"Yangi O'zbekiston pedagoglari axborotnomasi" - это рецензируемый международный журнал с открытым доступом, в котором публикуются оригинальные исследования и обзорные статьи, относящиеся к различным областям. Основная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для международных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований в прикладных науках. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, английском или русском языках и пройти тщательную рецензию.
Nashr qilingan: 2024-02-05
Articles
ТУРЛИ ДАВЛАТЛАРДА ЧЕТ ЭЛ ФУҚАРОЛАРИНИНГ ҲУҚУҚИЙ ҲОЛАТИ МАСАЛАЛАРИ
ушбу мақолада чет эл фуқароларнинг ҳуқуқи, уларнинг ҳуқуқий ҳолати, шахсий қонун, шахснинг ҳуқуқ ва муомала лаёқати, шунингдек, турли давлатларда чет эл фуқароларнинг ҳуқуқий ҳолатлари ҳақида маълумот келтирилган
2024-02-05
ИНТЕЛЛЕКТУАЛ МУЛК ОБЪЕКТЛАРИНИНГ ХАЛҚАРО МУОМАЛАДА БЎЛИШИНИНГ ЎЗИГА ХОС ХУСУСИЯТЛАРИ
ушбу мақолада, интеллектуал мулк объектларининг ӯзига хослиги, интеллектуал мулк тушунчаси, интеллектуал мулк объектларининг халқаро муомалада бӯлиш хусусияти, интеллектуал мулк масалаларини қонуний ҳимоя қилишнинг ӯзига хос хусусиятлари келтирилган.
2024-02-05
INGLIZ TILI O'QITISHNING INNOVATSION USULLARI
Maqolada chet tilini o'rgatishning asosiy maqsadi - talabalarni boshqa tilda gaplashadigan odamlar bilan muloqot qilishni o'rgatish haqida gap boradi. O'qituvchining vazifasi - har bir o'quvchining o'quv jarayonida ishini kuchaytirish va ularning ijodkorligi uchun vaziyatlar yaratish. Keyinchalik o'qituvchilarning ko'plab nostandart shakllari talabalarning chet tillarini o'rganishga bo'lgan e'tiborini va qiziqishini faollashtiradi.
2024-02-08
“ЯШИЛ ИҚТИСОДИЁТ” НИНГ АСОСИ – ҚАЙТА ТИКЛАНУВЧИ ЭНЕРГИЯДАН САМАРАЛИ ФОЙДАЛАНИШ
Ушбу мақолада “Ўзбекистон - 2030” стратегиясининг қабул қилиниш зврурати, стратегияда келтирилган асосий мақсадлар, жумладан, “Яшил иқтисодиёт”га ўтиш, унинг асоси бўлган қайта тикланувчи энергиядан фойдаланиш кўрсаткичларини кескин ошириш бўйича белгилаб ўтилган вазифалар баён қилинган.
2024-02-08
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING YOSH VA INDIVIDUAL XUSUSIYATLARINI HISOBGA OLGAN HOLDA KOMMUNIKATIV KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI
Mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning yosh va individual psixologik xususiyatlari ochib beriladi. Shuningdek, bolalarning kommunikativ kompetentsiyasini rivojlantirishning nazariy asoslari bayon qilinadi.
2024-02-08
RAQAMLI TA’LIM TEXNOLOGIYALARIDAN ASOSIDA MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING NUTQINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI
Bugungi kunda raqamli ta’lim texnologiyalaridan foydalanish o’zining ijobiy samaradorligini ko’rsatmoqda. Shu boisdan ushbu maqolada raqamli ta’lim texnologiyalaridan foydalanish orqali maktabgacha yoshdagi bolalarning nutq kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi haqida fikr-mulohazalar yuritiladi.
2024-02-08
MUSIQA O‘QITUVCHISINING INNOVATSION - PEDAGOGIK FAOLIYATI
Ushbu maqolada zamonaviy o‘qituvchi va musiqa darslari samaradorligida pedagogik texnologiyalar, musiqiy ta’lim tarbiya jarayonida pedagogik innovatsiyalarning muhim o‘rni haqida fikrlar yuritilgan.
2024-02-08
O`ZBEK XАLQ MUSIQIY CHOLG’ULАRI VА АNSАMBLLАRI
O’zbek musiqa madaniyati o’zining xilma-xilligi bilan dunyo madaniyatida o’zining takrorlanmas o’rniga ega, shu qatorda xalq musiqa cholg’ularining ko’plab turlari mavjud. Ushbu maqolada o’zbek xalq musiqa cholg’ulari va ansambllari haqida ma’lumotlar bayon qilinadi.
2024-02-19
BO’LAJAK MUSIQA O’QITUVCHILARIDA MUSIQA MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHDA INTUITIVLIKNI TARBIYALASH MUAMMOSI
talabalarida musiqiy madaniyatni shakllantirish butun o'quv jarayonida davom etmoqda. Musiqa mutaxassislig talabasi musiqiy asarlarni intuitiv identifikatsiyalash, madaniy yaxlitlikni intuitiv anglash, yosh avlodda sezgi shakllanishi va boshqalar bilan bog'liq kasbiy kompetentsiyalarga ega bo'lishi kerak. Sezgi egaligi muammosi talabaning kasbiy faoliyatida musiqiy va pedagogik anaviklarni rivojlantirish uchun intuitiv asoslarni ongli ravishda yaratishi bilan bog'liq. Musiqaga professional intuitiv egalik qilish madaniyatda shaxsning ongli va ongsiz musiqiy mavjudligining belgisiga aylanadi. Pedagogik faoliyat jarayonida musiqiy madaniyatning intuitiv asoslarini tarbiyalash talabada gumanistik ko'rsatmalarni keltirib chiqaradi. Sezgi bo’lajak o'qituvchi-musiqachining pedagogik faoliyatida zarur bo'lgan musiqiy madaniyatni shakllantirishda muhim omil hisoblanadi. Maqolaning maqsadi musiqiy madaniyatni shakllantirishda talabalarda sezgini tarbiyalash muammosini asoslaniladi.
2024-02-20
IKKI NOMA`LUMLI TENGLAMANING GEOMETRIK MA`NOSI
Maqolada ikki o’zgaruvchili tenglama va tenglamalar sistemasining geometrik o’rni ,ularning mohiyati o’rganilgan.
2024-02-21
IZOMERLAR VA GOMOLOGLARNI O'RGANISH METODIKASI
Ushbu maqolada organik kimyoda izomerlar va gomologlarni o'rganish usullari tahlil qilinadi. Asosiy e'tibor kimyoviy tahlil, spektral tahlil, xromatografiya, mass-spektrometriya, termal tahlil, kristallografiya va fizik-kimyoviy usullar kabi turli xil analitik usullarga qaratilgan. Izomerlar va gomologlarni o'rganishda har bir usulning xususiyatlari, ularning afzalliklari va cheklovlari ko'rib chiqiladi. Organik birikmalarning turli sinflarini o'rganish uchun ushbu usullarni qo'llash misollari ham ko'rib chiqiladi. Mazkur maqola izomerlar va gomologlarni o'rganish usullari haqidagi ma'lumotlarni tizimlashtirish va umumlashtirish, shuningdek ularning organik kimyo uchun ahamiyatini aniqlashga qaratilgan.
2024-02-22
JISMONIY TARBIYA DARSINI O'QITISHDA ILG'OR METODLARDAN FOYDALANISH
Zamonaviy jamiyatda jismoniy tarbiya insonlarning salomatligi va jismoniy faolligini rivojlantirishda muhim rol o'ynaydi. Biroq, ushbu sohada talabalarni samarali o'qitish uchun eng yaxshi amaliyot va yondashuvlardan foydalanish kerak. Ushbu maqolada jismoniy tarbiya mashg'ulotlarida ilg'or usullardan foydalanishning ahamiyati va afzalliklari ko'rib chiqiladi, shuningdek, bunday usullarning misollari va ularning ta'lim samaradorligiga ta'siri ko'rib chiqiladi. Zamonaviy texnologiyalar va innovatsion yondashuvlar jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlarni ochib beradi.
2024-02-22
ҲАРБИЙ ЖАМОАНИНГ ПСИХОЛОГИК АСПЕКТЛАРИ
Ҳарбий жамоа тушунчаси. Ҳарбий жамоанинг белгилари,Ҳарбий жамоанинг шаклланиш босқичлари, Ҳарбийлар ўртасида ўзаро жипслик-ҳарбий жамоанинг муҳим хусусияти, Ҳарбий жамоадаги ўзаро муносабатлар,Ҳарбий жамоадаги ижтимоий фикр,Ҳарбий жамоанинг психологик манзараси.
2024-02-23
ТЕХНОЛОГИЯ ПРОИЗВОДСТВО НЕСТЕРИЛЬНЫХ КРУЧЕНЫХ ХИРУРГИЧЕСКИХ НИТЕЙ ИЗ КАПРОНА
в данное статье приведены результаты научно-исследовательских работ, приведенных специалистами Узбекского научно-исследовательского института натуральных волокон в области разработки технологии производства крученых хирургических нитей из капроновых синтетических комплексных нитей и результаты работ по созданию государственного стандарта республики Узбекистан для производства крученых хирургических нитей из синтетических капроновых нитей. А также приведена разработанная технологическая схема для производства хирургических нитей из капрона. Также приведены порядок производства хирургических нитей по разработанной технологии и технологической схемы и результаты комплексных лабораторных испытаний выработанных хирургических нитей в условиях испытательной лаборатории института.
2024-02-26
L.BUDAGOVNING “СРАВНИТЕЛЬНЫЙ СЛОВАРЬ ТУРЕЦКО-ТАТАРСКИХ НАРЕЧИЙ” LUG‘ATIDA CHIG‘ATOYCHA ZOONIMLARNING BERILISHI
Mazkur maqolada Lazar Zaharovich Budagovning “Сравнительный словарь турецко-татарских наречий” lug‘at tarkibiga kiritilgan chig‘atoycha zoonimlar guruhlarga ajratilgan holda namunalar keltirilgan. Ularning etimologiyasi tarixiy manbalarda aks etgan ma’nolarini keltirish asnosida yoritilgan. Alisher Navoiy asarlaridan leksemalarga aloqador parchalar keltirilgan. Tarixiy lug‘atlar yordamida izohlangan.
2024-02-27
QАSHQАDАRYO-SURXONDАRYO BАXSHI IJROCHILIK АNʼАNАLАRI
Mаzkur mаqolаdа musiqа mаdаniyаtimizdа Qаshqаdаryo-Surxondаryo bаxshi ijrochiligining o’rni vа аn’аnаlаri hаqidа fikr-mulohаzаlаr yuritilаdi.
2024-02-29
BOZOR MUNOSABATLARIDA NUTQIY AKTNING BOSQICHLARI
Reklama sohasida tilning pragmatik imkoniyatlari kommunikativ jarayonda nutq predmeti yoki matn bilan qabul qiluvchi (iste’molchi)ning muloqotdagi o‘zaro munosabati yoki mahsulot haqidagi axborotning qay darajada tushunarli yoki tushunmovchiligidan iste’molchilarning mahsulotni sotib olishigacha bo‘lgan jarayonlar majmuasini o‘zida qamrab oladi. Ushbu maqolada aynan shu jarayon haqida so’z yuritiladi
2024-02-29