Мы рады сообщить вам, что Центр поддержки исследований «Innovative  Academy» организовал Республиканская конференция «Молодые ученые». Это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований.

Nashr qilingan: 2025-10-30

РАСПРОСТРАНЁННОСТЬ САХАРНОГО ДИАБЕТА 2-ГО ТИПА

Целью настоящей работы является анализ актуальных данных о распространённости сахарного диабета 2-го типа (СД2) на мировом уровне с акцентом на страны Средней Азии, включая Узбекистан. Проведён обзор данных International Diabetes Federation (IDF), Всемирной организации здравоохранения (ВОЗ), The Lancet, а также региональных исследований. Использованы материалы Федерального регистра сахарного диабета Российской Федерации, исследования NATION и публикации SSRN, отражающие динамику показателей в 1990–2021 годах. По последним данным IDF (2024), около 589 млн взрослых в мире живут с диабетом, причём более 80 % случаев приходятся на страны с низким и средним уровнем дохода. Регион Средней Азии характеризуется наиболее быстрым ростом возрастно-стандартизированной заболеваемости (EAPC ≈ 2,8 %). В Узбекистане официальная распространённость СД2 оценивается в 6–7 % взрослого населения, но фактический показатель может превышать 10–12 % вследствие недостаточной диагностики. Рост распространённости СД2 в регионе связан с урбанизацией, ожирением, гиподинамией и старением населения. Работа подчёркивает необходимость развития национальных регистров, программ раннего скрининга и мультифакторной профилактики.

Севинч Азимова

4-6

2025-10-29

THE DEVELOPMENT STAGES OF computational LINGUISTICS IN ENGLISH AND KARAKALPAK LANGUAGES

This article provides a comprehensive analysis of the development stages of computer linguistics, focusing on its evolution in the English and Karakalpak languages. The study explores the historical background, theoretical foundations, and practical implementations of computational linguistics. Moreover, it compares how both linguistic systems have adapted to digital technologies, emphasizing their linguistic structure, data processing capacity, and cultural contexts. Through comparative analysis, the paper highlights the achievements and challenges faced by both languages in the sphere of computational linguistics.

Xurliman Sadillaeva

7-9

2025-10-29

КАНОП (Hibiscus cannabinus L) ТОЛАСИ АСОСИДА ЯРАТИЛАЁТГАН ЗАМОНАВИЙ МАҲСУЛОТЛАР

Мазкур мақолада каноп (Hibiscus cannabinus L) ўсимлигидан олинган баст толаларининг физик-кимёвий хусусиятлари, уларни қайта ишлаш технологиялари ҳамда замонавий маҳсулотлар яратиш йўналишлари таҳлил қилинган. Хусусан, биокомпозит материаллар, биоқадоқлаш маҳсулотлари, техник ва тиббий матолар, биоёқилғи, нано- ва микрофибриллар модификациялар асосидаги юқори технологик маҳсулотлар ҳақида сўнгги илмий ёндашувлар ёритилади.

М.А. Файзиева, У.М. Баротова, А. Уразов

10-14

2025-10-29

MILLIY HUNARMANDCHILIK BRENDLARINING IQTISODIY MOHIYATI VA O‘ZIGA XOSLIKLARI

Ushbu maqolada milliy hunarmandchilik brendlarining iqtisodiy mohiyati, madaniy identifikatsiya funktsiyasi va zamonaviy bozor sharoitida rivojlanish istiqbollari tahlil qilingan. Tadqiqotda hunarmandchilik brendlarining qo‘shimcha qiymat yaratish mexanizmi, mintaqaviy klasterlar shakllantirishdagi roli va eksport potentsiali ko‘rib chiqilgan. Maqolada an'anaviy bilim va ko‘nikmalar tizimi, qo‘lda ishlab chiqarish texnologiyalarining o‘ziga xos xususiyatlari hamda geografik ko‘rsatkichlarning iqtisodiy ahamiyati bayon etilgan. O‘zbekiston hunarmandchilik brendlarining tasnifi va ularni rivojlantirish yo‘nalishlari bo‘yicha amaliy tavsiyalar taqdim etilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, milliy hunarmandchilik brendlari madaniy merosni saqlash bilan birga, mintaqaviy iqtisodiy rivojlanish, bandlik va eksport salohiyatini oshirishda muhim strategik resurs hisoblanadi.

A.F. Ergasheva

15-21

2025-10-29

THE ROLE OF SOCIAL MEDIA IN ENHANCING COMMUNICATIVE COMPETENCE

This study explores the role of social media in enhancing communicative competence in foreign language learning. Platforms such as Telegram, Instagram, and YouTube provide real-life contexts where learners can engage in authentic communication, improve fluency, and develop sociolinguistic and strategic skills. Social media fosters motivation, interaction, and collaboration, making language learning more dynamic and effective.

Navruza Astanova

22-24

2025-10-30

GRAFIK DIZAYN: AN’ANAVIY YONDASHUVDAN ZAMONAVIY INNOVATSIYALARGACHA

Ushbu tezisda grafik dizayn sohasining tarixiy taraqqiyoti, uning bosqichma-bosqich shakllanishi va zamonaviy bosqichda sun’iy intellekt texnologiyalari bilan boyishi haqida fikr yuritiladi. Qadimiy davrlardan boshlab, grafik ifoda vositalari insoniyat hayotining ajralmas qismiga aylangan. Bugungi kunda esa AI vositalarining jadal rivojlanishi dizaynning nafaqat estetik, balki funksional, interaktiv va moslashuvchan bo‘lishini ta’minlamoqda. Tezisda aynan an’anaviy yondashuv bilan zamonaviy innovatsiyalarning o‘zaro aloqasi, grafik dizayn sohasida yangi imkoniyatlar va muammolar haqida tahliliy yondashuv asosida fikrlar keltiriladi.

Madina Latipxonova

25-27

2025-10-30

YARIM O‘TKAZGICHLARNING EKOLOGIK SAMARADORLIGI VA ULARNING ATROF-MUHITGA TA’SIRI

Ushbu tezisda yarim o‘tkazgichlarning ekologik samaradorligi va ularning atrof-muhitga ta’siri tahlil qilinadi. Yarim o‘tkazgichlar ishlab chiqarishda ishlatiladigan kimyoviy moddalar, energiya iste’moli va chiqindilar, shuningdek, ularning qayta tiklanadigan energiya manbalaridagi roli ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, yarim o‘tkazgichlarning ekologik izini kamaytirish uchun ishlab chiqarish jarayonlarini ekologik toza qilish, chiqindilarni qayta ishlash va energiya samaradorligini oshirish zarur. Bu masala hal etilgan taqdirda, yarim o‘tkazgichlarning atrof-muhitga salbiy ta’siri sezilarli darajada kamayishi mumkin. Maqolada, shuningdek, ekologik samaradorlikni oshirish uchun mavjud ilmiy yondashuvlar va texnologiyalar ko‘rsatilgan.

Qilichbek Abubakirov

28-30

2025-10-30

BUXORO VILOYATIDA OILAVIY KORXONALAR FAOLIYATINI BOSHQARISHNING TASHKILIY-IQTISODIY MEXANIZMLARI

Maqolada Buxoro viloyatida oilaviy korxonalar faoliyatini boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlari tahlil qilingan. Tadqiqotda oilaviy korxonalarning moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlari, boshqaruvdagi asosiy muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari o‘rganilgan. Viloyat oilaviy korxonalarining hudud iqtisodiyotidagi o‘rni baholangan hamda boshqaruv samaradorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Navruz Jurayev

31-33

2025-10-30

SOLIQ ORGANINING SOLIQ TO‘LOVCHIGA NISBATAN DA’VOLARINI MA’MURIY SUDLARDA KO‘RIB CHIQISH TARTIBI

Ushbu tadqiqotda soliq organlari tomonidan soliq to‘lovchilarga nisbatan qo‘zg‘atilgan da’volarning ma’muriy sudlarda ko‘rib chiqish tartibi o‘rganiladi. Mavzu doirasida soliq-huquqiy munosabatlar, soliq organlarining vakolatlari, arizalarining shakllanishi, sud yurisdiksiyasi, ish yuritish bosqichlari, isbotlash majburiyati va sud qarorlarining ijrosi kabi muhim jihatlar tahlil qilinadi. Shuningdek, sud amaliyotidagi dolzarb muammolar va ularni hal etish bo‘yicha takliflar ham ko‘rib chiqiladi. Mazkur ish amaliyotchi yuristlar, talabalar va soliq sohasida faoliyat yurituvchi mutaxassislarga nazariy hamda amaliy bilimlarni taqdim etishga qaratilgan.

Aktam Normuratov

34-36

2025-10-30

AN OBSERVATIONAL STUDY ON THE ROLE OF GENDER AND ETHNIC DIVERSITY IN EFL PEDAGOGY AND ASSESSMENT PRACTICES

This observational study investigates the influence of gender, sexuality, and ethnicity on student learning behaviors, participation, and performance in English as a Foreign Language (EFL) classrooms. The findings reveal distinct learning preferences: female students tend to favor collaborative tasks, while male students show a greater affinity for competitive activities. Furthermore, ethnic diversity can lead to group segregation and the marginalization of minority students, affecting classroom dynamics. The study concludes by proposing inclusive pedagogical and assessment strategies tailored to these diverse identities. These strategies, such as integrating both collaborative and competitive tasks and using culturally relevant materials, are essential for fostering an equitable and effective language learning environment.

Jamila Eshmuratova

37-39

2025-10-30

INGLIZ TILINI O‘RGATISH JARAYONIDA STANDART TIL BIRLIKLARI VA MASHHUR IBORALARDAN FOYDALANISHNING MA’NO VA MAZMUN JIHATLARI

Mazkur maqola tilshunoslik uchun dolzarb masalardan biri atrofida fikr yuritadi. Ingliz tilida standart til birliklari o‘ziga xos xususiyatga ega, alohida birliklar sifatida yuritiladi. Mashhur iboralar xalqning turmush tarzi va kelib chiqishi haqida ma’lumot beruvchi asosiy birliklar sifatida qo‘llaniladi. Har bir til frazeologizmlari shu tilda so‘zlashuvchi xalq madaniyatoga xos unsurlarga boy asos hisoblanadi va shu bilan birga shu tilning shakllanishiga sabab bo‘ladigan omillar haqida so‘zlaydi. Mazkur maqolada biz standart til birliklarning ba’zi bir yangi xususiyatlardan xabardor bo’lamiz.  Shu bilan birga standart til  birliklarning leksik-semantik xususiyatlari, ularning o‘ziga xos xususiyatlari va tildagi ahamiyati ko‘rib chiqilgan va misollar bilan ko‘rsatilgan. Maqolada standart til birliklarining semantikasini o’rganish jarayoni hamda bosqichlarining tasnifi yaqqol namoyon bo‘ladi. Mashhur iboralar va standart til birliklarini ingliz tilida talqini nafaqat zamonaviy tilshunoslikning bir bo‘lagi sifatida semantik jihatdan o‘rganilib, bu til tizimida o‘zining dolzarbligi bilan muhim rol o‘ynaydi. Shuni ham aytish kerakki, ko‘pgina lingvistlarni qiziqtirgan ushbu masalada mashhur iboralar hamda standart til birliklari maqola obyekti sifatida o‘z o‘rniga ega. Ularning semantik jihatlarini ilmiy-nazariy manbalar asosida atroflicha o‘rganish tilshunoslikning bugungi kun masalasi ko’rib chiqilgan.

Fariza Baxriyeva

40-42

2025-10-30

TURIZM XIZMATLARINI BARQAROR RIVOJLANTIRSH YO‘LLARI

Ushbu maqolada turizm xizmatlarini barqaror rivojlantirish yo‘llari tahlil qilinadi. Barqaror turizmning maqsadi — tabiiy, madaniy va ijtimoiy resurslarni saqlagan holda turizmni rivojlantirishdir. Ishda turizm infratuzilmasini ekologik jihatdan toza qilish, mahalliy aholi manfaatlarini hisobga olish, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqtisodiy samaradorlikni oshirish kabi asosiy yo‘nalishlar ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, raqamli texnologiyalar, innovatsion xizmatlar va marketing strategiyalari orqali barqaror turizmni rivojlantirish imkoniyatlari ta’kidlangan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, turizmni barqaror rivojlantirish uzoq muddatli iqtisodiy o‘sish va tabiiy resurslarning saqlanishini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi.

Odina Xujakulova

43-50

2025-10-30

YANGI O‘ZBEKISTON KUCHLI IJTIMOIY DAVLATNI BARPO ETISH SARI: GENEZISI, ISLOHOTLAR VA NATIJALARI

Maqolada “ijtimoiy davlat” tushunchasi va belgilariga doir olimlarning fikrlari o‘rganilgan, O‘zbekiston Respublikasida kuchli ijtimoiy davlatni barpo etish yo‘lida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va ularning natijalari tahlil qilingan hamda ular asosida muayyan xulosalarga kelingan.

Umidaxon Sultonaliyeva , M.Z. Ziyodullayev

54-59

2025-10-30

O‘ZBEKISTON TA’LIM SEKTORIDA BREND MENEJMENT VA RAQAMLI IMIDJ YARATISH MEXANIZMLARI

Ushbu tezisda O‘zbekiston ta’lim sektorida brend menejment tizimini rivojlantirish hamda raqamli imidj yaratishning zamonaviy mexanizmlari o‘rganilgan. Tadqiqotda ta’lim tashkilotlarining raqamli muhitdagi brendlashuv darajasi, onlayn ishonch indeksi va reputatsiya boshqaruvi tahlil qilingan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, brend imidjining samarali boshqaruvi ta’lim muassasasining raqobatbardoshligini 30–35% gacha oshiradi. Raqamli kanallar (ijtimoiy tarmoqlar, veb-saytlar, CRM tizimlari) orqali tashkilot obro‘sini boshqarish brend sodiqligini mustahkamlashda muhim omil sifatida namoyon bo‘lmoqda. Tadqiqot natijalari O‘zbekiston ta’lim muassasalari uchun raqamli imidjni shakllantirishda kompleks marketing strategiyalarini joriy etish zarurligini asoslaydi.

Faxriddin Raximov

60-65

2025-10-30

TIKUVCHILIK ATAMALARINI O‘QITISHDA INNOVATSION USULLAR

Ushbu maqolada tikuvchilik atamalarini o‘qitishda innovatsion yondashuvlar yoritilgan. An’anaviy yodlashga asoslangan usullardan farqli ravishda, zamonaviy usullar vizual ko‘makchilar, interaktiv mashg‘ulotlar, o‘yin shaklidagi topshiriqlar, texnologik vositalar va loyiha asosida o‘qitishni o‘z ichiga oladi. Bunday yondashuvlar o‘quvchilarda atamalarni tez va samarali o‘zlashtirish, amaliy qo‘llay olish hamda mustaqil ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantiradi.

Ziyoda Hakimova

66-68

2025-10-30

O‘ZBEK XALQ MAQOL VA MATALLARIDA AYOL OBRAZINING IFODALANISHI

Ushbu tezisda o‘zbek xalq maqol va matallarida ayol obrazining ifodalanish xususiyatlari, uning ijtimoiy, ma’naviy va estetik mazmuni tahlil qilinadi. Maqollarda ayollarning jamiyat va oiladagi o‘rni, onalik va xotinlik obrazlari, shuningdek, ayolga nisbatan ijobiy hamda salbiy stereotipik qarashlar ochib beriladi. Ayollar haqidagi xalq donishmandligi o‘zbek xalqining axloqiy qadriyatlari, diniy e’tiqodlari va madaniy qarashlarini aks ettiruvchi asosiy manba sifatida ko‘rib chiqiladi. Tahlil davomida xalq ertaklari va maqollaridan misollar keltirilgan, ular orqali ayolning xalq ongidagi obrazlari turli ko‘rinishlarda yoritilgan.

Gulxayo Meliboyeva

69-71

2025-10-30

VOYAGA YETMAGANLAR TOMONIDAN SODIR ETILADIGAN JINOYATLARNING KRIMINOLOGIK TAVSIFI

Jamiyat taraqqiyoti darajasi, avvalo, yosh avlodning huquqiy ongi, axloqiy qadriyatlari va xulq-atvor madaniyati bilan belgilanadi. Shu nuqtai nazardan, voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi mamlakatdagi ijtimoiy barqarorlik, ma’naviy muhit va huquqiy tarbiya tizimining holatini ko‘rsatuvchi muhim indikator hisoblanadi. Voyaga yetmaganlar tomonidan jinoyat sodir etish holatlari nafaqat huquqbuzarlikning shakli, balki jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy, psixologik va ma’naviy muammolarning aksidir. Shu sababli mazkur muammoga kriminologik tahlil nuqtai nazaridan yondashish dolzarb ahamiyat kasb etadi.

Sardor Tursunboyev

72-74

2025-10-30

KASB-HUNARGA DOIR BA’ZI ASLIY VA NISBIY LAQABLARNING SEMANTIK XUSUSIYATLARI

Ushbu maqolada Amudaryo tumani To‘lqin OFY hududida faol qo‘llanilib kelayotgan kasb-hunarga oid laqablar va ularning funksional-semantik xususiyatlari o‘rganilgan. qiluvchi kishilari jonli nutqidan yozib olingan laqablarning linglistik xususiyatlari haqida so‘z boradi.

Zebogul Qudanova

75-78

2025-10-30

СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ МЕТОДИКИ ПРЕПОДАВАНИЯ ЕСТЕСТВОЗНАНИЯ НА ОСНОВЕ СОВРЕМЕННЫХ МОДЕЛЕЙ “TPACK” И ВИРТУАЛЬНЫХ ТЕХНОЛОГИЙ В НАЧАЛЬНЫХ КЛАССАХ

В условиях стремительного развития цифровых технологий современное образование требует внедрения инновационных подходов к обучению естественнонаучных дисциплин. Цель данной статьи — рассмотреть пути совершенствования методики преподавания естествознания в начальных классах с опорой на модель TPACK (Technological Pedagogical and Content Knowledge) и возможности иммерсивных технологий, таких как виртуальная реальность (VR). Основой исследования послужили работы Aumann et al. (2024) [2], O’Leary et al. (2025) [1] и практическая реализация TPACK в педагогической деятельности [3]. В статье обобщены результаты исследований по применению цифровых инструментов для формирования научных представлений у младших школьников, а также представлены педагогические условия, способствующие эффективной интеграции технологий в процесс обучения.

Шахноза Нурматова

79-80

2025-10-30

MIOKARD INFARKTIDAN KEYIN JISMONIY VA RUHIY-HISSIY TIKLANISH MUVOZANATIGA ASOSLANGAN YAXLIT KARDIOREABILITATSIYA DASTURINI ISHLAB CHIQISH VA JORIY ETISH

Tadqiqotning maqsadi miokard infarktidan keyin jismoniy va ruhiy-hissiy komponentlarni uyg‘unlashtirgan holda takomillashtirilgan kardioreabilitatsiya dasturining samaradorligini baholashdan iborat. Tadqiqotga miokard infarktini boshidan kechirgan 138 nafar bemor (o‘rtacha yoshi 58,2±8,6) kiritildi. Asosiy guruh (n=72) jismoniy mashqlar va ruhiy-hissiy qo‘llab-quvvatlashni o‘z ichiga olgan kompleks dasturni, nazorat guruhi (n=66) esa standart reabilitatsiyani o‘tkazdi.

Zarina Nasirova , Nigina Ismati

81-84

2025-10-30

IQTISODIУOTNI RАQАMLАSHTIRISH SHАROITIDА ЕLЕKTRON TIJORАTNI BOSHQАRISH ZАRURIУАTI

Bugungi kundа jаhon iqtisodiу vа siуosiу mаkonining еtаkchilаri ауnаn аxborot tеxnologiуаlаrini rivojlаntirish vеktorini аniqlаshni, ulаrdаn foуdаlаnish uchun уаngi imkoniуаtlаrdаn foуdаlаnishni o‘rgаngаn mаmlаkаtlаrdir. Аxborot vа tеlеkommunikаtsiуа tеxnologiуаlаri sаnoаti jаhon iqtisodiуotining еng jаdаl rivojlаnауotgаn tаrmoqlаridаn biri еkаnligi hаmmаgа mа’lum

Malikakhon Radjabova

85-88

2025-10-30

ТЕМИР ЖЕТИСПЕЎШИЛИГИНИҢ ИНСАН ОРГАНИЗМИНЕ ФИЗИОЛОГИЯЛЫҚ ТӘСИРИ

Мақалада анемия кеселлигиниң келип шығыў себеплери, белгилери ҳәм алдын алыў илажлары ҳаққында сөз етиледи. Аўыр металл бирикпелериниң инсан организмине унамсыз тәсири, соның менен бирге, темир жетиспеўшилигиниң анемия пайда болыўындағы орны ҳәр тәреплеме талланған. Изертлеў нәтийжелерине сүенип, кемтарлықтың алдын алыўда дурыс аўқатланыўдың, екологиялық таза азық-аўқатты қолланыўдың ҳәм организмге темир елементин жетерли муғдарда қабыл етиўдиң әҳмиети ашып бериледи.

Мехрибан Наурызбаева

89-91

2025-10-30

INKLYUZIV TA’LIMNING HUQUQ VA ME’YORIY ASOSLARI

Oʻzbekistonda nogironlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, tibbiyijtimoiy yordam koʻrsatish, hayot sifatini yaxshilash tizimini takomillashtirish, ularga ta’lim olish va ishga joylashishda har tomonlama koʻmaklashish boʻyicha qator ishlar amalga oshirilib, xalqimizga xos boʻlgan mehr-shafqat hamda ezgulik tuygʻularini hisobga olgan holda nogironlarning muhim ehtiyoj va talablariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Mohiraxon Bozorboyeva

51-53

2025-10-30

THE IMPACT OF ARTIFICIAL INTELLIGENCE AND DIGITAL TECHNOLOGIES ON ORGANIZATIONAL TRANSFORMATION: COMPARATIVE ANALYSIS OF CORPORATE ADAPTATION IN THE EASTERN PARTNERSHIP COUNTRIES

In the contemporary global economy, Artificial Intelligence (AI) and digital technologies are reshaping business models, redefining competitiveness, and altering traditional management structures. This paper analyzes how AI-driven transformation influences corporate adaptation and strategic expansion across the Eastern Partnership (EaP) countries, including Azerbaijan, Armenia, Georgia, Belarus, Moldova, and Ukraine. Using a comparative methodology and a blend of qualitative and quantitative research, the study identifies the main challenges impeding AI implementation, including insufficient funding, weak digital infrastructure, and limited regulatory capacity. Drawing on OECD and World Bank statistics, as well as field surveys conducted in Azerbaijan, the findings demonstrate that while digital transformation initiatives exist, their effectiveness remains constrained by structural limitations. The research further compares these outcomes with the practices of developed economies such as the USA, Germany, and South Korea, highlighting that systematic policy support, innovation ecosystems, and human capital development are essential for sustainable AI integration.

Bahadur Azimov

92-95

2025-10-31

THE ROLE OF EFFECTIVE TIME AND RESOURCE MANAGEMENT IN BUSINESS PERFORMANCE: COMPARATIVE ANALYSIS OF CORPORATE PRACTICES IN DEVELOPED ECONOMIES

This thesis investigates the impact of effective time and resource management on corporate performance and competitiveness. The study emphasizes the integration of time management, digitalization, and human capital development as core components of organizational sustainability. Drawing insights from developed economies such as the United States, Germany, and Japan, the research demonstrates that time management is not simply an administrative routine but a strategic determinant of innovation, adaptability, and productivity. Empirical evidence indicates that firms applying structured time management systems achieve up to 30% higher operational efficiency, 25% faster decision-making, and 20% better employee satisfaction levels. These findings align with both corporate and educational models of time efficiency, including the academic framework studied by Azimov (2024) at Baku Higher Oil School [6].

Bahadur Azimov

96-99

2025-10-31

MARKETING STRATEGIYALARINING NAZARIY ASOSLARI VA BREND RIVOJLANISHIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR

Global bozorlarning tez sur’at bilan o‘zgarishi brendlarning raqobatbardoshligi va barqarorligi oldida jiddiy muammolarni yuzaga keltirdi, va ayniqsa menejerlik vakolatiga ega shaxslar bular bilan eng bevosita duch kelish ehtimoli yuqori. Market­ing nazariyalarini brend rivojlanishi tadqiqotlarida integratsiya qilish so‘nggi yillarda ma’lumotga asoslangan analitik modellar paydo bo‘lishi bilan barqaror ravishda kengayib bormoqda. Nazariy ramkalar va jamoaviy empirik tajriba tahliliga asoslanib, biz shunday ta’kidlaymiz: maxsus strategik moslashuvsiz, cheklangan analitik salohiyatga ega shaxslar koordinatsiyasiz qaror qabul qilishga va konseptual ravshanlik hamda kontekst tushunchasi yetishmasligidan kelib chiqib, parchalan­gan qarorlar va nomuvofiq natijalar bilan duch kelishadi. Ma’lumotlar konseptual xaritalash tahlili va ko‘p o‘zgaruvchili regressiya tahlili orqali o‘rganildi hamda izchil topilmalarni sintez qilish uchun talqin qilindi. Standartlashtirishni talab qilgan o‘zgaruvchilar model spetsifikatsiyasi va tasdiqlanishi uchun e’tibor bilan moslashtirildi, strukturaviy ishonchlilik, strategik kirish (input) va brend natijasi (output) o‘rtasidagi korrelyativ muvozanat hamda model taxminlari eshitilib, metodologik jihatdan hisobga olindi va ularning talqini bir hil holatda yuritildi.

Oybek Ergashev

100-104

2025-10-31

O‘ZBEK ADABIYOTIDA “ONA” OBRAZI VA UNING RAMZIY TALQINI

Ushbu maqolada zamonaviy o‘zbek adabiyotida ona obrazining badiiy-ramziy talqinlarini o‘rganishga bag‘ishlanadi. Maqsad — ona timsolining adabiy uslubiy jihatlari, uning ramziy funksiyalari va zamonaviy kontekstdagi yangilanishlarini tadqiq etish. Buning uchun bir nechta zamonaviy adiblar asarlari tahlil qilinadi, ona obrazining semantik va badiiy-estetik jihatlari aniqlanadi.

Gulnoza Samadova

105-107

2025-10-31

ОLIY TА’LIM BОSHQАRUVIDА YОSHLАR TАRBIYАSIDА G‘ОYАVIY IMMUNITЕTNI SHАKLLАNTIRISH: JАNUBIY KОRЕА ISLОHОTLАRINING ILMIY-АMАLIY TАHLILI

Yоshlаrni mаfkurаviy tаrbiyаlаsh оliy tа’lim bоshqаruvining muhim tаrkibiy qismi bо‘lib, ijtimоiy bаrqаrоrlik vа milliy о‘zlikni mustаhkаmlаshdа muhim rоl о‘ynаydi. Ushbu mаqоlаdа g’oyaviy immunitеt tushunchаsi, uning tаnqidiy fikrlаshni shаkllаntirishdаgi аhаmiyаti vа Jаnubiy Kоrеyаdаgi оliy tаʼlim islоhоtlаrining yоshlаr rivоjlаnishigа tаʼsiri оʻrgаnilаdi. Jаnubiy Kоrеyаning siyоsаti, tа’lim mеtоdоlоgiyаsi vа ijtimоiy-siyоsiy strаtеgiyаlаrini tаhlil qilib, ushbu tаdqiqоt оliy tа’limning mаfkurаviy bаrqаrоrlikni qаndаy оshirishi hаqidа ilmiy vа аmаliy nuqtаi nаzаrni tаqdim еtаdi. Mаqоlаdа, shuningdеk, Jаnubiy Kоrеyа tаjribаsini bоshqа tа'lim tizimlаrigа о'tkаzish imkоniyаti muhоkаmа qilinаdi vа mаfkurаviy rаhbаrlik vа аkаdеmik еrkinlik о'rtаsidаgi muvоzаnаtni tа'kidlаydi.

Аlishеr Shеrаliyеv

111-113

2025-10-31

OʻZBEKISTONDA OILAVIY BIZNESNI RIVOJLANTIRISH OMILLARI VA MUAMMOLARI

Oilaviy biznes — bu oila aʼzolari tomonidan tashkil etilgan, boshqarilgan va oʻzaro ishtirok etiladigan korxona shakli boʻlib, uning Oʻzbekistonda rivojlanishi iqtisodiy barqarorlik, ish bilan bandlik va mahalliy tadbirkorlik muhitini shakllantirish uchun muhim rol oʻynaydi. Oʻzbekiston Respublikasida oilaviy tadbirkorlikni huquqiy jihatdan tartibga solish tizimi soʻnggi yillarda tubdan yangilandi. Ushbu yoʻnalishning asosiy meʼyoriy poydevori sifatida “Oilaviy tadbirkorlik toʻgʻrisida”gi Qonun (2012-yil 26-aprel, OʻRQ–327-son) xizmat qiladi. Mazkur hujjat oilaviy korxonaning huquqiy maqomini, ishtirokchilarning majburiyat va javobgarligini, shuningdek, oilaviy mulkni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish tartibini belgilaydi. Qonunning 5-moddasiga koʻra, oilaviy tadbirkorlik subʼekti oila aʼzolari tomonidan umumiy mehnat va mulk asosida tashkil etiladi, hamda ular iqtisodiy mustaqil xoʻjalik yurituvchi birlik sifatida faoliyat yuritish huquqiga ega.

Munisa Urinova

114-116

2025-10-31

IQLIM O‘ZGARISHINING AGRAR SOHADAGI TA’SIRI: MOSLASHUV CHORALARI VA HUQUQIY MEXANIZMLAR

Global iqlim o‘zgarishi O‘zbekistonning agrar sektoriga bevosita tahdid soluvchi fundamental ekologik va iqtisodiy muammolarni keltirib chiqardi. Markaziy Osiyo mintaqasi uchun xos bo‘lgan suv resurslariga yuqori qaramlik va iqlimiy zarbalar natijasida kuchayayotgan cho‘llanish hamda yer degradatsiyasi agrar ishlab chiqarish barqarorligiga jiddiy xavf tug‘dirmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Yer kodeksi yerga nisbatan umummilliy boylik sifatida qarashni, uni davlat muhofazasiga olishni va yerdan oqilona foydalanishni talab qiladi. Bu qonuniy asos iqlimga moslashuv choralarini qonunchilik darajasida mustahkamlashga zamin yaratadi.

Gozzal Jandullaeva

117-119

2025-10-31

QARAQALPAQSTANDA KOREYS DIASPORASINIŃ ÚRP-ÁDET HÁM DÁSTÚRLERI

Qaraqalpaqstanlı koreysler óz xalqınıń úrp-ádet hám dástúrlerine ámel etip, 100 kún (Pek il) bala tuwılǵan kúndi belgileydi. Pek il – ápiwayı, jaqın tuwısqanlar ortalıǵında belgilenedi. Usı bayramnıń tiykarı ata-analardıń perzenti aman-esen jasap kiyatırǵan kúnlerine shúkirlik etiw, quwanısh ulasıwdı qáleydi. Usı menen birge Tol – balanıń tuwılǵan kúni dástúriy tárizde ájayıp hám dábdebeli ráwishte belgilenedi. Bul máresimniń dıqqatqa sazawar qásiyeti tuwılǵan kún stolın tayarlaydı hám balanıń keleshegin, taǵdirin boljaw ushın mólsherlengen máresimdi ótkizedi. Máresimdi orınlaw ushın balanıń aldına stol qoyıladı, onıń ústine nárse, buyımlar qoyıladı, olardıń hár biri bólek simvollıq mániske iye. Ayırım shańaraqlarda pul, kitap, ǵoza balaǵa jaqınıraq, gúrish, nan, qayshı jipler biraz uzaǵıraq qoyıladı.

Gulpira Sharjaubaeva

120-122

2025-10-31

KO‘RISH BO‘YICHA IMKONIYATI CHEKLANGAN INSONLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH USULLARI

Ko‘rish imkoniyati cheklangan shaxslar – bu to‘liq ko‘rmaydigan yoki ko‘rish qobiliyati sezilarli darajada susaygan insonlardir. Ular uchun axborotga kirish, atrof-muhitni idrok etish, yozma yoki vizual materiallardan foydalanish imkoniyatlari cheklangan bo‘lsa-da, to‘g‘ri yondashuv va zamonaviy texnologiyalar yordamida ular ham to‘laqonli ta’lim olishlari, ijtimoiy hayotda faol ishtirok etishlari mumkin

Xamidullo Murodullayev

123-125

2025-10-31

NOGIRON SPORTCHILAR – KUCH, IRODA VA G‘ALABA RAMZI

Ushbu maqolada nogiron sportchilarning jismoniy, psixologik va ijtimoiy imkoniyatlarini rivojlantirishda sportning o‘rni, ularning irodaviy va ruhiy kuchini namoyon etish mexanizmlari, shuningdek, paralimpiya harakati va inklyuziv sportning ahamiyati tahlil qilingan. Adabiyotlar sharhi asosida nogiron sportchilarning psixologik moslashuvi, ruxlantirish nazariyalari, ijtimoiy integratsiya jarayonlari hamda davlat siyosatining ularni qo‘llab-quvvatlashdagi o‘rni ilmiy jihatdan yoritilgan.

Sevinch Mamatova

126-128

2025-10-31

AYOLLAR SPORTIDAGI TENGLIK VA RIVOJLANISH IMKONIYATLARI: GLOBAL TAJRIBA VA DOLZARB MUAMMOLAR

Mazkur maqolada ayollar sportidagi tenglik masalasi, uning tarixiy shakllanishi, hozirgi zamon global muammolari va rivojlanish tendensiyalari tahlil qilinadi. Dunyo miqyosida ayollar sporti ijtimoiy, iqtisodiy hamda madaniy omillar bilan chambarchas bog‘liq ekani ko‘rsatib o‘tiladi. Maqolada xalqaro tajriba asosida ayollar sportiga bo‘lgan munosabat, teng imkoniyatlar yaratish siyosati va sportdagi gender tenglikni ta’minlash mexanizmlari nazariy jihatdan yoritiladi. Shuningdek, O‘zbekiston sport tizimidagi ayollar faoliyatining o‘sish sur’atlari va mavjud to‘siqlar haqida ham fikr yuritiladi.

Sevinch Mamatova

129-131

2025-10-31

4-SINF O‘QUVCHILARINI MATEMATIKA DARSLARIDA MANTIQIY FIKRLASH QOBILIYATLARINI SHAKLLANTIRISHNING ZAMONAVIY METODIKASI

Ushbu maqolada 4-sinf o‘quvchilarining matematika darslarida mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini shakllantirishning zamonaviy metodikasi tahlil qilingan. Maqolada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarorlari va ta’lim konsepsiyalari asosida matematika fanini o‘qitishda innovatsion metodlar, integratsion yondashuvlar, o‘yin texnologiyalari va STEAM faoliyatlari orqali o‘quvchilarda tafakkur va mantiqiy fikrlashni rivojlantirish yo‘llari taklif etiladi.

Nazokat Xaitova , Dilnora G‘aybullayeva

132-134

2025-10-31

O‘QITUVCHI VA O‘QUVCHILAR O‘RTASIDA SAMARALI ALOQANI TA’MINLASH UCHUN ELEKTRON TA’LIM PLATFORMALARIDAN FOYDALANISH

Ushbu maqola o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida samarali aloqani ta’minlashda elektron ta’lim platformalarining ahamiyatini ko‘rsatadi. O‘qituvchilar uchun ta’lim jarayonini yanada interaktiv va samarali bo‘lishida foydalaniladigan elektron ta’lim portallari haqida ma’lumot beriladi. Shuningdek, o‘quvchilarning ta’limga bo‘lgan qiziqishini oshirish va o‘zaro aloqalarni yaxshilash uchun dasturiy vositalarning ta’siri tahlil qilinadi.

Akbar Kodirov , Mashxura Sa’dullayeva

135-137

2025-10-31

DIFFERENCES AND SIMILARITIES IN SIGNED TRANSLATION ACROSS DIFFERENT LANGUAGES

Signed translation — the process of translating between spoken and signed languages — is a complex form of linguistic and cultural mediation that ensures accessibility for the Deaf and Hard-of-Hearing communities. While all sign languages share visual-spatial modalities, they differ substantially in grammar, syntax, and cultural expression. Examining signed translation across multiple linguistic contexts — such as American Sign Language (ASL), British Sign Language (BSL), Japanese Sign Language (JSL), Russian Sign Language (RSL), and Uzbek Sign Language (UZSL) — reveals both universal similarities and distinct structural differences shaped by history, culture, and linguistic evolution [1].

Beknazar Bokijonov

138-140

2025-10-31

THE IMPACT OF ARTIFICIAL INTELLIGENCE ON SIGN LANGUAGE COMMUNICATION

This thesis examines the transformative influence of Artificial Intelligence (AI) on sign language communication, highlighting its role in enhancing accessibility, inclusivity, and communication efficiency for the deaf and hard-of-hearing community. The research explores how AI-based tools such as gesture recognition systems, neural networks, and computer vision models are enabling real-time sign language translation and bridging communication gaps between hearing and non-hearing individuals. The study draws upon global practices, technological developments in advanced countries, and empirical data to assess the current state, challenges, and future directions of AI-driven sign language innovations.

Beknazar Bokijonov

141-142

2025-10-31

ZAMONAVIY TA’LIM TEXNOLOGIYALARI VA UNING XUSUSIYATLARI

Ushbu maqolada zamonaviy ta’lim texnologiyalarining mohiyati, ularning ta’lim jarayoniga ta’siri, o‘qitish samaradorligini oshirishdagi roli hamda raqamli pedagogika imkoniyatlari yoritilgan. Shuningdek, ta’lim tizimida innovatsion yondashuvlarning afzalliklari va ularni qo‘llashdagi muammolar ham tahlil qilinadi.

Elbek Jumayev

143-144

2025-10-31