Мы рады сообщить вам, что Центр поддержки исследований «Innovative  Academy» организовал Республиканская конференция «Молодые ученые». Это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований.

Опубликован: 2026-01-09

EKOLOGIK TOZA TUPROQLARNI SHAKLLANTIRISHDA BIOGUMUSNING AGROEKOLOGIK MEXANIZMLARI VA BARQAROR UNUMDORLIKKA TA’SIRI

Ushbu maqolada maxsus tayyorlangan biogumuslarning tuproq unumdorligi va hosildorligiga ta'siri o'rganiladi. O'simliklar va mikroorganizmlar kabi tabiiy manbalardan olingan biogumuslar tuproq tuzilishini yaxshilaydigan, namlikni ushlab turishni yaxshilaydigan va ozuqa moddalarining mavjudligini rag'batlantiradigan ekologik toza tuproq o'zgarishlari sifatida e'tiborni tortmoqda. Maqolada biogumuslarning barqaror qishloq xo'jaligidagi roliga e'tibor qaratib, ularning tuproq salomatligini yaxshilash va qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ko'paytirish, oziq-ovqat xavfsizligi va ekologik barqarorlikka hissa qo'shish imkoniyatlari haqida tushunchalar berilgan.

Bekberganov Sarvarbek Qudrat oʻgʻli

4-8

2026-01-08

TEXNOLOGIK TA'LIMDA DASTURIY VOSITALARDAN FOYDALANISH METODIKASI ORQALI DARSLAR SAMARADORLIGINI OSHIRISH

Maqolada texnologik ta'lim jarayonida dasturiy ta'lim vositalaridan samarali foydalanish metodikasi va ularning dars samaradorligini oshirishdagi ahamiyati ko'rib chiqilgan. Zamonaviy ta'lim tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining o'rni, dasturiy vositalarning turlari, ularni ta'lim jarayoniga joriy etish metodlari tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari shuni ko'rsatadiki, dasturiy vositalardan maqsadga muvofiq foydalanish o'quvchilarning bilim saviyasi, mustaqil fikrlash qobiliyati va amaliy ko'nikmalarini rivojlantirishga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Maqolada pedagogik tajribalar asosida dars samaradorligini oshirish bo'yicha amaliy tavsiyalar berilgan.

Jaloldinova Shaxnoza Xasanboyevna , Odilova Umida Alisher qizi

9-11

2026-01-08

LINGVISTIK VA NUTQIY KOMPETENSIYALAR NISBATINI DARSDA MUVOZANATLASH: MEZONLAR VA AMALIY YECHIMLAR

Kompetensiyaga yo‘naltirilgan ona tili ta’limida til tizimi haqidagi bilim (lingvistik kompetensiya) bilan real muloqotda fikrni samarali ifodalash malakasi (nutqiy kompetensiya) o‘rtasidagi muvozanat dars sifatini belgilovchi asosiy omillardan biridir. Amaliyotda ko‘pincha grammatik-orfografik aniqlikni oshirishga qaratilgan mashqlar ustun kelib, natijada o‘quvchida “biladi, lekin qo‘llay olmaydi” muammosi yuzaga chiqadi; aksincha, faqat erkin muloqotni ko‘zlagan darslarda tilda me’yoriylik va uslubiy to‘g‘rilikning barqarorlashuvi sekinlashadi. Mazkur maqolada lingvistik va nutqiy kompetensiyalar nisbatini dars jarayonida muvozanatlash mezonlari (dars maqsadi va natijasi mosligi, vaqt-taqsimot, topshiriq dizayni, xatolar profili, baholash og‘irligi, transfer ko‘rsatkichi) hamda o‘qitish amaliyotida qo‘llash mumkin bo‘lgan yechimlar (integrativ topshiriqlar, “qoidadan vaziyatga” o‘tish mexanizmi, formatif baholash va kechiktirilgan tahrir, nutqiy janrlar bo‘yicha mini-modellar) metodik tahlil asosida yoritiladi. Nazariy tayanch sifatida kommunikativ kompetensiya konsepsiyasi hamda harakatga yo‘naltirilgan yondashuv talablari hisobga olinadi. Hulosada ona tili darsini “lingvistik yadro” va “nutqiy vazifa”ning bir butun tizimi sifatida loyihalash bo‘yicha amaliy tavsiyalar umumlashtiriladi.

Ollaberganova Madinabonu Xasanboy qizi

12-16

2026-01-09

BARQAROR RIVOJLANTIRISH DASTURLARI VOSITASIDA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISHDA ILG‘OR MAMLAKATLAR TAJRIBALARIDAN FOYDALANISH

Bugungi kunda  ko’plab mamlakatlar qatori O‘zbekiston ham barqaror rivojlanish yo’li orqali mamlakatda  mavjud bo’lgan ishsizlik va kambag’alchilik muammolarini hal qilishni ustuvor maqsad qilib  o’z oldiga qo’ygan. Bu yo’lda yevropa mamlakatlarining  amalga oshirayotgan islohotlari va dasturlarini o’rganib undan andoza olish juda muhim qadam hisoblanadi. Hozirgi kunda barqaror rivojlanish masalasi jahon hamjamiyatining eng dolzarb va muhim mavzularidan biri hisoblanadi. Bu masalaga e’tiborning kuchayishi bejiz emas, chunki barqaror rivojlanish insoniyatning nafaqat bugungi, balki kelajak avlodlar farovonligi, ijtimoiy adolat, iqtisodiy o‘sish va ekologik muvozanatni saqlash bilan chambarchas bog‘liqdir. Zamonaviy dunyoda global iqlim o‘zgarishi, tabiiy resurslarning kamayishi, qashshoqlik va tengsizlik kabi muammolar davlatlarni barqaror rivojlanish tamoyillariga asoslangan siyosat yuritishga majbur qilmoqda.

Zayniddinov Firdavs Faxriddin o’g’li

17-19

2026-01-09

JAHONDA VA MAMLAKATIMIZDA HAYVONOT DUNYOSINI ASRASHGA DOIR ISHLAR TAHLIL

Inson omili natijasida hayvonlarning yo’qolib ketishi yoki yo’qolib ketishi arafasida turgan turlarini asrab qorish rejalarini ishlab chiqish. Tabiatda inson va hayvonlar orasidagi muvozanatni saqlash. Hayvonlarni asrashda turli maxsus zonalar yaratish va inson omilini kamaytirish yo’llarini yaratish zarur. Atrof-muhitni asrash va hayvonlarni himoya qilishda turli ekologik harakatlar zarurdir.

Nuriddinov Zoxid Husan o’g’li

20-23

2026-01-09

DIFFERENSIALLANMAGAN BIRIKTIRUVCHI TO‘QIMA DISPLAZIYASI BO‘LGAN HOMILADOR AYOLLARDA GESTATSION JARAYON VA PERINATAL ASORATLAR TAHLILI

Differensiallanmagan biriktiruvchi to‘qima displaziyasi fonida homiladorlik jarayonining klinik kechishini baholash, ushbu holatning ona organizmi va homila rivojlanishiga ko‘rsatadigan ta’sirini aniqlash hamda yuzaga keladigan akusherlik va perinatal asoratlarning asosiy omillarini tahlil qilishdan iborat.                     

Yunusova Zarnigor Maksadovna

24-25

2026-01-09

SIFATLARNING RASMIY, ILMIY VA SO‘ZLASHUV USLUBIDAGI FARQLARNI UMUMLASHTIRISH

Har bir uslubda sifat turli vazifani bajaradi, ular har bir uslubning o‘ziga xos talablariga moslashadi: ilmiy uslubda aniq ma’lumotlar, rasmiy uslubda professional ifodalash va so‘zlashuv uslubida shaxsiy hissiyotlar.

Xasanova Aqida Raximjon qizi

26-29

2026-01-09

DEVIANT XULQ-ATVORLI O'QUVCHILAR BILAN KORREKSION ISHLAR

Mazkur ilmiy tadqiqot jarayonida yosh avlod oʻrtasida deviant xulq-atvorning rivojlanishi va jamiyatdagi jinoyatchilik hodisalarining oʻsishi oʻrtasida toʻgʻridantoʻgʻri bogʻliqlik masalalari tahlil qilindi. Noqonuniy xatti-harakatlar qilish istagi bolalar va oʻspirinlarning deviant xatti-harakatlari rivojlanishi bilan ortib bormoqda. Shuning uchun profilaktika ishlari barcha ta’lim muassasalarida hamma joyda joriy etilishi kerak. Ularning maqsadi oʻspirinlarni har bir harakat javobgar boʻlishi kerakligini oʻrgatishdir.

Samadova Muxlisabonu Olim qizi

30-35

2026-01-09

FARG‘ONA VILOYATIDAGI “MEHRIGIYO” SIHATGOHI FAOLIYATI VA UNING AHOLI SALOMATLIGIDAGI O‘RNI

Mazkur maqolada Farg‘ona vodiysidagi xalq tabobati maskanlari va ularning faoliyati to‘g‘risida so‘z ketadi. Shuningdek maqolada Farg‘ona viloyatidagi “Mehrigiyo” sihatgohi faoliyati va uning aholi salomatligidagi o‘rni tog‘risidagi ma’lumotlar yoritilgan.

Azimova Maftuna Muhammadaaminovna

36-41

2026-01-12

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA MATEMATIQQATNI RIVOJLANTIK MASHG‘ULOTLAR ORQALI KOGNITIV DIQQATNI RIVOJLANTIRISH

Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik mashg‘ulotlar orqali kognitiv diqqatni rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari yoritilgan. Tadqiqot jarayonida 5–6 yoshli bolalar bilan tajriba-sinov ishlari olib borilib, maxsus ishlab chiqilgan matematik mashqlar va didaktik o‘yinlar asosida kognitiv diqqatning barqarorligi, hajmi va ko‘chuvchanligini rivojlantirish yo‘llari tahlil qilindi. Olingan natijalar matematik mashg‘ulotlarning bolalar diqqatini rivojlantirishdagi samaradorligini ilmiy jihatdan asoslab berdi hamda amaliyotga joriy etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi.

Xabibulayeva Shaxrizoda O'ktam qizi

42-44

2026-01-12

"BO‘LAJAK MUSIQA O‘QITUVCHILARINING KREATIV QOBILIYATLARINI SHAKLLANTIRISHDA FOLKLOR NAMUNALARINING O‘RNI

Ushbu maqolada bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining kasbiy va ijodiy salohiyatini yuksaltirishda xalq og‘zaki ijodi, xususan, bolalar folklor qo‘shiqlarining pedagogik imkoniyatlari tahlil etilgan. Tadqiqotda folklor namunalarini zamonaviy axborot texnologiyalari va innovatsion metodlar bilan uyg‘unlashtirish orqali talabalarda kreativ tafakkurni shakllantirish yo‘llari ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek, xalq musiqiy merosining ta’lim jarayonidagi metodik ahamiyati va uning bo‘lajak mutaxassis mahoratiga ta’siri asoslab berilgan.

No’monjonova Madinaxon

45-47

2026-01-12

REKLAMA MATNLARINING LINGVOPRAGMATIK TAHLILI (INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARI MISOLIDA)

Mazkur maqolada reklama matnlarining lingvopragmatik xususiyatlari ingliz va o‘zbek tillari materiallari asosida qiyosiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda reklama diskursining asosiy pragmatik vazifalari, xususan, adresatga ta’sir o‘tkazish, ishontirish va motivatsiya uyg‘otish jarayonlari lingvistik vositalar orqali qanday amalga oshirilishi o‘rganiladi. Reklama  matnlarida qo‘llaniladigan leksik, grammatik va stilistik birliklarning kommunikativ maqsadga xizmat qilishi tahlil qilinadi. Ingliz va o‘zbek reklama matnlarida madaniy omillar, milliy mentalitet va ijtimoiy qadriyatlarning aks etishi lingvopragmatik nuqtai nazardan yoritib beriladi.

Saidrasulova Shahnozaxon Nazarovna

48-50

2026-01-12

UZLUKSIZ FUNKSIYALAR VA KUBIK SPLAYN INTERPOLYATSIYASI

Matematik analiz va sonli usullarda uzluksiz funksiyalar muhim o‘rin tutadi. Ko‘plab amaliy masalalarda — fizik jarayonlarni modellashtirish, muhandislik hisoblari, iqtisodiy tahlillar va eksperimental ma’lumotlarni qayta ishlashda — funksiyaning uzluksizligi va silliqligi muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, tajriba natijalariga asoslangan nuqtalar orasida funksiyani silliq va uzluksiz bog‘lash zarurati interpolatsiya masalalarini yuzaga keltiradi.

Ahmadov Ilhom Aktam o’g’li, Ziyodinov Shahzod Ulug’bek o’g’li, Qurbonova Nigora Alijon qizi, Soyibov Hosilbek Soyib o’g’li

51-53

2026-01-12

TARIX VA TEXNOLOGIYA CHORRAHASIDA: O‘ZBEKISTONDA MADANIY MEROSNI RAQAMLASHTIRISHNING NAZARIY VA AMALIY ASOSLARI

XXI asr boshidan boshlab global miqyosda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanishi insoniyat taraqqiyotining yangi bosqichi — raqamli sivilizatsiya davrini boshlab berdi. Bu jarayon nafaqat iqtisodiyot va boshqaruv tizimlarini, balki jamiyatning tarixiy ongini, madaniy xotirasini va o‘tmishga bo‘lgan munosabatini tubdan o‘zgartirdi. Avvallari madaniy meros asosan moddiy obyektlar — me’moriy obidalar, muzey eksponatlari va arxiv hujjatlari orqali anglangan bo‘lsa, bugungi kunda u raqamli makon orqali qayta talqin qilinmoqda.

Mamasoliyeva Mahliyoxon Orifjon qizi

54-56

2026-01-12

ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK YO‘NALISHLARI

Tilshunoslik inson tafakkuri, madaniyati va ijtimoiy munosabatlarini aks ettiruvchi muhim fanlardan biridir. XXI asrga kelib jamiyat taraqqiyoti, globallashuv, raqamli texnologiyalar rivoji hamda fanlararo integratsiya natijasida tilshunoslik fani ham yangi yo‘nalishlar bilan boyidi. Endilikda til faqat grammatik tizim sifatida emas, balki inson ongining, kommunikativ faoliyatining va madaniy tajribasining ifodasi sifatida o‘rganilmoqda. Shu bois zamonaviy tilshunoslikda paydo bo‘lgan yangi yo‘nalishlar tilni turli jihatlardan tadqiq etish imkonini bermoqda.

Ne'matullayeva Gulruxsor Rahimjon qizi

57-58

2026-01-12

NEMIS TILI OʻQITISHDA GAMIFIKATSIYA METODI ORQALI KOMMUNIKATIV KOMPETENSIYANI RIVOJLANTIRISH

Til oʻqitishda maqsad — nafaqat grammatik jihatdan to‘g‘ri so‘zlash, balki real muloqot vaziyatlarida maqsadli va samarali fikr almashishdir. Bu nazariy jihatdan kommunikativ kompetensiya tushunchasiga asoslanadi, yaʼni grammatika, sotsiollingvistik, diskurs va strategik komponentlarni oʻz ichiga oluvchi keng qamrovli qobiliyatlar toʻplami. Canale va Swain tomonidan taʼriflangan yondashuv til oʻqitish metodikasida kommunikativ maqsadni markazga qo‘yadi: o‘quvchilarning muloqot strategiyalari, madaniy moslashuvi va diskurs qobiliyatlari oʻqitishning ajralmas qismi hisoblanadi [1].

Masharipova Rayhon Sultanmurat qizi

59-61

2026-01-12

LOTIN TILINING XXI ASRDAGI AHAMIYATI

Insoniyat taraqqiyoti davomida ayrim tillar nafaqat muayyan davr yoki hudud bilan, balki butun sivilizatsiya rivoji bilan uzviy bog‘liq bo‘lib kelgan. Shunday tillardan biri lotin tilidir. Bugungi kunda lotin tili kundalik muloqotda ishlatilmaydigan til sifatida qaralsa-da, uning ilm-fan, ta’lim va professional sohalardagi ahamiyati hanuzgacha yuqori darajada saqlanib qolmoqda. XXI asrda globallashuv, xalqaro ilmiy hamkorlik va fanlararo integratsiya kuchaygan bir paytda lotin tili terminologik birlik va ilmiy aniqlikni ta’minlovchi muhim vosita bo‘lib xizmat qilmoqda. Ushbu maqolada lotin tilining tarixiy taraqqiyoti, bugungi kundagi o‘rni, xorijiy tajribalar natijasini yoritiladi.

Masharipova Rayhon Sultanmurat qizi

62-64

2026-01-12

PRAGMATIC ASPECTS OF SILENCE IN COMMUNICATION: A COMPARATIVE STUDY OF UZBEK AND BRITISH CULTURES

This thesis examines the pragmatic functions of silence in communication across Uzbek and British cultures. Silence is often overlooked in linguistic research, yet it plays a significant role in shaping interpersonal interactions, conveying meaning, maintaining social harmony, and managing face. Uzbek culture uses silence as a strategy of respect, politeness, and emotional control, while British culture employs silence as a marker of privacy, personal boundaries, and conversational structure. Using examples from authentic discourse and research in pragmatics, this study demonstrates how silence can express agreement, disagreement, politeness, hesitation, or emotional restraint. The thesis highlights cross-cultural differences and offers insights for improving intercultural communication.

B.Ye. Yangibayeva

65-67

2026-01-12

MINTAQA IQTISODIYOTINING BARQAROR RIVOJLANISHIDA TURIZM SOHASINING IQTISODIY SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING METODOLOGIK ASOSLARI

Mazkur maqolada mintaqa iqtisodiyotining barqaror rivojlanishini ta’minlashda turizm sohasining iqtisodiy samaradorligini oshirish masalalari ilmiy-nazariy va metodologik jihatdan tadqiq etilgan. Tadqiqotda barqaror rivojlanish konsepsiyasi doirasida turizm samaradorligini baholashning kompleks yondashuvi ishlab chiqilgan bo‘lib, iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik ko‘rsatkichlar uyg‘unligi asosida metodologik model taklif etiladi. Qashqadaryo viloyati misolida hududiy turizm faoliyatining iqtisodiy samaradorligiga ta’sir etuvchi asosiy omillar tahlil qilinib, samaradorlikni oshirishga qaratilgan ilmiy-amaliy xulosalar shakllantirilgan. Tadqiqot natijalari mintaqaviy turizm siyosatini takomillashtirish va hududiy rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqishda qo‘llash uchun muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.

Toshev Nurbek Janon o‘g‘li

68-70

2026-01-12

XITOY VA O’ZBEK TILLARINING TIPOLOGIK XUSUSIYATLARI

Mazkur maqolada xitoy va o’zbek tillarining tipologik xususiyatlari qiyosiy nuqtai nazardan tahlil qilindi, Tadqiqotda xitoy tilining analitik (izolyativ) xususiyatlari hamda o’zbek tilining agglutinativ tuzilishi asosiy tipologik mezon sifatida yoritiladi. Ushbu maqolada xitoy va o’zbek tillarida so’z yasalish jarayonlari qiyosiy-tipologik jihatdan tahlil qilinadi. Har ikki tilning morfologik tuzilishi, so’z yasalish usullari va grammatik munosabatlarni ifodalash vositalari qiyosiy tahlil qilinadi. Shuningdek, tillarning tipologik farqlari ularning so’z yasalish tizimi va lug’at boyligini shakllantirish jarayoniga qanday ta’sir ko’rsatishi yoritiladi. Tadqiqot natijalari qiyosiy-tipologik tilshunoslik, tarjima nazariyasi va chet tillarini o’qitish amaliyoti uchun muhim ilmiy xulosalar chiqarishga imkon beradi.

Xumora Erkayeva

71-76

2026-01-12

O‘ZBEKISTONDA TASHQI AUDIT BOZORINING INSTITUTSIONAL TRANSFORMATSIYASI VA TARTIBGA SOLISH MEXANIZMLARI

Maqolada O‘zbekistonda tashqi audit bozorining shakllanishi, rivojlanish tendensiyalari hamda davlat tomonidan tartibga solish mexanizmlarining samaradorligi tahlil qilinadi. Tadqiqot tashqi auditning moliyaviy shaffoflikni ta’minlash, bozor intizomini mustahkamlash va institutsional ishonchni oshirishdagi rolini ochib beradi. Xalqaro tajriba va zamonaviy nazariy yondashuvlar asosida tashqi audit bozorini rivojlantirishga qaratilgan ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqiladi.

Komilov Kamoliddin Ravshan o‘g‘li

77-80

2026-01-12

ЎТКИР ХОЛЕЦИСТИТНИ ЖАРРОҲЛИК ЙЎЛИ БИЛАН ДАВОЛАШДА ЗАМОНАВИЙ МИНИИНВАЗИВ ЁНДАШУВЛАР

Ўт-тош касаллиги жарроҳлик амалиётида етакчи ўринлардан бирини эгаллаб келмоқда. Ушбу тадқиқотда 2022–2025 йиллар давомида Қашқадарё вилояти кўп тармоқли тиббиёт маркази умумий жарроҳлик бўлимида ўткир холецистит билан касалланган 138 нафар беморда ўтказилган жарроҳлик даволаш натижалари таҳлил қилинди. Беморларнинг ёши 18 ёшдан 89 ёшгача бўлиб, аёллар устунлик қилди (84,8%). Ташхис клиник, лаборатор ва инструментал маълумотлар асосида қўйилди. Лапароскопик холецистэктомия касалликнинг енгил ва ўртача оғир шаклларида қўлланилиб, интраоперацион равишда ўт пуфагининг катталашган ва таранг ҳолати, айрим ҳолларда эса битишмалар аниқланди. Беморларнинг 31,6% да ўт пуфаги пункция қилинди, 47,4% да обтурацион холецистит, 21% да флегмоноз-деструктив ўзгаришлар қайд этилди. Олинган натижалар лапароскопик холецистэктомиянинг ўткир холециститни даволашда ишончли, хавфсиз ва иқтисодий жиҳатдан самарали усул эканини тасдиқлади.

Умиров Машраб Барноевич, Саймуродова Шахноза Зиёдуллаевна, Ширинова Шахинабону Бобировна

81-83

2026-01-12

KOMPARATIVISTIK PEDAGOGIKADA MADANIYATLARARO KOMPETENSIYANING NAZARIY ASOSLARI

Maqolada komparativistik pedagogika doirasida madaniyatlararo kompetensiyaning nazariy asoslari ko‘rib chiqiladi. Uning fikricha, madaniyatlararo kompetensiyani nafaqat kommunikativ ko‘nikmalar to‘plami sifatida, balki komparativistik tafakkur va dialog pedagogikasining falsafiy an’analariga asoslangan murakkab refleksiv va dialogik qobiliyat sifatida tushunish kerak. Komparativistik falsafa, ta’lim nazariyasi va madaniyatlararo muloqot tadqiqotlariga tayangan holda, ish shuni ko‘rsatadiki, komparativistik pedagogika refleksiv ta’lim, axloqiy ochiqlik va madaniy farqlarni kontekstual talqin qilish orqali madaniyatlararo kompetensiyani rivojlantirish uchun izchil uslubiy asos yaratadi.

Dilrabo Abdurasulova

84-87

2026-01-12

THE IMPACT OF TECHNOLOGY ON STUDENT ENGAGEMENT: OPPORTUNITIES AND CHALLENGES

Technology has become an integral part of education, transforming how students learn and interact with academic content. This article examines the effects of technology on student engagement, highlighting both its benefits and challenges. While interactive tools, AI-driven learning systems, and gamification strategies have enhanced engagement and academic performance, concerns regarding distractions, screen overuse, and privacy issues remain. The article concludes by suggesting best practices for effective technology integration in education.

Aygul Jumanazarova

88-89

2026-01-12

DIALECT VS SLANG: THE MAIN DIFFERENCES AND WHEN TO USE THEM

This article examines the main differences between dialect and slang, focusing on their roles within language and their appropriate usage contexts. It explains how dialects are shaped by regional and social factors, while slang is characterized as an informal and rapidly changing form of language. Through examples, the article highlights when and why each form is used. The article is useful for readers interested in linguistics and the practical use of language.

Zaxro Murodullayeva, Dilmurod Yo’ldoshev

90-92

2026-01-12

HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI FANINI O‘QITISHDA INTEGRATSIYALASHGAN YONDASHUVLARNING PEDAGOGIK ASOSLARI

Mazkur maqolada Hayot faoliyati xavfsizligi (HFX) fanini o‘qitishda integratsiyalashgan yondashuvlardan foydalanishning pedagogik asoslari yoritilgan. Integratsiyalashgan ta’limning mazmuni, ahamiyati hamda HFX fanining boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi tahlil qilinadi. Shuningdek, o‘quvchilarda xavfsiz hayot ko‘nikmalarini shakllantirishda integratsiyalashgan yondashuvlarning didaktik imkoniyatlari asoslab beriladi.

Mamadaliyev Axadjon G‘anijonovich

93-95

2026-01-12

ENERGIYA TEJAYDIGAN ARXITEKTURA ELEMENTLARI, SHAKLLARI, JOYLASHUV VA YO‘NALISHI

Ushbu maqolada binolarda energiyani tejaydigan arxitektura elementlari, shakllari, joylashuvi va yo‘nalishlari tahlil qilingan. Maqolada binolarda energiya tejamkorlikni oshirish maqsadida uni har tomonlama mukammal o‘rganib chiqish asos qilib olingan. Joylashuv va yo‘nalishi, shakl va o‘lchamlari, arxitektura elementlari va boshqa jihatlari o‘rganilib energiyani tejash bo‘yicha qanday choralar ko‘rish eng samarali ekani tahlil qilingan. Shuningdek, ushbu texnologiyalar nafaqat energiyani tejashga, balki atrof muhitga va ekologiyaga zararli tasirlarni ham katta hissa qo‘shadi.

Rajabov Umid Olimboyevich

96-98

2026-01-12

QURILISH KORXONALARI RAQOBATBARDOSHLIGINI OSHIRISH OMILLARI

Qurilish korxonalari raqobatbardoshligini oshirish omillari iqtisodiy tahlil asosida o‘rganilgan bo‘lib tadqiqot asosida metodologik yondashuv qo‘llanilib, ichki va tashqi omillar tizimli ravishda ajratib ko‘rsatildi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, innovatsion texnologiyalarni joriy etish, malakali kadrlar salohiyatini oshirish hamda davlat tomonidan ko‘rsatiladigan qo‘llab-quvvatlash choralarini kuchaytirish korxonalar raqobatbardoshligini oshirishda muhim omillar hisoblanadi. Shuningdek, investitsiya muhiti va marketing strategiyalarining samarali yo‘lga qo‘yilishi qurilish sanoati rivojlanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Tadqiqot xulosalariga ko‘ra, ushbu omillarning uyg‘unligi nafaqat ichki bozor, balki xalqaro raqobatda ham ustunlikni ta’minlashi mumkin.

Hamroyev Javlon Aminovich

99-101

2026-01-12

RIVOJLANISH FALSAFASI

Ushbu maqolada rivojlanish falsafasining asosiy masalalari yoritilgan. Xususan, falsafada metod va metodologiya tushunchalari, ularning turlari va ilmiy bilishdagi o‘rni, hozirgi zamon metodologik yondashuvlari hamda falsafiy kategoriyalarning mohiyati batafsil tahlil qilinadi. Maqola falsafiy tafakkurni rivojlantirish, ilmiy dunyoqarashni shakllantirish va nazariy bilimlarni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Normurodova Aziza Sirojiddin qizi , Do'stmurodova Sevinch Jamoliddin qizi, Sadinov Ma'rufjon Normo'min o'g'li

102-103

2026-01-12

XALQARO YUK TASHUVLARINI TARTIBGA SOLISHDA XALQARO TASHKILOTLARNING O’RNI

Mazkur maqolada xalqaro yuk tashuvlarini huquqiy tartibga solishda xalqaro tashkilotlarning o‘rni va ahamiyati har tomonlama tahlil qilingan. Xususan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti va uning ixtisoslashgan muassasalari, shuningdek, xalqaro nodavlat tashkilotlar tomonidan qabul qilingan konvensiyalar, bitimlar va qoidalar orqali xalqaro yuk tashuvlarini tartibga solish mexanizmlari yoritilgan. Maqolada xalqaro transport huquqining manbalari, ularning milliy qonunchilik bilan o‘zaro bog‘liqligi hamda xalqaro tashuvlarda huquqiy muvofiqlashtirish zarurati asoslab berilgan. Tadqiqot natijasida xalqaro tashkilotlarning xalqaro yuk tashuvlarini barqaror, xavfsiz va samarali tashkil etishdagi hal qiluvchi roli xulosalangan.

Jaloliddinov Muhammadmuso G'aybullo o'g'li

104-108

2026-01-12

NEGATIVE CONTENT IN MEDIA AND ITS PSYCHOLOGICAL IMPACT

This article provides a scientific and practical analysis of negative content in modern media and its psychological impact on individuals and society. Particular attention is paid to the influence of violent, manipulative, and misleading information on young people. The article also discusses the causes of the spread of negative content in mass media and social networks, as well as effective ways to prevent its harmful effects through media literacy and ethical journalism.

Sabina Abdurashitova

109-111

2026-01-12

РИСКИ АКУШЕРСКИХ ОСЛОЖНЕНИЙ У БЕРЕМЕННЫХ С КОАГУЛИРОВАННОЙ ШЕЙКОЙ МАТКИ

В данной работе рассматривается частота и структура осложнений беременности у женщин с коагулированной шейкой матки. Актуальность исследования обусловлена высокой распространённостью заболеваний шейки матки и широким применением коагуляционных методов их лечения у женщин репродуктивного возраста. Проведён анализ возможных механизмов влияния коагуляции шейки матки на течение беременности, включая структурные и функциональные изменения цервикального канала. Показано, что у данной категории пациенток повышен риск невынашивания беременности, преждевременных родов, истмико-цервикальной недостаточности и плацентарных осложнений. В работе также рассмотрены современные профилактические подходы к ведению беременности у женщин с коагулированной шейкой матки. Полученные данные подчёркивают необходимость раннего выявления факторов риска и индивидуализированного ведения беременности с целью снижения частоты акушерских осложнений и улучшения перинатальных исходов.

Абдукаххарова Диёра Агзамовна

112-115

2026-01-12

ЖИГАРНИНГ СУРУНКАЛИ ДИФФУЗ КАСАЛЛИКЛАРИ ЭПИДЕМИОЛОГИЯСИ, ЭТИОПАТОГЕНЕЗИ ВА КЛИНИК-МОРФОЛОГИК ХУСУСИЯТЛАРИНИ КОМПЛЕКС ТАҲЛИЛИ

Эпидемиологик маълумотлар бутун дунёда ЖСДК билан оғриган беморлар сонининг ортиб бораётганини, айниқса, МДЁЖКнинг метаболик синдром билан биргаликда глобал пандемия даражасига етганини кўрсатмоқда. Сурункали вирусли гепатитлар жигарнинг сурункали яллиғланишининг энг кенг тарқалган сабабларидан бири ҳисобланади. ЖССТ маълумотларига кўра, дунё бўйича 257 миллион киши сурункали HBV инфекцияси билан яшайди. Катталарда HBV инфекциясининг сурункали шаклга ўтиш эҳтимоли 5% дан кам бўлса-да, перинатал юқтириш ҳолатларида бу кўрсаткич 90% гача етади [2,3,6].

Казакова Н.Н., Курамбаева Н.Я.

116-118

2026-01-13

XALQ OG’ZAKI IJODI VOSITASIDA O’QUVCHILARDA MILLIY TARBIYANI SHAKLLANTIRISH MASALALARI

maqolada xalq og’zaki ijodining ta’lim-tarbiya jarayonidagi o’rni va ahamiyati keng yoritilgan. Xalq og’zaki ijodining turli janrlari orqali o’quvchilarda milliy ong, ma’naviy-axloqiy fazilatlar, vatanparvarlik va milliy qadriyatlarga hurmat tuyg’ularini shakllantirish masalalari tahlil etilgan. Shuningdek, xalq pedagogikasining tarbiyaviy imkoniyatlari ochib berilib, uni zamonaviy ta’lim jarayoniga tatbiq etish yo’llari asoslab berilgan.

Chutboyeva Muxlisa Nuriddin qizi

119-122

2026-01-13

BOSHLANG‘ICH SINFLARDA JISMONIY TARBIYA FANIDAN MILLIY O‘YINLARDAN FOYDALANISH USULLARI

Mazkur maqolada boshlang‘ich sinflardagi bolalarga milliy o‘yinlardan foydalanish orqali, o‘quvchilarning o‘yinlar orqali ongini shakllantirish maqsadida turli metodlardan foydalanish haqida metodlar berilgan.Ta’limning uzviy davom etishiga asos yaratish orqali 7-9 yoshli bolalarga milliy ta’lim-tarbiya berish, milliy o‘yinlar orqali ongini shakllantirishda pedagogik metodlar va o‘yinlardan foydalanib bolalarda bilim va ko‘nikmalarni  hosil qilish.

Jumayeva Aziza Nabijon qizi

123-127

2026-01-13

“ALPOMISH” DOSTONIDA OYBARCHIN VA QALDIRG‘OCHOYIM OBRAZLARI ORQALI OR KONSEPTINING IFODALANISHI

Maqolada o‘zbek xalq eposining yirik namunasi bo‘lgan “Alpomish” dostonidagi Oybarchin va Qaldirg‘ochoyim obrazlari asosida or konsepti tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida or tushunchasining ayol obrazlari orqali qanday badiiy ifodalanishi aniqlanadi. Obrazlarning xatti-harakati, qarashlari va syujetdagi o‘rni tahlil qilinib, ularning milliy axloqiy qadriyatlarni ifodalashdagi roli ochib beriladi. Maqola natijalari xalq dostonlarida ayol obrazlarining ma’naviy ahamiyatini yoritishga xizmat qiladi.

Shavkatova Marjona

128-133

2026-01-13

RAQAMLI TA’LIM MUHITIDA “AXBOROT TIZIMLARI” FANINI O‘QITISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH

Ushbu maqolada raqamli texnologiyalar muhitida “Axborot tizimlar” fanini o‘qitishning metodikasini takomillashtirish, talabalarning etiborini dars jarayoniga qaratishning zamonaviy metodlari keltirilgan. Dars jarayonini interaktiv tarzda o‘tish eski va ananaviy usullarni zamonaviylashtirish aytib o‘tilgan.

Xalimov Azizjon Normurod o‘g’li, Barakayev Akmal Musurmonovich

134-138

2026-01-13

РОЛЬ ШКОЛЫ И СЕМЬИ В РАЗВИТИИ УСТОЙЧИВЫХ ПРИВЫЧЕК ЗДОРОВОГО ОБРАЗА ЖИЗНИ У МЛАДШИХ И СТАРШИХ ШКОЛЬНИКОВ

В статье рассматривается совместная роль школы и семьи в формировании устойчивых привычек здорового образа жизни у младших и старших школьников. Описано, как у младших детей закладываются первые полезные привычки через режим дня, наглядный пример взрослых и простые правила здоровья. Для подростков важны более глубокие объяснения, открытый разговор о выборе и самостоятельном принятии решений. В работе анализируется влияние учителей, школьной среды, внеурочных программ, а также стиль воспитания в семье, домашние традиции и качество общения между родителями и детьми. Показано, что согласованные действия школы и семьи дают лучший результат: дети легче усваивают нормы здорового питания, физической активности, личной гигиены и эмоционального благополучия. В статье приводятся рекомендации по укреплению сотрудничества и формированию долгосрочного здорового поведения.

Иноятова Мухаббат Нематиллоевна

139-143

2026-01-13

DAVLATNING BOZORGA TA’SIRI

Ushbu maqolada davlatning bozor iqtisodiyotidagi o‘rni va uning iqtisodiy jarayonlarga ta’siri tahlil qilingan. Bozor mexanizmining afzalliklari bilan bir qatorda, uning kamchiliklarini bartaraf etishda davlatning aralashuvi zarurligi asoslab berilgan. Maqolada davlatning iqtisodiy siyosat vositalari-fiskal, monetar, narx va tashqi savdo siyosatlari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, O‘zbekiston misolida bozor islohotlarini chuqurlashtirish, raqobat muhitini shakllantirish va ijtimoiy adolatni ta’minlashda davlatning faol roli tahlil etilgan.

Salimov Aziz Farxod o’g’li, Jo'rayev Elmurod , Orziqulov Oybek A’zamjon o’g’li, Jo’rayeva Zahro

144-148

2026-01-13

TIL VA MADANIYAT O‘RTASIDAGI O‘ZARO BOG‘LIQLIK: LINGVOMADANIYATSHUNOSLIK YONDASHUVI

Ushbu maqolada til va madaniyat o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik lingvomadaniyatshunoslik nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi. Til jamiyatning madaniy merosi, qadriyatlari, dunyoqarashi va urf-odatlarini aks ettiruvchi asosiy kommunikativ vosita sifatida ko‘rib chiqiladi. Maqolada tilning milliy mentalitetni shakllantirishdagi o‘rni, madaniy birliklarning til tizimidagi ifodalanishi, shuningdek, turli xalqlar tilidagi madaniy konseptlarning semantik jihatdan farqlanishi yoritiladi. Lingvomadaniyatshunoslikning ilmiy-metodologik yondashuvlari, madaniy kodlar, milliy konseptlar va ularning til orqali namoyon bo‘lishi misollar asosida tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari til va madaniyatning ajralmas hodisa ekanini ko‘rsatib, ularning o‘zaro ta’siri jamiyat taraqqiyoti uchun muhim omil ekanligini asoslaydi.

Zilola Muratovna Yigitaliyeva , Shaxzoda Mingboyeva Akramjon qizi

149-151

2026-01-13

BORLIQ FALSAFASI

Ushbu maqolada borliq falsafasi (ontologiya) tushunchasi, uning mazmuni, tarixiy rivojlanish bosqichlari hamda asosiy shakllari yoritilgan. Maqolada qadimgi yunon va sharq mutafakkirlarining borliq haqidagi qarashlari tahlil qilinadi, shuningdek, zamonaviy falsafada borliq muammosining dolzarbligi ko‘rsatiladi.

Xasanova Shaxlo Davron qizi, Saʼdinov Maʼrufjon Normoʻmin oʻgʻli

152-153

2026-01-13