We are pleased to inform you that the Research Support Center "Innovative Academy RSC" has organized the Republican Conference "Young Scientists". This is a national online conference with open access, where review abstracts related to various fields are published. The main goal is to offer an intellectual platform for national scientists, and it aims to promote interdisciplinary research.
Published: 2025-11-11
Maqolalar
O‘ZBEKİSTONNİNG XORİJİY DAVLATLAR BİLAN İLMİY- TEXNİK HAMKORLİK TARİXİ
Ushbu ilmiy maqola O‘zbekistonning xorijiy davlatlar bilan ilmiy-texnik hamkorlik tarixi, uning shakllanish bosqichlari va rivojlanish jarayonlarini o‘rganishga bag‘ishlanadi. Mustaqillik yillaridan boshlab O‘zbekiston jahon hamjamiyatiga faol integratsiyalashuvni yo‘lga qo‘ydi hamda ilmiy izlanishlar, texnologik tajriba almashinuvi va innovatsion loyihalarda xalqaro hamkorlikni kengaytirib bordi. Tadqiqot davomida ilmiy-texnik aloqalarning tashkil etilishiga ta’sir ko‘rsatgan omillar, davlat siyosatida belgilangan ustuvor yo‘nalishlar va ilmiy salohiyatni oshirishga xizmat qilgan dasturlar tahlil qilindi.
2025-11-10
ТАНОСИЛ КАСАЛЛИГИНИ ЮҚТИРИШ ЖИНОЯТИНИНГ СУБЪЕКТИВ ТОМОНИ
Жиноят субъектив белгилари тизимида субъектив томон алоҳида аҳамиятга эга. Жиноятнинг субъектив томони деганда, шахснинг жиноят содир этиш билан бевосита боғлиқ бўлган руҳий фаолияти тушунилади. Жиноятнинг объектив томони унинг фактик мазмунини белгиласа, субъектив томон жиноий қилмишнинг руҳий мазмунини белгилайди, яъни айбдорнинг руҳиятида кечувчи жараёнларни тавсифлайди. Субъектив томоннинг мазмунини бевосита ҳиссий идрок этиш мумкин эмас, уни фақат содир этилган жиноятнинг барча объектив ҳолатларини атрофлича таҳлил қилиш ва уларга баҳо бериш йўли билан аниқлаш мумкин. Жиноят субъектив томонининг мазмуни айб, мотив ва мақсад каби юридик белгилар ёрдамида ёритилади. Мазкур белгилар бир-бири билан узвий боғлиқ ва бир-бирини тақозо этиб, ҳар бири алоҳида мустақил мазмунга эга ҳисобланади.Субъектив томон жиноят ҳуқуқи назариясининг энг муҳим қисмларидан биридир.
2025-11-10
SEMIRISH BILAN ASORATLANGAN ZURIQISH STENOKARDIYASI BILAN OG‘RIGAN BEMORLARDA MIOKARDNING GLOBAL VA REGIONAL UZUNASIGA DEFORMATSIYASINING XUSUSIYATLARI
Yurak ishemik kasalligi (YuIK) bilan og‘rigan, semirish bilan birga kechuvchi stabil zuriqish stenokardiyasi bo‘lgan bemorlarda chap qorincha (ChQ) ning global va regional uzunasiga deformatsiyasi xususiyatlarini semirishsiz (YuIK) bilan og‘rigan bemorlar hamda amalda sog‘lom sub’yektlar bilan qiyosiy baholash.
2025-11-10
ARTERIAL GIPERTENZIYA SINDROMIGA EGA TIZIMLI QIZIL BO‘RICHA BILAN OG‘RIGAN BEMORLARDA SUTKALIK QON BOSIMI MONITORINGINING XUSUSIYATLARI
Arterial gipertenziya (AG) sindromiga ega bo‘lgan tizimli qizil bo‘richa (TQB) bilan og‘rigan bemorlarda arterial bosimning (AB) sutkalik monitoringi asosida sutkalik qon bosimi monitoringining o‘ziga xosliklarini o‘rganish.
2025-11-10
MATEMATIKA FANINI O‘QITISHNI MEDIA VOSITALARI ASOSIDA TASHKIL ETISH
Ushbu maqolada matematika ta’limida media vositalaridan foydalanishning samaradorligi ilmiy asosda tahlil qilinadi. Parabola, hosila, integral kabi mavzularda GeoGebra, Desmos, YouTube platformasidagi darslar va boshqa interaktiv platformalardan foydalanishning amaliy ahamiyati tahlil etilib, uslubiy ko’rsatmalar ishlab chiqildi.
2025-11-11
OKSID VA ASOSLARNING AMALIY QO‘LLANILISHI: METALLURGIYA VA ATROF-MUHITNI MUHOFAZA QILISH
Ushbu maqolada oksid va asoslarning metallurgiya hamda atrof-muhitni muhofaza qilish sohalaridagi amaliy qo‘llanilishi yoritilgan. Metall ishlab chiqarishda oksidlarning qaytarilish jarayonlari, asoslar yordamida shlak hosil qilish va sanoat chiqindilarini neytrallash texnologiyalari misollar orqali tushuntiriladi. Shuningdek, ekologiyada gazlarni tozalash, og‘ir metall ionlarini cho‘ktirish va sorbsiya jarayonlarida oksid va asoslarning tutgan o‘rni ko‘rsatiladi.
2025-11-11
SCIENTIFIC JUSTIFICATION FOR THE USE OF ANTIOXIDANTS IN FOOD TECHNOLOGY: METHODS OF EXTENDING SHELF LIFE AND IMPROVING NUTRITIONAL QUALITY
This article discusses the scientific rationale for using antioxidants in food technology to extend product shelf life and improve nutritional quality. Oxidative reactions are among the primary causes of food deterioration, affecting flavor, color, texture, and nutrient stability. Antioxidants play a crucial role in preventing lipid oxidation and maintaining the sensory and nutritional properties of food products. This paper analyzes both natural and synthetic antioxidants, their mechanisms of action, and the latest technological applications in food preservation. The study concludes that the strategic use of antioxidants, particularly from natural sources, significantly enhances food stability, safety, and quality, supporting sustainable production and consumer health.
2025-11-11
STOMATOLOGIYADA REGENERATIV BIOTEXNOLOGIYALAR: TISH TO‘QIMALARINI TIKLASH ISTIQBOLLARI
So‘nggi yillarda stomatologiya sohasida biotexnologiyalarning qo‘llanilishi sezilarli darajada rivojlandi. Regenerativ tibbiyot, ayniqsa tish to‘qimalarini tiklash va yangilashda yangi istiqbollarni ochmoqda. Ushbu maqolada, tishning turli qatlamlari — emal, dentin, pulpa va periodontial to‘qimalar —ni qayta tiklash imkoniyatlari tahlil qilinadi. Biotexnologik yondashuvlar, jumladan, hujayra terapiyasi, biomateriallar va o‘sish faktorlarining qo‘llanilishi stomatologik amaliyotda inqilobiy o‘zgarishlarni keltirib chiqarishi kutilmoqda. Maqola, shuningdek, regenerativ tish to‘qimalari yaratishda duch kelinadigan texnik va etika masalalarini ham ko‘rib chiqadi. Shu bilan birga, hujayra terapiyasi va 3D-bioprinting texnologiyalari yordamida tish to‘qimalarini shaxsiylashtirilgan davolash usullari qanday amalga oshirilayotgani batafsil tavsiflanadi. Maqolada so‘nggi ilmiy tadqiqotlar natijalari tahlil qilinib, stomatologiyada regenerativ biotexnologiyalarning kelajak istiqbollari va amaliy qo‘llanilish imkoniyatlari aniqlanadi. Ushbu yondashuvlar, nafaqat sog‘lom tish tuzilishini tiklash, balki og‘riqni kamaytirish va bemorlarning hayot sifatini oshirishda ham muhim ahamiyatga ega. Shu bois, stomatologiya va biotexnologiya integratsiyasi kelajakda bemorlar uchun yanada samarali va xavfsiz davolash usullarini yaratishga xizmat qiladi. Regenerativ biotexnologiyalarning rivojlanishi, klinik amaliyotdagi an’anaviy usullar bilan solishtirganda, bemor uchun minimal invaziv va tez tiklanadigan yechimlarni taklif etadi.
2025-11-11
АЛЛЕРГИЧЕСКИЕ И РАЗДРАЖАЮЩИЕ РЕАКЦИИ, ВОЗНИКАЮЩИЕ В РЕЗУЛЬТАТЕ НОШЕНИЯ БРЕКЕТОВ
Данная статья посвящена изучению аллергических и раздражающих реакций, возникающих у пациентов в результате ношения ортодонтических брекет-систем. В работе рассматриваются причины и механизмы развития этих патологических состояний, влияние материала брекетов на иммунную систему и состояние мягких тканей полости рта. Освещены клинические проявления, диагностика и современные подходы к профилактике и минимизации неблагоприятных эффектов ортодонтического лечения. Особое внимание уделяется индивидуальным особенностям пациентов, влияющим на риск аллергических реакций, а также методам мониторинга и коррекции осложнений. Статья ориентирована на практикующих стоматологов и исследователей, стремящихся повысить безопасность и эффективность ортодонтического лечения.
2025-11-11
OILA PSIXOLOGIYASINING HUQUQIY VA INSITUTSIONAL ASOSLARI
Mazkur maqolada oila psixologiyasining huquqiy va institutsional asoslari keng yoritilgan. Xalqaro va milliy qonunchilik asoslari tahlil qilinib, oilaviy huquqlar va ularning psixologik jihatlari o‘rganilgan. Shuningdek, davlat va nodavlat institutlarining oilani qo‘llab-quvvatlashdagi roli tahlil etilgan. O‘zbek va chet el adabiyotlari asosida oilaviy nizolar, ajrashish, bola tarbiyasi va oilaviy zo‘ravonlikning psixologik hamda huquqiy oqibatlari haqida fikr yuritilgan. Ushbu tadqiqot oilaviy munosabatlarning barqarorligi va inson huquqlarini himoya qilish masalalariga bag‘ishlangan.
2025-11-11
OILA PSIXOLOGIYASI FANIDA OILAVIY NIZOLAR VA ULARNI KELIB CHIQISH SABABLARI
Ushbu ilmiy ish oilaviy nizolarni turlari va ularning kelib chiqish sabablarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Maqolada oiladagi nizolar, asosan, hissiy, kommunikatsion, moliyaviy, ota-ona va farzand o‘rtasidagi nizo, jinsiy rollar nizo kabi turlarga ajratilgan. Har bir nizo turi alohida o‘rganilib, ularning psixologik, ijtimoiy, ekologik, tarbiyaviy va madaniy omillar bilan bog‘liqligi tahlil qilingan. Maqola oiladagi nizolarni keltirib chiqaruvchi sabablarni chuqur tahlil qilib, oiladagi ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash uchun zarur bo‘lgan psixologik va ijtimoiy yondashuvlarni ko‘rsatib beradi. Oilaviy munosabatlardagi muammolarni hal qilishda oila a’zolarining bir-birini tushunishi va qo‘llab-quvvatlashi ahamiyatli ekanligi ta’kidlangan.
2025-11-11
РЕDАGОGIK TА’LIM INNОVАTSIОN KLАSTЕRI TАMОYILLАRI
Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanishning mazmun-mohiyati, ahamiyati va amaliyotga tatbiq etish yo‘llari yoritilgan. Innovatsion texnologiyalarning ta’lim sifatini oshirishdagi o‘rni, bolalarning ijodiy va intellektual rivojlanishiga ta’siri tahlil qilingan. Shuningdek, interfaol metodlar, axborotkommunikatsiya vositalari, o‘yin texnologiyalari va integratsiyalashgan yondashuvlarning samaradorligi misollar asosida ko‘rib chiqilgan.
2025-11-11
DAVLAT BYUDJETI DAROMADLARI VA XARAJATLARI HISOBINI XORIJIY TAJRIBA ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISH (RIVOJLANGAN DAVLATLAR MISOLIDA)
Mazkur tezisda davlat byudjeti daromadlari va xarajatlari hisobini tashkil etishning xorijiy tajribalari chuqur tahlil qilinadi. Asosiy e’tibor rivojlangan mamlakatlar — AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Yaponiya va Janubiy Koreya — misolida byudjet hisobining shakllanishi, yuritilishi va natijadorlik darajasi o‘rganilgan. Ushbu mamlakatlarda amalda qo‘llanilayotgan natijadorlikka yo‘naltirilgan byudjetlash, fiskal shaffoflik, raqamlashtirilgan byudjet tizimlari va ichki nazorat mexanizmlari O‘zbekiston byudjet tizimini takomillashtirishda muhim tajriba bo‘la oladi. Tadqiqot natijalari davlat moliyasi barqarorligini mustahkamlash va byudjet mablag‘laridan samarali foydalanish imkonini beradi.
2025-11-12
ZAMONAVIY O‘ZBEK SHE’RIYATIDA SHAXS VA JAMIYAT MUNOSABATINING BADIIY TALQINI
Ushbu maqolada zamonaviy o‘zbek she’riyatida shaxs va jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar, insonning ichki erkinligi, ijtimoiy mas’uliyat va ma’naviy izlanish masalalari tahlil qilinadi. Mustaqillikdan so‘ng o‘zbek she’riyati inson ruhiyatiga, shaxsiy fikr va tuyg‘ularning erkin ifodasiga keng yo‘l ochdi. Maqolada Xurshid Davron, Halima Xudoyberdiyeva, Oydin Hojiyeva, Usmon Azim kabi ijodkorlarning asarlari misolida zamonaviy she’riyatdagi falsafiy va estetik yangilanishlar ko‘rsatib o‘tiladi.
2025-11-12
MENEJMENTNING ILMIY YONDASHUVLARI VA TAMOYILLARI
Boshqaruvning keltirilgan asosiy va qo‘shimcha tamoyillari har qanday tizimcha uchun xosdir. Shuning bilan birga boshqaruv tizimining har bir tizimchasi yana o‘ziga xos tizimchalar asosida shakllanishlari va faoliyat yuritishlari kerak. Masalan, quyidagilar xodimlarni boshqarishning o‘ziga xos tamoyillari bo‘ladilar: mehnat taqsimoti, yakka hukmronlik, shaxsiy manfaatlarni umumiyga bo’ysunishi va boshqalar.
2025-11-12
XX ASR BIRINCHI YARMIDA O‘ZBEKISTONDA O‘ZBEK TILI TA’LIMI MANZARASI
Mazkur maqolada XX asrning birinchi yarmida O‘zbekistonda o‘zbek tili ta’limining holati va rivojlanish bosqichlari tahlil etiladi. Tadqiqotda o‘zbek tili va rus tili fanlarining maktab dasturlaridagi o‘rni, haftalik o‘qitilish soatlari hamda bu nisbatning o‘zgarish dinamikasi aniq faktlar asosida yoritilgan. Shuningdek, sovet davridagi til siyosatining ta’lim tizimiga ta’siri, o‘zbek tili darslarining metodikasi, darsliklar va o‘quv dasturlaridagi o‘zgarishlar tahlil qilingan. Maqolada o‘zbek tilining davlat tili sifatida ta’lim tizimida mustahkamlanish jarayoni hamda rus tilining ustuvor mavqei bilan bog‘liq muammolar ilmiy jihatdan asoslab berilgan.
2025-11-13
ALISHER NAVOIY GʻAZALLARIDA OSHIQ VA MAʼSHUQANING IFODALANISH USULLARI
Ushbu maqola ilmiy asoslarga tayangan holda yozildi. Maqolada Alisher Navoiy gʻazallaridagi oshiq va yor tasviri haqida soʻz yuritilgan. Kirish qismida Navoiyning ishqiy gʻazallari yoritilgan boʻlsa, asosiy qismda "Orazin yopqach koʻzimdin..." gʻazali tahlil qilingan. Yakunida umumiy xulosa va foydalanilgan adabiyotlar keltirilgan.
2025-11-13
CHALLENGES AND BENEFITS OF TEACHING MATHEMATICS IN ONLINE ENVIRONMENTS
This article examines the challenges and benefits of teaching mathematics in online environments and proposes effective strategies to enhance learning outcomes. It emphasizes the importance of mathematics in developing logical reasoning, problem-solving, and analytical thinking, and highlights the growing reliance on digital education in response to technological advancements and the COVID-19 pandemic. The article identifies key challenges such as limited teacher-student interaction, technical difficulties, difficulty explaining abstract concepts, and issues with online assessment and feedback. Conversely, it explores the benefits of online mathematics instruction, including flexibility, self-paced learning, accessibility, the use of interactive digital tools, and opportunities for creative teaching. The study further presents strategies for improving online mathematics teaching, including the integration of interactive programs, promoting active participation, providing timely feedback, and engaging in professional development. The conclusion underscores that, despite challenges, online mathematics teaching offers transformative potential when combined with innovative pedagogy and technology.
2025-11-13
SO’FIYLIK FALSAFASINING LINGVISTIK IFODASI: RUMIY VA DANTE ASARLARIDA
This article analyzes the linguistic expression of Sufism philosophy in Eastern and Western literature. The main objects of study are the works of Jalaluddin Rumi and Dante Alighieri. The article examines how the authors convey spiritual awakening, inner purity, moral and spiritual development through linguistic and literary devices. In Rumi’s works, such as the Masnavi and quatrains, Sufism philosophy is expressed through poetic and lyrical imagery, metaphors, nature symbolism, and stylistic techniques. In Dante’s Divina Commedia, Sufism philosophy is presented through dramatic descriptions, symbols, structured narrative, and stylistic devices, portraying human spiritual and moral trials. The study provides a detailed analysis of the role of metaphor, allegory, imagery, language, and style in conveying philosophical meaning. Additionally, it compares Eastern and Western literary traditions, examines the impact of cultural context on linguistic expression, and highlights the relevance of Sufism philosophy in modern linguistic, literary, and psychological studies. The results demonstrate that linguistic and literary analysis of Rumi and Dante’s works enables a deeper understanding of spiritual awakening, inner purity, and moral growth.
2025-11-13
EFFECTIVE APPROACHES TO ENHANCING LISTENING COMPREHENSION AND WRITTEN EXPRESSION SKILLS IN PRIMARY SCHOOL STUDENTS
The research explores effective methods to enhance listening comprehension and written expression in primary school students. Focusing on interactive and integrative approaches, the study examines how communicative, task-based, and project-based methods impact language acquisition, motivation, engagement, and confidence. The classroom experiment comparing experimental and control groups shows that integrating listening and writing activities improves students’ language skills more effectively than isolated instruction. The findings provide practical guidance for teachers to design engaging lessons, use audio-visual materials, and foster holistic development in young learners. The study contributes to pedagogical knowledge and offers strategies applicable in diverse educational settings.
2025-11-13
ЗНАЧЕНИЕ ОБРАЗОВАНИЯ В РАЗВИТИИ КРИТИЧЕСКОГО МЫШЛЕНИЯ И САМОСТОЯТЕЛЬНОСТИ
Современное образование должно выходить за рамки традиционного обучения и нацелено на развитие у учащихся навыков критического мышления и способности к самостоятельному принятию решений. В условиях информационной перегрузки и быстрого технологического прогресса формирование этих компетенций становится необходимостью для успешной социализации и адаптации личности. Важным аспектом образовательного процесса является создание условий, способствующих развитию умения анализировать, ставить вопросы и искать решения на основе собственных выводов. Критическое мышление становится незаменимым инструментом для обработки большого объема информации и формирования независимой точки зрения, что крайне важно в профессиональной и личной жизни.
2025-11-13
ESHQOBIL SHUKUR IJODIDA TUSHKUNLIK HAYRONLIGI
Ushbu maqolada Eshqobil Shukur she’riyatidagi tushkunlik hayronligi shoirning “Tanazzul”, “Ikki dunyo oraligʻidagi qofiyasiz tushlar”, “Hijron dardi” she’ri va “Ikki dunyo oraligʻidagi qofiyasiz tushlar” turkumidagi sheʼrlarda “tushlarning sayoq burji”, “shaytondan tarqagan laʼnati kuchuk izi”, “yulib tashlanayotgan tirnoq”, “uchib-koʻchib borayotgan xaroba uy” kabi obrazlar ham ijodiy shaxsiyatida kechgan hayrat jarayonining quyi bosqichlaridan biri boʻlgan ruhan-fikran dovdirash holati tadqiq qilingan.
2025-11-13
INSON HUQUQLARINI AMALGA OSHIRISHDA SUN’IY INTELLEKTNING AHAMIYATI
Soniya sayin shiddat bilan rivojlanib borayotgan XXI asr — texnologiyalar asri. Bugungi kunda deyarli barcha odamlar telefon, internet va turli gajetlarga bog‘lanib qolgan. Kundalik hayotimizdagi vazifalarning aksariyatini elektron qurilmalar orqali bajarishga allaqachon ko‘nikib ulgurganmiz. Insonlar endilikda kundalik yumushlarini, uy vazifalarini, hatto bugun ko‘chaga chiqish-chiqmasligini ham sun’iy intellekt bilan maslahatlashadigan darajaga yetdi. Go‘yo telefonsiz yoki internetsiz yashash mumkin emasdek tuyuladi.
2025-11-13
MODAL SÓZLERDIŃ MORFOLOGIYALÍQ ÓZGESHELIKLERI HAQQÍNDA
Maqalada qaraqalpaq tilindegi modal sózlerdiń sóz shaqaplar arasínda tutqan orní hám qurílísí boyínsha túrleri haqqínda sóz etiledi.
2025-11-13
XORIJIY MAMLAKATLARDA MEDIA SAVODXONLIK VA AXBOROT MADANIYATI FANINING QIYOSIY TAHLILI
Ushbu maqolada xorijiy mamlakatlarda media savodxonlik va axborot madaniyatini shakllantirish jarayonlari, ta’lim tizimiga kiritilgan o‘quv dasturlari, hamda ularning O‘zbekiston tajribasi bilan qiyosiy tahlili yoritilgan. Tadqiqot davomida AQSh, Finlyandiya, Janubiy Koreya, Yaponiya va Rossiya kabi davlatlarning media ta’lim siyosati hamda amaliy yondashuvlari o‘rganilgan. Maqolada axborot oqimining keskin oshib borayotgan bugungi kunda yoshlarni tanqidiy fikrlashga, ishonchli manbani ajratib olishga o‘rgatish zarurligi ta’kidlanadi. Shuningdek, xorijiy tajribalarni milliy ta’lim tizimiga moslashtirish, raqamli savodxonlikni oshirish va media madaniyatni rivojlantirish bo‘yicha takliflar ilgari surilgan. Tadqiqot natijalari O‘zbekiston ta’lim tizimida media savodxonlik fanini takomillashtirishga ilmiy-amaliy asos bo‘lib xizmat qiladi.
2025-11-14
SUN’IY INTELLEKT SHAXSNING EMOTSIONAL VA KOGNITIV JIHATLARIGA IJTIMOIY – PSIZOLOGIK TA’SIRI
Ushbu maqolada sun’iy intellektning inson shaxsining emotsional va kognitiv jihatlariga ko‘rsatadigan ijtimoiy-psixologik ta’siri tahlil qilinadi. Raqamli texnologiyalar tez sur’atlarda rivojlanayotgan hozirgi davrda sun’iy intellekt tizimlari insonning fikrlashi, qaror qabul qilishi, idrok jarayoniga, shuningdek, motivatsiya va emotsional holatlariga bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda. Tadqiqotda shaxsning hissiy barqarorligi, e’tibor jarayonlari, o‘zini o‘zi boshqarish qobiliyati hamda ijtimoiy munosabatlardagi xulq-atvor o‘zgarishlari sun’iy intellektning kundalik hayotga chuqur kirib borishi bilan qanday shakllanishi ilmiy asosda yoritiladi. Shuningdek, sun’iy intellekt bilan o‘zaro aloqalar natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan psixologik xavflar, ijobiy imkoniyatlar va shaxs rivojiga doir istiqbolli yo‘nalishlar haqida xulosa va tavsiyalar beriladi.
2025-11-14
CLASSROOM TECHNIQUES AND ACTIVITIES FOR READING
This course paper discusses effective classroom techniques and activities that help students develop reading skills in a foreign language. The paper explains the stages of reading, highlights the role of pre-, while-, and post-reading activities, and emphasizes communicative and interactive approaches. The research shows that reading instruction should integrate both bottom-up and top-down processes, and that the teacher’s role is crucial in guiding learners to become independent and strategic readers.
2025-11-17
TABIIY OQAR VA FILTIR SUVLARI TARKIBIDA MAGNIY KALSIY MIQDORINI ANIQLASH
Ushbu ilmiy maqolada tabiiy oqar suvlar va turli filьtr tizimlaridan o‘tgan ichimlik suvlari tarkibida uchraydigan kalsiy (Ca²⁺) va magniy (Mg²⁺) ionlarining sifat va miqdoriy tahlili keng yoritilgan. Suvning umumiy qattiqligi ushbu ionlar miqdoriga bog‘liq bo‘lib, ichimlik sifati, texnik qurilmalar samaradorligi, sanitariya-gigiyena holati va inson salomatligi uchun muhim ahamiyatga ega. Tadqiqotda EDTA bilan kompleksometrik titrlash, atom-absorbtsion spektrometriya (AAS) va ICP-OES usullari qo‘llanib, olingan natijalar xalqaro me’yorlar (WHO, ISO) bilan solishtirilgan. Tadqiqot natijalari tabiiy suvlar ko‘pincha yuqori qattiqlikka ega ekanini, RO (osmotik) filьtr suvlari esa juda yumshoq bo‘lib mineral moddalarning keskin kamayishini ko‘rsatdi.
2025-11-17
QISHLOQ JOYLARDA KICHIK BIZNES SUBYEKTLARINING IQTISODIY SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA INNOVATSION VA AGROTEXNOLOGIK YECHIMLARNING ROLI
Ushbu tezis qishloq joylarda kichik biznes subyektlarining iqtisodiy samaradorligini oshirishda innovatsion va agrotexnologik yechimlarning rolini o‘rganadi. Tadqiqotda zamonaviy sug‘orish tizimlari, dronlar, monitoring va avtomatlashtirilgan hisob-kitob tizimlari kabi texnologiyalarning mahsulot hosildorligi, xarajatlarni kamaytirish va sotuv hajmini oshirishdagi samarasi tahlil qilingan. Shuningdek, davlat siyosati va moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning ahamiyati ham ko‘rib chiqilgan.
2025-11-17
ПРОБЛЕМЫ ДИАГНОСТИКИ И ЛЕЧЕНИЕ САХАРНОГО ДИАБЕТА У ПОДРОСТКОВ
Сахарный диабет среди подростков представляет собой значимую медико‑социальную проблему, характеризующуюся сложностями ранней диагностики, высокой вариабельностью клинических проявлений и сниженной приверженностью лечению. В данной работе рассматриваются современные подходы к диагностике и лечению сахарного диабета у подростков, а также факторы, влияющие на контроль гликемии и качество жизни пациентов.
2025-11-17
VAQT VA MAKONNING BADIIY TALQINI: REAL VOQEALAR KETMA-KETLIGI VA RETROSPEKTIV YONDASHUV
Ushbu maqolada “Oltin zanglamas” asarida vaqt va makonning badiiy talqini, real voqealar ketma-ketligining o‘ziga xos qurilishi hamda retrospektiv — ya’ni o‘tmishga qaytish orqali voqealarning yoritilishi tahlil qilinadi. Asar kompozitsiyasida vaqt dinamikasi, makonning ramziy va funksional roli, shuningdek, qahramon ruhiyati bilan bog‘liq vaqt-makon uzviyligi ilmiy nuqtai nazardan asoslab beriladi.
2025-11-17
ИНТЕРНЕТ И ЕГО ВЛИЯНИЕ НА ЖИЗНЬ МОЛОДЕЖИ
В данной статье рассматривается роль Интернета в жизни современной молодежи, а также его положительное и отрицательное влияние. Анализируются возможности, которые предоставляет интернет: получение знаний, общение и развитие творческих способностей. Одновременно подчеркиваются негативные последствия неправильного использования сети и предлагаются пути их предотвращения.
2025-11-17
YAQIN SHARQ XAVSIZLIGINI TA’MINLASHDA SURIYA INQIROZINI HAL ETISH MASALASI
Mazkur maqolada Yaqin Sharq mintaqasining geosiyosiy ahamiyati hamda Suriya Arab Respublikasida yuz bergan siyosiy jarayonlar, ichki ijtimoiy ziddiyatlar va ularning xalqaro miqyosdagi oqibatlari tahlil qilinadi. Maqolada Suriyada BAAS partiyasi hokimiyati, Hofiz va Bashar Asad boshqaruvi davri, Arab bahori voqealari va ularning mamlakatni fuqarolar urushiga olib kelgan sabablari yoritilgan. Shuningdek, Rossiya, Eron, Turkiya, AQSh hamda arab davlatlarining Suriyadagi manfaatlari va harakatlari qiyosiy siyosiy tahlil qilinib, diplomatik hal etish jarayonlarining turli formatlari — BMT, Jeneva muzokaralari va Ostona jarayoni doirasidagi sa’y-harakatlar ko‘rib chiqilgan. Umumiy qilib aytganda Suriyadagi inqiroz ichki siyosiy ziddiyatlar, diniy-etnik tafovutlar va tashqi geosiyosiy raqobat bilan chambarchas bog‘liq ekani ta’kidlanadi.
2025-11-17
XALQARO FITOSANITARIYA XAVFSIZLIGI: KARANTIN ZARARKUNANDALARINING GENOMIK TAHLILI VA INVAZIV TARQALISHINING OLDINI OLISH
Ushbu maqolada global miqyosda fitosanitar xavfsizlikni ta’minlashning dolzarbligi, karantin zararkunandalarining invaziv tarqalishi, ularning genomik tahlili orqali aniqlash, monitoring va profilaktika choralari yoritilgan. Zamonaviy genom texnologiyalari – DNK barcoding, metagenomika va qiyosiy genomika – invaziv turlarni erta aniqlash va biologik nazorat strategiyalarini ishlab chiqishda muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, xalqaro fitosanitariya konvensiyalari, davlatlar o‘rtasidagi hamkorlik va raqamli monitoring tizimlarining zarurati haqida fikr yuritiladi.
2025-11-17
СТРАТЕГИИ РАЗВИТИЯ ТВОРЧЕСТВА У ШКОЛЬНИКОВ И ЧЕТЫРЕ ОСНОВНЫХ МЕТОДА.
Данная статья посвящена анализу развития творческих способностей учащихся, а также эффективных стратегий и четырёх основных методов. Кроме того, в статье рассматриваются мотивационные идеи и значение инновационной среды. В статье подробно освещаются способы, с помощью которых можно заинтересовать детей.
2025-11-17
SUN’IY INTELLEKT DAVRIDA TA’LIM VA INSON TAFAKKURI FALSAFASI
Maqolada sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarining ta’lim jarayoniga kirib kelishi natijasida inson tafakkuri va bilish faoliyatida yuz berayotgan o‘zgarishlarning falsafiy tahlili yoritilgan. Muallif ta’lim falsafasini raqamli ong va inson tafakkurining o‘zaro ta’siri nuqtai nazaridan baholaydi. Sun’iy intellektning kognitiv, axloqiy va ma’naviy jihatlari, shuningdek, inson tafakkurining mustaqilligi va ijodiy salohiyatini saqlab qolish muammolari falsafiy asosda tahlil qilinadi.
2025-11-17
XITOY–QIRG‘IZISTON–O‘ZBEKISTON (CKU) VA TRANSAFGʻON TEMIR YO‘LI: MINTAQAVIY INTEGRATSIYA VA IQTISODIY HAMKORLIKNING YANGI BOSQICHI.
Markaziy Osiyoda so‘nggi yillarda transport-logistika tizimini kengaytirish va mintaqaviy integratsiyani kuchaytirish ustuvor yo‘nalishga aylangan. Shu jarayonda Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston (CKU) temir yo‘li va Transafg‘on yo‘lagi mintaqaning xalqaro savdo imkoniyatlarini keskin oshirishi kutilayotgan eng muhim loyihalardan biridir. Ushbu yo‘llar O‘zbekistonning yangi bozorlarga chiqishini ta’minlab, mintaqa davlatlari o‘rtasida iqtisodiy hamkorlikning yangi bosqichini boshlab beradi. Mazkur maqolada CKU va Transafg‘on temir yo‘llarining geoiqtisodiy ahamiyati hamda integratsiyaga qo‘shadigan hissasi yoritiladi.
2025-11-17
O'TKIR HOSHIMOV ASARLARIDA XARAKTER TASVIRI
Isteʼdodli yozuvchi, xalqimiz mehrini qozongan O'tkir Hoshimovning asarlarida insonning xarakter va xususiyatlari o'zgacha ruhda ifodalangan. Ijodkorning qalamiga mansub "Nur borki, soya bor", " Ikki eshik orasi ", " Tushda kechgan umrlar ", " Bahor qaytmaydi", "Dunyoning ishlari" kabi roman va qissalarida muallif bir- biriga o'xshamagan insonlarning qiyofasini mahorat bilan yaratgan. Ushbu maqolada asarlardagi qahramonlarning psixologik holati, ruhiy kechinmalari tahlil qilingan.
2025-11-17
SUGʻORISH SUVLARIDAN QAYTA FOYDALANISH BOʻYICHA XORIJ TAJRIBALARINI OʻRGANISH
Ushbu maqolada sug‘orish suvlaridan qayta foydalanish bo‘yicha xorij tajribalari va ularning qishloq xo‘jaligi samaradorligini oshirishdagi o‘rni o‘rganiladi. Sug‘orish tizimlari tuproqning o‘simlik ildiz qismida optimal suv rejimini yaratib, mineral va organik o‘g‘itlarning o‘zlashtirilishini yaxshilaydi hamda hosildorlikni keskin oshiradi. Dunyoning rivojlangan mamlakatlarida suv resurslaridan oqilona foydalanish, ayniqsa, tozalangan oqova suvlarni qayta sug‘orishga yo‘naltirish tajribalari yuqori iqtisodiy va ekologik samaradorlik bilan ajralib turadi. Xorij tajribalarini o‘rganish O‘zbekistonda suv tanqisligi sharoitida barqaror irrigatsiya tizimlarini yaratish, suvni tejovchi texnologiyalarni joriy etish va meliorativ holatni yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etadi.
2025-11-17
BOSHLANG‘ICH SINF TEXNOLOGIYA DARSLARIDA KREATIVLIK TUSHUNCHASI, KREATIVLIK QOBILIYATINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf texnologiya darslarida kreativlik tushunchasi, uning psixologik-pedagogik asoslari hamda o‘quvchilarda kreativ fikrlashni shakllantirishning samarali metodlari tahlil qilinadi. Shuningdek, dars jarayonida loyiha asosida o‘qitish, muammoli vaziyatlar yaratish, STEAM yondashuvi, dizayn-mashg‘ulotlar orqali o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish yo‘llari ko‘rsatib berilgan.
2025-11-17
