«Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar: Nazariy va amaliy izlanishlar» is a national online conference with open access, where review abstracts related to various fields are published. The main goal is to offer an intellectual platform for national scientists, and it aims to promote interdisciplinary research. All manuscripts should be prepared in Uzbek, English or Russian.
Published: 2025-10-15
Articles
TAQLID SO’ZLAR HAQIDA ILMIY QARASHLAR
ushbu maqolada taqlıd so`z turkumını fanda asoslangan turlı qarashlar bılan qo`llanıla olısh xususıyatıga ega ekanlıgını va unıng turları haqıda fıkr yurıtılgan.taqlıd so`zlarnıng so`z turkumı sıfatıda tahlıl qılgan olım va olımalarnıng ızlanıshları haqıda qıyosıy tahlıl qılıngan.
2025-10-14
ИККИ ТОМОНЛАМА ПНЕВМОНИЯНИНГ АЛОМАТЛАРИ
Икки томонлама пневмония ўпка инфекциясининг иккала ўпка лобларини қамраб олган оғир шакли бўлиб, бу ҳолат бактериал, вирусли ёки оппортунистик патогенлар томонидан чақирилади ва гипоксемия, тахипное, иситма ва нафас қисилиши каби аломатлар билан кечади. Ушбу мақола касалликнинг клиник кўринишларини, патофизиологик механизмларини ва эпидемиологик хусусиятларини кенг ёритади, шунингдек, аломатларнинг ривожланиш босқичлари ва уларнинг дифференциал диагностикасини таҳлил қилади. Мақола тиббиёт мутахассислари ва талабалар учун мўлжалланган бўлиб, касалликни эрта аниқлаш ва самарали бошқаришга қаратилган.
2025-10-14
СУЩНОСТЬ КООПЕРАЦИИ И ЕЕ РОЛЬ В РАЗВИТИИ АГРАРНОГО СЕКТОРА ЭКОНОМИКИ
В статье рассматриваются социально-экономические преобразования, которые осуществлены в экономике агропромышленного комплекса. А также рассмотрены основные направления использования кооперативных принципов в развитии агропромышленного комплекса.
2025-10-14
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA NUTQ VA FIKRLASH QOBILIYATINI RIVOJLANTIRISHDA DIDAKTIK O‘YINLARNING AHAMIYATI
Ushbu maqolada didaktik o‘yinlar tushunchasi, uning tarixiy ildizlari va pedagogik ahamiyati tahlil qilinadi. Didaktik o‘yinlarning maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish, fikrlash faoliyatini faollashtirish, diqqat va idrokni mustahkamlashdagi roli ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek, bolalarda kechikkan nutq rivojlanishini tuzatishda, kichik motorikani faollashtirish orqali og‘zaki nutqni shakllantirishda didaktik o‘yinlarning samaradorligi ilmiy asoslangan holda yoritilgan. Maqolada bolalarning e’tiborini va fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga xizmat qiluvchi bir qator o‘yin turlari keltirilgan. Shuningdek, o‘yinlarning nafaqat bolalar, balki kattalar ruhiy salomatligi va intellektual faolligiga ham ijobiy ta’siri haqida fikr yuritilgan.
2025-10-15
1941-1942 YILLARDA FARGʻONA VODIYSI QISHLOQ XOʻJALIGINING URUSH EHTIYOJLARI UCHUN QAYTA TASHKIL ETILISHI
Maqolada Ikkinchi jahon urushining dastlabki yillarida Fargʻona vodiysi qishloq xo‘jaligining urush sharoitiga moslab qayta tashkil etilishi, shuningdek davlat rejalarini bajarishdagi qiyinchiliklar tahlil qilingan. Urushga ketgan erkaklar o‘rniga qolgan keksalar, ayollar va bolalarni qishloq mehnatlariga keng jalb qilish, yangi ekin turlarini yetishtirishni joriy etilishi va qishloq xo‘jaligidagi iqtisodiy qiyinchilik yoritilgan.
2025-10-15
ПЕРЕДОВОЙ ОПЫТ РАЗВИТИЯ КООПЕРАТИВНЫХ ОТНОШЕНИЙ В СЕЛЬСКОМ ХОЗЯЙСТВЕ ЗАРУБЕЖНЫХ СТРАН
В статье проанализирован опыт интегрирования и кооперирования производства и сбыта продукции, ее переработка на сельских территориях в зарубежных странах. Рассмотрены основные направления использования кооперативных принципов в развитии агропромышленного комплекса.
2025-10-15
KOMPETENSIYAVIY YONDASHUV ASOSIDA BOʻLAJAK TARBIYACHILARNI KASBIY FAOLIYATGA TAYYORLASH TEXNALOGIYASI
Mazkur ilmiy tezis kompetensiyaviy yondashuv asosida bo‘lajak tarbiyachilarni kasbiy faoliyatga tayyorlash texnologiyasini pedagogik muammo sifatida chuqur tahlil qiladi va zamonaviy ta’lim tizimida ushbu yondashuvning ahamiyatini yoritadi. Tezisda ta’lim jarayonining an’anaviy modellardan natijaga yo‘naltirilgan kompetentsiyalarni shakllantirishga o‘tish jarayoni, bo‘lajak tarbiyachilarning kasbiy tayyorgarligini ta’minlashda qo‘llaniladigan innovatsion texnologiyalar (masalan, jigsaw faoliyatlari, fikr almashish usullari, IMPACT dasturi va entrustable professional activities – EPAs) batafsil ko‘rib chiqiladi. Empirik tadqiqotlar asosida, xususan, 156 pedagogika talabasi ishtirokidagi kvazi-eksperimental tadqiqot va 35 ishtirokchiga asoslangan IMPACT dasturi natijalari tahlil qilinib, rahbarlikdagi kommunikativ kompetentsiya (LCC) va global kompetentsiya (GC) ni rivojlantirish samaradorligi isbotlanadi. O‘zbekiston ta’lim tizimida ushbu yondashuvning qo‘llanilishi, milliy siyosat doirasidagi integratsiya (masalan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ta’limni modernizatsiya qilish haqidagi qarorlari) va muammolarni hal qilish yo‘llari muhokama etiladi. Tadqiqot natijalari ta’lim siyosatini isloh qilish, kasbiy tayyorgarlikni oshirish va inklyuziv ta’lim muhitini yaxshilash bo‘yicha amaliy tavsiyalarni taklif etadi. Tezis pedagogika fanining nazariy va amaliy jihatlarini birlashtirib, bo‘lajak tarbiyachilarning raqamli va madaniyatlararo kontekstlarda samarali faoliyat yuritish qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan. Ushbu ish pedagogika mutaxassislariga, ta’lim muassasalari rahbarlariga, tadqiqotchilarga va ta’lim siyosatchilariga mo‘ljallangan bo‘lib, O‘zbekiston va xalqaro ta’lim tizimlarida kompetensiyaviy yondashuvni kengaytirishga hissa qo‘shadi.
2025-10-16
MINTAQA TURIZMNI INNOVATSION TIZIMINI OPTIMALLASHTIRISHNING XALQARO TAJRIBA VA ISTIQBOLLI YO‘NALISHLAR
Ushbu maqolada turizmni rivojlantirishda innovatsion rivojlantirishning xorijiy tajribalar tahlil qilingan va O‘zbekiston turizm sohasini rivojlantirish uchun foydalanish mumkin bo‘lgan jihatlar ko‘rib chiqilgan. Xorijiy mamlakatlarni turizm sohasining rivojlanishi bo‘yicha olib borgan davlatlarning innovatsion texnologiyalari va strategiyalaridan olingan tajribalar O‘zbekiston turizm sohasiga qanday tatbiq etilishi mumkinligi batafsil o‘rganilgan.
2025-10-16
ATSETILENDAN PIRIMIDINNING KATALITIK SINTEZI
Ushbu tezisda atsetilendan pirimidin hosil qilish jarayonining katalitik sintezi, reaksiyaning mexanizmi, katalizator turlari hamda texnologik sharoitlarning optimallashtirish yo‘llari ko‘rib chiqildi. Tadqiqotlar natijasida samarali katalizator tizimi tanlab olindi va pirimidin hosil bo‘lishining selektivligi hamda chiqish darajasini oshirish imkoniyatlari tahlil qilindi.
2025-10-16
O‘ZBEKISTONDA TURIZM SOHASIDA HR TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH YO‘NALISHLARI
Ushbu maqolada O‘zbekistonda turizm sohasida inson resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish masalalari tahlil qilingan. HR tizimining zamonaviy tamoyillari, kadrlar salohiyatini oshirish strategiyalari, innovatsion yondashuvlar hamda mehnat bozorining ehtiyojlari bilan uyg‘unlashtirish mexanizmlari o‘rganilgan. Shuningdek, O‘zbekiston turizm tarmog‘ida HR boshqaruvini raqamlashtirish, kompetensiya asosida baholash va xodimlar motivatsiyasini kuchaytirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
2025-10-16
TALABA QIZLARDA OILAVIY QADRIYATLARGA NISBATAN IJOBIY USTANOVKALARNI SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI
Ushbu maqolada talaba qizlarning shaxsiy rivojlanishi va ijtimoiy hayotga tayyorlanishi jarayonida oilaviy qadriyatlarga nisbatan ijobiy ustanovkalarni shakllantirish muhim ahamiyatga ega ekanligi haqida fikr mulohazalar yuritilgan . Oila jamiyatning asosiy ijtimoiy instituti bo‘lib, uning qadriyatlari shaxsning axloqiy, ijtimoiy va ma’naviy rivojlanishida hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Bu qadriyatlarning yosh avlodga singdirilishi oilaning barqarorligi va jamiyatda sog‘lom munosabatlarning shakllanishiga xizmat qiladi.
2025-10-16
GLOBALLASHUV SHAROITIDA MILLIY MADANIYAT VA QADRIYATLARNI SAQLAB QOLISHDAGI USTUVOR VAZIFALAR
maskur maqolada milliy madaniyatni rivojlantirish va saqlab qolish, yoshlarda, do‘stlik, mehmondo‘stlik, insonparvarlik, axloqiy poklik, saxiylik, xushmuomalalik, hayolilik, ozodalik, xushchaqchaqlik, xushfe’llik, mardlik, samimiylik, lutfi karamlik, ona yurt va xalqiga muhabbatlilik, diyonatlilik, halollik, or-nomuslilik, mehnatsevarlik, o‘tmishga hurmat, milliy g‘urur, vatanparvarlik, millatparvarlik kabi insoniy faziltlarni shakllantirish bugungi kunning ustuvor vazifalaridan biri bo‘lib qolmoqda. globalizatsiya sharoitida taraqqiyotga erishish bilan birga milliy madaniyat va qadriyatlarni asrab qolish har bir jamiyat oldida turgan dolzarb vazifalari yoritilgan.
2025-10-16
OLIY TA’LIM MUASSASALARI RAHBARLARI UCHUN TRANSFORMATSION LIDERLIK KOMPETENSIYALARINI BAHOLASH MEZONLARI
Ushbu tezisda oliy ta’lim muassasalari rahbarlarining faoliyatida transformatsion liderlik kompetensiyalarining o‘rni va ularni baholashning asosiy tamoyillari tahlil qilingan. Ishda rahbarning strategik fikrlash, jamoani ilhomlantirish, samarali muloqot yuritish hamda axloqiy qadriyatlarga tayanib boshqaruv olib borish kabi jihatlari asosiy kompetensiyalar sifatida ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek, rahbarlik salohiyatini aniqlashda 360 daraja baholash, kuzatuv va suhbat metodlaridan foydalanishning samarali yo‘llari taklif etilgan. Mazkur yondashuv oliy ta’lim tizimida boshqaruv madaniyatini yuksaltirish, innovatsion fikrlashni rivojlantirish va o‘zgarishlarga tayyor rahbarlik muhitini shakllantirishga xizmat qiladi.
2025-10-16
РУС АДАБИЁТИНИ ЎҚИТИШДА ИНТЕРФАОЛ ТЕХНОЛОГИЯЛАРНИНГ ИЛМИЙ-ПЕДАГОГИК АСОСЛАРИ
Адабиёт таълими, хусусан рус адабиёти дарслари, шахснинг маънавий-ахлоқий камолоти, эстетик тафаккури ва маданий онгини ривожлантиришда муҳим педагогик аҳамият касб этади. Замонавий таълим парадигмаси доирасида интерфаол технологиялар таълим жараёнини анъанавий лекция-машғулот шаклларидан чегаралаб қўймасдан, талаба шахсини марказга қўювчи, мулоқотга асосланган ва ижодий фаолиятни рағбатлантирувчи дидактик муҳитни шакллантиради.
2025-10-16
NUR SOCHGAN-KO’ZLAR, ISHONCH BERGAN-SO’ZLAR EGASI
Ushbu maqolada muallif o‘z hayotida muhim o‘rin tutgan ustozlarga bo‘lgan samimiy minnatdorlik tuyg‘usini ifoda etadi. Asarda Alisher Navoiy hikmatlari asosida ustozlikning ma’naviy mohiyati, ustozning jamiyat va shaxs hayotidagi o‘rni yoritilgan. Muallif bir necha ustozlarini nomma-nom tilga olib, ularning insoniy fazilatlari, mehribonligi, talabchanligi va ilmga bo‘lgan fidoyiligini ta’riflaydi. Maqola orqali ustozlik kasbining muqaddasligi, bu kasb egalariga hurmat va e’tibor ko‘rsatish har bir insonning burchi ekani ta’kidlanadi. Asar o‘quvchini ustozlarga mehr, ehtirom va sadoqat ruhida tarbiyalaydi.
2025-10-16
APPROACH TO ESP COURSE DESIGN.
The following thesis explores the role of Problem -Based Learning (PBL) and case study approaches in designing English for Specific Purpose (ESP) course that is adapted for airport security officers.
2025-10-16
MISR DAVLATIDA “ARAB BAHORI” INQILOBINING KENG TARQALISHIGA SABAB BO’LGAN VAZIYATLAR
Ushbu tezisda “Arab bahori” inqilobining Misr davlatida kelib chiqish sabablari atroflicha yoritib berilgan. Xususan, 2010-yilda boshlangan bu inqilob arab davlatlarida keng tarqalib, ko’p davlatlarning davlat tuzumi o’zgarishiga sabab bo’lgan. Ayniqsa, Misr davlatida bu yaqqol ko’zga tashlanadi. Bundan tashqari, Misr davlatining “Arab bahori” inqilobi davrida ijtimoiy-siyosiy vaziyati va inqilobning keng tarqalishiga sabab bo’lgan ichki holat keng tahlil qilingan.
2025-10-16
ABDULLA QODIRIYNING “O‘TKAN KUNLAR” ROMANIDAGI LINGVOKULTUREMALARNING LEKSIKOGRAFIK TALQINI
Mazkur tezisda Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romanida uchraydigan lingvokulturemalar leksikografik jihatdan tahlil qilinadi. Asardagi realiyalar, diniy-madaniy tushunchalar va frazeologik birliklarning lug‘aviy hamda konnotativ qatlamlari o‘rganiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, Qodiriy lingvokulturemalarni xalq madaniyatining ifodaviy vositasi sifatida mahorat bilan qo‘llagan va o‘z davrining milliy ruhini til orqali jonlantirgan.
2025-10-17
CHINGIZ AYTMATOV ASARLARIDA GLOBAL MUAMMOLARNING AKS ETISHI
Bu maqolada iste’dodli mashhur ijodkor Chingiz Aytmatov asarlari va ularda aks ettirilgan global muammolar yuzasidan tahlillar beriladi. Yozuvchi har bir asarida o‘ziga xos tarza insoiyatni juda katta xavflardan ogoh etishga urunayotgandek, go‘yo. Aytmatov asarlarida insonning ma’naviy qiyofasi masalasining old qatorda ulug‘lanishi va xalqning madaniy meyorlarining yodga solishga intilish mavjudligi seziladi. Maqolada yozuvchining bir qator asarlari, asardagi mavzular va muammolar xususida tahlillar beriladi.
2025-10-17
UZUMCHILIK TARMOG‘IDA YER UNUMDORLIGI VA QAYTA ISHLASH SANOATINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasining tabiiy-iqlimiy imkoniyatlari va yer resurslaridan samarali foydalanish masalalari tahlil qilinadi. Ayniqsa, uzumchilik tarmog‘ining iqtisodiy ahamiyati, hosildorlikka ta’sir etuvchi omillar, eksport salohiyati hamda yer muammolari alohida ko‘rib chiqiladi. Maqolada agrar sohada barqaror rivojlanishni ta’minlash, suv va yer resurslaridan oqilona foydalanish, qayta ishlash sanoatini kengaytirish bo‘yicha amaliy takliflar ilgari surilgan.
2025-10-20
O‘ZBEKISTONDA AXBOROT XAVFSIZLIGINING MA’NAVIY–HUQUQIY ASOSLARI
Ushbu tezisda axborot xavfsizligining huquqiy masalalari, davlat siri haqida tushunchalar va axborotni himoyalashning asosiy sababari haqida ma’lumotlar berilgan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining axborot xavfsizligi doirasidagi qabul qilingan qonun hujjatlari keltirib o‘tilgan.
2025-10-20
INGLIZ VA O‘ZBEK TILIDA ERKAK VA AYOLLAR NUTQINING LEKSIK VA PRAGMATIK FARQLARI
Mazkur maqolada ingliz va o‘zbek tillarida erkaklar hamda ayollar nutqining leksik va pragmatik xususiyatlari qiyosiy tahlil qilinadi. Unda genderga xos nutq strategiyalari, so‘z tanlovi, muloyimlik darajasi, inkor va iltimos ifoda vositalarining qo‘llanish xususiyatlari o‘rganiladi. Shuningdek, madaniy omillarning nutqga ta’siri hamda genderning kommunikativ uslubga ko‘rsatadigan ta’siri tahlil etiladi. Tadqiqot natijalari jinslararo kommunikatsiyaning tilshunoslik va pragmalingvistik jihatlarini chuqurroq anglashga xizmat qiladi.
2025-10-20
METAKOMPETENTLIK TUSHUNCHASINING MOHIYATI, TARKIBIY QISMLARI VA AHAMIYATI
Ushbu maqolada metakompetentlik insonning ichki imkoniyatlari va chegaralarini bilish, o‘zining kuchli tomonlarini aniqlash va zaif tomonlarini yaxshilashga yordam berish imkoniyatlari yoritilgan. Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim (person-oriented education) sharoitida pedagoglarda metakompetentlikni rivojlantirishning tashkiliy-metodik tizimini takomillashtirishda, metakompetentlik tushunchasining mohiyati, tarkibiy qismlari va ahamiyati ifodalangan.
2025-10-15
MILLIY MOLIYA BOZORINI RIVOJLANTIRISH YO’LLARI
Mazkur maqolada milliy moliya bozorini yanada takomillash-tirishning o’ziga xos xususiyatlari va iqtisodiyot rivojida tutgan o’rni va ahamiyati tadqiq etilgan. Shuningdek, qimmatli qog’ozlar savdosi orqali moliya bozorida ishtirok etish amaliyotini tashkil etish bo’yicha tadqiqot olib borgan xorijiy va mahalliy olimlarning fikr-mulohazalari keltirilgan hamda xorijiy davlatlar tajribasini o’rgangan holda mamlakatimizda moliya bozorining hozirgi holati tahlili asosida xulosa va takliflar ishlab chiqilgan.
2025-10-20
QUR’ONI KARIMDA IJTIMOIY ADOLAT
Insoniyat tarixida eng muhim qadriyatlardan biri — bu adolat tamoyilidir. Har qanday jamiyatning barqarorligi va farovonligi adolatga asoslanadi. Islom dini, xususan Qur’oni karim, adolatni ijtimoiy hayotning markaziga qo‘yadi. Alloh taolo Qur’on orqali insonlarni o‘zaro hurmat, tenglik, yordam va halollik asosida yashashga da’vat etadi.
2025-10-20
THE ROLE OF GAME-BASED TECHNOLOGIES IN ENHANCING ENGLISH VOCABULARY ACQUISITION
In the modern era of digital education, game-based learning (GBL) has emerged as one of the most engaging and effective approaches to teaching foreign languages. The present study explores the significance of game-based technologies in enhancing English vocabulary acquisition among learners of different age groups. The integration of digital games such as Kahoot, Quizlet, Wordwall, and Duolingo into the English language classroom provides learners with interactive and motivating learning environments that increase both retention and active usage of new vocabulary.
2025-10-20
AVTOMON ROBOTLAR TOMONIDAN SODIR ETILGAN HUQUQBUZARLIKLAR UCHUN KOLLEKTIV JAVOBGARLIK MODELI
XXI asrda texnologiyalar insoniyat hayotining barcha jabhalariga kirib bordi. Ayniqsa, avtonom robotlar — mustaqil qaror qabul qila oladigan, inson aralashuvisiz harakatlanadigan tizimlar — huquqiy tartibga solish uchun yangi chaqiriqlarni yuzaga keltirmoqda. Bugungi kunda tibbiyot, transport, ishlab chiqarish va hatto xavfsizlik sohalarida robotlarning keng qo‘llanilishi ularning javobgarlik subyekti sifatidagi maqomini aniqlash masalasini dolzarb qilmoqda.
2025-10-20
TARJIMANING BADIIY ADABIYOTDA TUTGAN O’RNI
ushbu maqolada tarjimaning badiiy adabiyotda tutgan o’rni va ahamiyati yoritilgan. Unda tarjimaning adabiy jarayon rivojidagi o’rni, badiiy tafakkurni kengaytirishdagi hamda milliy til boyligini oshirishdagi roli tahlil qilinadi. Tarjima jarayoni orqali o’zbek adabiyoti jahon adabiyoti bilan boyib, o’ziga xos badiiy an’analarni shakllantirganligi qayd etiladi. Shuningdek, maqolada tarjima san’atining bugungi kundagi ahamiyati va uning adabiy aloqalarni mustahkamlashdagi o’rni haqida umumiy fikrlar bayon etilgan.
2025-10-20
METAKOMPETENTLIK TUSHUNCHASINING MOHIYATI, TARKIBIY QISMLARI VA AHAMIYATI
Ushbu maqolada metakompetentlik insonning ichki imkoniyatlari va chegaralarini bilish, o‘zining kuchli tomonlarini aniqlash va zaif tomonlarini yaxshilashga yordam berish imkoniyatlari yoritilgan. Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim (person-oriented education) sharoitida pedagoglarda metakompetentlikni rivojlantirishning tashkiliy-metodik tizimini takomillashtirishda, metakompetentlik tushunchasining mohiyati, tarkibiy qismlari va ahamiyati ifodalangan.
2025-10-20
TURIZM QISHLOQLARIDA GASTRONOMIK TURIZMNING RIVOJLANISHI
Ushbu maqolada turizm qishloqlarida gastronomik turizm yo‘nalishining o‘ziga xos jihatlari, imkoniyatlari va istiqbollari tahlil qilingan. Unda mahalliy oshxona madaniyatini rivojlantirish orqali qishloq turizmini jonlantirishning samarali yo‘llari ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek, O‘zbekistonning turizm salohiyatini oshirishda gastronomik omillarning o‘rni, xorijiy tajribalar hamda amaliy tavsiyalar keltirilgan.
2025-10-20
XALQARO DINIY TASHKILOTLAR VA ULARNING OʻZBEKISTON BILAN HAMKORLIGI: TINCHLIK VA DINLARARO TOTUVLIKKA TA’SIRI
Mavzuning dolzarbligi xalqaro diniy tashkilotlarning zamonaviy dunyoda dinlararo totuvlikni mustahkamlash va nizolarni oldini olishdagi oʻsib borayotgan roli bilan belgilanadi. Boy ma’naviy merosga ega va koʻp millatli jamiyat boʻlgan Oʻzbekiston uchun bunday tuzilmalar bilan hamkorlik strategik ahamiyat kasb etadi. Tadqiqotning yangiligi Oʻzbekistonning IHT, Vatikan va YUNESKO bilan oʻzaro aloqalarini ma’naviy diplomatiya va “yumshoq kuch” konsepsiyasi doirasida kompleks tahlil qilishdan iborat.
2025-10-20
HUQUQIY ONG VA HUQUQIY MADANIYAT: XALQARO TAJRIBA VA MILLIY YONDASHUVLAR
Ushbu maqolada huquqiy ong va huquqiy madaniyat tushunchalarining nazariy asoslari, ularning jamiyatdagi ahamiyati hamda xalqaro tajriba asosida shakllanish jarayonlari tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi — xalqaro miqyosda huquqiy madaniyatni rivojlantirish amaliyotlarini o‘rganish hamda O‘zbekiston sharoitida ushbu tajribalarni tatbiq etish imkoniyatlarini aniqlashdir.
2025-10-20
AYOLLAR TADBIRKORLIGINI KUCHAYTIRISHDA OILAVIY BIZNESNING O‘RNI
Mazkur tezisda ayollar tadbirkorligini rivojlantirishda oilaviy biznesning ijtimoiy-iqtisodiy o‘rni tahlil qilinadi. Oilaviy biznes ayollarning iqtisodiy faolligini oshirish, moliyaviy mustaqilligini kuchaytirish va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashda muhim omil sifatida ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotda iqtisodiy imkoniyatlar, oilaviy qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy to‘siqlarni yengish va uzoq muddatli barqarorlikka erishish masalalari yoritilgan.
2025-10-20
DAVLAT FUQAROLIK XIZMATCHILARINING HUQUQIY VA IJTIMOIY JIHATDAN HIMOYA QILINISHI
Zamonaviy davlat boshqaruvi samaradorligini belgilovchi asosiy omillardan biri bu — davlat fuqarolik xizmati tizimining rivojlanishi hisoblanadi. Davlat fuqarolik xizmatchilarining huquqiy va ijtimoiy jihatdan himoya qilinishi haqida ma’lumotlar keltirigan.
2025-10-20
РОЛЬ ГИГИЕНЫ ПОЛОСТИ РТА ВО ВРЕМЯ НОШЕНИЯ БРЕКЕТОВ
В условиях ортодонтического лечения с использованием брекет-систем поддержание гигиены полости рта играет решающую роль. Наличие брекетов способствует накоплению зубного налета и развитию воспалительных заболеваний десен, поэтому соблюдение индивидуальных правил гигиены является важнейшим компонентом профилактики осложнений.
2025-10-20
THE PROCESS OF LESSON PLANNING FOR EFFECTIVE TEACHING
This article discusses lesson planning as both a thoughtful and reflective process that connects teaching theory with real classroom practice. It explains how teachers set learning goals, choose activities and resources, manage time, and include assessment and reflection in their plans.
2025-10-20
МЕХАНИЗМЫ РЕАЛИЗАЦИИ ПРАВА ГРАЖДАН НА ДОСТУП К ЭКОЛОГИЧЕСКОЙ ИНФОРМАЦИИ В РЕСПУБЛИКЕ УЗБЕКИСТАН
Доступ к экологической информации является ключевым элементом реализации экологических прав граждан и важным условием устойчивого развития общества. В работе анализируются законодательные и институциональные механизмы обеспечения права граждан на получение экологической информации в Республике Узбекистан, а также обозначаются основные проблемы и пути их решения.
2025-10-20
ZAMONAVIY AXBOROT TEXNOLOGIYALARI YORDAMIDA SUD-TERGOV JARAYONLARIDA INSON OMILLARINI KAMAYTIRISHNING AHAMIYATI
Mazkur tezisda sud-tergov jarayonlarida inson omillarining salbiy ta’sirini kamaytirish masalasi yoritilgan. Unda zamonaviy axborot texnologiyalarining jinoyatlarni tergov qilish va sud qarorlarini qabul qilishda xolislik, shaffoflik hamda adolatni ta’minlashdagi o‘rni tahlil qilinadi. Shuningdek, inson omillarining sud-tergov tizimida yuzaga keltiradigan xatoliklari va ularni bartaraf etish yo‘llari haqida so‘z yuritiladi.
2025-10-20
TA’LIM JARAYONIDA MUAMMOLI DARSLARNI TASHKIL ETISH VA O‘TKAZISH
Ushbu maqolada ta’lim jarayonida muammoli darslarni tashkil etishning nazariy va amaliy jihatlari yoritilgan. Muammoli ta’limning mazmuni, tuzilishi hamda uning didaktik imkoniyatlari tahlil qilinadi. Muammoli darslarning samaradorligi o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, izlanuvchanlik faoliyati va ijodiy tafakkurini rivojlantirishdagi ahamiyati bilan asoslanadi. Muallif muammoli-modulli o‘qitish texnologiyasining egiluvchanligi, o‘quv jarayoniga moslasha olish xususiyatlarini tahlil qilib, uning zamonaviy ta’limdagi o‘rni va afzalliklarini ilmiy jihatdan asoslab beradi. Shuningdek, maqolada muammoli ta’limning shakllari, xatoliklar tahlili va ularni didaktik vosita sifatida qo‘llashning samarali yondashuvlari yoritilgan. Natijada, muammoli ta’lim talabalarda tanqidiy fikrlash, muammolarni hal etish va ilmiy izlanish ko‘nikmalarini shakllantirishning muhim omili sifatida ko‘rsatilgan.
2025-10-21
DINIY MAZMUNDAGI MATERIALLARNI TARQATGANLIK UCHUN JAVOBGARLIKNING HUQUQIY VA INSON HUQUQLARI NUQTAI NAZARIDAN TAHLILI
Mazkur maqolada diniy mazmundagi materiallar uchun javobgarlikning huquqiy asoslari, ularning ma’muriy va jinoiy turlari o‘rtasidagi farqlanish hamda amaliyotdagi muammolar tahlil qilingan. Globallashuv sharoitida diniy mazmundagi materiallarning Internet orqali tez tarqalishi davlat xavfsizligiga tahdid soluvchi holatlar bilan bog‘lanayotganligi ko‘rsatib o‘tilgan. Shu munosabat bilan, muallif Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 184²-moddasi va Jinoyat kodeksining 244¹-moddasi o‘rtasidagi normativ chegaralarning noaniqligini, ularni qo‘llashda proportsionallik va adolat tamoyillari buzilishini ilmiy asosda yoritadi.
2025-10-21
