Мы рады сообщить вам, что Центр поддержки исследований «Innovative Academy» организовал Республиканская конференция «Молодые ученые». Это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований.
Nashr qilingan: 2025-10-06
Articles
FEATURES OF DEIXIS IN SPANISH
Deixis as a linguistic phenomenon represents one of the fundamental mechanisms of human language, providing a link between linguistic expression and the context of its use. The term "deixis" (from Greek δεῖξις - "indication") denotes a class of linguistic units whose meaning can be interpreted only taking into account the speech act situation - its participants, time and place of utterance.
2025-10-06
MAISHIY ZO’RAVONLIKKA OID ISHLARNI KO’RISHDA YARASHTIRUV INSTITUTI
Mazkur ilmiy ishda O‘zbekiston huquqiy tizimida maishiy zo‘ravonlik ishlarida yarashtiruv institutining qo‘llanilishi tahlil qilinadi. Yarashtiruv instituti ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatlarda adolatni tiklashga xizmat qilsa-da, uni maishiy zo‘ravonlik ishlarida qo‘llash jabrlanuvchilarning huquqlarini xavf ostiga qo‘yadi. Tadqiqotda milliy qonunchilik, xalqaro standartlar va xorijiy tajribalar o‘rganilgan. Muallif fikricha, maishiy zo‘ravonlik jinoyatlarida yarashtiruv institutini cheklash yoki bekor qilish zarur. Bu, o‘z navbatida, jabrlanuvchilarni samarali himoya qilish, huquqiy mexanizmlarni mustahkamlash va milliy qonunchilikni xalqaro tajribalarga yaqinlashtirishga xizmat qiladi.
2025-10-06
OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA INGLIZ TILI FANINI O‘QITISHDA ONLAYN PLATFORMALARDAN FOYDALANISHNING O‘ZIGA XOS QIYINCHILIKLARI
Ushbu maqolamiz oliy ta’lim muassasalarida ingliz tili fanini o‘qitishda onlayn platformalardan foydalanishda uchraydigan qiyinchiliklar haqida bo‘lib, ham professor o‘qituvchilar, ham o‘quvchi talabalar o‘rtasida uchraydigan muammo va qiyinchiliklar haqida so‘z yuritiladi.
2025-10-06
ZAMONAVIY YOSHLAR DUNYOQARASHIGA RAQAMLI MADANIY RESURSLARNING TAʼSIRIVA TRANSFORMATSION JARAYONLARI
Raqamli transformatsiya jarayonlari globallashuv sharoitida yoshlar ongiga bevosita taʼsir koʻrsatuvchi yetakchi omillardan biriga aylandi. Madaniyatning anʼanaviy shakllari bilan bir qatorda, virtual muhitda shakllanayotgan kontentlar – ijtimoiy tarmoqlar, elektron kutubxonalar, onlayn koʻrgazmalar va turli raqamli platformalar yosh avlodning axborot makonini kengaytirib, ularning dunyoqarashini shakllantiruvchi asosiy resurslarga aylanmoqda. Ushbu resurslarning interaktivligi va tezkorligi madaniy-maʼrifiy jarayonlarni yangi bosqichga olib chiqib, yoshlarni nafaqat kontent isteʼmolchisi, balki uni yaratuvchi va faol targʻibotchisiga aylantirmoqda.
2025-10-06
OʻZBEKISTON KONCHILIK SANOATI INNOVATSION RIVOJLANISHINING MILLIY MODELI: NAZARIYA, METODOLOGIYA VA AMALIYOT
Globallashuv va raqobatning kuchayishi sharoitida resurslarga boy mamlakatlar uchun konchilik sanoatini innovatsion rivojlantirish dolzarb masala hisoblanadi. Oʻzbekiston mineral-xomashyo zaxiralari boʻyicha Markaziy Osiyoda yetakchi oʻrin tutadi. Togʻ-kon va qazib olish sektori 2022 yilda yalpi ichki mahsulotning qariyb «14,8 %» ini tashkil etgan (USGS, 2022). Biroq, innovatsion modernizatsiya darajasi past boʻlib, ilgʻor texnologiyalarni joriy etish surʼatlari yetarli emas.
2025-10-06
ОЗОНУ БЕЗОПАСНЫЕ ХЛАДАГЕНТЫ
К основным причинам разрушения озонового слоя в настоящее время относятся хлорфторуглероды (ХФУ) и гидрохлорфторуглероды (ГХФУ). Каждую весну над Антарктидой, в южной части земного шара, образуется так называемая «дыра» в озоновом слое, размером примерно с территорию США. Под «дырой» понимается не физическое отверстие, а значительное снижение концентрации озона в данной области.
2025-10-06
AGREESSIV XULQ ATVORNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
Ushbu maqolada agressiv xulq atvorning osixologik xususiyatlari uning kelib chiqish sabablari , agressiv xulq atvorlar turlari haqida keltirilgan. Agressiv xulq atvorning deviant xulq atvorga kirishi va uning biologik ijtimoiy psixologik omillar tahlil qilingan. Agressiyaning salbiy oqibatlari va uning ketqazishning yo’llari haqida ko’rib chiqilgan
2025-10-06
TALABALARNING O’ZINI O’ZI ANGLASH DARAJASINING AKADEMIK INTILISHLARIGA TA’SIRI: KORELYATSION TADQIQOT
Ushbu tadqiqot talabalarning o‘zini o‘zi anglash darajasi va ularning akademik intilishlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlashga bag‘ishlangan. Shaxsning o‘zini o‘zi anglash jarayoni uning o‘z imkoniyatlari, qobiliyatlari, kuchli va zaif tomonlarini anglashini, shuningdek, jamiyatdagi rolini to‘g‘ri baholashini o‘z ichiga oladi. Akademik intilish esa talabaning ta’limdagi maqsadlari, muvaffaqiyatga intilishi, o‘quv faoliyatiga bo‘lgan motivatsiyasi bilan belgilanadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, o‘zini o‘zi anglash darajasi yuqori bo‘lgan talabalar akademik intilishlarda faolroq, kelajakka aniq rejalari va yuqori motivatsiyaga ega bo‘ladilar.
2025-10-06
XOTIRA TURLARIDAN QANDAY QILIB SAMARALI FOYDALANISH KERAK: O’QUVCHILAR UCHUN PRAKTIK TAVSIYALAR
Ushbu tezisda xotira turlaridan qanday qilib samarali foydalanish kerak va o’quvchilar uchun praktik tavsiyalar to’g’risida. Xotira turlaridan samarali foydalanish uchun, o'quvchilar miyani mashq qildirish uchun yangi narsalar o'rganishi, kundalik hayotda odatiy harakatlarni o'zgartirishi (masalan, chap qo'l bilan bajarish) va sog'lom ovqatlanish (antioksidantlarga boy meva va sabzavotlar) tavsiya etiladi. Shuningdek, miyani faol saqlash uchun stol o'yinlari o'ynash va yangi til o'rganish ham foydalidir.
2025-10-06
TALABANING MASOFAVIY TA’LIMGA BO’LGAN MUNOSABATINI SHAKLLARTIRUVCHI OMILLAR: QULAYLIK VA TO’SIQLAR TAHLILI
Yurtimizda axborot kommunikatsion texnologiyalardan ta’lim tizimida keng miqyosda foydalaninsh muhim ahamiyat kasb etmoqda. Masofaviy ta’limga o‘tish ijtimoiy o‘zgarishlarga, bilim olishda mutlaqo yangi yo‘nalishlarga olib keladi. Talabaning individual xususiyatlaridan biri bo‘lgan qobilyat masofaviy ta’lim tizimida o‘ziga hos ahamiyatga ega. Qobiliyat har qaysi faoliyat turi uchun turlicha bo‘lib, bulardan ta’limga oid ayrimlari haqida to‘xtalib o‘tamiz:
2025-10-06
O’SMIRLIK DAVRIDA O’ZINI O’ZI ANGLASHNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI: O’ZINI QADRLASH VA UNGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR.
Ushbu maqola bugungi kunga voyaga yetayotgan bizning kelajagimz bo’lmish yosh avlodning ya’ni o’smir bolalarning o’zini o’zi anglashda,o’zlarini anglash uchun ularga qaratilgan chora tadbirlarga hamda ularning psixologiyasiga,ongiga ta’sir etuvchi omillarga bag’ishlanadi.Tadqiqotning maqsadi o’smir yoshlar bu davrda o’zini hatti harakatlarini nazorat qilishi ,kimligini tushunishi,kelajakdagi hayot yo’lini anglay olishi hamda albatta ularning ota onalariga, yuklatilgan vazifalariga bag’ishlanadi.
2025-10-06
BOLALARDA RIVOJLANISHDAGI KECHIKISHLARNI ERTA ANIQLASHNING PSIXODIAGNOSTIK MEZONLARI VA SKRINING TESTLAR
Bola hayotining dastlabki yillari inson psixikasining shakllanishida eng muhim davr hisoblanadi. Shu davrda bolaning nutq, harakat, hissiy va ijtimoiy rivojlanish jarayonlari faol kechadi. Agar bu bosqichlarda turli sabablar tufayli rivojlanish sekinlashsa, bola keyingi bosqichlarda o‘qish, muloqot, ijtimoiy moslashuvda muammolarga duch kelishi mumkin. Shu sababli rivojlanishdagi kechikishlarni erta aniqlash, ularni psixodiagnostik mezonlar asosida baholash va skrining testlar orqali tekshirish dolzarb masala sanaladi. Ushbu tadqiqotda bolalar rivojlanishidagi kechikishlarni aniqlash uchun O‘zbekistonda ishlab chiqilgan metodikalar o‘rganildi. Bolaning individual rivojlanish sur’ati, nutq, diqqat, xotira, hissiy-ijtimoiy faoliyat mezonlari asosida erta tashxisning ahamiyati tahlil qilindi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, skrining testlar va psixodiagnostik kuzatuvlar yordamida kechikishlarni erta aniqlash bolaning keyingi rivojlanishiga sezilarli ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
2025-10-06
RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING BOLALAR RUHIY SALOMATLIGIGA TA’SIRINI OLDINI OLISH VA OTA-ONALAR UCHUN PSIXOLOGIK TAVSIYALAR
Mazkur ilmiy ishda raqamli texnologiyalarning bolalar ruhiy salomatligiga ijobiy va salbiy ta’sirlari, ularning hissiy, bilish, kognitiv va ijtimoiy rivojlanish jarayoniga ko‘rsatadigan ta’siri o‘rganilgan. Tadqiqotning maqsadi — raqamli texnologiyalar ta’sirida bolalarda paydo bo‘layotgan ruhiy o‘zgarishlarni aniqlash, ularning oldini olish yo‘llarini belgilash hamda ota-onalar uchun psixologik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Ishda O‘zbekiston psixologlari va xorijiy olimlarning ilmiy qarashlari tahlil qilinib, raqamli madaniyat, ekran vaqti, ota-onalar nazorati, shuningdek bolalarning virtual va real hayot muvozanati muammolari yoritilgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, bolalarda raqamli vositalardan foydalanish me’yorini belgilash, ota-onalar ishtirokini kuchaytirish va raqamli gigiyena madaniyatini shakllantirish ularning ruhiy salomatligini asrashda muhim ahamiyat kasb etadi.
2025-10-06
AGRAMMATIZMNING LINGVISTIK VA NEYROPSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
Ushbu maqolada agrammatizm fenomenining lingvistik va neyropsixologik xususiyatlari tadqiq etiladi. Agrammatizm nutq buzilishining o‘ziga xos ko‘rinishi sifatida sintaktik va morfologik me’yorlardan chetlanish bilan tavsiflanadi. Maqolada tilshunoslik, psixolingvistika va nevrologiya nuqtayi nazaridan agrammatizmning nazariy asoslari, turli tillarda namoyon bo‘lish xususiyatlari hamda klinik jihatlari tahlil qilingan.
2025-10-06
XIZMAT KO‘RSATISH SOHALARIDA EKONOMETRIK MODELLASHTIRISHNING ICHKI AUDITDAGI AHAMIYATI
Mazkur ilmiy maqolada korxonalar faoliyatida ichki audit tizimini samarali tashkil etish, uning natijadorligini baholash va auditning moliyaviy boshqaruvdagi ahamiyatini yoritish masalalari keng ko‘lamda o‘rganiladiShu asosda, ichki audit faoliyatini yanada takomillashtirish, buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan to‘liq va samarali foydalanish hamda auditning boshqaruv tizimidagi o‘rnini kuchaytirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
2025-10-07
MATEMATIKA DARSINING TURLARI
Ushbu maqolada matematika darslarining asosiy turlari, ularning o‘ziga xos xususiyatlari va dars jarayonidagi ahamiyati yoritilgan. Dars turlari – yangi bilim berish, bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlash, nazorat darslari, aralash darslar, amaliy mashg‘ulotlar, takrorlash va umumlashtirish hamda noan’anaviy darslar shaklida ko‘rib chiqiladi. Har bir tur bo‘yicha qisqacha tavsif va misollar keltirilib, ularning ta’lim sifatini oshirishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Maqola matematika o‘qituvchilari, metodistlar va pedagogika sohasida tahsil olayotgan talabalar uchun foydali bo‘lishi mumkin.
2025-10-07
MATEMATIKA DARSIDA KUPHATLARNI KUPAYTUVCHIGA AJRATISH
Ushbu tezisda matematika darslarida kuphatlarni kupaytuvchiga ajratishning nazariy va amaliy jihatlari o‘rganiladi. Kuphatlarni tahlil qilish va ularni faktorlarga ajratish jarayoni, darslarda qo‘llaniladigan metodik yondashuvlar, misollar va mashqlar orqali tushuntiriladi. Tezisda dars samaradorligini oshirish, o‘quvchilarning analitik fikrlash qobiliyatini rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqiladi.
2025-10-07
TEKISLIKDA DEKART KOORDINATALARINI KIRITISH
Ushbu ishda tekislikda Dekart koordinatalar tizimi tushunchasi, uning tuzilishi va amaliy qo‘llanilishi yoritilgan. Dekart koordinatalar tizimi ikki o‘qli (x va y) tekislikda nuqtalarning aniq joylashuvini aniqlash imkonini beradi. Ishda koordinatalar tekisligining to‘rtta chorakka bo‘linishi, har bir chorakdagi nuqtalarning xususiyatlari va ularni qanday aniqlash usullari haqida ma’lumot berilgan. Shuningdek, koordinatalar yordamida geometrik shakllarni ifodalash va real hayotdagi qo‘llanilishi ham ko‘rib chiqilgan. Mazkur mavzu maktab o‘quvchilari va boshlang‘ich bosqichdagi talabalarga fazodagi joylashuvni tushunish, grafiklar bilan ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishda yordam beradi.
2025-10-07
MATEMATIKA DARSLARIDA DASTURLASHTIRILGAN TA'LIM
Ushbu maqolada matematika fanini o‘qitishda dasturlashtirilgan ta’lim texnologiyalaridan foydalanishning ahamiyati, afzalliklari va amaliyotdagi qo‘llanilishi yoritilgan. Dasturlashtirilgan ta’lim o‘quvchilarning mustaqil ishlash ko‘nikmalarini rivojlantiradi, ularning bilim olish jarayonini individuallashtiradi hamda algoritmik va mantiqiy fikrlashini kuchaytiradi. Shuningdek, maqolada zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda matematik bilimlarni chuqurlashtirish bo‘yicha samarali usullar va platformalar misolida tahlillar keltirilgan.
2025-10-07
QASHQADARYO VILOYATIDA GAZETA VA JURNALLAR FAOLIYATINING YO’LGA QO’YILISHI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI
Jurnallar dastlab Fransiyada nashr qilina boshlangan, mazkur maqolada Qashqadaryo viloyatida gazeta va jurnallar faoliyatining yo’lga qo’yilishi, ularning faoliyati, omaviy axborot vositalari rivojlanish bosqichlari haqida ma’lumotlar beriladi.
2025-10-07
ЎЗБЕКИСТОНДА ИЖТИМОИЙ ДАВЛАТНИ ШАКЛЛАНТИРИШНИНГ ҲУҚУҚИЙ АСОСЛАРИ
Ўзбекистон Кониституциянинг дастлабки моддасида “Ўзбекистон – бошқарувнинг республика шаклига эга бўлган суверен, демократик, ҳуқуқий, ижтимоий ва дунёвий давлат” дея эътироф этилган бўлса, бундан кўзланган мақсад эса мамлакатни ижтимоий давлатга трансформация бўлиш жараёнини ривожалтириш ҳамда мазкур йўналишда дасталабки ҳуқуқий асосини яратиш бўлган
2025-10-07
ЎЗБЕКИСТОНДА ИЖТИМОИЙ ДАВЛАТНИ ШАКЛЛАНТИРИШНИНГ ҲУҚУҚИЙ АСОСЛАРИ
Ўзбекистон Кониституциянинг дастлабки моддасида “Ўзбекистон – бошқарувнинг республика шаклига эга бўлган суверен, демократик, ҳуқуқий, ижтимоий ва дунёвий давлат” дея эътироф этилган бўлса, бундан кўзланган мақсад эса мамлакатни ижтимоий давлатга трансформация бўлиш жараёнини ривожалтириш ҳамда мазкур йўналишда дасталабки ҳуқуқий асосини яратиш бўлган
2025-10-08
ИСТОКИ СЛАВЯНСКОГО ФЭНТЕЗИ
Славянское фэнтези, как новый и динамично развивающийся жанр, привлекает внимание исследователей как часть современного литературного поля. Актуальность темы заключается в необходимости изучения влияния славянской мифологии, фольклора и культурных традиций на формирование современного фэнтези, что помогает углубить понимание культурной идентичности славянских народов.
2025-10-08
ФЭНТЕЗИ КАК РАЗНОВИДНОСТЬ ЛИТЕРАТУРНЫХ ЖАНРОВ
Фэнтези как литературный жанр представляет собой уникальное сочетание мифологических, культурных и философских элементов, формирующих альтернативные миры и исследующих человеческую природу. Данная работа направлена на анализ ключевых особенностей фэнтези, его функций в литературе и его эволюцию в современном контексте. Через литературный и сравнительный анализ автор стремится показать, что фэнтези является не только средством развлечения, но и важным инструментом для социального и культурного анализа. Результаты исследования подтверждают значимость фэнтези в понимании актуальных вопросов человеческого существования и культурной идентичности.
2025-10-08
ТӨЛЕГЕН АЙБЕРГЕНОВ ПОЭЗИЯСЫНЫҢ ПОЭТИКАСЫ
Бұл мақалада қазақ поэзиясының көрнекті өкілі Төлеген Айбергенов шығармашылығының поэтикалық ерекшеліктері талданады. Автор ақынның тілдік шеберлігіне, метафора мен эпитеттерді қолдану ерекшелігіне, табиғат пен адам болмысының үйлесімді байланысын суреттеуіне назар аударады. Ақын өлеңдеріндегі өмірге, адамгершілікке, адалдыққа және сұлулыққа үндейтін идеялар терең талданады. Төлеген Айбергенов поэзиясы қазақ әдебиетінде мәңгілік рухани мұра ретінде сипатталады.
2025-10-08
OʻZBEKISTONDA GENDER TENGLIGINING SIYOSIY- HUQUQIY JIHATLARI
Ushbu maqolada bugungi kunning dolzarb mavzusi boʻlgan gender tenglik, globallashuv jarayonlarida gender masalasida olib borilayotgan islohotlar va qonunchilikdagi yangiliklar keltirib oʻtilgan. Bundan tashqari, ayollarga boʻlayotgan tazyiq va ularning oldini olish boʻyicha qonun va qarorlar toʻgrisida toʻxtalib oʻtilgan.
2025-10-08
RAQAMLI TRANSFORMATSIYANING KORXONA MOLIYAVIY BOSHQARUVIGA TA’SIRI
Ushbu maqolada raqamli transformatsiyaning korxona moliyaviy boshqaruviga ko‘rsatadigan ta’siri tahlil qilinadi. Raqamli texnologiyalarni joriy etish natijasida moliyaviy hisobotlarning shaffofligi, tezkorligi va aniqligi oshadi, risklarni boshqarish samaradorligi kuchayadi hamda qaror qabul qilish jarayonlari optimallashtiriladi. Shuningdek, raqamli transformatsiya korxonalarda moliyaviy intizomni mustahkamlash, resurslardan samarali foydalanish va strategik rejalashtirish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi. Tadqiqotda raqamli texnologiyalarning moliyaviy barqarorlikka ta’siri ham ko‘rib chiqilgan.
2025-10-08
EKRAN QARAMLIGINING RIVOJLANISHGA SALBIY TA‘SIRI VA UNI KAMAYTIRISH
Ushbu ishda (yoki tadqiqotda, maqolada) ekran qaramligi (gadjetlarga, mobil qurilmalarga, kompyuter o'yinlariga bo'lgan haddan tashqari bog'liqlik) ning shaxslar, xususan, bolalar va o'smirlar rivojlanishiga ta'sir etuvchi salbiy oqibatlari tahlil qilinadi. Ekran vaqti me'yoridan ortishi natijasida kelib chiqadigan ruhiy, fiziologik va ijtimoiy-kommunikativ muammolar yoritiladi. Xususan, uyqu buzilishlari, ko'rish qobiliyatining yomonlashishi, diqqatni jamlashdagi qiyinchiliklar, o'quv faoliyatining pasayishi, real hayotdagi ijtimoiy ko'nikmalarning zaiflashishi kabi jihatlarga e'tibor qaratiladi. Shuningdek, ekran qaramligini oldini olish va kamaytirish bo'yicha amaliy tavsiyalar, jumladan, samarali raqamli gigiyena qoidalari, ota-onalar va ta'lim muassasalari uchun intervensiya strategiyalari hamda nazorat mexanizmlari taklif etiladi.
2025-10-08
TADBIRKORLIK FAOLIYATINI GIBRID MOLIYALASHTIRISHNING HUQUQIY TARTIBGA SOLISH MEXANIZMLARI
Tadbirkorlik faoliyatining rivojlanishi, avvalo, yetarlicha moliyalashtirish manbalarining mavjudligi bilan belgilanadi. Moliyalashtirish subyektlarning o‘z faoliyatini boshlash, kengaytirish va modernizatsiya qilish uchun zarur bo‘lgan pul mablag‘larini jalb qilish jarayonidir. An’anaviy moliyalashtirish usullari, xususan, bank kreditlari va aksiyalarni chiqarish (kapital moliyalashtirish) uzoq vaqt davomida iqtisodiy rivojlanishning asosiy ustunlari bo‘lib kelgan. Biroq, ularning har biri o‘ziga xos kamchiliklarga ega: bank kreditlari yuqori foiz stavkalari va qat’iy garov talablari bilan chegaralangan bo‘lsa, kapital moliyalashtirish (masalan, IPO) murakkab huquqiy tartiblar va yuqori xarajatlar talab etadi.
2025-10-08
PEDAGOGIK DASTURIY VOSITALAR
Dasturiy pedagogik vositalar — bu ta’lim jarayonini samarali tashkil etish, nazorat qilish va boshqarish uchun mo‘ljallangan maxsus dasturlar va ilovalar majmuasi. Ular ta’lim mazmunini interaktiv shaklda taqdim etish, o‘quvchilarning bilim darajasini baholash, individual rivojlanishni nazorat qilish imkonini beradi. Dasturiy pedagogik vositalar maktab, kollej va oliy ta’lim muassasalarida qo‘llanilib, o‘quv jarayonini yanada qiziqarli va samarali qiladi. Ularning asosiy vazifalari o‘quv materiallarini modellashtirish, taqdim etish, o‘quvchilarning mustaqil ish faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va o‘quv jarayonining interaktivligini ta’minlashdir. Hozirgi kunda zamonaviy ta’limda bunday vositalarning o‘rni tobora ortib bormoqda.
2025-10-08
PEDAGOGIK DASTURIY VOSITALAR MAZMUNI, TURLARI VA TA’LIM JARAYONIDAGI O’RNI
Ushbu maqolada pedagogik dasturiy vositalar orqali o’qitish metodikasini tahlil qilinadi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanishi ta’lim tizimida yangi pedagogik yondashuvlarni talab etmoqda. Maqolada kompyuter texnologiyalarini o'qitish jarayonida zamonaviy metod va vositalardan foydalanish, interfaol usullar, amaliy mashg’ulotlar hamda talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etish usullari ko’rib chiqiladi. Bundan tashqari, zamonaviy dasturiy va texnik vositalar yordamida o’quv jarayonining samaradorligini oshirish bo’yicha tavsiyalar beriladi.
2025-10-08
LMSNING HEMIS TIZIMIDA AHAMIYATI
Zamonaviy ta’lim tizimida keng qo‘llanilayotgan LMS va HEMIS axborot tizimlarining o‘zaro integratsiyasi hamda LMS tizimining HEMISdagi ahamiyati yoritib berilgan. LMS orqali ta’lim jarayonini raqamlashtirish, talabalarni baholashda shaffoflikni ta’minlash, o‘qituvchi faoliyatini monitoring qilish va statistik hisobotlarni avtomatlashtirish imkoniyatlari HEMIS tizimida yanada samarali boshqaruvni ta’minlaydi. Maqolada ushbu tizimlar o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik va ularning oliy ta’lim muassasalari uchun ahamiyati tahlil qilinadi.
2025-10-08
BOLALARDA EKRAN QARAMLIGINING RIVOJLANISHGA SALBIY TAʼSIRI VA UNI KAMAYTIRISH BOʻYICHA TAVSIYALAR
Ushbu tezisda bolalarda ekran qaramligining rivojlanishga salbiy ta’siri va uni kamaytirish bo’yicha tavsiyalar haqida ma’lumotlar beriladi. Bolalarda ekran qaramligi bolaning jismoniy, aqliy va ijtimoiy rivojlanishiga salbiy taʼsir koʻrsatadi, jumladan uyqu buzilishi, semirish, maktabda oʻzlashtirishning pasayishi, ijtimoiy koʻnikmalarning zaiflashuvi va xulq-atvor muammolariga olib keladi. Uni kamaytirish uchun ekran vaqtini cheklash, oilaviy muloqotni kuchaytirish, jismoniy faollikni ragʻbatlantirish va farzandlar bilan ochiq suhbatlashish muhimdir.
2025-10-08
OILAVIY MUNOSABATLARNING O‘QUVCHI MUVAFFAQIYATIGA BILVOSITA TA’SIRI: PSIXOLOGIK IQLIMNING AHAMIYATI
Oilaviy munosabatlarning o’quvchi muvaffaqiyatiga bilvosita ta’siri: psixologik iqlimning ahamiyatida to’g’risida. Oilada bola qanday munosabatni ko’rsa, ko’chaga chiqganda ham bola shunday munosabat qiladi. Bolaning psixologik holatini oiladagi muhitdan ham bilib olishimiz mumkin. Oila-shaxsning axloqiy va psixologik rivojlanishida muhim omil hisoblanadi.Bolalar tarbiyasining asosiy manbai bo’lib, ularning ijtimoiylashuvi va hayotga moslashishida muhim rol o’ynaydi. Jamiyatdagi qadriyatlarni shakllantiradi va davom ettiradi.
2025-10-08
STARTUP MADANIYATINI YOSHLARGA O’RGATISHNING PSIXOLOGIK JIHATLARI: MUVAFFAQIYATSIZLIKDAN QO’RQMASLIK
Ushbu tezisda startup madaniyatini yoshlarga o’rgatishning psixologik jihatlari va muvaffaqiyatsizlikdan qo’rqmaslik to’g’risida. So‘nggi yillarda innovatsion iqtisodiyot va raqamli transformatsiya jarayonlari yoshlarning ijtimoiy faoliyatini yangi bosqichga olib chiqmoqda. Startup madaniyati zamonaviy jamiyatda nafaqat iqtisodiy o‘sish omili, balki yoshlarning kreativ salohiyati, mustaqil qaror qabul qilish qobiliyati va psixologik barqarorligini shakllantiruvchi jarayon sifatida ham alohida ahamiyat kasb etadi. Ammo startap faoliyatida muvaffaqiyatsizlik ehtimoli yuqori bo‘lgani sababli, ko‘plab yoshlar ijodiy g‘oya va tashabbuslarni amalga oshirishdan cho‘chiydi. Ushbu tadqiqotning maqsadi — yoshlarga startap madaniyatini o‘rgatishda muvaffaqiyatsizlikdan qo‘rqmaslikni psixologik jihatdan shakllantirish mexanizmlarini tahlil qilishdir.
2025-10-08
VAKSINALARNING BOLALAR SALOMATLIGIDAGI AHAMIYATI
Ushbu maqolada vaksinalarning bolalar salomatligidagi ahamiyati qay darajada ekanligini va vaksinalar nima uchun qo‘llanilishi haqida batafsil tushuntirib beramiz
2025-10-09
ABDUQAYUM YO’LDOSHEV ASARLARIDA HISSIY-EKSPRESSIV BIRLIKLARNING LINGVOPOETIK TAHLILI
Bugungi o‘zbek tilshunosligida badiiy matn tilini tahlil qilishda lingvopoetik yondashuv alohida o‘rin egallaydi. Bu yo‘nalish badiiy asarda so‘z, ibora va grammatik shakllarning estetik vazifasini o‘rganadi. Shuningdek, lingvopoetika tilda hissiy-ekspressiv birliklarning mazmuniy imkoniyatlarini tahlil etish orqali muallif uslubini yoritadi.
2025-10-09
TIL O‘RGANISHDA YOSHGA BOG‘LIQ OMILLAR
Mazkur maqolada til o‘rganish jarayonida yosh omilining ta’siri, ya’ni bolalik, o‘smirlik va kattalik davrida ikkinchi tilni o‘zlashtirishdagi psixologik va fiziologik xususiyatlar tahlil qilinadi. Shuningdek, yosh bilan bog‘liq afzalliklar va cheklovlar, zamonaviy lingvodidaktika nuqtai nazaridan til o‘rganishga oid tavsiyalar keltirilgan
2025-10-09
TALABALARGA FILOLOGIYA FANLARINI O'QITISHDA TANQIDIY FIKRLASH KO'NIKMALARINI OSHIRISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH (RUS TILINI O'QITISH METODIKASI MISOLIDA)
Ushbu tezisda filologiya fanlarini, xususan, rus tilini o‘qitishda talabalarning tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishning nazariy asoslari va metodik yondashuvlari tahlil qilinadi. Tanqidiy fikrlashni rivojlantirishga ko‘maklashadigan eng samarali usullar ajratib ko‘rsatiladi: muammoli ta’lim, munozaralar, muallif nuqtai nazarini tahlil qilish, matnni sharhlash, chuqur va yuzaki savollar usuli, sinkveyn, klaster va loyiha faoliyati. Zamonaviy dunyoda talabalarni faol intellektual va kasbiy faoliyatga tayyorlash uchun ushbu usullarni ta’lim jarayoniga maqsadli joriy etish zarurligi haqida xulosa chiqariladi.
2025-10-09
TIL O‘RGANISHDA QO‘RQUV VA UYALISH MUAMMOSI
Ushbu maqola til o‘rganish jarayonida qo‘rquv va uyalish hissining ta’lim jarayoniga ta’sirini o‘rganadi. Unda qo‘rquv va uyalishning asosiy sabablari va bu hisslarni kamaytirish uchun samarali strategiyalar bayon qilinadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, motivatsiya oshirilsa, ijobiy psixologik muhit yaratilsa, kichik guruh mashqlari va o‘qituvchining qo‘llab-quvvatlashi qo‘rquv va uyalishni kamaytirishga yordam beradi.
2025-10-09
