«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya: Nazariy va amaliy izlanishlar» - это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, английском или русском языках.

Опубликован: 2025-02-06

KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI O’QUVCHILARDA MANTIQIY FIKRLASHNI RIVOJLANTIRISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR

Mazkur maqolada ta’lim sohasidagi yangiliklar va zamonaviy metodlar bolalarning mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishga katta etibor qaratiladi. Shuningdek, yosh avlodning muvaffaqiyati zamonaviy ta’limda mantiqiy fikrlash asoslari shakillantiriladi.

Alimova Zarinahon Yulchibayevna, Muqimova Mohichehra Maksudovna, Muqimova Mohigul Maksudovna, Bobayeva Ziyodaxon Maxamadjon qizi

4-7

2025-02-05

XALQARO BAHOLASH DASTURLARI ASOSIDA BOSHLANG`ICH SINF O`QUVCHILARINING MANTIQIY FIKRLARINI RIVOJLANTIRISH

Maqolada yurtimizda maktab tizimida boshlang`ich ta`limida o`quvchilarning mantiqiy fikrlarini rivojlantirishda xalqaro ta`lim dasturlarining o`rni tahlil qilingan bo`lib, bunda PISA, TIMSS, PIRLS  va boshqa xalqaro baholash dasturlari o`z ichiga olindi. Xalqaro baholash dasturlari nafaqat O`zbekistonda balki, ko`plab ta`lim sohasi rivojlangan mamlakatlarda ham qo`llanilib kelinmoqda. Maqolada xalqaro doirada ham fikrlar keltirilgan.

Vohidova Ibodatxon Hurmatulloyevna

8-11

2025-02-05

SHARQ MUTAFAKKIRLARINING PEDAGOGIK TA’LIMOTIDA TALABALARNING MA'NAVIY SIFATLARINI RIVOJLANTIRISHNING AHAMIYATI

В работе изучаются перспективные планы, формы и методы развития духовных качеств учащихся в педагогических учениях мыслителей Востока. Восточная педагогика, в частности учения таких мыслителей, как Алишер Навои, Ибн Сина, Имам Бухари, Аль-Газали, направлена   на обеспечение не только научного, но и нравственного, духовного развития учащихся. Эти подходы включают использование в процессе обучения таких инструментов, как диалог, логическое мышление, литература и искусство. В формировании духовности такие важные аспекты, как нравственное воспитание и чувство социальной ответственности, считаются основой образования.

Maftuna Sattorova , Shayma Bahriddinova

12-15

2025-02-06

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA ERTAK O'QISH METODIKASINI AXBOROT ORQALI SHAKLLANTIRISH USULLARI

Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarga ertak o‘qish metodikasini o‘rgatish, ularni nafaqat o‘qish va tinglash ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi, balki dunyoqarashlarini kengaytiradi, til va adabiyotga qiziqishini oshiradi. Ertaklar orqali o‘quvchilarga axborot berishning samarali usullarini ishlab chiqish muhimdir. Bu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ertak o‘qish metodikasini axborot orqali shakllantirishning asosiy usullari ko‘rib chiqiladi.

Gulsanam Shononova, Firuza Xayitova

16-19

2025-02-07

KONTEKSTUAL O‘QITISH MODELLARI VA DIDAKTIK ELEMENTLARI

Maqolada pedagogik oliy ta’limda konstektual o‘qitish modellarining turlari, mazmuni,  dolzarbligi, didaktik elementlari va konstektual o‘qitish modellari to‘g‘risida xorijiy olimlarning fikr va qarashlari o‘rin olgan. Ayniqsa kontekstual o‘qitish modeli zamonaviy pedagogik jarayonning ajralmas qismi ekanligi va  ta’limning amaliyotga yo‘naltirilganligini ta’minlovchi vosita ekanligi ilmiy nuqtai nazardan ochib berilgan.

Maftunaxon G‘ulomova

20-23

2025-02-07

BOSHLANG‘ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA HARAKATGA OID MASALALAR YECHISHNI O‘RGATISH IMKONIYATLARI

Matematika darslarida masalalarni yechishga oʻrgatish fanga boʻlgan qiziqishini orttiradi, mantiqiy fikrlashga o‘rgatadi, tasavvurni rivojlantiradi, shuning uchun bolalarni boshlang’ich maktabdan, hatto bogʻchadan eng oddiy masalalarni yechishga, uning mohiyatini tushunishga oʻrgatish kerak. Matnli masalalarni yechishda harakatga oid masalalar muhim o‘rinni egallaydi. Maqolada boshlang‘ich sinfdagi bir nechta harakatga oid masalalar  tahlili keltirilgan.

Dinora Abdijabborova

24-26

2025-02-10

ВАЖНЫЕ АСПЕКТЫ В ПРЕПОДАВАНИИ АКАДЕМИЧЕСКОГО ВОКАЛА: ИСТОРИКО-НАУЧНЫЙ И СОВРЕМЕННЫЙ АНАЛИЗ

Преподавание академического вокала опирается на многовековые традиции, научные исследования и современные технологии. В XXI веке, благодаря развитию акустики, нейрофизиологии и цифровых технологий, методы обучения вокалу значительно усовершенствовались, позволяя более точно анализировать голосовые процессы и адаптировать обучение к индивидуальным особенностям певца. В данном тезисе будут рассмотрены физиологические и психологические аспекты в преподавании академического вокала.

Ахмедова Чарос Илхомовна

27-30

2025-02-10

MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARINI INNOVATSION BOSHQARISH: NAZARIY VA METODIK YONDASHUVLAR

Mazkur maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarini boshqarishda innovatsion yondashuvlarning ahamiyati tahlil qilinadi. Jamiyatning jadal rivojlanishi va ta’lim sifatiga qo‘yilayotgan talablarning oshishi sharoitida boshqaruv jarayonlarini takomillashtirish zaruriyati asoslanadi. Tadqiqotda innovatsion yondashuvlarning nazariy va uslubiy asoslari ko‘rib chiqilgan.

A.A. Temirov

31-32

2025-02-10

MAQOLLAR VA MATALLARNI TARJIMA QILISHDAGI O‘ZIGA XOS JIHATLAR: "MEHROBDAN CHAYON" ASARI ASOSIDA

Mazkur maqola Abdulla Qodiriyning mashhur "Mehrobdan Chayon" asarida maqol va matallar tarjimasining o‘ziga xosligini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Muallif, asarda o‘zbek tiliga xos maqol va matallarni qanday qilib jonli va ta'sirchan tarzda tarjima qilish orqali, ularning milliy madaniyat va adabiyotga qo‘shgan hissasini ochib beradi. Qodiriy, o‘z asarida xalq og‘zaki ijodi, jumladan maqol va matallardan foydalanishda, ularni nafaqat ma'nosiga mos ravishda, balki til va madaniyat xususiyatlarini saqlab qolishga harakat qilgan. Maqola, shuningdek, tarjima jarayonida tilning stilistik jihatlari, maqol va matallarning o‘ziga xos uslubi va ularning asosiy g‘oyalar bilan uyg‘unligini tahlil etadi. Muallif, Qodiriy ijodida maqollar va matallarni tarjima qilishning nozik jihatlari va o‘ziga xos metodlarini yoritib beradi, bu esa adabiy tarjimashunoslik va tilshunoslik sohalarida muhim ilmiy qiymatga ega.

Oqila Sattorova

33-36

2025-02-10

BO`LAJAK O`QITUVCHILARNING KASBIY KOMPETENTLIGINI GOSPITAL PEDAGOGIKASI VOSITASIDA RIVOJLANTIRISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA

Ushbu tezisda bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini gospital pedagogikasi orqali rivojlantirish metodikasining takomillashtirilishi pedagogik muammo sifatida tahlil qilinadi. Gospital pedagogikasi jismoniy yoki ruhiy jihatdan imkoniyati cheklangan, uzoq muddatli kasalliklar bilan shifoxonalarda yoki uyda ta’lim oluvchi bolalarga maxsus pedagogik yondashuvlar asosida ta’lim berish tizimi sifatida ahamiyat kasb etadi. Tezisda bo‘lajak o‘qituvchilarning maxsus pedagogik kompetentligini rivojlantirish jarayonlari, gospital pedagogikasi metodlari, zamonaviy o‘qitish texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari va gospital pedagogikasining jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni keng tahlil qilinadi. Shuningdek, ushbu sohada investitsiya jalb qilish, gospital pedagogikani tashkil etish bo‘yicha iqtisodiy va pedagogik mexanizmlar o‘rganiladi.

Hulkar Usmonova

37-40

2025-02-10

BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIDA ESTETIK TARBIYANI SHAKLLANTIRISH MASALALARI

Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida estetik tarbiyani shakllantirish masalalari tahlil qilinadi. Estetik tarbiya bolalarda go‘zallikni his qilish, san’at va madaniyatga qiziqish uyg‘otish, ijodiy tafakkur hamda did tarbiyasini rivojlantirish jarayoni sifatida ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, estetik tarbiyaning asosiy maqsadlari, uni amalga oshirish vositalari – tasviriy san’at, musiqa, adabiyot, teatr va tabiat bilan bog‘liq faoliyat turlari haqida batafsil ma’lumot beriladi. Maqolada estetik tarbiyani shakllantirishdagi muammolar va ularning yechimlari ham tahlil qilinib, o‘qituvchilar va ota-onalarning bu boradagi o‘rni ta’kidlanadi. Tadqiqot natijalari estetik tarbiyaning bolaning umumiy rivojlanishiga ta’sirini ochib berib, ta’lim jarayonida samarali usullarni qo‘llash bo‘yicha tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.

Matluba Temirova

41-43

2025-02-10

ADAPTING LITERATURE FOR DIFFERENT LEARNING STYLES

Literature plays a crucial role in education by fostering critical thinking, cultural understanding, and creativity. However, traditional teaching methods often fail to accommodate the diverse learning styles of students, leading to disengagement and limited comprehension. This paper explores how literature instruction can be adapted to different learning styles visual, auditory, kinesthetic, and reading/writingthrough multimodal strategies to enhance student engagement and comprehension. Multimodal approaches integrate various instructional methods, such as digital storytelling, interactive e-books, and blended learning, to create a more inclusive and effective learning environment. Visual learners benefit from graphic novels, video adaptations, and mind maps, while auditory learners engage more with audiobooks, discussions, and oral presentations. Kinesthetic learners, who learn best through movement and hands-on activities, benefit from role-playing, dramatizations, and interactive projects. Meanwhile, reading/writing learners excel through journaling, analytical essays, and textual annotations. The study highlights the cognitive benefits of a multimodal approach, emphasizing that incorporating multiple sensory modalities enhances retention and comprehension. Additionally, differentiated instruction fosters an inclusive classroom environment, ensuring that all students, including those with learning disabilities, have access to meaningful learning experiences. A student-centered approach allows learners to engage with literature in ways that align with their strengths and preferences, increasing motivation and long-term interest in reading and analysis.

Shohboz Ahmadov , Gulchiroy Fayziyeva

44-49

2025-02-10

ТАЛАБАЛАРНИ КАСБИЙ-ПЕДАГОГИК ТАЙЁРЛАШДА РЕФЛЕКСИВ ПОЗИЦИЯНИНГ ТУЗИЛИШИ ВА ЎРНИ

Ушбу мақолада талабаларнинг рефлексив позицияси фалсафий ва педагогик-психологик муаммо сифатида ёритилган. Шунингдек, рефлексия, умумэътироф қилинган педагогик-психологик ҳодиса сифатида, талабанинг касбий-педагогик позициясининг таркибий қисми сифатида таҳлил қилинган.

Sherali Jo’rayev

50-51

2025-02-10

MАNTIQIY TАFАKKURI RIVОJLАNGАNLIK DАRАJАSINI АNIQLАSH TESTLARI

Mazkur maqolada  mаntiqiy tаfаkkuri rivоjlаngаnlik dаrаjаsini аniqlаsh  testlari haqida  so‘z yuritiladi.

Inobat Shixova

52-54

2025-02-11

SHAXSLARARO KOMMUNIKATSIYAGA EMPATIYANING TA’SIRI

Ushbu maqolada shaxslararo munosabat o’rnatishda empativlik xususiyatining ijobiy va salbiy ta’sirlari tahlil qilingan. Yuqori empativlik darajasiga ega bo’lgan shaxslarda shaxslararo munosabat o’rnatishda qiyinlikka duch kelishi va stressga beriluvchanlik oqibatida salomatlikka   salbiy ta’sir ko’rsatishi aniqlangan.

Nodirbek Alimirzayev

55-57

2025-02-11

BUGUNGI KUNDА YОSHLАR VА ОILА MUNОSАBАTLАRIDА IJTIMОIY-MАDАNIY АN’АNАLАR TRАNSFОRMАTSIYАSI (G'АRB DАVLАTLАRI MISОLIDА)

G'аrb mаmlаkаtlаridа yоshlаr vа оilаviy munоsаbаtlаrning ijtimоiy-mаdаniy аn'аnаlаri zаmоnаviy dаvrdа sеzilаrli о'zgаrishlаrni bоshdаn kеchirmоqdа. Ushbu mаqоlа ushbu о'zgаrishlаrgа hissа qо'shаdigаn оmillаr, jumlаdаn, glоbаllаshuv, tеxnоlоgik tаrаqqiyоt, о'zgаruvchаn ijtimоiy nоrmаlаr vа iqtisоdiy bоsimlаrni о'rgаnаdi. Bu оmillаr аn'аnаviy оilа tuzilmаlаrigа, аvlоdlаrаrо dinаmikаgа vа yоshlаrning shаxsiyаtini shаkllаntirishgа qаndаy tа'sir qilishini о'rgаnаdi. Tаdqiqоt shuningdеk, rivоjlаnаyоtgаn оilа mоdеllаri, individuаlizmning tа'siri vа аn'аnаviy qаdriyаtlаrning pаsаyishi bilаn bоg'liq muаmmоlаrni о'rgаnаdi. Mаqоlа G'аrb jаmiyаtlаri misоllаridаn fоydаlаngаn hоldа, ushbu о'zgаrishlаr shаrоitidа оilаviy tizimlаrning mustаhkаmligi vа mоslаshuvchаnligini tа'kidlаydi. Tоpilmаlаr tеz о'zgаruvchаn muhitdа оilаviy vа mаdаniy uyg'unlikni tа'minlаsh uchun innоvаtsiyаlаr vа аn'аnаlаrni muvоzаnаtlаsh zаrurligini tа'kidlаydi.

Аkmаljоn Sultоnоv

58-60

2025-02-11

INTERFAOL TA’LIM TUSHUNCHASI VA UNING PEDAGOGIK ASOSLARI

Ushbu maqola interfaol ta’lim tushunchasi, uning mazmun-mohiyati hamda pedagogik asoslari tahlil qilinadi. Interfaol ta’lim zamonaviy pedagogikaning muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, ta’lim jarayonida o‘qituvchi va talaba o‘rtasidagi faol muloqotni ta’minlashga qaratilgan. Maqolada interfaol metodlarning ta’lim samaradorligiga ta’siri, ularning asosiy tamoyillari va qo‘llanilish usullari ilmiy-nazariy asosda yoritildi.

Dildora Ibotova

61-63

2025-02-12

BOSHLANG’ICH SINFLARDA O’QISH SAVODXONLIGINI OSHIRISHDA XALQARO TADQIQOTLARNING O’RNI

O‘qish savodxonligi – jamiyat tomonidan talab qilinadigan va inson tomonidan qadrlanadigan yozma tilning shakllarini idrok etish va amaliyotda qo‘llay olish qobiliyatidir. Ushbu nuqtayi nazar o‘quvchilarning o‘qishdan olingan ma’lumotlardan foydalanish qobiliyatiga tobora ko‘proq e’tibor qaratadigan zamonaviy jamiyatda dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Asosiy e’tibor tushunishni namoyon qilishdan o‘zlashtirilgan ma’lumotlarni qanday qilib yangi loyihalar va vaziyatlarda qo‘llay olish qobiliyatlarini namoyon qilishga qaratilmoqda.

M. Babayeva, Nasiba Abduxamitova

64-67

2025-02-12

XALQARO TURIZMNING IQTISODIYOTGA TA`SIRI VA AHAMIYATI

Xalqaro turizm — bu odamlarning o‘z yashash mamlakatidan tashqarida, boshqa mamlakatlarga sayohat qilish faoliyatini ifodalaydi. Xalqaro turizmda sayyohlar o‘zining turli maqsadlari (dam olish, biznes, madaniyat, tibbiyot va boshqalar) uchun boshqa davlatlarga boradilar. Bu turizm turi nafaqat sayyohlarning harakatini, balki ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy, madaniy va ijtimoiy aloqalarni ham o‘z ichiga oladi.Xalqaro turizmning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat.

Ziyodaxon Abdualimova

68-70

2025-02-12

MAKTABGACHA TA’LIM TARBIYALANUVCHILARNING IJODKORLIGINI OSHIRISHDA INTERFAOL METODLARNING AHAMIYATI

Развитие творческой личности является одной из важных задач педагогической теории и практики с точки зрения федерального государственного образовательного стандарта. Вот почему люди начинают работать над ее решением. Методы — способы взаимосвязанной деятельности педагога и учащегося, направленные на достижение образовательных целей. Основными методами обучения и развития детей дошкольного возраста являются практические, наглядные, словесные и игровые методы.

Dilafruz Mansurova

71-73

2025-02-12

MAKTABGACHA O‘RTA GURUH BOLALARIDA NUTQ MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARI

Mazkur maqolada maktabgacha ta’lim tizimida o‘rta guruh bolalarida nutq madaniyatini shakllantirishga qaratilgan pedagogik texnologiyalar tahlil etiladi. Bolalarning lingvistik kompetensiyasi, shaxsiy ehtiyojlari va yosh xususiyatlari inobatga olingan holda, interaktiv mashg‘ulotlar, rolli o‘yinlar, multimediya resurslari, portfolioga asoslangan baholash kabi zamonaviy metodikalar qo‘llanilishi muhim ekani asoslab beriladi. Nutq faolligini oshirish, ijodiy fikrlash va tinglash ko‘nikmalarini takomillashtirish orqali o‘rta guruh bolalarining nutq madaniyatini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar keltiriladi. Shuningdek, ota-onalar bilan hamkorlik, individual yondashuv hamda ijtimoiy va emotsional muhit omillari jarayon samaradorligini belgilashi alohida ta’kidlanadi.

Dildora G‘ulomova

74-77

2025-02-14

“NON/BREAD” KONSEPTINI LINGVOKOGNITIV VA LINGVOKULTUROLOGIK NUQTAI NAZARDAN O‘RGANISHNING AHAMIYATI

Ushbu maqolada “non/bread” konsepti o‘zbek xalqining lingvokognitiv va lingvokulturologik xususiyatlari nuqtai nazaridan o‘rganilgan. “Non” so‘zi o‘zbek milliy mentaliteti, turmush tarzi va urf-odatlarida muhim o‘rin tutib, nafaqat oziq-ovqat, balki baraka, farovonlik va birdamlik timsoli sifatida namoyon bo‘ladi. Lingvokognitiv yondashuvda “non” konsepti asosidagi metafora va semantik qatlamlar, nutqiy birikmalar orqali milliy ongda shakllangan umumiy tasavvurlar ochib beriladi. Lingvokulturologik tahlilda esa “non”ning urf-odat, marosim va an’analardagi, shuningdek, ijtimoiy-madaniy munosabatlardagi beqiyos roli yoritiladi. Natijada, “non” konsepti milliy qadriyatlar tizimida chuqur ildiz otgan, hayot manbai va ma’naviy negiz sifatida shakllanganligi namoyon bo‘ladi. Ushbu tadqiqot til, tafakkur va madaniyat o‘zaro uyg‘unlashib ketgan murakkab jarayon ekani hamda milliy merosni chuqurroq anglash uchun mustahkam asos bo‘lib xizmat qilishini ko‘rsatadi.

Kamola Buzurxanova

78-80

2025-02-14

МАСТЕРСТВО ПУБЛИЧНЫХ ВЫСТУПЛЕНИЙ

Публичное выступление – неотъемлемая часть профессиональной деятельности каждого преподавателя. Меняя аудиторию по несколько раз за день, стремясь донести до слушателя нечто важное и значимое, он сталкивается с рядом серьезных трудностей, которые мешают ему реализовать себя как оратора, а ведь каждый преподаватель в первую очередь должен быть оратором, способным произносить свою речь красиво и убедительно.

Осипова Агата Викторовна

81-84

2025-02-14

BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINING INGLIZ TILIDA YOZISH KO’NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH UCHUN TAVSIYALAR

Ushbu maqola maktablarda, boshlang’ich sinflarda yosh bolalar bilan ishlash, ularga ingliz tilida yaxshiroq ta’lim olishlari uchun, xususan, chet tilida yozish ko’nikmalarini mukammalroq o’zlashtirishlari uchun zarur bo’lgan o’qitish usullari va zamonaviy yondashuv keng muhokama qilingan.

Sevaraxon Abduxalimova

85-87

2025-02-17

ZAMONAVIY O’QITISH TEXNOLOGIYA DARSLARIDA AMALIY ISH TURLARI VA MAZMUNLARI

Ushbu   maqolada   zamonaviy   Texnologiya   darslari   haqida  umumiy  tushunchalar   haqida  fikir  yuritiladi.  Shu  munosabat  bilan  mehnat  ta’limi  jarayoni  o’quvchilarda  bilim  mehnat  ahloqiy   estetik  va aqliy  mehnat  jarayonlariga  qaratilgan  natijalar  bundan   tashqari   Texnologiya  darslarini  hayotimizga  tutgan  o’rni  va  Texnologiya  darslarida  zamonaviy  texnologiyalardan   foydalanish  maqolaning   asosiy  mazmunini  tashkil  etadi.

Barno O’ralova

88-93

2025-02-18

OLIY TA’LIMDA TALABALAR YETAKCHILIK QOBILYATLARINI RIVOJLANTIRISHNING ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARI

В этой статье в высшем образовании студентов лидерские способности развития современные педагогические технологии анализируются. Лидерских способностей в развитии интерактивное обучение методы, проект на основе обучение, цифровые технологии и духовные ценности интеграция как современные подходы обсуждаются. Исследование Узбекистана образовательной системе в осуществляемые реформы и международные опыты принимая во внимание разработано. Студентов ответственных, творческих и конкурентоспособных специалист в качестве формировании эти методы важное значение имеет. Высшее образование в учреждениях студентов лидерские способности развитию направленные современные педагогические технологии внедрение вопросы рассматриваются. Лидерские способности студентов личного и профессионального развития для важный фактор в качестве рассматриваясь, современные педагогические подходы и методы анализ делается. Инновационные технологии и интерактивные методы от использования опыт и их эффективность научной стороны обосновывается.

Gulshoda Nasirdinova, Madinaxon Turaboyeva

94-98

2025-02-19

BADIIY ADABIYOT-MILLI G`OYANI SHAKLLANTIRISHNING MUHIM OMILI

Xalqimizning tarbiya borasidagi yetuk milliy ma’naviyati hamma vaqt umuminsoniy qadriyatlarning tarkibiy qismi bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qolaveradi. Hozirgi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning asosiy maqsadlaridan biri sifatida yoshlarning bilim va manaviyatini yanada oshirish, ularning ham ma’nan ham jismonan sog‘lom dunyoqarashga ega bo‘lishlari uchun yetarli tarzda sharoitlarni ta’minlashdir. Ayniqsa keyingi yillarda yoshlar dunyoqarashini shakllantish uchun badiiy adabiyotning ta’sirchan kuchidan ijobiy foydalanish ancha samarali bo‘lmoqda.

Abdulla Bayeshanov

99-101

2025-02-20

“OMMAVIY MADANIYAT” YOXUD PINHONIY TAHDIDLAR

Globallashuv jarayoni o‘z-o‘zidan axborotning globallashuvi bilan ham kechmoqda. Axborot tarqatish vositalarining takomillashib borishi bilan axborot xuruji, axborot tahdidi ham namoyon bo‘lmoqda. XX asr oxiri XXI asr boshlariga kelib biron bir hududda gegemonlikni qo‘lga kiritish uchun u yerga qo‘shin kiritish, qurol-yarog‘ga katta mablag‘ sarflash shart bo‘lmay qoldi. Bu vazifani “beozorgina” ko‘ringan axborot orqali amalga oshirish imkoniyati yuzaga keldi.

Saida Karimova

102-104

2025-02-20

BOSHLANG‘ICH SINF ONA TILI DARSLARIDA SIFAT SO‘Z TURKUMINI O‘QITISH METODIKASI

Mazkur maqolada boshlang‘ich sinflarda ona tili darslarida sifat so‘z turkumini o‘qitish metodikasi har tomonlama yoritib berilgan bo‘lib, unda sifatning grammatik va semantik xususiyatlari, ularni o‘quvchilarga tushuntirish usullari va ta’lim jarayonida interfaol metodlar yordamida erishiladigan samaradorlik, shuningdek, zamonaviy texnologik yechimlar qo‘llanilishi batafsil tahlil qilingan. Shuningdek, maqolada sifatni o‘rgatishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar, ularni bartaraf etish yo‘llari va darslarni boyituvchi qo‘shimcha didaktik materiallar keltirilgan, bu esa maqolani boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun nafaqat nazariy, balki amaliy qo‘llanma sifatida ham foydalanishga yaroqli qiladi.

Bahora Xudoyqulova

105-107

2025-02-20

THE IMPORTANCE OF THE WORKS OF GREAT THINKER SCIENTISTS IN DEVELOPING TOLERANCE THINKING IN FUTURE SOCIAL WORKERS

This article provides detailed information about the moral issues and tolerance of the peoples of Central Asia in the works of encyclopedists Abu Nasr Al-Farabi, Ibn Sina and Abu Raykhan Al-Biruni.

Ikhtiyor Ergashev

108-111

2025-02-20

TILSHUNOSLIKDA FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING O`RGANILISHI

Frazeologik birliklar (keying qatorlarda FB) o'ziga xos semantik va sintaktik xususiyatlarga ega turg’un leksik birikmalar sifatida o'nlab yillar davomida tilshunos olimlarning tadqiqotlarining markaziy nuqtasida bo'lib kelgan. Ularning leksik va grammatik elementlarni o‘z ichiga olgan murakkab tabiati ularni ta’riflash, tasniflash va tushunishga turlicha nazariy yondashuvlarni talab qildi. Ushbu maqola turli tilshunoslik nazariyalarini va ularning FB bilan qanday bog'liqligini o'rganadi, bu birliklarning kengroq lingvistik  kontekstdagi ahamiyatini ta'kidlaydi.

Manzura Tuychiyeva

112-117

2025-02-21

ПРИМЕНЕНИЕ СЮЖЕТНЫХ ИНСЦЕНИРОВОК НА УРОКАХ ЧИТАТЕЛЬСКОЙ ГРАМОТНОСТИ В НАЧАЛЬНОЙ ШКОЛЕ

Статья посвящена исследованию эффективности применения сюжетных инсценировок на уроках в начальной школе как метода развития читательской грамотности у младших школьников. Рассматриваются основные преимущества использования инсценировок, таких как улучшение навыков понимания текста, развитие критического мышления и творческого подхода к обучению.

Мусахожиева Д.Б., Ахмедова М. С.

118-119

2025-02-21

МЕТОДЫ И ПРИЁМЫ РАБОТ ПО РАЗВИТИЮ РЕЧЕВОЙ КОМПЕТЕНЦИИ БУДУЩЕГО УЧИТЕЛЯ НАЧАЛЬНЫХ КЛАССОВ

В данной статье освещается вопрос по формированию речевой компетенции будущего учителя начальных классов на примере уроков русского (родного) языка, как одного из ключевых направлений в системе непрерывного образования. В статье описываются наиболее эффективные методы и приёмы работы по развитию речевых компетенций будущих учителей начальных классов и школьников, акцентируется внимание на важности работы над устной и письменной речью и речевым этикетом детей. Одним из важных путей формирования языковой грамотности и коммуникативной компетенции автор считает использование инновационных технологий и активных методов и приёмов обучения в учебном процессе.

Зокиржанова Ф., Ахмедова М. С.

120-125

2025-02-21

ФАРЗАНД ТАРБИЯСИДА ОИЛАВИЙ ҚАДРИЯТЛАРНИНГ РОЛИ

Мазкур мақолада оиланинг жамият хаётида тутган ўрни ва роли, мустақил ҳаётга қадам қўяётган ёшларнинг оилавий ҳаётга тайёрлаш, ўз қадрият йўналишлари, оила аъзоларининг хулқ атворлаври, оила ва жамият ҳаётида ижтимоий тасаввурлар, ижтимоий муносабат, установкалар, оилада соглом мухит ва соглом дунёкарашни, субъектив муносабатларни  шакллантириш, таълим-тарбия, ёш авлодни жамият-давлат хамда оилага муносиб баркамол инсон қилиб тарбиялаш каби масалалар урин олган.

З.Н. Раҳмонова

126-128

2025-02-21

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING AQLIY TARBIYASI

Zamonaviy ta`lim tizimi uchun aqliy tarbiya muammosi juda muhimdir. Olimlarning fikricha hozirgi ming yillik axborot inqilobi bilan nishonlanadi, bilim va bilimli insonlar haqiqiy milliy boylik sifatida qadrlanadi. Hozirgi vaqtda faol aqliy faoliyat qobiliyatini shakllantirish vazifasi birinchi o`ringa chiqadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning aqliy tarbiyasi sohasidagi yetakchi mutaxassislardan biri N.N. Poddyakov to`g`ri ta`kidlaydiki, hozirgi bosqichda bolalarga an`anaviy aqliy ta`lim tizimida bo`lgani kabi, to`liq bilimga intilmasdan, haqiqatni bilish kalitini berish kerak. Bola shaxsining har tomonlama rivojlanishi axloqiy, aqliy, estetik va jismoniy tarbiyaning birligi bilan ta`minlanadi. Aqliy ta`lim nafaqat bilim va aqliy faoliyat usullarini o`zlashtirish, balki bola shaxsining ma`lum fazilatlarini shakllantirish vazifasini ham bajaradi. Aqliy rivojlanish – bu fikrlash jarayonlarida yoshga qarab va atrof – muhit ta`sirida sodir bo`ladigan sifat va miqdor o`zgarishlar majmuidir.

Dildora Ravshanova, Iroda Qarshiyeva

129-132

2025-02-24

BOLA RIVOJLANISHIDA OILA MUHITINING TAʼSIRI

Bolalarning rivojlanishi bu eng murakkab jarayon hisoblanadi. Bola rivojlanishida turli xil omillar ishtirok etadi. Bulardan eng asosiysi muhit hisoblanadi. Muhit ham o’z o’rnida bir necha omillarni o’z ichiga oladi.

Nilufar Yusupova, Joʻrabek Alimardanov

133-136

2025-02-24

BOSHLANG‘ICH SINFLARDA TABIIY FANLARNI O‘QITISHDA MUHIM MUOMMOLARNI HAL QILISHDA FALSAFANING RO‘LI

Boshlang‘ich sinflarda tabiiy fanlarni o‘qitishda muhim muammolarni hal qilishda falsafaning roli katta ahamiyatga ega. Ushbu maqolada tabiiy fanlarni o‘qitish jarayonida duch kelinadigan asosiy muammolar tahlil qilinadi va ularning falsafiy jihatdan yechimlari ko‘rib chiqiladi. Ta’lim jarayonida dunyoqarashni shakllantirish, tanqidiy fikrlashni rivojlantirish hamda ilmiy metodologiyadan foydalanish falsafaning asosiy vazifalaridan biri sifatida namoyon bo‘ladi. Shuningdek, tabiiy fanlarni o‘qitishda empirik bilimlarni nazariy tushunchalar bilan bog‘lash, bolalarning qiziquvchanligini oshirish va ularni ilmiy tadqiqotga yo‘naltirish masalalarida falsafa muhim o‘rin tutadi. Tadqiqot davomida tabiiy fanlarni o‘qitishda pedagogik falsafa yondashuvlari, konstruktivizm va dialektik metodlarning o‘rni ham tahlil qilinadi. Maqola boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari, pedagoglar va ta’lim sohasi tadqiqotchilari uchun foydali ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.

Zebiniso Abdunazarova

137-144

2025-02-24

REFLEKSIVLIK VA SHAXS INTELLEKTUAL FAOLIYATI O‘RTASIDAGI ALOQADORLIGI MASALASI

Maqolada shaxs intellektual taraqqiyotini refleksivlik xususiyati bilan bog‘liqligi masalasi ochib berilgan. Ayniqsa, shaxsda intellektual taraqqiyoti uning o‘zini o‘zi anglashi, o‘zini o‘zi baholash, o‘zini o‘zi nazorat qilish, o‘zini o‘zi boshqarish kabi refleksiv jarayonlarning rivojlanishiga o‘zining ta’sirini ko‘rsatadi. Shu nuqtai nazardan olganda, shaxs intellektual sohasiga doir bilimlarga ega bo‘lish ularning kelajak faoliyatlarini oqilona rejalashtirishlariga xizmat qiladi.

N.I. Xalilova

145-148

2025-02-24

TA’LIM-TARBIYA JARAYONINI MODELLASHTIRISHDA PEDAGOGIK SINERGETIKADAN FOYDALANISH

Ushbu maqolada ta’lim-tarbiya jarayonini modellashtirishda pedagogik sinergetikadan foydalanish haqida fikrlar batafsil yoritib berilgan. 

Farxod Xalilov

149-151

2025-02-24

BOSHLANG‘ICH SINFLARDA OT O‘QITISH METODIKASI

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinflarda ot tushunchasini o‘qitish metodikasi keng tahlil qilinadi. Tilshunoslik va pedagogik yondashuvlar asosida bolalar tomonidan ot tushunchasining o‘zlashtirilish jarayoni, samarali o‘qitish usullari hamda amaliy tajribalar o‘rganiladi. Shuningdek, maktab dasturlarida otni o‘qitishning dolzarb masalalari va innovatsion yondashuvlarga alohida e’tibor qaratiladi.

Zarina Rashidova

152-154

2025-02-24