«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya: Nazariy va amaliy izlanishlar» is a national online conference with open access, where review abstracts related to various fields are published. The main goal is to offer an intellectual platform for national scientists, and it aims to promote interdisciplinary research. All manuscripts should be prepared in Uzbek, English or Russian.

Published: 2025-11-28

XARAKTER TUZILISHI, TIPOLOGIYASI VA AKSENTUATSIYASI

Mazkur maqolada xarakterning psixologik tuzilishi, uning individual-tipologik xususiyatlari hamda aksentuatsiya darajalari ilmiy-nazariy nuqtai nazardan tahlil etildi. Xarakter tushunchasining shakllanish omillari, temperament bilan o‘zaro aloqadorligi, ijtimoiy-madaniy omillarning roliga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, K. Leonhard va A. Lichko tomonidan ishlab chiqilgan xarakter aksentuatsiyalarining tasnifi, ularning shaxs rivojlanishidagi o‘rni hamda psixologik moslashuvga ta’siri yoritiladi.

Azizbek Roxataliyev

4-6

2025-11-27

BIOGENETIK NAZARIYA MOHIYATI VA TANQIDIY TAHLIL

Ushbu maqolada biogenetik nazariyaning psixologik va pedagogik mazmuni, uning ilmiy asoslari hamda tarixiy rivojlanish jarayonidagi o‘rni tahlil qilinadi. Biogenetik nazariya inson psixik rivojlanishini filogenez jarayonining qisqartirilgan va qaytarilgan shakli sifatida izohlaydi, ya’ni ontogenez filogenezni takrorlaydi degan g‘oya uning markazida turadi. Maqolada E. Gekkel va F. Myuller tomonidan ilgari surilgan ushbu nazariyaning asosiy tamoyillari, psixik rivojlanishni tushuntirishdagi kuchli jihatlari bilan birga, uning bir qator cheklovlari ham yoritiladi.

Bobur Xasanboyev

7-9

2025-11-27

HISSIY HOLATLARNING NERV-FIZIOLOGIK ASOSLARI

Ushbu maqolada hissiy holatlarning nerv-fiziologik asoslari ilmiy-nazariy nuqtai nazardan chuqur tahlil qilinadi. Emotsiyalarning paydo bo‘lishi, ularni boshqaruvchi markazlar, neyrofiziologik jarayonlar, miya tuzilmalari (ayniqsa, limbik tizim, gipotalamus, amigdala)ning funksional roli keng yoritilgan. Shuningdek, neyromediatorlarning - serotonin, dopamin, noradrenalin va endorfinlarning hissiy jarayonlarga ta’siri, stress holati va vegetativ nerv tizimi faoliyatining emotsiyalar bilan bog‘liqligi ilmiy manbalar asosida izohlangan.

Bunyodbek Eshimov

10-12

2025-11-27

TEMPERAMENT TUSHUNCHASI VA RIVOJLANISH TARIXI

Ushbu maqolada temperamentning psixologik mazmuni, uning biologik-fiziologik asoslari hamda tarixiy rivojlanishi tahlil qilinadi. Temperament insonning tug‘ma emosional barqarorligi, faolligi, reaktsiya tezligi va xulq-atvor dinamikasini belgilovchi individual xususiyat sifatida yoritiladi.

Hikmat Erkaboyev

13-15

2025-11-27

QOBILIYATLAR, TALANT VA ULARNING TABIIY SHARTLARI

Ushbu maqolada qobiliyatlar va talantning psixologik mohiyati, ularning shakllanishi hamda rivojlanish jarayonida tabiiy-biologik omillarning roli tahlil qilingan. Qobiliyatning tug‘ma va orttirilgan komponentlari, individual farqlanish mexanizmlari, shuningdek, talant va iste’dodning namoyon bo‘lishiga ta’sir etuvchi irsiy hamda ijtimoiy muhit omillari ilmiy manbalar asosida yoritilgan.

Ilhomjon Esonboyev

16-18

2025-11-27

EKSTRORETSEPTIV, INTRORETSEPTIV VA PROPRIORETSEPTIV SEZGILAR

Maqolada inson sezgi tizimining asosiy turlari — ekstroretseptiv, introretseptiv va proprioretseptiv sezgilar — ilmiy nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Ularning fiziologik asoslari, retseptor mexanizmlari, markaziy nerv tizimidagi uzatilish yo‘llari va sub’ektiv tajriba bilan bog‘liqligi yoritiladi. Shuningdek, sezgi jarayonlarining hayotiy va amaliy ahamiyati ko‘rib chiqiladi.

G‘ofurjon Ne’matov

19-20

2025-11-27

IXTIYORSIZ VA IXTIYORIY DIQQATNING O‘ZIGA XOS JIHATLARI

Ushbu maqolada inson psixikasidagi diqqat tushunchasi, uning ixtiyorsiz (passiv) va ixtiyoriy (faol) turlari, ularning psixologik va neyrofiziologik asoslari tahlil qilinadi.

Kamronbek Komiljonov

21-22

2025-11-27

TAFAKKUR OPERATSIYALARI VA SHAKLLARI (TUSHUNCHA, HUKM, XULOSA)

Ushbu maqolada inson tafakkuri operatsiyalari va ularning shakllari tahlil qilinadi. Tadqiqotda tushuncha, hukm va xulosa jarayonlari, ularning psixologik asoslari, shakllanishi va ijtimoiy-hayotiy ahamiyati yoritilgan. Tafakkur operatsiyalarining xususiyatlari, ularni o‘rganish metodlari va pedagogik amaliyotdagi ahamiyati ilmiy manbalar asosida tahlil qilinadi.

Maqsadbek Rimberganov

23-24

2025-11-27

PSIXOLOGIK KUZATISH METODLARI VA ULARNING TASNIFI

Ushbu maqolada psixologik tadqiqotlarda kuzatish metodlari va ularning tasnifi, kuzatishning asosiy turlari, xususiyatlari va ilmiy ahamiyati tahlil qilinadi. Maqolada kuzatishning bevosita va bilvosita, ishtirokchi va ishtirokchisiz turlari, shuningdek, laboratoriya va eksperimental kuzatish metodlari yoritilgan.

Marjona Bozorova

25-26

2025-11-27

XAYOLNING TURLARI VA RIVOJLANISH JARAYONLARI

Maqolada xayol tushunchasi, uning turlari va rivojlanish jarayonlari psixologik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Shuningdek, xayolning kognitiv, ijtimoiy va emotsional omillar bilan bog‘liqligi, yosh davrlarda rivojlanish xususiyatlari va ijodiy faoliyatdagi roli yoritiladi.

Sarvinoz Raxmatullayeva

27-29

2025-11-27

PSIXIKANING FILOGENEZ TARAQQIYOTI VA INSTINKT TUSHUNCHASI

Ushbu maqolada psixikaning filogenez taraqqiyoti va instinkt tushunchasi ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Psixika - hayvonlar va insonning ruhiy faoliyati va xatti-harakatlarini boshqaruvchi murakkab tizim sifatida ko‘riladi. Maqolada filogenez nuqtai nazardan psixikaning biologik evolyutsiya jarayoni, turli hayvon turlarida psixik jarayonlarning rivojlanishi, instinkt va irsiy xatti-harakatlarning shakllanishi tahlil qilinadi.

Mirjalol Egamov

30-32

2025-11-27

PSIXOLOGIYA FANINING TARIXIY RIVOJLANISH BOSQICHLARI

Mazkur maqolada psixologiyaning tarixiy rivojlanish jarayoni bosqichma-bosqich yoritiladi. Unda psixologiyaning qadimgi falsafiy ildizlari, diniy-dogmatik qarashlar davri, empirik va eksperimental yondashuvlarning shakllanishi, XIX–XX asrlarda mustaqil fan sifatida shakllanish jarayoni hamda zamonaviy psixologiya yo‘nalishlarining taraqqiyoti ilmiy tahlil qilinadi.

Ozoda Yusupova

33-35

2025-11-27

PISIXOLOGIYA FANINING TARIXI

Ushbu maqolada psixologiya fanining shakllanishi va rivojlanish tarixi ilmiy-nazariy nuqtai nazardan tahlil qilindi. Maqolada qadimgi davr falsafiy qarashlaridan boshlab, XVII-XIX asrlarda ilmiy psixologiyaning paydo bo‘lishi, shu jumladan Vundt, Titchener, Pavlov, Freud, Jung va boshqa olimlarning hissasi yoritildi. Psixologiyaning nazariy yo‘nalishlari, metodologik asoslari va inson ruhiyatini o‘rganishdagi yondashuvlar tarixiy jarayon kontekstida tushuntiriladi.

Charos Soliyeva

36-37

2025-11-27

IXTIYORDAN SOʻNGI DIQQATNING OʻZIGA XOSLIGI

Ushbu maqolada ixtiyordan so‘nggi diqqatning psixologik mazmuni, uning paydo bo‘lish shart-sharoitlari va faoliyat jarayonidagi ahamiyati tahlil qilinadi. Ixtiyorsiz diqqatdan farqli ravishda, ixtiyordan so‘nggi diqqatning shakllanishi insonning ongli boshqaruvi bilan boshlanib, jarayon davomida ichki qiziqish va motivlar kuchayishi natijasida asta-sekin barqaror tus olishi ko‘rsatib o‘tiladi.

Komila Sobirova

38-40

2025-11-27

PSIXOLOGIYA FANINING NAZARIY TAHLILI

Ushbu maqolada psixologiya fanining nazariy asoslari va rivojlanish bosqichlari tahlil qilinadi. Maqolada psixologiyaning predmeti, asosiy tushunchalari, metodologiyasi va fan sifatida shakllanish jarayoni o‘rganiladi. Shuningdek, psixologiya nazariyalarining shaxs rivoji, aql va xulq-atvorni tushunishdagi roli ham yoritiladi.

Muhtasar Rustamjonova

41-43

2025-11-27

IXTIYORSIZ VA IXTIYORIY DIQQAT

Ushbu maqolada diqqatning ikki asosiy turi - ixtiyorsiz va ixtiyoriy diqqatning psixologik mazmuni, shakllanish omillari hamda ularning inson faoliyatidagi ahamiyati tahlil qilinadi. Ixtiyorsiz diqqatning tabiiy, tashqi ta’sirotlarga bog‘liq ravishda avtomatik tarzda yuzaga kelishi, ixtiyoriy diqqat esa ongli maqsad, iroda va motivatsiya bilan boshqarilishiga ko‘ra farqlanishi ilmiy manbalar asosida yoritiladi.

Nilufar Ummatqulova , Nilufar Ummatqulova

44-46

2025-11-27

O‘ZBEKISTON TA’LIM TIZIMINING MODERNIZATSIYASI VA JAMIYAT TARAQQIYOTI

Jamiyatning barqaror rivojlanishi, avvalo, uning ta’lim tizimi qay darajada zamonaviy va raqobatbardosh ekaniga bog‘liq. Hozirgi globallashuv va raqamli transformatsiya davrida innovatsion fikrlash, kreativ yondashuv hamda intellektual salohiyat har bir davlatning kuchi va kelajagini belgilovchi asosiy omillardan biri sifatida namoyon bo‘lmoqda. Shu nuqtayi nazardan, O‘zbekiston ta’lim tizimida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar xalqaro standartlarga integratsiyalashuv jarayonini jadallashtirmoqda.

Omadbek Ortiqov

47

2025-11-27

APPLICATION OF NEW TEACHING METHODS IN TEACHING ANATOMY

The current political, social and economic acceleration requires not only the development of new educational standards in introducing new curricula but also the modification of the teaching methodology. The introduction and effective use of new pedagogical technologies and interactive teaching techniques in the educational process will help to increase the effectiveness of trained youth.

Isaeva Nilufar Zubidullaevna

48-50

2025-11-27

THE IMPACT OF SMALL-GROUP COOPERATIVE INTERACTIONS ON STUDENTS’ ORAL FLUENCY DEVELOPMENT IN EFL CLASSROOMS

This article explores the impact of small-group cooperative interactions on the development of oral fluency among EFL learners. The study highlights how structured group tasks, peer collaboration, and interactive speaking activities contribute to increased learner confidence, improved speaking accuracy, and enhanced communication fluency. The research also examines the role of group dynamics, student participation, and supportive learning environments in fostering effective speaking practice. The findings demonstrate that small-group cooperative learning not only encourages active engagement but also provides learners with meaningful opportunities to use English in real communicative situations, ultimately leading to measurable improvement in oral fluency.

Kurbonboyeva Barno Toliboy qizi , Porsayeva Malika Makhmudovna

51-54

2025-11-27

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA KITOBXONLIK MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH

Mazkur tezisda o‘quvchilarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirishning dolzarb masalalari, davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan farmon va tashabbuslar, “Yaxshilik ketidan yaxshilik keladi” hikoyasi asosidagi didaktik yondashuvning amaliy ahamiyati tahlil etiladi.

Hilola Bakiyeva , Guli Nurulloyeva

55-58

2025-11-27

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTINI BOSHQARISHNING ZAMONAVIY USULLARI

Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotini boshqarishning mazmuni, rahbar shaxsiga qo‘yiladigan talablar, boshqaruv madaniyati hamda rahbarning axloqiy va pedagogik fazilatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda boshqaruv jarayonida inson omilining roli, jamoa bilan ishlashda psixologik yondashuvning ahamiyati va boshqaruv odobi tamoyillari yoritilgan. Shuningdek, maktabgacha ta’lim tizimida rahbarlik faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ilgari surilgan.

Madinabonu Karimova

59-61

2025-11-27

DIFFICULTIES IN TRANSLATING LITERARY TEXTS

This article explores the complex literary problems that arise in the translation of artistic texts, focusing on the challenges posed by linguistic ambiguity, cultural specificity, stylistic nuance, and the preservation of an author’s unique voice. Literary translation demands not only accuracy of meaning but also sensitivity to tone, rhythm, symbolism, and genre conventions. The discussion highlights key difficulties such as idioms, wordplay, metaphor, intertextuality, and culturally bound references that often resist direct equivalence. By examining common strategies and theoretical approaches, the article argues that literary translation is a creative act of negotiation, requiring the translator to balance fidelity to the original with naturalness and expressiveness in the target language. Ultimately, it demonstrates that translating literature is a form of cultural mediation, where every choice shapes how readers experience the text.

Baxtiyorova Sh.F., Yuldoshev D.N.

62-64

2025-11-28

THE EFFECT OF PEER-TUTORING STRATEGIES ON EFL STUDENTS’ ORAL COMMUNICATION SKILLS IN COOPERATIVE LEARNING SETTINGS

This study investigates the effect of peer-tutoring strategies on EFL students’ oral communication skills within cooperative learning settings. Peer-tutoring is a collaborative method where students help each other understand and practice language tasks, providing guidance and feedback. The research demonstrates how structured peer-tutoring activities enhance speaking skills, increase learners’ confidence, and foster active engagement. By promoting interaction, mutual support, and collaborative problem-solving, peer-tutoring helps students overcome speaking anxiety and improves fluency, vocabulary usage, and pronunciation. Findings suggest that integrating peer-tutoring into cooperative learning classrooms is an effective approach to developing both linguistic competence and oral communication confidence among EFL learners.

Mukhtorova Khanifa Feruzovna, Porsayeva Malika Makhmudovna

65-68

2025-11-28

THE ROLE OF STORY-BASED PROBLEM SOLVING IN ENHANCING CHILDREN’S LOGICAL THINKING

This article examines the important role of story-based problem solving in improving children’s logical thinking. When children work with problems that are integrated into stories, they naturally use reasoning skills such as comparing, predicting, analysing causes, and identifying solutions. Story-based tasks create a meaningful learning environment because children are emotionally engaged in the storyline. They follow characters, understand situations, and think about possible outcomes, which increases their motivation and focus.These activities help young learners develop creativity, critical thinking, and decision-making skills. In addition, the article discusses practical strategies for teachers: using short story puzzles, real-life situation stories, picture-based stories, and group storytelling tasks.The article highlights that stories are not only entertaining but also powerful educational tools for developing children’s intellectual abilities.

Buriyeva Sevinch Samandar qizi

69-71

2025-11-28

TEACHING ENGLISH IN PRIMARY CLASSES THROUGH INTERACTIVE METHODS: THE EXAMPLE OF THE TPR METHOD

This article analyzes the possibilities of using the Total Physical Response (TPR) method as an interactive approach in English lessons for primary classes. TPR is a kinesthetic method that helps learners understand and memorize the language through physical actions, making it especially effective for young learners. The article discusses the role of TPR in organizing interactive lessons, its effectiveness in vocabulary teaching, and its ability to ensure active student participation. Research shows that TPR can increase vocabulary, strengthen memory and comprehension, and enhance interest in lessons [1:5].

Bo`lishev Ibrohimjon Ilxomjon o`g`li

72-73

2025-11-30

SEZGI XUSUSIYATLARI VA SEZGI QONUNIYATLARI

Ushbu maqolada sezgi jarayonining psixologik mohiyati, uning asosiy xususiyatlari hamda tabiiy qonuniyatlari yoritilgan. Sezgi insonning tashqi olamni anglashida dastlabki bosqich bo‘lib, uning sifat, kuch, davomiylik, aniqlik, moslashuvchanlik kabi xususiyatlari batafsil tahlil qilinadi. Shuningdek, absolyut sezgi chegarasi, farq sezgi chegarasi, kontrast, adaptatsiya va Veber–Fehner qonuni kabi psixofizik qonuniyatlarning ahamiyati izohlanadi. Maqola sezgi jarayonining kundalik hayotdagi o‘rni, ta’lim va faoliyat jarayonlaridagi amaliy ahamiyatiga ham e’tibor qaratadi.

Ozoda Karimova , Bobur Sattorov

74-77

2025-11-30

HISSIYOT TUSHUNCHASI VA UNING NAZARIYALARI

Ushbu maqolada hissiyot tushunchasi, uning psixologik mazmuni va inson hayotidagi o‘rni ilmiy yondashuvlar asosida yoritiladi. Hissiyotlar organizmning tashqi va ichki ta’sirlarga nisbatan munosabatini ifodalovchi subyektiv kechinmalar bo‘lib, ular insonning harakatlari, fikrlashi, xulqi va ijtimoiy moslashuviga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Maqolada hissiyotning asosiy turlari, ularning fiziologik mexanizmlari, shuningdek, klassik va zamonaviy psixologiya olimlari tomonidan ishlab chiqilgan nazariyalar tahlil qilinadi. Shuningdek, hissiyotlarning shaxs rivoji, motivatsiya, qaror qabul qilish va ijtimoiy muloqotdagi ahamiyati keng yoritiladi. Tadqiqot natijalari hissiyotlar inson psixikasining ajralmas qismi ekanini va ularni o‘rganish psixologik amaliyotda muhim o‘rin tutishini ko‘rsatadi.

Shoxsanam Yakubova , Bobur Sattorov

78-79

2025-11-30

PSIXOLOGIYANING BOSHQA FANLAR BILAN ALOQADORLIGI

Ushbu maqolada psixologiyaning boshqa fanlar bilan aloqadorligi ilmiy nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Maqolada psixologiya va biologiya, nevrologiya, pedagogika, sotsiologiya, tibbiyot va iqtisodiyot kabi fanlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqliklar yoritilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, psixologiyaning boshqa fanlar bilan integratsiyasi inson xatti-harakatini tushunish, ta’lim jarayonini optimallashtirish, kasbiy faoliyat va ijtimoiy jarayonlarni samarali boshqarish imkonini beradi.

Asilbek Akramov

80-81

2025-11-30

TEMPERAMENT TIPLARI VA ULARNING PSIXOLOGIK TAVSIFI

Ushbu maqolada temperamentning psixologik mohiyati, uning asosiy tiplari hamda ularning xulq-atvor, emotsional barqarorlik va faoliyat samaradorligiga ta’siri ilmiy-nazariy asosda tahlil qilindi. Qadimiy Gippokrat - Galen ta’limotidan boshlab zamonaviy neyropsixologik tadqiqotlargacha bo‘lgan temperament haqidagi qarashlar umumlashtirildi. Temperamentning to‘rt asosiy turi - sangvinik, xolerik, flegmatik va melanxolik tiplarga xos bo‘lgan psixologik xususiyatlar, ularning kuchli va zaif tomonlari, shuningdek, ta’lim, kasb tanlash va shaxslararo munosabatlardagi ahamiyati yoritiladi.

Zahro Nigmatova

82-84

2025-11-30

MULOQOT PSIXOLOGIYASI

Ushbu maqolada muloqot psixologiyasining mohiyati, uning nazariy asoslari va insonlar o‘rtasidagi kommunikativ jarayonlarda tutgan o‘rni tahlil qilinadi. Muloqotning verbal va neverbal shakllari, shaxslararo munosabatlarda psixologik omillar va kommunikativ kompetensiyaning shakllanish mexanizmlari yoritiladi. Shuningdek, muloqot jarayonida yuzaga keladigan psixologik to‘siqlar, ularning kelib chiqish sabablari va samarali kommunikatsiya strategiyalari ilmiy nuqtai nazardan ko‘rib chiqiladi.

Nurulloxon Jo‘rayev

85-87

2025-11-30

SEZGI XUSUSIYATLARI VA SEZGI QONUNIYATLARI

Ushbu maqolada sezgi jarayonining psixologik va fiziologik asoslari, uning asosiy xususiyatlari hamda sezgi rivojini belgilovchi qonuniyatlar ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Sezgi - insonning tashqi muhitdan ta’sirlarni qabul qilishning dastlabki bosqichi bo‘lib, idrok va tafakkurning shakllanishi uchun poydevor vazifasini bajaradi.

Sanjar Normatov

88-90

2025-11-30

QOBILIYATLAR, TALANT VA ULARNING TABIIY SHARTLARI

Maqolada insonning qobiliyatlari va talantlari tushunchalari, ularning rivojlanish mexanizmlari, tabiiy va ijtimoiy shartlari ilmiy nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Shuningdek, genetik, fiziologik, psixologik va ijtimoiy omillar qobiliyat va talantning shakllanishidagi o‘rni, shaxsiy va pedagogik nuqtai nazardan yoritiladi.

Shohruh Yusupov

91-92

2025-11-30

SEZGI JARAYONINING NERV-FIZIOLOGIK ASOSLARI

Maqolada sezgi jarayonlarining nerv-fiziologik mexanizmlari, sensor retseptorlarning tuzilishi va funksional xususiyatlari, transduktsiya jarayoni, nerv impulsining shakllanishi va markaziy nerv tizimida axborotning qayta ishlanish bosqichlari ilmiy manbalar asosida tahlil qilinadi. Shuningdek, talamusning sensor signallarni saralashdagi roli, sensor po‘stloqning integrativ faoliyati hamda sezgi tizimlarining neyroplastiklik imkoniyatlari yoritiladi. Sezgi jarayonlarining shaxsiy tajriba bilan bog‘liq bo‘lgan individual farqlanishlari neyrobiologik asoslar bilan izohlanadi.

Xasan Mavlonov

93-95

2025-11-30

FAOLIYAT TURLARI VA SHAXS FAOLLIGI

Ushbu maqolada inson faoliyatining asosiy turlari, ularning psixologik mazmuni hamda shaxs faolligining shakllanish mexanizmlari yoritilgan. Faoliyat - shaxsning ongli, maqsadga yo‘naltirilgan, ijtimoiy-madaniy tajribalar asosida amalga oshiriladigan jarayon bo‘lib, uning asosiy turlari mehnat, o‘qish, o‘yin va kommunikativ faoliyat tarzida tahlil qilinadi.

Behruz Yusufaliyev

96-98

2025-11-30

KREATIVLIK TUSHUNCHASI VA RIVOJLANISH OMILLARI

Maqolada kreativlikning psixologik mazmuni, uning tarixiy rivojlanishi, ilmiy konsepsiyalardagi talqinlari hamda shaxs rivojlanishidagi o‘rni tahlil qilinadi. Shuningdek, kreativlikni belgilovchi biologik, kognitiv, ijtimoiy-madaniy va ta’limiy omillar tizimli yondashuv asosida yoritiladi. Tadqiqot zamonaviy psixologiya, pedagogika va neyropsixologiya yo‘nalishlarining nazariy manbalariga tayangan.

Bunyodbek Xudaynazarov

99-101

2025-11-30

QOBILIYATLAR, TALANT VA ULARNING TABIIY SHARTLARI

Maqolada qobiliyat va talant tushunchalarining ilmiy-falsafiy va psixologik mazmuni, ularning shakllanishiga ta’sir qiluvchi tabiiy-biologik hamda ijtimoiy-pedagogik omillar tahlil qilinadi. Irsiyat, nerv tizimi, temperament, neyrofiziologik jarayonlar, faoliyat va muhitning rivojlantiruvchi roli zamonaviy psixologik yondashuvlar asosida tadqiq etiladi.

Maftuna Yusupbayeva

102-104

2025-11-30

PSIXOLOGIYANING ASOSIY VAZIFALARI VA TADQIQOT YO‘NALISHLARI

Ushbu maqolada psixologiya fanining asosiy vazifalari va zamonaviy tadqiqot yo‘nalishlari ilmiy-nazariy manbalar asosida tahlil qilinadi. Psixologiyaning tavsiflash, tushuntirish, bashorat qilish, korreksion hamda boshqaruv vazifalarining mazmuni ochib berilgan.

Shaxnoza Baxramova

105-108

2025-11-30

PSIXOLOGIYANING BOSHQA FANLAR BILAN ALOQADORLIGI

Ushbu maqolada psixologiyaning boshqa fanlar bilan aloqadorligi tahlil qilinadi. Psixologiya biologiya, sotsiologiya, pedagogika, nevrologiya va falsafa kabi fanlar bilan chambarchas bog‘liq ekanligi ko‘rsatiladi. Maqolada psixologiyaning turli sohalarda qo‘llanilishi, insonning ruhiy jarayonlarini tushunishda boshqa fanlarning o‘rni va ularning psixologik tadqiqotlarga qo‘shgan hissasi haqida so‘z yuritiladi.

Jasmina Ashurova

109-111

2025-11-30

THE PRAGMATIC FUNCTIONS OF EUPHEMISTIC EXPRESSIONS IN MODERN ENGLISH COMMUNICATION

This article examines the pragmatic functions of euphemistic expressions in modern English communication. Euphemisms are polite or indirect words used to avoid harsh, unpleasant, or socially sensitive meanings. In everyday communication, people use euphemisms to show respect, maintain social harmony, protect the listener’s feelings, and reduce the negative impact of taboo topics. The study explains different types of euphemistic expressions, such as softening words, indirect phrases, culturally polite terms, and professional euphemisms used in media, education, and workplaces. It explores how euphemistic language changes depending on context, culture, and communicative goals. Examples from real-life conversations, online communication, and public speech demonstrate how euphemisms influence meaning and social relationships.

Fazliddinova Maftuna Jamoliddinovna, Zubaydova Nilufar Ne'matullayevna

112-114

2025-11-30

THE INFLUENCE OF COLLABORATIVE ROLE-PLAY ACTIVITIES ON EFL LEARNERS’ SPEAKING CONFIDENCE IN COOPERATIVE LEARNING CLASSES

This article investigates the influence of collaborative role-play activities on EFL learners’ speaking confidence within cooperative learning classes. The study highlights how structured role-play exercises enable students to practice English in realistic scenarios, interact with peers, and receive constructive feedback. By fostering a supportive and interactive environment, these activities help reduce anxiety, build self-confidence, and improve overall speaking performance. The research emphasizes that integrating role-play into cooperative learning not only enhances learners’ communication skills but also encourages active participation, responsibility, and engagement in the classroom. Findings suggest that collaborative role-play is an effective pedagogical tool for developing both linguistic competence and learners’ confidence in using English.

Ne'matova Mushtariy Ilkhom qizi , Porsayeva Malika Makhmudovna

115-117

2025-11-30