Мы рады сообщить вам, что Центр поддержки исследований «Innovative  Academy» организовал Республиканская конференция «Молодые ученые». Это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований.

Опубликован: 2026-02-05

MUSTAQILLIK YILLARIDA NAVBAHOR TUMANIDA AHOLINI HIMOYA QILISH TADBIRLARI (1991-2025)

Mazkur maqolada mustaqillik yillarida Navbahor tumanida aholini ijtimoiy himoya qilish sohasida amalga oshirilgan davlat siyosati va amaliy chora-tadbirlar tahlil qilingan. Unda bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida aholining turmush darajasini oshirish, ijtimoiy tenglikni ta’minlash hamda ijtimoiy zaif qatlamlarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga e’tibor qaratilgan. Tadqiqotda kam ta’minlangan oilalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, yolg‘iz keksalar va boquvchisini yo‘qotgan fuqarolarga ko‘rsatilgan moddiy yordam, nafaqa va ijtimoiy xizmatlar tizimi yoritilgan. Shuningdek, “mahalla” instituti orqali manzilli ijtimoiy himoya mexanizmlarining shakllanishi hamda ijtimoiy sohadagi islohotlarning aholi farovonligiga ta’siri ochib berilgan.

Baxridinova Mahbuba Maxmudjonovna

4-6

2026-02-04

MILLIY KONTENT VA UNING TA’LIMDAGI AHAMIYATI: PEDAGOGIK NAZARIYALAR VA METODIK YONDASHUVLAR

Ushbu maqola milliy kontentning ta’lim jarayonidagi ahamiyati, pedagogik nazariyalar va metodik yondashuvlar asosida o‘rganishga bag‘ishlangan. Maqolada milliy kontent tushunchasi, uning pedagogik nazariyalardagi o‘rni, shuningdek ta’lim jarayonida qo‘llash metodikasi tahlil qilindi. Tadqiqot natijalari milliy kontentni ta’lim jarayoniga integratsiya qilishning samarali usullarini ko‘rsatadi va pedagogik amaliyotda milliy qadriyatlarni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Rahmatova Feruza Qudrat qizi

7-9

2026-02-04

QUROLLI MOJAROLAR SHAROITIDA QOCHOQ BOLALARNI HIMOYA QILISHGA OID XALQARO HUQUQIY NORMALAR

Zamonaviy xalqaro huquqiy tartibotda qurolli mojarolar sharoitida inson huquqlarini, shular qatorida, jamiyatning eng zaif va himoyaga muhtoj qatlami bo‘lgan bolalar huquqlarini ta’minlash eng dolzarb muammolardan biridir. Hozirda global miqyosda yuz berayotgan siyosiy beqarorliklar, hududiy nizolar, qurolli to‘qnashuvlar natijasida millionlab insonlar o‘z uy-joylarini tark etishga majbur. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, mojarolar va zo‘ravonlik tufayli ko‘chirilgan bolalarning umumiy soni 2024-yil oxiriga kelib 48,8 millionga yetdi, dunyoning turli burchaklarida: Sudan, Myanma, G‘azo sektori, Kongo Demokratik Respublikasi va Afg‘onistonda uyidan haydalgan bolalarning katta qismi bor. Qurolli mojarolar sharoitida bolalar faqat umumiy harbiy harakatlar qurboniga aylanibgina qolmay, ular ota-onasidan ajralish, jismoniy va jinsiy zo‘ravonlikka uchrash, qurolli guruhlarga majburiy yollanish va fundamental huquqlardan, jumladan, ta’lim va sog‘liqni saqlash huquqlaridan mahrum bo‘lish kabi o‘ziga xos xavf-xatarlar ostida qolishadi.

 

Xudaykulova Vazira Gaybulloyevna

10-12

2026-02-04

“INFEKSION KASALLIKLAR VA ANTIBIOTIKLARGA CHIDAMLILIK MUAMMOSI”

Ushbu maqolada infeksion kasalliklarning zamonaviy tibbiyotdagi ahamiyati hamda antibiotiklarga chidamlilik (antimikrob rezistentlik) muammosining global sog‘liqni saqlash tizimiga ta’siri tahlil qilinadi. Antibiotiklardan noto‘g‘ri va nazoratsiz foydalanish natijasida mikroorganizmlarda chidamlilik mexanizmlarining rivojlanishi kuzatilmoqda. Bu esa infeksion kasalliklarni davolashni murakkablashtirib, o‘lim ko‘rsatkichlari va davolash xarajatlarining oshishiga olib kelmoqda. Maqolada antibiotiklarga chidamlilikning asosiy sabablari, mexanizmlari va uni oldini olish strategiyalari yoritilgan.

Shokirova Ruxsoraxon Iskandar qizi, Baxtiyorova Xonzodabegim Sherzodbek qizi

13-15

2026-02-04

DEONTOLOGIK KOMPETENTLIKNI DIAGNOSTIKA QILISH MEZONLARI, INDIKATORLARI VA BAHOLASH VOSITALARI

Mazkur ilmiy tezisda deontologik kompetentlik tushunchasining nazariy asoslari hamda uni diagnostika qilish mezonlari, indikatorlari va baholash vositalari ilmiy manbalar asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda deontologiya, kasbiy axloq, professional mas’uliyat va axloqiy qaror qabul qilish kompetensiyalarining pedagogik va ijtimoiy ahamiyati yoritiladi. Deontologik kompetentlikni baholashda qo‘llaniladigan kognitiv, affektiv va faoliyatga yo‘naltirilgan mezonlar, ularning indikatorlari hamda zamonaviy diagnostik vositalar (anketa, test, kuzatuv, ekspert bahosi) tizimli tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari deontologik kompetentlikni shakllantirish va baholash jarayonini takomillashtirishda metodik asos bo‘lib xizmat qiladi.

Matyokubova Fotima Urinboyevna

16-19

2026-02-04

FARG‘ONA VODIY VILOYATLARI TIBBIYOT XODIMLARI FAOLIYATIDAGI YUTUQ VA KAMCHILIKLAR (2000-2010-yillar)

Mazkur maqolada 2000–2010-yillarda Farg‘ona vodiysi viloyatlarida faoliyat yuritgan tibbiyot xodimlarining ish tajribasi, kasbiy yutuqlari hamda tizimda uchragan muammolar yoritilgan. Davr mobaynida amalga oshirilgan sog‘liqni saqlash islohotlari, tibbiy xizmat sifatining yaxshilanishi, kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash masalalari tahlil qilingan. Shu bilan birga, moddiy-texnik baza yetishmovchiligi, kadrlar taqsimotidagi muammolar va qishloq joylarda tibbiy xizmat sifati bilan bog‘liq kamchiliklar ilmiy jihatdan baholangan.

Mamasoliyeva Guldona Anvarbekovna

20-25

2026-02-04

SELECTING AND DESIGNING CONTENT FOR DEVELOPING READING SKILLS OF B1 LEVEL LEARNERS AT SCHOOL

This thesis explores the critical importance of selecting and designing appropriate reading materials for B1 level learners in a school setting. As students progress in their language learning journey, the development of reading skills becomes essential for academic success and effective communication. The study outlines various strategies for choosing texts that are not only engaging but also aligned with the linguistic and cognitive levels of B1 learners. By emphasizing the role of content in fostering reading comprehension, this research aims to contribute to pedagogical practices that enhance learners' abilities to interpret and analyze written information. The findings highlight the significance of tailored content in promoting a deeper understanding of the language and improving overall literacy.

Surayyo Badalova

26-27

2026-02-04

GENDER TENGLIGI: XALQARO HUQUQDAN MILLIY QONUNCHILIKKA TOMON QADAM

Ushbu maqolada gender tengligi tushunchasining xalqaro huquqiy asoslari hamda uning milliy qonunchilikka integratsiyalashuvi jarayoni yoritiladi. Gender tengligini ta’minlash bo‘yicha BMT, Yevropa Kengashi kabi xalqaro tashkilotlarning asosiy konventsiyalari tahlil qilinadi, shuningdek, O‘zbekistonning normativ-huquqiy hujjatlarida gender masalalarining aks etishi va amaliyotga tatbiq etilish darajasi ko‘rib chiqiladi. Maqolada gender siyosatini kuchaytirish, diskriminatsiyani bartaraf etish va teng imkoniyatlar yaratish bo‘yicha takliflar ham beriladi.

Umarov Murodjon Mamatkarim o‘g‘li, Abduxamidova Xushnoza Abrorjon qizi

28-31

2026-02-04

MAKTABGACHA TA’LIMDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING TA’LIM SAMARADORLIGIGA TA’SIRI

Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tizimida raqamli texnologiyalarning joriy etilishi va uning samaradorlikka ta’siri yoritilgan. Raqamli vositalarning ta’lim jarayonidagi o‘rni, bolalarning kognitiv rivojlanishiga ta’siri hamda mustaqil o‘rganish qobiliyatini shakllantirishdagi ahamiyati tahlil qilingan. Shuningdek, interaktiv ta’lim platformalari, multimedia vositalari va onlayn resurslar orqali ta’lim sifatini oshirish usullari muhokama qilingan. Maqolada raqamli texnologiyalar yordamida bolalarning bilim va malakasini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.

Ismoilova Dildora Mirzoxid qizi

32-34

2026-02-04

MÁHÁLLE JÁMIYETLIK TURAQLÍLÍQ HÁM RUWXÍY KÁMILLIK FAKTORÍ

Búgingi globallasıw sharayatında jámiyet turaqlılıǵın támiyinlew hám insan ruwxıy rawajlanıwın jetilistiriw máselesi aktual áhmiyetge iye bolmaqta. Máhelle institutı bunda zárúrli social tayanısh sıpatında kόrinedi. Máhálle - bul tek ǵana aymaqlıq birlik bolıp qalmay, al birlestiriwshi, tárbiyalıq hám social qadagalaw funkciyasın ámelge asırıwshı institut esaplanadı. Máhálle jámiyette social   turaqlılıqti támiyinlewde ásirese jaslardı salamat ruwxda tárbiyalaw mútajligi bar qatlamlardı qollap-quwatlaw, shaǹaraqqa tiyisli mashqalalardı sheshiwde zárúrli rol oynaydı. Máhelle ortalıǵında adamda juwapkershilik, awızbirshilik siyaqlı pazıyletler qáliplesedi.

Tanimov Sharapatdin, Baxitova Dilfuza

35-36

2026-02-05

BA'ZI BIR XUSUSIY INTEGRAL OPERATORLARNING XOS QIYMATLARI VA XOS FUNKSIYALARINI TOPISH HAQIDA

Mazkur maqolada integral operatorlar nazariyasining muhim masalalaridan biri — xos qiymatlar va xos funksiyalarni aniqlash muammosi ko‘rib chiqiladi. Xususan, Fredgolm va Volterra tipidagi ayrim xususiy integral operatorlar uchun xos qiymatlar spektri va ularga mos xos funksiyalarni topish usullari bayon etiladi. Natijalar funksional analiz va matematik fizika masalalarida qo‘llanishi bilan ahamiyatlidir.

Choriyeva Sarvinoz Mamatmurodovna

37-39

2026-02-05

БОЛАЛАР КУЙИШ КАСАЛЛИГИДА ЖАРРОҲЛИК ДАВОЛАШ БОСҚИЧЛАРИДА АСОРАТЛАРНИНГ РИВОЖЛАНИШ ХУСУСИЯТЛАРИ ВА ПРОФИЛАКТИКАСИ

Куйиш касаллиги болалар ёшида учрайдиган оғир шикастланиш турларидан бири бўлиб, у нафақат маҳаллий тўқима зарарланиши, балки бутун организм миқёсида чуқур патофизиологик ўзгаришлар билан кечади. Кенг майдонли ва чуқур даражали куйишларда хирургик даволаш асосий терапевтик усул ҳисобланади. Шу билан бирга, жарроҳлик даволаш босқичларида юзага келадиган асоратлар даволаш жараёнини мураккаблаштиради, касалхонада ётиш муддатини узайтиради ҳамда узоқ муддатли функционал ва косметик нуқсонларга олиб келади.

Исомиддинов Зиёвиддин Дарвишалиевич

40-41

2026-02-05

IKKI TILLI O’QUV LUG’ATLARDA SO’Z MA’NOSINI OCHIB BERISH MASALALARI

Mazkur tezis ikki tilli o‘quv lug‘atlarda so‘z ma’nosini ochib berish masalalarini yoritishga bag‘ishlangan. Unda ingliz va o‘zbek tillari misolida so‘z ma’nosini semantizatsiya qilishda uchraydigan asosiy muammolar tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida so‘z ma’nosini faqat tarjima orqali berish yetarli emasligi, balki semantik izohlar, kontekstual misollar va zamonaviy lingvistik yondashuvlardan foydalanish zarurligi asoslab beriladi. Shuningdek, ikki tilli o‘quv lug‘atlarda so‘zning semantik maydonini kengroq ochib berish o‘quvchilarning leksik kompetensiyasini rivojlantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi ta’kidlanadi. Tezisda ilgari surilgan fikr va xulosalar o‘quv lug‘atlarni takomillashtirish hamda chet tillarni o‘rganish jarayonining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.Bugungi kunda chet tillarni o’rganishda ikki tilli o’quv lug’atlar muhim manbalardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, ingliz va o’zbek tillarini o’rganish jarayonida so’z ma’nosini to’g’ri va to’liq anglash o’quvchilarning leksik kompetensiyasini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.Shu bilan birga, amaldagi ko’plab o’quv lug’atlarda so’z ma’nolarining yetarli darajada aniq va tushunarli tarzda ochib berilmagani ayrim muammolarni keltirib chiqarmoqda.

Arabova Dinora

42-43

2026-02-05

MIR ALISHER NAVOIYNING TARIXIY JAMIYATDAGI O’RNINI O’RGANISHDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH USULLARI

Mazkur maqolada buyuk mutafakkir va davlat arbobi Mir Alisher Navoiy merosining tarixiy jamiyat taraqqiyotidagi oʻrni pedagogik texnologiyalar asosida oʻrganish masalalari tahlil etiladi. Tadqiqotda Navoiy faoliyatini oʻqitishda zamonaviy pedagogik yondashuvlar, interfaol metodlar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari yoritib berilgan. Shuningdek, tarixiy tafakkurni rivojlantirish, o‘quvchilarda milliy qadriyatlar va maʼnaviy merosga hurmat tuyg‘usini shakllantirishda pedagogik texnologiyalarning samaradorligi asoslab beriladi. Maqola taʼlim jarayonida Navoiy merosini o‘rganishga oid metodik tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.

Soipova Orzugul Inomjon qizi

44-49

2026-02-05

KIKBOKS – ZAMONAVIY YAKKAKURASH SPORT TURI SIFATIDA

Mazkur maqolada kikboks sport turining zamonaviy yakkakurashlar tizimidagi o‘rni, uning shakllanish jarayoni hamda jismoniy va psixologik rivojlanishga ta’siri ilmiy jihatdan tahlil etilgan. Kikboksning kompleks xarakterga ega sport turi sifatida sportchilarning jismoniy tayyorgarligi, texnik-taktik mahorati va irodaviy sifatlarini rivojlantirishdagi ahamiyati yoritib berilgan. Shuningdek, kikboks sportining yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirishdagi roli asoslab berilgan.

Kuziyev Alaviddin Ilhamovich

50-51

2026-02-05

INSON HUQUQLARINI HIMOYA QILISHNING MILLIY VA XALQARO MEXANIZMLARI

Maqolada inson huquqlarini himoya qilishning zamonaviy tizimi milliy va xalqaro mexanizmlar kontekstida batafsil va tizimli tarzda tahlil qilinadi. Mazkur ish inson huquqlarining mohiyati, ularning jamiyat va davlat rivojidagi o‘rni, huquqiy kafolatlari va amaliy himoya vositalari haqida keng yoritadi. Milliy mexanizmlar qatorida davlat ichidagi konstitutsiya, qonunchilik, sud tizimi, Ombudsman, prokuratura, advokatura va boshqa maxsus institutlar faoliyati batafsil tahlil qilinadi. Shu bilan birga, xalqaro mexanizmlar doirasida BMT tizimi, xalqaro shartnomalar, konvensiyalar, xalqaro sudlar va monitoring mexanizmlari keng yoritilgan.

Qiyomova Nigina Jasur qizi

52-59

2026-02-05

BOSHLANGʻICH SINF OʻQUVCHILARIGA MOS MATEMATIK OʻYINLARDAN FOYDALANISHNING SAMARADORLIGI

Ushbu maqolada matematika fanini o‘qitishda qiziqarli, zamonaviy hamda innovatsion o‘yinlardan foydalanishning ta’limiy samaradorligi o‘rganilgan. Tadqiqot eksperimental yondashuv asosida oldindan test va yakuniy test orqali amalga oshirildi. O‘quvchilarning matematik bilim darajasidagi o‘zgarishlar maxsus ishlab chiqilgan baholash vositalari yordamida aniqlanib, statistik tahlil qilindi. Tadqiqot natijalari raqamli o‘yinlardan foydalanish o‘quvchilarning matematik bilimlarini sezilarli darajada oshirishini ko‘rsatdi. Oldindan test va yakuniy test natijalari o‘rtasida statistik jihatdan ahamiyatli farq aniqlanib, raqamli o‘yinlarning ta’lim jarayonidagi ijobiy ta’siri isbotlandi. Xulosa sifatida, o‘qituvchi tomonidan yaratilgan raqamli o‘yinlar matematika ta’limini samarali, qiziqarli va interaktiv tashkil etishda muhim didaktik vosita bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

Karimova Kunduz Ruzibayevna , Davlatova Zeboxon Qalandar qizi

60-62

2026-02-05

BOSHLANG‘ICH SINFLARDA HARAKATGA DOIR MASALALARNI YECHISH METODLARINI TAKOMILLASHTIRISH

Mazkur tezisda boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga harakatga doir masalalarni o‘rgatish jarayonida qo‘llaniladigan samarali metodlar tahlil qilinadi. Harakatga doir masalalarning o‘quvchilarda mantiqiy fikrlashni rivojlantirishdagi o‘rni, ularni yechishda ko‘rgazmali, amaliy va interfaol metodlardan foydalanishning pedagogik ahamiyati yoritib beriladi. Shuningdek, mazkur masalalarni yechishda uchraydigan asosiy qiyinchiliklar va ularni bartaraf etish yo‘llari ko‘rsatib o‘tiladi.

Karimova Kunduz Ruzibayevna , Eshchanova Sevinchoy Kamol qizi

63-65

2026-02-05

OILA MUHITIDA BOLALARNING MEDIA ISTE’MOLINI ONGLI BOSHQARISH VA MEDIASAVODXONLIK MASALALARI

Mazkur maqolada zamonaviy axborotlashgan jamiyat sharoitida bolalarning media iste’molini nazorat qilish masalasi oilaviy tarbiya nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi. Tadqiqotda raqamli texnologiyalar, internet va smartfonlarning bolalar ongiga ta’siri, nazoratsiz axborot oqimining salbiy oqibatlari hamda mediasavodxonlikning tarbiyaviy ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, O‘zbekistonda bolalar uchun xavfsiz media muhitini shakllantirishga qaratilgan davlat tashabbuslari va xalqaro tajribalar qiyosiy tahlil asosida ko‘rib chiqiladi. Maqolada bolalarning media iste’molini cheklash emas, balki ongli boshqarish, muqobil milliy kontentni rivojlantirish va oilaviy muhitda tanqidiy fikrlashni shakllantirish eng samarali yo‘l ekanligi asoslab beriladi.

Umarova Dilnavoz Najmiddin qizi

66-69

2026-02-05

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING ONA TILI DARSIDA NUTQ MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH

Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutq madaniyatini shakllantirishning ilmiy-nazariy asoslari, pedagogik yondashuvlari hamda amaliy metodlari tahlil qilingan. Nutq madaniyati tushunchasining mazmun-mohiyati, yoshga xos xususiyatlari yoritilgan. Shuningdek, dars jarayonida qo‘llaniladigan samarali mashqlar, metodlar vositalar asosida o‘quvchilar nutqini boyitish yo‘llari ochib berilgan. Dars jarayonlarida mavjud muammolar va ularning yechimlari, shuningdek, amaliy tavsiyalar asosida boshlang‘ich sinf ona tili darslarida nutq madaniyatini rivojlantirish yo‘nalishlari asoslangan.

D.A. Suyunov

70-72

2026-02-05

OZOD SHARAFIDDINOV – HAQIQAT VA TANQID FALSAFASI NAMOYANDASI

Ushbu maqolada Ozod Sharafiddinovning adabiy tanqidchilikdagi o‘rni, uning haqiqat va adolat tamoyillariga asoslangan ilmiy qarashlari tahlil qilinadi. Tanqidchining estetik mezonlari, ijodkor shaxsiyatiga munosabati hamda milliy adabiyot taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi yoritiladi. Shuningdek, uning fikrlarida tanqidning ma’naviy mas’uliyat bilan uyg‘unligi masalasi ko‘rib chiqiladi.

Soatmurodova Sarvinoz

73

2026-02-05

OZOD SHARAFIDDINOV – O‘ZBEK ADABIY TANQIDCHILIGIDA MUSTAQIL TAFAKKUR TIMSOLI

Mazkur maqolada Ozod Sharafiddinovning o‘zbek adabiy tanqidchiligidagi o‘rni, uning ilmiy-estetik qarashlari hamda milliy tafakkur rivojiga qo‘shgan hissasi tahlil qilinadi. Adibning tanqidiy faoliyati, adabiyotga yangicha yondashuvi va mustaqil fikr tamoyillari ilmiy asosda yoritiladi. Shuningdek, uning ijodida haqiqat, adolat va milliy ong masalalarining aks etishi ko‘rib chiqiladi.

Soatmurodova Sarvinoz

74-75

2026-02-05

TA’LIM VA TARBIYA JARAYONLARIDA ESTETIK TARBIYANING AHAMIYATI

Bugungi globallashuv va axborotlashgan jamiyat sharoitida ta’lim tizimi oldiga nafaqat bilimli, balki  ma’naviy barkamol, estetik didga ega, go‘zallikni his eta oladigan shaxsni tarbiyalash vazifasi  qo‘yilmoqda. Shu nuqtai nazardan, estetik tarbiya ta’lim va tarbiya jarayonlarining ajralmas qismi  sifatida muhim ahamiyat kasb etadi. Estetik tarbiya insonning go‘zallikni anglash, san’at va  hayotdagi nafislikni qadrlash, atrof-muhitga ongli va mas’uliyatli munosabatda bo‘lishini shakllantiradi.

Shodiqulova Dilorom

76-77

2026-02-05

XORIJIY MAMLAKATLARDA KICHIK BIZNES INNOVATSIYALARINI QO‘LLAB-QUVVATLASH TAJRIBASI

Mazkur maqolada xorijiy mamlakatlarda kichik biznes sub’ektlarining innovatsion faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ilg‘or tajribalar tahlil qilingan. Xususan, AQSh, Germaniya, Yaponiya hamda Skandinaviya mamlakatlarida kichik biznes innovatsiyalarini rag‘batlantirishda qo‘llanilayotgan moliyaviy mexanizmlar, institutsional hamkorlik shakllari, innovatsion infratuzilma va davlat siyosatining o‘rni yoritib berilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, kichik biznes innovatsion faolligini oshirishda grantlar, inkubatorlar, klasterlar, ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan integratsiya hamda raqamli va ijtimoiy innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash muhim ahamiyat kasb etishi aniqlangan. Shuningdek, xorijiy tajribani O‘zbekiston sharoitida qo‘llash imkoniyatlari yuzasidan umumiy xulosalar shakllantirilgan.

Rasulov Ulug‘bek Obidjon o‘g‘li

78-80

2026-02-06

DAVLAT-XUSUSIY SHERIKCHILIK (DXSH) ASOSIDAGI LOYIHALARNI MOLIYALASHTIRISHDA RISKLARNING VUJUDGA KELISHINI OLDINI OLISH YO‘LLARI

Mazkur maqolada davlat-xususiy sherikchilik (DXSh) asosida amalga oshiriladigan loyihalarni moliyalashtirish jarayonida yuzaga keladigan risklarning iqtisodiy mohiyati, ularning kelib chiqish sabablari va oldini olish mexanizmlari ilmiy asosda tadqiq etiladi. Tadqiqotda DXSh loyihalarida uchraydigan moliyaviy, huquqiy, institutsional va operatsion risklar tizimli yondashuv asosida tasniflanadi. Shuningdek, risklarni kamaytirish va boshqarishda davlat va xususiy sheriklar o‘rtasida majburiyatlarni optimal taqsimlashning ahamiyati asoslab beriladi. Olingan xulosalar DXSh loyihalarining moliyaviy barqarorligini oshirish va investorlar ishonchini mustahkamlashga qaratilgan.

Ergashev Axmadjon Maxmudjon o‘g‘li

81-84

2026-02-06

AKADEMIK JARAYONLARNI SAMARALI TASHKIL ETISH VA TA’LIM SIFATINI TA’MINLASH: HUQUQIY ISLOHOTLARNING YANGI BOSQICHI

O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, oliy ta’limni modernizasiya qilish, ilg‘or ta’lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi PF–5847-son Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi mazkur sohadagi yangi islohotlar uchun debocha vazifasini bajarib bermoqda.

Zayniddin Abdurashidov

85-86

2026-02-06

TABIIY FAN DARSLARIDA KRITIK FIKRLASHNI RIVOJLANTIRISH USULLARI

Ushbu maqolada tabiiy fanlar darslarida o‘quvchilarda kritik fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish masalalari yoritilgan. Kritk fikrlash tushunchasi, uning ta’lim jarayonidagi ahamiyati, tabiiy fanlar o‘qitishda qo‘llaniladigan zamonaviy pedagogik yondashuvlar, metod va usullar tahlil qilingan. Shuningdek, dars jarayonida o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, muammoni tahlil qilish, xulosa chiqarish va ilmiy asoslangan qaror qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiluvchi metodlar bayon etilgan. Maqolada tabiiy fanlar darslarida interfaol usullardan foydalanish orqali o‘quvchilarning bilim sifati va tafakkur darajasini oshirish yo‘llari ko‘rsatib berilgan.

Mulladjonova Gullola Abduxalilovna

87-91

2026-02-06

BADIIY ASAR TARJIMASIDA REALIYALAR

Tarjima jarayonida badiiy asarda duch keluvchi qiyinchiliklar va ularning bartaraf etilishi haqida ma’lumot beriladi. Badiiy asarlarni bir tildan ikkinchi tilga tarjima qilganda realiyalar va ularning strategiyalari haqida ma’lumot keltiriladi.

Erimbetova Shaxzada

92-94

2026-02-06

YARIM O‘QDA BERILGAN XILL TENGLAMASI UCHUN VEYL-TITCHMARSH FUNKSIYASI

Spektral tahlilning teskari masalalari operatorlarni spektral berilganlar orqali tiklashdan iborat. Bunday muammolar ko‘pincha matematika, mexanika, fizika, elektronika, geofizika, meteorologiya va tabiiy fanlarning boshqa sohalarida uchraydi. Teskari masalalar matematik fizikada chiziqli bo‘lmagan evolyutsiya tenglamalarini yechishda ham muhim rol o‘ynaydi. Ushbu sohaga qiziqish yangi muhim tadbiqlarning paydo bo‘lishi tufayli doimiy ravishda ortib bormoqda va hozirgi kunda teskari masalalar nazariyasi butun dunyoda jadal rivojlanmoqda.

Hasanov G‘ulom Aknazarovich

95-98

2026-02-06

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA SAYLOV TIZIMI: ILMIY TAHLIL

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasining saylov tizimi, uning demokratik davlat boshqaruvidagi o‘rni va qonunchilikdagi so‘nggi o‘zgarishlar ilmiy tahlil qilingan. Tadqiqotda Saylov kodeksining ahamiyati hamda mamlakatda joriy etilgan aralash saylov tizimining siyosiy plyuralizmni rivojlantirishdagi roli yoritilgan. 

Eshmurodova Malika Olim qizi

99-101

2026-02-06

ARAB TILIDA KALIMA VA KALOMNING KLASSIK SHARHI

Mazkur maqolada arab tilidagi boshlang‘ich atamalar “turosiy” (an’anaviy) yondashuv asosida tahlil qilinadi. Xususan, kalima, kalom, qavl va jumla tushunchalariga ta’rif berilib, ularning o‘zaro farqlari klassik manbalar asosida yoritiladi. Shuningdek, arab tilshunosligida muhim o‘rin tutuvchi ism va fe’l so‘z turkumlarining asosiy alomatlari ochib beriladi. Maqola arab tilini o‘rganayotgan boshlang‘ich bosqichdagi o‘quvchilar hamda tilshunoslikka qiziquvchilar uchun nazariy va amaliy ahamiyatga ega.

Fayziyev Shamsuddin Sadriddinovich

102-105

2026-02-06

TOPONIMLARNING AMALIY TAHLILI

Toponimlar (joy nomlari) topografik muhit elementlarini bildiruvchi til birliklarini ifodalaydi. Tadqiqotning dolzarbligi toponimiya nazariyasini rivojlantirish va mavjud bo'lgan barcha toponimik tasniflarni tizimlashtirish zarurati bilan bog'liq. Joy nomlari murakkab (ko'p o'lchovli) xususiyatga ega bo'lib, ularni tasniflashda hisobga olinishi kerak. Ushbu tadqiqot joy nomlarini guruhlash mumkin bo'lgan turli tamoyillarni ajratib ko'rsatishga urinishdir.

Xadjimetova Gullola Ikramovna

106-107

2026-02-06

ФРАЗЕОЛОГИЯДА ИМО ИШОРАНИ КУЛЛАШ

Ушбу мақолада фразеология соҳасида имо-ишоралар билан боғлиқ ифодаларнинг лингвистик хусусиятлари таҳлил қилинади. Инсон мулоқотида нолисоний воситалар муҳим ўрин тутади, шулардан бири — имо-ишоралардир. Ушбу ҳаракатлар вақт ўтиши билан тил бирликларига кўчиб, турғун иборалар таркибида ўз аксини топган. Мақолада қўл, кўз, юз ифодаси, бош ҳаракатлари каби жисмоний ишоралар асосида шаклланган фразеологик бирликларнинг маъноси, услубий қиммати ва нутқдаги вазифаси ёритилади. Шунингдек, имо-ишорага асосланган ибораларнинг кўчма маъно ҳосил қилиш механизми ҳамда уларнинг миллий маданият билан боғлиқ жиҳатлари кўриб чиқилади. Тадқиқот натижалари фразеологизмларнинг шаклланишида инсоннинг ҳиссий ҳолати, ижтимоий тажрибаси ва маданий қарашлари муҳим омил эканини кўрсатади. Мақола тил ва тафаккур ўртасидаги узвий боғлиқликни очиб беришга хизмат қилади.

Халикова Зарина

108-109

2026-02-06

GENDER STEREOTIPLARI XUSUSIDAGI O‘ZIGA XOS QARASHLAR

mazkur tezisda gender stereotiplari xususidagi o‘ziga xos qarashlar yuzasidan mulohazalar tahlil etilgan. Ushbu qarashlar Gender stereotiplari jamiyat tug‘ilgandan beri har birimizga beradigan ko‘rinmas “ko‘rsatma” ekanligi unda “haqiqiy erkak” va “haqiqiy ayol” o‘zini qanday tutishi kerakligini ko‘rsatishga  xizmat qilishidan dalolat beradi.

Ismoiljon Nishonov Abdumutallibovich

110-112

2026-02-06

AYOL VA ERKAK NUTQ XATTI-HARAKATLARIDAGI BA’ZI GENDER STEREOTIPLARIGA XOS TAHLILLAR

mazkur tezisda ayol va erkak nutq xatti-harakatlarida uchrab turadigon ba’zi gender stereotiplari xususida tahlilga tortilgan. Ushbu qarashlar erkak va ayollarga xos bo‘lgan fazilat hamda atributlar, shuningdek, erkak va ayollar tamoyillari haqidagi ijtimoiy tushunchalarni kengroq kontekstda qamrab olishiga xizmat qiladi.

Ismoiljon Nishonov Abdumutallibovich

113-115

2026-02-06

YOG'OCH UCHUN OLOVGA CHIDAMLI MATERIALLAR ZAMONAVIY TARKIBLAR, HARAKAT MEXANIZMLARI VA SAMARADORLIGI

Ushbu ilmiy maqolada yog‘och materiallarini olovdan himoyalash muammolari, zamonaviy olovga chidamli tarkiblarning kimyoviy va fizik xususiyatlari, ularning ta’sir mexanizmlari hamda amaliy samaradorligi har tomonlama tahlil qilinadi. Yog‘och ekologik toza, qayta tiklanuvchi va qurilish hamda sanoatda keng qo‘llaniladigan material bo‘lishiga qaramay, uning yuqori yonuvchanligi xavfsizlik nuqtayi nazaridan jiddiy cheklovlarni yuzaga keltiradi. Shu sababli yog‘ochning olovga chidamliligini oshirish masalasi zamonaviy materialshunoslik va yong‘in xavfsizligi sohasining dolzarb yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Maqolada an’anaviy va zamonaviy olovga chidamli materiallar, jumladan, anorganik tuzlarga asoslangan singdiruvchi moddalar, intumescent (ko‘piklanib shishuvchi) qoplamalar, polimer-kompozit tizimlar hamda nanoqo‘shimchalar asosidagi yangi avlod tarkiblarining ishlash tamoyillari ilmiy asosda yoritib beriladi. Olovga chidamli materiallarning yog‘och strukturasiga ta’siri, issiqlik uzatilishini cheklash, yonish jarayonini sekinlashtirish va himoya qatlamini hosil qilish mexanizmlari batafsil tahlil qilinadi. Shuningdek, laboratoriya va amaliy sharoitlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalariga asoslanib, turli olovga chidamli tarkiblarning samaradorligi, ularning xizmat muddati hamda ekologik va iqtisodiy jihatlari qiyosiy baholanadi. Tadqiqot natijalari yog‘och konstruktsiyalaridan foydalaniladigan bino va inshootlarda yong‘in xavfsizligini oshirish, normativ talablarni takomillashtirish hamda zamonaviy olovga chidamli materiallarni tanlashda ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Olimova Mohinur Karimjon Qizi

116-122

2026-02-06

ЖИНОЯТ ПРОЦЕССИНИ СОДДАЛАШТИРИШНИНГ ПРИНЦИПИАЛ АСОСЛАРИ: ХАЛҚАРО СТАНДАРТЛАР КОНТЕКСТИДА

Мазкур мақолада жиноят процессини соддалаштиришнинг принципиал асослари ҳамда унинг халқаро-ҳуқуқий манбалари комплекс илмий таҳлил қилинади. Соддалаштиришнинг очиқлик, адолатли суд, тортишувчанлик ва процессуал тенглик принципларига таъсири ўрганилади. Европa инсон ҳуқуқлари суди амалиёти мисолида соддалаштирилган процессуал шаклларни қўллашнинг ҳуқуқий чегаралари ва шартлари очиб берилади. Муаллиф томонидан соддалаштиришнинг халқаро стандартларга мос келувчи модели ишлаб чиқиш зарурати илмий жиҳатдан асосланади.

S.T.Alishaev

124-128

2026-02-09

JADIDCHILIK MILLIY HARAKATINING TARIXIY BOSQICHLARI, BOSH G‘OYA VA MAQSADI

Ushbu maqolada milliy ozodlik harakatlarida faoliyat yuritgan jadidlarning taʼlim sohasidagi islohotlari, ijtimoiy ong shaklining oshirilishidagi gʻoyalar va ularning amaliyoti yuzasidan fikr va mulohazalar keltirilgan. Maqola yangi usul maktablarining oʻziga xosligi va darsliklarining ahamiyati haqidadir.

Tag‘oyeva Dilnavoz Narziqulovna

129-133

2026-02-09

KARATE SPORT TURI ORQALI 10–11-SINF O‘QUVCHILARNING TEZLIK SIFATINI OSHIRISH USULLARI

Ushbu maqola 10–11-sinf o‘quvchilarda tezlik sifatini oshirishda karate sport turining samaradorligini o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda eksperimental va nazorat guruhlari tashkil etilib, maxsus tezlik mashqlari va karate texnikalari asosida mashg‘ulotlar olib borildi. Olingan natijalar shuni ko‘rsatdiki, eksperimental guruhda tezlik ko‘rsatkichlari sezilarli darajada oshgan. Tadqiqot karate mashqlari o‘quvchilarda tezlik sifatini rivojlantirishda samarali vosita ekanligini tasdiqlaydi.

Mahmudjonov Asilbek Abduvoxid o‘g‘li, Adhamova Nozligul Sadriddin qizi

134-138

2026-02-09

OQSIL SINTEZI VA PARCHALANISHI BILAN BOG‘LIQ KASALLIKLAR

Oqsil sintezi va parchalanishi organizmda modda almashinuvining muhim bosqichlaridan biri hisoblanadi. Ushbu jarayonlar hujayra faoliyati, to‘qimalarning yangilanishi va organizmning umumiy fiziologik holatini ta’minlaydi. Oqsil almashinuvining buzilishi turli irsiy va orttirilgan kasalliklarning rivojlanishiga olib keladi. Jumladan, ferment yetishmovchiligi, gormonal buzilishlar va metabolik kasalliklar oqsil sintezi va parchalanish jarayonlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu mavzuni o‘rganish kasalliklarning patogenezini tushunish hamda samarali davolash usullarini ishlab chiqishda muhim ahamiyatga ega.

Jalilova Sevaraxon, Orifjonova Muxlisa

139-141

2026-02-09

ARTERIYALARDAGI QON BOSIMI VA UNING BOSHQARILISHI

Ushbu mavzuda arteriyalardagi qon bosimining fiziologik mohiyati, uning hosil bo‘lish mexanizmlari hamda organizmda boshqarilish usullari yoritilgan. Arterial qon bosimi yurak faoliyati, qon tomirlar tonusi, aylanayotgan qon hajmi va periferik qarshilik bilan chambarchas bog‘liq. Qon bosimini boshqarishda nerv tizimi (baroreseptorlar, simpatik va parasimpatik ta’sirlar), gumoral omillar (gormonlar, biologik faol moddalar) va buyraklarning roli muhim ahamiyatga ega. Mazkur mavzu yurak-qon tomir tizimi faoliyatini tushunishda muhim nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Nishonov Bahtiyor, Orifjonova Muxlisa

142-144

2026-02-09