«Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar: Muammolar va yechimlar» is a national online conference with open access, where review abstracts related to various fields are published. The main goal is to offer an intellectual platform for national scientists, and it aims to promote interdisciplinary research. All manuscripts should be prepared in Uzbek, English or Russian.

Published: 2025-10-30

МУЙЯН ЯШАШ ЖОЙИГА ЭГА БЎЛМАГАН ШАХСЛАРНИНГ ПРОФИЛАКТИКАСИ

Мақолада муайян яшаш жойига эга бўлмаган шахслар жиноятчилигининг субъектив сабаблари ва шарт-шароитлари, яшаш тарзи,  шахси билан боғлиқ ходисалар, ҳуқуқбузарликлар содир этилишининг объектив сабаблари ва шарт-шароитлар, улар билан ишлашда профилактика инспекторларининг ҳуқуқ ва мажбуриятлари ҳамда фаолиятларининг илмий- амалий таҳлили борасида сўз юритилган.

Хуршидабону Абдусаломова

4-7

2025-10-30

ZAMONAVIY AMERIKA ADABIYOTIDA ERTAK QAHRAMONLARINING FEMINISTIK QAYTA TALQINI (MARGARET ATWOOD, KELLY LINK, CARMEN MARIA MACHADO IJODI MISOLIDA)

Ushbu tezisda zamonaviy Amerika adabiyotida ertak qahramonlarining feministik qayta talqini Margaret Atwood, Kelly Link va Carmen Maria Machado ijodi misolida tahlil qilinadi. Tadqiqotning markaziy g‘oyasi shundan iboratki, adibalar ertakning tanish syujetlarini butunlay inkor qilmaydi, balki ularning ichki gender iyerarxiyalarini ochib, ayol qahramonning ovozi o‘chirilgan, tanasi boshqarilgan va istagi normativ axloq bilan cheklangan joylarni qayta yoritadilar. Atwood mifologik va bibliyaviy matnlar orqali patriarxal rivoyatni ikkilanma ma’noda namoyon etsa, Kelly Link fantastik-realist o‘yin yordamida ayollik tajribasining g‘ayritabiiy, irratsional qatlamlarini yuzaga chiqaradi, Machado esa travma, zo‘ravonlik va tanaga egalik masalalarini ertak obrazlari orqali tanqidiy-estetik tilga ko‘chiradi. Natijada ertak qahramoni endi “go‘zal va itoatkor” emas, balki talaffuzi bor, tanlashga qodir va o‘z hikoyasini o‘zi yozadigan sub’yekt sifatida namoyon bo‘ladi.

Nigoraxon Raximova

8-10

2025-10-30

MUZEYLARNING YOSH AVLODNI MILLIY VA MA’NAVIY RUHDA TARBIYALASHDAGI O‘RNI

Ushbu maqolada muzeylarning milliy tarbiya jarayonidagi o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Muzeylar orqali yosh avlodda milliy qadriyatlarga hurmat, vatanparvarlik va estetik tarbiyani shakllantirishning samarali usullari tahlil qilinadi.

Iroda Danaboyeva

11-13

2025-10-30

XIZMAT KO‘RSATISH KORXONALARI SAMARADORLIGINI OSHIRISH MASALALARI

Mazkur maqolada xizmat ko‘rsatish korxonalarining iqtisodiyotdagi o‘rni va ularning samaradorligini oshirish masalalari tahlil qilingan. Bozor iqtisodiyoti sharoitida xizmat ko‘rsatish sohasining o‘sishi, raqobatning kuchayishi, raqamlashtirish jarayonlari va innovatsion texnologiyalarning joriy etilishi korxonalar faoliyatiga bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda. Maqolada xizmat sifati, menejment samaradorligi, inson kapitali va marketing strategiyalarining xizmat ko‘rsatish korxonalari raqobatbardoshligini oshirishdagi o‘rni yoritilgan.

Laziz Djurayev

14-16

2025-10-31

QISHLOQ HUDUDLARDA XIZMAT KO‘RSATISH SOHASINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Qishloq hududlarda xizmat ko‘rsatish sohasi boshqa hududlardan farq qiladigan o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Ushbu xizmatlar aholining kundalik ehtiyojlarini qondirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, transport, savdo, sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalarini qamrab oladi. Qishloq hududlarida xizmat ko‘rsatishning asosiy xususiyatlari – chegaralangan infratuzilma, past aholi zichligi, transport va kommunikatsiya qiyinchiliklari, shuningdek moliyaviy va texnik resurslarning cheklanganligi. Shu bilan birga, bu hududlarda xizmat ko‘rsatish sohasining rivojlanishi mahalliy iqtisodiyotga bevosita ta’sir qiladi, yangi ish o‘rinlari yaratadi va qishloq aholisining hayot sifatini yaxshilaydi. Qishloq xizmatlarini rivojlantirish strategiyasi mahalliy ehtiyojlar va resurslar asosida shakllantirilishi zarur.

Nilufar Yuldashova

17-19

2025-10-31

МЕҲНАТ РЕСУРСЛАРИ ҚИЙМАТИНИ АНИҚЛАШ ҲАМДА БАҲОЛАШДА ҚУРИЛИШ ХИЗМАТЛАРИНИ КЎРСАТУВЧИ КОРХОНАЛАРНИНГ АЛОҲИДА ХУСУСИЯТЛАРИ

Ушбу мақолада қурилиш хизматларини кўрсатувчи корхоналарда харажатлари усули асосида меҳнат ресурслари қийматини аниқлаш услубиёти амалий мисоллар асосида келтирилган.

Тўлқин Яҳёев

20-21

2025-10-31

“ТАРИХИЙ АДОЛАТ ҒОЯЛАРИ ВА РАҚАМЛИ ЖИНОЯТЧИЛИККА ҚАРШИ КУРАШИШ”

Ушбу мақолада инсоният тараққиётининг илк босқичларидан бошлаб жамиятда жиноят ва жазо тизимларининг шаклланиши, қадимги давлатлардаги қатъий жазолар ва уларнинг ижтимоий тартибни сақлашдаги роли таҳлил қилинади. Шундан сўнг, бу тизимларнинг рақамли даврдаги жиноятчиликка, айниқса ижтимоий тармоқлар ва кибермайдонлардаги ҳуқуқбузарликларга нисбатан қандай мослашиши ва ёндашувлари муҳокама қилинади. Мақолада қадимий тарихий тажрибалар, замонавий технологиялар ва маърифатни бирлаштириш орқали рақамли жиноятчиликка қарши курашишнинг самарали йўллари кўрсатилган. Шу билан бирга, инсон онги ва жамият маданиятини ўзгартириш, ахборот хавфсизлиги ва халқаро ҳамкорликнинг аҳамиятига алоҳида эътибор қаратилади.

Мардонбек Рахматуллаев

22-26

2025-10-31

CANVA DASTURINING TA’LIM JARAYONIDAGI AHAMIYATI

Ushbu maqolada Canva dasturining ta'lim jarayonida tutgan o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. O‘qituvchilar va o‘quvchilar uchun qulay va intuitiv interfeysga ega bo‘lgan Canva, vizual kontent yaratish imkoniyatini taqdim etadi. Ushbu vosita yordamida o‘qituvchilar dars materiallarini yanada qiziqarli taqdim etishlari, o‘quvchilar esa o‘z ijodkorliklarini rivojlantirishlari mumkin. Maqolada Canva dasturining ta'limda qo‘llanilish usullari, uning afzalliklari va kamchiliklari haqida batafsil fikr yuritiladi.

Akbar Kodirov , Mashxura Sa’dullayeva

27-29

2025-10-31

АРИД МИНТАҚА ВОҲА ЛАНДШАФТЛАРИНИНГ АНТРОПОГЕН ТРАНСФОРМАЦИЯЛАНИШИ ВА ЎЗГАРИШ ТЕНДЕНЦИЯЛАРИ

Мақолада Ўзбекистон арид минтақаси воҳа ландшафтларининг антропоген трансформацияланишининг асосий сабаблари очиб берилган. Шунингдек, арид минтақа табиий геотизимлари ва воҳа ландшафтларининг ўзгариш тенденциялари очиқланган.

Ҳабиба Нормуродова

30-33

2025-10-31

YOSHLAR O‘RTASIDA KIBERJINOYATCHILIKNI OLDINI OLISHDA OILANING O‘RNI

Maqolada yoshlar o‘rtasida kiberjinoyatchilikning oldini olishda oilaviy va madaniy omillarning o‘rni chuqur tahlil qilingan. Shuningdek, kiberjinoyatchilik faqat texnologik jinoyat emas, balki ijtimoiy va axloqiy muammo sifatida yoritilib, unga qarshi kurashishning ma’naviy va madaniy mexanizmlari izohlangan.

Azizibek Zokirjonov

34-36

2025-10-31

KORPORATIV MOLIYADA RISKLARNI BOSHQARISH MASALALARI

Zamonaviy iqtisodiy sharoitda korporativ moliyaning samarali boshqaruvi nafaqat mablag‘ oqimlarini nazorat qilish, balki turli xavf-xatarlarni aniqlash, tahlil qilish va bartaraf etish orqali kompaniya barqarorligini ta’minlashni ham o‘z ichiga oladi. Risklar bu — kompaniyaning moliyaviy va strategik maqsadlariga erishishiga to‘sqinlik qiluvchi tashqi yoki ichki noaniqliklar bo‘lib, ular noto‘g‘ri boshqarilganda jiddiy moliyaviy yo‘qotishlarga olib kelishi mumkin. Shu sababli risklarni boshqarish bugungi kunda har bir yirik kompaniya uchun muhim strategik ustuvorlik hisoblanadi.

Shoxzod Fazliddinov

37-39

2025-10-31

OLIGOFRENIYA DARAJALARI. OLIGOFREN BOLALARNI MAKTABLARDA TAHSILI

Mazkur maqolada oligofreniya (aqliy zaiflik) tushunchasi va uning darajalari haqida yoritilgan. Shuningdek oligofreniyaga chalingan bolalarni inklyuziv ta’lim sharoitida ta’limga jalb qilish va ularni ijtimoiy adaptatsiya qilish masalalariga ham to’xtalgan.  Maqolada oligofreniya darajalarining o’ziga xoslilari yoritilishga harakat qiligan.

Hafiza Rahmonova

40-43

2025-10-31

BO‘LAJAK PEDAGOGLARNING AXLOQIY – ESTETIK KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI

Ushbu maqolada bo’lajak pedagoglarning axloqiy-estetik kompetentligini rivojlantirish metodikasida, shaxsni yahshi tarbiyalash, oʻqitish va shakllantirish Pedagogning eng asosiy funksiyasi hisoblanadi. Shaxsni ma’naviyati yuksak inson sifatida tarbiyalash Pedagogikadagi asosiy tushuncha sanalib, oila va jamiyatning barkamol shaxsni shakllantirishga yoʻnaltirilgan birgalikdagi ustuvor faoliyatni anglatadi. Tarbiya yordamida inson shaxsining maʼnaviy jihatlarini qaror toptirish koʻzda tutiladi.

Abubakr Qodirov

44-47

2025-10-31

DIPLOMATIK MATNLAR VA ULARNING LINGVOPRAGMATIK TURLARI

Mazkur maqolada diplomatik matnlarning mazmuniy va kommunikativ xususiyatlari, ularning lingvopragmatik turlari hamda turli madaniy kontekstlardagi nutq etiketi tahlil qilinadi.

Bobur Hamidullayev

48-51

2025-10-31

INGLIZ TILINI O‘QITISHDA 5-SINF O‘QUVCHILARIDA O‘QISH KO‘NIKMASINI SHAKLLANTIRISHDAGI PEDAGOGIK MUAMMOLAR

Mazkur tezisda ingliz tilini o‘qitish jarayonida 5-sinf o‘quvchilarida o‘qish ko‘nikmasini shakllantirishda uchraydigan pedagogik muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari tahlil qilinadi. O‘qish ko‘nikmasi o‘quvchining nafaqat so‘z boyligini kengaytiradi, balki mantiqiy fikrlash, tahlil qilish, madaniy tushunchalarni qabul qilish va ularni solishtirish malakasini rivojlantiradi. Shu bois o‘qish darslarini samarali tashkil etish o‘qituvchidan to‘g‘ri metodik yondashuv, o‘quvchining yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olishni talab etadi.

Madina Tashpulatova

52-53

2025-10-31

RAQAMLI LABORATORIYALAR VOSITASIDA O‘QUVCHILARNING FIZIK TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISH MEXANIZMLARI

Mazkur tezisda raqamli laboratoriyalar vositasida o‘quvchilarning fizik tafakkurini rivojlantirish masalasi yoritilgan. Raqamli laboratoriyalar fizika ta’limida nazariya bilan amaliyotni integratsiyalash, tajribalarni vizual va interfaol shaklda amalga oshirish, shuningdek, o‘quvchilarda ilmiy-tadqiqot va tahliliy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish imkonini beradi. Tadqiqotda fizik tafakkurning mazmuni, uni shakllantirish bosqichlari hamda raqamli laboratoriya muhiti orqali rivojlantirish mexanizmlari tahlil qilingan. Shuningdek, PhET, Algodoo, Crocodile Physics kabi raqamli simulyatorlardan foydalanish orqali o‘quvchilarda kuzatish, tahlil qilish, tajriba o‘tkazish va xulosa chiqarish kompetensiyalarini rivojlantirish usullari ko‘rsatib berilgan. Raqamli laboratoriyalar yordamida o‘quvchilar fizik hodisalarni chuqurroq anglaydi, modellashtirish orqali sabab-oqibat munosabatlarini tahlil qilishni o‘rganadi. Muallif ushbu mexanizmni zamonaviy ta’lim jarayonida ilmiy tafakkur va tadqiqot madaniyatini rivojlantirishning samarali metodik vositasi sifatida baholaydi.

Xusniddin Qoraboyev

54-56

2025-10-31

IJTIMOIY OBYEKTLARNI QURISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Ushbu maqolada ijtimoiy obyektlarni qurish jarayonining iqtisodiy, tashkiliy va ijtimoiy jihatlari yoritilgan. Unda ijtimoiy infratuzilma ob’ektlarini loyihalash, moliyalashtirish va amalga oshirishda davlat va xususiy sektor o‘rtasidagi hamkorlikning ahamiyati tahlil qilinadi. Shuningdek, zamonaviy qurilish texnologiyalari, ekologik talablar hamda hududiy rivojlanish strategiyalari kontekstida ijtimoiy obyektlarning samaradorligini oshirish masalalari ko‘rib chiqilgan.

Azim Gapparov

57-59

2025-10-31

AHOLI BANDLIGINI OSHIRISHDA KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI (MINTAQALAR MISOLIDA)

Maqolada aholi bandligini ta’minlashda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning o‘rni hamda ularning mintaqaviy iqtisodiy rivojlanishdagi ahamiyati yoritilgan. O‘zbekiston misolida kichik biznes subyektlarini qo‘llab-quvvatlash siyosati, bandlik darajasini oshirishdagi iqtisodiy mexanizmlar, mavjud muammolar va istiqbolli yo‘nalishlar tahlil qilinadi.

Iqbol Choriyorova

60-63

2025-10-31

AGROSERVIS KORXONALARINING SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARNING O‘RNI

Ushbu maqolada agroservis korxonalarining samaradorligini oshirishda zamonaviy texnologiyalarning ahamiyati va ularni amaliyotga joriy etish mexanizmlari yoritiladi. Raqamli texnologiyalar, avtomatlashtirish, sun’iy intellekt, dronlar va aqlli tizimlar orqali qishloq xo‘jaligi xizmatlarini takomillashtirish, resurslardan samarali foydalanish hamda iqtisodiy samaradorlikka erishish imkoniyatlari tahlil qilinadi.

Nilufar Yuldashova

64-66

2025-10-31

YUVENAL YUSTITSIYANING TARIXIY RIVOJLANISH JARAYONI VA SHAKLLARI

Ma’lumki, har bir huquqiy tushunchalar, normalarning vujudga kelishi tarixga borib taqaladi. Ya’ni, bugungi kunga yetib kelguncha turli tarixiy jarayonlardan bosqichlardan o‘tib keladi. Shu o‘rinda, yuvenal yustitsiyaning ham bugungi kundagi rivojlanish jarayonlarining o‘zaklari, uning asoslari tarixiy va xorijiy tajribadan kelib chiqib o‘rganilmoqda. Chunki uning tarixini, shakllanishini o‘rganish orqali, ushbu tushunchaning mazmun-mohiyatini to‘g‘ri tushunib, anglay olishimiz mumkin. tarixini bilish uning mohiyatini ochish va rivojlanish istiqbollarini anglash kalitini qo‘lga kiritish deganidir. Bu, ayniqsa, yuvenal yustitsiya (voyaga yetmaganlar yustitsiyasi) uchun juda dolzarbdir. Uning tarixini bilmasdan, bu tizimning o‘ziga xosligini his etish qiyin: nima uchun ilgari yuvenal yustitsiya bo‘lmagan va nima sababdan u paydo bo‘lgan? Nima uchun yuvenal yustitsiya umumiy protsessual qonuniyatlardan chetga chiqadi, lekin shunga qaramay samarali deb hisoblanadi? Va nihoyat, nima uchun aynan yuvenal yustitsiya kelajak adolati timsoli sifatida qaralgan?

Marjona Aliyeva

67-69

2025-10-31

RASHIDUDDIN HAMADONIYNING “JOME’ AT TAVORIX” ASARINING ICHKI TUZILISHI

Ushbu tadqiqot XIV asrning yirik davlat arbobi va tarixchi olimi Rashiduddin Fazlulloh Hamadoniy hayoti hamda uning ilmiy merosini o‘rganishga bag‘ishlangan. Asarda olimning mashhur “Jome‘ at-tavorix” (“Tarixlar to‘plami”) nomli asarining yaratilish jarayoni, qo‘lyozmalarining saqlanish tarixi va keyingi tarixshunoslikka ko‘rsatgan ta’siri tahlil qilinadi. Shuningdek, Rashiduddinning Ilxoniylar davlati tarkibidagi siyosiy faoliyati, xususan, G‘azonxon va O‘ljaytu davrlaridagi o‘rni, hamda uning vafotidan so‘ng siyosiy beqarorlik sabab vayron etilgan “Rab‘I Rashidiy” majmuasining ilmiy-madaniy ahamiyati yoritiladi.

Farrux Sotvoldiyev

70-72

2025-10-31

O‘ZBEK FOLKLOR AN’ANALARIDA KIYIM-KECHAKLAR BILAN BOG‘LIQ ETNOMADANIY LEKSEMALAR

Mazkur maqolada o‘zbek xalq  dostoni «Alpomish» xalq dostoni matnining etnografik leksikasi o‘rganilgan. Moddiy va ma’naviy madaniyatiga oid etnomadaniy leksemalar, ularning o‘z navbatida leksik va semantik kichik guruhlarga bo‘linganligi aniqlangan. Maqolada o‘zbek xalq dostonida uchragan kiyim-kechaklar bilan bog‘liq etnomadaniy leksemalar va ularni ma’nolari xususida so‘z boradi.

Zarifa Eshmurodova

73-77

2025-10-31

TARIXIY VOQEALAR VA IXTIROLARNING ZAMONAVIY NUTQ TERAPIYASIGA TA’SIRI

Nutq inson psixikasining murakkab va oliy funksiyalaridan biri bo‘lib, uning rivojlanishi tarixiy, ilmiy va texnologik omillar bilan chambarchas bog‘liq. Maqolada nutq terapiyasining tarixiy rivoji, nevrologik asoslari, ilmiy ixtirolar va zamonaviy texnologiyalarning nutqni tiklashdagi roli tahlil qilinadi. Shuningdek, pandemiyalar va global voqealarning telelogopediya rivojiga ta’siri yoritilgan.

Maftuna Mustafayeva

78-81

2025-10-31

РОЛЬ КУЛЬТУРНО-МАРКИРОВАННЫХ ЕДИНИЦ В ФОРМИРОВАНИИ СОЦИОКУЛЬТУРНОЙ КОМПЕТЕНЦИИ У УЧАЩИХСЯ УЗБЕКСКИХ ШКОЛ ПРИ ИЗУЧЕНИИ РУССКОГО ЯЗЫКА

В статье рассматривается роль культурно-маркированных лексических единиц в формировании социокультурной компетенции учащихся узбекских школ при изучении русского языка. Подчеркивается, что фразеологизмы, пословицы, реалии и безэквивалентная лексика способствуют не только расширению словарного запаса, но и осознанию норм речевого поведения, культурных традиций и менталитета носителей русского языка. На основе классификации С. Г. Томахина выделены основные группы культурно обусловленной лексики: социальные явления, быт, искусство и творчество. Изучение таких единиц способствует успешной межкультурной коммуникации и формированию у школьников способности адекватно взаимодействовать в русскоязычной среде.

Ё. О. Боймуродов , М. М. Угрюмова

82-84

2025-10-31

ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ТЕХНОЛОГИЙ ИСКУССТВЕННОГО ИНТЕЛЛЕКТА В ПРАКТИКЕ ПРЕПОДАВАНИЯ РУССКОГО ЯЗЫКА КАК ИНОСТРАННОГО

В статье рассматриваются возможности применения технологий искусственного интеллекта (ИИ) в процессе преподавания русского языка как иностранного (РКИ). Освещаются современные цифровые инструменты и платформы, основанные на ИИ, которые способствуют индивидуализации обучения, автоматизации проверки заданий и развитию коммуникативной компетенции учащихся. Отмечается, что внедрение ИИ повышает мотивацию, эффективность и интерактивность учебного процесса, а также требует от преподавателя новых компетенций в области цифровой педагогики.

Ирода Каршибаева

85-88

2025-10-31

AHOLINI IJTIMOIY HIMOYA QILISH TIZIMINING IQTISODIY BARQARORLIKKA TA’SIRI

Mazkur tadqiqotda aholining ijtimoiy himoya qilish tizimi va uning mamlakat iqtisodiy barqarorligiga ko‘rsatadigan ta’siri chuqur tahlil qilinadi. Ijtimoiy himoya tizimi — bu aholining daromadlari va hayot sifatini kafolatlovchi, iqtisodiy inqiroz davrida aholining ijtimoiy zaif qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan mexanizmlar majmuasidir. U iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda muhim o‘rin tutadi, chunki u ichki iste’mol talabini rag‘batlantiradi, kambag‘allikni kamaytiradi va mehnat bozori muvozanatini saqlaydi.

Feruza Almardonova

89-94

2025-10-31

DAVLAT SEKTORIDA BUXGALTERIYA HISOBINI XALQARO STANDARTLAR ASOSIDA TASHKIL ETISH ISTIQBOLLARI

So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasida davlat boshqaruvi tizimini modernizatsiya qilish, moliyaviy intizomni kuchaytirish va byudjet mablag‘laridan samarali foydalanishni ta’minlash maqsadida tub islohotlar amalga oshirilmoqda. Ushbu islohotlarning markazida davlat sektori buxgalteriya hisobi va hisobot tizimini xalqaro andozalar asosida tashkil etish masalasi alohida o‘rin tutadi. Jahon iqtisodiyotida shaffoflik, hisobdorlik va samaradorlik tamoyillariga asoslangan boshqaruv modeli tobora dolzarb bo‘lib bormoqda. Xalqaro davlat sektori buxgalteriya standartlari — IPSAS (International Public Sector Accounting Standards) ushbu jarayonning asosiy vositasidir. Ular davlat moliyasi to‘g‘risidagi axborotni aniq, ishonchli va taqqoslanadigan shaklda taqdim etish imkonini beradi.

Muxammadrasul Xamidjonov

95-97

2025-10-31

O’ZBEKISTONNING TASHQI IQTISODIY FAOLLIGINI OSHIRISH: HAMKOR DAVLATLAR BILAN SAVDOGA TA’SIR ETUVCHI GEOIQTISODIY OMILLARNI BAHOLASH

O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faolligini oshirish bugungi globallashuv, mintaqaviy integratsiya va geoiqtisodiy raqobat sharoitida davlat iqtisodiy xavfsizligi va barqaror rivojlanishining asosiy omillaridan biriga aylanmoqda. Mamlakatning geografik joylashuvi, boy tabiiy resurslari, siyosiy barqarorligi va islohotlarga tayyorligi O‘zbekistonni Markaziy Osiyodagi eng faol iqtisodiy o‘yinchilardan biriga aylantirish imkonini bermoqda. Ammo ushbu imkoniyatlardan to‘laqonli foydalanish, ayniqsa tashqi savdo va investitsiyaviy aloqalarni kengaytirish, asosan geoiqtisodiy omillarning to‘g‘ri baholanishiga bog‘liqdir.

Hamida Bekmirzayeva

98-100

2025-10-31

ENERGETIKA LOYIHALARIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR JORIY ETISHNING IQTISODIY SAMARADORLIGI

Ushbu tezisda energetika sohasida raqamli texnologiyalarni joriy etishning iqtisodiy samaradorligi tahlil qilinadi. Raqamli transformatsiya energiya ishlab chiqarish, uzatish va iste’mol jarayonlarini optimallashtirib, resurslardan oqilona foydalanish imkonini beradi. Tadqiqotda an’anaviy va raqamli loyihalar taqqoslanib, kapital va ekspluatatsion xarajatlar kamaygani, ishlab chiqarish samaradorligi va foyda koeffitsiyenti oshgani aniqlangan. Raqamli egizaklar, AI, Big Data va IoT texnologiyalari yo‘qotishlarni kamaytirib, investitsion risklarni pasaytiradi hamda boshqaruvda shaffoflik va tezkorlikni ta’minlaydi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, raqamli texnologiyalarni keng joriy etish energetika tizimining iqtisodiy barqarorligini mustahkamlaydi.

Ismoil Tilakov

101-104

2025-10-31

METAPHORICAL FUNCTIONS OF NATURAL SCIENCE TERMINOLOGY IN PUBLICISTIC DISCOURSE

This study investigates the metaphorical adaptation of natural and exact science terminology in publicistic discourse, focusing on how journalists creatively employ scientific concepts to describe social, political, and cultural phenomena. Scientific terms, originally used in precise and technical contexts, are frequently transformed into metaphors in journalistic writing. This process enriches texts with vivid imagery, clarifies complex ideas, and enhances persuasive impact. By analyzing contemporary Uzbek journalistic materials, the study identifies patterns of metaphorical usage, explores their cognitive and stylistic functions, and highlights the interplay between language, scientific knowledge, and public communication. The research demonstrates the significant role of scientific metaphors in making journalism both informative and expressive, reflecting broader societal engagement with science and linguistic creativity.

Jafar Madraimov

105-107

2025-10-31

AYOLLARDA ICHKI QAYG'U VA STRESSNING PSIXOSOMATIK KASALLIKLAR YUZAGA CHIQISHDAGI O'RNI

Ushbu tezisda ayollarda ichki qayg‘u va stressning psixosomatik kasalliklar yuzaga chiqishidagi o‘rni ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Tezisda stress va ichki qayg‘u fiziologik va psixologik mexanizmlari, ularning psixosomatik kasalliklarni rivojlantirishdagi roli, shuningdek, ayollarning ijtimoiy muhit va psixologik omillarga nisbatan sezgirligi ko‘rib chiqilgan. Mazkur ish ayollarda yurak-qon tomir, oshqozon-ichak va immun tizimiga stressning salbiy ta’siri hamda ularni kamaytirish usullarini tahlil qiladi.

Сарбиназ Кайпназарова

108-111

2025-10-31

PRAGMATIK VOSITALAR: OB’EKT VA SUBYEKT MUNOSABATLARINI AMALIY KOMMUNIKATIV VAZIYATLARDA QO‘LLASH

Ushbu maqolada pragmatik vositalarning subyekt va ob’ekt munosabatlaridagi roli va amaliy kommunikativ vaziyatlarda qo‘llanilishi tahlil qilinadi. Til orqali subyekt (gapiruvchi yoki yozuvchi) o‘z fikrini ob’ektga (tinglovchi yoki matn qabul qiluvchi) samarali yetkazishi, tushunmovchiliklarni oldini olish va muloqotni optimallashtirish uchun pragmatik vositalardan foydalanishning nazariy va amaliy jihatlari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, lingvistik, paralingvistik va sotsiokultural vositalar subyekt va ob’ekt o‘rtasida muloqot samaradorligini oshiradi va amaliy kommunikativ vaziyatlarda nutqning samarali shakllanishiga xizmat qiladi.

Barno Matkarimova

112-113

2025-10-31

OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGIDA CHORVACHILIK MAHSULOTLARINING O'RNI

Ushbu tezisda chorvachilik mahsulotlarining oziq-ovqat xavfsizligi tizimidagi ahamiyati, ularning miqdoriy va sifat jihatidan ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati, shuningdek, sog‘liqni saqlash va oziq-ovqat barqarorligi bilan bog‘liqligi tahlil qilinadi. Tadqiqotda chorvachilik mahsulotlarining tarkibiy qismi, ularning oziq-ovqat xavfsizligiga qo‘shgan hissasi, shuningdek, sifat va gigiena me’yorlariga rioya qilinmasligi oqibatlari ko‘rib chiqiladi. Tezisda chorvachilik mahsulotlari iste’molchilarga yetkazadigan foyda va xavf-xatarlar asosiy yo‘nalish sifatida yoritilgan.

Farrux Raxmatov , Shoxrux Ochilov

114-117

2025-10-31