Eurasian Journal of Academic Research is an open access, peer-reviewed international journal that publishes original research and review articles related to diverse areas. The main objective is to offer an intellectual platform to the international scholars and it aims to promote interdisciplinary studies in applied sciences. All manuscripts must be prepared in Uzbek, English or Russian languages and subject to a rigorous peer-review process.
Nashr qilingan: 2026-02-05
Maqolalar
SHAHAR LANDSHAFT ARXITEKTURASI VA JAMOAT MAYDONLARI: JAHON TAJRIBASI VA O’ZBEKISTONDA SAMARALI QO’LLASH IMKONIYATLARI
Mazkur ilmiy maqolada shahar landshaft arxitekturasi va jamoat maydonlarini tashkil etish bo’yicha jahon tajribasi tizimli ravishda tahlil qilinadi hamda ushbu tajribalarni O’zbekiston sharoitida samarali qo’llash imkoniyatlari asoslab beriladi. Tadqiqot davomida jamoat maydonlarining shahar muhitidagi funksional, ekologik va ijtimoiy ahamiyati ochib berilib, ularning barqaror shahar rivojlanishidagi o‘rni ilmiy nuqtai nazardan yoritiladi. Dunyoning yirik shaharlarida amalga oshirilgan zamonaviy arxitektura-landshaft loyihalari misolida jamoat makonlarini inson omiliga yo‘naltirish, yashil infratuzilmani rivojlantirish va mikroiqlimni yaxshilashga qaratilgan yondashuvlar tahlil qilinadi. Shuningdek, O’zbekiston shaharlarida jamoat maydonlarini rejalashtirishda iqlim sharoiti, tarixiy-me’moriy meros va milliy madaniyatni hisobga olgan holda xalqaro tajribani moslashtirish zarurligi asoslab beriladi. Maqola natijalari shaharsozlik va landshaft arxitekturasi sohasida ilmiy-amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, jamoat makonlarini rivojlantirishga oid qarorlar qabul qilishda foydalanilishi mumkin.
2026-02-04
KONTEYNERLASHTIRISH DARAJASINI HISOBLASH BO‘YICHA XALQARO TAJRIBA ASOSIDA MILLIY METODOLOGIYANI TANLASH
Ushbu maqolada konteynerlashtirish darajasini aniqlashda foydalaniladigan xalqaro metodlarni tahlil qilingan va ularning O‘zbekiston transport va logistika sanoatida qo‘llanish imkoniyatini ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot mavjud tuzilmalar kuchli va zaif tomonlarini, ayniqsa ma’lumotlarning mavjudligi, operatsion jarayonlar va infratuzilmaning rivojlanish darajasini solishtiradi. Hisobotning eng muhim xulosalaridan biri — xalqaro metodlarni O‘zbekistonning o‘ziga xos logistika tizimiga moslashtirishdir. Asosiy xulosalar shuni ko‘rsatdiki, TEU ulushi va o‘tkazuvchanlik samaradorligi global miqyosda tan olingan ko‘rsatkichlar bo‘lsada, ularni O‘zbekistonda qo‘llash uchun metodik yondashuvlar qayta ko‘rib chiqilishi va yaxshilangan ma’lumot to‘plash tizimlari joriy etilishi kerak. Tadqiqotda transport vazirligi va tegishli agentliklar uchun amaliy tavsiyalar bilan yakunlanadi. Ular qatoriga logistik markazlarda moslashtirilgan o‘lchov vositalarini sinovdan o‘tkazish, konteynerlashtirish bo‘yicha asosiy ko‘rsatkichlarni 2035-yilgacha mo‘ljallangan transport strategiyasi kabi milliy hujjatlarga kiritish va dalillarga asoslangan qarorlar qabul qilish uchun institutsional salohiyatni oshirish kiradi. O‘z navbatida, O‘zbekistonda konteynerlashtirish tashabbusini ilgari surish xalqaro ilg‘or tajribalarni milliy manfaatlar va zamonaviy muhitga moslashtirish orqali amalga oshiriladi. Ushbu tadqiqot konteynerlashtirish darajasini aniqlashda, statistik tahlillarni yuritishda aniq ma’lumotlarni olisni ta’minlaydi.
2026-02-04
BINO VA INSHOOTLARNI TEXNIK HOLATINI BAHOLASHNING TAKOMILLASHTIRISH YO‘LLARI
Yurtimizda bino va inshootlarning texnik holatini baholash jarayonida e’tibor qaratilishi zarur bo‘lgan asosiy jihatlar tahlil qilinadi. Qurilish obyektlarining xavfsiz va uzoq muddatli ekspluatatsiyasini ta’minlash uchun texnik ko‘riklarning muntazamligi, zamonaviy baholash usullarining qo‘llanilishi va normativ hujjatlarga asoslangan yondashuv muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolada vizual ko‘rik, instrumental tahlil va hujjatlar bilan ishlash metodlari, ularning samaradorligi, mavjud muammolar hamda ularni hal etish bo‘yicha takliflar yoritilgan.
2026-02-04
YANGI O‘ZBEKISTONDA INKLYUZIV TA’LIMNI RIVOJLANTIRISHDA XALQARO TAJRIBALARDAN FOYDALANISH MASALALARI (JANUBIY KOREYA VA YAPONIYA MAMLAKATLARI MISOLIDA)
Maqolada yangi O‘zbekistonda inklyuziv ta’limni rivojlantirish jarayonida xalqaro tajribalardan foydalanish masalalari tahlil qilinadi. Janubiy Koreya va Yaponiya mamlakatlaridagi inklyuziv ta’lim tizimlari o‘rganilib, ularning metodologik yondashuvlari va amaliyotdagi samaradorligi O‘zbekiston sharoitiga tatbiq qilish imkoniyatlari bilan solishtiriladi. Maqola inklyuziv ta’limning rivojlanish yo‘llari, pedagoglarning tayyorgarligi va maktablararo hamkorlik masalalarini ko‘rib chiqadi. Tadqiqot natijalari O‘zbekiston inklyuziv ta’lim tizimini modernizatsiya qilish va xalqaro tajribani samarali tatbiq etish bo‘yicha tavsiyalarni ishlab chiqishga xizmat qiladi.
2026-02-05
DEVELOPING STUDENTS’ SOCIO-MORAL COMPETENCIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS
This article examines the key problems that arise in the process of developing students’ socio-moral competencies and the ways to address them based on a theoretical and methodological analysis. The relevance of the topic is justified by the growing need in modern higher education to shape young people as socially responsible, morally mature individuals with a strong civic stance. The study is based on a systematic analysis of pedagogical and psychological literature, which identifies the factors that reduce the effectiveness of the educational process and substantiates conceptual approaches and methodological directions aimed at overcoming these challenges. As a result, a set of pedagogical solutions aimed at developing students’ socio-moral competencies is proposed. The proposed approach has scientific and practical significance for improving the effectiveness of educational work in higher education institutions.
2026-02-05
INGLIZ VA QORAQALPOQ TILLARIDA FE’L MORFOLOGIYASINING QIYOSIY TADQIQI
Mazkur maqolada ingliz va qoraqalpoq tillarida fe’l morfologiyasi qiyosiy tahlillanadi. Tadqiqotda fe’lning asosiy grammatik kategoriyalari, jumladan zamon, aspekt, mayl, nisbat, inkor va shaxs-son ko‘rsatkichlarining ifodalanish usullari tahlil qilinadi. Ingliz tili asosan analitik til bo‘lib, fe’l ma’nolarini yordamchi fe’llar va sintaktik konstruksiyalar orqali ifodalaydi, qoraqalpoq tili esa agglutinativ xususiyatga ega bo‘lib, grammatik ma’nolarni fe’l tarkibida qo‘shimchalar yordamida ifodalaydi. Qiyosiy tahlil natijalari har ikki tilda fe’l kategoriyalarining ifodalanishidagi tipologik farqlarni ochib beradi hamda ularning tarjima, til o‘qitish va qiyosiy tilshunoslikdagi ahamiyatini asoslaydi.
2026-02-06
ЗНАЧЕНИЕ ПОЛИМОРФИЗМА C1997A В ГЕНЕ COL1A1_1 У БОЛЬНЫХ С ОСТРЫМИ ЛЕЙКОЗАМИ
Кардиотоксические осложнения остаются одной из ведущих причин снижения качества жизни и прогноза у пациентов с острыми лейкозами, получающих противоопухолевую терапию. Наряду с клиническими и терапевтическими факторами, всё большее значение придаётся генетической предрасположенности, в том числе полиморфизмам генов, участвующих в формировании и ремоделировании внеклеточного матрикса. Полиморфизм C1997A (Sp1, rs1800012) гена COL1A1 влияет на регуляцию экспрессии коллагена I типа и может способствовать структурным нарушениям миокарда.
2026-02-06
BADIIY KULOLCHILIK VA UNI USTA HUNARMANDLAR BILAN KLASTER ASOSIDA RIVOJLANTIRISHNING ILMIY-AMALIY JIHATLARI
Mazkur ilmiy maqolada badiiy kulolchilikni rivojlantirishning dolzarb masalalari hamda uni usta hunarmandlar bilan klaster asosida tashkil etishning konseptual va tashkiliy mexanizmlari tadqiq etiladi. Tadqiqot jarayonida badiiy kulolchilikning madaniy va iqtisodiy mohiyati, sohada mavjud tizimli muammolar hamda ularni bartaraf etishda klaster yondashuvining ustun jihatlari ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Maqolada usta hunarmandlarning klaster tizimidagi markaziy o‘rni, usta–shogird an’anasini saqlash va rivojlantirish, innovatsion texnologiyalar hamda zamonaviy dizayn yechimlarini joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Shuningdek, klaster modeli asosida badiiy kulolchilikni rivojlantirishning ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligi, hududiy rivojlanish va milliy madaniy merosni asrashdagi ahamiyati yoritib berilgan. Tadqiqot natijalari badiiy kulolchilikni barqaror rivojlantirish, hunarmandlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda milliy hunarmandchilikni zamonaviy kreativ industriya sifatida shakllantirishga qaratilgan ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qiladi.
2026-02-06
ZAMONAVIY STRATEGIYALAR ASOSIDA BO‘LG‘USI PEDAGOGLARDA EMPATIK SIFATLARNI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK TEXNOLOGIYASINI TAKOMILLASHTIRISH (QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI MISOLIDA)
Mazkur maqolada zamonaviy strategiyalar asosida bo‘lg‘usi pedagoglarda empatik sifatlarni shakllantirishning pedagogik-psixologik asoslari hamda ularni rivojlantirishga yo‘naltirilgan pedagogik texnologiyalarni takomillashtirish masalalari tahlil qilingan. Tadqiqot jarayonida empatiya tushunchasining mohiyati, uning pedagog shaxsining kasbiy kompetensiyasidagi o‘rni hamda shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim tizimidagi ahamiyati ochib berilgan. Maqolada reflektiv ta’lim, rolli o‘yinlar, pedagogik treninglar va keys-stadi texnologiyalarining empatik sifatlarni rivojlantirishdagi imkoniyatlari ko‘rsatib berilgan. Qoraqalpog‘iston Respublikasi ta’lim muassasalari misolida bo‘lg‘usi pedagoglarda empatik sifatlarni shakllantirish jarayonini takomillashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
2026-02-09
SURUNKALI OBSTRUKTIV O‘PKA KASALLIGI (SOO‘K) BO‘LGAN BEMORLARDA GIPYERINSULINEMIYA KOMORBID HOLAT SIFATIDA
Surunkali obstruktiv o‘pka kasalligi (SOO‘K) nafaqat nafas funksiyasining buzilishi, balki tizimli metabolik buzilishlar bilan ham kechadi. Metabolik sindromning asosiy ko‘rinishlaridan biri gipyerinsulinemiya — qonda insulin darajasining oshishi bo‘lib, u insulinrezistentlik (insulinga rezistentlik) va 2-tip qandli diabet rivojlanishidan oldin paydo bo‘lishi mumkin.
2026-02-09
M.NÍZANOV «ASHÍQ BOLMAǴAN KIM BAR» ROMANÍNDA FRAZEOLOGIYALÍQ SINONIMLERDIŃ QOLLANÍLÍWÍ
Bul maqalada M.Nızanovtıń «Ashıq bolmaǵan kim bar» romanında frazeologiyalıq sinonimlerdiń qollanılıw ózgeshelikleri sóz etiledi. Frazeologiyalıq sinonimlerdiń bir-birinen óziniń emocional-ekspressivlik boyawlarınıń ajıralıp turatuǵınlıǵın shıǵarmadan alınǵan mısallar arqalı talqılanadı.
2026-02-10
KREATIV KOMPETENTLIKNI INTEGRATSIYALASHGAN METODLAR ORQALI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI
Maqolada integrativ yondashuv asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kreativ kompetentligini rivojlantirishga qaratilgan amaliyot-metodik mexanizmlar tahlil qilingan. Kreativlik faqat individual qobiliyat yoki abstrakt sifat sifatida emas, balki fanlar orasi bilimlar, metodik fikrlash, psixologik sezgirlik va raqamli texnologiyalar uyg‘unligida shakllanadigan kasbiy kompetensiya sifatida talqin qilinadi. Maqolada integrativ metodik loyihalash, muammoli-integrativ vaziyatlar, fanlar orasi kreativ topshiriqlar, metodik laboratoriya, loyiha asosida integrativ o‘qitish, refleksiv-tahliliy integratsiya va kreativ metodik portfolio kabi usullar tafsiloti bilan bayon qilingan. Ushbu usullar talabalarni pedagogik vaziyatlarni tahlil qilish, darsni qayta loyihalash, fanlar orasi bilimlarni uyg‘unlashtirish, ochiq topshiriqlar yaratish, baholash mezonlarini aniqlash va refleksiv tahlil orqali pedagogik qarorlarni takomillashtirishga tayyorlaydi. Maqola kreativ kompetentlikni rivojlantirishda integrativ yondashuvning samaradorligini amaliyot misollari bilan ko‘rsatadi.
2026-02-10
AYOLLAR MASLAHATXONASI MUASSASASINING REPRODUKTIV YOSHDAGI AYOLLAR ORASIDA GINEKOLOGIK KASALLIKLARNI OLDINI OLISHDAGI O‘RNI
Ginekologik kasalliklar reproduktiv yoshdagi ayollar orasida jiddiy sog'liqni saqlash muammosi bo'lib qolmoqda va kasallanish, hayot sifatining pasayishi va reproduktiv tizimning salbiy natijalariga katta hissa qo'shadi. Profilaktik tibbiy yordam xizmatlari ginekologik kasalliklarni erta aniqlash, xavfni kamaytirish va o'z vaqtida davolashda muhim rol o'ynaydi. Ayollar maslahat klinikalari birlamchi tibbiy yordam tizimlarining asosiy tarkibiy qismi bo'lib, reproduktiv salomatlik xizmatlari, profilaktik tekshiruvlar, sog'liqni saqlash bo'yicha ta'lim va maslahatlarni taqdim etadi. Ushbu tadqiqot reproduktiv yoshdagi ayollar orasida ginekologik kasalliklarning oldini olishda ayollar maslahat klinikalarining roli va samaradorligini baholashga qaratilgan. Profilaktik strategiyalarga, jumladan, muntazam ginekologik tekshiruvlar, skrining dasturlari, sog'liqni saqlash bo'yicha ta'lim va erta tashxis qo'yishga alohida e'tibor qaratiladi
2026-02-10
FEATURES AND EFFICIENCY OF SIMULATION CENTERS: AN EXAMPLE OF MEDICAL UNIVERSITIES IN UZBEKISTAN
This study examines the effectiveness of simulation centers in medical universities in Uzbekistan, focusing on their role in enhancing practical skills, clinical reasoning, and professional competence among medical students. Simulation centers provide realistic, risk-free environments where learners can practice procedures, manage clinical scenarios, and develop teamwork and communication skills. The research evaluates the integration of simulation-based education into medical curricula, including structured scenarios, feedback mechanisms, and competency assessments. Findings indicate that well-designed simulation centers significantly improve student confidence, skill acquisition, and readiness for clinical practice. The study also highlights challenges, such as technological limitations, faculty training, resource allocation, and curriculum integration. Recommendations for optimizing the effectiveness of simulation centers in Uzbekistan include investment in infrastructure, faculty development, and strategic curriculum planning to align with international standards.
2026-02-11
FEATURES OF THE IMPACT OF TELEMEDICINE ON THE AVAILABILITY OF MEDICAL CARE IN DEVELOPING COUNTRIES
Telemedicine has emerged as one of the most transformative innovations in modern healthcare, particularly in developing countries where access to medical services is often limited. By utilizing digital communication technologies, telemedicine enables remote consultations, diagnosis, and treatment, bridging the gap between healthcare providers and patients in rural or underserved areas. This approach not only enhances healthcare accessibility but also reduces the burden on hospitals and healthcare workers. During the COVID-19 pandemic, telemedicine proved to be an effective tool for maintaining continuity of care while minimizing infection risks. However, despite its significant potential, the implementation of telemedicine in developing countries faces various obstacles, such as insufficient digital infrastructure, low internet penetration, limited digital literacy, and regulatory challenges. This paper analyzes the impact of telemedicine on healthcare accessibility, identifies the key barriers to its adoption, and provides recommendations for the sustainable integration of telemedicine into public health systems
2026-02-11
ҲУДУДЛАРДА ЖИНОЯТЧИЛИКНИ ОЛДИНИ ОЛИШДА «ИЖТИМОИЙ ПРОФИЛАКТИКА ҲАФТАЛИГИ» НИ ТАШКИЛ ЭТИШ ВА ЎТКАЗИШ ТАРТИБИНИ ЎРНИ
Мазкур тадқиқотда ҳудудларда жиноятчиликни олдини олиш тизимида «Ижтимоий профилактика ҳафталиги»ни ташкил этиш ва ўтказиш тартибининг ўрни илмий-назарий ва амалий жиҳатдан таҳлил қилинган. Ижтимоий профилактика жиноятчиликнинг сабаб ва шарт-шароитларини бартараф этишга қаратилган комплекс механизм сифатида ёритилиб, унинг маҳалла институти орқали амалга оширилиши самарали йўналиш экани асосланган. Ҳафталикни ташкил этишда криминоген вазиятни таҳлил қилиш, манзилли режалаштириш, идоралараро ҳамкорликни таъминлаш, аҳолининг ҳуқуқий онги ва маданиятини юксалтириш ҳамда ижтимоий муаммоларни ҳал қилишга қаратилган чора-тадбирлар муҳим аҳамият касб этиши кўрсатилган. Илмий тадқиқотлар ва расмий статистик маълумотлар асосида мазкур механизм жиноятчиликни барвақт олдини олишга хизмат қилиши илмий жиҳатдан асосланган.
2026-02-11
ВЛИЯНИЕ СОВРЕМЕННЫХ УЛЬТРАЗВУКОВЫХ МЕТОДОВ НА ВЫБОР ХИРУРГИЧЕСКОЙ ТАКТИКИ И КЛИНИЧЕСКИЕ ИСХОДЫ ПРИ ТУБЕРКУЛЁЗЕ ПЕРИФЕРИЧЕСКИХ ЛИМФАТИЧЕСКИХ УЗЛОВ
При туберкулёзе периферических лимфатических узлов (ТПЛУ) выбор хирургической тактики затруднён из-за клинико-морфологической неоднородности процесса и риска деструктивных осложнений. Цель. Оценить влияние поэтапного ультразвукового протокола (B-режим, допплерография, эластография по Furukawa) на принятие хирургических решений и клинические исходы. Материалы и методы. Проспективное одноцентровое исследование (n=150; 2019–2022). Стратификация проводилась по алгоритму 150→100→50 с анализом размеров, васкуляризации (RI) и эластографических типов. Результаты. Хирургическое лечение выполнено 62 пациентам (41,3 %), консервативная тактика — 88 (58,7 %); пересмотр решения потребовался у 29 (19,3 %). Частота операции при Furukawa IV–V составила 94,4 %, при I–II — 16,7 % (p<0,001). Осложнения отмечены у 9,7 %, повторные вмешательства — у 4,8 %; прогрессирования при консервативном лечении не зарегистрировано. Заключение. Мультимодальный ультразвуковой алгоритм обеспечивает количественную стратификацию активности процесса и способствует обоснованному выбору хирургической тактики при ТПЛУ.
2026-02-11
STUDY OF SPECIFIC RESISTANCE OF THE BODY OF WORKERS IN THE SPINNING INDUSTRY
The spinning industry is characterized by continuous physical activity, repetitive movements, exposure to dust, vibration, and noise. These occupational factors influence the specific resistance of the human body, which refers to the ability of an organism to withstand physical and environmental stressors. This study evaluates cardiovascular, respiratory, and musculoskeletal resistance among spinning industry workers. Comparative analysis with a control group reveals significant reductions in physiological resistance indicators. The findings highlight the importance of preventive occupational health strategies.
2026-02-12
O‘ZBEKISTONDA XOTIN-QIZLAR VA BOLALARNI TAZYIQ HAMDA ZO‘RAVONLIKDAN HIMOYA QILISHNING KOMPLEKS TIZIMI: HUQUQIY, IJTIMOIY VA INSTITUTSIONAL TAHLIL
Ushbu maqolada O‘zbekistonda xotin-qizlar va bolalarni tazyiq hamda zo‘ravonlikdan himoya qilishning huquqiy-institutsional mexanizmlari tizimli tahlil qilinadi. Tadqiqotda 2023-yildagi Jinoyat kodeksiga kiritilgan o‘zgarishlar va 2024-yilda qabul qilingan bolalar himoyasiga oid yangi qonuniy ustuvorliklar ilmiy nuqtai nazardan yoritilgan. Maqola yakunida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari faoliyati o‘rganilib, jamiyatda zo‘ravonlikka nisbatan murosa-sizlikni shakllantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ilgari surilgan.
2026-02-12
