«Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar: Muammolar va yechimlar» is a national online conference with open access, where review abstracts related to various fields are published. The main goal is to offer an intellectual platform for national scientists, and it aims to promote interdisciplinary research. All manuscripts should be prepared in Uzbek, English or Russian.
Published: 2025-10-06
Articles
YANGI O’ZBEKISTONDA IQTISODIY TARAQQIYOT TENDENSIYALARI
Ushbu maqola O'zbekiston iqtisodiyotining zamonaviy tendensiyalarini chuqur tahlil qiladi. O'zbekiston mustaqillikka erishganidan so'ng, iqtisodiy islohotlar va yangilanishlar jarayoni davom etmoqda. Maqolada iqtisodiy o'sishning asosiy omillari, muammolari va istiqbollari, shuningdek, davlat siyosati va iqtisodiy islohotlar tahlil etiladi. O'zbekistonning global iqtisodiy muhitdagi o'rni va raqobatbardoshligini oshirish uchun takliflar ham kiritiladi.
2025-10-08
MAHALLIY BUDJETLAR MOLIYAVIY BARQARORLIGINI YUKSALTIRISHNING USTUVOR YOʻNALISHLARI
Mazkur ilmiy tezisda mahalliy budjetlarning moliyaviy barqarorligini ta’minlash va takomillashtirishga qaratilgan ustuvor yo‘nalishlar tahlil qilinadi. Moliyaviy barqarorlik mahalliy darajada iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, ijtimoiy xizmatlarni samarali amalga oshirish va mahalliy boshqaruvning iqtisodiy mustaqilligini mustahkamlash uchun muhim ahamiyatga ega. Tezisda budjetga daromadlar bazasini kengaytirish, xarajatlarni optimallashtirish, shaffoflik va boshqaruv samaradorligini oshirish, shuningdek moliyaviy rizqlik va innovatsiyalarni joriy etish kabi ustuvor yo‘nalishlar tahlil qilinadi. Mahalliy budjetlarning moliyaviy barqarorligini ta’minlashda davlat siyosati va jamiyatning o‘zaro hamkorligi muhim rol o‘ynaydi.
2025-10-09
HOMILADORLIKDAGI O‘ZGARISHLAR VA HOMILADORLIK DAVRIDA VITAMINLARNING MUHIMLIGI.
ushbu maqolada homiladorlik davrida onada kuzatiladigan holatlar. Bola rivojlanishi uchun kerak bo‘ladigam vitaminlar, Normal holatlar va patologiyalar haqida malumot beramiz.
2025-10-09
TIBBIYOT TA’LIMINING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA KELAJAGI: INNOVATSIYALAR DAVRI
Tez rivojlanayotgan tibbiyot sohasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash uchun tibbiyot ta’limini doimiy ravishda takomillashtirish zarur. An’anaviy oʻqitish usullarini zamonaviy texnologiyalar bilan birlashtirish bu jarayonda muhim rol oʻynaydi. Ushbu maqolada sun’iy intellekt (SI), simulyatsion texnologiyalar va boshqa turdagi innovatsiyalr tibbiyot ta’limini qanday oʻzgartirayotgani va kelajakda qanday imkoniyatlarni ochishi muhokama qilinadi. Sun’iy intellektning oʻrni va imkoniyatlari: SI tibbiyot ta’limini individualizatsiya qilishga imkon beradi. SI asosidagi platformalar talabalarning oʻrganish uslubini tahlil qilib, ularga moslashtirilgan oʻquv materiallari va mashqlarni taklif qiladi. Diagnostika koʻnikmalarini rivojlantirishda SI yordamida virtual bemorlar yaratish va ularning diagnostika qilish qobiliyatini baholash mumkin.
2025-10-09
МИЗИНФОРМАЦИЯНИНГ ЖАМИЯТГА ТАЪСИРИ: РАҚАМЛИ МУҲИТДА ЁЛҒОН АХБОРОТНИ УЛАШИШНИНГ САБАБ ВА ОҚИБАТЛАРИ
Мақолада интернет ва ижтимоий тармоқларда тарқалаётган сохта маълумотлар (дезинформация) ва уларга ишониб, қайта тарқатиш ҳолатлари (мизинформация)нинг моҳияти очиб берилган. Пандемия даврида пайдо бўлган “инфодемия” феномени мисолида сохта ахборотларнинг шахс ва жамият ҳаётига салбий таъсири таҳлил этилган. Шунингдек, ёлғон хабарларнинг тез тарқалаши ва аҳоли ишонувчанлигининг психологик ва ижтимоий сабаблари кўриб чиқилган ҳамда ахборот иммунитетини кучайтириш бўйича тавсиялар ишлаб чиқилган.
2025-10-09
JAHON IQTISODIYOTIDA XALQARO MOLIYA MARKAZLARINING O’RNI
Globalizatsiya jarayonlarining chuqurlashuvi va xalqaro iqtisodiy aloqalarning kengayishi zamonaviy dunyo iqtisodiyotida moliyaviy infratuzilmaning strategik ahamiyatini oshirmoqda. Bu jarayonda xalqaro moliya markazlari alohida rol o‘ynaydi. Xalqaro moliya markazlari – bu transchegaraviy moliyaviy operatsiyalar, sarmoya jalbi, valuta savdosi, bank va sug‘urta xizmatlari hamda boshqa moliyaviy vositalarning markazlashtirilgan shaklda amalga oshiriladigan hududlardir. Ular jahon moliyaviy tizimining asosiy bo‘g‘inlaridan biri bo‘lib, global kapital oqimlarini boshqarish, moliyaviy barqarorlikni ta’minlash, investitsion muhitni shakllantirish va iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish kabi muhim funksiyalarni bajaradi.
2025-10-10
TАFАKKUR VА NUTQNING RIVОJLАNISHIDА О‘QITUVCHINING PSIXОLОGIK YОNDАSHUVI
Mаqоlаdа о‘qituvchining psixоlоgik yоndаshuvi tаfаkkur vа nutqning rivоjlаnishidа tutgаn о‘rni yоritilgаn. Shаxsiy yоndаshuv, emоtsiоnаl qо‘llаb-quvvаtlаsh vа kоmmunikаtiv strаtegiyаlаr оrqаli о‘quvchilаrning fikrlаsh hаmdа nutq fаоlligini rivоjlаntirish mexаnizmlаri tаhlil etilаdi. Tаdqiqоtdа Vygоtskiy, Leоntyev vа Bаndurа nаzаriyаlаrigа аsоslаnilgаn psixоlоgik mоdel qо‘llаnilgаn.
2025-10-10
YURIDIK XIZMATLAR SOHASIDA BULUTLI HISOBLASH TEXNOLOGIYALARINI QO’LLASH
Ushbu maqolada bulutli hisoblash texnologiyalaridan foydalanish hozirgi kunda qay darajada va qaysi davlatlarda foydalanilayotganligi haqida aytib o’tilgan. Ushbu maqolaning asosiy maqsadi bulutli hisoblash texnologiyalarini qo’llashning afzalliklarini, qanday kamchiliklari borligini, bulutli hisoblash texnologiyalarining foydalanishdagi asosiy turlarini, xalqaro yuridik firmalarda bulutli texnologiyalardan foydalanish yildan-yilga o’sib borayotganligini, bu texnologiyalardan foydalanishning xavfsizlik yoki xavflilik darajalari qay tarzda ekanligini aniqlashdan iborat. Xorijiy mamlakatlarda yuristlardan so’rovnomalar olingan va uning tahlili keltirilgan, so’rovnomada bulutli texnologiyalari haqida qo’shimcha tavsiyalar berilgan. Ushbu maqolada O’zbekistonning qonuniy hujjatlari va ularning sharhlari keltirib o’tilgan, ya’ni bulutli texnologiyalarning qo’llanilish sohalari, kelajakda bu texnologiyalardan qaysi sohalarda qo’llanilishi haqida rejalar ko’rsatilgan
2025-10-10
XIZMAT KO’RSATISH SOXASIDA XODIMLARNI BOSHQARISH MASALALARI.
Ushbu maqolada mamlakatimizdagi so’nggi o’zgarishlar va islohotlar dasturini amalga oshirishdan kelib chiqqan holda banklarda xodimlarni boshqarishning milliy hamda jaxon standartlaridan kelib chiqqan xolda mehnat kodeksiga mos ravishda yanada takomillashtirish banklar faoliyatida xodimlarni boshqarish masalalari bo’yicha ma’lumotlar berilgan.
2025-10-13
O‘ZBEKISTON TASHQI SIYOSATINING BARQARORLIKKA QARATILGAN STRATEGIK MAQSADLARI
Maqolada Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlik masalasi zamonaviy xalqaro munosabatlar nazariyasi doirasida kompleks tahlil qilingan. Tadqiqotda siyosiy barqarorlik konsepsiyasining realizm, liberalizm va konstruktivizm maktablari nuqtai nazaridan talqini, mintaqaviy barqarorlikka tahdid soluvchi ichki va tashqi omillar tizimli ravishda o‘rganilgan. Markaziy Osiyo davlatlarining mustaqillikka erishganidan keyingi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy transformatsiya jarayonlari, etnik va diniy omillarning ta’siri, suv-energetika resurslari muammosi, Afg‘onistondagi vaziyatning mintaqaviy xavfsizlikka ta’siri batafsil ko‘rib chiqilgan. Maqolada barqarorlikni ta’minlash mexanizmlari, ikki tomonlama va ko‘p tomonlama hamkorlik formatlari, mintaqaviy integratsiya jarayonlari va xalqaro tashkilotlarning roli ilmiy asosda baholangan. Globallashuv sharoitida Markaziy Osiyo geosiyosiy raqobat maydoniga aylanishi, yirik davlatlarning mintaqadagi strategik manfaatlari va ularning barqarorlikka ta’siri tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari Markaziy Osiyoda barqarorlikni ta’minlash uchun kompleks yondashuv, mintaqaviy hamkorlikni chuqurlashtirish va davlatlarning ichki islohotlarni davom ettirish zarurligini ko‘rsatadi.
2025-10-13
VIRUSLARNING INSON ORGANIZMIGA TA’SIRI VA HIMOYA MEXANIZMLARI
Mazkur maqolada viruslarning inson organizmiga ta’siri, ularning biologik xususiyatlari hamda patogenlik mexanizmlari chuqur tahlil qilinadi. Viruslar tirik organizmlar hujayralarida parazitlik qiluvchi mikroskopik zarrachalar bo‘lib, ular hujayra ichida ko‘payish orqali turli kasalliklarni keltirib chiqaradi. Maqolada viruslarning hujayraga kirish bosqichlari, genetik materiali yordamida organizm metabolizmiga ta’siri va immun tizim tomonidan ularni aniqlash hamda neytrallash mexanizmlari yoritilgan. Shuningdek, zamonaviy virusologiyada qo‘llanilayotgan himoya vositalari — vaksinalar, antivirus preparatlar, interferonlar va immunomodulyatorlarning ahamiyati tahlil etiladi. Inson immun tizimining tug‘ma va orttirilgan himoya shakllari, ularning viruslarga qarshi javob reaktsiyasi hamda molekulyar darajadagi jarayonlari ilmiy asosda izohlanadi. Maqola viruslarning biologik faoliyatini chuqur o‘rganish orqali virusli kasalliklarni erta aniqlash, ularning oldini olish va davolashning samarali strategiyalarini ishlab chiqishga qaratilgan.
2025-10-13
SUV RESURSLARINI BOSHQARISH BO‘YICHA DAVLATLARARO NIZOLAR VA ULARNI HAL QILISH YO‘LLARI
Suv resurslarini boshqarish jahonning ko‘plab davlatlari uchun muhim va dolzarb masala hisoblanadi. Suvning yetishmovchiligi yoki noto‘g‘ri taqsimlanishi ko‘plab hududlarda davlatlararo nizolarni keltirib chiqaradi. Ushbu maqolada suv resurslarining boshqarilishi va bu jarayondagi davlatlararo nizolarni qanday hal qilish mumkinligi ko‘rib chiqiladi. Suv resurslarini adolatli taqsimlash masalasi faqat davlatlararo emas, balki global muammolarni hal etishda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga, ekologik va iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda texnologik innovatsiyalar va diplomatik sa’y-harakatlarning o‘rni alohida ta’kidlanadi. Maqola suv resurslari taqsimoti, rivojlanayotgan mamlakatlarda suv ta’minoti va suvga oid nizolarning oldini olish bo‘yicha yondashuvlarni tahlil etadi. Shuningdek, xalqaro yuridik asoslar, diplomatik muzokaralar va texnologik yechimlar yordamida suv taqsimoti bo‘yicha kelishuvlar o‘rganiladi.
2025-10-13
ПУТИ СОВЕРШЕНСТВОВАНИЯ ПРУДЕНЦИАЛНЫХ НОРМАТИВОВ УСТАНОВЛЕННЫХ ЦЕНТРАЛНОМ БАНКОМ
В данной научной диссертации рассматриваются вопросы совершенствования системы пруденциальных нормативов, применяемых Центральным банком Республики Узбекистан для регулирования деятельности коммерческих банков. Пруденциальные нормативы играют важную роль в обеспечении финансовой устойчивости банков, повышении эффективности управления рисками и укреплении надежности национальной банковской системы. В исследовании анализируется современная практика регулирования достаточности капитала, показателей ликвидности, крупных кредитных рисков и валютных позиций на основе международных стандартов Базель III, а также обосновываются пути их адаптации к национальным условиям.
2025-10-13
O‘ZBEKISTONDA KICHIK BIZNES SUBYEKTALARINI MOLIYAVIY QO‘LLAB-QUVVATLASHDA XORIJIY TAJRIBALARNING O‘RNI VA AHAMIYATI
Mazkur tezisda O‘zbekistonda kichik biznes subyektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish masalalari atroflicha yoritilgan. Tadqiqotda Germaniya, Janubiy Koreya va AQSh tajribalari asosida kichik biznesni moliyalashtirishning samarali mexanizmlari - imtiyozli kreditlar, grant dasturlari, davlat kafolatlari va startap fondlari tahlil qilinadi. Shuningdek, O‘zbekiston sharoitida xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni kengaytirish, raqamli moliyalashtirish texnologiyalarini joriy etish, moliyaviy savodxonlikni oshirish hamda tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilashning dolzarb yo‘nalishlari ko‘rsatib o‘tilgan. Xorijiy tajribalarni milliy iqtisodiyotga moslashtirish orqali iqtisodiy o‘sishni jadallashtirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash imkoniyatlari tahlil qilingan.
2025-10-13
ФОРМИРОВАНИЕ КОМПОЗИЦИИ БЫСТРОТВЕРДЕЮЩЕГО СУЛЬФАТОСОДЕРЖАЩЕГО ВЯЖУЩЕГО ДЛЯ САМОВЫРАВНИВАЮЩИХСЯ ПОКРЫТИЙ С ПОВЫШЕННОЙ ПРОЧНОСТЬЮ И ВЛАГОСТОЙКОСТЬЮ
В настоящее время сухие строительные смеси играют большую роль в развитии мирового рынка строительных материалов. Эта отрасль производства строительно-отделочных материалов в Узбекистане достаточно молода: впервые сухие строительные смеси появились на рынке Узбекистана в начале 2000-х гг. По структуре потребления сухие строительные смеси на отечественном рынке основная доля (до 70%) приходится на клеевые и штукатурные смеси.
2025-10-13
АНАЛИЗАТОРЫ ВКУСА И ЗАПАХА
В статье рассматриваются анатомо-физиологические особенности вкусового и обонятельного анализаторов,их строение, механизмы восприятия химических раздражителей, особенности центральной обработки информации. Особое внимание уделено возрастным и патологическим изменениям, а также современным методам исследования функций вкуса и обоняния.
2025-10-13
ДЛИННЫЕ ВЕТВИ ПЛЕЧЕВОГО СПЛЕТЕНИЯ
В статье рассматриваются анатомо-топографические особенности длинных ветвей плечевого сплетения, их функции, клиническое значение, распространенные повреждения и варианты длинных нервов плечевого сплетения. Особое внимание уделяется лучевому, срединному, локтевому, кожно-мышечному, подмышечному и длинному грудному нервам как основным длинным ветвям, отходящим от корней, стволов, отделов или тяжей. В статье рассматриваются диагностические подходы, хирургические рекомендации, варианты реконструкции и принципы реабилитации.
2025-10-13
BOLALARDA NUTQ RIVOJLANISHI BOSQICHLARI VA NORMAL O‘SISH MEXANIZMLARI
Ushbu maqolada bolalarda nutq rivojlanishining bosqichlari, ularning fiziologik, psixologik va ijtimoiy omillar bilan bog‘liqligi, shuningdek, normal o‘sish mexanizmlari keng yoritilgan. Nutq insonning eng muhim ijtimoiy funksiyalaridan biri bo‘lib, bolaning shaxs sifatida shakllanishida, fikrlash, idrok etish va muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Maqolada nutq rivojlanishining tug‘ilishdan boshlab maktab yoshiga qadar bo‘lgan bosqichlari, ularning o‘ziga xos xususiyatlari, neyrofiziologik jarayonlar, eshitish va ko‘rish analizatorlarining roli batafsil tahlil qilingan. Shuningdek, nutq apparatining anatomik tuzilishi, miya faoliyatining yetilishi, ijtimoiy muhit va tarbiya sharoitining ta’siri haqida ilmiy asoslangan ma’lumotlar keltirilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, bolalarda nutqning to‘liq shakllanishi uchun biologik, psixologik va ijtimoiy omillar uyg‘unligi muhim ahamiyatga ega. Maqolada shuningdek, nutq rivojlanishidagi kechikishlar, ularni aniqlash va oldini olish bo‘yicha tavsiyalar ham berilgan.
2025-10-14
NUTQ BUZILISHLARI VA ULARNI KORREKSIYA QILISH
Nutq inson faoliyatining eng murakkab va nozik shakllaridan biri bo‘lib, uning to‘g‘ri va ravon shaklda amalga oshirilishi insonning ijtimoiy muloqotdagi muvaffaqiyati, shuningdek, shaxsning o‘z-o‘zini ifoda qilish imkoniyatlariga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Nutqning shakllanish jarayoni nafaqat nevrologik mexanizmlarga, balki psixologik, lingvistik hamda kognitiv omillarga ham bog‘liq bo‘lib, bu jarayonlarning har qanday buzilishi nutq faoliyatining samaradorligiga salbiy ta’sir o‘tkazishi mumkin. Shunday qilib, nutq buxilishlari deb ataladigan holatlar - bu inson nutqining shakl va mazmun jihatdan me’yoriy darajadan chetga chiqishi, ya’ni nutq jarayonining turli sabablar tufayli buzilishi natijasida yuzaga keladigan patologik holatlar majmuasi hisoblanadi.
2025-10-14
TA’LIMDA KOMPETENSIYAVIY YONDASHUV VA O‘QITUVCHILARNING KASBIY RIVOJLANISH ZARURATI
Ushbu maqolada zamonaviy ta’lim tizimini isloh qilish zarurati, kompetensiyaviy yondashuvning joriy etilishi, uning mohiyati, maqsadlari va o‘qituvchilarning metodik tayyorgarligini takomillashtirishdagi roli tahlil qilinadi. Kompetensiyaviy yondashuv o‘quv jarayonida natijaga yo‘naltirilgan, amaliyotga yaqin va real hayotiy vaziyatlarga asoslangan ta’limni nazarda tutadi. Shuningdek, o‘qituvchilarning o‘z-o‘zini kasbiy rivojlantirish ehtiyoji va bu ehtiyojning davlat hamda jamiyat talablaridan kelib chiqishi lozimligi ta’kidlanadi.
2025-10-15
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA PROKURATURA INSITUTINING HUQUQIY ASOSLARI VA UNING JAMIYATDAGI O'RNI
Prokuratura organlari huquqni muhofaza qilish tizimining ajralmas qismi bo’lib, ular qonun ustuvorligini ta’minlash jinoyatchilkka qarshi kurashish va fuqarolarning huquqlarini himoya qilishda bevosita ishtirok etadi. Ushbu maqolada prokuratura institutining huquqiy asoslari, uning davlat boshqaruvidagi o’rni va inson huquqlarini himoya qilishdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Prokuratura faoliyati sud hokimiyati, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va qonun chiqaruvchi tizim bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, uning huquqiy maqomi mamlakat konstitutsiyasi hamda tegishli qonun hujjatlari bilan belgilab berilgan. Maqolada prokuratura faoliyatining samaradorligini oshirishga qaratilgan islohotlar, xalqaro tajriba hamda O‘zbekiston prokuratura tizimining rivojlanish istiqbollari o‘rganiladi. Shuningdek, prokuratura institutining mustaqilligi va uning jamiyat barqarorligiga ta’siri haqida ilmiy asoslangan xulosalar beriladi.
2025-10-15
OQ ZOTSIZ KALAMUSHLAR TERISINING MORFOLOGIK XUSUSIYATLARI LABORATORIYA SHAROITIDA O‘RGANILDI.
Teri ham organ sifatida epidermisdan tashkil topgan uch komponentli tizim hisoblanib, u morfofunksional birlik ichidagi epiteliy va biriktiruvchi to'qimadan iborat. Ontogenezda terining tuzilishi sekinlik bilan rivojlanadi va u keng ko'lamli funktsiyalarni bajaradi. Tadqiqot shuni ko’rsatdiki sutemizuvchilar, jumladan, tajriba hayvonlarida terining tuzilishi fundamental va amaliy ahamiyatga ega va ma’lum darajada sut emizuvchilarning embrion rivojlanishining xususiyatlari odam to‘qimalarining shakllanish davrini takrorlaydi. Dermisning tolali asosi ontogenez jarayonida , soch va yog 'qatlami kabi teri tarkibiy qismlarining shakllanishidagi o'zgarishlarning vaqtinchalik bosqichiga oid ko'plab savollar dolzarb bo’lmoqda. Ushbu ma'lumotlarning etishmasligi ko'plab tadqiqotlarga, ayniqsa tibbiyot va biologiyada amaliy tadqiqotlar uchun turli sohalarda laboratoriya hayvonlaridan (kalamushlardan) foydalanishga to'sqinlik qiladi.
2025-10-16
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA SHAXSGA YO‘NALTIRILGAN TA’LIM-TARBIYA JARAYONINI TASHKIL ETISH
Bugungi globallashuv va axborot texnologiyalari asrida ta’lim tizimi oldiga qo‘yilgan eng muhim vazifalardan biri — bu shaxsning har tomonlama kamol topishini ta’minlash, uning qobiliyatlari, qiziqishlari va ehtiyojlarini hisobga olgan holda ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishdir. Maktabgacha ta’lim bu jarayonning poydevori sifatida bola shaxsining shakllanishida hal qiluvchi o‘rin tutadi. Shu bois, shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatining asosiy tamoyiliga aylanishi zarur.
2025-10-16
ОЦЕНКА ЭКОЛОГИЧЕСКИХ УСЛОВИЙ И ИХ ВЛИЯНИЯ НА ОРГАНИЗМ
Аридизация экосистемы Приаралья привела к усилению континентального климата и образованию пыльно-солевых бурь. Чрезмерное засоление почвы привело к естественной миграции пестицидов и их оттоку из этой области, их накоплению и распространению по всему островному региону. Результатом стало высокое загрязнение этими соединениями продуктов питания и воды [1-5]. Учитывая, что в окружающей среде и в организме хлорорганические и фосфорорганические соединения – пестициды сохраняются длительное время, они с пищей попадают в кровь, всасываются в различных органах и тканях. Это напрямую может привести к тому, что островитяне будут иметь более высокий уровень заболеваемости, а также к нарушениям роста и полового развития [1, 3, 6, 7].
2025-10-17
ОЦЕНКА ФИЗИЧЕСКОГО РАЗВИТИЯ И АДАПТАЦИОННЫХ ВОЗМОЖНОСТЕЙ ДЕТЕЙ КАРАКАЛПАКСТАНА
В условиях глобальных экологических изменений укрепление и охрана здоровья человека являются одной из важнейших задач физиологических, медицинских и экологических наук. Особое значение приобретает изучение морфофункциональных показателей физического развития молодежи, особенно в регионах с неблагоприятной экологической обстановкой [1]. Каракалпакстан относится к числу таких регионов, где вследствие усыхания Аральского моря, засоления почв, загрязнения воды и воздуха пестицидами и тяжелыми металлами наблюдается ухудшение состояния здоровья населения [2-4]. Воздействие соле-пылевых бурь, снижение качества питьевой воды и изменение природных компонентов привели к росту заболеваний дыхательной системы и нарушению физического развития детей и подростков [5-7].
2025-10-17
THE EVOLUTION OF LAW: A SCIENTIFIC PERSPECTIVE ON SOCIETY’S LEGAL FRAMEWORK
The article “The Evolution of Law: A Scientific Perspective on Society’s Legal Framework” analyzes the scientific foundations of legal systems in society and their historical development. It covers the formation of modern constitutional governance from ancient times, in particular, through the Code of Hammurabi and the Magna Carta of 1215. The author explains the scientific approach to law - that is, the theory of legal realism based on empirical data - and shows the importance of this approach in making legal decisions. The article also analyzes the role of modern technologies - artificial intelligence and blockchain systems - in the legal sphere. Although they increase efficiency by automating legal processes and digitizing contracts, they also raise issues of ethical and legal responsibility. The author emphasizes the need for education and reform for future legal systems, emphasizing the need to adapt laws to technological changes and strengthen international cooperation. In conclusion, the article emphasizes the need for the constant evolution of law - to ensure a balance between innovation and order, while maintaining the principles of justice, integrity,and accountability.
2025-10-17
HUQUQBUZARLIKLARNING OLDINI OLISH OLISHDA JAMOATCHILIK NAZORATI: MAHALLADAN GLOBAL TAJRIBAGACHA
Mazkur maqolada huquqbuzarliklar profilaktikasida jamoatchilik nazoratini takomillashtirish masalalari keng yoritilgan. Avvalo, huquqbuzarliklarning oldini olish jamiyat barqarorligini ta’minlashdagi dolzarb omil sifatida baholangan. Shundan so‘ng jamoatchilik nazoratining mohiyati, uning fuqarolik jamiyatini mustahkamlashdagi o‘rni tahlil qilingan. Maqolada mahalla institutining roli, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, raqamli texnologiyalar imkoniyatlari, huquqiy targ‘ibot va ta’lim shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda ommaviy axborot vositalarining ahamiyati alohida ta’kidlangan.
2025-10-20
O‘ZBEKISTONDA YASHIL IQTISODIYOT SAMARALI TASHKIL ETISH VA TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI (XORIJ TAJRIBASI)
Hozirgi glaballashuv jarayonida rivojlangan mamlakatlarning texnologik bazasini sifat jihatdan yangilanishi, ishlab chiqarish samaradorligi va raqobatbardoshlik darajasini oshirish bilan birga hayot sifatini va yashash muhitini yaxshilovchi yangi texnologik tuzilmaga modernizatsiya qilingan iqtisodiyotga o‘tishni talab qilmoqda. Xorijiy mamlakatlarda bunga o‘tishni amalga oshiruvchi “Yashil o‘sish” iqtisodiy siyosati Iqtisodiy Hamkorlik va Taraqqiyot Tashkiloti (OECD) tomonidan barcha a’zolarining uzoq muddatli(2030-yilgacha) rivojlanish uchun strategik yo‘nalish sifatida qabul qilingan. O‘zbekiston so‘nggi yillarda yashil iqtisodiyot va ekologiya sohasida muvaffaqiyatlarga erishgan davlatdir. Texnikalar, atrof-muhitni himoya qilish, algoritmik texnologiyalar va chiqindilarni qayta ishlar jarayonlarida faol ishlaydigan mutaxassislar O‘zbekiston so‘nggi yillarda yashil iqtisodiyot va ekologiya sohasida muvaffaqiyatlarga O‘zbekistonning iqtisodiy va ekologik rivojlanishida katta o‘rin tutadi.
2025-10-20
ISSUES FOR IMPLEMENTING ECOMARKETING IN ENTERPRISES
In the context of increasing environmental problems and regulatory requirements, enterprises are increasingly faced with the need to develop a marketing strategy aimed not only at increasing sales, but also at integrating the environmental dimension - ecomarketing (or "green marketing"). Ecomarketing requires a comprehensive approach: from developing products with a lower negative impact on the environment, to communicating these benefits to consumers and creating sustainable management systems.
2025-10-20
INNOVATSION IQTISODIYOT SHAROITIDA ELEKTRON TIJORAT TIZIMINI RIVOJLANTIRISHNING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI VA XUSUSIYATLARI
Ushbu maqolada innovatsion iqtisodiyot sharoitida elektron tijorat tizimini rivojlantirishning ilmiy-nazariy asoslari hamda hududiy xususiyatlari tahlil qilinadi. Elektron tijoratning iqtisodiy jarayonlardagi o‘rni, uning raqobatbardoshlik, innovatsion rivojlanish va hududiy iqtisodiy integratsiyaga ta’siri ochib berilgan. Shuningdek, turli mamlakatlar tajribasi asosida O‘zbekiston sharoitida elektron tijorat tizimini rivojlantirish istiqbollari ham ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot metodologiyasi sifatida tizimli tahlil, komparativ usul va statistik ma’lumotlarga tayangan holda ilmiy natijalar keltiriladi.
2025-10-20
MINTAQADA QAYTA ISHLASH SANOATINI RIVOJLANTIRISHNING IQTISODIY TAHLILI
Ushbu maqolada O‘zbekistonda mintaqalarning iqtisodiy barqarorligini ta’minlash, hududlardagi qayta ishlash sanoatini innovatsion iqtisodiy rivojlantirish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Mintaqada qayta ishlash sanoatini innovatsion iqtisodiy rivojlanishni takomllashtirishda xorij tajribasi va uni mintaqada qo’llash imkoniyatlari tahlil qilingan. Shuningdek, mintaqada agrosanoatida hududlararo subklasterlash mexanizmlarini rivojlantirish yo’llari va istiqbollari, samaradorligini oshirish omillari, imkoniyatlari, tashkiliy-iqtisodiy, mexanizmlari hamda mintaqa innovassion iqtisodiy samaradorligini aniqlash va hisoblash uchun bu mintaqa neft-gaz sohasi, tog’-konmetallurgiya sanoatini hamda agrosanoatida hudlararo aynan qanday omillar, qay darajada ta’sir etishini o’rganish zarurligi va bu omillarni turlicha guruhlash mumkin bo’lib, bu omillar aynan qaysisining samaradorligini aniqlanayotganligiga bog’liqligi yoritib berilgan.
2025-10-20
QAYTA TIKLANADIGAN ENERGIYA MANBALARIDAN AHOLI XONADONLARI FOYDALANISHDA QUVVATNI MUVOZANATLASHTIRISH OMILLARI
Qayta tiklanadigan energiya manbalari asosidagi quyosh elektr stansiyalari shamol elektr stantsiyalariga qaraganda qishda yozdagiga qaraganda kamroq ishlab chiqaradi, shamol elektr stantsiyalari esa, aksincha. Mobil quyosh va shamol elektr stantsiya (MShQES) larini birlashtirish orqali kundalik va mavsumiy tebranishlarni yumshatish, tizim ishonchliligini oshirish va energiyani saqlash tizimlariga bo'lgan ehtiyojni kamaytirish va o'zgaruvchan qayta tiklanadigan energiya manbalarini integratsiyalash uchun quvvatlarni muvozanatlash imkoniyani yaratiladi.
2025-10-20
O‘QITUVCHI FAOLIYATIDA MENEJMENT TAMOYILLARINING AHAMIYATI
Mazkur tezisda o‘qituvchi faoliyatida menejment tamoyillarining o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Ta’lim tizimida o‘qituvchi nafaqat bilim beruvchi, balki o‘quv jarayonini boshqaruvchi, tashkilotchi va motivator sifatida ham muhim rol o‘ynaydi. Shu boisdan, menejment tamoyillarini — rejalashtirish, tashkil etish, rag‘batlantirish, nazorat va tahlil qilish kabi jarayonlarni o‘qituvchilik faoliyatiga integratsiya qilish ta’lim sifatini oshirishga, o‘quvchilarning mustaqil fikrlashini rivojlantirishga va pedagogik jarayonning samaradorligini ta’minlashga xizmat qiladi.
2025-10-21
YOSH AVLODNI TARBIYLASHDA ULARNING SOG‘LOM TURMUSH TARZI VA JISMONIY FAOLLIGINI OSHIRISH
Maqolada o‘sib kelayotgan yosh avlodni sog‘lom turmush tarziga o‘rgatish va ularni sog‘lom turmush kechirishida faol harakat ya’ni chiniqish asosiy o‘rinni egallashi haqida, Tibbiyot ilmini birinchi bo‘lib o‘rgangan buyuk bobokalonimiz Abu Ali ibn Sino va Abdulla Avloniy kabi bobokalonlarimizni jismoniy tarbiya tog‘risida bergan maslahatlari haqida ma’lumotlar keltirilgan.
2025-10-21
O‘ZBEKISTON TIJORAT BANKLARI MOLIYAVIY BARQARORLIGINI TA`MINLASH YO`LLARI
Yevropa Ittifoqi doirasida ham moliyaviy jinoyatlar va pul yuvish holatlari keskin oshmoqda. Eurojust ma’lumotiga ko‘ra, so‘nggi olti yil ichida xalqaro miqyosda ro‘yxatga olingan pul yuvish holatlari ikki barobar ko‘paygan, har yili bu ko‘rsatkich global yalpi ichki mahsulotning 2–5 foiziga teng bo‘lgan hajmda pul yuvish amaliyotlarini tashkil etmoqda. Shu bois, xalqaro tajribada komplayens-nazorat tizimi moliyaviy firibgarlik, korrupsiya va noqonuniy bitimlarning oldini olishda, shuningdek, bank faoliyatining qonunchilik, etik me’yorlar va xalqaro standartlarga muvofiqligini ta’minlashda markaziy o‘rin egallaydi. [1]
2025-10-22
IMMUNITETNI KUCHAYTIRUVCHI O‘SIMLIK EKSTRAKTLARI ASOSIDA BIOLOGIK FAOL QO‘SHIMCHALAR YARATISH IMKONIYATLARI
Biologik faol qo‘shimchalar (BFQ)- inson organizmidagi fiziologik buzilishlarning oldini olish hamda sog‘lom balansni tiklash maqsadida yoki organizmni zarur bo‘lgan foydali moddalar bilan to‘ldirish uchun mo‘ljallangan, xamda tarkibida kelib chiqishi tabiiy yoki tabiiyga o‘hshash sunniy biologik faol moddalar va probiotik komponentlar mavjud bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlaridir. Ular ovqatlanishdagi kamchiliklarni bartaraf etib, organizm uchun kerakli bo‘lgan moddalarni ozlashtirishini kuchaytiradi, hamda tananing ichki quvvatini oshirib, ko‘plab kasalliklarning hafini kamaytiradi. Ushbu maqolada biologik faol qo‘shimchalarni farmakologik xususiyatlari, qo‘llanilishi va dori vositalaridan farqli tomonlari yoritib berilgan.
2025-10-22
ОПТИМИЗАЦИЯ РАБОТЫ НАСОСНЫХ АГРЕГАТОВ ДЛЯ СНИЖЕНИЯ КАВИТАЦИИ И ПРОДЛЕНИЯ РЕСУРСА ОБОРУДОВАНИЯ
Оптимизация работы насосных агрегатов для снижения кавитации и продления ресурса оборудования является одной из актуальных задач гидротехнической и промышленной энергетики Узбекистана. Насосные станции обеспечивают работу систем водоснабжения, ирригации, водоотведения, а также технологических процессов на промышленных предприятиях. В условиях жаркого климата и значительных сезонных колебаний уровня воды насосное оборудование подвергается повышенным нагрузкам, что вызывает развитие кавитации — основного фактора, сокращающего срок службы агрегатов
2025-10-22
OʻZBEKISTONDA YASHIL INVESTITSIYALARNING HUQUQIY BAZASI VA IQTISODIY ISLOHOTLAR KONTEKSTIDA EKOLOGIK STANDARTLARNING QOʻLLANILISHI
Ushbu tezisda O‘zbekiston Respublikasida yashil investitsiyalarni joriy etishning huquqiy asoslari va ularning iqtisodiy islohotlar bilan o‘zaro bog‘liqligi tahlil qilinadi. Asarda “yashil iqtisodiyot” tamoyillari asosida ishlab chiqilgan milliy strategiyalar, davlat dasturlari hamda ekologik investitsiyalarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar tizimi chuqur o‘rganiladi. Shuningdek, ekologik standartlarning iqtisodiy faoliyatga integratsiyasi, xalqaro konvensiyalar bilan uyg‘unligi va ularning investitsion muhitga ta’siri amaliy misollar asosida tahlil etiladi. Tadqiqot natijalari O‘zbekistonda barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, ekologik xavfsizlikni mustahkamlash hamda “yashil moliyalashtirish” mexanizmlarini rivojlantirishda muhim ilmiy-amaliy asos bo‘lib xizmat qiladi.
2025-10-22
HUDUDLAR BO’YICHA SANOAT MAHSULOTLARI O’SISHINI PANEL MA’LUMOTLARI ASOSIDA EKONOMETRIK MODELLASHTIRISH
Maqolada mamlakatimizdagi sanoat tarmog’ining o’zgarish tendensiyasi va uning yalpi ichki mahsulotdagi hissasini oshirish imkoniyatlari atroflicha o’rganilgan. Bunda sanoat mahsuloti o’sish sur’atiga ta’sir ko’rsatuvchi 15 turdagi ko’rsatkichlarning 6 yillik dinamikasi panel ma’lumotlari sifatida tanlab olinib, 4 xil model bo’yicha parametr qiymatlari aniqlangan va ularning iqtisodiy mazmuni tushuntirilgan.
2025-10-22
YANGI О‘ZBEKISTONDA TEATR VA KINO SAN’ATI
Ma’lumki, qadimgi davrdan to bugungi kungacha yashab kelayotgan san’at turlari ichida teatr san’ati о‘zining jozibadorligi hamda inson ongi shuuriga chuqur ta’sir eta olishi, uni larzaga solishi va shu orqali ruhiy poklanish – katarsis holatini yuzaga keltira olishi bilan boshqa san’at turlaridan keskin farq qiladi.
2025-10-22
