«Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar: Nazariy va amaliy izlanishlar» - это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, английском или русском языках.
Опубликован: 2025-04-28
Статьи
1941-1945 YILLARDA FARG`ONA VODIYSIDA MADANIY-MA`RIFIY XIZMAT KO`RSATISH MASALALARI
Mazkur tezisda 1941–1945 yillar — Ikkinchi jahon urushi davrida Fargʻona vodiysida madaniy-maʼrifiy xizmat ko‘rsatish tizimi qanday rivojlanganligi tarixiy manbalar asosida tahlil qilinadi. Urush sharoitida xalqning madaniy ehtiyojlarini qondirish, savodsizlikka qarshi kurash, harbiy-vatanparvarlik ruhidagi tarbiya, evakuatsiya qilingan aholining madaniy integratsiyasi kabi dolzarb masalalar keng yoritiladi.
2025-04-28
WORLD ENGLISHES AND THEIR IMPACT ON ENGLISH LANGUAGE LEARNING
This article explores the concept of World Englishes and its impact on English language learning, particularly in the context of second language acquisition (SLA). As English has diversified across global contexts, regionally distinct varieties have emerged, challenging traditional notions of a singular, standard English. The paper examines how this linguistic plurality influences learners’ goals, attitudes, and identities, as well as the challenges it poses for English language teaching (ELT). It argues for a pedagogical shift that embraces linguistic diversity, promotes intercultural communicative competence, and prioritizes mutual intelligibility over native-like proficiency. By integrating World Englishes into language education, learners are better prepared to engage with English as a dynamic, global means of communication.
2025-04-28
KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI O‘QUVCHILARDA O‘ZINI O‘ZI BAHOLASH TIZIMINI NAMOYON BO‘LISHI
Ma’lumki, bolada ijobiy o‘z o‘ziga baho berishni shakllatirish uchun bola doimo mehr mavjud bo‘lgan muhitda katta bo‘lishi muhim, bunda beriladigan mehr bolaning ayni paytdagi holati, uning yaxshi yomonligiga (bugun u idishlarni yuvib qo‘ydimi yoki piyolani sindirib qo‘ydimi) bog‘liq bo‘lmaydi. Ota-onaning doimiy muhabbati bolaga o‘z qadr qimmatini his qilishiga yordam beradi, ammo doimiy muhabbat ota-onaning bola xulq-atvori xatti- xarakatlarini ob’ektiv baholashdan voz kechishni taqazo etmaydi. Tanbeh berilayotgan xatti-harakatni bolaning shaxsiga nisbatlash noto‘g‘ri, agar bola yolg‘on gapirsa, uni shu yolg‘on uchun jazolash mumkin, lekin uni yolg‘onchi deb atash mumkin emas. Ota-onaning o‘z farzandi haqidagi salbiy replikalari bolalarning ongiga singib qoladi va ularning o‘z o‘ziga baho berishini transformatsiyasiga olib keladi.
2025-04-28
O’ZBEKISTON XALQ SHOIRASI ZULFIYAXONIMNING JAHONDAGI O’RNI
Ushbu maqolada Zulfiya Isroilova – taniqli va iqtidorli o‘zbek shoirasi. Yorqin rassom, oddiy inson qalbini o‘tkir his qilgan – mehnatkash, Sharq ayolining jamiyatdagi teng huquqi uchun mardonavar kurashgan ayol. Zulfiya she’riyatining nufuzi – bizning dabdabali murakkab davrimizning haqqoniy ifodasi, o‘ziga xosligi, zamondoshlarimizning qalbi va harakatlarining yorqin tasviridadir. O’zbek xalqining atoqli va ardoqli vakili, taniqli jamoat arbobi, xalqaro tinchlik uchun kurash jarchisi Zulfiya Isroilova xalqaro “Nilufar”, Javoharlal Neru nomidagi hamda Davlat mukofatlari sohibasining bajargan ishlari ko’rib chiqilgan
2025-04-28
SUDLАR TОMОNIDАN KОRPОRАTIV NIZОLАRNI HАL ЕTISHNI TАKОMILLАSHTIRISH MАSАLАLАRI
Ushbu tеzisdа kоrpоrаtiv nizоlаrni hаl еtish mаsаlаlаri yuzаsidаn qоnunchilik nоrmаlаri qiyоsiy tаhlil qilinib, kоrpоrаtiv huquqiy munоsаbаtlаrni tаrtibgа sоluvchi mоddiy vа prоtsеssuаl huquq nоrmаlаrini qо‘llаsh bilаn bоg‘liq sud аmаliyоtini birxillаshtirish, ishlаrni kо‘rishdа yuzаgа kеlаyоtgаn bо’shliqlаr, xаtоliklаrni bаrtаrаf еtish mаsаlаlаrning qоnuniy yеchimini tоpishgа yо‘nаltirilgаn tаklif vа tаvsiyаlаr bаyоn еtilаdi.
2025-04-28
АЁЛ ХОМИЛАДОРЛИГИ ДАВРИ УРФ-ОДАТЛАРИ (ҚАРШИ ВОҲАСИ МИСОЛИДА)
Ўзбек халқининг миллий қадриятлари таркибига оилани муқаддас деб англаш, фарзандларни севиш, болаларни ҳар томонлама етук инсон қилиб тарбиялашга эътибор бериш киради. Шунингдек ўзбек оилаларида аёлнинг ҳомиладорлиги пайтида унга бўлган муносабатда, амалга ошириладиган урф-одат ва маросимлари ҳам бу қадриятлар силсиласига киради.
2025-04-28
ЛЕГАЛИЗАЦИЯ ПРЕСТУПНЫХ ДОХОДОВ (ОТМЫВАНИЕ ДЕНЕГ) В КОРРУПЦИОННЫХ ПРЕСТУПЛЕНИЯХ: УГОЛОВНО-ПРАВОВЫЕ АСПЕКТЫ
В статье рассматривается актуальная проблема легализации преступных доходов, известная как отмывание денег, в контексте коррупционных преступлений. Оцениваются основные этапы процесса отмывания денег, начиная от размещения и заканчивая интеграцией в экономику. Анализируются уголовно-правовые аспекты, включая криминализацию отмывания денег, системы отчетности финансовых учреждений и механизмы конфискации незаконно приобретенных активов. Внимание уделяется международным инициативам, направленным на борьбу с отмыванием денег, таким как стандарты FATF и Конвенция ООН против коррупции. Рассматриваются существующие трудности, связанные с технологическими изменениями, недостаточным взаимодействием между государствами и коррупцией в правоохранительных органах. В заключение подчеркивается необходимость комплексного подхода и международного сотрудничества для эффективной борьбы с легализацией преступных доходов и коррупцией в обществе.
2025-04-28
1945-1953 YILLARDA IJTIMOIY SOHA RIVOJLANISHI
Mazkur tezisda Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda O‘zbekistonda ijtimoiy sohalarda (ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va ijtimoiy ta’minot tizimi) ro‘y bergan o‘zgarishlar tahlil qilinadi. Urushdan keyingi tiklanish davri sharoitida aholi ehtiyojlarini qondirish, ijtimoiy tenglikni ta’minlash, sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimini qayta tiklash kabi dolzarb masalalar ustuvor yo‘nalish bo‘lgan. Sovet hokimiyatining ushbu davrdagi siyosati ijtimoiy infratuzilmaning shakllanishida qanday rol o‘ynagani ochib beriladi.
2025-04-29
ТАРБИЯВИЙ ЖАРАЁН ВА ТАРБИЯ МАЗМУНИНИ МОДЕЛЛАШТИРИШ
Ушбу мақолада тарбиявий жараён ва тарбия мазмунини моделлаштириш масалалари ҳар томонлама таҳлил этилган. Аввало, талабалар ҳаёти ва фаолиятини педагогик жиҳатдан тўғри ташкил қилиш учун ташқи таъсир этувчи омиллар ва шахсий муносабатларнинг аҳамияти ёритилган. Муаллиф тарбия жараёнида наfaqat билим, балки ҳис-туйғу ва ирода тарбияси орқали шахсда ахлоқий сифатларни шакллантириш зарурлигини таъкидлайди. Шу билан бирга, ахборот-коммуникация технологияларининг ёшларга таъсири, улардан оқилона фойдаланишни ўргатиш, тарбия фаолиятида ота-оналар ва ўқитувчиларнинг ҳамкорлиги муҳим экани қайд этилган. Мақолада талабаларнинг ижтимоий фаоллигини ошириш, мустақиллик ва ижодий ташаббусини ривожлантириш учун тарбиявий жараённи олдиндан моделлаштириш зарурлиги асосланган. Тарбия мақсадлари қаторида ватанпарварлик, инсонпарварлик, экологик онг ва ҳуқуқий маданиятни шакллантириш каби умуминсоний қадриятларга эътибор қаратилган. Мақолада назарий ва амалий ёндашувлар асосида тарбия жараёнини самарали ташкил этиш бўйича тавсиялар берилган.
2025-04-29
YANGI O‘ZBEKISTONDA DAVLAT VA HUQUQ SOHASIDAGI ISLOHOTLAR VA ISTIQBOLLAR
Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida davlat va huquq sohasidagi islohotlar ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida belgilanmoqda. Mustaqillikdan so‘ng mamlakatda huquqiy demokratik davlat barpo etish, inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash, adolatli va samarali davlat boshqaruvini shakllantirish bo‘yicha ko‘plab chora-tadbirlar amalga oshirildi. Xususan, 2017-yildan boshlab yangi bosqichdagi islohotlar natijasida davlat boshqaruvi tizimi soddalashtirildi, fuqarolik jamiyati institutlari rivojlantirildi, sud hokimiyati mustaqilligi ta’minlandi. Yangi Konstitutsiyaviy islohotlar orqali xalq vakilligining kuchaytirilishi, fuqarolarning davlat boshqaruvidagi ishtirokini oshirish, korrupsiyaga qarshi kurashish va ochiqlik siyosatini rivojlantirish masalalari yangi bosqichga ko‘tarildi. Ushbu tezisda davlat va huquq sohasidagi islohotlarning asosiy yo‘nalishlari, erishilgan yutuqlar va istiqboldagi ustuvor vazifalar ilmiy tahlil qilinadi. Islohotlarning huquqiy asoslari, ularning amaliy natijalari hamda xalqaro tajriba bilan uyg‘unlashuvi haqida fikr yuritiladi. Tezis natijalari davlat xizmatchilari, huquqshunoslar va siyosatshunoslar uchun foydali manba bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
2025-04-29
O‘QUVCHI SHAXSINI RIVOJLANTIRISHDA OILAVIY MUNOSABATLARNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK O‘RNI
Mazkur maqolada o‘quvchi shaxsini rivojlantirish jarayonida oilaviy munosabatlarning ijtimoiy-psixologik o‘rni tahlil qilinadi. Oila – jamiyatning eng muhim bo‘g‘ini bo‘lib, uning ta’lim va tarbiya jarayonidagi o‘rni beqiyosdir. Oiladagi tarbiya uslublari, psixologik muhit va ijtimoiy omillar o‘quvchi shaxsining intellektual, axloqiy hamda ruhiy rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Metodologik yondashuvlar orqali oilaviy munosabatlarning o‘quvchilarga ta’siri ilmiy jihatdan asoslanadi. Tadqiqot natijalari oilaning ijtimoiy-psixologik muhitini takomillashtirish orqali yosh avlodning har tomonlama yetuk shaxs bo‘lib shakllanishiga xizmat qilishini ko‘rsatadi.
2025-04-29
“1924–1932 ЙИЛЛАРДА ЎЗБЕКИСТОН САНОАТ РИВОЖЛАНИШИ: ВАЗИФАЛАР, БОСҚИЧЛАР ВА НАТИЖАЛАР (ФАРҒОНА ВОДИЙСИ МИСОЛИДА)”
Mazkur maqolada 1924–1932 yillarda UzSSRda sanoat rivojlanishi.
2025-04-29
O‘ZBEKISTONDA BRAYL YOZUVIDAGI QUR’ONI KARIM KITOBLARINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
O‘zbekistonda Brayl yozuvida tayyorlanayotgan Qur’oni karim nusxalarining o‘ziga xos xususiyatlari, ularning tuzilishi, tarjima uslubi, diniy-ma’rifiy ta’limdagi ahamiyati hamda ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi fuqarolar uchun yaratilgan qulayliklar atroflicha tahlil etilgan. Tadqiqot davomida Brayl yozuvi asosida Qur’on matnlarini o‘qitish metodikasi, fonetik va semantik moslashtirishlar, arabcha so‘zlarning transkripsiya talablari, hamda Brayl tizimida diniy terminlarning ifodalanishi kabi muhim jihatlar yoritiladi. Ishda, shuningdek, ushbu sohadagi mavjud muammolar, xususan, texnik, tarjima va metodik jihatdan duch kelinayotgan qiyinchiliklar ham tahlil qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar keltiriladi.
2025-04-30
MUSTAQILLIKDAN KEYINGI DAVRDA XORAZMDA TEATR SANʼATI: RIVOJLANISH, MUAMMOLAR VA ISTIQBOLLARI
Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, madaniyat va sanʼat sohalarida yangi bosqich boshlandi. Xorazm mintaqasi ham bu jarayonda oʻziga xos oʻrinni egalladi. Mustaqillikdan keyingi davrda Xorazmda teatr sanʼati nafaqat anʼanaviy shakllarni saqlab qoldi, balki yangicha uslublar va yoʻnalishlar bilan ham boyidi. Biroq, bu davrda teatr sanʼati rivojida bir qator muammolar ham mavjud boʻlib, ularning bartaraf etilishi uchun chora-tadbirlar koʻrilmoqda.
2025-04-30
AMIR TEMUR BUYUK DAVLAT ARBOBI
Mazkur maqola Amir Temurning buyuk davlat arbobi sifatidagi faoliyatiga bag‘ishlangan. Temurning 14-asrdagi davlat qurishdagi ta’siri va uning siyosiy, iqtisodiy va madaniy rivojlanishga qo‘shgan hissasi chuqur tahlil qilingan. Maќolada, Amir Temurning harbiy, siyosiy va davlatchilik falsafasi, uning boshqaruvi va qonunlari, xalqlar o‘rtasida tinchlikni ta’minlashdagi rolі, shuningdek, Samarqandni madaniy markazga aylantirishga bo‘lgan sa’y-harakatlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, ushbu maqolada Amir Temurning davlat boshqaruvi va siyosatini o‘zbekiston Respublikasining zamonaviy islohotlari bilan o‘xshatish va Prezident Shavkat Mirziyoyevning davlat boshqaruvi sohasidagi amalga oshirgan islohotlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik tahlil qilinadi. Maqola Temurning tarixiy shaxsiyati va uning o‘z vaqtidagi davlatchiligiga oid yangicha qarashlar bilan bog‘liq muhim natijalarni keltirishga intiladi.
2025-04-30
TADQIQOTLARDA AHMAD TABIBIY HAQIDA
Ushbu maqolada XIX asr ikkinchi yarmi, XX asr boshlarida yashab ijod etgan Xorazm adabiy muhitining yirik vakili Ahmad Tabibiy bo‘yicha qilingan ishlar, O‘zbekiston va xorijlik olimlarning mulohazalari to‘g‘risida fikr yuritiladi.
2025-04-30
JISMONIY TARBIYA FANINI MASOFAVIY O‘QITISHNING AFZALLIK VA MUAMMOLARI
Ushbu maqolada jismoniy tarbiya fanining masofaviy shaklda o‘qitilishi bilan bog‘liq dolzarb masalalar tahlil qilinadi. Xususan, pandemiya davrida va undan keyingi sharoitda onlayn ta’limning jismoniy tarbiya faniga ta’siri, texnologik imkoniyatlar orqali mashg‘ulotlarni tashkil etish tajribalari ko‘rib chiqiladi. Masofaviy o‘qitishning afzalliklari sifatida o‘quvchilarning mustaqil ishlash ko‘nikmasining rivojlanishi, zamonaviy raqamli vositalardan foydalanish imkoniyatlari keltirilgan. Shu bilan birga, sport inventarlari va amaliy mashg‘ulotlar uchun zarur sharoitlarning yo‘qligi, ishtirok monitoringining murakkabligi kabi muammolar ham atroflicha yoritilgan. Maqola yakunida ushbu tizimni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berilgan.
2025-04-30
GAMIFICATION IN ENGLISH LANGUAGE TEACHING. MODERN APPROACHES AND BENEFITS
In recent years, gamification has emerged as a powerful and innovative approach to enhancing language education. Particularly in English language teaching (ELT), gamification strategies have proven effective in increasing student engagement, motivation, and overall learning outcomes. This paper explores the concept of gamification, its essential elements, and the ways it can be successfully integrated into English language instruction. Through the use of digital platforms, interactive classroom activities, and personalized learning experiences, gamification transforms traditional learning into a more dynamic and student-centered process. While the benefits of gamification are numerous—such as boosting intrinsic motivation and fostering collaboration—there are also challenges and limitations that must be acknowledged, including potential over-reliance on competitive elements and technological accessibility issues. This study analyzes both the advantages and drawbacks of gamification, offering a balanced perspective supported by recent research and practical examples. Ultimately, the paper argues that when thoughtfully implemented, gamification serves as an effective tool to enrich English language learning, making the process more enjoyable, memorable, and impactful for students of diverse backgrounds and proficiency levels.
2025-04-30
MAHALLA VA TA'LIM MUASSASALARI O'RTASIDAGI HAMKORLIK - VOYAGA YETMAGANLAR ORASIDA HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASINI SAMARALI AMALGA OSHIRISHNING IMKONIYATI SIFATIDA
Ushbu maqolada mahalla va ta'lim muassasalari o'rtasidagi hamkorlikning voyaga yetmaganlar orasida huquqbuzarliklar profilaktikasini samarali amalga oshirishdagi roli o'rganilgan. Adabiyotlar tahlili asosida hamkorlikning mavjud modellari, yutuq va kamchiliklari, shuningdek, samaradorligini oshirish yo'llari ko'rib chiqilgan. Mahalla va ta'lim muassasalari o'rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish orqali huquqbuzarliklar profilaktikasi samaradorligini oshirish bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
2025-04-30
“TURKIY GULISTON YOXUD AXLOQ” ASARINING BOSHLANGʻICH TA’LIM OʻQUV - TARBIYAVIY JARAYONLARIDA AMALIY QOʻLLANISHI
Mazkur maqolada Abdulla Avloniy qalamiga mansub “Turkiy Guliston yoxud axloq” asarining umumta’lim maktablarida, xususan, boshlang‘ich sinflarda o‘quv-tarbiyaviy jarayonlarda amaliy qo‘llash imkoniyatlari tahlil etilgan. Shu bilan birga, asar parchalari asosida o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini rivojlantirish, fikrlash madaniyatini o‘stirishga qaratilgan metodik tavsiyalar berilgan. Maqolada, shuningdek, asarning hozirgi ta’lim talablari va kompetensiyalariga uyg‘unligi, pedagogik-psixologik jihatdan qanday foydalanish mumkinligi ham ilmiy-nazariy jihatdan asoslab berilgan.
2025-04-30
O‘ZBEKISTONDA BOJXONA TIZIMI HUQUQIY ASOSLARINING MUSTAHKAMLANISHI
Jamiyatda mavjud har bir sohaning o‘z tarixi bor. Xususan, jahon bojxona sohasi ham uzoq tarixiy yo‘lni bosib o‘tgan. Qadimgi davlatlarning paydo bo‘lish davrida, bir hududdan ikkinchi davlat hududiga o‘tish jarayonida boj o‘ndirish ham yuzaga kelgan. Ya’ni qabilalar va davlatlar o‘rtasidagi tovar aylanishida boj to‘lanishi talab etilgan. Boj atamasi turkiy tillardagi “tamg‘a” so‘zidan olingan bo‘lib, O‘rta Osiyoning ko‘chmanchi xalqlari orasida odatda mulk belgisi sifatida turli buyumlarga qo‘yiladigan belgi maʼnosini bildiradi. Ko‘pincha qabilalar o‘z mollariga tamg‘a qo‘yganlar va shu belgi bilan bir biridan ajratganlar.
2025-04-30
БОЛА ТАРБИЯСИНИНГ ЭТНОЛОКАЛ ХУСУСИЯТЛАРИ
Ўзбек халқи ижтимоий ҳаётида бола тарбиясини жамоанинг ўрнисиз асло тасаввур қилиб бўлмайдн. Жамоавий анъаналар ўзбеклар миллий менталитетига хос бўлиб, жамиятда одамлар ўртасидаги ўзаро ижтимоий ва маънавий муносабатларни белгиловчи муҳим омил ҳисобланган.
2025-04-30
GLOBALLASHUV JARAYONIDA IJTIMOIY TARMOQLARNING IJTIMOIY-FALSAFIY TAHLILI
Zamonaviy dunyoda ijtimoiy tarmoqlar inson hayotining ajralmas qismiga aylangan. Ular ijtimoiy muloqot shakllarini o'zgartirib, jamiyatning turli sohalarida ijobiy va salbiy o‘zgarishlarni keltirib chiqarmoqda. Ushbu jarayonlarni ijtimoiy-falsafiy tahlil qilishda quyidagi jihatlar alohida ahamiyat kasb etadi.
2025-04-30
КОНФИСКАЦИЯ ИМУЩЕСТВА КОРРУПЦИОНЕРОВ В УЗБЕКИСТАНЕ: УГОЛОВНО-ПРАВОВОЙ АНАЛИЗ И ПЕРСПЕКТИВЫ РЕФОРМ
Статья посвящена проблеме конфискации имущества коррупционеров в Узбекистане, анализируя её с уголовно-правовой точки зрения. Рассматриваются существующие законодательные нормы, касающиеся конфискации, а также практические аспекты их применения. Автор приводит примеры из судебной практики и исследует основные пробелы в законодательстве, которые препятствуют эффективной борьбе с коррупцией. В статье также обсуждаются перспективы реформ, направленных на улучшение механизма конфискации, включая международный опыт и рекомендации по внедрению современных подходов. Цель работы – выявить ключевые проблемы и предложения для повышения эффективности уголовной политики в области борьбы с коррупцией в Узбекистане.
2025-04-30
BADIIY ASARDAGI FRAZEOLOGIZMLAR TARJIMASI MUOMMOLARI TADQIQI
Ushbu maqolada badiiy asarlarda uchraydigan frazeologik birikmalarni boshqa tilga tarjima qilish jarayonida yuzaga keladigan muammolar tahlil etilgan. Muallif frazeologizmlarning milliy madaniyat va mentalitet bilan chambarchas bog‘liqligini, ularni so‘zma-so‘z tarjima qilish natijasida ma’no buzilishi mumkinligini asoslab beradi. Maqolada frazeologik birliklarning turli tarjima usullari, xususan, ekvivalent, analog va tavsifiy tarjima metodlari misollar asosida yoritiladi. Shuningdek, tarjimonning lingvokulturologik bilimlari va ijodiy yondashuvi bu jarayonda katta ahamiyat kasb etishi ta’kidlanadi.
2025-04-30
FOLKLOR VA XALQ ERTAKLARINING TARJIMADA STRUKTURA YAXLITLIGINI SAQLASH: MUAMMOLAR VA STATEGIYALAR
Ushbu maqolada folklor va xalq ertaklarining tarjima jarayonida ularning struktura yaxlitligini saqlash masalasi tahlil etiladi. Xalq ertaklari odatda an’anaviy tuzilishga ega bo‘lib, ular kirish qismi, voqealarning ketma-ket rivojlanishi, keskinlik cho‘qqisi va an'anaviy yakun bilan ajralib turadi. Tarjima jarayonida bu strukturalarning buzilishi ertakning mazmuniga, badiiy qiymatiga va madaniy ko‘rinishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Maqolada tarjimon duch keladigan asosiy muammolar — til va madaniyat tafovutlari, stilistik moslashuvlar, ramziy ma’nolarni saqlash muammolari — yoritiladi. Shuningdek, folklor matnlarining tarjimasida struktura yaxlitligini saqlashga qaratilgan samarali strategiyalar, jumladan, ekvivalentlik, adaptatsiya va kontekstual moslashtirish usullari ko‘rib chiqiladi. Maqola tarjimonlar va tarjimashunoslar uchun nazariy va amaliy jihatdan foydali bo‘lgan tavsiyalarni taklif qiladi.
2025-04-30
QARINDOSHLIK KONSEPTINING LINGVOPRAGMATIK TASVIRI: INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDAGI IFODA VOSITALARINING QIYOSIY TAHLILI
Mazkur maqolada ingliz va o‘zbek tillarida “qo‘n-qarindoshlik” konseptini ifodalovchi lingvistik birliklarning lingvopragmatik xususiyatlari tahlil qilinadi. Qarindoshlik atamalarining har ikki tildagi ifoda usullari, ularning diskursdagi vazifalari, madaniy konnotatsiyalari hamda kommunikativ funktsiyalari o‘rganiladi. Maqolada til va madaniyat o‘zaro ta’siri doirasida milliy tafakkur, ijtimoiy rol va urf-odatlarning qarindoshlik atamalariga ta’siri yoritilgan. Shuningdek, diskurs va nutqiy kontekstda bu birliklarning semantik va stilistik imkoniyatlari qiyosiy asosda tahlil qilinib, ularning ijtimoiy-madaniy qatlamlardagi roli ko‘rsatilgan. Tahlillar orqali har bir xalq tilida qarindoshlik konsepti qanday pragmatik yuklama bilan namoyon bo‘lishi asoslantiriladi.
2025-04-30
NIZOMIDDIN XO’JAYEVNING JADIDCHILIK FAOLIYATIGA BIR NAZAR
Mazkur maqolada Nizomiddin Xo’jayevning jadidchilik harakati doirasidagi faoliyati tahlil qilinadi. Unda Xo’jayevning o‘z davrida milliy o‘zlikni anglash, ma’rifatparvarlik g‘oyalarini targ‘ib etish va jamiyatni isloh qilish yo‘lidagi sa’y-harakatlari yoritib berilgan. Maqolada uning jadid maktablarini tashkil etish, matbuot va nashriyot ishlaridagi ishtiroki, shuningdek, Turkiston o‘lkasida madaniy-ma’rifiy uyg‘onish jarayonlaridagi o‘rni va ahamiyati ilmiy asosda o‘rganilgan. Shuningdek, Nizomiddin Xo’jayevning jadidchilik g‘oyalarini hayotga tatbiq etishda duch kelgan muammolar va to‘siqlar hamda uning bu boradagi barqaror pozitsiyasi ochib beriladi. Maqolada tarixiy manbalar va ilmiy adabiyotlar asosida Xo’jayev shaxsiyatining ijtimoiy-siyosiy faolligi baholanadi.
2025-04-30
НОВАЯ ВЕХА В УКРЕПЛЕНИИ СВОБОДЫ СОВЕСТИ И РАЗВИТИИ РЕЛИГИОЗНО-ПРОСВЕТИТЕЛЬСКОЙ СФЕРЫ
В статье рассматривается Указ Президента Республики Узбекистан № УП-68 от 21 апреля 2025 года как ключевой правовой акт, направленный на укрепление свободы совести, развитие исламского образования и религиозно-просветительской деятельности. Основное внимание уделяется роли Международной академии исламоведения Узбекистана как центра духовного и научного просвещения. Подчеркивается значимость интеграции исламоведения в высшее образование, повышения квалификации духовных кадров и использования цифровых технологий в образовательном процессе. Документ анализируется в контексте борьбы с религиозным экстремизмом, укрепления межконфессионального диалога и построения стабильного общества. Делается вывод о значительном потенциале реформ для устойчивого развития духовной сферы в Узбекистане.
2025-04-30
HUQUQIY TARG'IBOT SHAKLLARINING O'ZBEKISTON VA FRANSIYA MISOLIDA QIYOSIY HUQUQIY TAHLILI
Ushbu tezis huquqiy targ'ibot shakllarining O'zbekiston va Fransiya misolida qiyosiy huquqiy tahlilini taqdim etadi. Tadqiqot ikki mamlakatdagi huquqiy targ'ibotning qonuniy asoslari, institutsional tuzilmalari va amaliy shakllarini o'rganadi. Tahlil natijalariga ko'ra, Fransiyada huquqiy targ'ibot tizimi nodavlat sektori va mahalliy boshqaruv organlari tomonidan keng qo'llab-quvvatlanishi, raqamli texnologiyalardan samarali foydalanishi va fuqarolik jamiyati institutlarining faol ishtiroki bilan ajralib turishi aniqlandi. O'zbekiston tajribasida esa huquqiy targ'ibot ko'proq markazlashtirilgan davlat organlari tomonidan amalga oshirilishi va zamonaviy yondashuvlarni joriy etish jarayoni davom etayotgani ko'rsatilgan. Tadqiqot asosida O'zbekistonda huquqiy targ'ibot tizimini takomillashtirish bo'yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
2025-04-30
FRAZEOLOGIZM VA PAREMIYALAR TARKIBIDA SON KOMPONENTI QO‘LLANILISHINING O‘ZIGA XOSLIKLARI
Raqamlar turli tillardagi frazeologik birliklar va maqollarning tuzilishi hamda ma’nosida muhim rol o‘ynaydi. An’anaviy sonlar idiomatik ifodalarda ko‘pincha aniq arifmetik qiymat emas, balki ramziy ma’nolarni anglatadi. Ushbu tadqiqotda o‘zbek va boshqa tillardagi frazeologik birliklar hamda maqollarda raqamli elementlarning qanday ishlatilishi o‘rganiladi. Shuningdek, sonlarning madaniy va lingvistik ahamiyati hamda tarixiy va an’anaviy dunyoqarashlarni saqlab qolishdagi roli yoritiladi. Tadqiqotda ayniqsa o‘zbek va boshqa xalqlarning folklori hamda til an’analarida tez-tez uchraydigan uch, yetti va qirq kabi sonlarga alohida e’tibor qaratilgan.
2025-04-30
SONLI TOPLAMLARNING CHEGARALARI
Ushbu maqolada real sonlar to’plamining chegaralanganligi tushunchasi hamda uning matematik analizdagi nazariy va amliy ahamiyati atroflicha tahlil qilindi. Chegaralangan to’plamlar ularning yuqori va quyi chegaralari kabi asosiy tushunchalari qat’iy mateematik ta’riflar asosida ko’rib chiqildi.
2025-04-30
«БАСНИ КРЫЛОВА КАК ИНСТРУМЕНТ СОЦИАЛЬНОГО ПРОТЕСТА: САТИРА ПРОТИВ ВЛАСТИ И ПОРОКОВ ОБЩЕСТВА»
В данной статье рассматриваются басни Ивана Андреевича Крылова как мощный инструмент социального протеста и сатиры. Через образы животных и аллегорические сюжеты Крылов тонко и метко обличал человеческие пороки, несправедливость, злоупотребление властью и общественные язвы своего времени. Автор статьи анализирует наиболее яркие произведения, в которых за внешней простотой скрывается глубокая критика политического устройства, бюрократии и нравственного разложения общества. Особое внимание уделяется тому, как сатира Крылова сохраняет свою актуальность и в современном мире, продолжая воздействовать на читателя не только как художественное произведение, но и как форма общественного осмысления и сопротивления.
2025-04-30
JARAYONLARNING BIRGALIKDA ISHLASHINI MUVOFIQLASHTIRISH (SINXRONLASHTIRISH) ALGORITMLARI: SEMAFOOR, MONITOR VA XABARLAR
Mazkur maqolada operatsion tizimlar kontekstida bir nechta jarayonlarning o‘zaro uyg‘un va xavfsiz ishlashini ta’minlovchi asosiy sinxronlashtirish algoritmlari yoritilgan. Xususan, semafoor, monitor va xabarlar almashinuvi kabi konsepsiyalar tahlil qilinib, ularning nazariy asoslari, ishlash prinsiplari, afzalliklari va amaliy qo‘llanilish holatlari bayon etiladi. Har bir mexanizmning rolini tushuntirish orqali ularning dasturiy tizimlar samaradorligiga qanday ta’sir ko‘rsatishi ochib berilgan. Shuningdek, ushbu algoritmlarning zamonaviy dasturlash tillarida qo‘llanishiga misollar orqali yondashilgan. Ushbu maqola operatsion tizimlar, dasturlash va axborot xavfsizligi bilan shug‘ullanuvchi tadqiqotchilar hamda talabalarga mo‘ljallangan.
2025-04-30
VEB-SAHIFA DIZAYNI YARATISH, SAHIFA TARKIBIDA QUYIDAGI KOMPONENTLARNI ANIQLASH, SHARTLAR, DASTURLASH QADAMLARINI TAVSIYA QILISH
Ushbu tezis ishida zamonaviy veb-sahifa dizayni yaratish jarayoni, uning asosiy tarkibiy qismlari, texnik shartlari va amaliy dasturlash bosqichlari chuqur tahlil qilinadi. Veb-dizayn faqat estetik ko‘rinish emas, balki foydalanuvchining sahifadagi xatti-harakatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan psixologik va funksional vosita sifatida yondashiladi. Ish davomida sahifaning sarlavha (header), asosiy kontent (main), yon panel (sidebar), pastki qism (footer) kabi muhim komponentlari va ularning vazifalari ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek, HTML5, CSS3, JavaScript kabi asosiy texnologiyalar, dizayn vositalari (Figma, Adobe XD) va hosting platformalari (Netlify, GitHub Pages) haqida amaliy tavsiyalar berilgan. Tezis orqali samarali veb-dizayn yaratish uchun nazariy va amaliy bilimlar asosida puxta yondashuv taklif etiladi.
2025-04-30
