«Наука и технология в современном мире» - это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, английском или русском языках.
Опубликован: 2026-03-20
Статьи
BIGCLASS: GAMIFIKATSIYA VA SUN’IY INTELLEKT YORDAMIDA TA’LIMNI MODERNIZATSIYALASH
Ushbu tezisda BigClass raqamli ta’lim platformasining konsepsiyasi, texnik arxitekturasi va sinov natijalari yoritiladi. Platforma Django REST Framework (backend), React TypeScript (frontend) va Google Gemini AI (dars rejasi generatsiyasi) asosida yaratilgan. 248 nafar o‘quvchi ishtirokidagi pedagogik eksperiment natijalari shuni ko‘rsatdiki, gamifikatsiya mexanizmlari o‘quvchi faolligini 38 foizga oshirishga yordam beradi. Sun’iy intellekt integratsiyasi esa o‘qituvchilar uchun dars tayyorlash vaqtini 60 foizga qisqartiradi.
2026-03-23
XIX ASRDA MARKAZIY OSIYODA TA'LIM TIZIMI (YEVROPALIK SAYOHATCHILAR ASARLARI ASOSIDA)
XIX asrda Yevropalik sayohatchilarning Markaziy Osiyoga qilgan sayohatlari mintaqaning madaniy hayoti va ta’lim tizimi haqida qimmatli ma’lumotlar beradi. Ushbu maqolada Yevropa tadqiqotchilari va sayohatchilari tomonidan qoldirilgan yozma manbalar asosida Markaziy Osiyodagi madaniy jarayonlar va ta’lim tizimining o‘ziga xos jihatlari tahlil qilinadi. Sayohatchilarning kundaliklari, ilmiy asarlari va esdaliklaridan kelib chiqib, islom ta’lim muassasalari (maktab va madrasalar), an’anaviy ilm olish usullari hamda mintaqadagi ilm-fan rivoji yoritiladi. Bu davrda yozilgan manbalar orqali mintaqaning ta’lim jarayonlari, ilmiy an’analari va madaniy hayoti haqida chuqur tasavvur hosil qilish mumkin.
2026-03-23
QOG‘OZ DARAXTINING YASHIL, YARIM YOG‘CHLASHGAN, YOG‘OCHLASHGAN QALAMCHALARIGA IBA MODDASINING REGENERATSIYA JARAYONLARIGA TA’SIRI NATIJALARI
Ushbu maqolada qog‘oz daraxti qalamchalarini va 1 yillik ko‘chatlarini ekish muddatlari hamda o‘sish ko’rsatkichlarini baholash bo‘yicha tadqiqot natijalari keltirilgan bo‘lib, qog‘oz daraxti ko‘chatlarini vegetativ usulda turli muddatlarda ekish bo‘yicha tajriba ishlari bayon etilgan. O‘stirish muddatlari bo‘yicha mart oyining birinchi dekadasi olindi. Qog’oz daraxti qalamchalarini 4 turdagi variantlar asosida o’stirish bo’yicha tajriba ishlari amalga oshiridi. O’stirish muhitlari sifatida qum (nazorat), biosulfat, gidroksid hamda root energy stimulyatorlari olindi. Tajribalar Toshkent davlat agrar universiteti Axborot maslahat markazi hududida 0.02 ga yer maydoni tayyorlab olindi. Tajribalar qo’yilgan hudud harorati kuzatib borildi. Qalamchalarni ildiz oldirish davomida hududning harorat ko’rsatkichi 18-22°, havo namligi 45-55 % da, qum namligi haroratga bog’liq ravishda 25-28 darajada (tuproq namligini o’lchovchi asbob ko’rsatkichlariga asosan) bo’lganligi kuzatilgan. Qog’oz daraxti ko’chatlarini vegetativ usulda ildiz otish ko’rsatkichlari 3-5 kunda ekanligi kuzatilgan. Vegetativ usulda ildiz oldirish ishlarining muddatlari va sug’orish me’yorlari, hamda ildiz olgan nihollarning ildiz uzinligi va barg ko’rsatkichlari bo’yicha ma’lumotlar keltirilgan.
2026-03-23
SCIENCE AND TECHNOLOGICAL DETERMINISM IN THE MODERN WORLD: AN ANALYSIS OF LINGUO-GNOSEOLOGICAL AND EPISTEMOLOGICAL TRANSFORMATIONS
This study examines the processes of intellectual and technological evolution of modern civilization from the perspective of fundamental science. The article explores the dialectical relationship between the gnoseological views of representatives of the technological paradigms of post-industrial society. The role of computer linguistics, artificial intelligence (AI), and neural networks in linguistics and the system of social justice is illuminated from a scientific-philosophical standpoint. Within the framework of Digital Humanities, the author analyzes innovative models for enhancing the development of the national language and legal literacy.
2026-03-23
BOJXONA XIZMATLARINING IQTISODIY MOHIYATI VA TURLARI
Ushbu tezisda bojxona xizmatlarining iqtisodiy mohiyati, ularning milliy iqtisodiyotdagi o‘rni va ahamiyati yoritiladi. Shuningdek, bojxona xizmatlarining asosiy turlari, ularning funksional vazifalari hamda tashqi savdo jarayonlarini tartibga solishdagi roli ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Bojxona tizimi samaradorligini oshirishning muhim omillari ham qisqacha asoslab beriladi.
2026-03-24
ADVANCED RHEOLOGICAL CHARACTERIZATION AND CONSTITUTIVE MODELLING OF ASPHALT CONCRETE: A MECHANISTIC REVIEW
The structural integrity and long-term durability of flexible pavement systems are fundamentally governed by the rheological properties of asphalt concrete (AC) and its binding matrix. As the global transportation infrastructure faces escalating demands characterized by increased axle loads, higher traffic volumes, and extreme climatic volatility, the engineering community is actively transitioning from empirical design methodologies to robust Mechanistic-Empirical (M-E) frameworks. This review article provides an exhaustive, critical examination of the rheological characterization of asphalt binders and mixtures, synthesizing findings from advanced experimental campaigns and theoretical modeling efforts. We explore the linear viscoelastic (LVE) limits, the validity of the Time-Temperature Superposition Principle (TTSP), and the interrelationships between binder and mixture rheology, specifically investigating horizontal shift factors and complex modulus correlations. Furthermore, the report delves into constitutive modeling strategies, ranging from classical integer-order differential equations (Burgers model) to sophisticated spectral representations (Prony series, 2S2P1D) and fractional calculus approaches that capture the hereditary nature of asphaltic materials.
2026-03-24
MIRZO ULUG‘BEK VORISLARI
Ushbu maqolada buyuk alloma va davlat arbobi Mirzo Ulugʻbekning ilmiy merosi hamda u asos solgan ilmiy maktab an’analarini davom ettirgan olimlar faoliyati ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotda Ulugʻbek ilmiy maktabining vujudga kelish jarayoni, uning astronomiya, matematika va fan rivojidagi ahamiyati, shuningdek, uning shogirdlari hamda ilmiy merosini davom ettirgan izdoshlari faoliyati yoritilgan. Maqolada Ulugʻbek rasadxonasi faoliyati, ilmiy anʼanalarning keyingi avlodlarga ko‘rsatgan ta’siri hamda ushbu ilmiy merosning jahon ilm-fani taraqqiyotidagi o‘rni tahlil etilgan. Tadqiqot natijalari Ulugʻbek ilmiy maktabi Sharq ilm-fani rivojida muhim ahamiyat kasb etganini va uning izdoshlari ushbu ilmiy an’analarni davom ettirganini namoyon etadi. Shuningdek, maqolada Ulugʻbek davrida ilmiy muhitning shakllanishi, ilmiy izlanishlar uchun yaratilgan sharoitlar hamda o‘sha davr olimlarining ilm-fan taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi ham alohida yoritiladi. Tadqiqot jarayonida Ulugʻbek ilmiy maktabining keyingi asrlardagi ilmiy rivojlanishlarga ko‘rsatgan ta’siri ham tahlil qilinadi va uning ilmiy merosi bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmaganligi ta’kidlanadi.
2026-03-24
ДОПУСТИМОСТЬ ДОКАЗАТЕЛЬСТВ В УГОЛОВНОМ ПРОЦЕССЕ
Уголовный процесс — это сфера, где сталкиваются интересы государства, стремящегося наказать виновного, и права личности на справедливое судебное разбирательство. В центре этого противостояния стоит доказательство. Однако не всякая информация, имеющая значение для дела, может стать фундаментом приговора. Ключевым фильтром здесь выступает институт допустимости доказательств, который гарантирует, что правосудие будет вершиться исключительно законными методами.
2026-03-24
TAMAGIRLIK JINOYATLARINING JINOIY-HUQUQIY TAVSIFI
Ushbu maqola tamagirlik jinoyatlarining jinoiy-huquqiy tavsifini tahlil qiladi, ularning ijtimoiy-iqtisodiy xavfi va davlat boshqaruvi tizimiga ta’sirini o‘rganadi. Maqolada O‘zbekiston va xorijiy olimlar fikrlari keltirilib, mansabdor shaxslarning vakolatlarini suiiste’mol qilish orqali sodir bo‘ladigan jinoyatlarning tarkibi, ob’ekti, sub’ekti, sub’ektiv va obyektiv tomonlari tahlil qilinadi. Shuningdek, profilaktik va xalqaro standartlar asosidagi chora-tadbirlar ko‘rib chiqilgan.
2026-03-24
ПРИМЕНЕНИЕ ИСКУССТВЕННОГО ИНТЕЛЛЕКТА (AI) И АНАЛИТИКИ БОЛЬШИХ ДАННЫХ (BIG DATA) В АУДИТОРСКИХ ПРОЦЕДУРАХ
Аудит является предпринимательской деятельностью, целью которой является выдача объективного профессионального мнения о финансовой отчётности хозяйствующего субъекта, и которая регулируется и поддерживается государственными нормативными актами, как на мировом уровне, так и в Узбекистане взятом отдельно. В целях интенсивного развития и повышения качества аудиторской деятельности и соответствия международным стандартам, в Узбекистане также ведётся ряд действий, направленные на совершенствование работы аудиторов и аудиторских организаций основываясь на опыте развитых стран, а также повышения качества аудиторской деятельности путём внедрения передовых технологий и цифровизации.
2026-03-24
BO‘LAJAK MUHANDISLARNING KASBIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH MEXANIZMLARI
Ushbu maqolada kompetensiya tushunchasining mazmun-mohiyati yoritib berilgan. Bo‘lajak o‘qituvchilar uchun egallanishi kerak bo‘lgan pedagogik kompetentlikning rivojlanish darajasini aniqlaydigan kompetensiyalar mazmuni yoritilgan.
2026-03-25
AKADEMIK SAVODXONLIK VA MEHNAT BOZORI TALABLARI
Ushbu tezisda akademik savodxonlik tushunchasi va uning talabalarning taʼlim jarayonidagi ahamiyati haqida fikr yuritiladi. Shuningdek, akademik savodxonlikning zamonaviy mehnat bozori talablariga qanday taʼsir qilishi yoritib beriladi.
2026-03-25
TABIIY FANLARNI O’QITISHDA IJODIY MUHITNI YARATISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH (5-SINF TABBIY FAN MISOLIDA)
Ushbu maqolada umumta’lim maktablarining 5-sinf tabiiy fan darslarida ijodiy muhitni shakllantirish hamda uni takomillashtirish metodikasi ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida ijodiy muhit tushunchasining pedagogik mohiyati ochib berilib, o‘quvchilarning ijodiy fikrlashini rivojlantirishda zamonaviy pedagogik yondashuvlar va interfaol metodlarning o‘rni asoslab beriladi. Shuningdek, tabiiy fanlarni o‘qitishda muammoli ta’lim, loyihaviy faoliyat, tajriba va kuzatishlarga asoslangan metodlardan foydalanish orqali ijodiy muhitni samarali tashkil etish yo‘llari ko‘rsatib o‘tiladi. Maqolada taklif etilgan metodika o‘quvchilarning mustaqil fikrlash ko’nikmalarini rivojlantirishga,fanlarga bo‘lgan qiziqishini oshirishga va ta’lim samaradorligini yuksaltirishga xizmat qiladi.
2026-03-25
O‘RTA ASRLARDA BUXORO AMIRLIGI VA QO‘QON XONLIGIDAGI UNVON VA MANSABLAR
Mazkur ishda o‘rta asrlarda Buxoro amirligi va Qo‘qon xonligi hududlarida mavjud bo‘lgan davlat boshqaruvi tizimi, unvon va mansablar tizimi tahlil qilinadi. Xususan, amir, xon, qushbegi, devonbegi, bek, mingboshi kabi lavozimlarning vazifalari, vakolatlari va jamiyatdagi o‘rni yoritib beriladi. Tadqiqot davomida ushbu mansablarning davlat boshqaruvidagi ahamiyati hamda siyosiy-iqtisodiy hayotga ta’siri ochib beriladi.
2026-03-26
THE USE OF PROBLEM-BASED LEARNING IN TEACHING ENGLISH IN THE FIELD OF ECONOMICS
This article examines the effectiveness of problem-based learning (PBL) in teaching English to students specializing in economics. In contemporary education, traditional methods often focus on passive learning and memorization, which may limit students’ ability to apply knowledge in real-world contexts. Problem-based learning, however, encourages active engagement by presenting students with real or simulated economic problems that require critical thinking, collaboration, and communication in English. The study highlights that PBL not only improves students’ language proficiency but also develops their analytical, decision-making, and problem-solving skills. Various strategies, including case studies, group discussions, and project-based tasks, are discussed as practical approaches to integrate PBL into English instruction for economics students. The findings suggest that adopting problem-based learning can enhance both academic performance and professional readiness, preparing students to effectively use English in business and economic environments.
2026-03-26
ANILIN HOSILALARINING TIBBIYOTDA QÒLLANILISHI VA BIOLOGIK FAOLLIGI
Ushbu maqolada anilin va uning hosilalarining tibbiyotdagi qo‘llanilishi va biologik faolligi tahlil qilinadi. Anilin hosilalarining kimyoviy xususiyatlari, farmakologik ta’sirlari va terapevtik samaradorligi ilmiy manbalar asosida yoritiladi. Shuningdek, ularning antibakterial, antivirus, yallig‘lanishga qarshi va saraton kasalliklariga qarshi xususiyatlari ko‘rib chiqiladi. Anilin hosilalari dori moddalari, diagnostik reagentlar va biologik faol birikmalar sifatida klinik amaliyotda qo‘llanilishi bilan ahamiyatlidir. Maqola anilin hosilalarining farmatsevtik va biologik jihatlari bo‘yicha dolzarb ilmiy ma’lumotlarni jamlaydi.
2026-03-26
БЕЗТАНГАЧАЛИ КЎКАМАРОН (SCUTELLARIA ADENOSTEGIA) ҚУРУҚ ЭКСТРАКТИДАГИ ФЛАВОНОИДЛАР ЙИҒИНДИСИНИ СПЕКТРОФОТОМЕТРИЯ УСУЛИДА МИҚДОРИЙ БАҲОЛАШ
Scutellaria adenostegia Briq. (безтангачали кўкамарон) ўсимлигининг ер устки қисмидан 40% этил спирти ёрдамида олинган қуруқ экстракт каламушларда (100 ва 200 мг/кг, per os) аниқ антигипертензив фаоллик намоён қилиши аниқланди. Энг юқори самара 100 мг/кг дозада кузатилиб, қон босими 4 соатда 80–97 мм симоб устунигача пасайди.
2026-03-26
MAKTABGACHA VA BOSHLANG‘ICH MAKTAB YOSHIDAGI BOLALARDA GIPERAKTIVLIKNING PSIXOLOGIK DETERMINANTI VA UNI KORREKSIYALASHNING NAZARIY ASOSLARI
Mazkur maqolada maktabgacha va boshlang‘ich maktab yoshidagi bolalarda uchraydigan giperaktivlik holatining psixologik determinantlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda giperaktivlikning kelib chiqish omillari, uning bolalarning kognitiv rivojlanishi, xulq-atvori va ijtimoiy moslashuviga ta’siri ilmiy-nazariy jihatdan yoritilgan. Shuningdek, giperaktiv bolalar bilan olib boriladigan psixologik-pedagogik korreksion ishlarning nazariy asoslari, samarali metod va yondashuvlar ko‘rib chiqilgan. Maqolada giperaktivlikni erta aniqlash, diagnostika qilish hamda korreksion ishlarni tashkil etishda pedagog, psixolog va ota-onalar hamkorligining muhimligi asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim tizimida giperaktiv bolalar bilan ishlash samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
2026-03-26
O‘SPIRINLIK DAVRINING PSIXOFIZIOLOGIK TABIATI VA IJTIMOIY RIVOJLANISH VAZIYATINING ILMIY-NAZARIY TALQINLARI
Mazkur maqolada o‘spirinlik davrining psixofiziologik xususiyatlari hamda ijtimoiy rivojlanish vaziyatining ilmiy-nazariy talqinlari tahlil qilinadi. Unda o‘spirinlik davrida yuz beradigan biologik va psixologik o‘zgarishlar, emotsional holat hamda kognitiv jarayonlarning rivojlanish xususiyatlari yoritilgan. Shuningdek, shaxsning ijtimoiy rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar oila, ta’lim muassasasi va tengdoshlar muhitining roli ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari o‘spirinlik davrida shaxsning ijtimoiy moslashuvi va psixologik rivojlanishini tushunishda muhim ahamiyat kasb etadi.
2026-03-26
L.S.VIGOTSKIY VA A.N.LEONTYEV ASARLARIDA FAOLIYAT MOTIVATSIYASI VA EMOTSIONAL BARQARORLIKNING O‘ZARO ALOQASI
Ushbu maqolada L.S. Vigotskiy va A.N. Leontyev asarlarida faoliyat motivatsiyasi va emotsional barqarorlikning o‘zaro aloqasi tahlil qilinadi. L.S. Vigotskiy va A.N. Leontyev, insonning faoliyatini va rivojlanishini psixologik nuqtai nazardan o‘rganish bo‘yicha muhim nazariyalar ishlab chiqqan. Maqolada, faoliyat motivatsiyasining psixologik mexanizmlari, uning emotsional barqarorlik bilan o‘zaro bog‘liqligi, va bu jarayonlarning shaxsiy rivojlanishga ta’siri haqida gapiriladi. Shuningdek, shaxsning faoliyatga motivatsiyasi va uning emotsional holati o‘rtasidagi murakkab aloqalar va bu aloqaning ta’lim va psixologik yordamdagi ahamiyati muhokama qilinadi.
2026-03-26
PEDAGOGIK MULOQOTNING PSIXOLOGIK MADANIYATI: O‘QITUVCHI MAHORATI TA’LIM SIFATI KAFOLATI SIFATIDA
Ushbu maqolada pedagogik muloqotning psixologik madaniyati va uning ta’lim sifatiga ta’siri tahlil qilinadi. O‘qituvchining pedagogik muloqotdagi psixologik madaniyati, uning bilim, ko‘nikma va qobiliyatlari, o‘quvchilar bilan samarali muloqot o‘rnatishdagi roli o‘rganiladi. Maqola, o‘qituvchining yuqori malakali pedagogik muloqot orqali ta’lim sifatini oshirish va ta'lim jarayonini samarali tashkil etish uchun zarur bo‘lgan psixologik komponentlarni ko‘rsatadi. O‘qituvchining kommunikativ qobiliyatlari va emotsional intellekti, shuningdek, pedagogik madaniyatning ta’limdagi o‘rni va uning ta’lim sifatini kafolatlashdagi ahamiyati ta’kidlanadi. Tadqiqot, ta’lim sifatini oshirishda psixologik madaniyatning muhim o‘rni haqida chuqurroq tushuncha beradi.
2026-03-26
PSIXOLOGIK MASLAHATNING KONSEPTUAL MODELLARI: L.S.VIGOTSKIY, K.ROJERS VA A.ADLER NAZARIYALARINING QIYOSIY TAHLILI
Mazkur maqolada psixologik maslahatning asosiy konseptual modellari L.S.Vigotskiy, K.Rojers va A.Adlerning nazariyalari qiyosiy tahlil qilinadi. Maqola doirasida har bir psixologning psixologik maslahatga bo‘lgan yondashuvi, uning asosiy tamoyillari, metodlari va usullarini batafsil ko‘rib chiqamiz. L.S.Vigotskiyning ijtimoiy-g‘oyaviy yondashuvi, K.Rojersning mijoziy muvofiqlik nazariyasi va A.Adlerning individual psixologiyasi o‘rtasidagi farqlar va o‘xshashliklar tahlil qilinadi. Ularning psixologik maslahatdagi yondashuvlari va metodologiyalari, inson rivojlanishi va psixologik muammolarni hal qilishdagi ahamiyati o‘rganiladi. Ushbu maqola psixologik maslahatning nazariy asoslarini chuqurroq anglash va amaliyotda qo‘llashga yordam beradi.
2026-03-26
GIPOFIZ O‘SMALARINI RADIOLOGIK TEKSHIRISH USULLARINING SAMARADORLIGI
Ushbu tezisda gipofiz bezida uchraydigan o‘smalarni aniqlashda qo‘llaniladigan zamonaviy radiologik tekshiruv usullari, ularning diagnostik imkoniyatlari va klinik ahamiyati yoritilgan. Kompyuter tomografiya (KT) va magnit-rezonans tomografiya (MRT) usullarining afzalliklari, cheklovlari va qo‘llash ko‘rsatmalari tahlil qilindi. Gipofiz o‘smalarini erta aniqlash va differensial diagnostikada MRTning yetakchi o‘rni asoslab berildi.
2026-03-26
TUXUMDON O‘SMALARI YAXSHI VA YOMON SIFATLI SHAKLLARINING DIFFERENSIAL DIAGNOSTIKASIDA RADIOLOGIK TEKSHIRUVLARNING SAMARADORLIGINI O‘RGANISH
Ushbu maqolada tuxumdon o‘smalarini yaxshi sifatli va yomon sifatli shakllarini differensial diagnostika qilishda ultratovush tekshiruvi, kompyuter tomografiya va magnit-rezonans tomografiyaning diagnostik ahamiyati o‘rganildi. Radiologik belgilar anatomik va patofiziologik jarayonlar bilan bog‘liq holda tahlil qilindi. Natijalar radiologik usullar o‘smaning tabiatini aniqlashda yuqori sezgirlik va spetsifiklikka ega ekanini ko‘rsatdi.
2026-03-26
YURAK ISHEMIK KASALLIKLARINI ANIQLASHDA NUR TASHXIS USULLARINING DIAGNOSTIK VA STATISTIK AHAMIYATI
Yurak ishemik kasalligi (YIK) dunyo miqyosida o‘lim va nogironlikka olib keluvchi asosiy kasalliklardan biri hisoblanadi. Epidemiologik ma’lumotlarga ko‘ra, yurak-qon tomir kasalliklari barcha o‘lim holatlarining taxminan 30–32% ini tashkil etadi. Ushbu ko‘rsatkichlarning 40% dan ortig‘i aynan yurak ishemik kasalligi hissasiga to‘g‘ri keladi. So‘nggi yillarda YIKning aholida uchrash darajasi 6–12% oralig‘ida bo‘lib, erkaklarda ayollarga nisbatan 1,5–2 baravar yuqori ekani qayd etilgan.Kasallikning 20–30% holatlari klinik belgilarsiz yoki kam simptomli kechishi sababli, YIKni erta aniqlashda yuqori aniqlikka ega diagnostik usullarga ehtiyoj mavjud. Shu nuqtai nazardan, nur tashxis usullari zamonaviy kardiologiyada muhim o‘rin tutadi. Ushbu tezisning maqsadi yurak ishemik kasalligini aniqlashda qo‘llaniladigan asosiy nur tashxis usullarining diagnostik imkoniyatlarini statistik ma’lumotlar asosida baholash, ularning sezgirlik va spetsifiklik ko‘rsatkichlarini tahlil qilishdan iborat.
2026-03-26
TUXUMDON KISTALARINI NUR TASHXIS USULLARI YORDAMIDA DIFFERENSIAL DIAGNOSTIKA QILISH
Ushbu maqolada ayollarda uchraydigan reproduktiv davrda ayniqsa keng tarqalgan tuxumdon kistalarining turlarini aniqlashda zamonaviy nur tashxis usullari — ultratovush tekshiruvi (UTT), rangli Dopplerometriya va magnit-rezonans tomografiya (MRT) imkoniyatlari yoritilgan. Tadqiqotda kistalarning morfologik xususiyatlarini gistologik tahlillar bilan solishtirish orqali ushbu usullarning diagnostik samaradorligi tahlil qilingan.
2026-03-27
BUYRAKUSTI BEZI HOSILALARINI TAVSIFLASHDA MULTISPIRAL KOMPYUTER TOMOGRAFIYASI VA MAGNIT-REZONANS TOMOGRAFIYANING DIAGNOSTIK AHAMIYATINI QIYOSIY BAHOLASH
Buyrakusti bezi hosilalarini, xususan, tasodifan topilgan insidentalomalar sonining ortishi zamonaviy radiologiya va endokrinologiya oldida turgun muammolardan biridir. Tadqiqotning maqsadi — buyrakusti bezi oʻsmalarini differensial tashxislashda multispiral kompyuter tomografiyasi (MSKT) va magnit-rezonans tomografiya (MRT) usullarining samaradorligini qiyosiy baholashdir. Adrenokortikal karsinoma va boshqa xavfli oʻsmalarni erta bosqichda inkor etishda nur tashxisi usullarining sezgirligi va oʻziga xosligi qiyoslanadi.
2026-03-27
BOLALARDA TUG‘MA YURAK NUQSONLARINI ANIQLASHDA EXOKARDIYOGRAFIYANING AHAMIYATI
Ushbu tezisda yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda tug‘ma yurak nuqsonlarini aniqlashda exokardiyografiya usulining diagnostik ahamiyati yoritilgan. Exokardiyografiya yordamida yurak anatomiyasi va gemodinamik o‘zgarishlarini baholash imkoniyatlari, eng ko‘p uchraydigan tug‘ma yurak nuqsonlari hamda ularning aniqlanish darajasi tahlil qilindi. Exokardiyografiyaning erta diagnostikadagi yetakchi o‘rni asoslab berildi.
2026-03-27
O‘RTA OTIT KASALLIGIDA LOR TASHXISI VA TASVIRLASH USULLARINING DIAGNOSTIK AHAMIYATI
O‘rta otit kasalligi — bolalar va kattalarda eng keng tarqalgan oto-laringologik patologiya bo‘lib, dunyo bo‘yicha har yili bolalarning 5–10% va kattalarda 2–5% o‘rtacha uchraydi. Surunkali o‘rta otit esa tympanik membrananing perforatsiyasi, cholesteatoma, mastoidit va eshitish yo‘qotilishi kabi murakkab asoratlarni keltirib chiqaradi. Bu kasallik sog‘liqni saqlash tizimida katta iqtisodiy va amaliy yukni tashkil qiladi, chunki uzoq muddatli davolash, jarrohlik aralashuvlar va reabilitatsiya talab etiladi.
2026-03-27
BOSH MIYA TRAVMALARIDA RADIOLOGIK TEKSHIRISH USULLARI SAMARADORLIGINI O‘RGANISH
Ushbu tezisda bosh miya jarohatlarini (BMT) aniqlashda qo‘llaniladigan asosiy radiologik tekshirish usullari — Kompyuter Tomografiyasi (KT) va Magnit-Rezonans Tomografiyaning (MRT) o‘rni hamda ularning diagnostik imkoniyatlari tahlil qilingan. Shuningdek, neyrovizualizatsiyaning zamonaviy usullari orqali miyadagi nozik strukturaviy o‘zgarishlarni farqlash masalalari yoritilgan.
2026-03-27
RAQAMLI TO‘LOV INFRATUZILMASINING PUL MUOMALASI BARQARORLIGIGA TA’SIR MEXANIZMLARI
Mazkur maqolada raqamli to‘lov infratuzilmasining pul muomalasi barqarorligiga ta’sir etuvchi asosiy mexanizmlar tizimli ravishda tahlil qilinadi. Xususan, elektron to‘lov vositalari, mobil banking, to‘lov tizimlari va fintex yechimlarining pul aylanish tezligi, likvidlik darajasi, pul massasining nazorat qilinishi hamda moliyaviy shaffoflikni ta’minlashdagi o‘rni yoritiladi. Shuningdek, raqamli to‘lov infratuzilmasining naqd pulsiz hisob-kitoblar ulushini oshirish orqali inflyatsion bosimni kamaytirish, yashirin iqtisodiyot hajmini qisqartirish va monetar siyosat samaradorligini oshirishdagi ahamiyati asoslab beriladi. Tadqiqot davomida zamonaviy iqtisodiy sharoitda raqamli transformatsiya jarayonlari va ularning pul muomalasi barqarorligiga bevosita va bilvosita ta’siri ilmiy jihatdan baholanadi hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqiladi.
2026-03-27
USMON AZIM SHE’RIYATIINING SINTAKTIK XUSUSIYATLARI
Ushbu tadqiqotda Usmon Azim she’riyatining sintaktik xususiyatlari ilmiy asosda tahlil qilinib o‘rganilgan. Unda poetik matnda gap qurilishi, sintaktik vositalar (inversiya, parallelizm, ellipsis, takror)ning qo‘llanilishi hamda ularning badiiy-estetik funksiyasi yoritiladi. Tadqiqot sintaksis va lingvopoetika doirasida olib borilib, shoirning individual uslubi va sintaktik qurilishining o‘ziga xosligi aniqlanadi.
2026-03-27
HIKOYA JANRINING VUJUDGA KELISHINING NAZARIY VA TARIXIY ASOSLARI
Hikoya janri badiiy adabiyotning eng keng tarqalgan janrlaridan biri hisoblanib, bu janr shakllanish va taraqqiyotning uzoq tarixiy yoʻlini bosib oʻtgan hamda asrlar davomida mazmun, mohiyat va shakl jihatidan takomillashib borgan. Ilmiy va adabiy manbalarga tayangan holda fors-tojik adabiyotida hikoya janrining paydo boʻlish tarixiga nazar tashlasak, uning ildizlari islomdan oldingi davrlarga borib taqalishi va koʻcha-bozorlardagi noma'lum roviylar, qissagoʻylar faoliyati bilan bogʻliq ekanligi ayon boʻladi.
2026-03-30
LOYIHA ISHLARINING O‘QUVCHILAR MUSTAQIL FAOLIYATINI TASHKIL ETISHDAGI O‘RNI
Bugungi kunda ta’lim jarayonida faqatgina bilim berish emas, balki o‘quvchilarni mustaqil o‘rganishga, fikrlashga va harakatga o‘rgatish asosiy maqsadlardandir. Shu nuqtayi nazardan, loyiha ishlari ta’limda muhim o‘rin tutib, o‘quvchilarning mustaqil faoliyatini shakllantirishda samarali vosita hisoblanadi. Ayniqsa, boshlang‘ich sinflarda bu jarayonning asoslarini qo‘yish juda muhimdir. Loyiha ishlari zamonaviy ta’limning ajralmas qismi bo‘lib, o‘quvchilarning mustaqil faoliyatini rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi. U o‘quvchilarda chuqur bilim olish, amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish, ijodiy yondashuvni rivojlantirishga xizmat qiladi. Shu boisdan ta’lim jarayonida loyiha ishlariga alohida e’tibor qaratish muhim. Loyiha ishlari aynan shu maqsadlarga xizmat qiladigan pedagogik vositalardan biridir.
2026-03-30
TIBBIYOT OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA SIFAT MENEJMENTI TIZIMINI JORIY ETISHNING TA’LIM SAMARADORLIGIGA TA’SIRI
Ushbu tezisda oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan keng qamrovli ishlar mazmuni yoritilgan. Menejmentni boshqarish tizimini takomillashtirishning umumiy sifatga ta’siri, raqobatbardoshlikka erishish uchun zamonaviy oliy o‘quv yurtlarida sifat menejmenti tizimi faoliyatini rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, ta’lim muassasalari talabalarni ta’lim xizmatlarining iste’molchisi sifatida baholab, o‘quv dasturlari va rejalarini takomillashtirish, zarur o‘zgartirishlar kiritish, yangi yuzaga kelayotgan talablarni oldindan o‘rganish hamda ularni amaliyotga joriy etish orqali ta’lim xizmatlari sifatini oshirish imkoniyatlari tahlil qilingan. Mazkur jarayonda sifat menejmenti tizimining ta’lim xizmatlari bozoridagi o‘zgarishlarga moslashuvi alohida ahamiyat kasb etadi.
2026-03-30
ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR VA ULARNING TIL O‘RGANISHDAGI ASOSIY XUSUSIYATLARI
Mazkur maqolada zamonaviy texnologiyalar va sun’iy intellektning tilni tinglab tushunish ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi roli yoritilgan. Tinglab tushunish ko‘nikmasi faol kognitiv va pragmatik jarayon sifatida talqin etilib, uning multimedia vositalari, mobil ilovalar, interaktiv platformalar va virtual muloqot muhitidagi amaliy qo‘llanilishi izchil tahlil etilgan. Shuningdek, maqolada subtitrlar, multimodal yondashuv va sun’iy intellekt asosidagi personalizatsiyalashgan mashqlar orqali tinglab tushunish ko‘nikmalarini shakllantirish va mustahkamlashning samaradorligi asoslab berilgan.
2026-03-30
RADIOJURNALISTIKADA YANGI TRENDLAR (MADANIY-MA’RIFIY DASTURLAR MISOLIDA)
Yangi trendlar audiovizual jurnalistikada hamisha amalda bо‘lgan. Buni radio tarixida madaniy-ma’rifiy dasturlarni hamma davrlarda zamonasining eng taniqli, ziyoli vakillari tayyorlagani misolida kо‘rish mumkin. Ushbu ilmiy maqolada radio tarixida madaniy-ma’rifiy, musiqiy- kо‘ngilochar dasturlarning yetakchi о‘rinda turgani, hozirgi kunda ham radiokanallarda madaniy-ma’rifiy dasturlarning mavqei balandligi va muxlislar tomonidan e’tirof etilayotgani ifodalangan. An’analar asosida tayyorlanayotgan madaniy-ma’rifiy radiodasturlarning yangi terndlarda ommalashtirish tadqiq etilgan.
2026-03-30
ЦИФРОВЫЕ ТЕХНАЛОГИИ В ДОШКОЛЬНОМ ОБРАЗОВАНИИ: ПОЛЬЗА И РИСК
В статье рассматриваются особенности внедрения цифровых технологий в дошкольном образовании, их преимущества и возможные риски. Анализируются влияние цифровых средств на развитие детей, профессиональные требования к педагогам и вопросы безопасности. Особое внимание уделяется необходимости соблюдения баланса между инновациями и традиционными формами воспитания и обучения.
2026-03-30
DEVELOPING LEARNER AUTONOMY IN ENGLISH LANGUAGE TEACHING WITHIN A DIGITAL LEARNING ENVIRONMENT: METHODOLOGICAL FOUNDATIONS AND EMPIRICAL PERSPECTIVES
Ushbu maqola raqamli ta’lim muhitida ingliz tilini o‘qitishda o‘quvchi avtonomiyasini rivojlantirishning metodologik asoslari va amaliy jihatlarini tahlil qiladi. Unda o‘quvchi avtonomiyasi tushunchasining nazariy asoslari, jumladan konstruktivizm, gumanistik yondashuv va o‘z-o‘zini boshqarib o‘rganish nazariyalari yoritilgan. Raqamli ta’lim muhitining imkoniyatlari — moslashuvchanlik, individuallashtirish va interaktivlik — o‘quvchilarning mustaqil o‘rganish ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim omil sifatida ko‘rib chiqiladi. Maqolada, shuningdek, aralash ta’lim, “flipped classroom”, loyiha asosida o‘qitish va gamifikatsiya kabi zamonaviy metodlarning o‘rni tahlil qilingan. O‘zbekiston tajribasi asosida olib borilgan tadqiqotlar natijalari raqamli texnologiyalar o‘quvchi avtonomiyasini sezilarli darajada oshirishini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, texnologik tengsizlik, o‘z-o‘zini boshqarish ko‘nikmalarining yetishmasligi kabi muammolar ham muhokama qilinadi. Yakunda o‘quvchi avtonomiyasini rivojlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilgan.
2026-03-30
ARTIFICIAL INTELLIGENCE IN LANGUAGE LEARNING
This article is devoted to examining the significance, opportunities, and challenges of artificial intelligence in the process of language learning. It analyzes the changes brought about by the integration of modern AI technologies into language education, particularly focusing on personalized instruction, automated assessment, and interactive learning environments. The study is based on an analysis of recent scientific sources and explores the impact of AI tools on the development of language skills. The findings indicate that AI is an effective tool for enhancing learners’ vocabulary, strengthening reading and writing skills, and promoting autonomous learning. At the same time, the article addresses important issues related to the use of artificial intelligence, including ethical concerns, technological inequality, and the role of the teacher. The conclusion emphasizes that although AI has great potential in language education, its effective implementation requires integration with traditional pedagogical approaches.
2026-03-30
