«Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar: Nazariya va amaliyot» - это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, английском или русском языках.

Nashr qilingan: 2025-12-24

ВЛИЯНИЕ КОНВЕКТИВНОГО ТЕПЛООБМЕНА НА ТЕМПЕРАТУРУ СОЛНЕЧНОЙ ФОТОЭЛЕКТРИЧЕСКОЙ БАТАРЕИ

Рассмотрено влияние конвективного теплообмена на температуру фотоэлектрической батареи (ФЭБ). Отсюда видно, что температура Фотоэлектрической батареи сильно зависит от скорости ветра и температуры окружающей среды.

А.Н. Улукмурадов, М.Р. Абдураҳмонова

4-6

2025-12-23

KOMPOZITOR IJODIDA RUHIY KECHINMALAR

Mazkur maqolada buyuk san’at darg‘asi kompozitor professor D. Amanullayeva hayoti va ijodi atroflicha yoritilgan bo‘lib, unda uning musiqiy merosi badiiy-estetik tamoyillari hamda san’at taraqqiyotiga qo‘shgan beqiyos hissasi ilmiy nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Kompozitorning ijodiy izlanishlari, musiqiy tilining o‘ziga xosligi, uslubiy tamoyillari hamda turli janrlarda yaratgan asarlari musiqashunoslik mezonlari asosida o‘rganilib, uning badiiy maktabi shakllanishiga ta’sir etgan omillar ham har tarafkama ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, maqolada kompozitorning zamondoshlari va shogirdlari bilan ilmiy-ma’rifiy muloqotlari, musiqa madaniyatining rivojiga ko‘rsatgan ta’siri ijodiy merosining keying avlod sa’atkorlari tomonidan qanday qabul qilinganligi haqidagi mulohzalar ham o‘z aksini topadi. Hamda uning umummadaniy ahamiyati chuqur ilmiy asosda tahlil qilinadi.

Sevinch Norsunatova

7-9

2025-12-23

O‘ZBEKISTONDA SANOAT ISHLAB CHIQARISHINING IQTISODIY O‘SISHGA TA’SIRI: STATISTIK TAHLIL

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida sanoat ishlab chiqarishining iqtisodiy o‘sishga ta’siri 2020–2025 yillar dinamikasi asosida statistik usullar orqali tahlil qilinadi. Tadqiqot stat.uz (Milliy statistika qo‘mitasi) ma’lumotlaridan foydalanib, sanoat sektori hajmi, uning YAIMdagi ulushi, bandlik va eksport salohiyati o‘rganilgan. Tahlil natijalari sanoat ishlab chiqarishning yalpi ichki mahsulot o‘sishiga musbat ta’sir ko‘rsatishini, qayta ishlash sanoati hissasi ortayotganini va iqtisodiy barqarorlikni mustahkamlashda sanоat sektorining muhim rolini tasdiqlaydi. Tadqiqot yakunida iqtisodiy siyosatni takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.

Zulayxo Sharipova

10-12

2025-12-24

MARKAZIY FARG‘ONA YIRIK SUV INSHOOTLARI (XX ASRNING 50-80-YILLARI MISOLIDA)

Maqolada Markaziy Farg‘ona viloyatlaridagi yirik suv inshootlari va ularning texnik holati, kanallarning zuv zaxiralaridan qishloq xo‘jaligida foydalanilishi birlamchi arxiv manbalari va ilmiy adabiyotlar yordamida tahlil qilingan.

Maftunaxon Ruzikulova

13-16

2025-12-24

TA’LIM TIZIMINI TRANSFORMATSIYA QILISHDA SUN’IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARINING O‘RNI VA ISTIQBOLLARI

Mazkur maqolada sun’iy intellekt (SI) tushunchasi, uning zamonaviy ta’lim tizimiga integratsiyalashuvi hamda o‘quv jarayonini individuallashtirishdagi ahamiyati tahlil qilingan. Shuningdek, SI texnologiyalaridan foydalanishning afzalliklari, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan kiber-tahdidlar va pedagogik etikaga doir masalalar yoritilgan. Maqola soha mutaxassislari, talabalar va zamonaviy texnologiyalarga qiziquvchi kitobxonlar uchun mo‘ljallangan.

Malikabonu Mamasoliyeva , Dilorom Ubaydullayeva

17-18

2025-12-24

ISH FRONTI VA ZABOY UZUNLIGINI KOMPLEKS OPTIMALLASHTIRISH ORQALI EKSKAVATORLAR UNUMDORLIGINI OSHIRISH

Mazkur maqolada Qalmoqqir ochiq konining real tog‘-geologik va ishlab chiqarish sharoitlarida ish fronti parametrlari hamda zaboy uzunligini kompleks optimallashtirish orqali ekskavatorlar unumdorligini oshirish masalalari ilmiy asosda tadqiq etilgan. Tadqiqot jarayonida ish fronti kengligi, zaboy balandligi, zaboy uzunligi, ekskavatorning burilish burchagi va ish sikli davomiyligi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqliklar tizimli yondashuv asosida tahlil qilingan.

Oybek Shonanov

19-23

2025-12-24

O‘ZBEKISTONDA BOLALAR ORTODONTIK XIZMATLARINI MODERNIZATSIYA QILISH STRATEGIYASI: HOZIRGI HOLAT, MUAMMOLAR VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI

Ushbu maqolada O‘zbekistonda bolalar ortodontik xizmatlarining hozirgi holati, mavjud tizimli muammolar, rivojlanishga ta’sir etuvchi omillar va modernizatsiya strategiyasining ustuvor yo‘nalishlari tahlil qilindi. Erta ortodontik skrining, 3D skanerlash, raqamli modellashtirish, elayner texnologiyalari, zamonaviy funksional davolash usullari, epidemiologik nazorat, hududlar bo‘yicha xizmatlar tengligini ta’minlash va telemeditsina asosidagi masofaviy monitoringning ahamiyati ilmiy jihatdan baholandi. Tadqiqot natijalari O‘zbekiston sharoitida bolalar ortodontiyasini strategik modernizatsiya qilishning ilmiy-amaliy asoslarini taklif etadi.

Nodirbek Islombekov, D. Sattarova

24-26

2025-12-24

AXBOROTLASHGAN JAMIYATDA IJTIMOIY VIRTUALLIK FENOMENINING FALSAFIY TAHLILI

Ushbu maqolada globallashuv va raqamli tsivilizatsiya sharoitida shaxsning maʼnaviy begonalashuvi fenomeni ilmiy-falsafiy jihatdan tahlil qilinadi. Madaniy chegaralarning zaiflashuvi, ommaviy madaniyatning kuchayishi va raqamli muhit taʼsiri insonning maʼnaviy o‘zligidan uzoqlashuviga olib kelishi ko‘rsatiladi. Maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarning izdan chiqishi shaxs identifikatsiyasi va ijtimoiy barqarorlikka salbiy taʼsir qilishi asoslanadi.

Nabillo Eshmurodov

27-30

2025-12-25

XUSUSIY MULK VA TADBIRKORLINI RIVOJLANTIRISH

Ushbu maqolada bozor iqtisodiyotida xususiy mulkning tutgan o’rni,tadbirkorlik faoliyatini erkinlashtirish borasidagi islohotlar va bu sohada mavjud to’siqlarni bartaraf etish masalalari tahlil qilinadi.SHuningdek,xalqoro tajriba va milliy qonunchilik asosida mulk huquqini himoya qilish mexanizmlari yoritiladi.

Rayhona Eshqo’ziyeva

31-33

2025-12-25

НЕЙРОФУНКЦИОНАЛЬНЫЕ МЕТОДЫ ОЦЕНКИ ПРОВОДИМОСТИ ТРОЙНИЧНОГО НЕРВА

В работе рассматриваются нейрофункциональные методы исследования проводимости тройничного нерва с использованием соматосенсорных вызванных потенциалов (ССВП). Показано, что тригеминальные ССВП являются высокоинформативным, объективным и неинвазивным инструментом диагностики нарушений сенсорных путей, позволяющим выявлять изменения на периферическом, стволовом и корковом уровнях.

Дилноза Бабаджанова

34-36

2025-12-25

ORGANIK YARIM OʻTKAZGICHLAR

Organik yarimo‘tkazgichlar zamonaviy elektronika va optoelektronika sohasida jadal rivojlanayotgan, ilm-fan va texnologiyaning muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Ular uglerod asosidagi molekulalar yoki polimerlardan tashkil topgan bo‘lib, elektr zaryadlarini tashish xususiyatiga ega organik birikmalardan iboratdir. An’anaviy noorganik yarimo‘tkazgichlarga (kremniy, germaniy) nisbatan organik yarimo‘tkazgichlar egiluvchanligi, yengilligi, past haroratda tayyorlanishi va nisbatan arzonligi bilan ajralib turadi.

Samandar Yodgorov , Samandar Yodgorov , Jasurbek Amirov , Ozodbek Nazarov , Shuhrat Alimardonov , Sardor Oromiddinov

37-40

2025-12-25

BOSHLANG'ICH TA’LIMDA FONETIKA ASOSIDA TIL KOMPETENTLIGINI SHAKLLANTIRISHDA KREATIV YONDASHUV VA AXLOQIY QADRIYATLAR INTEGRATSIYASI

Ushbu maqolada boshlang‘ich ta’lim jarayonida fonetika materiallari asosida o‘quvchilarning til kompetentligini shakllantirishda kreativ yondashuv va axloqiy qadriyatlarni o‘zaro uyg‘unlashtirish masalasi yoritilgan. Tadqiqot doirasida fonetik kompetensiyani rivojlantirish jarayonida kreativ metodlar va didaktik topshiriqlardan foydalanish o‘quvchilarning nutqiy faolligi hamda mustaqil fikrlash qobiliyatini oshirishga xizmat qilishi asoslab berilgan. Shuningdek, fonetika mashqlari mazmuniga axloqiy qadriyatlarni singdirish orqali o‘quvchilarda nutq madaniyati, ijtimoiy xulq-atvor va shaxsiy mas’uliyatni shakllantirish imkoniyatlari tahlil qilingan. Maqolada kreativ yondashuv va axloqiy qadriyatlar integratsiyasining boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida til kompetentligini samarali rivojlantirishdagi pedagogik imkoniyatlari ilmiy-nazariy jihatdan yoritilib, amaliy tavsiyalar ilgari surilgan.

Soxiba Zokirova, Olimaxon Buzrukova

41-45

2025-12-25

BOLALARDA IJODIY TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISHDA EMOTSIONAL MUHITNING O‘RNI

Mazkur maqolada bolalarda ijodiy tafakkurni rivojlantirish jarayonida emotsional muhitning ahamiyati yoritilgan. Shaxsning kreativ salohiyati ko‘p jihatdan uning atrofidagi ijobiy psixologik muhit bilan bog‘liq bo‘lib, bu omil bola tafakkurining erkin, mustaqil va yangilikka intiluvchi tarzda shakllanishiga xizmat qiladi. Tadqiqotda o‘qituvchi va ota-onaning mehr-muhabbat, qo‘llab-quvvatlash, rag‘batlantirish orqali yaratgan iliq muhit ijodiy fikrlashni rivojlantirishdagi asosiy shartlardan biri sifatida tahlil qilinadi.

Zulfiya Ortiqova, Olimaxon Buzrukova

46-48

2025-12-25

YUQORI FUNKSIONAL BETON ASOSIDA YO'L PLITALARINI ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYASINI OPTIMALLASHTIRISH

Ushbu maqolada yuqori funksional beton asosida yo'l plitalarini ishlab chiqarish texnologiyasini optimallashtirish masalalari ko'rib chiqilgan. Tadqiqot davomida zamonaviy ilmiy adabiyotlar tahlil qilinib, yo'l plitalari ishlab chiqarishda qo'llaniladigan innovatsion yondashuvlar, komponentlar tarkibi va texnologik jarayonlarni takomillashtirish yo'llari o'rganilgan. Tadqiqot natijalari yo'l-qurilish sohasida yuqori sifatli va uzoq muddatli xizmat qiluvchi plitalar ishlab chiqarishni yo'lga qo'yishda amaliy ahamiyatga ega.

Jasurbek Salimboyev

49-52

2025-12-25

INGLIZ TILIDA RASMIY HUJJATLAR TURLARI

Ushbu tezis ingliz tilida rasmiy hujjatlar turlarini tizimli ravishda yoritishga bag‘ishlangan. Unda rasmiy hujjatlar tushunchasi, ularning asosiy tasnifi, lingvistik va stilistik xususiyatlari, shuningdek, oliy ta’lim muassasalarida ingliz tilini o‘qitish jarayonidagi amaliy ahamiyati tahlil qilinadi.

Gulbahor Ibragimova , Ashurxon Matkarimova

53-54

2025-12-29

KAULDI OLTIN KONIDA QAZIB OLINGAN BO‘SHLIQNI TO‘LG‘AZMA QILISH ISHLARINI TAKOMILLASHTIRISH

Ushbu tezisda Kauldi oltin yer osti qazish ishlari natijasida hosil bo‘ladigan bo‘shliqlarni to‘ldirish muammolari tahlil qilinib, to‘lg‘azma texnologiyasini takomillashtirish yo‘llari ko‘rib chiqilgan.

M.A. Israilov , M.M G‘oyibov

55-56

2025-12-29

JAMİYAT BOSHQARUVIDA FUQAROLARNING FAOLLIGINI OSHIRISHDA FUQAROLIK INSTITUTLARINING ROLI

Mazkur maqolada jamiyat boshqaruvini amalga oshirishda fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy ro`lini oshirish, hamda fuqarolik jamiyati institutlarining o‘rni va ahamiyati ilmiy-nazariy jihatdan tahlil etishga e`tibor qaratilgan. Bunda fuqarolik jamiyati institutlarining globallashuvi sharoitida davlat va jamiyat boshqaruvida shaffoflik, ochiqlik hamda samaradorlikni ta’minlashda fuqarolar ishtiroki naqadar muhim ekanligi asoslab yoritilgan. Fuqarolik jamiyati institutlari ularning turlari, vazifalari va funksiyalari, jumladan, vakillik, tarbiyaviy, tashabbuskorlik hamda jamoatchilik nazorati funksiyalari boarsida to`xtalib o`tilgan. Chunonchi, fuqarolarning faolligi jamiyatda demokratik qadriyatlarni mustahkamlash va davlat boshqaruvi qarorlarining sifatini oshirishdagi muhim omil sifatida baholangan.

Sardorbek Roximberganov

57-62

2025-12-29

OʻQUVCHILARDA MULOQOT QOBILIYATINI RIVOJLANTIRISH UCHUN STRESSSIZ, QULAY GAPIRISH MUHITINI YARATISH

Ushbu maqola o‘quvchilarda muloqot qobiliyatini rivojlantirishda stresssiz va qulay gapirish muhiti yaratish muhimligini tahlil qiladi. Nutq jarayonidagi ortiqcha psixologik yuk, uyat va tanqid hissi o‘quvchilarning fikr almashish va ishtirokchanlik ko‘nikmalarini cheklaydi. Shu sababli pedagogik yondashuvlar orqali empatik tinglash, kichik guruh ishlari, rol o‘yinlari va ichki stressni boshqarish kabi metodlar qo‘llaniladi. Maqolada shuningdek, nutq va muloqot qobiliyatining strategik ahamiyati ta’kidlanadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, stresssiz va qo‘llab-quvvatlovchi muhit o‘quvchilarning nutq ishtiyoqini oshiradi, ularni interfaol va ijodiy fikrlashga rag‘batlantiradi hamda kelajakda samarali kommunikator bo‘lib yetishlariga yordam beradi.

Sardorbek Qarshiboyev , Shoira Xaydarova

63-65

2025-12-30

SUN’IY INTELLEKT VA O‘ZBEK TILIDA KOMPYUTER LINGVISTIKASI: MUAMMOLAR VA RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARI

Ushbu tadqiqot sun’iy intellekt (AI)ni o‘zbek tilida qo‘llashdagi muammolar va imkoniyatlarni o‘rganadi. O‘zbek tili korpusi yaqindagina yaratilgan va resurslar cheklangan, AI tizimlari esa asosan ingliz tilidagi ma’lumotlar bilan ishlaydi. Shu sababli, AI o‘zbek tilida ravon va tabiiy matn hosil qila olmaydi. Tadqiqotda mavjud adabiyotlar va kompyuter lingvistikasi bo‘yicha ilmiy ishlar tahlil qilindi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, o‘zbek tilida ma’lumotlarni ko‘paytirish, ijtimoiy tarmoqlar va ilmiy manbalarda integratsiya qilish orqali AI imkoniyatlarini kengaytirish mumkin.

Sevinch Bazarboyeva

66-67

2025-12-31

VIRTUAL LABORATORIYALAR YORDAMIDA FIZIKA TAJRIBALARINI O‘QITISHNING SAMARADORLIGI

ushbu maqolada fizika fanini o‘qitishda virtual laboratoriyalardan foydalanishning didaktik imkoniyatlari va samaradorligi tahlil qilinadi. Virtual tajribalar o‘quvchilarga murakkab fizik hodisalarni xavfsiz, aniq va vizual tarzda o‘rganish imkonini beradi. Tadqiqot davomida raqamli simulyatorlar yordamida tajriba o‘tkazish jarayonining afzalliklari, o‘quvchilarning motivatsiyasiga ta’siri hamda o‘quv materialini o‘zlashtirish darajasini oshirishdagi o‘rni yoritiladi. Shuningdek, real laboratoriya jihozlari yetishmaydigan ta’lim muassasalarida virtual laboratoriyalarning muqobil yechim sifatidagi ahamiyati asoslab beriladi.

Timur Olimov , Javohir Axmatov

68-70

2025-12-31

HUMOR, IRONY, AND WORDPLAY IN TRANSLATION

This article explores the complex phenomenon of translating humor, irony, and wordplay, which are considered among the most challenging aspects of translation. These elements are deeply rooted in linguistic structures, cultural knowledge, and pragmatic context. The paper examines major theoretical approaches in translation studies, discusses linguistic and cultural constraints, and analyzes strategies used by translators to preserve humorous and ironic effects in the target language.

Matluba Olimova

71-73

2025-12-31

ГИЁҲВАНД МОДДАЛАРГА ТОБЕЛИК БИЛАН ЗАРАРЛАНГАНЛИКНИНГ КЎП ЙИЛЛИК ДИНАМИКАСИ

Гиёҳванд моддаларга тобелик (ГМТ) — сурункали, рецидивга мойил, биопсихосоциал хусусиятга эга касаллик ҳисобланади, шу боисдан беморларга малакали тиббий-ижтимоий ёрдам тақдим этилиши ва реабилитация жараёни самарали тарзда амалга оширилиши учун ГМТ дан зарарланганлик кўрсаткичларини минтақавий даражада баҳолаш асосида олинган маълумотлар муҳим илмий-амалий аҳамият касб этади.

Н.Қ. Кенжаева, С.Э. Умиров, A.Я. Буриев

74-75

2025-12-31

ТЕОРЕТИКО-ПРАВОВЫЕ ОСНОВЫ И МЕЖДУНАРОДНО-ПРАВОВЫЕ СТАНДАРТЫ ПРОТИВОДЕЙСТВИЯ ЛЕГАЛИЗАЦИИ ДОХОДОВ, ПОЛУЧЕННЫХ ПРЕСТУПНЫМ ПУТЕМ

В статье анализируются теоретико-правовые основы противодействия легализации доходов, полученных преступным путем, а также основные международно-правовые нормы в данной сфере. Особое внимание уделяется концепции «отмывания денег», ее природе, механизму легализации преступных доходов и роли международных организаций в рамках универсальных стандартов противодействия преступлениям. Автор обосновывает необходимость гармонизации национального законодательства с международными нормами и предлагает направления с учетом правового регулирования в данной области.

Наубахар Узакбаева

76-79

2025-12-31