«Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya» - это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, английском или русском языках.

Опубликован: 2024-12-06

MARMAR KONLARINI QAZIB OLISHDA BEZAKTOSHLARNI QAZIB OLISHDA ZAMONAVIT TEXNOLOGIYALARNI QO‘LLASH

O‘zbekiston Respublikasi tabiiy koshin tosh zaxirasi ko‘p joylashgan hudud hisoblanadi. Davlat balansi bo‘yicha 70 ta bunday konlardan 58 tasida tosh plita zaxirasi borligi aniqlangan. Respublikadagi qazib olinadigan blok toshlar bo‘yicha sanoat zaxirasi 86581 ming m3 ni tashkil etadi.

N.M.Axrorov, V.R.Kadirov, X.Y.Norova

4-7

2024-12-05

ИННОВАЦИОН ТЕХНОЛОГИЯЛАР ЖАМИЯТ ТАРАҚҚИЁТИНИНГ ПОЙДЕВОРИ

Жамият ҳаётида технологик воситаларнинг таъсири нафақат иқтисодий, балки ижтимоий жараённинг энг муҳим таркибий қисмларидан ҳам биридир. Шу муносабат билан ижтимоий жараён субъектлари томонидан қўлланиладиган инновацион технологик воситаларнинг жамият ижтимоий-иқтисодий ҳаётига таъсирини ўрганиш муҳим аҳамиятга эга. 

Абдувахабжан Мадаминов

8-10

2024-12-05

ЖАЗОНИ ИЖРО ЭТИШ ҚОНУНЧИЛИГИНИНГ АСОСИЙ ВАЗИФАЛАРИ

Ушбу мақолада жазони ижро этиш тўғрисидаги қонун ҳужжатлари, уларнинг вазифаларига доир нормалар ва ҳуқуқий муносабатлар, жиноят-ижроия ҳуқуқи нормаларини амалга ошириш механизми, жазони ижро этишни ҳуқуқий тартибга солиш усуллари ҳамда маҳкумларнинг ҳуқуқ ва мажбуриятлари тўғрисидаги олимларнинг фикрлари баён этилган.

Адилов Бахрамбек Кахрамонович

11-15

2024-12-05

OʻTA OQUVCHANLIK HAMDA YUQORI TEMPERATURALI OʻTA OʻTKAZGICHLAR

Oʻta oquvchanlik — materiallarning elektr toki oʻtkazishda toʻliq qarshilik koʻrsatmaslik holatini anglatadi, bu hodisa 1911-yilda Heike Kamerlingh Onnes tomonidan kashf etilgan. Yaqinda esa yuqori temperaturali oʻta oʻtkazgichlar (HTS) fenomeni ilmiy jamiyatda katta qiziqish uygʻotdi. Bu materiallar juda past haroratlar talab qilmasdan, ya'ni yuqori haroratlarda ham oquvchanlik xususiyatlarini saqlab qoladi. Maqolada, oʻta oquvchanlikning fizik asoslari, yuqori temperaturali oʻta oʻtkazgichlarning kashf etilishi va ularning ilm-fan, texnologiya, tibbiyot va energetika sohalarida potensial ilovalari batafsil tahlil qilinadi. Oʻta oʻtkazgichlarning yangi turdagi materiallar va texnologiyalarni yaratishdagi ahamiyati alohida ta'kidlanadi.

Tursunova Nigina Lutfullayevna, Jumaeva Ra’no To‘ychi qizi

16-18

2024-12-05

VODOROD ATOMI SPEKTIRDAGI QONUNYATLAR SPEKTIRLAR TERMLAR KOMBINATSYON PRINSIP VODOROD ATOMNING ENERGETIK SATHLARI DIYAGRAMASI

Ushbu maqolada vodorod atomining spektridagi qonuniyatlar va uning energetik sathlari haqida to'liq tahlil taqdim etiladi. Vodorod atomining spektral chiziqlari, ularga tegishli bo'lgan termal kombinatsiyalar va bu spektral chiziqlarni tavsiflovchi fizika qonunlari muhokama qilinadi. Ayniqsa, vodorod atomining energetik sathlari va bu sathlarning elektronlar tomonidan bosib o'tilgan o'tishlar jarayonida qanday o'zgarishlar sodir bo'lishi haqida batafsil ma'lumotlar beriladi. Bunda kvant mexanikasi, spektral qoidalar va bir nechta spektral xususiyatlar tasvirlanadi. Vodorod atomining spektral chiziqlari, uning kvant energiya sathlarining keskin o'zgarishi bilan bog'liq bo'lib, bu jarayonlarning har biri fizik va matematik nazariyalar bilan tushuntiriladi.

Kosimov Yo‘ldosh Sheraliyevich, Jumaeva Ra’no To‘ychi qizi

19-22

2024-12-06

TARMOQ TEXNOGIYALARI VA INTERNET BAYONNOMALARI

Ushbu maqolada tarmoq texnologiyalari va internet bayonnomalarining ahamiyati o’rganiladi. Tarmoq texnologiyalari qurilmamari va internet bayonnomalari turlari, ulardan samarali foydalanish atroflicha organib chiqiladi. Tarmoq texnologiyalari va internet bayonnomalari xavf-xatarlari o’rganilib,ularni bartaraf etish choralari tahlil qilinadi.

MAMASOLIYEV XUMOYUN SHUHRAT O‘G‘LI, ODILJONOV NURILLO TOHIRJON O‘G‘LI

23-26

2024-12-06

SUN’IY INTELLEKT VA BILIMLAR BAZASI

Ushbu maqolada sun’iy intellekt tizimlarining ishlash prinsiplari, bilimlar bazasining roli o‘rganiladi. Maqolada sun’iy intellektning asosiy sohalari, ularning amaliy qo‘llanilishi, shuningdek, bilimlar bazalari yordamida qaror qabul qilish jarayoni ko‘rib chiqiladi. Ekspert tizimlari, bilimlar bazasi tuzish va qoidalar asosida tahlil qilish jarayoni yoritilgan. Ushbu tizimlarning kelajakdagi rivojlanishi va turli sohalarda qo‘llanilishi muhokama qilinadi. Maqola sun’iy intellekt va uning qo‘llanilishi bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarni taqdim etadi.

Jo‘rayeva Feruza Baxtiyor qizi, Mehriniso G‘uzorova

27-31

2024-12-09

HAR TOMONLAMA BARKAMOL SHAXSNI SHAKLLANTIRISH – MILLIY TARBIYANING BOSH MAQSADI

Har tomonlama barkamol shaxsni shakllantirish milliy tarbiyaning bosh maqsadi sifatida jamiyatning barqarorligi va kelajagi uchun muhimdir. Ushbu maqolada barkamol shaxs tushunchasi, uning asosiy xususiyatlari va shakllantirish yo‘llari tahlil qilinadi. Mаʼnaviy-axloqiy tarbiya, jismoniy tarbiya, bilim va intellektual rivojlanish, ijtimoiy faoliyat va fuqarolik tarbiyasi, ijodkorlik va madaniyat kabi yo‘nalishlar batafsil yoritiladi. Shuningdek, oilaning, maktabning, milliy va diniy qadriyatlarning shaxs tarbiyasidagi o‘rni hamda bu jarayonning jamiyat uchun ahamiyati ko‘rsatiladi. Maqolada keltirilgan fikrlar milliy tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan tavsiyalar bilan boyitilgan.

Sharofiddinova Dilobar Alisher qizi

32-34

2024-12-09

ИСЛОМ ҲУҚУҚИ ТАЪСИРИ КУЧЛИ ДАВЛАТЛАРДА СУРИШТИРУВ ВА ДАСТЛАБКИ ТЕРГОВНИ ТЎХТАТИШ ИНСТИТУТИНИНГ ЎЗИГА ХОС ХУСУСИЯТЛАРИ

Ушбу мақолада Ислом ҳуқуқи таъсири кучли бўлган давлатларда, хусусан Саудия Арабистони, Эрон ва Бирлашган Араб Амирликларида суриштирув ва дастлабки терговни тўхтатиш институтининг ўзига хос хусусиятлари таҳлил қилинган. Мақолада ҳар бир мамлакатнинг тегишли қонунчилиги, жумладан терговни тўхтатиш асослари, тартиби ва қайта тиклаш шартлари батафсил кўриб чиқилган. Муаллиф ушбу давлатларда шариат қонунлари ва замонавий ҳуқуқ тизими элементларининг уйғунлашувини таъкидлаб ўтган. Мақолада шунингдек, ҳуқуқшунос олимларнинг фикрлари келтирилган ва таҳлил қилинган. Хулоса қисмида муаллиф ўрганилган давлатларда суриштирув ва дастлабки терговни тўхтатиш институтининг умумий ва ўзига хос жиҳатларини умумлаштирган. Мақола ислом ҳуқуқи ва жиноят процесси соҳасида илмий-амалий аҳамиятга эга.

Аширбоев Ахроржон Тиркаш ўғли

35-38

2024-12-09

BIOLOGIYA O’QITISH JARAYONIDA MILLIY VA UMUMINSONIY QADRIYATLARNI RIVOJLANTIRISHNING INTEGRATIV YO’NALISHLARI

tezisda intellektual salohiyatli yoshlarga biologiya fanini o’qitishga eng avvlo o’rgatishi lozim bo’lgan, bevosita o’qitish jarayonida kerak bo’ladigan milliy va umuminsoniy qadriyatlarni singdirish, ularda bu tushunchani rivojlantirish hamda o’stirish haqida fikr yuritiladi.

Toshboyev Ermat Ergashevich

39-41

2024-12-10

REZERFORD TAJRIBALARI ALFA-ZARRALARINING SOCHILISHI RENTGEN NURLARI FOTOEFFEKT VA FOTONLARZAMONAVIY FIZIKANING ASOSIY KASHFIYOTLARI

Ushbu maqolada Rezerfordning alfa-zarralari sochilishi tajribasi, atom tuzilishini o‘rganishda amalga oshirilgan inqilobiy kashfiyotlar, rentgen nurlarining qisqa to‘lqinli chegarasi, fotoeffekt va fotonlar haqida so‘z yuritiladi. Rezerfordning tajribasi atomning markazida musbat zaryadga ega yadro borligini isbotladi, bu esa atom modelini yangilashga olib keldi. Alfa-zarralari sochilishi nazariyasiga asoslangan Rezerford formulasi yordamida atom yadrosining zaryadi va tuzilishini hisoblash imkoniyati yaratildi. Rentgen nurlari va fotoeffektning kashfiyoti kvant mexanikasi asosida ilmiy rivojlanishga turtki berdi. Fotoeffekt nazariyasiga ko‘ra, fotonlar moddaga energiya o'tkazib, elektronlarni chiqaradi. Ushbu kashfiyotlar bugungi kunda ilm-fan va texnologiyalarning rivojlanishida, xususan, tibbiyot, materialshunoslik, va energiya ishlab chiqarish sohalarida keng qo‘llanilmoqda. Maqola ilmiy kashfiyotlar va ularning zamonaviy texnologiyalarga ta’sirini tahlil qiladi.

Imamova Sevara O‘ral qizi, Yo‘ldosheva Charos Olimjon qizi, Jumaeva Ra’no To‘ychi qizi

42-45

2024-12-10

ENHANCING INVESTMENT ATTRACTIVENESS TO ATTRACT FOREIGN INVESTORS TO REGIONS

This article explores methods to enhance investment attractiveness in order to attract foreign investors to specific regions. It highlights the importance of favorable policies, infrastructure development, and sectoral prioritization in improving the investment climate. The paper also examines case studies and global best practices while providing data-driven strategies to overcome regional disparities and increase competitiveness.

Sug’diyona Po’latova, F.M. Olloqukova

46-49

2024-12-11

КОЛЬПОСКОПИЯ КАК ДИАГНОСТИЧЕСКИЙ МЕТОД ДЛЯ РАННЕГО ВЫЯВЛЕНИЯ ЗАБОЛЕВАНИЙ ШЕЙКИ МАТКИ

Заболевания шейки матки являются одним из наиболее частых патологических состояний женской репродуктивной системы и не имеют тенденции к снижению. Любые гинекологические заболевания могут сочетаться с патологией шейки матки.

Каттаходжаева М.Х., Каршиева Э.Э.

50-51

2024-12-11

XITOY XALQ RESPUBLIKASIDA ILM-FAN SOHASIDA FAOLIYAT OLIB BORAYOTGAN MASHHUR AYOLLAR

So‘nggi yillarda globallashuv zamonida butun dunyo bo‘ylab ayollar siyosiy huquqlarini ta’minlashga qaratilgan hamda ularni jamiyatda to’laqonli fuqaro tarzda shakllanishiga ko‘mak berishni maqsad qilgan gender tengligi siyosati keng tarqalmoqda. Gender tengligi siyosatini nafaqat ayollar uchun balki shu davlat hukumati hamda jamiyati uchun keng ustun jihatlari bor. Sababi, ayollar siyosiy jarayonlarda faol, yangilikka intiluvchan hamda siyosiy o‘zgarishlarga to‘g‘ri munosabat bildira olishadi. Shu sababli ham ularda siyosat hamda davlat boshqaruvida ishtirok eta olishlariga hech qanday to‘siq yo‘q.

Abdusattorova Farangiza Akramjon qizi

52-55

2024-12-11

РОЛЬ ПАРЛАМЕНТА УЗБЕКИСТАНА В КЛИМАТИЧЕСКОЙ ДИПЛОМАТИИ: ОТ НАЦИОНАЛЬНОЙ ПОЛИТИКИ К ГЛОБАЛЬНОМУ СОТРУДНИЧЕСТВУ

В статье анализируются усилия национальных парламентов, в том числе парламента Узбекистана, в рамках глобальной борьбы с изменением климата. Основное внимание уделено координирующей роли Межпарламентского союза (МПС), участию парламентариев Узбекистана в мероприятиях союза, а также в ключевые инициативы Олий Мажлиса, выдвинутым на конференциях ООН по изменению климата в 2023 году (СОР28) и в 2024 году (СОР29).

Расулов Убайдулла Зикруллаевич

56-59

2024-12-11

INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA MAQOLLARDA GRADUONIMIK MUNOSABATLARNING LINGVOPARAGMATIK XUSUSIYATLARI

Mazkur tezisda ingliz va o‘zbek tillaridagi maqollarda graduonimik munosabatlarning lingvopragmatik xususiyatlari tahlil qilinadi. Maqollarning struktural va semantik tahlillari orqali ikki tilda mazkur munosabatlarning ifoda vositalari, funksional vazifalari va ma’no qatlamlari o‘rganiladi. Tadqiqotda mezon sifatida lingvistik pragmatika va gradatsiya nazariyalari qo‘llanilib, o‘zbek va ingliz maqollari orasidagi o‘xshashlik va farqlarga e’tibor qaratiladi. Natijada, har ikki tilning madaniy kontekstdagi milliy xususiyatlarini aks ettiruvchi lingvistik vositalar va ularning kommunikativ ahamiyati aniqlanadi. Ushbu tezis tarjimonlar, lingvistlar hamda o‘qituvchilar uchun foydali bo‘lib, turli tillararo taqqosiy tahlillarda qo‘llanilishi mumkin.

Atabayeva Muyassar

60-63

2024-12-11

УСТАНОВЛЕНИЕ КОРЕННЫХ ПРИЧИН ВОЗНИКНОВЕНИЯ ПРОБЛЕМ ДОСТАВКИ МЕЛКОПАРТИОННЫХ ГРУЗОВ В СРЕДНЕТОННАЖНЫХ КОНТЕЙНЕРАХ

В статье рассматриваются методология FMEA (Failure Mode and Effects Analysis) как эффективный инструмент для проведения анализа и выявления потенциальных отказов, а также их влияния на процессы перевозки контейнерных грузов. Этот подход позволяет выделить наиболее критические этапы в цепи поставок и разработать эффективные стратегии управления качеством. Суть методологии заключается в систематическом рассмотрении различных режимов отказа, анализе их возможных последствий и определении вероятности возникновения. Путем учета этих факторов можно идентифицировать ключевые точки, на которых риск возможных проблем максимален, и принять меры по их предотвращению.

Азимов Ф.К.

64-68

2024-12-12

IX-XII ASRLARDA MAMLAKATIMIZ HUDUDIDA RO‘Y BERGAN MADANIY UYG‘ONISH, BUYUK ALLOMALARNING JAHON SIVILIZATSIYASIGA QO‘SHGAN HISSASI

Ushbu tezis IX-XII asrlarda Markaziy Osiyoda yuzaga kelgan madaniy uyg‘onish va ilm-fan rivojlanishi haqida. Tezisda buyuk allomalar, ularning ilmiy merosi, va ilmiy markazlarning ahamiyati ko‘rsatilgan. Shuningdek, ilm-fan va madaniyatning jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasi hamda Renessansning boshlanishiga ta’sirita’riflanadi.

Abdufattayeva Gulzoda Abdusalim qizi , Abfuxoliqova Muxlisa Murodjon qizi

69-72

2024-12-12

THE PROCESS OF DEGREASING LEATHER USING A NEW DEGREASING AGENT

This article introduces a new degreasing agent for the leather industry, which is derived from gasoline, a by-product. Based on initial research results, the possibility of using this agent in the degreasing process of leather has been confirmed.

Mahbuba Shamsieva, Umidjon Parpiyev

73-75

2024-12-12

TURIZM TERMINLARINI O'QITISHDA GAPIRISH KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH UCHUN FOYDALANILADIGAN METODLAR

Turizm terminlarini o‘qitishda gapirish kompetensiyasini rivojlantirish talabalarning kasbiy bilimlarini oshirish va ularni turizm sohasida samarali muloqot qilishga tayyorlash uchun muhimdir. Ushbu maqolada turizm terminologiyasini o‘zlashtirish jarayonida gapirish ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun qo‘llaniladigan metodlar ko‘rib chiqiladi. Asosiy yondashuvlar sifatida rolli o‘yinlar, muloqotga asoslangan metodlar, interaktiv muhitlar va jamoaviy o‘yinlar kabi ta'lim usullari tahlil qilinadi. Bu metodlar talabalarga turizm sohasida real hayotiy vaziyatlarni simulyatsiya qilish va terminologiyani faol muloqotda qo‘llash imkoniyatini beradi. Tadqiqotning maqsadi gapirish kompetensiyasini rivojlantirish orqali turizm sohasida professional tayyorgarlikni oshirishdir.

Toshboyeva Laylo Jurayevna

76-79

2024-12-13

MODALLIKNING NAZARIY ASOSLARI VA UNING FALSAFIY, MANTIQIY, TILSHUNOSLIK NUQTAYI NAZARIDAN TAHLILI

Ushbu maqola modallik tushunchasining nazariy asoslarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Maqolada modallikning falsafiy, mantiqiy va lingvistik kategoriyalar sifatida rivojlanishi, uning tarixiy asoslari va zamonaviy yondashuvlari muhokama qilinadi. Modallikning epistemik, deontik va dinamik turlari o‘rtasidagi farqlar tahlil qilinib, ularning subyektiv va obyektiv xususiyatlari ko‘rsatib beriladi. Xususan, epistemik modallikning bilim, e’tiqod va taxminlarga asoslangan fikrlar bilan bog‘liqligi, shuningdek, ijtimoiy va madaniy omillar ta’siri o‘rganiladi. Maqolada Aristotel va I.Kantning modallikka oid nazariyalari, shuningdek, zamonaviy lingvistik tadqiqotlarning, jumladan, Palmer, Lyons va Hallidey tomonidan ilgari surilgan qarashlar tahlil qilinadi.

Turakulova Dilafruz Mamatsoli qizi

80-82

2024-12-13

HAFSNING OSIMDAN QILGAN RIVOYATIDA MAD VA IDG’OM TURLARI

Idg‘om. U ikki qismga bo‘linadi: katta va kichik idg‘om.

Umarova Nilufar Ulug’bek qizi

83-85

2024-12-16

ECONOMIC BENEFITS OF DIGITAL TRANSFORMATION IN THE INSURANCE SECTOR

The digital transformation of the insurance sector has emerged as a pivotal driver of economic growth, efficiency, and innovation. By leveraging advanced technologies such as artificial intelligence, blockchain, big data, and the Internet of Things (IoT), insurers can streamline operations, enhance customer experience, and reduce operational costs. This article explores the economic benefits of digitalization in insurance, focusing on cost efficiency, revenue growth, market expansion, and enhanced risk management. It also highlights the role of digital technologies in improving accessibility and fostering competition within the sector. These transformations are not only reshaping the insurance industry but also contributing significantly to the broader economy.

Bekhzod Anvarov

86-88

2024-12-16

O'QUVCHILAR BILAN JONLI MULOQOTNI TASHKIL ETISHDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING O’RNI

Zamonaviy ta'lim tizimida o'quvchilar bilan jonli muloqotni tashkil etish ta'lim samaradorligini oshirishda muhim rol o'ynaydi. Pedagogik texnologiyalar o'quvchilarning ta'lim jarayonidagi faoliyatini interaktiv va qiziqarli qilishda yordam beradi. Ushbu maqolada pedagogik texnologiyalar va ularning o'quvchilar bilan jonli muloqotni tashkil etishdagi o'rni, shuningdek, o'quvchilarning bilim olish jarayonidagi faolliklarini oshirishga qanday hissa qo'shishi tahlil qilinadi. Maqolada texnologik vositalarning ta'limdagi ahamiyati, ularning interaktiv usullar orqali o'qituvchilar va o'quvchilar o'rtasida samarali muloqotni qanday ta'minlashi ko'rib chiqiladi.

Kenjaboyeva Nigora, Abdulazimova Madina Musurmonqul qizi

89-91

2024-12-16

KRIPTO-VALYUTALAR VA BLOKCHEYN TEXNOLOGIYALARI: IQTISODIY IMKONIYATLAR VA XAVF-XATARLAR

Kripto-valyutalar va blokcheyn texnologiyalari. Ushbu maqola kripto-valyutalar va blokcheyn texnologiyalarining iqtisodiy imkoniyatlari va xavf-xatarlarini tahlil qilishga bag’ishlangan. Kripto-valyutalar markazlashmagan raqamli valyutalarbo’lib, ular xalqaro to’lovlarni soddalashtiradi va investitsiya imkoniyatlarini kengaytiradi. Blokcheyn esa xavfsizlik va shaffoflikni ta’minlash orqali moliya va boshqa sohalarda innovatsiyalarni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Biroq, mazkur texnologiyalar volatillik, xavfsizlik zaifliklari va qonunchilik bo’yicha noaniqliklar kabi qator xatarlarni o’z ichiga oladi. Maqola mazkur imkoniyat va muammolarni chuqurroq tushunish uchun tahliliy yondashuvni taqdim etadi. Bu texnologiyalarni rivojlantirishdagi global va O’zbekistondagi tajribalar ham ko’rib chiqiladi.

Qodirov Farrux Ergash o’g’li, Numonova Hulkar

92-95

2024-12-16

RAQAMLI IQTISODIYOT VA UNING GLOBAL IQTISODIY TIZIMDAGI O’RNI

Raqamli iqtisodiyot — zamonaviy iqtisodiy faoliyatning raqamli texnologiyalar orqali amalga oshiriladigan shakli bo'lib, internet, sun'iy intellekt, katta ma'lumotlar va bulutli hisoblash kabi komponentlarni o'z ichiga oladi. U global iqtisodiy tizimda muhim rol o'ynaydi, chunki raqamli texnologiyalar iqtisodiy o'sishni tezlashtiradi, yangi ish o'rinlari yaratadi va mamlakatlar o'rtasidagi integratsiyani kuchaytiradi. Raqamli iqtisodiyot innovatsiyalarni rag'batlantiradi, raqobatbardoshlikni oshiradi va ijtimoiy hayotda ijobiy o'zgarishlarga olib keladi.

Nurmaxmatova Umida

96-100

2024-12-16

5G TEXNOLOGIYASINING IQTISODIYOTDAGI IMKONIYATLARI

Ushbu maqolada 5G texnologiyasining iqtisodiyotdagi imkoniyatlari tahlil qilingan. 5G tarmog’ining yuqori tezligi va past kechikishi, avtomatlashtirish va yangi iqtisodiy sektorlarni yaratishda qanday ahamiyat kasb etishi muhokama qilinadi. Shuningdek, sog’liqni saqlash, moliya, transport va energetika sohalarida 5G texnologiyasining kutilayotgan ijobiy ta’siri va innovatsion imkoniyatlari ko’rib chiqilgan. Maqolada, 5G tarmog’ining yangi xizmatlarini yaratish, masofaviy boshqaruvni rivojlantirish va global iqtisodiy o’sishni qo’llab-quvvatlashdagi o’rni hamda uning iqtisodiyotga bo’lgan keng ko’lamli ta’siri yoritilgan.

Qodirov Farrux Ergash o’g’li, Rahimova Hosila

101-105

2024-12-16

IJTIMOIY IQTISODIY JARAYONLARNI RIVOJLANTIRISHDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARINI OʻRNI

Ushbu maqolada ijtimoiy iqtisodiy jarayonlarni rivojlantirishda axborot texnologiyalarining oʻrni mavzusida soʻz yuritiladi.

Qodirov Farrux Ergash o’g’li, Yodgorova Sohiba

106-109

2024-12-16

BLOKCHEYN TEXNALOGIYASINING AFZALLIKLARI VA KAMCHILIKLARI HAQIDA

Blokcheyn texnologiyasi so‘nggi yillarda raqamli tizimlarda inqilobiy o‘zgarishlarni amalga oshirdi. Ushbu texnologiya, markazlashtirilmagan tizimlarni yaratishda, xavfsizlikni ta'minlashda, shaffoflikni oshirishda va tranzaksiyalarni tez va arzon qilishda katta afzalliklarga ega. Shu bilan birga, yuqori energiya sarfi, tizimning miqyoslash muammolari va huquqiy tartibga solishdagi cheklovlar kabi kamchiliklari ham mavjud. Maqolada blokcheyn texnologiyasining afzalliklari va kamchiliklari tahlil qilinib, uning kelajagi va imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi.

Ahmedova Yulduz, Pardayeva Sevinch

110-112

2024-12-16

BLOKCHEYN TEXNOLOGIYASINING ISHLASH PRINTSIPLARI

Blokcheyn texnologiyasi – bu ma'lumotlarni saqlash va uzatishning innovatsion usuli bo‘lib, markazlashgan boshqaruv tizimini talab qilmasdan, xavfsizlik, ishonchlilik va oshkoralikni ta'minlaydi. U dastlab Bitcoin kabi kriptovalyutalar uchun yaratilgan bo‘lsa-da, bugungi kunda boshqa sohalarda ham keng qo‘llanilmoqda. Quyida blokcheyn texnologiyasining asosiy ishlash prinsiplari haqida batafsil ma’lumot beramiz.

Qodirov Farrux Ergash o’g’li, Boqiyeva Baxtiniso Dilshod qizi

113-117

2024-12-16

BUYUMLAR INTERNETI (INTERNET OF THINGS LOT) TUSHUNCHASI

Ushbu maqolada buyumlar interneti (internet of things lot) tushunchasi haqida fikr mulohazalar keltirilgan.

Bozarova Gulira’no

118-121

2024-12-16

RAQAMLI IQTISODIYOTNING AFZALLIKLARI

Ushbu maqolada raqamli iqtisodiyotning dolzarbligi va uning zamonaviy jamiyatdagi ahamiyati tahlil qilingan. Raqamli texnologiyalar global iqtisodiy jarayonlarni o‘zgartirayotgani, pandemiya davrida bu iqtisodiyotning roli oshgani, va elektron tijorat orqali xalqaro bozorlarga chiqish imkoniyatlari keltirilgan. Shuningdek, raqamli iqtisodiyotning ekologik barqarorlikka ta’siri, ish o‘rinlari va kiberxavfsizlik masalalari kabi jihatlar ham yoritilgan. Maqola raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning dolzarbligi va istiqbolli yo‘nalishlari haqida umumiy tasavvur beradi.

Keldiyorova Gulsevar Otabek qizi

122-125

2024-12-16

TASHQI XOTIRA QURILMALARI. AXBOROTLARNI KIRITISH - CHIQARISH QURILMALARI

Ushbu maqola " Tashqi xotira qurilmalari. Axborotlarni kiritish - chiqarish qurilmalari". Tashqi xotira qurilmalariga nimalar kiradi, hozirgi kunda ularning qanday qanday turlari mavjud va axborotlarni kiritish - chiqarish qurilmalari haqida batafsil yoritilgan.

Mamadaliyeva Mashxura Salim qizi, To'rayeva Charos Jumanazar qizi

126-135

2024-12-16

TIZIMLI BLОK VА UNING TАRKIBIY ELЕMЕNTLАRI: PRОTSЕSSОR, SОPRОTSЕSSОR, ХОTIRА

Bu  maqola tizimli blok, protsessor, soprosessor va xotira kabi asosiy komponentlardan iborat bo'lib, har biri o'zining maxsus vazifalarini bajaradi. Protsessor ma'lumotlarni qayta ishlash va hisoblash jarayonlarini boshqaradi, soprosessor esa qo'shimcha hisoblash quvvatini ta'minlaydi, xotira esa vaqtinchalik ma'lumotlarni saqlash vazifasini o'z zimmasiga oladi.

Mehriddinov Mirjalol, Abdullayev Dilmurod

136-143

2024-12-16

RAQAMLI TO'LOV TIZIMLARINING IQTISODI SAMARADORLI

Ushbu maqola raqamli to'lov tizimlarining iqtisodiy samaradorligi haqida batafsil tahlil qiladi. Raqamli to'lov tizimlari, texnologiyalarning rivojlanishi va internetning keng tarqalishi bilan jahon miqyosida iqtisodiy aloqalar va operatsiyalarni samarali amalga oshirishda muhim vosita bo'lib bormoqda. Maqolada raqamli to'lovlar orqali xarajatlarni kamaytirish, iqtisodiy faollikni oshirish, innovatsiyalarni rivojlantirish va iqtisodiy inkluzivlikni ta'minlash kabi ijobiy ta'sirlar ko'rib chiqiladi. Shuningdek, bu tizimlarning xavfsizlik va shaffoflikni ta'minlashdagi o'rni ham yoritilgan. Umuman olganda, maqola raqamli to'lov tizimlarining iqtisodiy barqarorlik va o'sish uchun qanday muhim ahamiyatga ega ekanligini ko'rsatadi.             

Nomozova Sevinch

144-147

2024-12-16

METAVERSE VA UNING IQTISODIY IMKONIYATLARI

Mazkur maqola Metaverse tushunchasini va uning iqtisodiy imkoniyatlarini o'rganishga bag'ishlangan. Metaverse bugungi kunda raqamli iqtisodiyotning yangi paradigmasi sifatida yuzaga chiqmoqda. Maqolada Metaverse atrofidagi iqtisodiy imkoniyatlar, yangi biznes modellar, va ulardan kelib chiqadigan ijtimoiy-iqtisodiy ta'sirlar muhokama qilinadi. Ushbu maqolada biz Metaverse haqidagi eng qiziq maʼlumotlarni birgalikda koʻrib chiqamiz.

Qodirov Farrux Ergash o‘g‘li, Abdurahmonova Sevinch Olimjonovna

148-152

2024-12-16

MOLIYAVIY TEXNOLOGIYALAR (FINTECH) VA BANK XIZMATLARINING RAQAMLASHTIRILISHI

Ushbu maqolada moliyaviy texnologiyalar (FinTech) va bank xizmatlarining raqamlashtirilishi mavzusi ko‘rib chiqilgan. Moliyaviy texnologiyalarning mohiyati, bank xizmatlarining raqamlashtirilishi jarayoni, ularning afzalliklari, xavf-xatarlar va kelajak istiqbollari tahlil qilingan. Maqola innovatsion texnologiyalarning moliyaviy sektorga ta’sirini va banklarning FinTech kompaniyalari bilan hamkorlik imkoniyatlarini yoritadi. Ushbu material moliyaviy texnologiyalarning rivojlanishi bilan qiziqqan mutaxassislar, tadqiqotchilar va talabalarga foydali bo‘ladi.

Qodirov Farrux Ergash o‘g‘li, Xolmurodova Asila

153-156

2024-12-16

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VA EKOLOGIK BARQARORLIK

Mazkur maqolada raqamli texnologiyalar va ekologik barqarorlik o’rtasidagi o’zaro aloqalar, ularning zamonaviy jamiyatdagi ahamiyati hamda muammolari tahlil qilinadi. Raqamli texnologiyalarning rivoji (IoT, sun’iy intellekt, katta ma’lumotlar tahlili va boshqalar) iqtisodiy samaradorlik bilan birga ekologik masalalarni hal qilishda yangi imkoniyatalar yaratmoqda. Shuningdek, maqolada texnologiyalarning ekologik barqarorlikka ijobiy xususan, energiya samaradorligini oshirish, chiqindilarni boshqarish, qayta tiklanadigan energiyadan foydalanish va resurslardan oqilona foydalanish kabi jihatlari yoritilgan. Shu bilan birga, texnologiyalar sabab yuzaga kelayotgan muammolar, masalan, energiya sarfining oshishi, elektron chiqindilar ko’payishi, hamda ushbu muammolarning yechimlari ham muhokama qilinadi.Maqolaning maqsadi raqamli texnologiyalarning ekologik barqarorlikka qanday ta’sir ko’rsatayotgani va bu jarayonning ijobiy va salbiy tomonlarini o’rganish.

Qodirov Farrux Ergash o‘g‘li, Umarova Gulmira

157-162

2024-12-16

5G TEXNALOGIYASINING IQTISODIYOTDAGI IMKONIYATLAR

Ushbu maqolada 5G Texnologiyasining Iqtisodiyotdagi Imkoniyatlari haqida fikr mulohazalar keltirilgan. Mazkur maqola 5G texnologiyasining iqtisodiyotga ko‘rsatadigan ta’sirini tahlil qiladi va uning turli tarmoqlarda qanday yangi imkoniyatlar yangi yo’nalishlar yaratishini yoritadi. 5G texnologiyasi yuqori tezlik, past kechikish va keng o‘tkazuvchanligi orqali sanoat 4.0, avtomatlashtirish, transport,telemiditsins, logistika, moliya, qishloq xo‘jaligi, kichik biznes va raqamli xizmatlar kabi sohalarda inqilobiy o‘zgarishlarni amalga oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Maqolada 5G yordamida ishlab chiqarish jarayonlarining samaradorligini oshirish, masofaviy xizmatlarni rivojlantirish, innovatsion mahsulotlar va xizmatlarni yaratish imkoniyatlari muhokama qilinadi. Shuningdek, iqtisodiy samaradorlik, resurslardan oqilona foydalanish va yangi ish o‘rinlarini yaratish borasida 5G texnologiyasining potensiali ko‘rsatib o‘tiladi. Maqola xulosasida 5G texnologiyasidan to‘liq foydalanish uchun davlat va xususiy sektor hamkorligi, infratuzilmani rivojlantirish va kadrlar tayyorlashning ahamiyati ta’kidlanadi. Ushbu texnologiyaning iqtisodiyotdagi imkoniyatlarini ochib berish kelajakdagi innovatsion rivojlanishning asosi bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

Qodirov Farrux Ergash o‘g‘li, ULJAYEVA GULZEBO BOBUR QIZI

163-166

2024-12-16

ELEKTRON TIJORAT TIZIMLARI

Ushbu maqolada elektron tijorat, uning turlari, afzalliklari va kamchiliklari haqida ma'lumot berilgan. Shuningdek, O‘zbekistonda elektron tijorat qanday rivojlanayotgani, raqamlashtirish sharoitida elektron tijoratni soliqqa tortishni huquqiy tartibga solish va internet orqali amalga oshirilayotgan tranzaksiyalar sonining o‘sishiga oid masalalar ko‘rsatilgan. Bundan tashqari, elektron tijorat sohasida tadbirkorlik subyektlari tomonidan sodir etilgan raqobatga qarshi harakatlarni o‘rganish masalalari ko‘rib chiqildi.

Qodirov Farrux Ergash o‘g‘li, Nematova Sevinch Azamatovna

167-171

2024-12-16