Мы рады сообщить вам, что Центр поддержки исследований «Innovative Academy» организовал Республиканская конференция «Наука и инновация». Это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований.
Nashr qilingan: 2025-09-16
Maqolalar
TIJORAT BANKLARIDA ASOSIY VOSITALAR HISOBINI TAKOMILLASHTIRISHNING ZAMONAVIY YO‘NALISHLARI
Ushbu tezisda tijorat banklari faoliyatida asosiy vositalar hisobini takomillashtirish masalalari zamonaviy yondashuvlar nuqtai nazaridan tahlil qilingan. Banklarning moliyaviy barqarorligini ta’minlashda asosiy vositalarning hisobga olinishi, baholanishi va audit jarayonlarining xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga (IFRS, xususan IAS 16) muvofiqligini ta’minlash muhim hisoblanadi. Tezisda raqamli transformatsiya, avtomatlashtirilgan hisob tizimlari, qayta baholash (revalyatsiya) usullari, eskirish (impairment) testlari, shuningdek, ichki nazorat va audit tizimlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha zamonaviy tendensiyalar ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, ESG tamoyillariga asoslangan yondashuvlar, katta ma’lumotlar (Big Data) va blokcheyn texnologiyalarining asosiy vositalar hisobidagi ahamiyati ochib berilgan. Muallif tomonidan tijorat banklarida yuzaga kelayotgan muammolar tahlil etilib, amaliy takliflar ishlab chiqilgan. Mazkur tadqiqot natijalari asosiy vositalar hisobining haqqoniyligi, bank moliyaviy hisobotlarining shaffofligi va audit jarayonining ishonchliligini oshirishga xizmat qiladi.
2025-09-15
STEM ТАЪЛИМИДА СУНЪИЙ ИНТЕЛЛЕКТ ВОСИТАЛАРИДАН ФОЙДАЛАНИШНИНГ ҚОРАҚАЛПОҒИСТОН ТАЖРИБАСИ
STEM (Science, Technology, Engineering, Mathematics) таълими минтақанинг техник ва инновацион ривожи учун асосдир. Қорақалпоғистон мактабларида STEM соҳасини ривожлантиришда сунъий интеллект (СИ) асбоблари ўқитишни интерактив ва натижали қилишда муҳим рол ўйнайди.
2025-09-15
MAKTAB DARSLIKLARIDA BADIIY SAN’ATLARNING O‘QITILISHIDA ILG‘OR PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING O‘RNI
Mazkur tesizda maktab darsliklarida badiiy san’atlarning o‘qitilishida ilg‘or pedagogik texnologiyalarning ahamiyati yoritilgan. Unda badiiy san’atlarning o‘quvchilarda obrazli tafakkur, nutq madaniyati va estetik didni rivojlantirishdagi roli tahlil qilingan. Shuningdek, interfaol metodlar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, loyiha va keys-stadi yondashuvlarining samaradorligi ilmiy asosda izohlangan. Tesizda ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalanish orqali o‘quvchilarning ijodkorligi, mustaqil fikrlashi va milliy adabiy merosga bo‘lgan qiziqishi shakllanishi ko‘rsatib berilgan.
2025-09-15
THE EFFECTIVENESS OF MULTIMEDIA IN TEACHING ENGLISH AT SCHOOL
This article discusses the effectiveness of multimedia in teaching English at school. Multimedia tools enhance student motivation, improve comprehension and retention, and support the development of listening, speaking, reading, and writing skills. They also help teachers create interactive lessons and promote classroom collaboration. Although challenges such as limited resources and training exist, multimedia remains a powerful tool for improving English learning outcomes.
2025-09-16
TALABALARDA INGLIZ TILINI O‘ZLASHTIRISH JARAYONIDA VIRTUAL REALLIK IMKONIYATLARIDAN FOYDALANISH
Ushbu maqolada ingliz tilini o‘qitishda virtual reallik (VR) texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari tahlil qilingan. Virtual muhit orqali talabalar sun’iy yaratilgan, ammo real hayotga yaqin sharoitlarda muloqotga kirishib, nazariy bilimlarini amaliy jarayon bilan uyg‘unlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Tadqiqotda VR asosida ta’limni tashkil etishning metodik yondashuvlari, afzalliklari hamda xorijiy tajribalar tahlil qilinib, O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida ushbu texnologiyalarni tatbiq etishning ahamiyati asoslab berilgan.
2025-09-16
XALQARO SAVDO VA JAHON IQTISODIYOTINING DOLZARB MUAMMOLARI VA YECHIMLARI
Xalqaro savdo XXI asrda iqtisodiy globalizatsiyaning asosiy elementlaridan biri bo‘lib qoldi. Mamlakatlarning iqtisodiy taraqqiyoti ko‘p jihatdan ularning savdo imkoniyatlari va global bozorlar bilan integratsiyalashishiga bog‘liq. Ushbu maqolada xalqaro savdoning ahamiyati, uning iqtisodiy taraqqiyotga ta’siri va zamonaviy iqtisodiy sharoitlarda savdo munosabatlarining rivojlanishi bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqiladi.
2025-09-16
ПИЕЛОНЕФРИТ И БЕРЕМЕННОСТЬ
Пиелонефрит — одно из наиболее часто встречающихся экстрагенитальных заболеваний у беременных женщин, представляющее серьёзную угрозу как для матери, так и для плода. Анатомо-физиологические изменения в организме женщины в период гестации способствуют развитию инфекций мочевых путей и их осложнений. Пиелонефрит во время беременности увеличивает риск акушерских осложнений (преэклампсия, анемия, преждевременные роды), а также неблагоприятных перинатальных исходов. Современные методы диагностики и лечения позволяют своевременно выявлять и эффективно контролировать заболевание, снижая его последствия.
2025-09-16
АЙБСИЗЛИК ПРЕЗУМПЦИЯСИНИНГ АСОСИЙ БЕЛГИЛАРИ
ушбу мақолада ишни судга қадар юритиш босқичида қўлланиладиган айбсизлик презумпцияси принципига амал қилиш, унинг Ўзбекистон Республикаси Конституцияси ва Жиноят-процессуал кодексида ўзаро ўхшаш ва фарқли жиҳатлари, шунингдек унинг асосий белгилари ҳамда уларнинг бугунги кунда ҳуқуқни қўллаш амалиётида қўлланилиши ёритилган.
2025-09-16
TALABALARNING OG‘ZAKI NUTQ KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH (CLIL YONDASHUVI ASOSIDA, IT YO‘NALISHI MISOLIDA)
Mazkur maqolada IT – “Axborot Texnologiyalari” yo‘nalishi talabalari uchun og‘zaki nutq kompetensiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish masalasi yoritilgan. CLIL (Content and Language Integrated Learning) yondashuvining lingvistik va kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Empirik tadqiqotlar asosida CLIL metodining samaradorligi, til va fan mazmunini integratsiyalash orqali og‘zaki nutq ravonligini 20–30% ga oshirishi mumkinligi asoslab berilgan. Maqolada IT sohasiga oid real vaziyatlar, role-play va case study kabi metodlar orqali talabalarda tanqidiy fikrlash, kasbiy nutq va xalqaro hamkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish amaliy tavsiyalar bilan ko‘rsatib berilgan.
2025-09-17
VOYAGA YETMAGANLAR O`RTASIDA NAZORATSIZLIK VA HUQUQBZARLIKLARNI OLDINI OLISHH HAMDA QARSHI KURASHISHDA ICHKI ISHLAR ORGANLARI MAS`UL DAVLAT ORGANI SIFATIDA ISHTIROKI
Ushbu tezisda voyaga yetmaganlar nazoratsizligi va ular tomonidan sodir etilayotgan ijtimoiy havfli qilmishlarga qarshi kurashish, ularni barvaqt oldini olish yuzasidan profilaktik chora tadbirlarni amalga oshirish, ijtimoiy xavfli darajadagi voyaga yetmagan fuqarolar ustidan nazoratni amalga oshirish vakolatiga ega bo`lgan davlat organi “ichki ishlar organlari” ning o`rni hamda ular tomonidan amalga oshirilishi lozim bo`lgan hatti-harakatlar bo`yicha to`liq, aniq va tizimli ma`lumotlar yoritib beriladi.
2025-09-17
THE ROLE OF PEDAGOGY IN DEVELOPING EMOTIONAL INTELLIGENCE IN STUDENTS
In recent years, emotional intelligence (EI) has gained recognition as a crucial factor in students’ academic success and personal development. Defined as the ability to understand, manage, and express emotions effectively, EI influences communication, decision-making, and interpersonal relationships. Pedagogy, as the science and art of teaching, plays a vital role in fostering these skills within educational settings. By incorporating strategies that promote empathy, reflection, and collaboration, teachers can nurture students’ emotional growth alongside cognitive abilities. This paper explores the role of pedagogy in developing emotional intelligence and its importance for holistic student development in the 21st century.
2025-09-17
THE ROLE OF EARLY ENGLISH EDUCATION IN FOSTERING FLUENCY AND CONFIDENCE IN SPEAKING
English has become the most widely used international language for communication, education, and professional development. In Uzbekistan, recent educational reforms have emphasized the importance of teaching English from the earliest grades, aiming to prepare students for active participation in the global community. Early English education is viewed not only as a way to improve academic achievement but also as a means of fostering fluency and self-confidence in oral communication.
2025-09-17
CIVIC HUMANISM AND THE ETHICS OF TRANSLATION
This article argues that translators working in public‐service settings embody a form of civic humanism: by enabling multilingual deliberation they perform the ethical labour of sustaining participatory democracy. Drawing on Gadamer’s concept of Bildung and recent scholarship on interpreter activism, the study reframes linguistic mediation as a practice of civic education and ethical formation. A synthesis of philosophical, sociolinguistic and Uzbek‐language research generates an integrated model in which professional codes of ethics intersect with the translator’s public responsibility. Case analyses from Europe and Uzbekistan illustrate how civic virtues – solidarity, reciprocity and practical judgment – are cultivated through interpreting. Recommendations are offered for pedagogy, policy and future research.
2025-09-17
BANK AKTIVLARI PORTFELINI DIVERSIFIKATSIYA QILISH ORQALI SAMARADORLIKNI OSHIRISH
Ushbu maqolada bank aktivlari portfelini diversifikatsiya qilishning nazariy asoslari va amaliy jihatlari tahlil qilingan. Diversifikatsiya bankning moliyaviy barqarorligini ta’minlash, risklarni kamaytirish hamda rentabellikni oshirishda samarali vosita sifatida namoyon bo‘ladi. “Asakabank” ATB misolida oxirgi yillardagi aktivlar tarkibi statistik ma’lumotlar asosida o‘rganilib, portfel diversifikatsiyasi darajasi baholangan. Shuningdek, xalqaro tajribalar tahlili asosida O‘zbekiston tijorat banklarida aktivlardan samarali foydalanishning ustuvor yo‘nalishlari belgilab berilgan.
2025-09-17
O‘ZBEKISTONDA MIKROMOLIYAVIY XIZMATLARNING RIVOJLANISH TENDENSIYALARI VA BANK TIZIMIDA TUTGAN O‘RNI
Mazkur maqolada O‘zbekistonda mikromoliyaviy xizmatlarning rivojlanish tendensiyalari va bank tizimida tutgan o‘rni chuqur ilmiy tahlil qilinadi. Mikromoliyaviy xizmatlar iqtisodiy islohotlar jarayonida aholining moliyaviy resurslarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlari yaratish va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashda muhim vosita sifatida namoyon bo‘lmoqda. Tadqiqotda oxirgi yillardagi milliy bank tizimidagi statistik ma’lumotlar va xalqaro tajribalar asosida O‘zbekistondagi mikromoliyaviy xizmatlarning rivojlanish xususiyatlari ochib beriladi. Shuningdek, tijorat banklari, xususan “Hamkorbank” ATB misolida mikromoliyaviy xizmatlarning amaliy qo‘llanilishi, ularning hisobini takomillashtirish zarurati va raqamlashtirish jarayonida yuzaga kelayotgan yangi imkoniyatlar yoritiladi. Natijalar mamlakat bank tizimida mikromoliyaviy xizmatlarni yanada rivojlantirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
2025-09-17
O‘ZBEKISTONDA TIJORAT BANKLARIDA ISTE’MOL KREDITLARI BOZORINING RIVOJLANISH TENDENSIYALARI
Mazkur maqolada O‘zbekistonda tijorat banklari faoliyatida iste’mol kreditlari bozorining rivojlanish tendensiyalari chuqur tahlil qilinadi. So’ngi yillar davrida iste’mol kreditlari hajmining dinamikasi, bank kredit portfellarida ushbu segmentning o‘rni hamda foiz siyosatining aholi farovonligiga ta’siri o‘rganilgan. Normativ-huquqiy islohotlar, xususan, Markaziy bankning kreditlash bozorini tartibga solish bo‘yicha qarorlari, Prezident farmonlari va hukumat qarorlari asosida bank tizimida yaratilgan yangi sharoitlar tahlil qilinadi. Shuningdek, xorijiy mamlakatlar tajribasi, raqamli texnologiyalarning kreditlash jarayoniga tatbiqi hamda kredit riski boshqaruvining zamonaviy mexanizmlari yoritilgan. Tadqiqot natijalari iste’mol kreditlari aholining moliyaviy savodxonligini oshirish, ichki bozorni faollashtirish va iqtisodiy barqarorlikka xizmat qilayotganini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, tijorat banklari uchun kredit portfeli sifatini oshirish, risklarni minimallashtirish va zamonaviy moliyaviy instrumentlardan foydalanish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
2025-09-17
O‘ZBEKISTONDA IPOTEKA KREDITLASH BOZORINI RIVOJLANTIRISHNING ASOSIY YO‘NALISHLARI VA MUAMMOLARI
Mazkur maqolada O‘zbekistonda ipoteka kreditlash bozorining rivojlanish yo‘nalishlari va mavjud muammolari chuqur tahlil qilinadi. Ipoteka kreditlari aholini uy-joy bilan ta’minlash, qurilish sohasini qo‘llab-quvvatlash hamda bank tizimining aktivlar portfelini diversifikatsiya qilishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. So‘nggi yillarda hukumat tomonidan qabul qilingan qarorlar va subsidiyalar ipoteka bozorini kengaytirgan bo‘lsa-da, yuqori foiz stavkalari, qaytarilmaslik xavfi, aholi daromadlari bilan kredit to‘lovlari o‘rtasidagi nomutanosiblik hamda xalqaro standartlarga moslashishdagi muammolar sektor barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Tadqiqotda oxirgi yillar statistik ma’lumotlari, qiyosiy tahlil va xalqaro tajribalar asosida O‘zbekistonda ipoteka kreditlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy xulosalar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
2025-09-17
TIJORAT BANKLARIDA XARAJATLARNI REJALASHTIRISH VA BUDJETLASHTIRISHNING ZAMONAVIY USULLARI
Mazkur maqolada tijorat banklarida xarajatlarni rejalashtirish va budjetlashtirishning zamonaviy usullari ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Bank faoliyatida xarajatlarni aniq rejalashtirish va samarali budjetlashtirish moliyaviy barqarorlikni ta’minlash, risklarni kamaytirish va foydalilik darajasini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Tadqiqotda xalqaro standartlar — IFRS, Basel tamoyillari, shuningdek, ilg‘or xorijiy tajribalar asosida bank xarajatlarini boshqarishning innovatsion usullari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, O‘zbekiston tijorat banklari misolida amaldagi rejalashtirish va budjetlashtirish amaliyoti tahlil qilinib, ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi. Natijada, bank tizimida samaradorlikni oshirish, raqobatbardoshlikni mustahkamlash va moliyaviy resurslardan oqilona foydalanish imkoniyatlari yoritiladi.
2025-09-17
IJTIMOIY LOYIHALARDA STRESS OMILLARINI ANIQLASH VA ULARNI BOSHQARISH MEXANIZMLARI
Mazkur maqolada ijtimoiy loyihalarda stress omillarining kelib chiqish sabablari va ularni samarali boshqarish mexanizmlari tahlil qilingan. Stressning tashkiliy, psixologik hamda tashqi manbalari aniqlanib, ularning loyiha jamoalari samaradorligiga ko‘rsatadigan ta’siri ilmiy asosda yoritilgan. Shuningdek, kommunikatsiyani rivojlantirish, resurslarni optimal taqsimlash, psixologik treninglar o‘tkazish, yetakchilik uslublarini takomillashtirish va innovatsion texnologiyalardan foydalanish orqali stressni boshqarishning zamonaviy yo‘llari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqotda O‘zbekiston tajribasi xalqaro amaliyot bilan qiyosiy tahlil qilinib, ijtimoiy loyihalarda stressni kamaytirish hamda barqaror natijalarga erishish uchun ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
2025-09-17
TIJORAT BANKLARIDA KREDIT SIYOSATINING INNOVATSION MOLIYAVIY TEXNOLOGIYALAR BILAN UYG‘UNLIGI
Ushbu maqolada tijorat banklarida kredit siyosatini takomillashtirishda innovatsion moliyaviy texnologiyalarning (fintech, blokcheyn, big data, sun’iy intellekt) o‘rni va ahamiyati yoritiladi. Kredit siyosati jarayonlarida raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali kreditlashning tezkorligi, shaffofligi va xavfsizligi oshishi, mijozlarga yo‘naltirilgan mahsulotlarni shakllantirish imkoniyati kengayishi asoslab beriladi. Tadqiqot O‘zbekiston tijorat banklari, xususan “Mikrokreditbank” ATB misolida olib borilib, kredit siyosatini innovatsion yechimlar bilan uyg‘unlashtirish amaliyotining afzalliklari va muammolari tahlil qilinadi. Natijalar kredit siyosatini takomillashtirish, banklarning raqobatbardoshligini oshirish va iqtisodiy barqarorlikka erishishda zamonaviy texnologiyalar hal qiluvchi omil ekanini ko‘rsatadi.
2025-09-17
TIJORAT BANKLARIDA KREDITLASH JARAYONINI RAQAMLASHTIRISHNING SAMARADORLIKKA TA’SIRI (“HAMKORBANK” ATB MISOLIDA)
Mazkur maqolada tijorat banklarida kreditlash jarayonini raqamlashtirishning samaradorlikka ta’siri “Hamkorbank” ATB misolida tahlil qilinadi. Raqamli texnologiyalar bank xizmatlari sifatini oshirish, kredit risklarini kamaytirish va mijozlarga qulaylik yaratishdagi asosiy omil sifatida ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotda kreditlash jarayonida elektron hujjat aylanishi, onlayn ariza topshirish tizimi, scoring-modellar va sun’iy intellektdan foydalanish amaliyoti o‘rganilib, ularning samaradorlikka ta’siri iqtisodiy ko‘rsatkichlar orqali yoritiladi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, raqamlashtirish jarayoni “Hamkorbank” ATBda kredit portfelining sifatini yaxshilash, operatsion xarajatlarni qisqartirish hamda moliyaviy inklyuziyani oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
2025-09-17
BANK MENEJMENTIDA MIJOZLAR BILAN MUNOSABATLARNI BOSHQARISH TIZIMINING SAMARADORLIGI
Ushbu maqolada tijorat banklari menejmentida mijozlar bilan munosabatlarni boshqarish tizimining (CRM – Customer Relationship Management) roli va samaradorligi chuqur o‘rganiladi. Ayniqsa, raqamli transformatsiya sharoitida mijozga yo‘naltirilgan yondashuv bankning raqobatbardoshligini oshirishda strategik vosita sifatida ko‘rilmoqda. Xizmat ko‘rsatish sifati, mijoz sadoqati va daromadlarni barqarorlashtirishda CRM texnologiyalarining qo‘llanilishi, ularning bank boshqaruvi strukturasi bilan integratsiyasi tahlil qilinadi. Tadqiqot doirasida AT “Xalqbanki” misolida mavjud CRM amaliyoti o‘rganilib, tizim samaradorligini baholash bo‘yicha mezonlar ishlab chiqilgan. Mazkur maqola banklar faoliyatida mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, ularning ehtiyojlariga mos xizmatlar yaratish hamda mijozlar bilan uzoq muddatli, ishonchli aloqalarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tavsiyalarni taklif etadi.
2025-09-17
IRRIGATOR-MELIORATOR KADRLAR TAYYORLASH BO‘YICHA XALQARO HAMKORLIKLAR
Ushbu maqolada zamonaviy qishloq xo‘jaligida samarali suv resurslarini boshqarish va yerlarni meliorativ jihatdan yaxshilash jarayonida irrigator-meliorator kadrlarining tayyorlanishi va malakalarini oshirishning ahamiyati tahlil qilinadi. Maqolada xalqaro hamkorliklarning rivojlanishi, shu jumladan, FAO, UNESCO va BMT kabi tashkilotlarning irrigatsiya va melioratsiya sohasidagi yondashuvlari, tajriba almashish va yangi texnologiyalarni joriy etish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Xalqaro dasturlar orqali malakali kadrlarni tayyorlash jarayonining muvaffaqiyati va o‘rta Osiyo mintaqasidagi innovatsion yondashuvlarning ahamiyati alohida e’tiborga olinadi.
2025-09-17
TURKISTON JADIDLARINING TEATR VA MATBUOT ORQALI TAG‘IBOT ISHLARIDAGI INNOVATSION USULLARI
Ushbu maqola XIX–XX asr boshlarida Turkistonda jadid harakatining teatr va matbuot orqali olib borgan targ‘ibot ishlarini o‘rganishga qaratilgan bo‘lib, maqolada jadidlarning innovatsion pedagogik yondashuvlari, teatr sahnasida interaktiv usullarni qo‘llashi va matbuot orqali ilmiy-ma’rifiy g‘oyalarni keng jamoatchilikka yetkazishi tahlil qilinadi. Shuningdek, ular milliy uyg‘onish va ma’naviy tarbiya jarayoniga qo‘shgan hissasi yoritiladi.
2025-09-17
JADIDCHILIK VA MILLIY UYG‘ONISHDA NIZOMIDDIN XO‘JAEVNING O‘RNI
Ushbu maqolada jadidchilik harakatining yirik vakillaridan biri bo‘lgan Nizomiddin Xo‘jaevning hayoti, faoliyati va milliy uyg‘onishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Adabiyotlar tahlili asosida uning ma’rifatparvarlik, siyosiy kurash va milliy ongni uyg‘otishdagi xizmatlari yoritilgan. Shuningdek, qatag‘on davrida boshiga tushgan fojeali taqdiri ham tarixiy saboq sifatida ko‘rib chiqiladi.
2025-09-17
BUXORO AMIRLIGINING ORDEN VA MEDALLARI
Markaziy Osiyo tarixida Buxoro amirligi (1785-1920) o’ziga xos siyosiy va madaniy markazlardan biri bo’lib o’z davlatchilik tizimi,diplomatik aloqalari va ijtimoiy tuzumiga ega edi.Amirlikda davlat ramzlari, hukmdor nishonlari, harbiy va ma’muriy xizmatlarni taqdirlash tizimi ham shakllangan. Bu tizimning muhum unsurlaridan biri orden va medallar hisoblangan. Ular davlatning siyosiy qudratini namoyon etish, amaldorlar va sodiq kishilarni rag’batlantirish, shuningdek diplomatik aloqalarda faxriy sovg’a sifatida qo’llanilgan. Sharq mamlakatlarida qadimdan hukmdorlar o’z sodiq amaldorlari va lashkarboshilarni qimmatbaho liboslar, oltin- kumush buyumlar, aslahalar hamda nishonlar bilan mukofotlashgan. Buxoro amirligida ham bu an’ana davom etgan bo’lib, XIX asr o’rtalaridan boshlab g’arb davlatlari tajribasiga asoslangan holda maxsus orden va medallar joriy qilina boshladi. Amirlar hukmronligi davrida medallar ikki maqsadda berilgan:
2025-09-17
TALABALAR ORASIDA SOG‘LOM OVQATLANISH VA JISMONIY MASHG‘ULOTLARNI INTEGRATSIYALASH TAJRIBASI
Ushbu tezisda talabalar orasida sog‘lom ovqatlanish va jismoniy mashg‘ulotlarni uyg‘unlashtirish tajribasi yoritilgan. Muntazam sport mashg‘ulotlari va ilmiy asoslangan ovqatlanish ratsioni sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, samaradorlikni oshirish hamda kasalliklarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlangan. Talabalar turmush tarzida jismoniy faollik va to‘g‘ri ovqatlanishning uyg‘unligi amaliy misollar asosida tahlil qilinadi.
2025-09-17
СУД-ҲУҚУҚ ТИЗИМИДА РАҚАМЛАШТИРИШ ЖАРАЁНЛАРИ ЯНГИ БОСҚИЧГА КЎТАРИЛМОҚДА
Давлатимиз раҳбарининг 2025 йил 21 август куни қабул қилинган “Судлар фаолиятига сунъий интеллект технологияларини жорий этиш орқали одил судловга эришиш даражасини ошириш ҳамда суд тизимининг моддий-техник таъминотини яхшилашга доир қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги Фармони суд-ҳуқуқ тизимида янги даврни бошлаб берди. Бу фармон нафақат суд биноларини янгилаш, балки бутун тизимни рақамлаштириш, сунъий интеллект имкониятларидан самарали фойдаланиш орқали суд хизматини замон талабларига мос равишда ташкил этишни кўзда тутади.
2025-09-17
O’ZBEKISTONDA BANKLAR FAOLIYATI VA RAQAMLI BANK TIZIMINING TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI
Mazkur maqolada Oʻzbekistonda banklar faoliyatining hozirgi holati, moliya tizimida raqamli texnologiyalarning joriy etilishi va ularning bank xizmatlari sifatiga ta’siri tahlil qilinadi. Xususan, onlayn bank xizmatlari, mobil ilovalar, elektron to‘lov tizimlari va sun’iy intellekt asosida shakllanayotgan yangi yechimlarning afzalliklari yoritiladi. Shuningdek, raqamli bank tizimini takomillashtirish istiqbollari, jumladan, mijozlarga qulaylik yaratish, xavfsizlikni ta’minlash, kiberxavflarga qarshi kurashish hamda xalqaro moliyaviy standartlarga moslashish jarayonlari ilmiy asosda muhokama qilinadi. Tadqiqot natijalari O‘zbekiston bank tizimini yanada raqamlashtirish, moliyaviy xizmatlar samaradorligini oshirish va iqtisodiyotni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega.
2025-09-18
NOSPETSIFIK YARALI KOLIT KASALLIGI
Nospetsifik yarali kolit ospetsifik yarali kolit (NYK)yo'g'on ichakning noma'lum etiologiyali og'ir,zo'rayib boruvchi surunkali kasalligi, Etiologiyasi va patogenezi.Yarali kolitning etiologiyasi, tasnifi, Autoimmun trombositopeniya va gipoprotrombinemiya.
2025-09-18
O’ZBEK RAQS SAN’ATINING OLTIN SAHIFALARI: QUNDUZ MIRKARIMOVA 100 YOSHDA
Mazkur maqola O‘zbekiston xalq artisti, baletmeyster va pedagog Qunduz Mirkarimovaning hayoti hamda ijodiy faoliyatiga bag‘ishlangan. Unda san’atkorning o‘zbek raqs san’ati rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi, milliy xoreografiyaning oltin fondidan o‘rin olgan ijod namunalari, shuningdek, uning shogirdlari va xalqaro miqyosdagi faoliyati keng yoritiladi. Qunduz Mirkarimovaning 100 yilligi munosabati bilan uning milliy va jahon madaniyatidagi o‘rni hamda merosining ahamiyati qayta ko‘rib chiqiladi.
2025-09-18
PЕDАGОGIK JАRАYОN SАMАRАDОRLIGINI NАZОRАT QILISH MЕTОDLАRI
Qаytа аlоqаning ikki dаrаjаsi mаvjud: tаshqi - bоlаning fаоliyаti mаhsulоtlаri hаqidа tаrbiyаchining mа’lumоt оlish; ichki - bоlаning о‘z fаоliyаti nаtijаlаri tо‘g‘risidа mа’lumоt оlishi (аks еttirish). Ikkinchi hоldа, bоlаning о‘zi mа’lumоt оlib, о‘zining muvаffаqiyаtini tushunаdi vа bаhоlаydi. Shundаy qilib, kоgnitiv jаrаyоn tаshqаridаn yuklаnmаydi, bаlki bоlаning о‘zi uchun mаqsаdli jаrаyоngа аylаnаdi. Nаzоrаt sаmаrаdоrlikni bаhоlаsh bilаn bоg‘liq. Bizning mоdеlimizdа u ijоbiy bаhоlоvchi mulоhаzаlаrdа - mа’qullаshdа ifоdаlаngаn (Bоshqаgа yоrdаm bеrib - о‘zingizni yахshi his qildingiz). Nаzоrаt mеtоdlаri: bоlаlаr fаоliyаtini kuzаtish, suhbаt, sаmаrаli ijоdiy fаоliyаt, tаshхis. Ushbu mеtоdlаrning bаrchаsini tа’lim jаrаyоnidа qо‘llаshning аsоsiy tаlаbi - bu хаyriхоhlikdir, bоlаlаr jаmоаsidа ijоbiy hissiy muhitni tа’minlаsh.
2025-09-18
HUDUDLARDA ENERGETIKA LOYIHALARINI MOLIYALASHTIRISH VA SHAKLLANTIRISH OMILLARI
Ushbu maqola hududlarda energetika loyihalarini moliyalashtirish va ularning shakllanishiga taʼsir etuvchi asosiy omillarni tahlil qilishga bagʻishlangan. Unda loyihalarni amalga oshirishda institutsional, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va texnologik faktorlarning oʻrni yoritilgan. Shuningdek, xususiy va davlat sektorlari oʻrtasidagi hamkorlikning ahamiyati, xalqaro moliya institutlari ishtirokining oʻziga xos jihatlari ham koʻrib chiqilgan. Maqola energetika sohasida investitsiya muhitini yaxshilash, loyihalarni barqaror va samarali moliyalashtirish boʻyicha tavsiyalar beradi. Tadqiqot xulosalari shuni koʻrsatadiki, hududiy energetika loyihalarining muvaffaqiyati nafaqat moliyaviy resurslarga, balki har bir hududning oʻziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda tuzilgan kompleks yondashuvga ham bogʻliqdir.
2025-09-18
ОЛИВКОВОЕ ЗЕМЛЕДЕЛИЕ КАК СТРАТЕГИЯ АДАПТАЦИИ К ДЕФИЦИТУ ВОДНЫХ РЕСУРСОВ В ЦЕНТРАЛЬНОЙ АЗИИ
Усугубляющийся дефицит водных ресурсов в Центральной Азии, вызванный изменением климата, сокращением ледников и неэффективным использованием водных ресурсов, ставит под угрозу устойчивость сельского хозяйства в регионе. В Узбекистане особенно остро стоит проблема обеспечения продовольственной безопасности на фоне сокращения доступной пресной воды. В этих условиях изучается потенциал культивирования оливы (оливкового дерева) как адаптационной стратегии. Олива отличается высокой устойчивостью к засухе и засоленным почвам, а также низкой потребностью в воде по сравнению с традиционными сельхозкультурами. Экспериментальные насаждения сорта Leccino в условиях Ферганской долины продемонстрировали успешную приживаемость и раннее плодоношение даже при наличии почвенной засоленности, благодаря использованию глубокого рыхления, внесения биочара и капельного орошения. Кроме агрономических достоинств, оливковое земледелие открывает возможности в рамках циркулярной экономики: переработка отходов, производство биоудобрений и создание дополнительных источников дохода. Для масштабирования данной практики необходимы инвестиции в селекцию, развитие питомников и обучение фермеров. Таким образом, олива может стать устойчивой и ресурсосберегающей альтернативой, способной внести вклад в климатическую адаптацию, восстановление земель и экономическую диверсификацию аграрного сектора Узбекистана и всего региона Центральной Азии.
2025-09-19
THE USE OF SYNONYMS IN ENGLISH AND UZBEK LANGUAGES: A COMPARATIVE STUDY
This article provides a comprehensive comparative study of synonym usage in English and Uzbek languages. It examines theoretical interpretations of synonyms, their classifications, semantic and stylistic functions, as well as their role in enriching speech and literature. Drawing on both classical and modern linguistic research, the paper highlights how synonyms contribute to lexical diversity, stylistic variation, and cultural expression. Special attention is given to the similarities and differences between English and Uzbek synonymic systems, with examples taken from literary works, folklore, and contemporary usage.
2025-09-19
ARTERIAL GIPERTENZIYA (YUQORI QON BOSIMI) VA UNING FIZIOLOGIK MEXANIZMLARI
ushbu tezisda arterial gipertenziya — yuqori qon bosimining shakllanish sabablari, rivojlanish mexanizmlari va fiziologik asoslari tahlil qilinadi. Gipertenziya yurak-qon tomir tizimining eng keng tarqalgan patologiyalaridan biri bo‘lib, uning rivojlanishida markaziy asab tizimi, buyrak faoliyati, endokrin omillar hamda periferik qon tomirlarning tonusi muhim o‘rin tutadi. Patogenezda renin-angiotenzin-aldosteron tizimi, simpatik asab tizimining faollashuvi, suyuqlik va tuz balansining buzilishi asosiy rol o‘ynaydi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, gipertenziya erta tashxis qo‘yish va fiziologik mexanizmlarni chuqur o‘rganish orqali samarali nazorat qilish mumkin. Tezisda gipertenziyaning klinik ahamiyati, profilaktik choralar hamda davolashda fiziologik yondashuvlarning o‘rni yoritib berilgan.
2025-09-19
"QO‘QON XONLIGI DAVLATCHILIGIDA HARBIY TIZIM (XIX ASRNING BIRINCHI YARMI)
XIX asrning birinchi yarmida Markaziy Osiyoda mavjud bo‘lgan uchta asosiy siyosiy tuzilma — Buxoro amirligi, Xiva xonligi va Qo‘qon xonligi — o‘z davlatchilik tizimlari bilan tarixiy jarayonlarga faol ta’sir ko‘rsatdi. Shulardan Qo‘qon xonligi (1709–1876) qisqa vaqt ichida mintaqaning siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazlaridan biriga aylandi. Xonlikda davlat boshqaruvi tizimida harbiy kuchlar alohida ahamiyat kasb etgan bo‘lib, ular davlat mustaqilligi, hududiy yaxlitlik va ichki barqarorlikni ta’minlashda muhim rol o‘ynadi. Ushbu maqolada Qo‘qon xonligining XIX asrning birinchi yarmidagi harbiy tizimi, uning shakllanishi, tuzilishi va vazifalari tahlil qilinadi.
2025-09-22
ВЛИЯНИЕ ИНТЕРНЕТА НА ИНТЕРЕС К ЧТЕНИЮ КНИГ В СОВРЕМЕННОМ ОБЩЕСТВЕ
В данной работе рассматривается влияние интернета на интерес к чтению книг. Проанализированы как отрицательные стороны — снижение интереса молодёжи к книгам из-за чрезмерного использования социальных сетей, так и положительные — расширение возможностей для чтения благодаря электронным библиотекам, аудиокнигам и онлайн-ресурсам. Сделан вывод о двойственном характере влияния интернета на культуру чтения.
2025-09-22
IMPROVING STUDENTS’ SPEAKING SKILLS USING DEBATE
The article explores the effectiveness of debate as a methodological tool for developing students’ speaking skills. It emphasizes how structured argumentation fosters critical thinking, fluency, vocabulary enrichment, and confidence in public speaking. The study highlights debate as both a communicative activity and a pedagogical approach that enhances oral proficiency and prepares students for academic and real-life communication contexts.
2025-09-22
STRATEGIES FOR EFFECTIVE METHODOLOGICAL TRAINING OF ENGLISH LANGUAGE TEACHERS IN THE DIGITAL ERA
This article explores effective strategies for the methodological training of English language teachers in the digital era. The study emphasizes that contemporary teachers require not only linguistic and communicative competence but also the ability to integrate digital pedagogy into their methodological repertoire. An experimental study involving in-service English teachers was conducted to assess the impact of digital strategies such as reflective practice, digital mediation, AI-based feedback, and collaborative online learning. The results indicate that teachers who applied these strategies developed higher levels of adaptability, confidence, and methodological preparedness compared to colleagues trained through traditional approaches. Nevertheless, challenges such as differences in digital literacy, lack of institutional support, and limited resources were identified. The findings highlight the necessity of rethinking teacher education to align with global educational transformations. The article provides practical recommendations for embedding digital tools and reflective methods into teacher training programs. The research contributes to the scientific discourse on digital pedagogy and teacher education by offering a sustainable framework that synthesizes methodological tradition with technological innovation.
2025-09-22
