«Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar: Muammolar va yechimlar» - это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, английском или русском языках.

Опубликован: 2026-01-05

TIJORAT LOGISTIKASINING MOHIYATI

Mazkur tezisda tijorat logistikasining iqtisodiy mohiyati, uning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Tijorat logistikasining asosiy vazifalari, funksiyalari hamda ishlab chiqarish va savdo jarayonlaridagi roli tahlil qilingan. Shuningdek, logistika tizimlarini samarali boshqarish orqali korxonalarning raqobatbardoshligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.

Hamzayev Sherbek

4-5

2026-01-05

VALYUTA SIYOSATINING IQTISODIY BARQARORLIKNI TA’MINLASHDAGI ROLI

Mazkur tezisda valyuta siyosatining iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashdagi o‘rni va ahamiyati ilmiy-nazariy hamda amaliy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqot jarayonida valyuta siyosatining asosiy yo‘nalishlari, valyuta kursini tartibga solish mexanizmlari hamda ularning makroiqtisodiy barqarorlikka ta’siri o‘rganilgan. Xususan, valyuta siyosatining inflyatsiya darajasini nazorat qilish, tashqi savdo muvozanatini saqlash, investitsion muhitni yaxshilash va moliyaviy barqarorlikni mustahkamlashdagi roli yoritib berilgan.Tadqiqot natijalari asosida iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda valyuta siyosatini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilgan.

Murodova Dilfuza Zaynutdinnovna

6-10

2026-01-05

OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA AXLOQIY MUHIT VA AKADEMIK INTIZOMNI MUSTAHKAMLASH MASALALARI

Zamonaviy oliy ta’lim tizimi sharoitida ta’lim sifati va samaradorligini oshirish masalasi nafaqat bilim va kompetensiyalarni shakllantirish, balki talabalarda axloqiy qadriyatlar va akademik intizomni mustahkamlash bilan ham chambarchas bog‘liqdir. Globallashuv, raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi hamda axborot resurslarining kengayishi oliy ta’lim muassasalari oldiga yangi talablarni qo‘ymoqda. Ushbu jarayonda akademik halollik, mas’uliyat, adolat va intizom tamoyillariga asoslangan axloqiy muhitni shakllantirish dolzarb pedagogik muammolardan biri sifatida namoyon bo‘lmoqda.

ABDULAZIZOVA NODIRAXON IBROHIMJON QIZI

11-13

2026-01-06

BOSHLANG‘ICH SINFLARDA MATEMATIKA FANINI O‘QITISHDA STEAM TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH

Ushbu ilmiy maqolada boshlang‘ich sinflarda matematika fanini o‘qitish jarayonida STEAM (Science, Technology, Engineering, Art, Mathematics) texnologiyalaridan foydalanishning pedagogik va metodik asoslari yoritilgan. STEAM yondashuvi orqali o‘quvchilarda mantiqiy fikrlash, ijodkorlik, muammoli vaziyatlarni hal qilish va amaliy kompetensiyalarni rivojlantirish imkoniyatlari tahlil qilingan. Shuningdek, matematika darslarida STEAM texnologiyalarini qo‘llashning samarali usullari va ularning afzalliklari ko‘rsatib berilgan.

Shodiqulova Dilorom

14-15

2026-01-06

BANK TIZIMIDA KORRUPSIYANI OLDINI OLISHDA RAQAMLI MOLIYAVIY TEXNOLOGIYALARNING AHAMIYATI

Ushbu maqolada bank tizimida korrupsiyani oldini olishda raqamli moliyaviy texnologiyalarning (fintex yechimlarining) ahamiyati tahlil qilinadi. Raqamli texnologiyalar — blokcheyn, sun’iy intellekt, big data va onlayn to‘lov tizimlari — bank operatsiyalarining shaffofligini oshirib, inson omiliga bog‘liq korrupsion xavflarni kamaytirishda muhim rol o‘ynaydi. Tadqiqotda raqamli moliyaviy texnologiyalar yordamida bank tizimida nazorat, audit va tranzaksiyalarni kuzatish jarayonlarini avtomatlashtirish imkoniyatlari o‘rganiladi. Shuningdek, O‘zbekiston va xalqaro tajribalar asosida raqamli transformatsiyaning korrupsiyaga qarshi kurashdagi samaradorligi tahlil qilinadi.

Begimqulova Sevara Nurmamatovna

16-19

2026-01-09

АКТИВНЫЕ ИНСТРУМЕНТЫ ИСЛАМСКИХ БАНКОВ И ИХ ПРИМЕНЕНИЕ В УЗБЕКИСТАНЕ

Исламский банкинг представляет собой финансовую систему, функционирующую в соответствии с принципами шариата (исламского права), которые исключают получение процентов (риба), неопределённость (гарар) и спекуляцию (майсар). Главная особенность исламского банкинга заключается в том, что доход банков формируется не за счёт процентов, а через конкретные активные операции, такие как торговля с наценкой, аренда активов и участие в прибылях и убытках. Эти операции основаны на принципах партнерства, справедливости и поддержки реального сектора экономики. Активные операции исламских банков направлены на финансирование торговли, предпринимательства, промышленности, инфраструктурных проектов, а также на повышение финансовой доступности для различных групп населения.

Кодиров Муродбек Комилович

20-22

2026-01-09

DAVLAT MOLIYAVIY NAZORATI JARAYONLARINI RAQAMLASHTIRISH ISTIQBOLLARI

XXI asrda davlat boshqaruv tizimlarining rivojlanishi bevosita raqamli texnologiyalarni joriy etish bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, bu jarayon davlat moliyaviy boshqaruvi va nazorati tizimlarida tub sifat o‘zgarishlarini yuzaga keltirmoqda. Global miqyosda raqamli transformatsiya davlat resurslarini boshqarish, byudjet jarayonlarini monitoring qilish va moliyaviy intizomni mustahkamlashning asosiy omiliga aylanib bormoqda. Xususan, 2024-yil yakunlariga ko‘ra, dunyo bo‘yicha raqamli transformatsiya bozori hajmi 3,4 trillion AQSh dollaridan oshgan bo‘lib, 2025-yilda ushbu ko‘rsatkich 3,6 trillion dollarga yetgani qayd etilmoqda. Mazkur sohada yillik o‘sish sur’ati 16 foizdan yuqori bo‘lib, bu davlat moliyaviy boshqaruvi va nazorat tizimlarida raqamli texnologiyalarga sarmoya kiritish zaruratini yanada kuchaytirmoqda.

Abdrimova Oygul Abdig’aniyevna

23-25

2026-01-09

DAVLAT MOLIYAVIY NAZORATI VA AUDITIDA XALQARO STANDARTLARNI TATBIQ ETISH ISTIQBOLLARI

Davlat moliyaviy nazorati va audit tizimi milliy iqtisodiyotning barqarorligini ta’minlash, davlat mablag‘laridan samarali foydalanish va moliyaviy resurslarni shaffof boshqarishning muhim mexanizmi hisoblanadi. Global moliya tizimida milliy moliyaviy boshqaruv organlari xalqaro standartlar bilan uyg‘un ishlashga majbur bo‘lib, bu jarayon auditorlar faoliyatining sifatini oshirish, hisobotlarni xalqaro moliya institutlari talablariga moslashtirish hamda xalqaro ishonchni mustahkamlash imkonini beradi. Shu nuqtai nazardan, davlat moliyaviy nazorati va auditida xalqaro standartlarni tatbiq etish istiqbollari muhim ilmiy va amaliy ahamiyat kasb etadi.

Shamuradova Shaxlo Ikrom qizi

26-29

2026-01-09

OʻZBEKISTONDA TURIZMNI IQTISODIYOTDA RIVOJLANISHDAGI ROLI

Ushbu maqola Oʻzbekistonda turizm sohasining iqtisodiyotda tutgan oʻrni tahli qilinadi. Turizmning milliy daromad, bandlik, ishlab chiqarish, xizmat koʻrsatish va hududiy rivojlanishga ko'rsatgan taʻsiri yoritib berilgan. Shuningdek, mamlakatda turizm industriyasi rivojlanishga qaratilgan davlat siyosati va amalga oshirilayotgan islohotlar va natijalar haqida soʻz yuritiladi. Maqolada mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo'yicha takliflar keltirilgan.

Abduxakimova Malika Salim qizi

30-33

2026-01-12

MINTAQAVIY TURIZM SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA RAQAMLI VA INNOVATSION YONDASHUVLARNING METODOLOGIK JIHATLARI

Mazkur maqolada mintaqaviy iqtisodiyot sharoitida turizm sohasining iqtisodiy samaradorligini oshirishda raqamli va innovatsion yondashuvlarning metodologik jihatlari ilmiy-nazariy va empirik asosda tadqiq etilgan. Tadqiqotda raqamli transformatsiya, innovatsion texnologiyalar va smart-turizm konsepsiyalarining hududiy turizm rivojiga ta’siri tizimli yondashuv asosida baholangan. Qashqadaryo viloyati misolida turizmda raqamli texnologiyalarni joriy etish darajasi, ularning iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlariga ta’siri tahlil qilinib, mintaqaviy turizmni rivojlantirish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari mintaqaviy turizm siyosatini modernizatsiya qilish va barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Toshev Nurbek Janon o‘g‘li

34-36

2026-01-12

CLIMATE CHANGE AND ECOLOGY IN UZBEKISTAN

This article discusses the current climate of increasingly globalized Uzbekistan and the noticeable changes occurring within it. In particular, it focuses on the sudden rise in temperature, unexpected rainfall, air pollution, and the growing amount of harmful emissions in the capital city of Tashkent. The article also touches upon several solutions to these environmental issues.

Temurbek Komilboyev, Z. Kh. Bannopova

37-39

2026-01-12

ЭКОНОМИЧЕСКАЯ ВАЖНОСТЬ ВЫРАЩИВАНИЯ ПШЕНИЦЫ В УЗБЕКИСТАНЕ

В данной научной статье представлены идеи и наблюдения о влиянии выращивания пшеницы на экономику Узбекистана.

Шанасирова Мадина Хайриддин кизи, Ибрагимов Бобур Алишер угли

40-42

2026-01-15

BOSHLANG‘ICH SINFLARDA GEOMETRIYA VA TEXNOLOGIYA ELEMENTLARINI BOG‘LAB O‘QITISH ORQALI O‘QUVCHILARNING MANTIQIY VA FAZOVIY TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISH

Bugungi kunda ta’lim tizimi oldida turgan asosiy vazifalardan biri o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, bilimlarni hayot bilan bog‘lay olish hamda amaliy faoliyatda qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat. Ayniqsa, boshlang‘ich ta’lim bosqichida o‘quvchilarning bilish faoliyatini rivojlantirishda geometriya va texnologiya elementlarini bog‘lab o‘qitish alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki bu davrda o‘quvchilarda atrof-muhit, predmet va hodisalar haqidagi dastlabki mantiqiy va fazoviy tasavvurlar shakllanadi.

Sobirova Mavjuda Ruziyevna, Abdumalikova Halima Ubaydulla qizi

43-45

2026-01-15

ТРИГЕМИНАЛ НЕВРАЛГИЯ РИВОЖЛАНИШИДА ИММУН БУЗИЛИШЛАР

Биз Бухоро вилоят, Жондор туман  тиббиёт бирлашмаси, марказий поликлиникасида 17 ёшдан 70 ёшгача бўлган тригеминал невралгия билан касалланган 92 нафар ва назорат гуруҳидаги 30 нафар бемор қон зардобида интерлейкин -17 (IL-17) ни тахлил қилди. Тадқиқотга жалб қилинган беморларни 53 нафари 1 гуруҳ оғриқ интенсивлиги жуда кучли бўлган беморлар, 39 нафари ўртача интенсивликдаги оғриқли беморларни ташкил этди.

Жураева Дилсора Нуриддиновна

46-49

2026-01-16

MINTAQA TURIZM XIZMATLARI EKSPORT SALOHIYATINI OSHIRISHDA INNOVATSION MARKETING VA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH METODOLOGIK ASOSLARINI TAKOMILLASHTIRISH

Mintaqa turizm xizmatlari eksport salohiyatini oshirishda innovatsion marketing va raqamli texnologiyalardan foydalanish bugungi globallashuv sharoitida muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur tezisda turizm xizmatlari eksportini rivojlantirishda innovatsion marketing yondashuvlari, raqamli platformalar, onlayn reklama va ma’lumotlar tahlilidan foydalanishning metodologik asoslari yoritilgan. Shuningdek, raqamli texnologiyalar orqali mintaqaviy turizm mahsulotlarini xalqaro bozorda samarali targ‘ib qilish, mijozlar ehtiyojlarini aniqlash va raqobatbardoshlikni oshirish mexanizmlari asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari mintaqa turizm xizmatlari eksport salohiyatini oshirishga xizmat qiluvchi amaliy taklif va tavsiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan.

Qurbonova Malika

50-53

2026-01-16

XIZMAT KO‘RSATISH TARMOQLARIDA RAQAMLI TRANSFORMATSIYA VA MONOPOLIYAGA QARSHI NAZORATNING XORIJIY TAJRIBASI VA INSTITUTSIONAL YONDASHUVLARI

Xorij tajribasi xizmat ko‘rsatish tarmoqlarida raqamli transformatsiya jarayonlari monopol xavflarni kuchaytirishi mumkinligini va bu jarayonni samarali boshqarish uchun moslashuvchan antimonopol mexanizmlar zarurligini yaqqol ko‘rsatadi. Platformaviy bozorlar, Big Data va algoritmik boshqaruv sharoitida raqobatning yangi shakllari vujudga kelgani bois, xorijda ishlab chiqilgan nazorat yondashuvlari milliy siyosatni takomillashtirishda muhim metodologik manba bo‘lib xizmat qiladi.

Bekbutayev Nodirjon Fayzullayevich

54-55

2026-01-16

RIVOJLANGAN MAMLAKATLAR BANK TIZIMIDA RAQAMLI TRANSFORMATSIYANING AMALIY TAJRIBASI

Ushbu maqolada rivojlangan mamlakatlar bank tizimida raqamli transformatsiyaning joriy etilishi va uning samaradorligi tahlil qilinadi. Tadqiqotda AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya va Singapur banklarining raqamlashtirish tajribasi o'rganilgan. Natijalar shuni ko'rsatadiki, raqamli transformatsiya mijozlar tajribasini yaxshilash, operatsion xarajatlarni kamaytirish va bank xizmatlarining samaradorligini oshirishda muhim rol o'ynaydi.

Salieva Zliyxa Usnatdin qizi

56-59

2026-01-16

BADIIY O‘ZIGA XOSLIK LABORATORIYASI SIFATIDA BAKALAVR PIANINO STUDIYASI

An’anaviy ravishda texnik tuzatish va repertuarni kengaytirishga qaratilgan usta-shogird diadasi sifatida tasavvur qilingan bakalavr pianino studiyasi talabaning badiiy o‘ziga xosligi uchun asosiy inkubator sifatida chuqurroq, ko‘pincha amalga oshirilmagan salohiyatga ega. Ushbu maqola studiyani pedagogik laboratoriya sifatida ongli ravishda qayta tasavvur qilish tarafdori - texnika, nazariya va tarixiy bilimlarning asosiy elementlari nafaqat mohirona ijro etish uchun, balki shaxsiy, aniq va bardoshli badiiy o‘zini qasddan va boshqariladigan tarzda qurish uchun sintez qilinadigan xavfsiz, tadqiqot maydoni. O‘qituvchi-avtoritet va talaba-kema sifatidagi ustunlik modeli qaramlik va talqin qilishdan tortinishni keltirib chiqarishi, bitiruvchilarni texnik jihatdan mohir, ammo badiiy jihatdan anonim qoldirishi mumkin. Konstruktiv o‘rganish nazariyasi, ekspert pedagogikasidagi tadqiqotlar va badiiy agentlikning falsafiy tamoyillariga tayanib, ushbu maqola badiiy o‘ziga xoslikning o‘ziga xos xususiyatlarini va an’anaviy studiya ta’limida uning rivojlanishidagi to‘siqlarni o‘rganadi. Unda o‘qituvchi mutaxassis yo‘riqchisi va hamkorlikdagi tadqiqotchining ikki tomonlama rolini o‘z zimmasiga oladigan, talqin qilishda tajribalar ishlab chiqadigan, tanqidiy tinglash va o‘zini baholashni rivojlantiradigan hamda tahlil, tarix va ijro amaliyotini shaxsiy so‘rov uchun vositalar sifatida birlashtiradigan laboratoriya tizimi taklif etiladi. Pirovard maqsad - bakalavr pianinochilariga musiqiy matnlarni sodiq qayta yaratuvchilardan musiqa sohasida barqaror va mazmunli martaba uchun zarur bo‘lgan intellektual qiziqish, o‘zini anglash va kommunikativ ishonchga ega bo‘lgan o‘ychan, ijodiy san’atkorlarga o‘tish imkonini beradigan transformatsion studiya pedagogikasini bayon qilishdir.

M.Muminov

60-65

2026-01-16

TA’LIM JARAYONIDA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI

Mazkur maqolada ta’lim jarayonida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va interfaol ta’lim metodlaridan foydalanishning ahamiyati ilmiy-nazariy hamda amaliy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotda zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etilgan ta’lim jarayonining talabalar bilimini mustahkamlash, mustaqil fikrlash, ijodiy yondashuv hamda kasbiy kompetensiyalarni shakllantirishdagi o‘rni yoritib berilgan. Shuningdek, ta’lim sifatini oshirishda pedagogik texnologiyalarni maqsadga muvofiq tanlash va ulardan samarali foydalanishning ahamiyati asoslab berilgan.

Oblaqulova Charos Sunatulla qizi

66-69

2026-01-19

ABU BAKR MUHAMMAD ZAKARIYYA AR-ROZIYNING AQLNING FAZILATI HAQIDAGI QARASHLARI

Mazkur maqolada buyuk mutafakkir Abu Bakr Muhammad Zakariyyo ar-Roziyning axloqiy ta’limoti tahlil qilinadi. Unda mutafakkirning axloqiy fazilatlarni egallash va insoniy nuqsonlarni bartaraf etish masalasiga oid qarashlari yoritilib, aqlning inson xatti-harakatlarini boshqaruvchi asosiy va ishonchli nazariy mezon sifatidagi o‘rni ochib beriladi. Ar-Roziy ta’limotida aql Alloh tomonidan insonga berilgan eng ulug‘ ne’mat sifatida talqin qilinib, u insonni hayvoniy mayl va his-tuyg‘ulardan ustun qo‘yuvchi, ma’naviy kamolot sari yetaklovchi kuch sifatida baholanadi .

Tuychiyeva Nargiza Ruziboyevna

70-71

2026-01-19

O’QUVCHILAR INTELLEKTUAL SALOHIYATINI RIVOJLANTIRISHDA PSIXO-EMOTSIONAL MUAMMOLAR VA YECHIMLAR

Mazkur tezisda o‘quvchilar intellektual salohiyatini rivojlantirish jarayonida yuzaga keladigan psixo-emotsional muammolar pedagogik muammo sifatida tahlil qilinadi. Ilmiy adabiyotlar hamda pedagogik kuzatuvlar asosida o‘quvchilarda uchraydigan asosiy psixo-emotsional omillar, jumladan, o‘qishga bo‘lgan ichki motivatsiyaning pasayishi, ta’lim yuklamalarining ortishi, yosh davriga xos emotsional beqarorlik va mas’uliyat bosimi intellektual rivojlanishga salbiy ta’sir ko‘rsatishi asoslab beriladi. Tezisda kichik, o‘rta va yuqori sinf o‘quvchilarida psixo-emotsional muammolarning namoyon bo‘lish xususiyatlari ochib berilib, ularning intellektual faoliyatga ta’siri tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari intellektual salohiyatni rivojlantirishda psixo-emotsional omillarni hisobga olgan holda ta’lim jarayonini tashkil etish zarurligini ko‘rsatadi.

Toxirova Malika Muzaffar qizi

76-77

2026-01-19

AUTSORSING ASOSIDA LOGISTIKA XARAJATLARINI KAMAYTIRISH STRATEGIYALARI

Mazkur maqolada zamonaviy logistika tizimlarida autsorsingning o‘rni va uning xarajatlarni optimallashtirishdagi strategik ahamiyati tahlil qilinadi. Logistika jarayonlarini uchinchi tomon xizmat ko‘rsatuvchilariga topshirish transport, saqlash, yuklarni qayta ishlash va ta’minot zanjiri boshqaruvida xarajatlarni sezilarli darajada kamaytirishi mumkinligi ilmiy asoslar orqali yoritiladi. Maqolada autsorsingning samaradorlik ko‘rsatkichlari, risklarni boshqarish mexanizmlari, hamkor tanlash mezonlari hamda operatsion jarayonlarni avtomatlashtirishning iqtisodiy ta’siri ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, O‘zbekiston sharoitida logistika autsorsingi bozorining rivojlanish imkoniyatlari, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar berilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, autsorsing asosida logistika xizmatlaridan foydalanish korxonalarning raqobatbardoshligini oshirishda muhim omil bo‘lib, xarajatlarni kamaytirish, vaqtni tejash va operatsion samaradorlikni yuksaltirishga xizmat qilishi isbotlangan.

Aminov Olimboy

78-79

2026-01-19

CHIZIQLI ALGEBRA FANIDA INTEGRATSIYA MAVZUSINI O‘QITISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH

Ushbu maqolada oliy ta’limda o‘qitiladigan chiziqli algebra fanining “integratsiya” mavzusini o‘qitish metodikasini takomillashtirish masalasi ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotda integratsiya tushunchasining chiziqli algebra elementlari bilan bog‘liqligi ilmiy asosda tahlil qilinib, zamonaviy pedagogik texnologiyalar - kompetensiyaviy yondashuv, muammoli ta’lim, loyiha asosida ta’lim hamda fanlararo integratsiya asosidagi metodikalar ko‘rib chiqildi. Raqamli ta’lim muhiti doirasida GeoGebra, MATLAB, Maple kabi dasturiy vositalardan foydalanish chiziqli algebra mavzularining vizual va amaliy o‘zlashtirilishini ta’minlashda muhim omil ekanligi ko‘rsatildi. Tadqiqot natijalari taklif etilgan metodika asosida o‘quvchilarning nazariy bilimlari, amaliy ko‘nikmalari va mustaqil fikrlash qobiliyatlarining sezilarli darajada rivojlanganini isbotladi. Yangi metodika fanlararo integratsiya va raqamli texnologiyalarga asoslanib, talaba shaxsining faol ishtirokiga yo‘naltirilganligi bilan an’anaviy yondashuvlardan farq qiladi. Shu bois, taklif etilgan metodikaning ta’lim sifatini oshirishda, zamonaviy talablar darajasida chiziqli algebra fanini o‘qitishda samarali vosita ekanligi xulosa qilinadi. Maqola oliy ta’limda matematik fanlarni o‘qitishni modernizatsiya qilish va ilg‘or pedagogik tajribalarni joriy etishda ilmiy-uslubiy ahamiyatga ega.

Nafisa Tuxtasinova, Fayzullo Kamaliddinov

80-85

2026-01-19

TRANSLATION OF COMMON LAW CONCEPTS INTO UZBEK LANGUAGE

This research investigates linguistic challenges in translating legal terminology between English and Uzbek languages through comprehensive analysis of papers and authentic legal texts. The study demonstrates that typological differences interact multiplicatively with legal system divergence (common law versus civil law) to create compounded translation difficulties exceeding the sum of individual factors. Employing mixed-methods combining systematic literature review, contrastive linguistic analysis, comparative legal frameworks, and frame-based semantic modeling, the research identifies morphological asymmetries, semantic gaps, syntactic divergences, and Russian interference as primary obstacles. Analysis reveals that optimal translation strategies – borrowing, calquing, descriptive translation, and functional equivalence – vary systematically by concept type and institutional equivalence rather than applying uniformly. Findings demonstrate urgent need for national legal thesaurus infrastructure in Uzbekistan to address terminological inconsistency affecting judicial proceedings, international contracts, and legal education. The research contributes an integrated theoretical framework while providing evidence-based translation guidelines, quality assessment criteria, and professional certification standards with regional applicability across Central Asia.

Nargiza Masadikova

86-93

2026-01-20

TIL BIRLIKLARINING KOMMUNIKATIV VAZIFASI VA SEMIOTIK MOHIYATI

Mazkur tadqiqotda til birliklarining kommunikativ jarayondagi o‘rni, ularning pragmatik vazifalari hamda semiotik mohiyati tahlil qilinadi. Til birliklari belgilar tizimining muhim elementi sifatida ko‘rib chiqilib, ma’no hosil bo‘lishi va uzatilishida ularning roli yoritiladi. Shuningdek, muloqot jarayonida kontekst, nutq vaziyati va ishtirokchilar omilining ahamiyati ochib beriladi.

Lobar Avazova, Sodiqova Shahzoda Sirojiddin qizi

94-97

2026-01-20

STREPTOMYCES SP. SHTAMMINING ACINITOBACTER BAUMANNII SHTAMMIGA NISBATAN ANTIMIKROB FAOLLIGINI BAHOLASH

Streptomyces -shtammlari asosan tuproqning unumdor qatlamida rivojlanadigan, koloniyasi shoxlangan va spora hosil qilib ko’payuvchi gramm-musbat bakteriyalar guruhidir.Streptomyces sp. Shtammlari qishloq xo’jaligida ikkilamchi metabolit sifatida turli xil biofaol moddalar ajratishi bilan mashxur.Bundan tashqari, farmatsevtikada streptomyceslar o’zidan ikkilamchi metabolit sifatida turli antibiotiklar ajratish xususiyati bilan kelajakda biologik usul bilan antibiotiklar olish manbayi sifatida qaraladi. Streptomyces shtammlarinig turli patogen mikroblarga nisbatan faolligi o’rganish va antibiotiklarga chidamli patogen bakteriyalar, xususan Acinetobacter baumannii ning keng tarqalishi sog‘liqni saqlash tizimi uchun jiddiy muammo hisoblanadi. Shu sababli yangi, samarali va biologik manbalardan olingan antimikrob moddalarni izlab topish dolzarb vazifalardan biridir.

JUMABOYEV SHOHZOD ILHOMBOY O’G’LI, UBAYDULLAYEVA XILOLA AXROROVNA

98-99

2026-01-23

OʻZBEK TILINING XORIJIY TIL SIFATIDA OʻQITISHDA METODIKA VA USLUBIY QOʻLLANMALARNING AHAMIYATI HAMDA ULARDAGI MUAMMOLAR

Ushbu tezisda oʻzbek tilini xorijiy til sifatida oʻqitishdagi muammolar, xususan materiallar boʻyicha mulohazalar berilgan. Darsliklar va qoʻllanmalarni yaratishda darajalarga boʻlish toʻgʻrisida toʻxtalib oʻtilgan.

Erkinjonova Oyxon Xusniddin qizi

100

2026-01-23

TRANSPORT-LOGISTIKA TIZIMINING MODERNIZATSIYASI VA UNING EKSPORT-IMPORT JARAYONLARIGA TA’SIRI: YANGI IPAK YO‘LI SHAROITIDA O‘ZBEKISTON TAJRIBASI”

Quyidagi maqolada logistika sohasining hozirgi holati, mamlakatimizda yaratilgan imkoniyatlar, logistika infratuzilmasini rivojlantirish uchun keng sharoitlar yaratish, shuningdek, ushbu soha faoliyatini takomillashtirishda rivojlangan mamlakatlarning ilmiy va amaliy tajribasini o‘rganish va qo‘llash masalalari tahlil qilinadi. Shu bilan birga, maqolada Yangi Ipak yo‘li tashabbusi doirasida O‘zbekistonning tranzit salohiyatini oshirish, transport-logistika tizimini modernizatsiya qilish, raqamli logistika texnologiyalarini joriy etish, hamda eksport-import jarayonlarini samaradorlashtirish bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar yoritilgan. Mazkur yo‘nalishdagi innovatsion o‘zgarishlar nafaqat mamlakat ichki bozorida, balki xalqaro savdo aloqalarida ham raqobatbardoshlikni oshirishga xizmat qilmoqda.

Fаzliddinоvа Sаbоhаt Ilxomovna, Shuhratillayev Yusuf Oybekovich

101-106

2026-01-26

ДИНАМИКА РИСКА ФИНАНСОВОГО ПУЗЫРЯ НА РЫНКЕ ЖИЛЬЯ УЗБЕКИСТАНА В 2020–2025 ГОДАХ: АНАЛИЗ РАЗРЫВА МЕЖДУ РЫНОЧНЫМИ И ФУНДАМЕНТАЛЬНЫМИ ЦЕНАМИ

Данный тезис посвящён анализу формирования и динамики риска финансового пузыря на рынке жилья Узбекистана в 2020–2025 годах. В исследовании расхождение между рыночными ценами на жильё и фундаментальными ценами (доходы населения, уровень арендной платы, процентные ставки и другие макроэкономические факторы) рассматривается как ключевой индикатор риска финансового пузыря. 

Ботиров Исломбек Улуғбек ўғли

107-113

2026-01-26

LOTIN TILI VA INGLIZ TILI O‘RTASIDAGI TERMINOLOGIK BOG‘LIQLIKDAN FOYDALANIB O‘QITISH STRATEGIYALARI

Ushbu tezisda lotin tili va ingliz tili o‘rtasidagi terminologik bog‘liqlik asosida ta’lim jarayonini samarali tashkil etish masalalari yoritiladi. Tadqiqotda lotin tilidan kirib kelgan terminlarning ingliz tilidagi ilmiy, tibbiy, huquqiy va texnik leksikani shakllantirishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Shuningdek, mazkur terminologik o‘xshashliklardan foydalanib o‘qitish strategiyalarini ishlab chiqish, o‘quvchilarning so‘z boyligini oshirish va terminlarni ongli o‘zlashtirishga erishish yo‘llari ko‘rib chiqiladi. Lotin va ingliz tillari o‘rtasidagi umumiy leksik qatlamni taqqoslash orqali o‘rganish jarayonini tezlashtirish, xotirada mustahkamlash va fanlararo integratsiyani kuchaytirish imkoniyatlari asoslab beriladi.

Baxriddinova Farog’at Hamza qizi

114-116

2026-01-26

O‘QUVCHILARNING TALAFFUZINI YAXSHILASHDA FONETIK LABORATORIYALAR VA AI FEEDBACK’NING ROLI

Ushbu tezisda o‘quvchilarning chet tilidagi talaffuzini rivojlantirishda fonetik laboratoriyalar hamda sun’iy intellekt (AI) asosidagi teskari aloqa (feedback) vositalarining o‘rni va ahamiyati yoritiladi. Tadqiqotda zamonaviy texnologiyalar yordamida talaffuz xatolarini aniqlash, ularni tahlil qilish va individual yondashuv asosida tuzatish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Fonetik laboratoriyalar o‘quvchilarga tovushlarni aniq eshitish va takrorlash muhitini yaratib bersa, AI feedback tizimlari real vaqt rejimida xatolarni ko‘rsatish va tavsiyalar berish orqali mustaqil o‘rganishni qo‘llab-quvvatlaydi.

Lapasova Obida Abduraimovna

117-120

2026-01-26

INTEGRATIV YONDASHUV ASOSIDA INGLIZ TILI O‘QITISH METODIKASI

Ushbu tezisda integrativ yondashuv asosida ingliz tilini o‘qitish metodikasi masalalari tahlil qilinadi. Tadqiqotda ingliz tilini o‘rgatishda fanlararo bog‘liqlikni ta’minlash, nazariy bilimlarni amaliy mashg‘ulotlar bilan uyg‘unlashtirish va talabalarni faol o‘rganishga jalb qilishning pedagogik ahamiyati ko‘rib chiqiladi. Integrativ yondashuv talabalarning til kompetensiyasini rivojlantirish, so‘z boyligini kengaytirish, muloqot ko‘nikmalarini mustahkamlash va akademik matnlarni tushunish qobiliyatini oshirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, interaktiv mashqlar, qiyosiy tahlillar va amaliy vaziyatlar orqali talabalar o‘z o‘quv jarayonida mustaqil va ongli faoliyat yuritishga o‘rganadilar.

Lapasova Obida Abduraimovna

121-124

2026-01-26

РЕСТИТУЦИЯ ТУШУНЧАСИ ВА МОҲИЯТИ

Ушбу мақолада фуқаролик ҳуқуқида ҳақиқий бўлмаган битимларнинг ҳуқуқий оқибати сифатида қўлланиладиган реституция институтининг тушунчаси, моҳияти ва ҳуқуқий табиати таҳлил қилинган. Фуқаролик кодексининг 114-моддаси иккинчи қисми қоидалари асосида реституциянинг қўлланилиш шартлари, унинг деликт жавобгарлиги, асоссиз бойлик орттириш ҳамда виндикация билан ўзаро фарқли жиҳатлари очиб берилган. Шунингдек, қонунчиликда реституция қўлланилиши истисно этилган ҳолатлар ва суд амалиётида юзага келиши мумкин бўлган муаммоли вазиятлар илмий-ҳуқуқий жиҳатдан баҳоланган. Мақолада реституция жавобгарлик чораси эмас, балки фуқаролик ҳуқуқларини ҳимоя қилиш усули эканлиги асослаб берилган.

Саттаров Омон Ильхамович

125-128

2026-01-26

ИШЧАНЛИК ОБРЎСИНИ ФУҚАРОЛИК ҲУҚУҚИЙ ҲИМОЯ ҚИЛИШ МУАММОЛАРИ

Ишчанлик обрўсини ҳимоя қилиш соҳасида ҳуқуқ ва эркинликларни таъминлаш масалалари доимо ҳуқуқшунослар, социологлар, тарихчилар, файласуфлар, жамоат ва давлат арбоблари орасида алоҳида қизиқиш уйғотиб келган. Ушбу ҳодиса мамлакатимизда қонун устуворлиги тамойиллари амал қиладиган, инсоннинг асосий ҳуқуқ ва эркинликлари олий қадрият сифатида эътироф этиладиган ҳамда уларни ҳимоя қилиш давлат сиёсатининг асосий йўналишларидан бири ҳисобланадиган ҳуқуқий давлатни барпо этиш билан боғлиқ масалаларни комплекс ва ҳар томонлама тадқиқ этишнинг алоҳида аҳамиятга эга эканлиги билан изоҳланади.

Эргашев Бахтиёр Ортиқ ўғли

129-136

2026-01-26

OLIY TA’LIM VA MEHNAT BOZORI INTEGRATSIYASINING MINTAQA IQTISODIY BARQARORLIGIGA TA’SIRI: STRUKTURAVIY YONDASHUV

Mazkur tezisda oliy ta’lim muassasalarini samarali boshqarish orqali mintaqaviy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini ta’minlash masalalari yoritiladi. Ta’lim sifati, inson kapitali va innovatsiyalarning hududiy iqtisodiy o‘sishga ta’siri tahlil qilinadi.

Egamov Sevinchbek Maxsud o‘g‘li

137-139

2026-01-26

O‘ZBEKISTON IQTISODIYOTIDA MONETAR SIYOSATNING XUFYONA IQTISODIYOTGA TA’SIRI VA O‘ZARO BOG‘LIQLIGI

O‘zbekiston iqtisodiy rivojlanishining hozirgi bosqichida makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, pul-kredit siyosatini takomillashtirish va xufyona iqtisodiyot ulushini qisqartirish mamlakatning eng muhim strategik vazifalaridan biridir. Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tish jarayonida pul muomalasini tartibga solish, inflyatsiyani nazorat qilish, valyuta barqarorligini saqlash bilan bir qatorda iqtisodiyotning “soya” yoki “xufyona” sektori bilan bog‘liq muammolar ham dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Chunki xufyona iqtisodiyot mamlakatda rasmiy statistik hisobdan chetda qolgan, soliqqa tortilmagan, ammo sezilarli iqtisodiy qiymat yaratayotgan faoliyat turlarini o‘z ichiga oladi. Bu esa monetar siyosatning ta’sirchanligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.

Nabijonova Shaxloxon Ibroxim qizi

140-142

2026-01-27

SANKSIYAVIY KOMPLAENS TIZIMLARIDA SUN’IY INTELLEKT ASOSIDAGI BOSHQARUV MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH

Bugungi global iqtisodiyotda sanksiyalar tizimi xalqaro moliyaviy munosabatlarning ajralmas qismiga aylangan. Har bir davlat, korporatsiya yoki moliya instituti o‘z faoliyatini xalqaro me’yorlarga mos ravishda yuritishi zarur, aks holda iqtisodiy, huquqiy va obro‘ nuqtai nazaridan jiddiy oqibatlarga duch keladi. Shu nuqtai nazardan, sanksiyaviy komplaens tizimlari zamonaviy boshqaruvning eng muhim elementlaridan biri sifatida shakllanmoqda. Komplaens — bu tashkilot faoliyatining xalqaro qonunchilik, ichki siyosat va etik normalarga muvofiqligini ta’minlovchi nazorat va boshqaruv tizimidir. Aynan shu tizim orqali korxonalar xalqaro sanksiyalarni buzmaslik, noqonuniy tranzaksiyalarni amalga oshirmaslik va moliyaviy xavflarni minimallashtirishga erishadi.

Botirova Shaxzoda Maxsud qizi

143-146

2026-01-27

MOLIYAVIY TAHLIL VA PROGNOZLASHDA SUN’IY INTELLEKTDAN FOYDALANISHNING NAZARIY VA AMALIY JIHATLARI

Zamonaviy iqtisodiyotda raqamli transformatsiya jarayonlarining jadallashuvi moliyaviy tahlil va prognozlash tizimlariga bo‘lgan talabni tubdan o‘zgartirmoqda. Global moliya bozorlarining murakkablashuvi, ma’lumotlar hajmining keskin ortishi hamda iqtisodiy jarayonlarning yuqori darajadagi o‘zgaruvchanligi an’anaviy moliyaviy tahlil usullarining samaradorligini cheklab qo‘ymoqda. Shu sharoitda moliyaviy ko‘rsatkichlarni tezkor va chuqur tahlil qilish, aniq prognozlar ishlab chiqish hamda risklarni samarali boshqarish uchun sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish dolzarb ilmiy-amaliy masalaga aylanmoqda.

Samatov Ravshan Shuxratovich

147-149

2026-01-27

NAQD PULSIZ HISOB-KITOBLARNI RIVOJLANTIRISH ORQALI MILLIY TO‘LOV TIZIMI BARQARORLIGINI TA’MINLASH MEXANIZMLARI

Mazkur tadqiqot ishida  naqd pulsiz hisob-kitoblarni rivojlantirish orqali milliy to‘lov tizimi barqarorligini ta’minlash masalalari tahlil qilinadi. Tadqiqotda naqd pulsiz to‘lovlarning iqtisodiy ahamiyati, ularning to‘lov tizimi uzluksizligi va ishonchliligiga ta’siri ilmiy jihatdan asoslab beriladi. Shuningdek, raqamli to‘lov vositalarining keng joriy etilishi natijasida tranzaksiya xarajatlarining kamayishi, hisob-kitob jarayonlarining tezlashuvi hamda iqtisodiy shaffoflikning oshishi kabi omillar yoritiladi. Tadqiqot natijalari milliy to‘lov tizimini barqaror rivojlantirishga qaratilgan ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqish uchun nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Amonov Alisher Rajab o’g’li

150-151

2026-01-27