«Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya» - это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, английском или русском языках.
Опубликован: 2025-11-21
Статьи
"O‘ZBEKISTONDA TADBIRKORLIK SUBYEKTLARI EKSPORTNI MOLIYALASHTIRISHDA DAVLATNING ROLI”
Global iqtisodiy raqobat sharoitida milliy ishlab chiqaruvchilarning tashqi bozorlarga samarali chiqishi mamlakat iqtisodiy barqarorligi va eksport salohiyatini oshirishda muhim ahamiyatga ega. O‘zbekistonda so‘nggi yillarda eksportni targ‘ib qilish, tadbirkorlik subyektlariga moliyaviy va institutsional ko‘makni kuchaytirish, tashqi iqtisodiy faoliyatda barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Eksport jarayonlari katta moliyaviy resurslar, xatarlar va logistika xarajatlarini talab qilgani bois davlatning faol ishtiroki tadbirkorlar uchun strategik ahamiyatga ega.
2025-11-20
INNOVATSION LOYIHALARNI MOLIYALASHTIRISH ZARURATI VA MOLIYAVIY RESURSLAR TURLARI
Mazkur maqolada innovatsion loyihalarni moliyalashtirishning iqtisodiy ahamiyati, ularning muvaffaqiyatli amalga oshirilishida moliyaviy resurslarning o‘rni hamda moliyalashtirish manbalarining turlari yoritilgan. Innovatsion faoliyatning yuqori tavakkalchilik darajasi, uzoq muddatli qaytish davri va ilmiy-tadqiqot xarajatlarining yuqoriligi sababli, bunday loyihalarni moliyalashtirish maxsus yondashuvni talab etadi. Maqolada ichki va tashqi moliyaviy manbalar, jumladan, davlat grantlari, venchur kapital, xalqaro moliyaviy institutlar mablag‘lari hamda xususiy investitsiyalar tahlil qilinadi. Shuningdek, O‘zbekiston sharoitida innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari va mavjud muammolar tahlil etilib, takliflar ilgari surilgan.
2025-11-20
ОНКОЛОГИК КАСАЛЛИКЛАР БИЛАН ҲАСТАЛАНГАН БЕМОРЛАРНИНГ ПСИХОЛОГИК ХУСУСИЯТЛАРИ
Ushbu maqolada onkologik tashxisning inson ruhiyatiga ko‘rsatadigan ta’siri, bemorlarda kuzatiladigan emotsional (qo‘rquv, shok, depressiya), kognitiv (katastrofik fikrlash, xotira pasayishi), shaxsiy (tana obrazining buzilishi, o‘z-o‘zini qadrlashning kamayishi) va ijtimoiy-psixologik o‘zgarishlar atroflicha yoritilib onkologik bemorlarning reabilitatsiyasida psixologik yordamning o‘rni — kognitiv-bixevioral terapiya, art-terapiya, ekzistensial terapiya, oilaviy maslahat va palliativ psixologik qo‘llab-quvvatlash kabi usullar asoslab berilgan.
2025-11-20
THE CRITICAL IMPORTANCE OF TECHNOLOGY ADOPTION IN MODERN UNIVERSITY SETTINGS IN EUROPEAN COUNTRIES
The rapid digitalization of higher education has made technology adoption a strategic priority for universities across Europe. This article examines why technology integration has become essential in modern European university settings and how institutional contexts influence the pace and quality of adoption. Drawing on empirical studies that investigate blended learning readiness, technology acceptance, and digital transformation strategies, the paper synthesizes the academic evidence to provide a human-centered and realistic understanding of the digital shift. The analysis shows that European universities that integrate digital tools strategically experience improvements in instructional flexibility, access, and organizational efficiency. However, the adoption process remains uneven due to differences in faculty readiness, institutional culture, and infrastructural capacity. The article concludes that technology adoption is no longer optional for European institutions seeking long-term competitiveness, yet requires thoughtful, supported implementation to be effective.
2025-11-21
HUDUDLARDA RAQAMLI TRANSFORMATSIYALARDAN FOYDALANISH ORQALI TAKOMILLASHTIRILGAN MAHSULOTLAR, XIZMATLARNI TASHKIL ETISH
Maqolada hududlarda raqamli transformatsiya orqali mahsulot va ijtimoiy xizmatlarni takomillashtirish jarayoni tahlil qilinadi. Sog‘liqni saqlash, ta’lim va kommunal xizmatlarda raqamlashtirishning afzalliklari va qiyinchiliklari, shuningdek hududlar va aholining turli qatlamlari o‘rtasidagi farqlar ko‘rsatildi. Maqola shahar va qishloq hududlaridagi farqlar, xizmat sifatini oshirish va aholiga qulaylik yaratish masalalarini yoritadi hamda raqamli transformatsiyaning hududiy rivojlanishdagi ahamiyatini ta’kidlaydi.
2025-11-21
EKOLOGIYA: MUAMMOLAR. TADBIRLARLAR VA KELAJAK KO'RINISHI
Ushbu maqolada ekologiyaning o'zgarishi ya'ni muammolari sabablari ekologiyani yaxshilashga qaratilgan chora tadbirlarko'ribchiqiladi. Ekologiyaning buzilishiga olib keladidan sabablar o'rganiladi. Ekologik muammolar havoning ifloslanishi, suv resuralaring kamayishi, chiqindilarning ko'payishi, yashil maskanlarning kamayishining sabablari vs ularga yechim topishga asoslanadi.
2025-11-21
HALOLLIK QADRIYATLARNI SHAKLLANTIRISHI PSIXALOGIK MEHANIZMLARI
Ushbu maqola halollik qadriyatining shakllanish jarayoni va uning psixologik mexanizmlari masalasini o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda halollik shaxsning axloqiy-me’naviy rivojlanishida muhim rol o‘ynashi, shuningdek, ijtimoiy va shaxsiy xulq-atvorning barqarorligini ta’minlashdagi ahamiyati ko‘rsatib o‘tiladi. Psixologik mexanizmlar qatoriga ichki motivatsiya, empatiya, axloqiy ong va o‘zini baholash jarayonlari kiradi. Maqolada halollik qadriyatlari va ularni shakllantiruvchi psixologik jarayonlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik tadqiq etilgan, shuningdek, halollikni rivojlantirish yo‘llari va uning shaxsiyatning ijtimoiy moslashuviga ta’siri muhokama qilingan. Natijalar halollik qadriyatlari shaxsning ijtimoiy faoliyati va axloqiy qaror qabul qilishida muhim psixologik asos ekanligini tasdiqlaydi.
2025-11-21
“YOSHLARNING INTERNETDAN FOYDALANISH MADANIYATI: IJOBIY IMKONIYATLAR VA SALBIY OQIBATLAR TAHLILINING HUQUQIY ASOSLARI”
Mazkur ilmiy maqola yoshlarning internetdan foydalanish madaniyatini ijtimoiy, psixologik va huquqiy jihatlar asosida kompleks tahlil qilishga bag‘ishlangan. Internetning globallashuv jarayonidagi o‘rni tobora ortib borayotgan bir davrda yoshlarning raqamli makondagi xulq-atvori, axborotlarni qabul qilish shakli, virtual muloqot jarayoni va internet xavfsizligi masalalari dolzarb ilmiy muammo sifatida qaralmoqda. Tadqiqotning maqsadi – internetning ijobiy imkoniyatlari va salbiy oqibatlarini aniqlash, yoshlarning axborot madaniyatini shakllantirishga ta’sir qiluvchi omillarni o‘rganish hamda ushbu jarayonning huquqiy asoslarini ilmiy jihatdan asoslab berishdir. Shu bilan birga, internetning salbiy oqibatlari – virtual qaramlik, zararli axborot ta’siri, ekstremistik g‘oyalarning yoshlar ongiga kirib kelishi, kiberbulling hodisalari, shaxsiy ma’lumotlarning himoyasizligi kabi xavf-xatarlar ham mavjud. Ayniqsa, hozirgi tahlikali zamonda internet tarmog‘i orqali tarqatilayotgan yoshlar ongiga salbiy ta’sir etuvchi ma’lumotlar, turli buzg‘unchi g‘oyalar, ijtimoiy normalarga zid bo’lgan materiallar, o’smirlar xulq-atvorida og’ishishga sabab bo’luvchi omillar borasida ilmiy-nazariy ma’lumotlar berilgan.
2025-11-21
YASHIL IQTISODIYOT NAFAQAT YANGILANISH, BALKI EKOLOGIK MADANIYATNI SHAKLLANTIRUVCHI JARAYONDIR
“Yashil iqtisodiyot”ga o‘tish global miqyosdagi dolzarb vazifa bo‘lib, O‘zbekiston ham bu yo‘nalishda jiddiy islohotlarni amalga oshirmoqda. Bu har bir insonning tabiatga bo‘lgan hurmati, mas'uliyati va barqaror turmush tarzi tamoyillarini qabul qilishini talab qiladi. Davlat siyosati, ta'lim, ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik tashkilotlari bu jarayonda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Ushbu maqolada ayniqsa, mahalla kabi jamiyatning asosiy bo‘g‘ini bu ekologik madaniyatni shakllantirishda tutgan o‘rni va imkoniyatlari tahlil qilinib, tegishli tavsiyalar berilgan.
2025-11-21
PROFILAKTIKA INSPEKTORINING HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASIDA FUQAROLIK JAMIYATI INSTITUTLARI BILAN OʻZARO HAMKORLIGINI TAKOMILLASHTIRISH
Ushbu maqolada profilaktika inspektorining huquqbuzarliklar profilaktikasida fuqarolik jamiyati institutlari bilan o‘zaro hamkorligini takomillashtirish masalalari tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida hamkorlikning samaradorligi, mavjud mexanizmlar va uning ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashdagi o‘rni o‘rganilgan. Shuningdek, profilaktika inspektorlari va fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasida ma’lumot almashuv, qo‘shma profilaktika tadbirlari va ijtimoiy monitoring tizimlarini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
2025-11-21
АРТ-ТЕХНОЛОГИИ НА УРОКАХ РУССКОГО ЯЗЫКА И ЛИТЕРАТУРЫ В ШКОЛЕ
В статье раскрываются арт-технологии, как набор уникальных и инновационных методов, инструментов и форм, используемых в образовательном процессе, которые позволяют учащимся развить свою оригинальность и креативное мышление.
2025-11-21
ISSIQLIK FIZIKASI VA IQLIM O‘ZGARISHI: O‘ZBEKISTON SHAROITIDA YANGI TERMODINAMIK MODELLAR
So’nggi o’n yil ichida O’zbekistondagi iqlim o’zgarishi ekologik tizimlarga, shuningdek, iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarga sezilarli ta’sir ko’rsatdi. Mintaqaning qurg’oqchil kontinental iqlimi, yog’ingarchilikning pasayishi, haroratning oshishi va tuproq namligining pasayishi bilan tavsiflanadi, termal fizika jarayonlarini tubdan o’zgartiradi¹. Issiqlik balansi, radiatsiya oqimlari, konvektiv harakatlar va tuproqning issiqlik quvvati kabi parametrlarning o’zgarishi hududdagi termodinamik muvozanatni buzadi. Mahalliy landshaft va geofizik omillarni to’liq hisobga olishda hozirgi global iqlim modellarining cheklovlari O’zbekiston uchun moslashtirilgan termodinamik yondashuvlarni ishlab chiqishni talab qiladi
2025-11-21
ЎРИК ЕТИШТИРИШДА ҲОСИЛДОРЛИКНИ ОШИРИШ ТАДБИРЛАРИ
Мақолада ўрик дарахтларининг маҳаллий ва четдан келтирилган навларини ўрганиш ва истиқболли бўлган навларни танлаш учун олиб борилган тадқиқот кузатувлари ҳамда йиллик новдалари кесилган дарахтларда шох-шаббанинг тўғри шаклланиши ҳамда ташқи муҳит омиллари билан бевосита боғлиқ бўлиб, буларга ҳарорат, ёруғлик, сув, ҳаво, тупроқ каби ташқи омилларнинг ҳам ижобий таъсири натижасида мевалар сифатининг ошиши, ташқи муҳит омилларига мослашувчанлиги ва бошқа хусусиятлари келтирилган
2025-11-24
RO’ZA VA INSON SALOMATLIGI: TIBBIY VA DINIY YONDASHUVLAR
Ushbu maqolada Islom dinidagi ro‘za tutish va inson salomatligi, tibbiy va diniy yondashuvlar, shuningdek, Qur’on va hadislar bilan tasdiqlangan ro‘zaning ahamiyati ko‘rib chiqiladi. Zamonaviy tibbiy tadqiqotlarga ko‘ra ro‘za olish organizmni toksinlardan tozalash, vazn pasayishi va yallig‘lanishni kamaytirish kabi sog‘liq foydalarini keltirib chiqaradi. Maqolada ro‘zaning ruhiy maqsad va olijanob xulq‐atvorni tarbiyalash kabi diniy jihatlari bilan uning tana va hujayralar uchun sog‘liqni mustahkamlovchi mexanizmlari o‘rtasidagi uyg‘unlik ilmiy nazariyalar va tadqiqotlar misolida ko‘rsatiladi. Yakunda, ilmiy izlanishlar va Qur’on–hadis dalillari ro‘zaning nafaqat g‘ayrioddiy ruhiy fazilatini, balki uning organizm sog‘lig‘i uchun ilmiy asoslangan foydalarini ham yoritishi umumiy tarzda xulosa qilingan.
2025-11-24
THE IMPORTANCE OF ACADEMIC WRITING SKILLS FOR UNIVERSITY STUDENTS
Academic writing skills are essential for university students to communicate ideas clearly, demonstrate critical thinking, and succeed in higher education. This article explores the significance of academic writing, its impact on learning outcomes, and how proficiency in these skills contributes to personal, intellectual, and professional development. Through practical examples and analysis of educational research, the article highlights strategies for improving academic writing and its central role in fostering academic achievement.
2025-11-24
MODERN METHODS OF TEACHING FOREIGN LANGUAGES
In recent years, the process of teaching foreign languages has undergone significant changes due to the development of new technologies and educational approaches. Traditional grammar-based instruction is being replaced by methods that emphasize communication, interaction, and real-life language use. This article explores several modern methods of foreign language teaching, including the Communicative Approach, Task-Based Learning, and the integration of digital technologies in classrooms. It also discusses how these methods help students improve linguistic competence, motivation, and confidence in using the target language effectively.
2025-11-24
BIOTEXNOLOGIK USULLAR YORDAMIDA TUPROQ UNUMDORLIGINI TIKLASH
Tuproq unumdorligini va salomatligini tiklash hamda oshirishda qo’llaniladigan zamonaviy biotexnologik usullar tahlil qilinadi. An’anaviy qishloq xo’jaligi usullarini salbiy oqibatlarini bartaraf etishda biologik yondashuvlar: Mikrobial inokulyantlar, Organik o’g’itlar,Tozalash usullarining asosiy afzalliklari ularning ekologik barqarorligi, atrof muhitga zararsizligi, kimyoviy moddalarga qaramlikni kamaytirishi va uzoq muddatda iqtisodiy samaradorligi ta’kidlanadi.
2025-11-24
O‘ZBEKISTON BANK TIZIMIDA ISLOM MOLIYASI RIVOJLANISHINING BOSHLANG‘ICH BOSQICHLARI TAHLILI
Bugungi kunda O’zbekiston iqtisodiyotida Islom moliyasini rivojlantirish kundan-kunga ustuvor vazifaga aylanib bormoqda. Ushbu tezisda mamlakat hududidagi bank tizimida Islom moliyasini rivojlantirishga qaratilgan dastlabki bosqichlar, qonun va hujjatlarning shakllanishi, tijorat banklari amalga oshirgan tajriba loyihalari va aholining ushbu xizmatlarga bo’lgan talabi ko’rib chiqilgan. Tahlil natijalariga ko’ra, garchi bu yo’nalish shakillanish jarayonida bo’lishiga qaramay, unga bolgan yuqori talab Islom moliyasini istiqbolli yo’nalish ekanligini ko’rsatadi.
2025-11-24
INFLATION PROCESSES AND ANTI-INFLATION POLICY IN THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN
This article inflation processes in the Republic of Uzbekistan in recent years, their main causes, and the essence of the anti-inflation policy. Based on statistical data for the period between 2020 and 2025, the article analyzes the changing trends in the inflation rate. Furthermore, it evaluates the effectiveness of the monetary and fiscal policy measures being conducted by the Central Bank and the government.
2025-11-24
ANDIJON VILOYATI TUPROQ-IQLIM SHAROITIDA MANGOLD NAV NAMUNALARINING HOSILDORLIGI
Andijon viloyati tuproq-iqlim sharoitida erta bahorgi ekinda mangold nav namunalaridan eng yuqori barg hosildorlik Raduga (35,3 t/ga), Brazilskiy (34,4 t/ga) va Krasavitsa (33,7 t/ga) navlarida, aksincha, eng kam barg hosildorlik Rubin (22,3 t/ga), Aliy (22,3 t/ga), Zeleniy (21,1 t/ga) va Lukullus (14,5 t/ga) navlarida aniqlandi.
2025-11-24
ЭКИШ МЕЪЁРИ ВА БИОЛОГИК ПРЕПАРАТЛАРНИ КРОТАЛАРИЯ ҚУРУҚ МАССА МИҚДОРИГА ТАЪСИРИ
мазкур мақолада Навоий вилоятининг оч тусли бўз тупроқлари шароитида ноанъанавий дуккакли экин кроталария (Crotalaria juncea L.) нинг қуруқ масса миқдорига экиш меъёри ҳамда биологик препаратларни таъсири баён қилинган.
2025-11-24
KICHIK BIZNESNING IQTISODIY RIVOJLANISHDAGI ROLI VA SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO‘LLARI
Ushbu maqola kichik biznesning iqtisodiy rivojlanishdagi o‘rni va uning samaradorligini oshirish yo‘llarini tahlil qiladi. Kichik biznesning mamlakat iqtisodiyotidagi ahamiyati, ish o‘rinlarini yaratishdagi roli, innovatsion imkoniyatlari va resurslardan samarali foydalanish orqali rivojlanish istiqbollari o‘rganiladi. Maqolada kichik biznesni rag‘batlantirish mexanizmlari, moliyaviy va tashkiliy qo‘llab-quvvatlash tizimlari hamda raqobatbardoshlikni oshirish strategiyalari tahlil qilinadi.
2025-11-25
ОЦЕНКА КЛИНИКО-МОРФОЛОГИЧЕСКИХ ФАКТОРОВ ПРЕЖДЕВРЕМЕННОЙ ОТСЛОЙКИ НОРМАЛЬНО РАСПОЛОЖЕННОЙ ПЛАЦЕНТЫ У ЖЕНЩИН ГРУППЫ РИСКА
Преждевременная отслойка нормально расположенной плаценты (ПОНРП) остаётся одной из наиболее тяжелых акушерских патологий, представляющих значительную угрозу для жизни и здоровья матери и плода. Целью исследования явилась оценка клинических и морфологических факторов, способствующих развитию ПОНРП у женщин группы риска. Материалом послужили данные комплексного клинико-морфологического исследования 47 женщин с диагнозом преждевременной отслойки нормально расположенной плаценты. Контрольную группу составили женщины с физиологическим течением беременности и родов. Морфологическое исследование плацент выявило ряд типичных изменений: участки обширного интервиллезного кровоизлияния, деструкцию и фибриноидний некроз трофобласта, выраженные явления сосудистого спазма и дистрофии эндотелия.
2025-11-25
OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TAMINLASH UCHUN JANUB HUDUDLARDA QISHLOQ XO‘JALIK SOHASI YURITISHNING YANGI USULLARI
Mаqоlаdа jаnubiy mintаqаlаridа hоzirgi vаqtdа озиқ-овқат хавфсизлигини таминлаш учун оb-hаvоning keskin о‘zgаrаyоtgаnligi vа qurg‘оkchilik kuzаtilаyоtgаnligi hаmdа ushbu muаmmоlаrni оldini оlish vа ulаrning sаmаrаli yechimi vа ilg‘оr texnоlоgiyа vа usullаrni sаmаrаli qо‘llаsh yechimlаri mаsаlаlаri kо‘tаrilgаn.
2025-11-25
SAVDO-HUQUQIY TERMINLARNING LUG‘AVIY VA TERMINOLOGIK TAHLILI (ISLOM HUQUQI ASOSIDA)
ushbu maqolada arab tilidagi tijoratga oid terminlarning lug‘aviy va istilohiy ma’nolarini o‘zbek tilidagi tarjimasi, arablarning islomgacha qo‘llagan terminlari, islomdan keyin shakllangan terminlar va xozirgi zamonda arab tilida savdoga oid qo‘llaniladigan terminlar keltirilgan.
2025-11-25
АУТОИММУН ТИРЕОИДИТ МОДЕЛИДА ПЕРИФЕРИК ИММУН ТИЗИМ АЪЗОЛАРИНИНГ ТУЗИЛИШИ ВА ФУНКЦИЯСИДАГИ ЎЗГАРИШЛАРНИНГ МОРФОЛОГИК ВА ИММУНОГИСТОКИМЁВИЙ АСОСЛАРИ
Аутоиммун тиреоидит (АИТ) эндокрин тизимда энг кўп учрайдиган аутоиммун касалликлардан бири бўлиб, иммун тизимнинг қалқонсимон без тўқималарига нисбатан толерантликни йўқотиши билан тавсифланади. Патология нафақат тиреоид тўқимасига, балки бутун периферик иммун тизимига таъсир қилиб, талоқ, лимфа тугунлари ва МАЛТ структураларидаги иммунологик гомеостазни издан чиқаради. Замонавий морфологик, иммуногистокимёвий ва конфокал микроскопия усулларидан фойдаланиш АИТнинг системали патогенезини ва иммун органлардаги қайта қурилишларни аниқлашга имконият беради. Шу сабабли АИТ моделида периферик иммун аъзоларнинг морфофункционал хусусиятларини ўрганиш долзарб илмий йўналиш ҳисобланади.
2025-11-25
AXBOROT MAKONI VA RAQAMLI MADANIYAT: INTERNET, IJTIMOIY TARMOQLAR VA ULARNING YOSHLAR ONGIGA TA’SIRI
Ushbu maqolada axborot makoni va raqamli madaniyatning zamonaviy jamiyat, ayniqsa yoshlar ongiga ko’rsatadigan ta’siri tahlil qilinadi. Internet va ijtimoiy tarmoqlarning ijobiy hamda salbiy jihatlari o’rganilib, yoshlarning axborot xavfsizligi, media savodxonligi va raqamli madaniyatini rivojlantirishning dolzarbligi yoritiladi. Tadqiqotda raqamli makonning cheksiz imkoniyatlari bilan bir qatorda uning xavfli omillari ham ilmiy asosda ko’rib chiqiladi. Maqola yakunida raqamli madaniyatni shakllantirishga doir xulosalar va takliflar beriladi.
2025-11-26
YASMIQ NAV NAMUNALARNING HOSIL ELEMENTLARNI O‘RGANISH NATIJALARI
Ushbu ilmiy ishda yasmiq ( Lens culinaris Medik. ) ekinining asosiy hosil elementlari va ularning hosildorlikka ta’siri o‘rganildi. Tadqiqot davomida o‘simlikning poya balandligi, yon shoxlar soni, dukkaklar miqdori, har bir dukkakdagi donlar soni tahlil qilindi. Olingan natijalar yasmiqda hosilning asosan dukkaklar soni va don massasiga bog‘liq ekanini ko‘rsatdi. Tadqiqot natijalari yasmiqning nav va namunalar hosildorligini baholash va seleksiya jarayonlarida qo‘llash uchun amaliy ahamiyatga ega.
2025-11-26
KARTOSHKA (SOLANUM TUBEROSUM L) EXPLANTLARINING IN VITRO SHAROITIDA YETISHTIRISHDA STERILIZATSIYA USULLARINING YASHOVCHANLIK VA KONTOMINATSIYA DARAJASIGA TA’SIRI
Ushbu tadqiqotda kartoshka (Solanum tuberosum L.) explantlarini in vitro sharoitida muvaffaqiyatli yetishtirish uchun yangi sterilizatsiya usullari o‘rganildi. Sterilizatsiya jarayonida Domestosning ishchi eritmasi hamda kumush nitratning (AgNO₃) turli konsentratsiyalari sinovdan o‘tkazilib, ularning kontaminatsiyani bartaraf etish va explantlarning yashovchanligini ta’minlashdagi samaradorligi baholandi.
2025-11-26
THE EFFECT OF COOKING SPEED ON MEAT TENDERNESS
Cooking speed plays a major role in determining the tenderness and juiciness of meat. When meat is heated quickly at high temperatures, muscle proteins contract rapidly, leading to moisture loss and a tougher texture. When meat is cooked slowly at lower temperatures, collagen in the connective tissue has time to dissolve into gelatin, resulting in a more tender and moist product. This study compared fast, high-temperature cooking with slow, low-temperature cooking to examine how these different heating rates affect tenderness. Tenderness was assessed by measuring the pressure needed to break the cooked meat fibers, along with observations of texture and juiciness. The results showed that fast-cooked samples had significantly higher resistance to pressure, indicating greater toughness, while slow-cooked samples required much less force and showed clear signs of collagen breakdown. These findings support previous scientific studies on heat-induced protein changes and collagen solubilization in meat. The study demonstrates, in practical terms, how cooking speed influences tenderness and why slower methods produce softer meat.
2025-11-26
AVTOMATLASHTIRILGAN ISHLAB CHIQARISH TIZIMLARI VA ROBOTOTEXNIKA
Ushbu maqolada avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish tizimlari va robototexnikaning sanoat taraqqiyotidagi o‘rni yoritilgan. Unda ishlab chiqarish jarayonlarining avtomatlashtirilishi, robotlarning turlari, ularning vazifalari va sanoatdagi qo‘llanilish sohalari haqida umumiy ma’lumot beriladi. Shuningdek, avtomatlashtirilgan tizimlarning afzalliklari — mehnat unumdorligini oshirish, ishlab chiqarish sifatini yaxshilash, xavfli ishlarni avtomatlashtirish kabi jihatlar tahlil qilinadi. Maqolada zamonaviy robototexnika texnologiyalarining kelajakdagi rivojlanish istiqbollari ham ko‘rsatib o‘tilgan. Ushbu ish mashinasozlik texnologiyasi yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarga zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlarining asoslarini tushunishda yordam beradi.
2025-11-26
“UZUKLAR HUKMDORI” ROMANIDA QAHRAMONLIK EPOSI AN’ANALARINING TRANSFORMASION TALQINI
Ushbu maqolada J.R.R. Tolkinning “Uzuklar hukmdori” romanida qahramonlik eposi an’analarining badiiy transformatsiyasi tahlil qilingan. Asarda qadimgi german, kelt va skandinav folklori unsurlari zamonaviy fantastik voqelik bilan uyg‘unlashtirilgan bo‘lib, epik obrazlar, qahramonlik modeli va mifopoetik strukturalarning qayta talqin etilishi yoritilgan.
2025-11-26
ОПТИМИЗАЦИЯ ТЕХНОЛОГИЧЕСКИХ МАРШРУТОВ ОБРАБОТКИ КОРПУСНЫХ ДЕТАЛЕЙ НА ФРЕЗЕРНЫХ СТАНКАХ С ЧПУ
Данное исследование представляет системный подход к оптимизации технологических маршрутов обработки корпусных деталей на фрезерных станках с ЧПУ, позволяющий достичь сокращения времени обработки на 24,3%. Методология интегрирует оптимизацию последовательности операций, управление инструментом и корректировку параметров обработки при сохранении стандартов качества. Экспериментальная проверка на четырех корпусных компонентах демонстрирует значительное повышение эффективности при полном соответствии требованиям качества.
2025-11-30
CHIZMACHILIK FANINI O'QITISHDA O'QUVCHILARNING KOGNITIV KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI
Ushbu tezisda chizmachilik fanini o'qitishda o'quvchilarning kognitiv kompetensiyalarini rivojlantirishning samarali metodikasi tahlil qilinadi. Kognitiv kompetensiyalarni shakllantirish jarayonida vizual tasavvur, mantiqiy fikrlash, ijodiy yondashuv va muammolarni hal qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratiladi. Tezisda metodologik asoslar, pedagogik yondashuvlar, amaliy usullar va natijalar tahlil qilinadi.
2025-11-30
SINXRON TARJIMA NAZARIYASI VA AMALIYOTI
Ushbu maqolada sinxron tarjimaning nazariy asoslari va amaliy jihatlari tahlil qilinadi. Unda sinxron tarjimaning mohiyati, tarjimonning psixologik holati, diqqatni boshqarish, eshitish va tarjima jarayonlarining bir vaqtda kechishi bilan bog‘liq muammolar ilmiy asosda yoritilgan. Shuningdek, sinxron tarjimada uchraydigan asosiy qiyinchiliklar, xususan, tezkor fikrlash, terminologik aniqlik, grammatik moslashuv va nutq madaniyatiga rioya qilish masalalari ko‘rib chiqilgan. Maqolada sinxron tarjimon uchun zarur bo‘lgan professional kompetensiyalar, xotira mashqlari, tinglab anglash ko‘nikmalarini rivojlantirish usullari ham bayon etiladi. Amaliy qismda esa real tarjima vaziyatlariga asoslangan misollar orqali sinxron tarjima texnikalari tahlil qilinib, samarali strategiyalar taklif etiladi. Tadqiqot natijalari sinxron tarjimonlar tayyorlash jarayonini takomillashtirishda hamda tarjima sifatini oshirishda amaliy ahamiyat kasb etadi.
2025-11-30
ELEKTRON HUKUMAT TIZIMI VA DAVLAT XIZMATLARIDA RAQAMLASHTIRISH SAMARADORLIGI
Mazkur ilmiy maqolada O‘zbekiston Respublikasida elektron hukumat tizimi va davlat xizmatlarini raqamlashtirish jarayonining iqtisodiy, institutsional va ijtimoiy samaradorligi tahlil qilingan. Raqamli xizmatlarning joriy etilishi orqali ma’muriy tartib-taomillarning optimallashtirilishi, davlat boshqaruvidagi shaffoflikning oshishi, fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlar ilmiy asosda o‘rganilgan. Tadqiqot davomida O‘zbekistonda mavjud elektron platformalar, huquqiy bazalar, xalqaro reytinglardagi o‘rin, raqamli infratuzilma va real ko‘rsatkichlar asosida baholash amalga oshirilgan. Shu bilan birga, elektron hukumatning iqtisodiy samaradorlik mezonlari va rivojlanish istiqbollari ham yoritilgan.
2025-11-30
ADABIY ALOQA VA BADIIY TARJIMA
Ushbu maqolada badiiy tarjimaga e'tibor va tarjima adabiyotining salmog'i ham yil sayin oshib borayotgani haqida tahlillar berilgan. O'zbek shoiri va yozuvchilari tarjimachilikni o'z ijodiy faoliyatlarining doimiy tabiiy yo'ldoshi, tarkibiy qismi deb hisoblagan holda, atoqli adiblarimiz Oybek, G'afur G'ulom, Hamid Olimjon, Abdulla Qahhor, Maqsud Shayxzodalarning an'analarini davom ettirib, yangi-yangi so'z san'ati xazinalarini ochmoqdalar. Jahon adabiyotining ajoyib badiiy obidalari tilimizda yangramoqda. Badiiy tarjima tufayli adabiyotning bag'ri behad kengaydi. Tarjima original adabiyot bilan yonma-yon odimlab bormoqda.
2025-11-30
SCINCE AND INNOVATION IN THE MODERN WORLD
This article analyzes the role of science and innovation in the progress of modern society. It examines how scientific research, new technologies, and innovative ideas are transforming sectors such as economy, education, and healthcare. Using Uzbekistan as an example, the article discusses the development of science and innovation, support for young scientists, and the role of STEAM education in fostering creativity and practical skills in the younger generation. The article highlights the strategic importance of scientific and innovative development and the need for modernization in education.
2025-11-30
TADBIRKORLARDA RISKLARNI BOSHQARISH STRATEGIYALARI
Hozirgi bozor sharoitida tadbirkorlik imkoniyatlari ko‘p, ammo ular bilan birga turli xavf va noaniqliklar ham yuradi. Narxlarning o‘zgarishi, talabning pasayishi, raqobatchilarning ko‘payishi yoki texnologiyalarning tez yangilanishi tadbirkorlarni doimo hushyor bo‘lishga majbur qiladi. Shuning uchun ham risklarni boshqarish bugungi kunda har bir tadbirkor uchun zarur ko‘nikmaga aylangan. Risklarni oldindan ko‘ra bilish va ularga vaqtida javob qaytarish biznesning barqaror ishlashi va ortiqcha yo‘qotishlarning oldini olishga yordam beradi.
2025-11-30
