«Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar: Nazariya va amaliyot» - это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, английском или русском языках.

Опубликован: 2025-06-20

“SALTANATNING CHIROG‘I” SUN’IY INTELLEKT TIZIMI MISOLIDA OILAVIY ZOʻRAVONLIK  MONITORINGI TAHLILI

Ushbu maqolada Qozog‘istonda ishga tushirilgan “Svet Saltanat” nomli sun’iy intellekt asosidagi monitoring tizimining mazmuni, mexanizmi va ijtimoiy ahamiyati tahlil qilinadi. Loyiha marhum Saltanat Nukenova xotirasiga bag‘ishlab yaratilgan bo‘lib, oilaviy zo‘ravonlik holatlarini real vaqt rejimida aniqlash va jamoatchilikka ochiq tarzda yetkazishni maqsad qiladi. Mazkur tashabbus jamiyatda yashirin qolayotgan zo‘ravonlikni vizual va kommunikativ vositalar bilan ochib berishga, fuqarolik faolligini kuchaytirishga va qonun ijrosini jamoatchilik nazoratiga olishga qaratilgan. Maqolada bu modelning O‘zbekiston sharoitida qo‘llanish imkoniyatlari ham tahlil qilinadi.

Abduazimov Xurshidbek

4-7

2025-06-19

TEXNIK IJODKORLIK VA KONSTRUKSIYALASH FANINING TEXNOLOGIK TA’LIM YO‘NALISHIDA O‘QITILISHINING HOZIRGI HOLATI

Mazkur maqolada texnologik ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun "Texnik ijodkorlik va konstruksiyalash" fanining o‘qitilishidagi zamonaviy holat, uning asosiy maqsad va vazifalari, amaliyot bilan bog‘liqligi, o‘quv jarayonining texnik va pedagogik ta’minoti, shuningdek mavjud muammolar va istiqbolli takliflar yoritiladi. Maqolada dizayn, ergonomika, patent axboroti, texnik modellashtirish va maktabdan tashqari texnik faoliyatlarni tashkil etish kabi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratilgan.

Shoyimova Mahbuba Radjabovna

8-14

2025-06-19

CLARIFICATION OF ISSUES OF AUTHORITY IN MODERN ISLAMIC LAW

This research critically examines the evolving concept of authority within modern Islamic law, particularly in the context of globalization, digital transformation, and changing socio-political dynamics. Rooted in the classical sources of Sharia—namely the Qur’an, Hadith, Ijma (consensus), and Qiyas (analogy)—Islamic legal authority has historically been guided by the ulama (scholarly elite). However, contemporary developments have profoundly reconfigured the mechanisms through which legal authority is asserted and contested across Muslim-majority societies and global diasporas.

A’zam Qambarov

15-25

2025-06-19

ЁШГА ДОИР ПЕНСИЯЛАРИНИ ФУҚАРОЛАРНИНГ МУРОЖААТИ ТАЛАБ ЭТИЛМАГАН ҲОЛДА (ПРОАКТИВ ШАКЛДА) ТАЙИНЛАШНИННГ МАҚСАДИ ВА ХУСУСИЯТЛАРИ

Тадқиқотда Ўзбекистон Республкасида фуқароларга пенсия тайинлаш жараёнида инсон омилини камайтириб ва бюрократик тўсиқларни бартараф этиб давлат хизматларини кўрсатиш сифатини янада ошириш учун илғор рақамли технологиялардан самарали фойдаланиш заруриятининг ҳолати ўрганиб чиқилди.

Арзиев Шавкатбек Кенжабоевич

26-30

2025-06-19

ТAФСИР ҚИЛИШ УСЛУБЛAРИ ВA МУФAССИРНИНГ OДOБЛAРИ

Ушбу мaқoлaдa тaфсир илмининг aҳaмияти, улaмoлaрнинг унгa бергaн тaърифлaри, тaфсирнинг қисмлaри, тaфсир қилиш услублaри, муфaссирлик шaртлaри вa oдoблaри ҳaқидa ўқиш мумкин.

Сaиджaлoлoв Рaҳмaтуллoҳ

31-34

2025-06-19

SUDDA YERGA OID HUQUQIY MUNOSABATLARDAN KELIB CHIQADIGAN ISHLARNI KO‘RISH BORASIDAGI QONUNCHILIKNI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI

Hozirgi vaqtda jamiyatdagi tub ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar munosabati bilan yer fuqarolik muomalasining ekvivalent obyekti sifatida harakat qila boshladi. U asosiy ishlab chiqarish vositasi bo‘lib, katta iqtisodiy ahamiyatga ega hisoblanmoqda. Buning isboti sifatida yangi tahrirda qabul qilingan Konstitutsiyamizning 68-moddasi “Yer qonunda nazarda tutilgan hamda undan oqilona foydalanishni va uni umummilliy boylik sifatida muhofaza qilishni ta’minlovchi shartlar asosida va tartibda xususiy mulk bo‘lishi mumkin” kabi norma bilan to‘ldirilganligini aytishimiz mumkin.

Tursunaliyeva Dilshoda A’zamjon qizi

35-38

2025-06-19

ANTONYMY IN GRADUONYMIC SERIES: A SEMANTIC STUDY OF GRADUAL OPPOSITION IN THE UZBEK LANGUAGE

This paper explores how antonymic relationships operate within scalar lexical sets, focusing on the phenomenon of graduonymy in the Uzbek language. While antonymy is typically understood as the opposition between two poles, many lexical fields in Uzbek reflect gradational meaning, forming ordered series such as kichik–o‘rtacha–katta (small–medium–large) or sovuq–salqin–issiq–jazirama (cold–cool–hot–scorching). These gradual oppositions complicate the traditional binary view of antonymy by introducing intermediate stages of meaning. Through semantic analysis of Uzbek adjectives and intensifiers, this study examines how scalar antonymic sets function in discourse, what their cognitive structures reveal about meaning organization, and how fuzzy boundaries affect their communicative use. The paper also considers implications for antonym typology and lexicographic treatment of non-binary oppositions in Uzbek.

Mashxura Ergasheva

39-41

2025-06-23

HODISA SODIR BO‘LGAN JOYNI KO`ZDAN KECHIRISH TERGOV HARAKATLARINI TAKOMILLASHTIRISH BO`YICHA INNOVATSION YONDASHUVLAR

Tergov jarayoni, har bir huquqiy tizimning muhim qismidir. Hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish – bu tergovning boshlang‘ich bosqichi bo‘lib, unda sodir bo‘lgan voqeani chuqur o‘rganish va uning barcha tafsilotlarini aniqlash muhimdir. Hodisa joyining to‘g‘ri ko‘rish va tahlil qilish, tergovchilarga voqealarning to‘liq rasmiga ega bo‘lishga yordam beradi. Shu bilan birga, tergovning samaradorligi va adolatli natijalarga erishish uchun, hodisa joyini ko‘rish jarayonida yangi yondashuvlar va metodlar qo‘llanilishi zarur. Ushbu maqolada hodisa joyini ko‘rishning o‘ziga xos jihatlari va zamonaviy innovatsiyalarni tahlil qilamiz.

Usmonaliyev Najmiddin Qo’shboq o’g’li, Abdulxaqov Boburjon Nodirjon o’g’li

42-45

2025-06-23

FIRIBGARLIK JINOYATINI AXBOROT TEXNALOGIYALARI ORQALI SODIR QILINISHINING KENG TARQALISH SABABLARI

Maqolada firibgarlikning zamonaviy ko‘rinishi bo‘lgan kiberfiribgarlik o‘zi nima ekanligi, kelib chiqishi sabablari va bunga yo’l qo’yib berayotgan omillar tahlil qilinadi shuningdek kiber hujumlardan himoyalanish tushintrilgan.

Tadjiyev Azamat Aliboyevich, Abdusharipov Munisbek Akmaljon o‘g‘li

46-50

2025-06-23

ISHNI SUDGA QADAR YURITISH BOSQICHIDA QO‘LLANILADIGAN EHTIYOT CHORALARI

Ishni sudga qadar yuritish bosqichida qo‘llaniladigan ehtiyot choralarining yuridik ahamiyati va ularning amaliy qo‘llanilishi sud tizimining samarali ishlashini ta'minlashda muhim o‘rin tutadi. Ushbu maqola, aynan sudga qadar yuritish bosqichida ehtiyot choralarining turlari, ular bilan bog‘liq huquqiy asoslar, samaradorlik va yuzaga keladigan muammolarni chuqur tahlil qilishga qaratilgan. Ehtiyot choralarining sud jarayonidagi rolini tushunish, huquqiy tizimning samaradorligini oshirish va adolatni ta'minlashda zaruriy shart hisoblanadi. Maqolada sudga qadar yuritish bosqichida ehtiyot choralarining turli shakllari batafsil ko‘rib chiqiladi. Masalan, vaqtinchalik choralar, mulkni muzlatish, aktivlarni musodara qilish kabi ehtiyot choralarining huquqiy asoslari va ularning qanday qo‘llanilishi, turli holatlar misolida tushuntiriladi. Bu choralar, asosan, tomonlarning huquqlarini vaqtincha himoya qilish, moliyaviy resurslar va aktivlarni saqlab qolish, hamda yuridik jarayonning davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni hal qilish uchun zarur hisoblanadi. Sud tizimining ishonchliligi, ehtiyot choralarining to‘g‘ri va muvozanatli qo‘llanishiga bog‘liq. Sudga qadar bosqichda ehtiyot choralarining belgilanishi jarayonida qonuniy asoslar va adolat tamoyillariga qat'iy rioya etilishi kerak. Maqolada, ehtiyot choralarining noto‘g‘ri yoki haddan tashqari qo‘llanilishi natijasida yuzaga keladigan muammolar, shu bilan birga, bu choralarning samaradorligini ta'minlash uchun zarur bo‘lgan huquqiy mexanizmlar tahlil qilinadi.

Agoyev Shukrullo Safarboyevich, Bo’sinov Behruz To’xtamurod o‘g‘li

51-57

2025-06-23

ЖИНОЯТЛАРНИ КВАЛИФИКАЦИЯ ҚИЛИШНИНГ УМУМИЙ ҚОИДАЛАРИ

Мазкур мақола жиноятларни квалификация қилиш, жиноят ҳуқуқида қонуннинг умумий ва махсус нормаларини қўллаш, шунингдек, квалификация қилиш қоидаларини ўрганишга асосланади.

Агоев Шукрулло Сафарбоевич, Бозоров Тўрахон Юсуф ўғли

58-62

2025-06-23

QASDDAN BADANGA YENGIL SHIKAST YETKAZISH JINOYATINING TERGOV QILISH VERSIYALARI

Mazkur ilmiy maqolada qasddan badanga yengil shikast yetkazish jinoyatining tergov jarayonlarini takomillashtirish masalalari o‘rganiladi. Jinoyatlar tergovining samaradorligini oshirish uchun mavjud muammolar tahlil qilinadi va ilg‘or tergov metodlari, qonunchilikdagi yangiliklar va amaliyotdagi o‘zgarishlar orqali jinoyatlarni aniqlash va isbotlash jarayonlarini takomillashtirish yo‘llari taklif etiladi. Xususan, jinoyatlar tergovining samaradorligini oshirishda psixologik, texnik va jismoniy dalillarning roli alohida yoritiladi. Tergov jarayonlarida o‘zaro hamkorlik va maxsus mutaxassislarning ishtiroki ham muhim ahamiyatga ega. Maqolada, shuningdek, muammolarni hal etish uchun ilmiy yondashuvlar va amaliyotda qo‘llaniladigan usullar taklif etiladi.

Ashirboyev Axrorjon Terkash o’g’li, Kuchimov Azizbek Baxodir o‘g‘li

63-68

2025-06-23

SOLIQLAR: ULARNING VAZIFALARI VA TURLARI

Ushbu maqola tayyorlash uchun iqtisodiy adabiyotlar, davlat qonunlari, soliq kodekslari va ilmiy maqolalar tahlil qilindi. Maqolada davlat va xalqaro soliq tizimlari, soliq turlari va ularning vazifalari o‘rganildi. Analitik usul orqali soliqlarning iqtisodiyotga ta’siri ko‘rib chiqildi.

Asqarov Baxodirjon Obidjon o`gli

69-70

2025-06-23

BOSHLANGʻICH SINF ONA TILI VA O‘QISH FANLARINI INTEGRATSIYALASHGAN HOLDA O‘RGATISHNING METODIK ASOSLARI

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinfda ona tili va o‘qish fanlarini uyg‘unlashtirilgan shaklda o‘qitishning metodik negizlari tahlil etiladi. Fanlararo bog‘liqlik orqali o‘quvchilarda savodlilik, muloqot qilish qobiliyati, mustaqil fikrlash hamda ijodiy tafakkur kabi asosiy kompetensiyalarni rivojlantirish yo‘llari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, integrallashgan darslarda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan samarali metodlar, xorijiy mamlakatlar tajribasi va o‘quvchilar uchun yuzaga keladigan ijobiy jihatlar amaliy misollar asosida ochib berilgan.

Usmonova Komila Suyunovna

71-74

2025-06-23

DISKURSIV IDEOLOGIYA VA MADANIY REPRODUKSIYA KONTEKSTIDA JAVLON JOVLIYEVNING “QO‘RQMA” ASARINING LINGVOKULTUROLOGIK TAHLILI

Ushbu maqolada Javlon Jovliyevning “Qo‘rqma” asari diskursiv ideologiya va madaniy reproduksiya nazariyasi asosida tahlil qilinadi. Asardagi milliy o‘zlik, taraqqiyot, yosh avlodning ma’naviy yuki kabi g‘oyalar qahramonlarning nutqi, ichki monologlari va ramziy tasvirlar orqali ochib beriladi. Diskurs nazariyasi nuqtai nazaridan, asarda uch turdagi diskurs – shaxsiy-emotsional, sotsiopolitik va kognitiv-historik qatlamlar mavjudligi ko‘rsatiladi. Til vositasida jamiyatda mavjud ijtimoiy mafkuralar va qadriyatlar barqaror shaklda ifodalanib, madaniy ong va milliy identitet shakllanadi. Shu bilan birga, asar madaniy reproduksiya jarayonida muhim rol o‘ynab, milliy va madaniy merosni avloddan avlodga uzatishni amalga oshiradi. Tadqiqotda diskursiv ideologiya nazariy asoslari, tilning hokimiyat va ongni shakllantirish vositasi sifatidagi roli ham yoritiladi. Maqola adabiyotshunoslik, lingvistik madaniyat, hamda milliy identitetni o‘rganish sohalariga qiziqqan mutaxassislar uchun mo‘ljallangan.

Soliyeva Xusnida Hasanboy qizi

75-77

2025-06-23

ИНТЕРТЕКСТУАЛЬНОСТЬ КАК ИНСТРУМЕНТ ПОСТМОДЕРНИСТСКОЙ ДЕКОНСТРУКЦИИ В РУССКОЙ ДРАМАТУРГИИ КОНЦА XX ВЕКА

Статья посвящена анализу интертекстуальности как ключевого инструмента постмодернистской деконструкции в русской драматургии конца XX века. Рассматриваются пьесы таких авторов, как Людмила Петрушевская, Нина Садур и Владимир Сорокин, в контексте их использования интертекстуальных отсылок к русской классической литературе, мифологии и массовой культуре.

Каримова Нигора Маратовна

78-80

2025-06-23

MA’NAVIYAT VA UNI SHAKLLANISHIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR

Ushbu maqolada ma’naviyat tushunchasining mazmun-mohiyati, uning jamiyat hayotidagi o‘rni hamda shaxs kamolotidagi ahamiyati tahlil etilgan. Ma’naviyatning shakllanishiga ijtimoiy muhit, oila, ta’lim-tarbiya, ommaviy axborot vositalari, urf-odat va an’analar, diniy va madaniy omillar qanday ta’sir ko‘rsatishi ilmiy-nazariy asosda ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, zamonaviy globallashuv sharoitida yosh avlod ma’naviyatini shakllantirishda vujudga kelayotgan muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari taklif etiladi. Maqolada milliy qadriyatlar asosida sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish zarurligi ta’kidlanadi.

Karimova Saida

81-84

2025-06-23

ZAMONAVIY O‘ZBEK SHE’RIYATIDA SHE’RIY SAN’ATLARNING QO‘LLANILISHI (NODIRA OFOQ IJODI MISOLIDA)

Ushbu maqolada zamonaviy o‘zbek she’riyatining yorqin vakillaridan biri Nodira Ofoq ijodiga tayanib, she’riy san’atlarning zamonaviy poetik matndagi o‘rni tahlil qilingan. Xususan, shoiraning obrazli fikrlash qobiliyati, badiiy tasvir vositalaridan — metafora, tazod, personifikatsiya va boshqa san’atlardan foydalanish mahorati chuqur tahlil etilgan. Nodira Ofoqning poetik dunyoqarashi, ayolona ruhiy kechinmalari, falsafiy mazmun va estetik shakl uyg‘unligidagi tajribalari orqali zamonaviy she’riyatda badiiy san’atlarning qanday yangi bosqichga chiqqani yoritiladi.

Kamolova Mahliyo Iskandar qizi

85-87

2025-06-23

LEKSIK KO‘NIKMALARNI SHAKLLANTIRISHDA ZAMONAVIY INTERFAOL USULLARDAN FOYDALANISH

Ushbu maqolada universitet talabalari orasida leksik kompetensiyani shakllantirishda zamonaviy interfaol metodlarning o‘rni va samaradorligi yoritilgan. Klaster, aqliy hujum va savol-javob (hot seat) kabi metodlar asosida leksik ko‘nikmalarni mustahkamlash, ularni kontekstda to‘g‘ri va faol ishlatish yo‘llari tahlil qilingan. Har bir metodning nazariy asoslari bilan bir qatorda, amaliy qo‘llanilishi ham misollar orqali ochib berilgan. Maqola, ayniqsa filologiya, tarjima, jurnalistika va boshqa sohalarda tahsil olayotgan talabalar uchun xorijiy tilni samarali o‘rganishda metodik asos sifatida xizmat qiladi.

Nafisa Naimovna Xaitova

88-90

2025-06-23

YOSHLAR MA’NAVIY TARBIYASIDA BADIIY ADABIYOTNING AHAMIYATI

Ushbu maqolada yosh avlod ma’naviy tarbiyasida badiiy adabiyotning o‘rni va ta’sir kuchi yoritilgan. Badiiy asarlar orqali yoshlarning axloqiy fazilatlari, milliy qadriyatlarga sadoqati, estetik didi va tafakkur dunyosi shakllanishi tahlil etiladi. Maqolada adabiyot vositasida yoshlarda vatanparvarlik, insonparvarlik, halollik, sabr-toqat kabi fazilatlarni qaror toptirish, ularni hayotga ijobiy munosabatda bo‘lishga undash muhimligi asoslab beriladi. Shuningdek, zamonaviy yoshlarning adabiyotga bo‘lgan munosabatini mustahkamlash, ularni kitobxonlikka jalb etishning pedagogik va ijtimoiy usullari ko‘rib chiqiladi.

Bayeshanov Abdulla Mustafayevich

91-93

2025-06-23

GENDER, TONE, AND INTERTEXTUALITY IN UZBEK AND ENGLISH ACADEMIC LEADERSHIP DIRECTIVES

This study looks at directive speech acts employed by university administrators in Uzbekistan and English-speaking countries, going deeper into contextual, gendered, and strategic elements beyond syntactic and lexical realization. While directives fulfil institutional functions, their structure and wording reflect subtle sociocultural norms, leadership ethos, and institutional expectations. This paper uses speech act theory, politeness theory, and leadership discourse frameworks to examine not just modality and directness, but also prosodic signals, intertextuality, genre sensitivity, and leadership positioning in written and spoken academic communication. The findings point to modest distinctions in communicative authority, rhetorical style, and interpersonal dynamics that influence how rectors, deans, and chairs lead through language. It also takes into account gender patterns and emotional tone while issuing orders. The findings have implications for intercultural competency, leadership development, and applied discourse pedagogy in higher education.

Maftuna Kuchkarova

94-97

2025-06-23

O‘ZBEK VA FRANSUZ TILLАRI UMUMIY LUG‘ATLАRIDA KONСHILIK TERMINLАRINING IFODALANISHI

Mazkur maqolada o‘zbek va fransuz tillaridagi konchilik terminlarining umumiy lug‘atlardagi ifodalanishi tahlil qilinadi. Terminlarning umumiy va xususiy turlarga ajratilishi, ularning leksikografik talqini, fransuz tilida konchilik terminologiyasi tizimi qanday shakllanganligi hamda o‘zbek tiliga qanday yo‘llar bilan o‘zlashtirilgani yoritilgan. Shuningdek, tarjimada uchraydigan sun’iyliklar, muqobil termin izlashdagi muammolar, universal terminlar bilan ishlash tamoyillari tahlil qilinadi. Maqolada konkret lug‘at strukturalari, mavzular bo‘yicha tasnif va terminologik tizimlarning mukammalligi yoki kamchiliklari haqida fikr yuritiladi.

Xakimova Dilrabo Yoʼldoshovna

98-101

2025-06-23

BINOLARINI HOZIRGI ZAMONGA MOS VA XOS TIKLASHNING TAMOYILLARI

O‘zbekiston hududi iqlimlari turlicha bo‘lgan regionlardan iborat bo‘lib, uy-joy qurilishi bu regionlarda turlicha tarkib topgan bo‘lib, o‘ziga xos rivojlanish tarixiga ega. O‘rta asrlarda rivojlangan markazlar Buxoro, Xiva, Samarkand, Toshkent va Fargona vodiysida uy-joy qurilishining o‘ziga xos turlicha yo‘llar bilan rivojlanganligini. O‘zbekiston tarixiy shaharlar markazlarini qayta tiklash, xususan ularda an’anaviy xalq turarjoylarini shakllantirish bo‘yicha ilmiy asoslangan nazariy va amaliy takliflarning ishlab chiqilganidir.

Jamoliddin Usarov Tulqinovich, Abduqaxxrorov Aziz Laziz o’g’li

102-105

2025-06-24

BINOLARNINING FITO MUHITINI SHAKLLANTIRISHDA TABIIY O’SIMLIKLARNING AHAMIYATI

ushbu maqolada o'simliklarni biologik muvofiqligi, atrof-muhit xususiyatlari va ichki havo sifatini yaxshilash qobiliyatini hisobga olgan holda  bino va inshootlarning ichki dizayniga va boshqa binolarni loyihalashga maqsadli, ilmiy asoslangan joriy etish muhokama qilinadi.

Jamoliddin Usarov Tulqinovich, Abduqaxxrorov Aziz Laziz o’g’li

106-110

2025-06-24

MUDDATDAN OLDIN TUG‘ILGAN CHAQALOQLARDA NEYROSONOGRAFIK O‘ZGARISHLAR VA ULARNING NEVROLOGIK PROGNOZI

So‘nggi yillarda perinatal yordam sifatining oshishi bilan bir qatorda, muddatidan oldin tug‘ilgan chaqaloqlarning omon qolish ko‘rsatkichlari ham oshdi. Biroq bu holat, ayniqsa, 32 haftagacha bo‘lgan gestatsion yoshdagi chaqaloqlarda turli nevrologik asoratlar xavfini oshiradi. Aynan shu holatda markaziy asab tizimi (MAT) shikastlanishini erta aniqlash va baholashda neyrosonografiya muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu usul yordamida chaqaloq bosh miyasi holatini invaziv bo‘lmagan tarzda o‘rganish mumkin.

Xo‘janazarova Gulbadan G‘anisher qizi, Abzalova Munisa Yakubjanovna

111-114

2025-06-24

BIOLOGIK XILMA-XILLIKNI SAQLASH VA YO‘QOLIB BORAYOTGAN HAYVON TURLARINI MUHOFAZA QILISH

Ushbu maqola O‘zbekistonda biologik xilma-xillikni saqlash va yo‘qolib ketish xavfi ostidagi hayvon turlarini muhofaza qilish masalalariga bag‘ishlangan. Maqolada mamlakatdagi noyob hayvon turlari, ularning yo‘qolib ketishiga olib keluvchi omillar, muhofaza choraları va ilmiy tadqiqotlarning ahamiyati muhokama qilinadi. Shuningdek, O‘zbekistonning tabiiy ekotizimlari va xalqaro hamkorlikdagi sa’y-harakatlar haqida ma’lumot beriladi. 

Siddiqova Yulduz Husanovna, Tolibjonov Shohrux Ulug’bek o’g’li, G’afforova Sevara Akbarali qizi

115-119

2025-06-24

ЧАСТОТА НАРУШЕНИЙ ОВАРИАЛЬНО-МЕНСТРУАЛЬНОГО ЦИКЛА В ЙОДДЕФИЦИТНОМ РЕГИОНЕ ТАШКЕНТСКОЙ ОБЛАСТИ

Представляется закономерным, что в условиях йодного дефицита у женского населения в первую очередь нарушается половое созревание и овариально-менструальный цикл, снижается фертильность, повышается частота гинекологической патологии, риск осложненного течения беременности и родов, самопроизвольных абортов и мертворождений. Для Узбекистана медико-социальное значение йоддефицитных заболеваний (ИДЗ) обусловлено тем, что более или менее выраженный дефицит йода наблюдается практически на всей территории. Особую актуальность эта проблема имеет в Ташкентской области, которая также относится к йоддефицитным регионам Узбекистана.

Джуманов Б. А., Рахматуллаева Ф.Н.

120-121

2025-06-24

AHMAD DONISH FALSAFIY MEROSIDA INSON FALSAFASIGA MUNOSABATI

Mazkur maqolada XIX asrning yirik mutafakkiri Ahmad Donishning falsafiy merosi tahlil qilinadi hamda uning inson, jamiyat va tafakkur masalalariga bo‘lgan munosabati ochib beriladi. Tadqiqot davomida muallif Ahmad Donish asarlaridagi antropologik yondashuvlarni o‘rganadi, u tomonidan ilgari surilgan ma’naviy-axloqiy tamoyillar, insonning jamiyatdagi o‘rni, erkin fikrlash va ilmiy tafakkurga berilgan baho asosida inson falsafasi masalalari yoritiladi. Shuningdek, mutafakkirning g‘oyaviy qarashlari o‘z davrining ijtimoiy-siyosiy va mafkuraviy muhitida tahlil qilinadi. Ahmad Donishning fikricha, inson kamoloti ilm va ma’rifat asosida shakllanadi. Uning inson haqidagi falsafiy qarashlari bugungi kunda ham dolzarbligini yo‘qotmagan. Ushbu maqola Ahmad Donishning inson haqidagi qarashlarini hozirgi davr nuqtayi nazaridan tahlil etilgan.

Miltiqboyev Bobur Zokirovich

122-124

2025-06-24

QISHLOQ XO‘JALIGI EKINLARINING YOVVOYI AJDODLARIDAN SAMARALI FOYDALANISHNING IQTISODIY ZARURATI

Bizga ma‘lumki, qishloq xo‘jaligi ekinlarining yovvoyi ajdodlari asrab qolish  vazifasi so‘nggi o‘n yilliklarda dunyo olimlari va amaliyotchilarini tashvishga solayotgan dolzarb muammolar qatoriga kirdi. Shuning uchun ham qishloq xo‘jaligi tarmog‘ini rivojlantirishga e’tibor yanada ortmoqda. Shu bilan birgalikda ta’kidlash lozimki, iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari xususan, oziq-ovqat sanoatining turli sohalarida qishloq xo‘jaligida ishlab chiqariladigan sifatli xomashyoga bo‘lgan talab doimiy ravishda ortib bormoqda.

Xolliyev Sherali Baxtiyorovich

125-128

2025-06-24

ҲУҚУҚБУЗАРЛИКЛАР ПРОФИЛАКТИКАСИНИ АМАЛГА ОШИРИШДА НОДАВЛАР НОТИЖОРАТ ТАШКИЛОТЛАРИНИНГ ЎРНИ ВА АҲАМИЯТИ

Бугунги кунга келиб, ҳуқуқбузарликлар профилактикасини амалга ошириш нафақат давлатимизда, балки умумжаҳон миқёсида глобал тус олди. Шу боис, ҳар бир давлат ҳуқуқбузарликлар профилактикасини амалга оширишда ўзининг қонунчилик тизимини такомиллаштириб бормоқда. Шу билан бирга, ҳуқуқбузарликлар профилактикасини амалга оширишда нодавлат нотижорат ташкилотлари янада фаол бўлишлари учун зарур шарт-шароитлар яратилмоқда. Зеро, нодавлат нотижорат ташкилотлари томонидан амалга ошириладиган чора-тадбирлар жамият ва давлат ривожи учун ғоятда манфаатли ҳисобланади.

Косимов Жамшид

129-131

2025-06-24

AFV ETISH INSTITUTINING HUQUQIY VA IJTIMOIY-AXLOQIY AHAMIYATI

Yangi O‘zbekistonda inson huquqlari, erkinliklari va sha’nini ta’minlash, shaxs manfaatlarini qonun ustuvorligi asosida himoya qilish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Mazkur jarayonda insonparvarlik prinsipi huquqiy islohotlar va qonun ijodkorligi faoliyatining yetakchi g‘oyasi sifatida namoyon bo‘lmoqda. Bu prinsip har bir qonun normasi va davlat boshqaruvi qarorlarida, xususan, jinoiy jazolarni qo‘llash va ijro etish sohasida yaqqol aks etmoqda. Jazoning muqarrarligi bilan birga uning adolatli, insonparvar va qayta ijtimoiylashtirishga qaratilgan mexanizm sifatida tatbiq etilishi yangi huquqiy maktabning muhim xususiyati hisoblanadi.

Tursunova Nargiza Axtamovna

132-133

2025-06-24

TRANSLATIONAL TERMINOLOGICAL CHALLENGES IN POLITICAL TEXTS

Political texts are characterized by their formal style, ideological weight, and a dense network of specialized terms. Translating these texts requires more than lexical substitution; it demands a deep understanding of political systems, cultural frameworks, and discourse strategies. This article explores key terminological challenges encountered in the translation of political texts, particularly from Uzbek into English, and proposes strategies to maintain terminological accuracy and pragmatic relevance.

Maftunabonu Holjuraeva

134-135

2025-06-24

ARTISHOK EKININI SHOXLANISH TARTIBIGA KO‘RA URUG‘ MORFOMETRIK KO‘RSATKICHLARINING TAHLILI

Ushbu maqolada turli shoxlanish tartibiga ega bo‘lgan o‘simlik namunasining urug‘ morfometrik ko‘rsatkichlari tahlil qilindi. Tadqiqotda sovatcha o‘lchami, urug‘ og‘irligi, urug‘ soni hamda urug‘ning bo‘yi, yeni va qalinligi kabi ko‘rsatkichlar o‘rganildi. Urug‘ning morfometrik xususiyatlari ularning biologik qiymati va o‘simliklarning reproduktiv salohiyatini baholashda muhim mezon sifatida qaraldi. Urug‘larning o‘lchami va massasi o‘simlikning shoxlanish darajasiga bog‘liq holda o‘zgarishi aniqlandi. Bu kabi tahlillar urug‘ sifati va nav tanlashda muhim hisoblanadi.

Aripova Shaxnoza Raxmanovna, Sheraliyev Jamshid Shuxrat o‘g‘li

136-140

2025-06-24

ERTAK JANRI VA UNING TARKIBIDAGI “EZGULIK/YOVUZLIK” OPPOZITSIYASI XUSUSIDA

Ushbu maqolada ertak janrining oʻziga xos xususiyatlari, undagi ezgulik va yovuzlik oʻrtasidagi qarama-qarshilik tushunchasi atroflicha tahlil qilinadi. Maqolada ushbu oppozitsiyaning ertak syujetini harakatga keltiruvchi asosiy kuch ekanligi, shuningdek, uning gʻoyaviy mazmunni shakllantirishdagi hal qiluvchi roli yoritiladi. Qolaversa, ezgulik qahramonlar timsolida va ularning adolatli harakatlarida, yovuzlik esa personajlarning salbiy xatti-harakatlarida qanday namoyon boʻlishi ertaklardan olingan misollar bilan koʻrsatiladi. Tadqiqot ertaklarning nafaqat koʻngilochar, balki tarbiyaviy va axloqiy ahamiyatini ham taʼkidlab, yaxshilikning yovuzlik ustidan doimiy gʻalabasi orqali jamiyatda insoniy fazilatlarni shakllantirishga xizmat qilishini asoslab beradi.

Yusupova Omina Muxammadzoir qizi

141-143

2025-06-24

OʻQUVCHILARDA TARBIYA FANI DARSLARI ORQALI HUQUQIY KOMPETENTLIKNI RIVOJLANTIRISHNING DIDAKTIK IMKONIYATLARI

Ushbu tezisda umumtaʼlim maktablarida oʻquvchilarning huquqiy kompetentligini rivojlantirishda tarbiya fani darslarining o‘rni va didaktik imkoniyatlari tahlil qilinadi. Zamonaviy taʼlim mazmuni o‘quvchilarda nafaqat bilim, balki ularning shaxsiy va ijtimoiy hayotida muhim bo‘lgan huquqiy ong va madaniyatni shakllantirishga qaratilgan. Tezisda huquqiy tarbiya berishda tarbiya fanining mazmuni, metodikasi va pedagogik yondashuvlar orqali bu jarayon qanday samarali amalga oshirilishi mumkinligi yoritiladi.

Jumanova Hafiza Xoliqulovna

144-145

2025-06-24

MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMIDA GEYMIFIKATSIYANI JORIY ETISH VA BOSHQARISHNING XORIJ TAJRIBALARI

Jahonda iqtisodiy jarayonlarning globallashuvi natijasida inson kapitaliga bo‘lgan talab keskin ortib bormoqda. Ayniqsa, ta’lim sohasida innovatsion yondashuvlar, raqamli texnologiyalar va kreativ metodikalar bilan uyg‘unlashgan o‘qitish uslublarini joriy etish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Maktabgacha ta’lim tizimi esa inson shaxsining shakllanishidagi eng muhim bosqich sifatida, o‘z mazmun-mohiyatini qayta ko‘rib chiqishni va zamonaviy yondashuvlar bilan boyitishni talab qilmoqda. Geymifikatsiya – ya’ni o‘yin mexanizmlarini ta’lim jarayoniga integratsiyalash – bolalarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, motivatsiyasini kuchaytirish, ijodiy fikrlash va raqamli savodxonlikni erta shakllantirishga xizmat qiladi. Xalqaro tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, rivojlangan davlatlar maktabgacha ta’limda geymifikatsiyalash orqali zamonaviy mehnat bozoriga mos, muammoli vaziyatlarda yechim topa oluvchi, adaptiv fikrlaydigan avlodni shakllantirishga erishmoqda.

Aslonova Rushano Ilhomovna

146-148

2025-06-25

RAQAMLI MARKETING VOSITALARI ORQALI SANOAT MAHSULOTLARINI ICHKI VA TASHQI BOZORLARGA TARG‘IB QILISH

Ushbu maqolada raqamli marketing vositalari yordamida sanoat mahsulotlarini ichki va tashqi bozorlarda samarali targ‘ib qilish masalalari tahlil qilinadi. Xususan, veb-saytlar, ijtimoiy tarmoqlar, SEO, email marketing, kontent marketingi, raqamli reklama platformalari (Google Ads, Meta Ads) va boshqa zamonaviy texnologiyalarning sanoat korxonalari faoliyatidagi o‘rni va ahamiyati yoritiladi. Shuningdek, marketing strategiyasini raqamli asosda shakllantirish orqali mahsulot eksport salohiyatini oshirish, mijozlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni yo‘lga qo‘yish hamda brend tan olinuvchanligini kuchaytirish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotda ilg‘or xorijiy tajribalar va O‘zbekistondagi amaliyot o‘rganilib, sanoat korxonalariga amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Sharipov Gʻulomjon Qarshi oʻgʻli

149-155

2025-06-25

SHAXS ISMLARINING QIYOSIY-STRUKTURAL TAHLILI VA TILLARNING ANTROPONIMIK TIZIMLARIDA DERIVATSIYA USULLARI

Shaxs ismlari har bir xalqning tarixiy, madaniy va tilshunoslik xususiyatlarini o‘zida mujassam etgan muhim lingvistik birliklardandir. Ushbu maqolada shaxs ismlarining fonetik, morfologik va semantik tuzilmalari hamda ularning shakllanish mexanizmlari, ya’ni derivatsion usullari qiyosiy-lingvistik yondashuv asosida tahlil qilinadi. O‘zbek, ingliz, rus, arab va turk tillaridagi antroponimik tizimlar misolida ismlarning tuzilishi va hosil bo‘lish yo‘llari chuqur o‘rganilib, madaniy kontekstda ularning ijtimoiy funksiyalari ochib beriladi.

Ergashev Ulug‘bek Akbarali o‘g‘li

156-158

2025-06-25

УСОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ ДИАГНОСТИЧЕСКОЙ И ХИРУРГИЧЕСКОЙ ТАКТИКИ У БОЛЬНЫХ С МЕХАНИЧЕСКОЙ ЖЕЛТУХОЙ

Проблема диагностики и лечения механической желтухи, объединяющей обширную группу заболеваний, в настоящее время приобрела особую актуальность и является одной из трудных задач хирургии. Причинами этого являются неуклонный рост больных с этой патологией, увеличение среди них числа лиц пожилого и старческого возраста. Диагностические ошибки, возникающие в 12-38% наблюдений, приводят к печеночной недостаточности и другим тяжелым осложнениям (желудочно-кишечные кровотечения, гнойный холангит, абсцессы печени, сепсис), что в 14-27% наблюдений приводят к летальному исходу.

Тешаев О.Р., Исмаилов М.У.

159

2025-06-25

BINO VA INSHOOTLARNING TEXNIK HOLATINI REAL VAQT REJIMIDA MONITORING QILISHDA STRUCTURAL HEALTH MONITORING (SHM) TIZIMI TAHLILI

Structural health monitoring (SHM) - Strukturaviy butunlik monitoringi fuqaro va sanoat binolarini doimiy kuzatib borish bilan bog‘liq bo‘lgan, inson xavfsizligini va binolar umirboqiyligini oshirish hamda texnik xizmat ko‘rsatish xarajatlarini kamaytirishga qaratilgan tizim hisoblanadi. Ushbu maqolada mazkur tizimning imkoniyatlari, foydali tomonlari tahlil  etiladi.

Rashidov S.U., Xolbekov S.R., Oltiyev O‘.A.

150-154

2025-06-26