«Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar: Nazariya va amaliyot» - это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, английском или русском языках.
Опубликован: 2026-04-06
Статьи
КАТТА ҚОНЧЎП (CHELIDONIUM MAJUS L.) ЎСИМЛИГИНИНГ САМАРҚАНД ВИЛОЯТИ СУҒОРИЛАДИГАН ЕРЛАРИ ШАРОИТИДАГИ БИОЛОГИК ХУСУСИЯТЛАРИ
Доривор ўсимлик турлари самарали дори воситаларини ишлаб чиқаришда қимматли хом ашё сифатида қўлланилади. Шу боис, республикамизда доривор ўсимлик турларини ҳар томонлама чуқур ўрганиш асосида уларни маданий ҳолда етиштириш, ассортиментини бойитиш ва доривор хом ашё ишлаб чиқаришни кескин ошириш устувор вазифалардан бири ҳисобланади. Ўзбекистон республикаси Президентининг 2022-йилнинг 20-майида қабул қилинган ПҚ-251 сон “Доривор ўсимликларни маданий ҳолда етиштириш ва қайта ишлаш ҳамда даволашда улардан кенг фойдаланишни ташкил этиш чора-тадбирлари тўғрисида” ги қарорида қимматли доривор ўсимлик турларининг маданий плантацияларини барпо қилиш мақсадида 2022-2026-йиллар давомида республика бўйича 42310 га, шу жумладан Самарқанд вилоятида 4493 га ер майдонларини ажратиш вазифаси белгилаб берилган. Ушбу қарорда белгилаб берилган долзарб вазифаларнинг ижросини таъминлашда Ўзбекистон табиий флорасида деярли учрамайдиган, лекин ривожланган мамлакатлар фармакопеясига киритилган доривор ўсимлик турларини маҳаллий шароитларда ўрганиш ва уларни кўпайтириш усулларини ишлаб чиқиш йўналишларидаги тадқиқот ишлари маълум даражада хизмат қилади.
2026-04-06
DUNYOVIY BILIMLAR VA DINIY E’TIQOD BIRLIGIGA ERISHISHNING AHAMIYATI
Mazkur ilmiy maqolada zamonaviy jamiyat taraqqiyotining muhim omillaridan biri bo‘lgan dunyoviy bilimlar va diniy e’tiqod o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik chuqur tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida ilmiy tafakkur va diniy qadriyatlarning integratsiyasi inson shaxsining intellektual, ma’naviy va ijtimoiy rivojlanishida muhim o‘rin tutishi asoslab beriladi. Shuningdek, globallashuv sharoitida ushbu ikki omil o‘rtasidagi muvozanatni saqlashning dolzarbligi, yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati hamda mavjud tahdidlar ilmiy asosda yoritiladi.
2026-04-06
ONLAYN TA’LIMDA MENTORLIK VA KO‘MAKLASHUV TIZIMLARINI JORIY ETISH ISTIQBOLLARI
Mazkur maqolada onlayn ta’lim sharoitida mentorlik va ko‘maklashuv tizimlarini joriy etishning nazariy asoslari, amaliy ahamiyati hamda istiqbollari yoritiladi. Shuningdek, ushbu tizimlarni samarali tashkil etish mexanizmlari, ularni raqamli platformalar bilan integratsiya qilish masalalari hamda mavjud muammolar va ularning yechimlari tahlil etiladi.
2026-04-06
РОЛЬ РУССКОГО ЯЗЫКА В МЕДИЦИНСКОМ ОБРАЗОВАНИИ
В данной статье рассматривается роль русского языка в системе медицинского образования. Актуальность темы обусловлена необходимостью эффективного профессионального общения медицинских работников в условиях многоязычной среды. Целью исследования является определение значения русского языка в подготовке будущих специалистов в области медицины. В работе проанализированы основные аспекты использования русского языка в учебном процессе, а также его роль в освоении медицинской терминологии и профессиональной коммуникации. Установлено, что владение русским языком способствует повышению качества образования и профессиональной компетентности студентов медицинских вузов. Сделан вывод о важности углубленного изучения русского языка как одного из ключевых факторов успешной медицинской деятельности.
2026-04-06
ALEKSANDR FAYNBERG IJODINING YOSH AVLOD SHOIRLARI UCHUN ILHOM VA IJOD MANBAI SIFATIDAGI AHAMIYATI
Mazkur ilmiy maqolada Aleksandr Faynberg ijodining yosh avlod shoirlari uchun ilhom va ijodiy manba sifatidagi o‘rni keng qamrovda tahlil qilinadi. Shoirning poetik mahorati, estetik qarashlari, tarjimonlik faoliyati hamda umuminsoniy g‘oyalarni ifodalash uslubi yosh ijodkorlar shakllanishiga qanday ta’sir ko‘rsatgani yoritiladi. Faynberg ijodi orqali yangi avlod shoirlarida badiiy tafakkur, til madaniyati va adabiy mas’uliyatning rivojlanish jarayonlari ilmiy asosda ko‘rib chiqiladi.
2026-04-06
YASHIL KIMYO TAMOYILLARI ASOSIDA KIMYO SANOATINI MODERNIZATSIYA QILISH
Ushbu tezisda "Yashil kimyo" (Green Chemistry) tushunchasi, uning 12 ta asosiy tamoyili va ushbu tamoyillarni kimyo sanoatiga tatbiq etishning ahamiyati yoritilgan. Tadqiqotda zaharli erituvchilardan voz kechish, atom iqtisodiyoti ko‘rsatkichini oshirish va qayta tiklanuvchi xomashyo manbalaridan foydalanish masalalari tahlil qilingan. Shuningdek, barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda kimyoviy texnologiyalarning o‘rni va O‘zbekiston sanoatidagi istiqbollari ko‘rib chiqilgan.
2026-04-06
BOSHLANG‘ICH SINFDA “SMART-KITOBXON” TO‘GARAGINI RAQAMLI PLATFORMALAR ASOSIDA TASHKIL ETISH
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun “Smart-kitobxon” to‘garagini raqamli platformalar asosida tashkil etishning nazariy va amaliy jihatlari ko‘rib chiqiladi. Raqamli texnologiyalar yordamida interaktiv o‘qish jarayonini yaratish, o‘quvchilarning mustaqil fikrlash, ijodiy yondashuv va o‘rganishga bo‘lgan motivatsiyasini oshirish asosiy maqsad qilib qo‘yilgan. Maqolada to‘garak faoliyatini rejalashtirish, raqamli platformalardan samarali foydalanish, o‘quvchilarning bilim darajasini baholash va pedagogik hamkorlikni rivojlantirish usullari yoritilgan.
2026-04-06
AKADEMIK MOBILILIK SHAROITIDA TA'LIM SIFATINI TA'MINLASHNING METODIK ASOSLARINI TADQIQ QILISH
Mazkur ilmiy tezisda akademik mobillik sharoitida ta’lim sifatini ta’minlashning metodik asoslari tahlil qilinadi. Xususan, xalqaro ta’lim integratsiyasi jarayonlari, kredit-modul tizimi, ta’lim standartlari uyg‘unligi, o‘quv dasturlarining moslashuvchanligi va sifat monitoringi mexanizmlari asosida ilmiy yondashuvlar bayon etiladi. Tadqiqotda zamonaviy pedagogik texnologiyalar, xalqaro tajriba va normativ-huquqiy hujjatlar asosida ta’lim sifatini oshirish omillari aniqlangan. Akademik mobillikning ta’lim sifati bilan uzviy bog‘liqligi ilmiy asoslangan holda yoritilgan.
2026-04-07
СТРУКТУРА И СЕМАНТИКА УЗБЕКСКИХ ЛИЧНЫХ ИМЁН: ЛИНГВОКУЛЬТУРНЫЙ АСПЕКТ
В статье рассматривается узбекская антропонимия как многослойная система, формирование которой обусловлено длительным взаимодействием различных культурных и языковых традиций. Основное внимание уделяется выявлению исторических механизмов стратификации личных имён и их семантической организации.
2026-04-07
RUHIY HOLATNI IFODALOVCHI SIFATLAR VALENTLIGI
Mazkur maqolada ruhiy holatni ifodalovchi sifatlarning valentlik xususiyatlari hamda ularning komponent (semantik) tahlili ilmiy-nazariy jihatdan ko‘rib chiqiladi.
2026-04-07
HUJJATLARNI SOXTALASHTIRISH JINOYATLARI UCHUN JAVOBGARLIKNI DIFFERENSIALLASHTIRISH VA INDIVIDUALLASHTIRISH MUAMMOLARI
Mazkur tezisda hujjatlarni soxtalashtirish bilan bog‘liq jinoyatlar uchun javobgarlikni differensiallashtirish va individuallashtirish muammolari jinoyat-huquqiy hamda huquqni qo‘llash amaliyoti nuqtayi nazaridan kompleks tahlil qilingan. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 227 va 228-moddalarida nazarda tutilgan normalarni amalda qo‘llash jarayonida yuzaga kelayotgan muammolar, xususan, rasmiy hujjat tushunchasining aniq huquqiy mezonlari mavjud emasligi, soxtalashtirish va soxta hujjatdan foydalanish harakatlari o‘rtasidagi chegaraning yetarli darajada aniqlashtirilmaganligi hamda jinoyatlar majmui masalalari atroflicha ko‘rib chiqilgan.
2026-04-08
ISHLAB CHIQARISH KORXONALARIDA TADBIRKORLIK RISKLARINI BAHOLASH VA PASAYTIRISH YO‘LLARI
Mazkur tezisda ishlab chiqarish korxonalarida tadbirkorlik risklarini baholash va ularni pasaytirishning zamonaviy yondashuvlari ilmiy asosda tahlil qilinadi. Tadqiqotning dolzarbligi sanoat korxonalarida ishlab chiqarish jarayonlarining murakkablashuvi, ta’minot zanjirlarining global integratsiyasi, narxlar beqarorligi va texnologik o‘zgarishlar fonida risklarning ortib borishi bilan belgilanadi.
2026-04-09
OROL DENGIZI QURISHI OQIBATIDA KELIB CHIQAYOTGAN IJTIMOIY EKOLOGIK MUAMMOLAR
Ushbu maqolada Orol dengizi qurishi oqibatida yuzaga kelgan ijtimoiy-ekologik muammolar tahlil qilinadi. Dengiz sathining keskin pasayishi natijasida mintaqada iqlim o‘zgarishi, tuproq sho‘rlanishi, biologik xilma-xillikning kamayishi kabi ekologik muammolar yuzaga kelgani yoritiladi. Shuningdek, aholi salomatligining yomonlashuvi, ishsizlik, migratsiya va ijtimoiy-iqtisodiy tanglik kabi ijtimoiy oqibatlar ko‘rib chiqiladi. Maqolada muammoni yumshatish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar va xalqaro hamkorlikning ahamiyati ham bayon etiladi.
2026-04-09
НАПРАВЛЕНИЯ ПРИМЕНЕНИЯ ЦИФРОВЫХ ИННОВАЦИОННЫХ ТЕХНОЛОГИЙ В РАЗВИТИИ ТУРИСТИЧЕСКОЙ ИНФРАСТРУКТУРЫ
В эпоху ускоренной цифровой трансформации туристическая инфраструктура претерпевает фундаментальные изменения, становясь интеллектуальной, персонализированной и устойчивой. Настоящая статья посвящена системному анализу основных направлений применения цифровых инновационных технологий в развитии туристической инфраструктуры. Рассматриваются ключевые технологии четвертой промышленной революции: Интернет вещей (IoT), искусственный интеллект (ИИ), большие данные (Big Data), дополненная и виртуальная реальность (AR/VR), блокчейн, 5G-сети и облачные вычисления. Эти технологии обеспечивают создание «умных» туристических дестинаций (smart destinations), оптимизацию управления туристскими потоками, повышение энергоэффективности объектов инфраструктуры и формирование новых иммерсивных туристических продуктов.
2026-04-09
DAVID BOSH NAMUNASINI BOSQICHLAR ASOSIDA AKVARELDA ISHLASH METODIKASI
Mazkur maqolada tasviriy san’at ta’limida keng qo‘llaniladigan klassik o‘quv obyektlaridan biri — David bosh namunasini akvarel texnikasida bosqichma-bosqich ishlash metodikasi tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida akademik qalamtasvir va rangtasvir asoslari, shaklning plastik tuzilishi, yorug‘-soya qonuniyatlari hamda rang ohanglarini aniqlash usullari yoritiladi. Maqolaning asosiy maqsadi talabalar va o‘quvchilarda fazoviy tafakkur, kuzatuvchanlik va rang sezgirligini rivojlantirishda David bosh maketidan foydalanishning metodik jihatlarini ochib berishdan iborat.
2026-04-09
BUDDAVIYLIK DINI TAʼLIMOTI VA MANBALARI
Ushbu maqolada buddaviylik dini ta’limoti va uning asosiy manbalari ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Buddaviylik insoniyat tarixidagi eng qadimiy va keng tarqalgan dinlardan biri bo‘lib, uning asoschisi Siddhartha Gautama hisoblanadi. Maqolada buddaviylikning paydo bo‘lish sharoitlari, asosiy g‘oyalari — To‘rt muqaddas haqiqat va Sakkiz bosqichli yo‘l mohiyati yoritiladi. Shuningdek, nirvana tushunchasi, karma va qayta tug‘ilish (samsara) kabi markaziy falsafiy qarashlar izohlanadi. Tadqiqot davomida buddaviylikning muqaddas manbalari, xususan Tripitaka (Tipitaka) to‘plami va uning tarkibiy qismlari — Vinaya Pitaka, Sutta Pitaka va Abhidhamma Pitaka haqida ma’lumot beriladi. Ushbu manbalar buddaviylik ta’limotining shakllanishi va rivojlanishida muhim o‘rin tutgani ilmiy asosda ko‘rsatib beriladi.Maqolada tarixiy, qiyosiy va tavsifiy metodlardan foydalanilib, buddaviylikning turli yo‘nalishlari (Theravada, Mahayana) ham qisqacha tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari buddaviylikning nafaqat diniy, balki axloqiy-falsafiy tizim sifatidagi ahamiyatini ochib beradi.
2026-04-09
QONUNGA XILOF MULKIY MANFAATDORLIKNING YASHIRIN SHAKLLARIGA QARSHI KURASHDA KRIPTOAKTIVLARNING JINOYAT-HUQUQIY TAHLILI
Mazkur maqolada qonunga xilof ravishda yuzaga keladigan mulkiy manfaatdorlikning yashirin shakllari, xususan virtual pul o‘tkazmalari orqali amalga oshirilayotgan noqonuniy operatsiyalar tahlil qilinadi. Muallif tomonidan virtual to‘lov tizimlarining huquqiy tabiati, ularning jinoyat sodir etishdagi o‘rni hamda amaldagi milliy qonunchilikdagi bo‘shliqlar ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, noqonuniy moliyaviy oqimlarni aniqlash va oldini olishga qaratilgan jinoyat-huquqiy mexanizmlar tahlil etilib, ularni takomillashtirish bo‘yicha tegishli takliflar ilgari suriladi.
2026-04-09
KOMPARATIVISTIK PEDAGOGIKANING RIVOJLANISHIDA ZAMONAVIY VA INNOVATSION TADQIAOTLAR
Ushbu maqolada komparativistik pedagogika fanining shakllanishi va rivojlanish bosqichlari tarixiy nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Xususan, mazkur fan sohasining ilk paydo bo‘lishi, uning nazariy asoslari hamda turli davrlarda olimlar tomonidan ilgari surilgan ilmiy qarashlar yoritiladi. Komparativistik pedagogika ta’lim tizimlarini qiyosiy o‘rganish orqali ularning o‘ziga xos jihatlarini aniqlash, ilg‘or tajribalarni umumlashtirish va milliy ta’lim tizimini takomillashtirishda muhim ilmiy yo‘nalish sifatida namoyon bo‘ladi.
2026-04-09
ДОСТОИНСТВА ВНЕДРЕНИЯ ИНТЕРНЕТ-ТЕХНОЛОГИЙ В ПРОЦЕСС ИЗУЧЕНИЯ ИНОСТРАННЫХ ЯЗЫКОВ
Веб-технологии постоянно развиваются, и их применение в обучении иностранным языкам набирает обороты. В данной статье ставится цель осветить изменения в методах преподавания. Появление современных веб-ресурсов устранило ограничения традиционного обучения в классах и произвело революцию в университетском образовании. В веб-среде языковые навыки студентов могут значительно улучшиться.
2026-04-09
ATLÍQ SÓZ SHAQABÍN OQÍTÍWDA ZAMANAGÓY METODLARDAN PAYDALANÍW
Bul maqalada atlıq sóz shaqabın oqıtıwda zamanagóy pedagogikalıq metodlardan paydalanıwdıń teoriyalıq hám ámeliy tárepleri sáwlelendirilgen. Onda ana tili sabaqlarında interaktiv usıllar - aqılıy hújim, klaster, insert, rolli oyınlar, málimleme-kommunikaciya texnologiyaları hám de mashqalalı bilim beriw metodlarınıń orni hám áhmiyeti analizlengen. Sonday-aq, usı metodlar arqalı oqıwshılardıń erkin pikirlew, sóylew kompetenciyası hám dóretiwshilik kónlikpelerin rawajlandırıw máseleleri kórip shıǵılǵan. Maqalada sabaqtıń nátiyjeliligin arttırıwǵa xızmet etetuǵın ámeliy usınıslar da berilgen.
2026-04-10
MADANIYAT VA SAN’AT SOHASIDA MA’NAVIY MEROSNI ABADIYLASHTIRISHNING INNOVATSION YONDASHUVLARI
Ushbu maqolada madaniyat va san’at sohasida ma’naviy merosni zamon talablariga mos ravishda abadiylashtirishning innovatsion yo‘llari yoritiladi. Raqamlashtirish, sun’iy intellekt, virtual haqiqat (VR), interaktiv platformalar, AR ilovalar kabi zamonaviy texnologiyalar yordamida milliy musiqiy, badiiy va og‘zaki ijod namunalarini saqlash, ommalashtirish va yosh avlodga yetkazish masalalari tahlil qilinadi. Tadqiqotda innovatsion yondashuvlarning tarbiyaviy, estetik va kommunikativ ahamiyati ko‘rsatilib, ularni amaliyotga joriy etishning istiqbollari ochib beriladi.
2026-04-10
СЕПТОПЛАСТИКАДАН ОЛДИН ВА КЕЙИН МАҲАЛЛИЙ TH2-ИММУН ЖАВОБНИНГ ЎЗГАРИШИ
Замонавий тадқиқотлар шуни кўрсатадики, септопластика самарадорлиги нафақат анатомик нуқсонни бартараф этиш, балки шиллиқ қаватнинг адекват тикланиш қобилияти билан ҳам белгиланади. Фаол иммун-яллиғланиш жараёни мавжуд бўлганда тўқималар регенерацияси секинлашади, операциядан кейинги асоратлар хавфи ортади ва аралашувнинг функционал натижаси пасаяди. Шу муносабат билан, Th2 даражасини, эозинофил фаоллик даражасини ва бурун шиллиқ қаватининг ситологик кўринишини баҳолашни ўз ичига олган беморнинг иммунологик профилини таҳлил қилиш алоҳида аҳамиятга эга..
2026-04-13
DEVELOPING INTERCULTURAL COMMUNICATIVE COMPETENCE IN EFL LEARNERS
This study explores the integration of intercultural communicative competence (ICC) in teaching English as a Foreign Language (EFL). In the context of globalization, the need for communication across cultures is increasing, making linguistic knowledge alone insufficient. The study examines how pedagogical strategies such as culturally authentic materials and task-based learning contribute to developing students’ ability to communicate effectively in diverse cultural contexts. Using a mixed-methods approach, the research evaluates learners’ attitudes and communicative effectiveness.
2026-04-13
CHALLENGES AND SOLUTIONS IN USING VISUAL AND AUDIO AIDS IN TEACHING ENGLISH TO YOUNG LEARNERS
This research examines the integration of visual and audio aids in English language instruction for young learners. While multimedia tools are essential for cognitive engagement, educators frequently encounter challenges such as technical limitations, cognitive overload, and the lack of pedagogically aligned content. This study analyzes the efficacy of blended learning environments, emphasizing the transition from passive consumption to active interactive participation. By evaluating current classroom practices, the paper proposes a framework for digital literacy integration that balances technological utility with traditional communicative language teaching. The findings offer actionable strategies for educators to enhance linguistic retention through structured multimodal interventions.
2026-04-13
BOOSTED LIGHTWEIGHT ENSEMBLE LEARNING FOR MULTI-CLASS CHEST X-RAY CLASSIFICATION
Rapid and reliable identification of respiratory diseases from chest X-ray images remains an important task in computer-aided medical diagnosis. This study proposes a lightweight, ensemble-based boosting framework for multi-class classification of chest X-ray images into COVID-19, pneumonia, and normal categories. The proposed method integrates three efficient convolutional neural network architectures, namely DenseNet121, MobileNetV2, and NASNetMobile, and combines their outputs through a boosted ensemble mechanism to improve predictive performance while preserving computational efficiency. The dataset was split into training, validation, and test sets, and the images were resized, normalised, and augmented prior to model training. Experimental results showed that the proposed boosted ensemble model achieved a classification accuracy of 97.40%, outperforming the individual base models DenseNet121 (91.60%), MobileNetV2 (94.40%), and NASNetMobile (93.46%). These findings indicate that boosted lightweight ensemble learning can provide an effective and practical solution for automated chest X-ray image classification in medical imaging applications.
2026-04-13
TO'PALANG SUV OMBORINING TURISTIK IMKONIYATLARI
Ushbu maqolada Surxondaryo viloyatining eng yirik gidrotexnik inshootlaridan biri — To‘palang suv omborining turistik imkoniyatlari tahlil qilinadi. Hududning ekologik, rekreatsion va sanoat turizmi yo‘nalishidagi salohiyati, uning o‘ziga xos iqlimiy xususiyatlari hamda sayyohlar uchun yaratilgan yangi imkoniyatlar yoritib berilgan. Maqola ichki va tashqi turizmni rivojlantirishda ushbu maskanning tutgan o‘rni va istiqboldagi rejalarga bag‘ishlanadi.
2026-04-13
IQTISODIY ZONALARDA MAHALLIYLASHTIRISH VA KORPORATSION JARAYONLARNI BOSHQARISHNING OBYEKTIV ZARURATI
Mazkur maqolada iqtisodiy zonalarda mahalliylashtirish va korporatsion jarayonlarni boshqarishning obyektiv zarurati iqtisodiy nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Unda mahalliylashtirishning ichki ishlab chiqarish bazasini kengaytirish, qo‘shilgan qiymat zanjirini chuqurlashtirish, importga qaramlikni kamaytirish va sanoat kooperatsiyasini kuchaytirishdagi ahamiyati yoritiladi. Shuningdek, korporatsion jarayonlarni boshqarishning investitsion barqarorlik, resurslardan samarali foydalanish, manfaatlarni muvofiqlashtirish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishdagi o‘rni ochib beriladi.
2026-04-13
KORXONALARDA RAQAMLI IQTISODIYOT VA STRATEGIK BOSHQARUVNING INTEGRATSIYASI: ZAMONAVIY YONDASHUVLAR VA AMALIY NATIJALAR
Ushbu maqolada raqamli iqtisodiyot sharoitida korxonalarning strategik boshqaruv tizimini takomillashtirish masalalari ko'rib chiqilgan. Tadqiqot raqamli transformatsiya va strategik boshqaruvning uyg'unlashuvini tahlil qilish, iqtisodiy samaradorlikka ta'sirini o'lchash hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqish maqsadida amalga oshirilgan. O'zbekiston korxonalari misolida raqamli texnologiyalar qo'llashning iqtisodiy natijalariga doir empirik ma'lumotlar tahlil qilingan. Tadqiqot natijalariga ko'ra, raqamli boshqaruv tizimlarini joriy etgan korxonalarda mehnat unumdorligi o'rtacha 34,7% ga, daromad 28,3% ga, xarajatlar samaradorligi esa 22,1% ga oshgani aniqlangan. Strategik boshqaruv va raqamli iqtisodiyotni integratsiyalash uchun kompleks model taklif etilgan.
2026-04-13
