We are pleased to inform you that the Research Support Center "Innovative Academy RSC" has organized the Republican Conference "Young Scientists". This is a national online conference with open access, where review abstracts related to various fields are published. The main goal is to offer an intellectual platform for national scientists, and it aims to promote interdisciplinary research.
Published: 2026-02-14
Maqolalar
TANA TUZILISHIDAN ICHKI KASALLIKLARGA TASHXIS QOʻYISH
Tana tuzilishini baholash ichki kasalliklarni erta aniqlash va toʻgʻri tashxis qoʻyishda muhim ahamiyatga ega. Organizmning konstitutsional xususiyatlari, tana proporsiyalari, teri rangi, mushak va yogʻ qatlamining rivojlanganlik darajasi koʻplab patologik jarayonlar haqida dastlabki maʼlumot beradi. Mazkur maqolada tana tuzilishining klinik ahamiyati, somatotiplar va ularning ichki kasalliklar bilan bogʻliqligi, shuningdek, diagnostik usullar tahlil qilinadi.
2026-02-13
STOMATOLOGIYADA INFEKSIYA XAVFI VA STERILIZATSIYA TEXNOLOGIYALARINI TAKOMILLASHTIRISH
Ushbu maqolada stomatologik amaliyot jarayonida yuzaga keladigan infeksiya xavfining asosiy manbalari va ularning oldini olish yo‘llari tahlil qilinadi. Asbob-uskunalar, aerozollar, suv liniyalari va tibbiy chiqindilar orqali yuqadigan infeksiyalar stomatologiya amaliyotidagi muhim muammo sifatida yoritilgan. Shuningdek, sterilizatsiya va dezinfeksiya jarayonlarining ilmiy asoslari hamda ularning samaradorligini oshirish usullari ko‘rib chiqiladi. Maqolada zamonaviy sterilizatsiya texnologiyalarini takomillashtirish, jumladan raqamli monitoring, innovatsion sterilizatsiya usullari va xalqaro standartlarga mos tizimlarni joriy etishning ahamiyatiga alohida urg‘u berilgan. Ushbu yondashuvlar infeksiya xavfini kamaytirish va bemor hamda tibbiyot xodimlari xavfsizligini ta’minlashda muhim omil ekanligi asoslab beriladi.
2026-02-13
INVESTITSION SALOHIYATNI OSHIRISH ASOSIDA MINTAQALAR O’RTASIDAGI IJTIMOIY-IQTISODIY NOMUTANOSIBLIKLARNI KAMAYTIRISH METODOLOGIYASI
Mazkur tadqiqot investitsion salohiyatni oshirish asosida mintaqalar o’rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy nomutanosibliklarni kamaytirish metodologiyasini ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilishga bag’ishlangan. Tadqiqot doirasida investitsion salohiyat tushunchasining mazmun-mohiyati, uning hududiy rivojlanish jarayonlariga ta’siri hamda mintaqalararo tafovutlarni shakllantiruvchi asosiy iqtisodiy va ijtimoiy omillar tizimli ravishda o’rganiladi. Shuningdek, investitsiya resurslarini hududlar kesimida samarali taqsimlash, infratuzilma rivojini jadallashtirish va institutsional muhitni takomillashtirish orqali nomutanosibliklarni kamaytirish mexanizmlari baholanadi. Tadqiqot natijalari investitsion salohiyatni oshirish mintaqalararo ijtimoiy-iqtisodiy tafovutlarni qisqartirishda muhim metodologik asos bo’lib xizmat qilishini ilmiy jihatdan asoslaydi. Olingan xulosalar hududiy rivojlanish siyosatini takomillashtirish va barqaror iqtisodiy o’sishni ta’minlashda amaliy ahamiyat kasb etadi.
2026-02-13
GRAFEN VA KARBON MATERIALLARI ARALASHMASIDAN FOYDALANIB, UCHISH APPARATLARINING FUZELYAJLARIDA QO‘LLASH
Mazkur tezisda grafen va karbon asosidagi kompozit materiallarning havo transporti sohasida, ayniqsa, uchish apparatlarining fuzelyaj (korpus) qismlarida qo‘llanilish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Yengil vazn, yuqori mustahkamlik va issiqlikka chidamlilik kabi fizik xususiyatlar tufayli bu materiallar aviatsiyada an’anaviy metallarga nisbatan sezilarli ustunliklarga ega. Tadqiqotda ushbu materiallar asosida yaratilgan aralashmalarni amaliyotga joriy etish usullari, ularning samaradorligi va istiqbollari yoritilgan.
2026-02-16
ЭФФЕКТИВНОСТЬ ПРОГРАММ МЕТАБОЛИЧЕСКОГО СКРИНИНГА У НОВОРОЖДЁННЫХ
В статье рассматривается эффективность программ неонатального метаболического скрининга как одного из ключевых инструментов профилактической медицины. Анализируются клинические, эпидемиологические и социально-экономические аспекты раннего выявления врождённых нарушений обмена веществ. Кроме того, обсуждаются критерии оценки эффективности скрининга, включая чувствительность, специфичность, охват популяции и влияние на показатели заболеваемости и инвалидизации. На основании обобщения международного опыта и современных научных данных делается вывод о высокой медико-социальной значимости метаболического скрининга новорождённых.
2026-02-16
KOXLEAR IMPLANT QO’YILGAN BOLALAR BILAN DASTLABKI OLIB BORILADIGAN ISHLAR
Bu tezisda eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning nutqini rivojlantirishda eshitish qoldig‘idan foydalanishga ustuvorligi va koxlear implant nima, u qanday vazifani bajaradi va koxlear implant qo’yilgan bolalar bilan olib boriladigan ishlar haqida so’z olib boradi.
2026-02-16
RAQOBAT USTUNLIGI STRATEGIYALARI ORQALI TURISTIK OQIMLARNI BOSHQARISHNING NAZARIY MEXANIZMLARI
Mazkur tezisda turistik oqimlarni samarali boshqarish masalalari raqobat ustunligi strategiyalari nuqtai nazaridan ilmiy jihatdan tahlil etilgan. Jahon turizm bozorida raqobatning kuchayishi, turistlar oqimining hududlar bo‘yicha notekis taqsimlanishi va ayrim destinatsiyalarda haddan tashqari yuklamaning yuzaga kelishi turistik oqimlarni strategik boshqarishni dolzarb masalaga aylantirmoqda. Tadqiqotda turistik oqimlarni boshqarish tushunchasi, uning nazariy asoslari hamda M. Porter tomonidan ilgari surilgan raqobat strategiyalarining turizm sohasidagi ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, raqobat ustunligi strategiyalaridan foydalanish orqali mavsumiylikni kamaytirish, turistik resurslardan oqilona foydalanish va barqaror turizmni ta’minlash imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Tezis natijalari turistik destinatsiyalarning barqaror rivojlanishi va raqobatbardoshligini oshirishda muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.
2026-02-16
GIPERTONIYA KASALLIGI BILAN OG‘RIGAN BEMORLARDA SURUNKALI YURAK YETIŞMOVCHILIGINI DAVOLASHDA ANGIOTENZIN II RETSEPTORLARI ANTAGONISTLARINI KOMBINATSIYALANGAN HOLDA QO‘LLASH SAMARADORLIGI
Hozirgi vaqtda surunkali yurak yetishmovchiligini (SYUYE) davolashda angiotenzin II retseptorlari antagonistlari (ARA) juda keng qo‘llanilmoqda. Rossiya kardiologlar ilmiy jamiyati va Yurak yetishmovchiligi bo‘yicha mutaxassislar jamiyati milliy tavsiyalariga ko‘ra, SYUYE davolashda ARA preparatlarini maqsadli qo‘llash yuklamadan oldingi va keyingi qarshilikni kamaytirish hisobiga chap qorincha (CHQ) sistolik va diastolik funksiyasini yaxshilaydi, CHQ otilib chiqish fraksiyasini oshiradi. Shuningdek, yurak kameralaridagi bosimning pasayishiga olib keladi, natijada miokardning kislorodga bo‘lgan ehtiyoji kamayadi hamda chap qorinchaning diastolik va sistolik funksiyasi yaxshilanadi. Irbesartanni kuniga 75 mg dozada qo‘llash SYUYE bilan og‘rigan bemorlarning o‘lim xavfi va gospitalizatsiya qilinishini sezilarli darajada kamaytiradi.
2026-02-16
АНАЛИЗ ПРОЧНОСТИ ШВА ПРИ РАЗРАБОТКЕ ЖЕНСКОЙ ОДЕЖДЫ ИЗ НАЦИОНАЛЬНОЙ ТКАНИ
Мақолада миллий адрас матосида аёллар кийимини ишлаб чиқишда кийим деталларини бирлаштирувчи чоклар давомида матонинг ўрилиш ипларини силжиши муаммоси ўрганилган. Миллий матонинг янги эластик структурадаги намунасида тадқиқотлар ўтказилган.
2026-02-16
GRIPPGA QARSHI QO‘LLANILADIGAN PREPARATLARNING NOJO‘YA TA’SIRLARI VA ULARNING FARMAKOLOGIK ASOSLARI
Grippga qarshi qo‘llaniladigan antiviral preparatlarning nojo‘ya ta’sirlarini aniqlash, ularning yuzaga kelish mexanizmlarini farmakologik nuqtai nazardan baholash, hamda ushbu nojo‘ya reaksiyalarning preparatlarning farmakodinamikasi, farmakokinetikasi va bemorlarning individual xususiyatlari bilan bog‘liqlik darajasini o‘rganish.
2026-02-16
PEDIATRIYADA SUN’IY INTELLEKT ASOSIDA DORI TANLASH VA DOZANI OPTIMALLASHTIRISH
Ushbu maqola pediatriyada dori tanlash va dozani optimallashtirish jarayonida sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarining rolini tahlil qiladi. Tadqiqotda SI algoritmlari va mashinani o‘rganish modellarining bolalar farmakoterapiyasida individualizatsiyalangan dori tanlash imkoniyatlarini oshirishdagi samaradorligi ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, maqolada farmakokinetika va farmakodinamik parametrlar, bemor yoshiga, vazniga, patologiyasiga mos keladigan doza optimallashtirish metodlari, shuningdek, xavfsizlik va terapevtik samaradorlikni oshirishda raqamli yondashuvlarning afzalliklari muhokama qilinadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, SI asosida ishlaydigan tizimlar pediatrik bemorlar uchun dori tanlash jarayonini tezlashtiradi, inson xatoliklarini kamaytiradi va individual dozani aniqlashda yuqori aniqlik beradi. Ushbu yondashuvning amaliy tatbiqi bolalar shifokorlariga yanada asoslangan klinik qarorlar qabul qilish imkonini yaratadi va farmakovigilansni takomillashtirishga hissa qo‘shadi.
2026-02-16
РОЛЬ МАГНИТНО-РЕЗОНАНСНОЙ ТОМОГРАФИИ В ДИАГНОСТИКЕ НЕДЕСТРУКТИВНЫХ ФОРМ АППЕНДИЦИТА ПРИ ЦИРРОЗЕ ПЕЧЕНИ
Оценить диагностическую ценность магнитно-резонансной томографии (МРТ) у пациентов с циррозом печени (ЦП) при подозрении на острый аппендицит (ОА), особенно при наличии асцита.
2026-02-16
ПРОФИЛАКТИКА РЕЦИДИВОВ ПЕЧЁНОЧНОГО ЭХИНОКОККОЗА ПРИ БИЛИАРНОМ ПРОРЫВЕ
Оценить клиническую эффективность гермицидной обработки остаточной полости при хирургическом лечении печёночного эхинококкоза, осложнённого билиарным прорывом.
2026-02-16
“1942-YIL. KUZ” SHE’RIDA URUSH DAVRI BOLALIGI
Mazkur maqolada Aleksandr Faynbergning “1942-yil. Kuz” she’ri poetik, semantik va kompozitsion jihatdan tahlil qilinadi. Asarda Ikkinchi jahon urushi yillaridagi bolalik manzarasi, yetishmovchilik va ruhiy holat badiiy detallar orqali ochib berilgan. She’rda takror, tovush tasviri, sintaktik soddalik va bolalar nutqiga xos ifoda vositalari urushning og‘ir ijtimoiy muhitini chuqurroq his etishga xizmat qiladi. Tahlil jarayonida asarning obrazlar tizimi, ritmik qurilishi, ramziy qatlamlari va muallifning estetik pozitsiyasi yoritiladi.
2026-02-16
AXSIKENT ARXEOLOGIK YODGORLIGINING ARXEOLOGIK ORGANILISH TARIXI
Mazkur maqolada Farg‘ona vodiysining muhim arxeologik yodgorliklaridan biri bo‘lgan Axsikent shahrining arxeologik o‘rganilish tarixi tahlil qilinadi. Unda XIX asr oxiri va XX asr boshlaridan boshlab olib borilgan dastlabki tadqiqotlar, sovet davri arxeologik ekspeditsiyalari hamda mustaqillik yillaridagi ilmiy izlanishlar yoritib beriladi. Shuningdek, Axsikent yodgorligida aniqlangan moddiy madaniyat namunalari, shaharsozlik tuzilmasi va ularning tarixiy ahamiyati haqida umumiy xulosalar keltiriladi. Maqola Axsikentning Markaziy Osiyo tarixidagi o‘rni va uning arxeologik tadqiqotlar orqali ochilgan jihatlarini ko‘rsatib berishga qaratilgan.
2026-02-16
CHAYNASH PAYTIDA SO'LAK SEKRETSIYASI TEZLIGI VA EMAL REMINERALIZATSIYASI
Mazkur tadqiqot chaynash jarayonida so'lak sekretsiyasi tezligining tish emalining remineralizatsiyasiga ta'sirini o'rganishga bag'ishlangan. Tadqiqot davomida 120 nafar bemorning chaynash paytida so'lak ajralishi miqdori va emal minerallashtirish jarayonlari tahlil qilindi. Olingan natijalar shuni ko'rsatdiki, chaynash stimulyatsiyasida so'lak sekretsiyasi tezligi tinch holatga nisbatan 3-5 barobar oshadi va bu ko'rsatkich emal remineralizatsiya faolligi bilan bevosita bog'liqdir. Stimulyatsiyalangan so'lak tarkibida kaltsiy va fosfat ionlari konsentratsiyasi oshishi, shuningdek, pH darajasining neytralgacha ko'tarilishi emal sirtida kristallarning tiklanishini faollashtiradi. Tadqiqot natijalari karies profilaktikasi va boshlang'ich emal demineralizatsiyasini davolashda chaynash faoliyatini oshirishning ahamiyatini isbotlaydi. Ishda chaynash stimulyatsiyasi, so'lak sekretsiyasi va emal remineralizatsiyasi o'rtasidagi fiziologik bog'liqlik mexanizmlari batafsil yoritilgan.
2026-02-16
OGAHIYNING “MAHVASHIM RUXSORI” G‘AZALIDA KOINOT VA INSON GO‘ZALLIGI TAHLILI
Ushbu maqolada Muhammad Rizo Ogahiyning "Bu oqshom mahvashim ruxsori oy birla taloshibdur" radifli g‘azali atroflicha tadqiq etilgan. Tadqiqotda shoirning koinot hodisalari va inson go‘zalligi o‘rtasidagi badiiy muvozanatni yaratish mahorati baytma-bayt tahlil qilinadi. G‘azalda qo‘llanilgan mubolag‘a, husni ta’lil, tashxis va talmeh kabi badiiy san’atlar shoirning o‘ziga xos uslubi prizmasidan yoritib berilgan. Maqola mumtoz she’riyat muxlislari, adabiyotshunoslar va filologiya yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, Ogahiy lirikasidagi poetik obrazlar tizimini anglashga xizmat qiladi.
2026-02-16
АНАЛИТИЧЕСКИЕ ВОПРОСЫ ПО ЗАЩИТЕ ПРАВ ДЕТЕЙ В УЗБЕКИСТАНЕ
В данной статье проведен комплексный анализ теоретических и практических проблем уголовно-правовой защиты прав несовершеннолетних в Республике Узбекистан. В исследовании освещается, что защита прав детей является одним из приоритетных направлений государственной политики, в частности, в тесной связи с содержанием реформ, выдвинутых Шавкатом Мирзиёевым, направленных на возвеличивание человеческого достоинства и обеспечение интересов детей. В то же время нормы национального законодательства оценивались с точки зрения международных стандартов, особенно Конвенции о правах ребенка, принятой Организацией Объединенных Наций.
2026-02-17
CHARM SANOATIDA TABIIY OSHLOVCHI KIMYOVIY MODDALARNING QOʻLLANILISHI, CHARM STRUKTURASIGA TA’SIRI VA ISTIQBOLLI NATIJALARI
Ushbu maqolada charm sanoatining hozirgi holati va ishlab chiqarish jarayonida qo‘llanilayotgan ekologik xavfsiz oshlovchi kimyoviy moddalarning ahamiyati tahlil qilingan. Tadqiqotning asosiy maqsadi — an’anaviy xromli oshlash usullaridan voz kechgan holda, charmning sifat ko‘rsatkichlarini oshirish va atrof-muhitga zararni kamaytirish imkonini beruvchi yangi o‘simlik asosli oshlovchi moddalarning samaradorligini oshirishdan iborat.
2026-02-17
CHARM-POYABZAL SANOTIDA MAHSULOTNI QAYTA ISHLASHNING ZAMONAVIY USULLARINI TAHLIL QILISH
Ushbu maqola charm-poyabzal sanoatida chiqindilarni qayta ishlashning zamonaviy usullari va texnologiyalarini kompleks tahlil qilishga bag’ishlangan. Tadqiqotda mexanik, kimyoviy, biologik va innovatsion qayta ishlash metodlari oʻrganilib, ularning iqtisodiy samaradorligi, ekologik taʼsiri va amaliy qo’llanilishi tahlii qilingan. Xususan, O‘zbekiston sharoitida charm chiqindilarini boshqarishning yangi usullarini joriy etish imkoniyatlari va yo’llari koʻrsatib berilgan. Maqolada aylanma iqtisodiyot tamoyillari asosida barqaror rivojlanish strategiyalari ishlab chiqilgan bo’lib, natijalar sanoat korxonalari, siyosatchilar va ekologik tashkilotlar uchun amaliy ahamiyatga ega.
2026-02-17
CHARMNI MEXANIK ISHLOV BERISH BOSQICHLARIDA ENERGIYA TEJAMKOR TEXNOLOGIYALARNING SAMARADORLIGI
Ushbu maqola charmni mexanik ishlov berish bosqichlarida energiya tejamkor texnologiyalarni qo‘llash masalalariga bag‘ishlangan. Charm sanoati energiya sarfining yuqori darajasi va atrof-muhitga salbiy ta’siri bilan ajralib turadi, ayniqsa go‘sht ajratish, suv siqish, cho‘zish, quritish va yumshatish kabi mexanik operatsiyalarda. Maqolada vakuumli quritish, issiqlikni qayta tiklash tizimlari, optimallashtirilgan siqish va yumshatish mashinalari, shuningdek, AI va sensorlar asosidagi avtomatlashtirish kabi innovatsion yondashuvlar ko‘rib chiqiladi.
2026-02-17
TABIIY VA SUNIY CHARM MATERIALLARINING EKOLOGIK VA IQTISODIY JIHATDAN TAQQOSLAMA TAHLILI, BARQAROR RIVOJLANISH SHAROITIDA TABIIY VA SUN’IY CHARMLARNING EKOLOGIK TA’SIRI
Ushbu maqolada tabiiy va sun’iy charm materiallarining ekologik hamda iqtisodiy jihatdan taqqoslama tahlili amalga oshirilgan. Tabiiy charm va sun’iy charmning kelib chiqishi, ishlab chiqarish texnologiyalari, foydalanish xususiyatlari, foydali va zararli tomonlari keng yoritilgan. Shuningdek, ushbu materiallarning atrof-muhitga ta’siri, ekologik muammolarni keltirib chiqarish darajasi hamda barqaror rivojlanish nuqtayi nazaridan ularni qo‘llash masalalari tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari charm sanoatida ekologik xavfsizlikni ta’minlash va ishlab chiqarishda oqilona material tanlash muhimligini ko‘rsatib beradi.
2026-02-17
COMPARING TUITION FEES ACROSS COUNTRIES: IS HIGHER EDUCATION AFFORDABLE?
University tuition fees vary widely across countries, affecting accessibility, equity, and students’ financial burdens. While some countries offer free or low-cost higher education, others require substantial tuition fees that can lead to significant student debt. This article compares tuition fee structures in several countries, examines affordability, and considers how government policies, scholarships, and subsidies impact access to higher education. The analysis highlights global disparities and potential strategies to improve affordability and equity in higher education.
2026-02-17
BODY LANGUAGE IN LEADERSHIP: HOW LEADERS COMMUNICATE WITHOUT WORDS
Leadership communication goes beyond the spoken word. Nonverbal behavior, including posture, facial expressions, gestures, eye contact, and proxemics, significantly influences how leaders are perceived and how effectively they inspire, guide, and connect with others. Research shows that body language can strengthen credibility, foster trust, and enhance team engagement. This article synthesizes open-access literature and empirical studies to explain how leaders use nonverbal communication strategically. The findings demonstrate that awareness and intentional use of body language contribute to better leadership outcomes and improved interpersonal relationships within organizational settings.
2026-02-17
TECHNOLOGICAL SOLUTIONS TO REDUCE TRAFFIC CONGESTION
Traffic congestion is a widespread urban challenge causing economic inefficiencies, pollution, and commuter stress. Modern technological innovations — including smart traffic systems, real‑time data analytics, adaptive control mechanisms, and road pricing solutions — provide practical approaches for alleviating congestion and improving urban mobility. This article synthesizes evidence from international transport reports and open‑access research to explain how these technologies function, their impact on traffic flow, and their potential to shape future cities.
2026-02-17
THE PSYCHOLOGICAL BENEFITS OF PLAYING GAMES
Games, both digital and traditional, offer significant psychological benefits for individuals of all ages. Research indicates that engaging in games improves cognitive functioning, reduces stress, enhances emotional regulation, and fosters social interaction. This article synthesizes evidence from open-access research sources such as PubMed Central (PMC) and PLOS ONE to explore how playing games contributes to mental health and psychological well-being. The findings demonstrate that games are not merely recreational activities but also serve as tools for cognitive enhancement, emotional support, and social development.
2026-02-17
THE IMPORTANCE OF SOCIAL GATHERINGS IN BUILDING STRONG RELATIONSHIPS
Social gatherings play a vital role in strengthening interpersonal relationships and supporting overall well-being. Evidence from peer-reviewed open-access literature indicates that regular face-to-face social interaction contributes to emotional support, reduces social isolation, and enhances psychological and physical health. This paper synthesizes findings from open-access research databases, primarily PubMed Central (PMC), to illustrate how social gatherings influence relational quality and individual resilience. The review highlights that social connectedness is a key determinant of health outcomes and underscores the importance of fostering meaningful relationships through regular social interaction.
2026-02-17
OTA FIDOYILIGI
Ota ismi Alisher edi. U balandparvoz gaplarni yoqtirmas, hayotni jim va sabr bilan ko‘tarib yuradigan insonlardan edi. Uning qo‘llari dag‘al, kaftlari yorilgan, ko‘zlari esa doim bir nuqtaga tikilib turardi — go‘yoki ichida bitmas-tuganmas o‘ylar bor edi. U hayotdan boylik ham, hashamat ham kutmadi. Uning yagona orzusi bor edi: qizining kelajagi porloq bo‘lishi.Qizi maktabni a’lo baholar bilan tugatdi. Davlat oliygohiga hujjat topshirilgan kunlardan boshlab, har tong saharda duo qildi. Natija e’lon qilingan kuni esa yuragi ko‘ksiga sig‘may ketdi.Qizi o‘qishga kirolmadi.O‘sha kuni u ichida ming marta sinib, bir marta ham sezdirmadi.
2026-02-17
UNIVERSITET AXBOROT INFRATUZILMASINI RAQAMLASHTIRISH MODELI
Mazkur maqolada universitet axborot infratuzilmasini raqamlashtirishning ilmiy-nazariy asoslari hamda uni amaliyotga joriy etish modeli ishlab chiqiladi. Tadqiqotda ta’lim, ilmiy-tadqiqot va boshqaruv jarayonlarini yagona raqamli muhitda integratsiyalash imkonini beruvchi axborot tizimlari arxitekturasi, ma’lumotlar bazalari, bulutli xizmatlar va axborot xavfsizligi mexanizmlari tahlil qilinadi. Shuningdek, universitet faoliyatini avtomatlashtirish, ma’lumotlarni tezkor qayta ishlash hamda boshqaruv qarorlarini qabul qilishni optimallashtirishga qaratilgan raqamlashtirish modelining tarkibiy qismlari asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari oliy ta’lim muassasalarida axborot infratuzilmasini modernizatsiya qilish va raqamli universitet konsepsiyasini shakllantirishda metodik asos bo‘lib xizmat qiladi.
2026-02-17
GLOBALLASHUV SHAROITIDA MUSIQA TA’LIMI ORQALI OʻQUVCHILARDA MILLIY OʻZLIKNI ANGLASHNI RIVOJLANTIRISHNING ILMIY ASOSLARI
Ushbu maqolada globallashuv sharoitida umumta’lim maktablarida musiqa ta’limi orqali o‘quvchilarda milliy o‘zlikni anglashni rivojlantirishning ilmiy asoslari tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida xalq musiqasi, maqom san’ati, folklor san’ati va an’anaviy ijrochilik orqali o‘quvchilarda estetik tarbiya, musiqiy tafakkur va ma’naviy tarbiya shakllantirishning pedagogik imkoniyatlari o‘rganildi. Musiqa pedagogikasi va zamonaviy pedagogik texnologiyalar yordamida darslar interaktiv, ijodiy va samarali tarzda tashkil etiladi. Konseptual model o‘quvchilarda milliy qadriyatlarga hurmat, vatanparvarlik tarbiyasi, madaniy merosni qadrlash va milliy ruhni rivojlantirishga xizmat qiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, musiqa ta’limi globallashuv sharoitida yosh avlodni milliy ruh, estetik did va ijodiy faollikka ega shaxs sifatida tarbiyalashda samarali vositadir.
2026-02-18
MUHAMMAD RIZO OGAHIY G‘AZALLARIDA BADIIY TASVIR VOSITALARI
XIX asr o‘zbek mumtoz adabiyotida serqirra ijodkor sifatida tanilgan Muhammad Rizo Ogahiy g‘azallari badiiy tafakkur va poetik mahoratning yuksak namunasi hisoblanadi. Mazkur maqolada shoirning “Ta’viz ul-oshiqin” (“Oshiqlar tumori”) nomli devonidan tanlab olingan g‘azal baytlari asosida badiiy tasvir vositalarining qo‘llanish xususiyatlari ilmiy jihatdan tahlil etiladi. Tadqiqot davomida istiora, tashbih, takrir va tazod kabi she’riy san’atlarning g‘azal mazmunini boyitishdagi o‘rni ochib berilib, ular orqali ifodalangan ramziy va estetik ma’nolar yoritiladi. Tahlillar Ogahiy g‘azallarining mumtoz she’riyat taraqqiyotidagi ahamiyatini asoslashga xizmat qiladi.
2026-02-18
ПАТОМОРФОЛОГИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ ПОРОКА СЕРДЦА У ДЕТЕЙ ДО 3 ЛЕТ
Врожденный порок сердца может не сразу проявиться внешне. Некоторое время после рождения ребенок может выглядеть здоровым, и про -явления заболевания могут происходить до третьего года жизни. Проявления порока сердца: отставания ребенка в физическом развитии, одышка при физических нагрузках, бледность или даже синий оттенок кожи. Особенности пороков сердца у детей могут включать в себя неправильное расположение или дефекты основных отделов сердца или его главных сосудов, что может приводить к нарушению кровообращения и сердечной недостаточности.
2026-02-18
ОDAM ANATOMIYASI KAFEDRASIDA ZAMONAVIY TA'LIM TEXNOLOGIYALARNI JORIY ETISH
Zamonaviy ta’limda nazariy bilimlarni o’quvchilarga etkazib berish.ularda faoliyati yuzasidan ko’nikma,malaka hosil qilish,talabalar faoliyatini nazorat qilish,egallagan bilim va ko’nikma darajasini baholash o’qituvchidan yuksak mahorat talab etib,uni ta’lim jarayniga yangicha yanda - shyvga chorlaydi va by zamon talabidir.
2026-02-18
O'ZBEKISTONDA QANDLI DABETNI O'RGANISH
Ko'pgina kasalliklar nafaqat irsiy moyillikka, balki harakatsiz turmush tarzi va ortiqcha ovqatlanish kabi omillarga ham asoslanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 19.04.2019 yildagi PQ-4295-son “RESPUBLIKA AHOLISIGA 2019-2021-YILLARDA QANDLI DIABET KASALLIGI BILAN OG’RIGAN BEMORLARNI DAVOLASH AMALIYOTINI TAKOMILLASHTIRISH BO’YICHA ENDOKRINOLOGIK YOERDAM KO’RSATISHNI YAXSHILASH MILLIY DASTURINI TASDIQLASH TO’G’RISIDAGI”gi qaroriga asosan qandli diabetning surunkali asoratlari tarqalishini va rivojlanishini kamaytirishga qaratilgan klinik yondashuvlarni yo’lga qo’yish, shuningdek, bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga bemorlarni onlayn boshqarish amalga oshirish. O‘zbekistonda qandli diabetning tarqalishi taxminan 5 foizni tashkil qiladi. Vaholanki, ularning yarmidan kami, ya’ni 127 252 nafar bemor dispanser hisobida turadi va shundan 1183 nafari bolalar, 533 nafari esa o‘smirlardir. Kasallikdan azob chekayotganlarning qolganlari roy’xatga olinmagan.
2026-02-18
EGIZ HOMILALIKDA MUDDATDAN OLDINGI TUG‘RUQ: ETIOLOGIYA, RISK OMILLARI VA PROFILAKTIKA YONDASHUVLARI
Mazkur ilmiy maqolada egiz homilalikda muddatdan oldingi tug'ruqning etiologiyasi, risk omillari va profilaktika yondashuvlari bemorlar ustida olib borilgan klinik kuzatuvlar asosida ko'rib chiqilgan. Tadqiqot Samarqand davlat tibbiyot universiteti akusherlik va ginekologiya kafedrasining klinik bazasida 2024 yil va 2025 yillarda amalga oshirilgan. Unda 18 yoshdan 40 yoshgacha bo'lgan 50 nafar homilador ayol ishtirok etgan. Bemorlar orasida egiz homilalik holatlari aniqlangan. Ularning obstetrik tarixi, gormonal profili, plasentar rivojlanishi va bachadon bo'yni uzunligi doimiy monitoring qilingan. Kuzatuv natijalari shuni ko'rsatdiki, egiz homilalikda muddatdan oldingi tug'ruq xavfi yagona homilaga nisbatan ancha yuqori. Asosiy sabablar orasida bachadon bo'yni yetarlicha tayyor emasligi, plasentar yetishmovchiligi, preeklampsiya, ortiqcha bachadon distenziyasi va oldingi tug'ruqlar tarixi bor. Bemorlar ustida profilaktik choralar qo'llanilgan. Bu choralar bachadon bo'yni uzunligi va kuchlanishini monitoring qilish, progesteron terapiyasi, fizioterapevtik muolajalar va multidisiplinar kuzatuvni o'z ichiga olgan. Ular muddatdan oldingi tug'ruq chastotasini sezilarli darajada kamaytirgan. Tadqiqot egiz homilalikda individual profilaktika strategiyalarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish onalik va neonatal natijalarni yaxshilashda qanchalik muhim ekanligini ta'kidlagan. Ushbu natijalar klinik amaliyotda egiz homilalik bilan bog'liq risklarni baholash, xavfni oldini olish va muddatdan oldingi tug'ruqni profilaktika qilish uchun ilmiy asos beradi.
2026-02-18
DORI VOSITALARINING HOMILAGA TA’SIRI
Ushbu maqolada dori vositalarining homilaga ta’siri, ularning teratogen, embriotoksik va fetotoksik xususiyatlari ilmiy manbalar asosida tahlil qilinadi. Homiladorlik davrida farmakoterapiya olib borishda xavf va foyda nisbatini baholash, platsentar to‘siq orqali o‘tish mexanizmlari hamda homila rivojlanishining sezgir davrlari haqida ma’lumot beriladi. Shuningdek, klinik amaliyotda ehtiyotkorlik bilan qo‘llanishi lozim bo‘lgan dori guruhlari yoritiladi.
2026-02-18
DАVLАT IJTIMОIY-IQTISОDIY SIYОSАTINI АMАLGА ОSHIRISHDА BUDJЕT TАSHKILОTLАRINING АHАMIYАTI VА ULАRNING TАSHKILIY-HUQUQIY АSОSLАRI
Mazkur maqolada davlatning ijtimoiy-iqtisodiy siyosatini amalga oshirish jarayonida byudjet tashkilotlarining o‘rni, ularni moliyalashtirish mexanizmlari hamda faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslari nazariy va amaliy jihatdan yoritiladi. Tadqiqotda byudjetdan mablag‘ ajratish metodlari, resurslarni maqsadli taqsimlash va samarali qayta yo‘naltirish orqali ustuvor tarmoqlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari tahlil qilinadi. Shuningdek, moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish sohalari kesimida byudjet xarajatlarining mazmuni, kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirishning iqtisodiy o‘sishdagi strategik ahamiyati, subsidiyalar, dotatsiyalar hamda transfertlar orqali oddiy takror ishlab chiqarishni ta’minlashning moliyaviy mexanizmlari ochib beriladi. Maqolada O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksida belgilangan “byudjet tashkiloti” tushunchasi, rahbar va bosh hisobchining mablag‘lardan oqilona foydalanish hamda byudjet intizomi bo‘yicha mas’uliyati, shuningdek, byudjet tizimi g‘azna ijrosi va buxgalteriya hisobini yuritishga doir me’yoriy talablar tizimli bayon etiladi. Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 3-sentyabrdagi 414-son qarori hamda keyingi normativ hujjatlar asosida byudjet tashkilotlarini smetali moliyalashtirishni takomillashtirish yo‘nalishlari, yuridik shaxs maqomini berish amaliyoti va xizmatlar ko‘rsatishning bepul, pullik hamda aralash shakllari tasnifi asoslanadi. Tadqiqot natijalari byudjet mablag‘laridan foydalanish samaradorligini oshirish, moliyalashtirish mexanizmlarini soddalashtirish va davlat xizmatlari sifatini yaxshilash bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqishga xizmat qiladi.
2026-02-18
ISSUES OF ADAPTING ENGLISH-LANGUAGE CONTENT TO THE UZBEK AUDIENCE BASED ON CULTURAL AND SOCIAL FACTORS
This scientific article provides an in-depth analysis of the role of cultural and social factors in the process of adapting English-language digital content to the Uzbek audience. The study highlights the significance of national mentality, value systems, social norms, age and gender characteristics, as well as cultural codes in the localization process. In addition, the article scientifically and practically substantiates the main challenges encountered in adapting English-language websites, mobile applications, and advertising content for the Uzbek audience, along with effective ways to address these challenges.
2026-02-18
SAMARQAND TARIXIY JARAYONLARINI O‘RGANISHGA BAG‘ISHLANGAN TADQIQOTLAR (YUDJIN SKAYLER ILMIY FAOLIYATI MISOLIDA)
“Buyuk o‘yin” (Angliya – Rossiya raqobati) doirasida shakllangan Britaniya ilmiy izlanishlari mintaqada Rossiya imperiyasi hukmronligi o‘rnatilganidan keyin ham siyosiy diskursdan uzilmagan. Mazkur tadqiqotlarda, ayniqsa, imperiyaning mustamlakachilik siyosatini qiyosiy tahlil qilish hamda Rossiyaning harbiy-siyosiy ekspansiyasini baholash masalalari ustuvor yo‘nalish sifatida namoyon bo‘ladi. Ingliz mualliflari tomonidan Samarqand tarixiga bag‘ishlab yaratilgan va ilmiy muomalaga kiritilgan asarlar bugungi zamonaviy tarixshunoslikda shahar o‘tmishini o‘rganishda muhim va ishonchli manbaviy asos vazifasini bajaradi. Ularning ilmiy qiymati va manbashunoslik ahamiyati yuqori ekani ta’kidlanishi mumkin. Mazkur maqolada Yudjin Skayler asarlarida Samarqand tarixining yoritilishi bilan bog‘liq manbaviy ma’lumotlar tahlil qilinib, ularning tarixiy-analitik xususiyatlari ochib beriladi.
2026-02-18
AHOLIGA SAVDO XIZMATLARI KO‘RSATISH SAMARADORLIGINI AKT ASOSIDA OSHIRISH MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISH
Ushbu ishda aholiga savdo xizmatlari ko‘rsatish sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan (AKT) samarali foydalanish orqali iqtisodiy jarayonlarni ekonometriк modellashtirish masalalari yoritilgan. Tadqiqotda savdo hajmi, aholi soni, narxlar indeksi va internet savdosi ulushi kabi iqtisodiy ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlanadi. AKT vositalari (Excel, Python, SPSS, Power BI) yordamida regressiya va prognozlash modellari tuzish mexanizmlari ishlab chiqiladi. Shuningdek, elektron ma’lumotlar bazalaridan foydalanish, tahlil natijalarini vizualizatsiya qilish va qaror qabul qilishni raqamlashtirish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Natijada aholiga savdo xizmatlari ko‘rsatish samaradorligini oshirish, iqtisodiy tahlil sifatini yaxshilash va boshqaruv jarayonlarini optimallashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqiladi.
2026-02-18
