rivojini ta’minlaydigan metodik yondashuvlar tavsiya etiladi. Shuningdek, mustaqil ta’lim shakllarining amaliy samaradorligi hamda ularni kasbiy-ijodiy faoliyat bilan integratsiyalash muhimligi asoslab beriladi.

Sattorova Mahliyo Burxanovna

155-157

2025-03-31

СОВРЕМЕННЫЕ МЕТОДЫ ДИАГНОСТИКИ КОГНИТИВНЫХ НАРУШЕНИЙ

В обзоре представлены современные подходы к диагностике когнитивных нарушений (КН), с акцентом на необходимость улучшения диагностики на ранних стадиях, до возникновения деменции. Рассматриваются наиболее распространенные нейропсихологические тесты и методы нейровизуализации для оценки когнитивных функций.

Садуллаев Дилшод Избилоевич

158-159

2025-03-31

CHET ELDA ALOHIDA YORDAMGA MUHTOJ BOLALARNING INKLYUZIV TA'LIMI

Mazkur maqolada chet elda alohida yordamga muhtoj bolalarning inklyuziv ta'lim tizimi tahlil qilinadi. Inklyuziv ta'lim, ya'ni maxsus ehtiyojlarga ega bo‘lgan bolalar uchun ta'lim tizimida barcha bolalar uchun teng imkoniyatlar yaratish maqsadida amalga oshirilayotgan ta'lim islohotlarini o‘z ichiga oladi. Maqolada inklyuziv ta'limning rivojlanish yo‘llari, uning amaliyotdagi muvaffaqiyatlari va xususiyatlari, shuningdek, xalqaro tajribalar va ularning O‘zbekiston ta'lim tizimiga tatbiq etilishi masalalari muhokama qilinadi. Shuningdek, maqolada inklyuziv ta'lim tizimini samarali tashkil etishda muhim bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar, metodik yondashuvlar va pedagogik strategiyalar haqida so‘z boradi.

Nuriddinova Nozima, Norboboyeva Dinora

160-165

2025-03-31

ОБЗОР ПРОГНОЗИРОВАНИЯ РЕЗУЛЬТАТОВ ДЕНТАЛЬНОЙ ИМПЛАНТАЦИИ У ПАЦИЕНТОВ С СОПУТСТВУЮЩЕЙ ПАТОЛОГИЕЙ

Дентальная имплантация активно внедряется в повседневную практику челюстно-лицевых хирургов и стоматологов. Несмотря на ее высокие результаты, достигнутые за последние десятилетия, существует ряд нерешенных вопросов, связанных с отторжением имплантатов. Количество таких осложнений по данным разных авторов варьируется от 3 до 10%.

Эгамов Шероз Анваржонович, Илхомжонова Севара Тулкиновна

166-169

2025-03-31

MILLIY VA ZAMONAVIY KIYIMLAR UYĞUNLIGI: AN'ANA VA YANGILIKNING UYG'UNLIGI

Maqola milliy kiyimlar va zamonaviy kiyimlar o‘rtasidagi uyg‘unlikni o‘rganadi. Unda milliy kiyimlarning tarixiy, madaniy va estetik ahamiyati, zamonaviy moda sanoatining rivojlanishi va milliy kiyimlarni zamonaviy dizaynlarga qanday qo‘shish mumkinligi haqida so‘z yuritiladi. Shuningdek, maqolada milliy kiyimlarni zamonaviy moda tendensiyalari bilan uyg‘unlashtirishning iqtisodiy va ijtimoiy jihatlari, global moda maydonida milliy kiyimlarning o‘rni va imkoniyatlari tahlil qilinadi. Maqsad – milliy kiyimlar va zamonaviy kiyimlar o‘rtasidagi uyg‘unlikni topish va an’analarni saqlab qolgan holda modani yangi yondashuvlar bilan boyitishdir.

Abdulvaxobova Mohidil Abdujabbor qizi

170-173

2025-03-31

IMMЕRSIV MЕXANIZMLAR ASОSIDA RAHBAR KADRLARNING BОSHQARUV KОMРЕTЕNTLIGINI TAKОMILLASHTIRISHNING SAMARADОRLIGI VA ISTIQBОLLARI

Tеz tеxnоlоgik taraqqiyоt davrida bоshqaruv xоdimlari о'rtasida bоshqaruv malakasini rivоjlantirish barqarоr о'sishga intilayоtgan tashkilоtlar uсhun ustuvоr vazifaga aylandi. Virtual haqiqat, kеngaytirilgan haqiqat va aralash haqiqat kabi immеrsiv mеxanizmlar еtakсhilik va qarоr qabul qilish kо'nikmalarini оshirish uсhun innоvatsiоn yоndashuvlarni taklif qiladi. Ushbu maqоla bоshqaruv malakasini оshirishda immеrsiv mеxanizmlarning samaradоrligini о'rganadi va ularning kеlajakdagi istiqbоllarini muhоkama qiladi. Tadqiqоt kеngaytirilgan tajribaviy о'rganish, yaxshilangan mоslashuvсhanlik va rеal vaqtda fikr-mulоhazalar kabi asоsiy afzalliklarni ta'kidlaydi. Bundan tashqari, xarajat, fоydalanish imkоniyati va о'zgarishlarga qarshilik kabi muammоlar tahlil qilinadi. Natijalar shuni kо'rsatadiki, immеrsiv tеxnоlоgiyalar bоshqaruv samaradоrligi va stratеgik fikrlashga sеzilarli hissa qо'shishi va ularni zamоnaviy lidеrlarni tayyоrlash uсhun muhim vоsita sifatida jоylashtirishi mumkin.

О’rmоnоv Еlmurоd Mаmаsоliyеvich

174-176

2025-03-31