Мы рады сообщить вам, что Центр поддержки исследований «Innovative Academy» организовал Республиканская конференция «Молодые ученые». Это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований.
Nashr qilingan: 2024-05-25
Articles
MAKROSKOPIK ELEKTRODINAMIKANING ASOSIY TENGLAMALARINI FIZIKADA ASOSIY O‘RNI
Ushbu annotatsiyada muallif makroskopik elektrodinamikaning asosiy tenglamalarini yoritib berdi.
2024-05-25
DRAMATIK MUSIQA TURLARI VA ASOSIY JANRLARNING ILMIY-AMALIY TAHLILI
Dramatik asarning o‘qilishi va sahna talqinida bir qator o‘ziga xosliklar mavjud. Dramani o‘qiyotgan o‘quvchining ijodiy faolligi bilan shu asar asosidagi spektaklni tomosha qilayotgan tomoshabinning ijodiy faolligi bir xil emas. O‘quvchi o‘qish jarayonida “rejissor” vazifasini zimmasiga oladi, dramani tasavvuridagi sahnada jonlantiradi; ayni paytda u “aktyor” sifatida har bir personajning rolini o‘ynashi ham kerak.
2024-05-27
PSIXOLOGIK SALOMATLIK BORASIDAGI ASOSIY NAZARIYALAR
Ma’lumki, “insonning psixologik salomatligi” ta'rifi ikkita kategorik iboradan iborat - salomatlik psixologiyasi va inson psixologiyasi. Ushbu bilim sohalarining kesishmasida salomatlik muammosini inson nuqtai nazaridan ko'rib chiqadigan psixologik modellar paydo bo'ladi. Asta-sekin, yondashuvlarning xilma-xilligida psixologik salomatlik nazariyasiga xos bo'lgan bir nechta yo'nalishlar shakllandi:
2024-05-27
ХОТИН-ҚИЗЛАР ЎРТАСИДА ҲУҚУҚБУЗАРЛИКЛАР ПРОФИЛАКТИКАСИНИ АМАЛГА ОШИРИШ ҲАМДА ЗЎРАВОНЛИК ҲОЛАТЛАРИГА ҚАРШИ ЧОРА-ТАДБИРЛАР
Мазкур мақолада муаллиф ҳотин-қизлар ўртасида ҳуқуқбузарликлар профилактикасига доир чора-тадбирларни амалга оширишнинг мазмун ва моҳиятини очиб беришга, шу йўналишда профилактик чора-тадбирларни самарали амалга ошириш муҳимлигини асослашга ҳаракат қилган. Шунингдек, хотин-қизлар ўртасида ҳуқуқбузарликлар профилактикасига доир чора-тадбирларни амалга оширишдаги мавжуд муаммолар ва уларнинг ечимлари бўйича фикр-мулоҳазалар келтирилган.
2024-05-27
GIYOHVANDLIK BILAN BOG’LIQ HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASINI TASHKIL ETISH
Hozirgi kunda jamiyatimizda giyohvandlik bilan bog’liq muammolar tobora ko’payib bormoqda. Sababi shundaki, giyohvandlik va psixotrop moddalarni iste’mol qiluvchi yosh toifasi kichiklashib borib hattoki, maktab yoshiga qadar yetib bordi. Bu esa jamiyatimizning inqiroziga ham sabab bo’lishi mumkin. Jumladan, 12-16 yoshdagi maktab bolalari tomonidan sintetik tarzda tayyorlanadigan inson ongi va markaziy nerv sistemasiga ta’sir etuvchi moddalarni bir yoki ikki marta iste’mol qilish natijasida unga o’rganib qolish holatlari tobora ko’payib bormoqda. Ushbu holatlarni aniqlashda axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi, kiberxavfsizlik bosh markazi hamda uning bo’limlari tomonidan monitoring amalga oshirish orqali ularga tegishli “Telegram”, “Instagram” ijtimoiy tarmoqlaridagi guruhlar va kanallarni aniqlash, faoliyatiga chek qo’yish ishlari amalga oshirilmoqda.
2024-05-27
РАШК БИЛАН БОҒЛИҚ ЖИНОЯТЛАРНИНГ ЎЗИГА ХОС ХУСУСИЯТЛАРИ
Ушбу мақолада рашк билан боғлиқ жиноятларнинг келиб чиқиши, сабаб ва шароитлари шунингдек ушбу турдаги жиноятларнинг ўзига хос хусусиятлари ва уларнинг олдини олишга қаратилган профилактик чора-тадбирлар ёритиб ўтилган.
2024-05-27
РЕЦИДИВ ЖИНОЯТЧИЛИКНИНГ КЕЛИБ ЧИҚИШ САБАБ ВА ШАРИОТЛАРИ
Ушбу мақолада рецидив жиноятчиликка берилган тариф ва унинг мохияти, рецидив жиноят тушунчасига берилган тариф, рецидив жиноятчиликни келиб чиқиш сабаблари, омиллмари ва уларнинг профилактикаси ёритиб ўтилган.
2024-05-27
ВОЯГА ЕТМАГАНЛАР ЎРТАСИДА НАЗОРАТСИЗЛИК ВА ҲУҚУҚБУЗАРЛИКЛАР ПРОФИЛАКТИКАСИНИНГ ЎЗИГА ХОС ХУСУСИЯТЛАРИ
ушбу мақолада вояга етмаганлар ўртасида назоратсизлик ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасига доир фаолиятни ахборот билан таъминлаш фаолиятнинг криминологик тавсифи, тушунчаси, турлари, бугунги кундаги ҳолати ва вояга етмаганлар ўртасида ҳуқуқбузарликларни келтириб чиқарувчи омилларнинг криминологик тавсифининг ўзига хос хусусиятлари. Бундан ташкари вояга етмаганлар томонидан содир этилаётган ҳуқуқбузарликларни келтириб чиқарувчи омилларнинг сабаблари ва шарт-шароитлари ҳамда уларни бартараф этиш йўналишлари баён этилган.
2024-05-27
ВОЯГА ЕТМАГАНЛАР ЎРТАСИДА НАЗОРАТСИЗЛИК ВА ҲУҚУҚБУЗАРЛИКЛАР ПРОФИЛАКТИКАСИНИНГ ЎЗИГА ХОС ХУСУСИЯТЛАРИ
Maqolada Markaziy Osiyodagi transchegaraviy daryolarning suv resurslari muammolari va ularni hal etish yo‘llari ko‘rib chiqiladi. Xususan, suv masalalari bo‘yicha mintaqaviy hamkorlikni takomillashtirishga qaratilgan xalqaro konferensiyalarning tavsiyalari tahlil qilingan.
2024-05-27
PEDAGOGIK KADRLARNI QAYTA TAYYORLASH VA MALAKASINI OSHIRISH TIZIMIDA TA’LIM SIFATINI BAHOLASH
Mazkur tezisda zamon talablari bilan belgilanadigan yuksak ma’naviyat va axloq talablariga javob beradigan rivojlangan demokratik davlatlar darajasida yuqori malakali kadrlar tayyorlashning samarali yaxlit tizimini yaratish imkoniyatlari muhokama qilinadi. Tezisda O‘zbekiston Respublikasida pedagog kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimida ta’lim sifatini monitoring qilish va baholash bo‘yicha axborot texnologiyalarini rivojlantirish tendensiyalari yoritilgan, avtomatlashtirilgan monitoring tizimini rivojlantirish bo‘yicha konseptual g‘oyalar tahlil qilingan.
2024-05-27
XALQARO EKOLOGIYA HUQUQIDA TRANSCHEGARAVIY SUV RESURSLARIDAN FOYDALANISH VA ULARNI MUHOFAZA QILISHDAGI MUAMMOLAR
Maqolada Markaziy Osiyodagi transchegaraviy daryolarning suv resurslari muammolari va ularni hal etish yo‘llari ko‘rib chiqiladi. Xususan, suv masalalari bo‘yicha mintaqaviy hamkorlikni takomillashtirishga qaratilgan xalqaro konferensiyalarning tavsiyalari tahlil qilingan.
2024-05-27
INGLIZ VA O’ZBEK ADABIYOTIDA O’SMIRLAR MUAMMOSI O’RGANILISHINING AHAMIYATI
Maqolada ingliz va o`zbek adabiyotida o`smirlar muammosini o`rganilishining sabablari yaqqol yoritib berilganligini ko`rishimiz mumkin. Bugungi kunda yoshlarning ingliz va o`zbek adabiyotiga bo`lgan qiziqishlari turli izlanishlarga sabab bo`lmoqda. Bizga ma’lumki, o’smirlar muammosi ancha yillardan beri o’rganilib kelinmoqda. Dastlab ingliz va o’zbek adabiyotida yoshlar tarbiyasi, ularning ilm olib bilimli yoshlar bo’lib yetishishiga e’tibor berishgan. Hozirgi zamon o’zbek bolalar adabiyotida she’riyat rivojlangani kabi nasrda ham salmoqli asarlar yuzaga keldi. Bolalarning yoshi, qiziqishi, dunyoqarashiga to’la javob bera oladigan asarlar bunyod etildi. Bolalar adabiyoti so’z san’ati va tarbiya vositasi hisoblanib, yosh kitobxonlar uchun yoziladigan har qanday badiiy asar ularning yosh xususiyatlariga, saviyalariga mos, yoshlar qalbida o’y-fikrlar uyg’otadigan, porloq va ezgulik ishlariga ilhomlantiradigan bo’lishi kerak. Eng muhimi mavzular aniq, sodda va qiziqarli tilda ifodalanishi zarur.
2024-05-27
ADABIYOT DARSLARIDA YOZUVCHI TARJIMAYI HOLINING BERILISHIGA XOS XUSUSIYATLAR
Ushbu maqolada adabiyot o‘qitish metodikasida va adabiyot darslarida yozuvchi tarjimayi holining berishili va uning o‘ziga xos xususiyatlari va adib tarjimayi halining mazmuni, uning ma‘rifiy ahamiyati xususida so‘z yuritiladi. Bundan tashqari yozuvchi tarjimayi hollarini o‘rganishda ilg‘or metodlar, vositalar, usullar orqali o‘quvchilarga o‘rgatish ham o‘z aksini topgan.
2024-05-27
IMKONIYATI CHEKLANGAN SHAXSLARNING JAMIYATDAGI O‘RNI VA HUQUQLARI
Ushbu maqolada nogironligi bo‘lgan ya’ni imkoniyati cheklangan shaxslarning jamiyatdagi o‘rni va jamiyatda shaxs sifatida ko‘rilishi kerakligi , shuningdek, ularga berilayotgan e’tibor va yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida bayon etilgan.
2024-05-27
DAVLAT MOLIYASI BARQARORLIGINI TA’MINLASHDA PUL-KREDIT SIYOSATINING AHAMIYATI
Mazkur maqola O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiy rivojlanishga erishish yo`lida hamda davlat moliyasi barqarorligini ta’minlashda pul-kredit sohasining ahamiyatini tahlil qiladi va ularni takomllashtirish yo‘llarini o`rganadi. Iqtisodiy o`zgarishlar davri iqtisodiyotni rivojlantirishda moliyaviy va valyuta vositalarining roli haqidagi tasavvurni sezilarli darajada o`zgartirganligi va taraqqiy etayotgan bozor iqtisodiyotini davlat tomonidan tartibga solish tizimida ularning ustuvorligi yuksalganligi haqida o`quvchiga ma’lum darajada ma’lumot beradi.
2024-05-27
VOYAGA YETMAGANLAR O`RTASIDA HUQUQBUZARLIKLARNING KO`PAYISHIGA SABAB OILALARDAGI NOTINCHLIK
Ushbu maqolada O`zbekistonda kundan-kunga ko`payib borayotgan voyaga yetmaganlar va kichik yoshdagilar o`rtasidagi huquqbuzarliklar, jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan profilaktika ishlari hamda kelib chiqish sabablari ya`ni oiladagi yetishmovchiliklar, psixologik travmasi bor bolalar hamda oilaning ijtimoiy jihati va oiladagi tez-tez bo`lib turadigan janjallari va ularni bartaraf etishga qaratilgan harakatlar haqida batafsil bayon etiladi.
2024-05-27
OILАDАGI BOLА TАRBIYASIDА MILLIY АN’АNАLАRDАN FOYDАLАNISH
In this article, information about the use of national traditions and its role in raising a child in the family is reflected.
2024-05-27
IQTISODIYOT NAZARIYASI FANINING ZARURIYATI VA IQTISODIY O’SISH TAMOYILLARI
Maqolada hozirgi davrda asosan iqtisodiyot Universitetlar sistemasida iqtisodiyot nazariyasi fanining o’qitilish dolzarbligi haqidagi masalalar bayon qilingan. Shuningdek iqtisodiyot nazariyasi fani malakali kadrlar tayyorlashda va bu uning asosiy vazifasi ekanligini yoritib berilgan. Bugungi rivojlanib borayotgan jamiyatimizda, iqtisodiyotning o’rni juda katta ma’noga va ahamiyatga ega ekanligini ko’rsatib turadi. Bundan tashqari Mamlakatimiz iqtisodiyotini yanada rivojlantirish va liberallashtirish masalalari namoyon etilgan. Maqolada yana bir dolzarb masala, Milliy iqtisodiyotning kapitalistik, sotsialistik, postsоtsiаlistik va kam rivojlangan mamlakatlardagi kapitalistik yo’nalishli kabi turlari haqida tanishib chiqishingiz mumkin.
2024-05-27
EFFECTIVENESS IN COMMUNICATIVE LANGUAGE TEACHING APPROACHES
This article provides a comprehensive examination of Communicative Language Teaching (CLT) approaches, focusing on their effectiveness in promoting language proficiency through authentic communication and learner-centered instruction. Through an exploration of CLT principles, methods, and empirical evidence, it sheds light on the transformative impact of CLT on language learning outcomes.
2024-05-28
ДAВЛAТ-ХУСУСИЙ ШЕPИКЛИК ЛOЙИҲAЛAPИНИНГ ЗAPУPAТИ ВA ЎЗИГA ХOС ХУСУСИЯТЛAPИ
Дунё бoзop мехaнизмлapининг pивoжлaниб бopиши нaтижaсидa дaвлaт вa хўжaлик юpитувчи субъектлap ўpтaсидa янги иқтисoдий мунoсaбaтлap шaкллaниб бopaди. Бундaй иқтисoдий мунoсaбaтлapнинг pивoжлaнгaн мaмлaкaтлap aмaлиётидaги биp кўpиниши бу дaвлaт вa хусусий тapмoқлap шеpиклик мунoсaбaтлapидиp. Чет эл мaмлaкaтлapидa дaвлaт вa хусусий шеpиклик мунoсaбaтлapининг мaзмун-мoҳияти, хусусиятлapи, тaмoйиллapи, pивoжлaниш тapихи, ҳуқуқий aсoслapини ўpгaниш вa уни мaмлaкaтимиздa pивoжлaнтиpиш бугунги кундa бизнинг aсoсий вaзифaлapимиздaн биpидиp. Дaвлaт вa хусусий шеpикчилик мунoсaбaтлapининг мaмлaкaтимиздa тapaққий этиб бopaётгaнлиги бу сoҳaдa қилинaётгaн илмий тaдқиқoтлapимизни дoлзapблигини ифoдaлaйди.
2024-05-28
МЕХАНИЗМЫ ОБЕСПЕЧЕНИЯ НЕПРИКОСНОВЕННОСТИ ЖИЛИЩА
Вопросы неприкосновенности жилища, являясь ключевыми в обеспечении личной свободы и безопасности граждан, находятся в центре внимания законодательства многих стран, включая Узбекистан. Законодательное обеспечение права на неприкосновенность жилища представляет собой сложный и многогранный аспект юридической системы, охватывающий различные аспекты от конституционных принципов до обыденного гражданского законодательства.
2024-05-28
TALABA YOSHLARNI TOLERANTLIK RUHIDA TARBIYALASHNING PEDAGOGIK TAMOILLARI
Xususan, bag‘rikenglik va insonparvarlik madaniyati, diniy bag‘rikenglik, konfessiyalararo totuvlik muhiti, o‘z navbatida, fuqarolarimizni, ayniqsa, yosh avlodni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shundan kelib chiqib, 2018-yil 16-aprelda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev “Diniy-maʼrifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5416-sonli farmonni imzoladi. Ushbu hujjat Oʻzbekistonda diniy taʼlim tizimining uzluksizligini taʼminlashga qaratilgan: boshlangʻich bosqichdan (oʻrta maxsus islom taʼlim muassasalari yoki madrasalar) oliy va keyingi diniy taʼlimgacha. O‘z navbatida, bu omillar O‘zbekistonda davlat siyosatining eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilandi.
2024-05-28
TILIMIZGA KIRIB KELGAN NEOLOGIZMLAR VA ULARNING TAHLILI
Maqolada ingliz tilidan o’zbek tiliga kirib kelgan va so’zlashuvda faol ishlatilayotgan bir necha sózlar haqida gap boradi. Ushbu maqola namuna sifatida bir qancha o‘zbek tilidagi inglizcha sózlarning asli va hozirgi qo‘llanilish doirasi hamda shu kabi jihatlarini ochib beradi. Maqolaning asosiy mazmuni ózbek tilidagi inglizcha o‘zlashmalarni tahlil qilish hisoblanadi. Materiallar, asosan, eski va yangi nashrdagi o‘zbek tilining izohli lug‘atidan hamda bir necha turdagi lug‘atlardan to‘plandi.
2024-05-28
XESH FUNKSIYALARI VA ULARNING KRIPTOGRAFIYADA QO‘LLANISHI
Xesh funksiyalari kriptografiya sohasida muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ularning asosiy vazifasi ma’lumotlarni xavfsiz va samarali tarzda himoya qilishdir. Ushbu tezis xesh funksiyalarining asosiy tushunchalari, ularning ishlash prinsiplari va kriptografiyada qo‘llanilishiga bag‘ishlanadi.
2024-05-28
HOMIDIY TAZKIRALARI HAQIDA BA’ZI BIR MULOHAZALAR
Tazkirachilik an’anasi ming yillik tarixga ega bo‘lib, Ushbu maqolada tazkiranavislik an’anasi, taraqqiyot tamoyillari va mustaqillik yillarida yaratilgan tazkiralar va ularning o‘ziga xos jihatlari xususida fikr yuritilgan. Mustaqillik yillarida yaratilgan “Namangan adiblari”, “Ustozlar sabog‘i – aql qayrog‘i” singari tazkiralarning tuzilishi, uslubi hamda orginalligi o‘rganilgan.
2024-05-28
CLINICAL ASSESSMENT OF THE RATE OF SALIVATION, SALIVARY THICKNESS AND ENAMEL REMINERALIZATION IN CHILDREN SUFFERING FROM CHRONIC PYELONEPHRITIS
One of the urgent problems of dentistry is the prevention and treatment of dental diseases in children with severe somatic pathology. Currently, chronic pyelonephritis is often among severe somatic diseases that lead to disability. According to the Association of Scientists Studying Hemodialysis and Renal Pathology (2007), chronic pyelonephritis (CP) ranks third as a cause of chronic renal failure, which causes growth and development delay, disability, and a significant reduction in life expectancy in affected children.
2024-05-28
«INVENIO – AVTOMATLASHTIRILGAN AXBOROT-KUTUBXONA TIZIMI»
Ushbu maqolada “INVENIO” avtomatlashtirilgan axborot-kutubxona tizimining versiyalari va uning xususiyatlari haqida umumiy ma’lumotlar keltirilgan. Bu tizim avtomatlashtirilgan kutunxonalar ishini keng ko’lamli targ’ib etish jarayonini osonlashtirish uchun ma’lumotlar omborini hosil qila oladigan elektron tizimdir.
2024-05-28
ROSSIYA IMPERIYASI DAVRIDA SAMARQAND VILOYATIDA SUG’ORISH TIZIMI
Ushbu maqolada Rossiya imperiyasi davrida Samarqand viloyatining sug’orish manbalari, imperiya ma’murlarining suv masalasidagi qarashlari, imperiya ma’murlari tomonidan irrigatsiya tizimida qilingan o’zgarishlar, viloyatdagi daryo, kanal, ariqlarning holati, uyezdlar bo’yicha suv taqsimoti haqida ma’lumotlar berilgan.
2024-05-28
VIRTUAL OLAMNING YOSHLAR ONGIGA TA’SIRI
Ushbu maqolada raamli jamiyat va unda yoshlar tarbiyasi masalasi yoritilgan. Bugungi kunda yoshlar ta’lim-tarbiyasiga virtual olam ta’siri uzining salbiy jihatlarini namoyon etmoqda shu sababli quyidagi maqolada uni oldini olish choralari yoritilgan.
2024-05-29
ANALYSING THE DEVELOPMENT OF STUDENTS CREATIVITY IN HIGHER EDUCATION
The research on the creative development of contemporary most students are relevant because of the changes occurring in the social, political, economic, and cultural domains of society; the trend toward a "knowledge society"; the growing importance of education and science in the modern world; and the rise in employer demands for the caliber and extent of employee training. One of the most well-liked research topics for sociologists, psychologists, and managers is creativity. Since the creation of new concepts and inventive products is the foundation for the growth and establishment of the post-industrial economy, the significance of these studies cannot be overstated.
2024-05-29
AYRIM XORIJIY DAVLATLAR JINOYAT QONUNCHILIGIDA FIRIBGARLIK UCHUN JAVOBGARLIK MASALALARI
AQSHda firibgarlik va moliyaviy firibgarliklarni zodagonlar jinoyati deb hisoblashadi. Bunga sabab qilib, bu turdagi jinoyatlarni amalga oshirish uchun insondan puxta o‘ylangan aql va taktika talab qilinishini keltirishadi. Amerika Qo‘shma Shtatlarida qonunchilik tizimi ikkiga bo‘lingan holda mamlakat hududida amal qiladi. Federal qonunchilik barcha shtatlar uchun majburiy bo‘lsa, shtat qonunchiligi faqatgina ma’lum bir hudud doirasida ta’sir kuchiga ega bo‘ladi.
2024-05-29
BOLALAR BOG‘CHASIDA EKOLOGIK TARBIYANING TA’SIRI HAMDA OILADA EKOLOGIK TARBIYANING ROLI
Ushbu maqolada bolalar bog‘chasida ekologik tarbiyaning ta’siri hamda oilada ekologik tarbiyaning roli haqida so’z yuritilib, bolalarga ekologik ta’lim berishda quyidagi yo’nalishlar, ekologik ta’limning sifatli tashkil etilishining bolalarga ta'siri, atrof-muhit uchun foydalari, maktabgacha va boshlang’ich ta’limda ekologik ta’lim berishda qiyinchiliklar va yechimlar, oilalarda ekologik tarbiyaning ahamiyati, ekologik ta’limni integratsiyalash strategiyalari, oilalarda ekologik tarbiya natijalari va amalga oshirishdagi muammolar haqida ma’lumotlar berilgan.
2024-05-29
TA'LIM MUASSASASI VA OTA-ONALAR HAMKORLIGINING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK ASOSLARI
Ushbu maqolada ta’lim muassasasi va ota-onalarning hamkorligi, ularning psixologik asosalsri, demografik — oila tarkibi, oilaviy ta'limning maqsadi, oila shaxs va jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar, oila tarbiyasi, oilaning ta'lim muassasasi sifatidagi ahamiyati haqida so’z yuritilgan.
2024-05-29
ISPAN TILIDAGI FRAZEOLOGIK BIRLIKLAR
Maqolada ispan tilidagi frazeologik birliklarni raqamlar bilan tasniflash misolida ko’rib chiqdik. Ispan tilida frazeologik birliklarning turli tasniflari tahlil qilinib, tarkibida sonlar bo‘lgan frazeologik birliklarning turlari ko‘rib chiqiladi.
2024-05-29
ПРОБЛЕМЫ ПРЕПОДАВАНИЯ РУССКОГО ЯЗЫКА И ЛИТЕРАТУРЫ В ШКОЛЕ
В данной статье автор, анализируя собственный опыт работы в школе, рассматривает проблемы современного учителя русского языка и литературы, связанные с преподаванием, выявляет их причины и предлагает возможные пути решения. Описывает способы стимулирования учащихся к изучению русского языка и литературы. Также в статье говорится о немаловажной роли творческой личности педагога в повышении мотивации обучения.
2024-05-29
SHAXS AXLOQIY VA HUQUQIY TARBIYASINI SHAKLLANTIRISHDA MILLIY QADRIYATLARNING O`RNI
Ushbu maqolada shaxs axloqiy tarbiyasini shakllantirishda milliy qadriyatlarning o`rni masalalari ko’rib chiqilgan va bu hususda muallifning shaxsiy nuqtai nazarlari keltirib o’tilgan.SHu bilan birga mavzuga oid muallifning shaxsiy nuqtai nazarlari ham maqoladan o’rin olgan.
2024-05-29
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING HAR TOMOLAMA RIVOJLANISHIDA MUSIQIY TARBIYANING O‘RNI
Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama rivojlanishida musiqa tarbiyasining ahamiyati, maqsad va vazifalari, bolalarda musiqa san’atiga bo‘lgan qiziqish va muhabbatni oshirishda tarbiyachi mahorati, musiqa faoliyati jarayonida qo‘llaniladigan usullar haqida yoritilgan.
2024-05-30
XORAZM VİLOYATİNİNG İQTİSODİY SALOHİYATİ VA UNDA KLASTERLARNİ SHAKLLANTİRİSH MASALALARİ
Mintaqalar raqobatbardoshligi nazariyasi endigina shakllanayotganligi sababli uning mazmuni, tushunchasi bo‘yicha olimlar o‘rtasida turli qarashlar va ta’riflar mavjud. Mintaqalar o‘rtasidagi raqobatbardoshlik jarayoni mamlakatlar, tarmoqlar va korxonalar o‘rtasidagi aniq bir ko‘rinishga ega bo‘lmaydi. Ushbu jarayon yetarlicha uzoq va murakkab bo‘lib, mintaqalarning raqobatbardoshligi, birinchi navbatda investitsiyalarni jalb qilgan holda har bir hududning raqobat afzalliklaridan samarali foydalanishga qaratilgandir. Mintaqaviy raqobatbardoshlikni oshirish ularning uzoq muddatli rivojlantirish strategiyasining asosini tashkil qiladi.
2024-05-30
AXBOROT KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI ORQALI LOGISTIK MARKETING MEXANIZMINI YAXSHILASH BORASIDAGI ISLOHOTLAR
Mazkur maqolada axborot kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) yordamida logistik va marketing mexanizmlarini yaxshilashga qaratilgan islohotlar tahlil qilinadi. AKTning logistika tizimlarini raqamlashtirish, ma’lumotlarni tahlil qilish va sun’iy intellektni qo‘llash orqali samaradorlikni oshirishdagi ahamiyati ta’kidlanadi. Shuningdek, blockchain texnologiyalari orqali shaffoflik va xavfsizlikni ta’minlash, elektron tijorat platformalari va mobil ilovalar yordamida bozor talablariga moslashish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Ushbu islohotlar logistik va marketing jarayonlarini avtomatlashtirish, optimallashtirish va nazorat qilish orqali biznes jarayonlarini yengillashtiradi va mijozlarga yuqori sifatli xizmat ko‘rsatishga yordam beradi. Maqola yakunida AKT orqali amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida biznes samaradorligi va raqobatbardoshlikning oshishi qayd etiladi.
2024-05-30
РОМАНДА ШАРҚОНА ТАСВИР УСУЛЛАРИ ВА АНАЛИТИК ФОЛЬКЛОРИЗМЛАР
Жаҳон адабиётшунослик фанидан маълумки, роман жанри табиатан синкретик характерга эга. У фольклор анъаналари билан узвий алоқадорликда тараққий этади, миллий-адабий заминдан озиқланади. Зеро, миллий ўзликни намоён этувчи белгилар бадиий тафаккур тараққиётида сақланиши жуда зарурдир. Бадиий адабиёт, хусусан, романчилик ўз ички қонуниятлари асосида бетакрор қиёфасини намоён этади. Анъананинг жанр тараққиётига таъсири кенг ва мураккаб мавзу.
2024-05-31
O’RTA OSIYO HUDUDIDA BRONZA DAVRI MODIY MADANIYAT YODGORLIKLARI
Ushbu maqolada bronza davrida yashagan aholi va qabilalarning turmush tarzi, xo’jalik hayoti, ular yashagan hududlardan topilgan asori otiqalar asosida tahlil qilindi. Shuningdek, bronza davri aholisining qabrlari,mozor qo’rg’onlari qay holatda joylashganligi,dahmalarning tuzilishi arxeologlar tomonidan o’tkazilgan tadqiqotlar natijasida o’z aksini topdi.
2024-05-31
YOSHLARNI MILLIY G‘OYA RUHIDA TARBIYALASHDA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARINING O‘RNI
Ushbu maqolada yoshlarni milliy g‘oya ruhida tarbiyalashda ommaviy axborot vositalarining (OAV) o‘rni tahlil qilinadi. Milliy g‘oya va qadriyatlarni yoshlar orasida targ‘ib qilishda radio, televideniye, internet va ijtimoiy media kabi turli OAV'larning samarali usullari va yondashuvlari haqida fikr yuritiladi. Shuningdek, zamonaviy texnologiyalar yordamida milliy g‘oyalarni tarbiyalashdagi dolzarb masalalari va yutuqlari yoritiladi.
2024-05-31