"Yangi O'zbekiston pedagoglari axborotnomasi" - это рецензируемый международный журнал с открытым доступом, в котором публикуются оригинальные исследования и обзорные статьи, относящиеся к различным областям. Основная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для международных ученых, и она направлена ​​на продвижение междисциплинарных исследований в прикладных науках. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, английском или русском языках и пройти тщательную рецензию.

Опубликован: 2025-04-05

MUSIQA FANLARNI O‘QITISHDA LOYIHA USLUBIDAN FOYDALANISHNING ILMIY PEDAGOGIK ASOSLARI

Mazkur maqolada musiqa fanlarini o‘qitish jarayonida loyiha uslubidan foydalanishning ilmiy-pedagogik asoslari yoritib berilgan. Loyiha uslubi talabalarda mustaqil fikrlash, amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish va ijodiy yondashuvni rivojlantirishga xizmat qiluvchi samarali metod sifatida tahlil qilingan. Unda loyiha asosida o‘quvchilarning musiqiy bilimlarni chuqur egallashi, jamoada ishlash malakasi va sahna madaniyatini rivojlantirish imkoniyatlari ochib berilgan. Shuningdek, maqolada loyiha uslubining musiqiy savodxonlikni oshirish, individual yondashuvni ta'minlash va innovatsion pedagogik yondashuvlar bilan uyg‘unligi ilmiy asosda bayon etilgan.

Alisher Raximov

5-8

2025-04-07

ZULFIYA ISROILOVA IJODIDA METONIMIYA UNSURLARI

Ushbu maqolada o’zbek tilida keng uchraydigan ma’no ko’chish turlaridan biri – metonimiyaning badiiy adabiyotda, xususan, shoira Zulfiya Isroilova ijodida keng uchrashi, metonimiyaning tilshunoslik hamda badiiy adabiyotdagi vazifasi haqida so’z yuritiladi. Metonimiyaning hosil bo’lish usullari tahlil qilinib, Zulfiyaxonim ijod namunalari  bilan izohlanadi.

Yusupova Gulchexra Alisher qizi

9-11

2025-04-08

HUQUQIY ONGNI SHAKLLANTIRISHDA OILA VA JAMIYATNING ROLI HAMDA UNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATI

Jamiyat ahlining huquqiy savodxonligi, huquqiy ongi bevosita shaxsiyat bilan, uning madaniy-ma’naviy saviyasi bilan bog‘liq. Saylovlarning yoritilishida nisbatan oshkoralik, shaffoflik kuzatilgani uchunmi, ayrim fuqarolarning o‘z huquqlarini anglamasligi, bu jamiyatimizdagi eng katta kamchilik ekani yaqqol ko‘rinib qolmoqda. Biz yurtning ravnaqi uchun o‘zini mas’ul deb biladigan, o‘z huquq va burchlarini ongli ravishda his qiladigan fuqarolik jamiyati qurish yo‘lida qanday qadam tashlayapmiz?

Tojiyeva Guljahon

12-14

2025-04-10

OYBEKNING "BOLALIK" ASARINING YOSHLAR TARBIYASIDA TUTGAN O`RNI.

Ushbu ilmiy maqolada Oybekning hayoti va ijodi, hamda Oybekning «Bolalik» qissasi talqini, bu asarda yoshlar tarbiyasida tutkan o’rnini  ta'sir etuvchi omillar talqin etilgan.

Sayfiyeva Muxlisa Sodiqjon qizi

15-17

2025-04-10

BO’LAJAK BIOLOGIYA O’QITUVCHILARIDA 4 K KO’NIKMALARINI TAKOMILLASHTIRISH YO’LLARI

Mazkur maqola, biologiyani o'qitishda uzluksiz ta'lim tizimini takomillashtirishga oid pedagogik yondashuvlarni tahlil qiladi. O'qitish jarayonida biologiya fanining ta'lim metodikasini rivojlantirish, yangi texnologiyalarni qo'llash, o'quvchilarning ilmiy fikrlash qobiliyatlarini oshirishga qaratilgan samarali usullar va innovatsiyalarni o'z ichiga oladi. Maqolada biologiya fanini o'qitishdagi zamonaviy metodlarning samaradorligi, o'qituvchilarning malakasini oshirish va uzluksiz ta'lim tizimining o'qish jarayoniga ta'siri haqida fikrlar keltirilgan. Ushbu yondashuvlar biologiya o'qituvchilariga ta'lim sifatini oshirishda yordam beradi va o'quvchilarda bilimga bo'lgan qiziqishni kuchaytiradi.

Komilova Baxmal Odilovna, Murodova Iqbol Komilovna

18-22

2025-04-14

AXBOROT VA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNING TA’LIM JARAYONLARIGA INTEGRATSIYASINING NAZARIY-METODOLOGIK ASOSLARI

Mazkur maqolada axborot va innovatsion texnologiyalarni (AIT) biologiya ta’lim jarayoniga integratsiyalashning nazariy-metodologik asoslari ko‘rib chiqilgan. Inson kapitalini rivojlantirishda zamonaviy pedagogik texnologiya va raqamli vositalarning ahamiyati bugungi kunda yuksalib bormoqda. Xususan, biologiya fanida elektron darsliklar, virtual laboratoriya mashg‘ulotlari, interaktiv platformalar va mobil ilovalar o‘quvchilarda chuqur bilim, tanqidiy fikrlash hamda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga yordam beradi. Maqolada fanlararo integratsiya va kompetensiyaviy yondashuv asosida biologiya o‘qitish jarayonida AIT ni samarali qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar berilgan.

Salimova Sarvinoz Farxodovna, Maxmudova Mehriniso Maqsudovna

23-27

2025-04-14

KASBIY TANLOVGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI

Ushbu maqolada shaxsning kasbiy shakllanish jarayoni yosh xususiyatlari va ish stajiga bog‘liq emasligi, aksincha, individning kasbiy rivojlanish bosqichiga qarab aniqlanishi ko‘rsatiladi. Kasbiy layoqat tizimi uchta darajaga bo‘linadi: kasbiy muhitni o‘rganish, mehnat ekspertizasi va kasbga yo‘naltirish. Har bir daraja o‘z vazifalarini bajarib, insonning imkoniyatlarini va istaklarini hisobga olgan holda kasbni tanlashga yordam beradi.

Radjabova Zuxra Mirzotilloyevna

28-32

2025-04-14

O‘ZBEKISTON XALQ YOZUVCHISI SHUKUR XOLMIRZAYEV BADIIY MAHORATINING BIR QIRRASI HAQIDA

O‘zbek adabiyotshunosligida Shukur Xolmirzayev hayoti va ijodi bo‘yicha ko‘plab maqolalar, tadqiqotlar, monografiyalar, xotira kitoblar yaratildi. Bularga o‘tgan asrning 80-90-yillarida M.Qo‘shjonov, U.Normatov, S.Mamajonov, O.Tog‘ayev, A.Rasulov, M.Olimov, S.Sodiqov, H.Boltaboyev, Q.Yo‘ldoshev, O.Otaxonov, R.Qo‘chqor kabi adabiyotshunoslarning maqola va taqrizlarini ko‘rsatish mumkin. Bulardan tashqari, adib hayoti va ijodi bo‘yicha bir nechta dissertatsiyalar ham yaratildi.

Nodira Yangibayeva Saparbayevna, Oybekova Dilnura

33-37

2025-04-16

СОЦИАЛЬНЫЕ ФАКТОРЫ ЭКОЛОГИЧЕСКОГО ОБРАЗОВАНИЯ

В статье рассматриваются ключевые социальные факторы, влияющие на развитие и эффективность экологического образования. Выделяются культурно-ценностные установки общества, роль семьи, школы, средств массовой информации и гражданского сектора в формировании экологической ответственности личности. Особое внимание уделяется влиянию уровня социального капитала, экономического неравенства, урбанизации и цифровизации на восприятие экологических знаний и моделей поведения. Показано, что без учета социальных реалий и контекстов экологическое образование теряет свою трансформирующую силу.

Уракова Наргиза Саломовна

38-41

2025-04-17

MUSIQA FANLARIDA DIFFERENSIAL YONDASHUVNI AMALGA OSHIRISHNING METODIK ASOSLARI

Mazkur maqolada musiqa ta’limida differensial yondashuvni amalga oshirishning metodik asoslari yoritilgan. Unda o‘quvchilarning individual xususiyatlarini inobatga olgan holda, ularning musiqiy salohiyatini ochish, qiziqishlari va tayyorgarlik darajasiga moslashtirilgan o‘qitish metodlari tavsiflangan. Shuningdek, differensial yondashuvning zamonaviy musiqiy ta’limdagi o‘rni, pedagogik samaradorligi va musiqiy bilimlarni chuqur o‘zlashtirishga xizmat qiluvchi metodik vositalar tahlil qilingan. Maqolada musiqiy nazariy fanlar, ijrochilik va eshituv madaniyatini rivojlantirish jarayonida differensial yondashuvni qo‘llash mexanizmlari ilmiy asosda ko‘rib chiqilgan.

Davletov Mayliboy Yusupovich

42-46

2025-04-21

TAILAND TURIZMIDA EKOTURIZMNING O`RNI

Ushbu maqola Tailand turizmida ekoturizmning o‘rni va uning ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy ta'sirini o‘rganadi. Tadqiqotda ekoturizmning barqaror rivojlanishiga, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, mahalliy aholi uchun yangi ish o‘rinlari yaratish va turizmning ijtimoiy madaniyatga ta'sirini tahlil qilishga e'tibor qaratilgan. Maqola Tailanddagi ekoturizmning asosiy manfaatlarini, shuningdek, bu sohadagi salbiy ta'sirlarni ko‘rsatadi. Ekoturizmning muvaffaqiyatli rivojlanishi uchun ekologik barqarorlikni saqlash va mahalliy jamoalar bilan hamkorlikda ishlash zarurligi ta’kidlangan. Tadqiqot natijalari, ekoturizmning barqaror rivojlanishini ta’minlash uchun bir qator strategiyalarni ishlab chiqish zarurligini ko‘rsatadi

Abdurahmonov Iskandar Abdulaziz o`g`li, Yo`ldoshev Abdumalik Ilxomovich

47-53

2025-04-21

OTA-ONA VA FARZAND MUNOSABATLARINING O‘ZINI O‘ZI BAHOLASHGA TA’SIRI MUAMMOSI XORIJ PSIXOLOGLARI TALQINIDA

Ushbu maqola ota-ona va farzand munosabatlarining farzandning o‘zini o‘zi baholashiga ta’siri muammosini xorij psixologlari talqinida o‘rganadi. O‘zini o‘zi baholash shaxsning o‘z qadr-qimmati, kompetentliligi va muvaffaqiyatga erishish qobiliyati haqidagi sub’ektiv bahosidir. U bolalik va o‘smirlik davrida shakllanadi va shaxsning psixologik farovonligi, ijtimoiy moslashuvi va hayotdagi muvaffaqiyatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi..

Sharapova Nozigul Masidinovna

54-60

2025-04-22

AXBOROTLASHGAN TA’LIM SHAROITIDA OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA INTERFAOL DARSLARNI TASHKIL ETISH TEXNOLOGIYALARI.

Mazkur maqolada respublikamizda ta’lim sohasida amalga oshiralayotgan islohotlar natijasi o’laroq, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda interfaol darslarni tashkil etish texnologiyalari bayon qilingan. Ta’lim jarayonida axborot -kommunkiatsion texnologiyalaridan foydalanishning afzalliklari hamda ularni o’quvchilarning faolligini oshirishdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Shuningdek, axborotlashgan ta’lim sharoitida ta’lim samarodorligini oshirishga oid tavsiyalar beriladi.

Omonova Mukhlisa Do’stanzarovna, Karatayeva Luiza Uktamovna

61-63

2025-04-22

EMOTSIONAL KREATIVLIKNING TALABALAR QAROR QABUL QILISH JARAYONIGA TA’SIRI

Ushbu maqolada emotsional kreativlikning talabalarning qaror qabul qilish jarayoniga ta’siri chuqur tahlil qilingan. Tadqiqotda 200 nafar talaba ishtirok etgan bo‘lib, ularning emotsional kreativlik darajasi va qaror qabul qilish uslublari so‘rovnoma va eksperimental metodlar orqali o‘rganilgan. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, emotsional kreativlik darajasi yuqori bo‘lgan talabalar murakkab vaziyatlarda yanada samarali va innovatsion qarorlar qabul qilishga moyil. Shu bilan birga, emotsional kreativlikning haddan tashqari yuqoriligi noaniqlikni oshirib, qaror qabul qilishda muammolarga olib kelishi mumkin. Maqola yakunida emotsional kreativlikni rivojlantirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar taqdim etiladi.

D.E.Abduqodirova, Abdulhaqov Uygʻun Botir oʻgʻli, Mamatova Ziyoda Oʻtkir qizi

64-69

2025-04-22

BASKETBOL SPORT TURI HAQIDA

Ushbu maqolada Basketbol sport turining qisqacha kelib chiqish tarixi  va o’yin qoidalari, basketbol so’zining ma’nosi, o’yinda qo’laniladigan pazitsiyalar va bosqichlar haqida batafsil ma’lumotlar berilgan..

Maxmanazarova Sabina Shuhrat qizi

70-74

2025-04-24

DAMLI CHOLG‘ULAR ORKESTRIDA KLARNET CHOLG‘USINING AKUSTIK XUSUSIYATLARI VA IJROCHILIK TEXNIKASI

Mazkur maqolada damli cholg‘ular orkestri tarkibida klarnet cholg‘usining akustik xususiyatlari, uning tembr boyligi, diapazon imkoniyatlari va ovoz chiqarish mexanizmlari ilmiy jihatdan tahlil etilgan. Klarnetning orkestrdagi funksional o‘rni, u orqali hosil bo‘ladigan dinamika va ifoda imkoniyatlari, shuningdek, boshqa damli cholg‘ular bilan tembr jihatdan uyg‘unlashuvi yoritilgan. Maqolada, shuningdek, klarnet ijrochiligida zamonaviy texnikalar, nafasni boshqarish, artikulyatsiya, legato va stakkatoga oid texnik mashqlar, hamda o‘quvchilarni bosqichma-bosqich tayyorlash metodikasi tavsiflangan.

Ikramov Alisher Nosirovich

75-79

2025-04-24

KORXONA BOSHQARUVINI TIZIMLASHTIRISH STRATEGIYALARI

Ushbu maqolada zamonaviy menejment nazariyalari asosida korxona boshqaruvini tizimlashtirish strategiyalari tahlil etiladi. Tizimlashtirish orqali korxona ichki va tashqi omillarini uyg‘unlashtirish, resurslardan samarali foydalanish, boshqaruv qarorlarini optimallashtirish va raqobatbardoshlikni oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Maqolada tizimli yondashuvning nazariy asoslari, strategik rejalashtirish mexanizmlari, tashkiliy tuzilma va boshqaruv madaniyati o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqliklar ilmiy-nazariy jihatdan yoritiladi. Shuningdek, muvaffaqiyatli boshqaruv tizimini shakllantirishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining o‘rni va ahamiyati ham tahlil qilinadi.

Ro‘ziboyev Otamurod Shuhrat o‘g‘li

25-29

2025-04-25

ЁШЛАР ЎРТАСИДА НАРКОЖИНОЯТЛАР ПРОФИЛАКТИКАСИ БЎЙИЧА АЙРИМ МУЛОХАЗАЛАР

Мақола ёшлар ўртасида наркожиноятлар профилактикасига қаратилган мулоҳазаларга бағишланган. Унда ёшлар орасида наркотик моддаларга қарамлик ва улар билан боғлиқ жиноятларнинг тарқалиш сабаблари, ижтимоий-иқтисодий ва психологик омиллари таҳлил қилинади. Наркожиноятларнинг олдини олиш бўйича самарали чора-тадбирлар, хусусан, таълим, маърифат ва ижтимоий қўллаб-қувватлаш механизмлари кўриб чиқилади. Шунингдек, профилактика дастурининг замонавий ёндашувлари ва уларни амалга ошириш бўйича таклифлар келтирилади.

Ибрагимов Аброр Алимович

80-84

2025-04-30

BOSHLANG‘ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA INTERFAOL O‘QITISH USULLARINI QO‘LLASH

Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf matematika darslarida interfaol o‘qitish usullarining ahamiyati, ularni dars jarayonida samarali qo‘llash yo‘llari va natijalari tahlil etilgan. Tadqiqotda interfaol metodlar orqali o‘quvchilarning matematik bilimlarga bo‘lgan qiziqishini oshirish, mustaqil fikrlashga undash va mavzuni chuqurroq anglashiga erishish imkoniyatlari yoritilgan. Shuningdek, amaliy misollar asosida interfaol o‘yinlar, savol-javoblar, guruhlarda ishlash, muammoli vaziyatlar yaratish kabi usullarning ta’lim sifati va samaradorligiga ta’siri ko‘rsatib berilgan.

Nasurlayeva Asolat Asadovna

85-89

2025-04-30

ПРИМЕНЕНИЕ ИСКУССТВЕННОГО ИНТЕЛЛЕКТА В ОБУЧЕНИИ ИНОСТРАННОМУ ЯЗЫКУ: ТЕОРЕТИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ И ЭМПИРИЧЕСКИЕ ДАННЫЕ

В наше время, новые технологические инновации включаются в современное образование и искусственный интеллект (ИИ) становится значительной частью образовательного процесса. В статье исследуется использование ИИ в обучении иностранным языкам, подчеркивая теоретический анализ и практическое применение данных технологий. Также обсуждаются исследования Павла Викторовича Сысоева и Екатерины Евгеньевны Кувшиновой, которые исследуют применение ИИ в преподавании языков. Кроме того, поднимаются вопросы, связанные с преимуществами и недостатками применения ИИ в образовательном процессе.

Юсубжонова Райёна

90-94

2025-04-30

CHIZMACHILIKDA ANʼANAVIY VA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR INTEGRATSIYASI

Ushbu maqolada chizmachilik sanʼatida anʼanaviy va raqamli texnologiyalarning integratsiyasi masalalari yoritilgan. Anʼanaviy chizmachilik usullari, yaʼni qalam, qog‘oz, va bo‘yoq yordamida yaratilgan tasvirlar bilan zamonaviy raqamli texnologiyalar, masalan, grafik dizayn dasturlari va 3D modellash vositalarining uyg‘unlashuvi muhokama qilinadi. Maqolada, chizmachilik sanʼatini yangi texnologiyalar yordamida rivojlantirishning imkoniyatlari, raqamli vositalarning estetik va texnik jihatlari, shuningdek, anʼanaviy va raqamli texnologiyalarni birlashtirish orqali yangi sanʼat asarlarini yaratishning metodologiyasi tahlil qilinadi. Bunda, raqamli va anʼanaviy chizmachilik usullarining afzalliklari va kamchiliklari, o‘quvchilarning ijodiy tafakkurini rivojlantirishdagi roli hamda ularning amaliyotda qo‘llanilishidagi o‘zgarishlar ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari chizmachilik sanʼatida yangicha yondashuvlarni va metodlarni yaratishda foydalidir.

Karima Madaminova

95-98

2025-04-30

ONA TILI FANIDA ZAMONAVIY METODLARDAN FOYDALANISH VA O‘QUVCHILAR SAVODXONLIGINI OSHIRISH.

Ushbu maqolada ona tili fanini o‘qitishda zamonaviy pedagogik metodlardan samarali foydalanish masalalari yoritilgan. Jumladan, interaktiv usullar, kompetensiyaviy yondashuv, hamkorlikda o‘qitish, AKT (axborot-kommunikatsiya texnologiyalari) vositalaridan foydalanish orqali o‘quvchilarning o‘quv savodxonligini oshirish yo‘llari tahlil qilinadi. Maqolada dars jarayonining samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi metodik yondashuvlar, o‘quvchilarda tilga bo‘lgan qiziqishni shakllantirish, fikrlash va ijodiy tafakkurni rivojlantirishga oid tavsiyalar keltirilgan. Tadqiqot natijalari asosida zamonaviy metodlarning ona tili taʼlimidagi o‘rni va ahamiyati asoslanadi.

Sobirova Maxliyo Abdulkayumovna

99-101

2025-04-30

THE ROLE OF ARTIFICIAL INTELLIGENCE AND ONLINE PLATFORMS IN PROFESSIONAL FIELDS.

This article explores the role of artificial intelligence (AI) and online platforms in modern professional fields. It highlights how AI technologies and digital platforms are enhancing efficiency, automation, analytical decision-making, and remote services in sectors such as healthcare, education, finance, marketing, and engineering. The paper also addresses some of the challenges associated with the use of AI and online systems.

Shahnoza Nurbekova

102-104

2025-04-30