«Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya» is a national online conference with open access, where review abstracts related to various fields are published. The main goal is to offer an intellectual platform for national scientists, and it aims to promote interdisciplinary research. All manuscripts should be prepared in Uzbek, English or Russian.

Published: 2025-10-06

TIJORAT BANKLARI YANGI XIZMAT TURLARI RIVOJIDA BLOCKCHAIN TEXNOLOGIYALARINING O'RNI

Ushbu maqolada tijorat banklarida blockchain texnologiyasining joriy etilishi orqali bank operatsiyalari xavfsizligini ta’minlash, shaffoflikni oshirish va xizmatlar samaradorligini yaxshilash imkoniyatlari tahlil qilingan. Blockchain texnologiyasining moliyaviy jarayonlardagi afzalliklari, jumladan, tezkorlik, vositachilarsiz tranzaksiyalar, firibgarlikdan himoya kabi jihatlar yoritilgan. Shuningdek, texnologiyani to‘liq joriy qilishda yuzaga keladigan texnik, huquqiy va kadrlar bilan bog‘liq muammolar ham ko‘rsatilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.

Mushtariybonu Foziljonova

4-7

2025-10-06

MILLIY ARMIYA – TINCHLIGIMIZNING MUSTAHKAM QALQONI

Ushbu maqola o‘zida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari sohasini isloh qilish bo‘yicha muhim ishlar amalga oshirilayotganligini, harbiy sohadagi islohotlarimizning samarasini oshirish orqali jamiyatda totuvlikni, inson huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni ta’minlashga yo‘naltirilgan.

Шухрат Рахманов , Ойбек Таиров , Асадбек Абдувоидов

8-11

2025-10-06

OTA-ONA MUNOSABATI VA SHAXSLARARO MUNOSABAT MUAMMOSINING NAZARIY-METODOLOGIK TAHLILI

Ushbu maqola shaxslararo munosabat muammosining nazariy-metodologik jihatlarini chuqur tahlil qiladi. Tadqiqot zamonaviy ijtimoiy psixologiya va kommunikatsiya nazariyalari kontekstida shaxslararo munosabatlar dinamikasining asosiy qonuniyatlari, strukturaviy xususiyatlari va rivojlanish tendentsiyalarini o'rganadi. Natijalar shuni ko'rsatadiki, shaxslararo munosabat muammolari ko'p omilli jarayon bo'lib, individual, ijtimoiy va madaniy faktorlarning o'zaro ta'siri natijasida yuzaga keladi. Tadqiqot xulosalari amaliy psixologiya va ijtimoiy ish sohasida qo'llanilishi mumkin.

Bahodir Eshmamatov

12-16

2025-10-06

TURIZMDA RAQAMLI EKOTIZIMNI SHAKLLANTIRISH ORQALI INNOVATSION FAOLLIKNI OSHIRISHNING TASHKILIY-IQTISODIY MEXANIZMLARI

Maqolada turizmda raqamli ekotizimni shakllantirish orqali innovatsion faollikni oshirishning tashkiliy va iqtisodiy mexanizmlari tahlil qilingan. Raqamli transformatsiya jarayonlari turizm xizmatlari sifatini yaxshilash, xizmat ko‘rsatish tezligini oshirish va resurslardan samarali foydalanishni ta’minlovchi asosiy omil sifatida qaralgan. Xalqaro tajribalar (Singapur, Janubiy Koreya, Ispaniya) asosida turizmda raqamli boshqaruv infratuzilmasini yaratish va uni innovatsion faoliyat bilan integratsiyalashgan model shaklida taklif etish yo‘nalishlari ishlab chiqilgan.

Oxunjon Xaitov

17-20

2025-10-06

METAPHORICAL EXPRESSIONS IN ENGLISH AND UZBEK

Metaphors play a significant role in everyday communication, literature, and thought. They are not only linguistic expressions but also cognitive tools that shape our perception of reality. This paper explores the metaphorical systems in English and Uzbek, focusing on the similarities and cultural differences in conceptual metaphors. Through qualitative comparison, it highlights how languages encode human experiences such as emotions, time, and social relations differently, yet often share universal cognitive patterns. The findings underscore the importance of metaphor in cross-cultural understanding and second language acquisition.

Shomurodova Nilufar Alisher qizi

21-23

2025-10-06

BOLALAR O‘RTASIDA YUQUMLI KASALLIKLARNING OLDINI OLISH: MUAMMO VA YECHIMLAR TAHLILI

Ushbu maqolada bolalar o‘rtasida yuqumli kasalliklarning oldini olish masalasi, mavjud muammolar va ularning yechimlari tahlil qilingan. Bolalar sog‘lig‘i jamiyatning kelajagini belgilovchi eng muhim omil bo‘lib, ularni turli yuqumli kasalliklardan himoya qilish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Maqolada bolalar orasida keng tarqalgan kasalliklar — respirator infeksiyalar, ichak kasalliklari, virusli va parazitar infeksiyalar misolida ularning kelib chiqish sabablari, gigiyenik omillar, emlashning ahamiyati va sanitariya sharoitlari yoritilgan.

NILUFAR FAYZILLOYEVA

24-27

2025-10-07

VERTIKAL SHPINDELLI PAXTA TERISH MASHINALARI SERVIS XIZMATLARINI SAMARALI TASHKIL ETISHGA MO‘LJALLANGAN O‘LCHOV MOSLAMASINI ISHLAB CHIQISH VA TAKOMILLASHTIRISH

Paxta terish mashinasi ishini baholashda birinchi o‘rinda uning ochilgan hosilni terish darajasi aniqlanadi. Mazkur maqolada shpindel tishining absolyut tezligini yo‘nalishi va miqdori paxtani terish darajasiga kuchli ta’sir qiladigan omil ekanligi klassik tadqiqotlarga asoslangan tarzda tushuntirilgan. Shpindel burchak tezligining miqdori shpindelli barabanning bir nechta parametrlariga bog‘liq, ammo asosiy omil-bu shpindel g‘altagining friksion yuritma tasmalariga nisbatan ishqalanish kuchi hisoblanadi. Ishqalanish kuchi esa tasmalarning g‘altakka tushiradigan bosimiga va ishqalanish koeffitsiyentiga bog‘liq. Tahlil qilinayotgan yuritmada tasmalarning g‘altakka tushiradigan bosimi tasmalarning o‘zgaruvchan tarangligiga bog‘liq, dala sharoitida uni aniqlash iloji yo‘q.

Sh.A. Yusupov

28-32

2025-10-07

POSTULAT

Postulat tushunchasi ilmiy va falsafiy sohalarda fundamental ahamiyatga ega bo‘lib, u nazariy tizimlarning poydevorini tashkil etadi. Postulatlar isbot talab qilmaydigan, ammo boshqa barcha ilmiy nazariyalar va konseptlarning rivojlanishi uchun asos bo‘ladigan boshlang‘ich prinsiplar sifatida qabul qilinadi. Matematikada, fizika, falsafa va ijtimoiy fanlarda postulatlarning roli va ularning qo‘llanilish shakllari turlicha bo‘lishiga qaramay, ularning asosiy vazifasi ilmiy fikrlarning aniq va mustahkam zaminini yaratishdir.

Ma'mura Musurmonova , Setora Do’siyorova

33-36

2025-10-07

MATEMATIKA OʻQITISHDA MASALANING BAJARADIGAN FUNKSIYALARI

Ushbu maqolada matematika o‘qitishda masalalarning bajaradigan asosiy funksiyalari yoritilgan. Masalalar o‘quvchilarda nafaqat bilimlarni mustahkamlash, balki ularni amaliyotda qo‘llash, mantiqiy va mustaqil fikrlashni rivojlantirish, ijodiy qobiliyatni oshirish, jamoada ishlashni o‘rgatish hamda turli kompetensiyalarni shakllantirishda muhim vosita ekanligi ilmiy asoslangan. Tadqiqot metodologiyasi nazariy tahlil, qiyosiy metod, tajriba-sinov ishlari, sotsiologik metodlar va statistik tahlil asosida amalga oshirildi. Natijalar masalalardan tizimli va maqsadli foydalanish o‘quvchilarning bilim darajasi va motivatsiyasini oshirishini ko‘rsatdi.

Yulduzoy Tòxtayeva , Zarnigor Qodirova

37-42

2025-10-07

VEKTOR MIQDORLARNI OʻRGATISH METODIKASI

Ushbu ishda vektor miqdorlarni o‘qitishning samarali metodikasi yoritilgan. Avval skalyar va vektor miqdorlar o‘rtasidagi farq hayotiy misollar orqali tushuntiriladi. Vektorlarni o‘rgatishda ko‘rgazmalilik, geometrik tasvir va koordinata usulidan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Vektorlar ustida amallar (qo‘shish, ayirish, son bilan ko‘paytirish, skalyar ko‘paytma) bosqichma-bosqich o‘rgatiladi hamda ularning fizikadagi qo‘llanilishi (kuch, tezlik, tezlanish, ko‘chish) orqali nazariy bilimlar mustahkamlanadi. Talabalarda mustaqil fikrlashni rivojlantirish uchun interfaol metodlar qo‘llaniladi, bilimlarni mustahkamlashda esa test topshiriqlari, amaliy masalalar va laboratoriya ishlari asosiy vosita sifatida xizmat qiladi. Shuningdek, koordinata usuli yordamida vektorlarni (x, y, z) orqali ifodalash va ular ustida hisoblashlar bajarish metodikasi alohida o‘rin tutadi. Vektor tushunchasi nafaqat matematikada, balki fizika fanida ham muhim ahamiyatga ega bo‘lib, kuch, tezlik, tezlanish va ko‘chish kabi miqdorlarni tahlil qilishda qo‘llanadi. Shu bois, dars jarayonida nazariy bilimlarni amaliy vazifalar bilan uyg‘unlashtirish samaradorlikni oshiradi. Metodik jihatdan interfaol usullar – guruhli ish, muammoli vaziyatlarni yechish, savol-javoblar qo‘llanilib, talabalar mustaqil fikrlashga yo‘naltiriladi. Bilimlarni mustahkamlash bosqichida esa test topshiriqlari, amaliy masalalar, laboratoriya ishlari orqali nazariya va amaliyot uyg‘unlashtiriladi. Umuman olganda, vektor miqdorlarni o‘qitishda bosqichma-bosqichlik, ko‘rgazmalilik va hayotiy misollar asosida yondashish samarali natija beradi.

Durdona Zayniddinova , Madina Turdiyeva

43-46

2025-10-07

TEOREMALARNI ISBOTLASHDAGI ZARURIY VA YETARLI SHARTLAR

Ushbu tezisda matematika teoremalari isbotida zaruriy va yetarli shartlarning o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Mantiqiy asoslar, misollar va qo‘llanilish sohalari ko‘rib chiqiladi. Zaruriy shart, yetarli shart hamda ularning ekvivalentlikdagi o‘zaro bog‘liqligi ilmiy misollar orqali isbotlanadi. Shuningdek, bu tushunchalarning matematika, fizika, iqtisodiyot va falsafadagi ahamiyati ochib beriladi.

Gulroʻza Sayliyeva , Dildora Samandarova

47-49

2025-10-07

MATEMATIKA DARSINING TUZILISHI VA UNI TASHKIL ETISH METODIKASI

Ushbu tezisda matematika darsining tuzilishi, uning asosiy komponentlari va unitashkil etish metodikasi haqida so‘z boradi. Dars jarayonini samarali tashkil etish usullari, o‘quvchilarning bilim darajasini oshirish yo‘llari, shuningdek, zamonaviy pedagogik yondashuvlar taqdim etiladi.

Elbek Raxmatov , Dilshod Xoliyorov

50-53

2025-10-07

TEOREMA VA UNING TURLARI

Ushbu maqolada teorema tushunchasi, uning tarixiy kelib chiqishi, qismlari va aksiomadan farqi yoritilgan. Shuningdek, teoremalarning asosiy turlari — asosiy teoremalar, lemma, aks teorema, kontrpozitiv teorema, korollar, universal va maxsus teoremalar haqida ma’lumot berilgan. Mashhur matematik teoremalarga misollar keltirilgan hamda isbotlash usullari (bevosita isbot, aksini faraz qilish, matematik induksiya va boshqalar) sodda tilda tushuntirilgan. Maqola o‘quvchilarda teoremalarning mohiyatini chuqurroq anglash, mantiqiy fikrlashni rivojlantirish va matematikani nazariy asoslarda o‘rganishga qiziqishni kuchaytirishga xizmat qiladi.

Maftuna Eshonqulova , Zebiniso Rajapova

54-63

2025-10-07

YURAK ISHEMIK KASALLIGI VA UNING DAVOLASH USULLARI

Ushbu maqolada yurak ishemik kasalligining sabablari, rivojlanish mexanizmlari, klinik belgilar, tashxis qo‘yish usullari hamda zamonaviy davolash yo‘nalishlari haqida so‘z yuritiladi. Yurak ishemik kasalligi (YIK) bugungi kunda butun dunyo bo‘yicha o‘limning eng ko‘p uchraydigan sabablaridan biri hisoblanadi. Kasallik yurak mushagiga yetarli miqdorda qon va kislorod bormasligi oqibatida rivojlanadi. Maqolada kasallikni oldini olish, sog‘lom turmush tarzining ahamiyati va farmakologik davolash usullari tahlil qilingan.

Xo'jamurod Boymurodov

64-66

2025-10-08

JIGAR SIRROZI (QURISHI) VA UNING DAVOLASH YO‘NALISHLARI

Ushbu maqolada jigar sirrozi — jigar to‘qimasining chandiqlanishi natijasida rivojlanadigan surunkali kasallik sifatida yoritilgan. Maqolada kasallikning etiologiyasi, patogenezi, klinik belgilari, tashxislash usullari hamda zamonaviy davolash yo‘nalishlari batafsil tahlil qilingan. Shuningdek, bemorlarga tavsiya etiladigan parhez, dori vositalari va jigar transplantatsiyasi kabi zamonaviy yondashuvlar haqida ham so‘z yuritilgan.

Xo'jamurod Boymurodov

67-69

2025-10-08

ARTERIAL GIPERTENZIYA: SABABLARI, ASORATLARI VA ZAMONAVIY DAVO YONDASHUVLARI

Mazkur ilmiy maqolada arterial gipertenziya (yuksak qon bosimi) kasalligining kelib chiqish sabablari, rivojlanish mexanizmi, klinik belgilari, asoratlari hamda zamonaviy davo va profilaktika choralari yoritilgan. Arterial gipertenziya bugungi kunda dunyo aholisining yarmiga yaqini duch kelayotgan surunkali kasalliklardan biridir. Kasallik yurak-qon tomir tizimining eng asosiy xavf omili bo‘lib, yurak ishemik kasalligi, insult va buyrak yetishmovchiligining rivojlanishida muhim o‘rin tutadi. Maqolada gipertenziyaning farmakologik va nofarmakologik davolash usullari tahlil qilinadi.

Xo'jamurod Boymurodov

70-72

2025-10-08

YURAK YETISHMOVCHILIGI: PATOGENEZI, KLINIKASI VA DAVOSI

Mazkur maqolada yurak yetishmovchiligining kelib chiqish sabablari, patofiziologik jarayonlari, klinik belgilari, tashxislash usullari hamda davolash tamoyillari yoritilgan. Yurak yetishmovchiligi tibbiyotda eng ko‘p uchraydigan va o‘lim darajasi yuqori bo‘lgan yurak-tomir tizimi kasalliklaridan biridir. Maqolada zamonaviy diagnostika yondashuvlari, dori vositalari, profilaktika va sog‘lom turmush tarzining ahamiyati haqida ham so‘z yuritiladi.

Xo'jamurod Boymurodov

73-75

2025-10-08

MIOKARD INFARKTI: ERTA TASHXIS VA SHOSHILINCH YORDAM CHORALARI

Mazkur ilmiy maqolada yurak mushagining o‘tkir ishemik shikastlanishi — miokard infarkti haqida so‘z yuritiladi. Uning kelib chiqish sabablari, rivojlanish mexanizmi (patogenez), erta tashxis usullari va shoshilinch tibbiy yordam choralari tahlil qilinadi. Shuningdek, maqolada kasallikni oldini olish, zamonaviy davo yondashuvlari va profilaktikaning ahamiyati ham yoritilgan. Maqsad — yurak infarktini erta aniqlash va o‘z vaqtida yordam ko‘rsatishning hayot uchun naqadar muhimligini tushuntirishdir.

Xo'jamurod Boymurodov

76-78

2025-10-08

MIKROORGANIZMLARNI O‘STIRISH UCHUN OZIQA MUHITLARI VA ULARNI TAYYORLASH USULLARI

Ushbu ilmiy maqolada mikroorganizmlarni laboratoriyada o‘stirish uchun ishlatiladigan oziqa muhitlari, ularning turlari va tayyorlash usullari haqida ma’lumot beriladi. Oziqa muhitlari bakteriyalar, zamburug‘lar va boshqa mikroorganizmlarni o‘rganishda muhim vosita hisoblanadi. Maqolada tabiiy va sun’iy oziqa muhitlarining tarkibi, sterilizatsiya jarayonlari hamda mikroorganizmlarni toza madaniyat sifatida ajratib olish usullari batafsil yoritilgan.

Umida Kocherova

79-81

2025-10-08

KARYERA MUVAFFAQIYATIGA TA’SIR ETUVCHI SHAXSIY OMILLAR: MOTIVATSIYA VA QAT’IYAT

Mazkur ilmiy tezisda karyera muvaffaqiyatiga ta’sir etuvchi asosiy shaxsiy omillar — motivatsiya va qat’iyatlilikning nazariy hamda amaliy jihatlari tahlil qilinadi. Insonning kasbiy rivojlanishi, mehnat faoliyatidagi yutuqlari, ijtimoiy moslashuvi va o‘zini o‘zi ro‘yobga chiqarish jarayonida motivatsiya va qat’iyatning o‘zaro bog‘liqligi, ularning psixologik asoslari, shuningdek, zamonaviy sharoitda bu sifatlarni rivojlantirish yo‘llari yoritiladi. Tadqiqot davomida mahalliy va xorijiy olimlarning karyera psixologiyasi, motivatsiya nazariyalari hamda shaxsning irodaviy sifatlari haqidagi ilmiy yondashuvlariga tayangan holda tahlil o‘tkazilgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, yuqori motivatsiyaga ega va qat’iyatli shaxslar karyera yo‘lida barqaror muvaffaqiyatga erishadi. Shuningdek, bu sifatlar o‘z-o‘zini boshqarish, maqsad sari yo‘naltirilgan faoliyat, stressni yengish va ijtimoiy kompetensiyani shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. Maqolada motivatsiya va qat’iyatni oshirishning samarali usullari, ta’lim muassasalari hamda ish joylarida ularni shakllantirishning psixologik mexanizmlari keltirilgan.

Durdona Ermatova , Abduqunduz Xalimjonov

82-85

2025-10-08

YOSHLARNING KASB TANLASH QARORIGA TA’SIR ETUVCHI PSIXOLOGIK OMILLARI

Har bir yosh inson hayotida eng muhim qarorlardan biri — bu kasb tanlashdir. Chunki tanlangan kasb nafaqat uning kelajakdagi iqtisodiy holatini, balki shaxs sifatida o‘zini anglashini, ijtimoiy mavqeini va hayotdan qoniqish darajasini ham belgilaydi. Kasb tanlash jarayoni murakkab psixologik hodisa bo‘lib, unda turli ichki va tashqi omillar, shuningdek, shaxsning ruhiy xususiyatlari katta rol o‘ynaydi. Bugungi kunda yoshlarning kasb tanlash qaroriga bir qator omillar ta’sir ko‘rsatmoqda — ota-onalarning fikri, jamiyatdagi stereotiplar, iqtisodiy sharoit, ta’lim tizimidagi yo‘nalishlar va, eng muhimi, yoshlarning o‘z psixologik holati va motivatsiyasi. Shaxsning o‘ziga bo‘lgan ishonchi, qiziqishlari, qobiliyatlari, qadriyatlari va hayotiy maqsadlari to‘g‘ri yo‘naltirilgan bo‘lsa, u holda tanlangan kasb nafaqat moddiy barqarorlik, balki ruhiy qoniqish manbaiga ham aylanadi. Psixologik jihatdan qaralganda, kasb tanlash jarayoni shaxsning o‘zini bilish darajasi, irodaviy sifatlari, qaror qabul qilish qobiliyati va atrof-muhit bilan o‘zaro munosabatlariga bevosita bog‘liq. Ba’zi yoshlar o‘z orzulari asosida qaror qabul qilsa, boshqalar ko‘proq tashqi bosim yoki jamiyat talabiga moslashadi. Shu sababli, kasb tanlashda psixologik tayyorgarlik, motivatsion tahlil va o‘z shaxsiy xususiyatlarini anglash muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur tezis yoshlarning kasb tanlashdagi psixologik omillarini tahlil qiladi, ularning hissiy holati, ichki turtkilari, o‘z-o‘zini baholash darajasi va qaror qabul qilish jarayoniga ta’sir etuvchi asosiy psixologik mexanizmlarni yoritadi. Shuningdek, bu jarayonda ota-ona, pedagog va psixologlarning o‘rni ham alohida ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari yoshlar o‘rtasida kasb tanlashda mustaqil fikrlashni, ijobiy motivatsiyani shakllantirish va o‘zini anglash darajasini oshirish zarurligini ko‘rsatadi. Shunday qilib, to‘g‘ri tanlangan kasb — bu faqat hayot yo‘lini belgilovchi qaror emas, balki insonning ruhiy baxti va ijtimoiy muvaffaqiyatining poydevoridir.

O’g’iloy Akbarjonova , Abduqunduz Xalimjonov

86-89

2025-10-08

БИОПЛЁНКА И ЗУБНОЙ НАЛЕТ: РОЛЬ В РАЗВИТИИ КАРИЕСА И ЗАБОЛЕВАНИЙ ПАРОДОНТА

В этой статье рассматривается роль зубного налёта и биоплёнки в развитии двух наиболее распространённых стоматологических заболеваний — кариеса и заболеваний пародонта. Раскрываются механизмы образования биоплёнки на поверхности зубов, её микробиологический состав и взаимодействие с твёрдыми и мягкими тканями полости рта. Особое внимание уделено процессам деминерализации эмали под действием кислот, выделяемых микроорганизмами, а также воспалительной реакции тканей пародонта на длительное присутствие патогенной микрофлоры. Представлены современные методы профилактики и контроля зубного налёта, включая механические и химические средства гигиены, а также перспективные направления в борьбе с биоплёнками. Статья подчёркивает важность раннего вмешательства и гигиенического просвещения в предупреждении патологических процессов, связанных с зубным налётом.

Одинахон Рахимова , Достон Холов

90-92

2025-10-08

IRRIGATION AND LAND RECLAMATION PROBLEMS THAT AROSE IN ANDIJAN AS A RESULT OF SOVIET AGRARIAN POLICY

This study investigates the transformation of soil and irrigation systems in the Fergana Valley under the Soviet government, focusing particularly on the Andizhan region as a representative case. The research situates this transformation within the broader context of centralized agrarian modernization and the state’s prioritization of cotton monoculture as a strategic economic objective. Utilizing archival materials, statistical data, and historical analyses, the study explores how extensive irrigation projects, land reclamation initiatives, and canal construction programs simultaneously stimulated agricultural output and precipitated significant ecological degradation.

Turgunov Abdurakhmon

93-96

2025-10-08

ЖАЗОДАН ОЗОД ҚИЛИНГАН ШАХСЛАР ЎРТАСИДА ҲУҚУҚБУЗАРЛИКЛАР МАХСУС ПРОФИЛАКТИКАСИНИНГ АСОСИЙ ХУСУСИЯТЛАРИ

Бугунги кунда жазодан озод қилинган шахслар ўртасида ҳуқуқбузарликларнинг махсус профилактикаси деганда, одатда, профилактик мазмунга эга айрим шартли номлар билан номланувчи махсус тадбирларнинг ўтказилиши тушунилмоқда. Бироқ бу тадбирларнинг шунчаки ўтказилиши мазкур тоифадаги шахслар томонидан қайта ҳуқуқбузарлик ёки жиноят содир этилишининг олдини олиш мақсадини тўлиқ таъминлай олмайди.

ОЙБЕК ЮСУПОВ

97-99

2025-10-09

РАЗВИТИЕ ИРРИГАЦИОННЫХ СЕТЕЙ В УЗБЕКИСТАНЕ

Ирригационные сети играют решающую роль в обеспечении продовольственной и экономической стабильности Узбекистана. Страна, где сельское хозяйство традиционно является одним из основных источников занятости и дохода населения, на протяжении веков зависела от рационального использования водных ресурсов. На сегодняшний день орошение является основой аграрного производства, от которого во многом зависит устойчивое развитие регионов и благосостояние населения.

Абдукодирхон Абдулахаев

100-102

2025-10-09

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING LINGVISTIK KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISHDA DIDAKTIK O‘YINLARDAN FOYDALANISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining lingvistik kompetensiyasini shakllantirishda didaktik o‘yinlarning o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Lingvistik kompetensiyaning fonetik, leksik va grammatik tarkibiy qismlari hamda ularni rivojlantirish usullari bayon etiladi. Shuningdek, maqolada konstruktiv, kommunikativ, individual va kooperativ yondashuvlar asosida tashkil etilgan o‘yinlar orqali o‘quvchilarning nutqiy faolligini oshirishga doir samarali usullar haqida so‘z boradi.

Muslima Salıiyeva

103-105

2025-10-09

МАЪМУРИЙ ИШ ЮРИТИШНИ АМАЛГА ОШИРИШ МЕХАНИЗМЛАРИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ ЗАРУРАТИ

Мақолада Ўзбекистон Республикасининг “Маъмурий тартиб-таомиллар тўғрисида”ги Қонуни асосида маъмурий иш юритишнинг муҳим жиҳатлари ва уларни такомиллаштириш тартиботлари илмий-назарий таҳлил қилинди. Маъмурий иш юритиш жараёнидаги ҳуқуқий бўшлиқлар ва қонунчиликдаги муаммолар ҳамда уларни бартараф этишнинг долзарблиги очиб берилди.

Бунёд Aзизов

106-111

2025-10-09

BOSH MIYA QON AYLANISHINING BUZILISHI VA INSULTNI OLDINI OLISH CHORALARI

Ushbu maqolada bosh miya qon aylanishining buzilishi, uning sabablari, patogenez mexanizmlari hamda insultning turlari va klinik belgilari yoritilgan. Shuningdek, insultni erta aniqlash, profilaktika choralari va zamonaviy davolash usullari tahlil qilinadi. Maqolada sog‘lom turmush tarzi, qon bosimini nazorat qilish va to‘g‘ri ovqatlanishning ahamiyati ham ko‘rsatib o‘tiladi.

Xojiakbar Akbaraliyev , Nazira Madatova

112-113

2025-10-09

YURAK VA MIYA QON AYLANISHI O‘RTASIDAGI FIZIOLOGIK BOG‘LIQLIK

Ushbu maqolada yurak va miya o‘rtasidagi fiziologik bog‘liqlik, ularning qon aylanish tizimidagi o‘zaro ta’siri hamda markaziy nerv tizimi orqali yurak faoliyatining boshqarilishi yoritilgan. Yurak miya tomonidan nerv impulslar va gormonal mexanizmlar orqali nazorat qilinadi. Shu bilan birga, yurak faoliyatidagi o‘zgarishlar ham miya qon ta’minotiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Maqolada ushbu ikki muhim a’zo o‘rtasidagi fiziologik muvofiqlikning ahamiyati, patologik holatlar (insult, yurak yetishmovchiligi, gipoksiya)da yuzaga keladigan buzilishlar tahlil qilinadi.

Xojiakbar Akbaraliyev , Nazira Madatova

114-115

2025-10-09

SUN’IY INTELLEKT VA AVTOMATLASHTIRISHNING MILLIY IQTISODIYOTGA TA’SIRI

Mazkur maqolada sun’iy intellekt va avtomatlashtirish texnologiyalarining milliy iqtisodiyotga ko‘rsatayotgan ijobiy va salbiy ta’sirlari tahlil qilinadi. Shuningdek, ularning ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, mehnat bozoridagi o‘zgarishlar, davlat boshqaruvida raqamlashtirish jarayonlarini tezlashtirishdagi o‘rni yoritiladi. O‘zbekiston misolida bu texnologiyalarning iqtisodiy o‘sish va raqobatbardoshlikka qo‘shayotgan hissasi tahlil qilinadi.

Axmed Sapayev

124-126

2025-10-09

“ALANGA” NAVI SHOLISINI O‘ZBEKISTON SHAROITIDA YETISHTIRISH ORQALI HOSILDORLIKNI OPTIMALLASHTIRISH VA EKOLOGIK BARQARORLIKNI TA’MINLASH BO‘YICHA ILMIY TADQIQOT

Sholi insoniyatning eng muhim oziq-ovqat mahsulotlaridan biri bo‘lib, dunyo aholisining yarmidan ko‘pi uchun asosiy oziq manbai hisoblanadi. O‘zbekiston kabi qurg‘oqchil iqlim sharoitiga ega mamlakatlarda sholi yetishtirish suv resurslarini samarali boshqarish va yangi navlarni yaratish orqali rivojlantirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasida sholi yetishtirish 1930-yillardan boshlab ilmiy asosda olib borilmoqda va bugungi kunda 19 dan ortiq nav yetishtirilmoqda, jumladan, “Avangard”, “Gulzar”, “Ilg‘or” va boshqalar. Ushbu navlar orasida “Alanga” navi o‘zining noyob xususiyatlari bilan ajralib turadi. “Alanga” so‘zi o‘zbek tilida “olov” yoki “yonayotgan” degan ma’noni bildiradi va bu navning pishib yetilgan boshoqlarining quyosh nurida yaltirab turishi bilan bog‘liqdir.

Gulnoraxon Po‘latova

127-131

2025-10-09

XALQARO STANDARTLAR TALABI BOʻYICHA NOMODDIY AKTIVLARNING BUXGALTERIYA HISOBINI TAKOMILLASHTIRISH

Ushbu tezisda nomoddiy aktivlarning buxgalteriya hisobi tizimini xalqaro moliyaviy hisobot standartlari (XMHS) talablariga muvofiqlashtirish va takomillashtirish masalalari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil etilgan. Tadqiqotda nomoddiy aktivlarning iqtisodiy mohiyati, ularni tan olish, dastlabki va keyingi baholash, amortizatsiya va qiymatning pasayishini aniqlash jarayonlari xalqaro standartlar, xususan IAS 38 “Nomoddiy aktivlar” standarti talablari asosida o‘rganilgan.

Kumush Jabborova

132-136

2025-10-09

DEMOGRAFIK O‘SISH VA IQTISODIY XAVFSIZLIK: MUAMMOLAR VA YECHIMLAR

Ushbu maqolada demografik o‘sish va iqtisodiy xavfsizlik o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik tizimli tarzda tahlil qilinadi. O‘zbekiston misolida aholining tez sur’atlarda ko‘payishi mehnat bozori, resurslar taqchilligi, ijtimoiy xizmatlarga yuklama va ijtimoiy barqarorlikka ta’siri yoritiladi. Xalqaro tajriba asosida Xitoy, Hindiston va Yevropa mamlakatlarining demografik siyosati ko‘rib chiqiladi. O‘zbekiston sharoitida demografik bosimni iqtisodiy xavfsizlikka tahdid emas, balki imkoniyatga aylantirish yo‘llari – bandlik siyosatini takomillashtirish, ta’lim tizimini isloh qilish, hududlararo tafovutlarni kamaytirish va sog‘liqni saqlash tizimini kuchaytirish orqali tavsiya etiladi. Maqolada demografik o‘sishning oqilona boshqarilishi iqtisodiy xavfsizlikning muhim omili sifatida asoslab beriladi.

Jo‘rabek Saidov

137-138

2025-10-09

AHOLI TARKIBI VA UNING IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISHGA TA’SIRINI TADQIQ QILISHNING XORIJ TAJRIBASI

Ushbu maqolada jahon mamlakatlari, xususan Yevropa Ittifoqi, Fransiya, Germaniya, AQSh, Rossiya va boshqa davlatlarning demografik siyosat yuritish tajribasi tahlil qilinadi. Maqolada demografik jarayonlarni tartibga solish, ayniqsa tug‘ilish darajasini oshirish va oilalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan moliyaviy va institutsional choralar o‘rganiladi. O‘zbekiston sharoitida urbanizatsiya siyosatini shakllantirish, demografik jarayonlarni tartibga solish va xorij tajribasini amaliyotga tatbiq etish orqali samarali demografik siyosatni ishlab chiqishning dolzarbligi asoslab beriladi. Mamlakatimizda yangi islohotlar, demografik strategiyalar va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlovchi siyosiy yo‘nalishlar ham yoritiladi. Maqolada, shuningdek, iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashda demografik siyosatning o‘rni alohida ta’kidlanadi.

Jo‘rabek Saidov

139-141

2025-10-09

SUV RESURSLARIDAN FOYDALANISHNING DEMOGRAFIK VA IJTIMOIY KO‘RSATKICHLARGA TA’SIRI

Suv resurslarining demografik va ijtimoiy ko‘rsatkichlarga ta’siri – bugungi kunda global va mahalliy miqyosda dolzarb muammo. Ushbu maqolada suv manbalarining aholi zichligi, urbanizatsiya, migratsiya, sog‘liq, qishloq xo‘jaligi va iqtisodiy faoliyat kabi ijtimoiy-iqtisodiy jihatlar bilan bog‘liqligi tahlil qilinadi. Misol tariqasida O‘zbekistonning turli hududlarida, xususan, daryo bo‘ylari va cho‘l zonalarida, aholi joylashuvi va yashash sharoitlarining suv bilan ta’minlanishga bog‘liqligi ko‘rib chiqiladi. Shu jumladan, suv tanqisligi, yerosti suvlari pasayishi, sho‘rlanish, sug‘orish tizimidagi muammolar, migratsiya hamda infratuzilmalar va xizmatlar (ichimlik suvi, sanitariya, sog‘liqni saqlash) bilan bog‘liq ijtimoiy oqibatlar tahlil qilinadi. Maqolada davlat siyosati, suv boshqaruvi va barqaror foydalanish strategiyalarining ahamiyati va zarurati ta’kidlanadi.

Sitora Jumaqulova

142-146

2025-10-10

ИККИНЧИ ТУР ҚАНДЛИ ДИАБЕТ ВА ЮРАК ИШЕМИК КАСАЛЛИГИ МАВЖУД БЎЛГАН БЕМОРЛАРДА КОРОНАР СТЕНТЛАШ АМАЛИЁТИДАН СЎНГ ОЛИБ БОРИЛГАН АНТИТРОМБОТИК ТЕРАПИЯНИНГ КЛИНИК НАТИЖАЛАРИ.

Юрак-қон томир касалликлари инсоният соғлиғи учун энг катта хавф омили ҳисобланади ва дунё бўйлаб ўлим сабаблари ичида биринчи ўринни эгаллайди [1,2]. Улар орасида юрак ишемик касаллиги (ЮИК) айниқса кенг тарқалган бўлиб, 2-тур қандли диабет (ҚД2) билан асоратланган ҳолатларда клиник кечиши оғирлашади ва асоратлар хавфи ортади [3,4].

Жавохир Ахроров , Гаухар Жарилкасинова

147-149

2025-10-10

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING DIQQAT JARAYONINI SHAKLLANTIRISHNING PSIXOLOGIK ASOSLARI

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining diqqat jarayonini shakllantirishning psixologik xususiyatlari, ularning yosh davriga xos kognitiv imkoniyatlari hamda o‘qituvchining bu jarayondagi roli tahlil etilgan. Diqqatning rivojlanishiga ta’sir etuvchi ichki (psixik holat, motivatsiya) va tashqi (ta’lim muhiti, o‘qituvchi yondashuvi) omillar ilmiy asosda yoritilgan. Tadqiqot Vygotskiy, Rubinshteyn, Leontyev va Galperinlarning psixologik nazariyalariga tayangan.

Nodira Amirova

150-152

2025-10-10

ISLOHOTLAR O'ZBEKISTONDA RAQAMLI IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHNING HARAKATLANTIRUVCHI OMILI SIFATIDA

Tezisda O'zbekistonning raqamli iqtisodiyotini shakllantirishda davlat islohotlarining rolini ko'rib chiqadi. Normativ-huquqiy baza, milliy raqamlashtirish strategiyalari va institutsional o'zgarishlarning elektron xizmatlar, elektron tijorat va raqamli innovatsiyalarni rivojlantirishga ta'siri tahlil qilinadi. Raqamli o'sish dinamikasini aks ettiruvchi statistik ko'rsatkichlarga, shuningdek, xalqaro taqqoslashlarga alohida e'tibor beriladi.

Timur Samedinov

153-155

2025-10-10

BOLALAR O‘RTASIDA YUQUMLI KASALLIKLARNING OLDINI OLISH: MUAMMO VA YECHIMLAR TAHLILI

Ushbu maqolada bolalar o‘rtasida yuqumli kasalliklarning oldini olish masalasi, mavjud muammolar va ularning yechimlari tahlil qilingan. Bolalar sog‘lig‘i jamiyatning kelajagini belgilovchi eng muhim omil bo‘lib, ularni turli yuqumli kasalliklardan himoya qilish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Maqolada bolalar orasida keng tarqalgan kasalliklar — respirator infeksiyalar, ichak kasalliklari, virusli va parazitar infeksiyalar misolida ularning kelib chiqish sabablari, gigiyenik omillar, emlashning ahamiyati va sanitariya sharoitlari yoritilgan.

NILUFAR FAYZILLOYEVA

156-159

2025-10-10

VERTIKAL SHPINDELLI PAXTA TERISH MASHINALARI SERVIS XIZMATLARINI SAMARALI TASHKIL ETISHGA MO‘LJALLANGAN O‘LCHOV MOSLAMASINI ISHLAB CHIQISH VA TAKOMILLASHTIRISH

Paxta terish mashinasi ishini baholashda birinchi o‘rinda uning ochilgan hosilni terish darajasi aniqlanadi. Mazkur maqolada shpindel tishining absolyut tezligini yo‘nalishi va miqdori paxtani terish darajasiga kuchli ta’sir qiladigan omil ekanligi klassik tadqiqotlarga asoslangan tarzda tushuntirilgan. Shpindel burchak tezligining miqdori shpindelli barabanning bir nechta parametrlariga bog‘liq, ammo asosiy omil-bu shpindel g‘altagining friksion yuritma tasmalariga nisbatan ishqalanish kuchi hisoblanadi. Ishqalanish kuchi esa tasmalarning g‘altakka tushiradigan bosimiga va ishqalanish koeffitsiyentiga bog‘liq. Tahlil qilinayotgan yuritmada tasmalarning g‘altakka tushiradigan bosimi tasmalarning o‘zgaruvchan tarangligiga bog‘liq, dala sharoitida uni aniqlash iloji yo‘q.

Sh.A. Yusupov

160-163

2025-10-10

РЕТРОСПЕКТИВА ОФИЦИАЛЬНОЙ ПОМОЩИ РАЗВИТИЮ РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН В КОНТЕКСТЕ МОДЕРНИЗАЦИИ СТРАНЫ.

в работе рассматривается ретроспектива поступления и использования официальной помощи развитию (ОПР) в Республике Узбекистан с момента обретения независимости. Автор анализирует эволюцию внешней помощи от гуманитарной и экстренной поддержки в первые годы независимости до современных стратегических проектов, направленных на устойчивое развитие, цифровую трансформацию, инклюзивный рост и гендерное равенство. Особое внимание уделяется изменению роли Узбекистана на международной арене - от получателя помощи к активному участнику гуманитарных миссий и региональному донору. В статье подробно рассматриваются основные направления и объемы помощи, вклад многосторонних и двусторонних доноров (ООН, Всемирный банк, АБР, ЕС, США, Китай), а также институционализация координации внешней помощи в стране. Подчеркивается влияние ОПР на реформы государственного управления, развитие инфраструктуры, здравоохранения, образования, а также на повышение человеческого капитала и социальную защиту. В заключении автор отмечает, что эволюция системы внешней помощи в Узбекистане отражает переход от зависимости к партнерству и донорской активности, что способствует укреплению позиций страны в региональном развитии.

Эъзоза Ахмедова

116-123

2025-10-09