Мы рады сообщить вам, что Центр поддержки исследований «Innovative Academy» организовал Республиканская конференция «Молодые ученые». Это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований.
Опубликован: 2026-03-31
Статьи
ZAMONAVIY MUZEYLARDA KIBERXAVFSIZLIK MASALALARI: XAVF-XATARLAR VA HIMOYA CHORALARI
Mazkur maqolada zamonaviy muzeylar faoliyatida kiberxavfsizlikni ta'minlash masalalari, raqamlashtirish jarayonida yuzaga keladigan xavf-xatarlar va ularni bartaraf etish yo'llari tahlil qilingan. Muzeylarning jismoniy va raqamli chegaralarini himoya qilishda zamonaviy kiberxavfsizlik tizimlarining ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, tashqi, ichki va yashirin tahdidlar, xodimlarning kiber savodxonligi hamda xalqaro tajriba ko'rib chiqilgan.
2026-03-30
M. NIZANOVTIŃ LEKSIKALIQ BIRLIKLERDI QOLLANIWDA POETIKALIQ INDIVIDUALLIǴI
Maqalada belgili satirik, prozaik, shayır, dramaturg hám kinoscenarist, «Qaraqalpaqstan xalıq jazıwshısı» Muratbay Nızanovtıń ómiri, dóretiwshilik jolı hám shıg‘armalarınıń izertleniw jaǵdayı haqqında sóz etilgen.
2026-03-30
O‘ZBEK TILINI O‘RGATISH UCHUN (5 YOSHDA KATTA BOLALARGA) DASTUR MODELI
Maqolada o‘zbek tilini kichik yoshdagi o‘zbek o‘quvchilarga o‘rgatuvchi dasturning lingvistik modeli tuzilgan. Tilning pog‘onalashtirib o‘rgatish va har bir pog‘ona uchun o‘ziga mos o‘rgatish va tekshirish uchun moslashtirilgan misollar uchun na’munaviy takliflar berilgan.
2026-03-31
OPTIMISED HYBRID SECURITY MODEL FOR EDUCATIONAL NETWORKS
Educational institutions increasingly rely on network technologies to support learning, communication, and research activities. However, the growing use of internet services also increases the risk of cyber threats such as malware, phishing attacks, unauthorized access, and distributed denial-of-service (DDoS) attacks. Traditional security mechanisms often fail to detect complex and evolving cyber threats.
2026-03-31
MILLIY DINLAR
Jahon dinshunosligida o‘ziga xos o‘ringa ega bo‘lgan milliy dinlarning shakllanish tarixi, ularning muayyan xalq yoki millat madaniyati bilan bog‘liqligi hamda ijtimoiy-ma’naviy hayotdagi o‘rni tahlil qilingan. Tadqiqot davomida hinduiylik, iudaizm, sintoizm va konfutsiylik kabi dinlarning o‘ziga xos xususiyatlari, marosimlari va ularning milliy o‘zlikni anglashdagi ahamiyati yoritib berilgan. Shuningdek, milliy dinlarning jahon dinlaridan farqli jihatlari qiyosiy o‘rganilgan.
2026-03-31
UCHQO‘RG‘ON VA KOSONSOY TUMANI SHEVALARINING QIYOSIY TAHLILI
Mazkur maqolada o‘zbek tilining dialektal boyligi misolida Namangan viloyatining Uchqo‘rg‘on va Kosonsoy tumanlari shevalari qiyosiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda ushbu hududlarda shakllangan nutq xususiyatlari fonetik, leksik va grammatik nuqtai nazardan o‘rganilib, ularning o‘xshash va farqli jihatlari ochib beriladi. Shuningdek, shevalarning shakllanishida tarixiy taraqqiyot, ijtimoiy muhit va madaniy aloqalarning o‘rni yoritiladi. Natijada, har ikki hudud nutqida umumiylik bilan bir qatorda hududiy omillar ta’sirida yuzaga kelgan o‘ziga xosliklar mavjudligi asoslanadi.
2026-03-31
O‘ZBEKISTONNING KESKIN KONTINENTAL IQLIMI SHAROITIDA ENDOKRINOPATIYALARNING MAVSUMIY DINAMIKASI VA METABOLIK GOMEOSTAZ XUSUSIYATLARI
O‘zbekistonning o‘ziga xos keskin kontinental iqlimi — yozgi anomal issiq (chillaki) va qishki gipotermik davrlarning inson endokrin tizimiga, xususan, qalqonsimon bez va buyrak usti bezlari faoliyatiga ta’siri tadqiq etiladi. Gormonal ko‘rsatkichlarning mavsumiy tebranishlari va ularning surunkali endokrin kasalliklar dekompensatsiyasidagi o‘rni ilmiy tahlil qilingan.
2026-03-31
YOSH PEDAGOG KADRLARNI KASBIY MOSLASHUVINI AMALGA OSHIRISHDA STAJORLIK FAOLIYATI
Ushbu maqolada oliy ta’lim muassasalarini bitirib, mehnat faoliyatini boshlayotgan yosh pedagoglarning kasbiy moslashuv jarayonida stajorlik faoliyatining o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqotda yosh kadrlarning psixologik va metodik tayyorgarligini oshirish, ularda pedagogik mahoratni shakllantirishda ustoz-shogird an’analarining zamonaviy interpretatsiyasi yoritilgan. Shuningdek, xalqaro tajriba va milliy ta’lim tizimidagi so‘nggi islohotlar asosida stajorlik tizimini takomillashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilgan.
2026-03-31
WHOIS VA RDAP XIZMATLARIDAN FOYDALANISH
Ushbu mavzuda WHOIS va RDAP xizmatlarining internet resurslari haqidagi ma’lumotlarni olishdagi o‘rni va ahamiyati yoritilgan. WHOIS an’anaviy protokol bo‘lib, domen nomlari va IP-manzillar haqida asosiy ma’lumotlarni taqdim etadi. RDAP esa zamonaviy, xavfsiz va standartlashtirilgan formatga ega bo‘lgan yangi protokol hisoblanadi. Ushbu xizmatlar kiberxavfsizlik, tarmoq boshqaruvi va domenlarni tekshirish jarayonlarida muhim ahamiyat kasb etadi.
2026-03-31
ALİŞER NEVÂÎ'NİN "BEDÂYİU'L-BİDÂYE" DİVANINDA TECNİS SANATININ KULLANIMI ÜZERİNE BAZI DÜŞÜNCELER
Bu makalede, Hazret Mir Alişer Nevâî’nin "Bedâyiu'l-bidâye" divanındaki gazellerde tecnis sanatının kullanımı ele alınmaktadır. Tecnisin; tecnis-i tam, tecnis-i mürekkeb, tecnis-i nakıs, tecnis-i zait, tecnis-i muzari, tecnis-i aks, tecnis-i mükerrer ve tecnis-i hattî gibi türleri ile bu sanatların Nevâî gazellerindeki belagati (ifade gücü) derinlemesine incelenmektedir.
2026-03-31
TRANSPORT SOHASIDA RAQAMLI MARKETINGNI JORIY QILISH BOSQICHLARI
Ushbu maqolada transport sohasida raqamli marketingni joriy qilish va uni amalga oshirish bosqichlari yoritilgan. Shuningdek, transport sohasida raqamli marketingni joriy qilish bo‘yicha xulosalar bayon etilgan.
2026-03-31
BIR JUMLA HAYOTIMNI O‘ZGARTIRDI: “HOMILA YASHAMAYDI…”
Ba’zi so‘zlar inson hayotida oddiy gap bo‘lib qolmaydi. Ular butun taqdirni o‘zgartiradi, qalbni ezadi, fikrlarni boshqa tomonga buradi va insonni yangi yo‘lga yetaklaydi. Men uchun ham shunday lahza bor. Shifokorning og‘ir, ammo qat’iy ovozi hanuz qulog‘imda jaranglaydi:
2026-03-31
KIMYO SANOATI OQOVA SUVLARINING ATROF-MUHITGA TA’SIRI VA ULARNI TOZALASHNING ZAMONAVIY USULLARI
Ushbu ishda kimyo sanoati korxonalaridan hosil bo‘ladigan oqova suvlarning gidrosfera, flora va faunaga ko‘rsatadigan salbiy oqibatlari keng ko‘lamda yoritilgan. Shuningdek, mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish jarayonida hosil bo‘ladigan spesifik ifloslantiruvchi moddalar tahlil qilinib, ularni zararsizlantirishning innovatsion usullari taklif etilgan.
2026-03-31
O‘ZBEK VA INGLIZ TILLARIDA YOSHLAR NUTQIDA DIALEKTAL SO‘ZLARNING TRANSFORMATSIYASI
Mazkur ilmiy tezisda o‘zbek va ingliz tillarida yoshlar nutqida dialektal birliklarning transformatsiyasi sotsiolingvistik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Tadqiqotda yoshlar nutqida dialektal so‘zlarning fonetik, leksik, morfologik va pragmatik o‘zgarishlari hamda ularning ijtimoiy tarmoqlar, urbanizatsiya va globalizatsiya ta’sirida qayta shakllanish jarayonlari yoritiladi. Shuningdek, dialektal birliklarning identitet, prestij va kommunikativ strategiyalar bilan bog‘liqligi ilmiy asosda izohlanadi.
2026-03-31
ТРАНСФОРМАЦИЯ СИНТАКСИЧЕСКИХ СТРУКТУР В ЯЗЫКЕ СОЦИАЛЬНЫХ СЕТЕЙ
В данной статье рассматриваются особенности трансформации синтаксических структур в языке социальных сетей как одном из наиболее динамичных сегментов современной цифровой коммуникации. Актуальность исследования обусловлена тем, что социальные сети не только создают новую коммуникативную среду, но и активно влияют на функционирование русского литературного языка, прежде всего на его синтаксический уровень. Анализируются тенденции к упрощению синтаксических конструкций, росту числа эллиптических, парцеллированных и неполных предложений, а также усилению экспрессивности и диалогичности речи. Делается вывод о том, что синтаксис социальных сетей представляет собой функционально обусловленную форму письменной речи, адаптированную к цифровой среде.
2026-03-31
ИЗУЧЕНИЕ БОТАНИЧЕСКОГО ОПИСАНИЯ И БИОЛОГИЧЕСКИХ ОСОБЕННОСТЕЙ ABELMOSCHUS MANIHOT L
Вид Abelmoschus manihot (L.) Medicus (синоним: Hibiscus manihot), относящийся к семейству Мальвовые (Malvaceae), представляет собой однолетнее или многолетнее травянистое растение, морфологически рассматриваемое как съедобная разновидность гибискуса.
2026-03-31
IQTISODIYOT VA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR TARAQQIYOTI: SUN’IY INTELLEKTNING JAMIYAT RIVOJIDAGI O‘RNI
XXI asr texnologiyalar asri bo‘lib, unda iqtisodiyotning barcha sohalarida ulkan o‘zgarishlar yuz bermoqda. Bu o‘zgarishlarning markazida raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt (SI) turadi. Hozirgi kunda iqtisodiyotning samaradorligi, bozorlar o‘zgarishi, ta’lim sifati, tibbiyotdagi aniqlik va ishlab chiqarish jarayonlarining tezkorligi aynan raqamlashtirish darajasiga bog‘liq bo‘lib qoldi.
2026-03-31
HOW LEARNING A FOREIGN LANGUAGE AFFECTS BRAIN DEVELOPMENT
Chet tilini o‘rganish inson miyasi rivojlanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, til o‘rganish kognitiv jarayonlarni yaxshilaydi, xotirani mustahkamlaydi, diqqatni oshiradi va fikrlash moslashuvchanligini rivojlantiradi. Bilingval shaxslar muammolarni hal qilishda samaraliroq bo‘lib, nevrologik kasalliklarning kechroq yuzaga kelishiga ham yordam beradi. Ushbu maqolada chet tilini o‘rganishning miya rivojlanishiga ijobiy ta’siri, shuningdek, uning ta’lim va kognitiv salomatlikdagi amaliy ahamiyati tahlil qilinadi.
2026-03-31
BLOKCHEYN TEXNOLOGIYASINING MOLIYA TIZIMIDAGI ISTIQBOLLARI VA BANK SEKTORIGA TA’SIRI
Ushbu ilmiy maqolada blokcheyn texnologiyasining zamonaviy moliya tizimidagi o‘rni, rivojlanish istiqbollari hamda bank sektoriga ko‘rsatadigan ta’siri tahlil qilinadi. Tadqiqotda blokcheynning decentralizatsiya, shaffoflik va xavfsizlik kabi asosiy xususiyatlari asosida moliyaviy operatsiyalar samaradorligini oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, bank tizimida tranzaksiyalarni tezlashtirish, xarajatlarni kamaytirish va firibgarlik xavfini minimallashtirishda blokcheyn texnologiyasining ahamiyati yoritiladi.
2026-03-31
RUS TILIDA MUSTAQIL SO‘Z TURKUMLARI VA OT SO‘Z TURKUMI
Ushbu maqolada rus tilidagi so‘z turkumlari tizimi, ayniqsa mustaqil so‘z turkumlari va ot so‘z turkumi chuqur tahlil qilinadi. Otlarning leksik va grammatik xususiyatlari, ularning semantik turlari, morfologik kategoriyalari, xususan jins, son, kelishik va turlanish masalalari izohlanadi. Har bir grammatik tushuncha rus tilidagi misollar bilan mustahkamlangan.
2026-03-31
XITRIDIOMITSETSIMONLAR
Xitridiomitsetsimonlar, suvda yashovchi qo'ziqorinlar guruhiga mansub bo'lib, asosan amphibiyalardan to'g'ridan-to'g'ri ta'sirlanadi. Ushbu ishda xitridiomitsetsimonlarning ekosistemadagi roli, ularning tarqalishi va biologik xilma-xilligi ko'rib chiqiladi. Tadqiqotning maqsadi ushbu qo'ziqorinlarning ekologik ahamiyatini ochib berish va ularning biologik xilma-xillikdan qanday ta'sirlanishini aniqlashdir. Shuningdek, xitridiomitsetsimonlarning biologik nazorati va ularning muhofazasi bo'yicha tavsiyalar beriladi.
2026-03-31
QON VA SIYRAK BIRIKTIRUVCHI TO‘QIMA
qon va siyrak biriktiruvchi to‘qima alohida-alohida tarzda yoritilib, ularning tuzilishi, tarkibi hamda organizmdagi funksiyalari mustaqil tahlil qilinadi. Qon bo‘limida uning shaklli elementlari va plazmasining vazifalari, organizmda transport, himoya va boshqaruv jarayonlaridagi roli bayon etiladi. Siyrak biriktiruvchi to‘qima bo‘limida esa uning hujayraviy tarkibi, tolalari va asosiy moddasining tuzilishi hamda to‘qimalarni bog‘lash, oziqlantirish va himoya qilishdagi ahamiyati yoritiladi. Har ikki to‘qimaning o‘ziga xos xususiyatlari alohida ko‘rib chiqilgan.
2026-03-31
UCHINCHI RENESSANS POYDEVORINI YARATISHDA YOSHLAR MA’NAVIY KAMOLOTINING AHAMIYATI
Mazkur ilmiy tezisda Uchinchi Renessans poydevorini yaratishda yoshlar ma’naviy kamolotining tutgan o‘rni ilmiy-nazariy asosda tahlil qilinadi. Yosh avlodning ma’naviy-axloqiy shakllanishi, milliy qadriyatlar va zamonaviy bilimlarning uyg‘unligi, ijtimoiy institutlar faoliyati hamda davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari asosida yoritiladi. Tadqiqot natijalari yoshlarning ma’naviy barkamolligi jamiyat taraqqiyotining muhim omili ekanligini ko‘rsatadi.
2026-03-31
TAFAKKUR MUAMMOSI BORASIDA OLIB BORILGAN TADQIQOTLAR ISHLARI
M.Davletshin, E.G‘oziev, V.Karimova, G‘.Shoumarov, Z.Nishanova, N.Safaev, Sh.Barotov, M.Bekmurodov, Q.Nazarov, A.Jabborov, R.Sunnatova, B.Qodirov, E.Usmanova, K.Farfieva, Z.Abduraxmanova, Sh.Usmanov, D.Axnazarova.
2026-03-31
KREDIT MODUL TIZIMIDA O’QUVCHILARDA INDIVIDUAL TA’LIM SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK VA PSIXOLOGIK ASOSLARI
Ushbu maqolada kredit modul tizimida talabalarning individual ta’lim trayektoriyasini shakllantirish haqida ma’lumot berilgan bo’lib, kredit modul tizimi haqida tushunchalar yoritilganlik bilan bir qatorda ushbu tizimda talabalar shaxshini individual yo‘nalganligini oshirish, ta’limni talaba shaxsi o‘zlashtirish qobiliyatiga moslashtirib tashkil etish haqida so‘z boradi. Ushbu maqoladan tegishli soha vakillari nazariy ma’lumot sifatida foydalanishlari mumkin.
2026-03-31
TAFAKKUR TURLARI, XUSUSIYATLARI VA RIVOJLANISH JARAYONI
Nutq tafakkur qurolidir. Ma’lum fikr so‘zlar bilan ifoda etilganida tafakkur jarayoni amalga oshiriladi. Fikrni so‘z bilan ifoda etish – ifodalash motivi (nutqiy maqsad), ichki nutq, fikrni tashqi tomondan nutqiy ifodalash kabi bosqichlaridan iborat bo‘lgan murakkab jarayon. Tafakkur – bu narsalar mohiyatini ochib beruvchi g‘oyalar harakati. Uning natijasi obraz emas, balki ma’lum bir fikrdir. Tafakkur – bu kiritilgan yo‘nalishli-tadqiqiy, qayta o‘zgarishli va bilish xususiyatiga ega bo‘lgan harakatlar va muolajalar tizimini taxminlovchi alohida turga ega bo‘lgan nazariy va amaliy faoliyat. Ushbu maqolada, tafakkur nima ekanligini, uning turlari, xususiyatlari va rivojlanish bosqichlari haqida fikr va mulohazalar yuritiladi.
2026-03-31
XOTIRA VA UNING ILMIY-AMALIY AHAMIYATI
Ushbu ilmiy maqolada xotira haqida, uning turlari, qaysi holatda xotira yaxshi bo`lishi-yu qaysi holatda yomonlashishi, xotira susayishi bilan bog`liq muammolar haqida ma’lumot beriladi. Xotirasi o`tkir, miyasi kuchli, hamma narsani tez eslab qoladigan kishilar haqida fikr yuritamiz.
2026-03-31
OILA MUSTAHKAMLIGINI TA’MINLASHNING IJTIMOIYPSIXOLOGIK OMILLARI
Ushbu maqolada oila mustahkamligini ta’minlashning ijtimoiy-psixologik omillari yoritiladi. Psixologlarning mustahkam, baxtli nikohni tashkil etish borasidagi qarashlari ham keltirib o‘tilgan.
2026-03-31
IKKI TILLI LUG‘ATLARDA TARJIMA TAMOYILLARI VA FRAZEOLOGIK MUVOFIQLIK MUAMMOLARI
Mazkur tezisda ikki tilli lug‘atlarda tarjima tamoyillari hamda frazeologik birliklarning muvofiqlik muammolari lingvistik nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Xususan, lug‘at tuzish jarayonida ekvivalentlik, adekvatlik va funksional moslik kabi asosiy tarjima tamoyillarining ahamiyati yoritiladi. Tadqiqotda frazeologik birliklarning semantik, stilistik va madaniy xususiyatlari inobatga olinmagan hollarda yuzaga keladigan nomuvofiqliklar misollar asosida ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, ikki tilli lug‘atlarda frazeologizmlarni berishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarjima, izohli tarjima va funksional analoglardan foydalanish usullarining afzalliklari tahlil etiladi.
2026-03-31
O‘ZBEKISTONDA RAQAMLI BANK XIZMATLARINI RIVOJLANTIRISH MUAMMOLARI
Ushbu ilmiy maqolada O‘zbekistonda raqamli bank xizmatlarini rivojlantirish jarayonida yuzaga kelayotgan asosiy muammolar tahlil qilinadi. Xususan, raqamli infratuzilmaning yetarli darajada rivojlanmagani, kiberxavfsizlik xavflari, aholining moliyaviy raqamli savodxonligi pastligi hamda bank tizimida innovatsion texnologiyalarni joriy etishdagi institutsional to‘siqlar ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, raqamli bankingni rivojlantirish bo‘yicha xalqaro tajribalar o‘rganilib, O‘zbekiston sharoitida ularni qo‘llash imkoniyatlari baholanadi.
2026-03-31
O‘SMIRLIK DAVRINING PSIXOLOGIK VA IJTIMOIY RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI
Ushbu tadqiqot ishida inson ontogenezining eng dinamik va murakkab osqichi hisoblangan o‘smirlik davrining psixologik hamda ijtimoiy determinatsiyasi masalalari kompleks ravishda tahlil qilinadi. Maqolada o‘smirlardagi "Men-konsepsiyasi"ning shakllanishi, kognitiv funksiyalarning transformatsiyasi, affektiv sohadagi o‘zgarishlar va ijtimoiy muhit bilan o‘zaro aloqalarning dinamikasi ilmiy asoslab berilgan.
2026-03-31
INTERNET VA IJTIMOIY TARMOQLARNING YOSHLAR HAYOTIGA TA’SIRI
Ushbu maqolada internet va ijtimoiy tarmoqlarning zamonaviy yoshlar hayotidagi ta’siri keng tahlil qilinadi. Muqaddima sifatida yoshlarning internetdan foydalanish odatlari, ijtimoiy tarmoqlarga bog‘lanish darajasi va ularning ijobiy hamda salbiy oqibatlari ko‘rib chiqiladi.
2026-03-31
SPORT VA YOSHLAR HAYOTIDAGI ROLI
Ushbu maqolada sportning zamonaviy yoshlar hayotidagi ahamiyati, ularning jismoniy, ruhiy va ijtimoiy rivojlanishidagi roli keng tahlil qilinadi. Maqolada sportning sog‘lom turmush tarzi bilan bog‘liqligi, akademik muvaffaqiyatga ta’siri, shuningdek yoshlar orasida sportni rag‘batlantirish va uni hayot tarziga kiritish bo‘yicha tavsiyalar beriladi.
2026-03-31
ZAMONAVIY YOSHLARNING MUAMMOLARI VA YECHIMLARI
Mazkur maqolada zamonaviy yoshlar duch kelayotgan dolzarb muammolar chuqur tahlil qilinadi. Xususan, texnologik rivojlanish sharoitida yoshlarning ijtimoiy, psixologik, iqtisodiy va ta’lim bilan bog‘liq muammolari yoritilgan. Shuningdek, har bir muammo bo‘yicha amaliy yechimlar, taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Maqola yoshlarning jamiyatdagi o‘rni va ularning kelajak taraqqiyotidagi ahamiyatini ochib beradi.
2026-03-31
ISLOM QADRIYATLARI VA MA’RIFATINING HOZIRGI DAVRDAGI AHAMIYATI
Mazkur maqolada islom qadriyatlari va ma’rifatining hozirgi globallashuv davridagi o‘rni va ahamiyati kompleks tarzda tahlil etiladi. Islomiy qadriyatlarning inson ongini shakllantirish, jamiyatda adolat, bag‘rikenglik va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashdagi roli ilmiy manbalar asosida ochib beriladi. Shuningdek, maqolada zamonaviy axborot muhitida ma’naviy xavf-xatarlar fonida islom ma’rifatining yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati alohida yoritilgan.
2026-03-31
XX ASR BOSHLARIDA OʻZBEKISTONDA ENERGETIKA TIZIMINING SHAKLLANISHI
O'zbekiston markazi gidrolashgan stansiya energetikaga kelishuv, birinchi issiqlik va issiqlik elektr stansiyalari qurilishi hamda tarixi respublika sanoat jarayonidagi roli ilmiy tadqiqot stansiyasi. , energetika sohasining ijtimoiy va ilmiy yuksalishga ko'rsatgan ta'siri yoritib berilgan.
2026-03-31
NAMANGAN VILOYATI YANGIQO‘RG‘ON TUMANI SHEVASIDA QARINDOSH-URUG‘ NOMLARINING QO‘LLANILISHI
Ushbu maqolada Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumani shevasida qo‘llaniladigan qarindosh-urug‘ nomlari tahlil qilinadi. Maqolada qarindoshlik atamalarining leksik xususiyatlari, ularning adabiy tildan farqli jihatlari hamda shevaga xos fonetik o‘zgarishlar yoritilgan. Jumladan, ota-ona, aka-uka, opa-singil, bobo-buvi va quda-andachilikka oid nomlarning turli variantlari misollar asosida ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, ushbu atamalarda uchraydigan tovush almashinuvi, unli o‘zgarishi va so‘z shakllarining soddalashuvi kabi hodisalar izohlangan. Tadqiqot natijalari Yangiqo‘rg‘on shevasining o‘ziga xosligini hamda qarindoshlik terminlarining milliy madaniyatdagi o‘rnini ko‘rsatadi.
2026-03-31
FARGʻONA VILOYATI SHEVASIDA OILA AʼZOLARI VA QARINDOSHLARNI CHAQIRISHDA ISHLATILADIGAN SOʻZLAR
Ushbu maqolada Farg‘ona viloyati shevasida qo‘llaniladigan qarindosh-urug‘ nomlari tahlil qilinadi. Maqolada qarindoshlik atamalarining leksik xususiyatlari, ularning adabiy tildan farqli jihatlari hamda shevaga xos fonetik o‘zgarishlar yoritilgan. Jumladan, ota-ona, aka-uka, opa-singil, bobo-buvi va quda-andachilikka oid nomlarning turli variantlari misollar asosida ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, ushbu atamalarda uchraydigan tovush almashinuvi, unli o‘zgarishi va so‘z shakllarining soddalashuvi kabi hodisalar izohlangan. Tadqiqot natijalari Farg‘ona shevasining o‘ziga xosligini hamda qarindoshlik terminlarining milliy madaniyatdagi o‘rnini ko‘rsatadi.
2026-03-31
THE DYNAMICS OF THE FORMATION AND DEVELOPMENT OF INTERNATIONAL HIGHER EDUCATION INSTITUTIONS IN THE MODERN EDUCATIONAL POLICY OF UZBEKISTAN (ON THE EXAMPLE OF ANDIJAN REGION)
This article provides a historical and scientific analysis of the establishment of international higher education institutions in the Andijan region, evaluating their developmental trajectory and broader historical significance.
2026-03-31
KIMYO SANOATIDA “YASHIL TEXNOLOGIYALAR” VA SUVNI TEJASH
Mazkur tezisda kimyo sanoatida yashil texnologiyalarni joriy etish va suv resurslaridan samarali foydalanish masalalari yoritilgan. Sanoat rivojlanishi natijasida yuzaga kelayotgan ekologik muammolar, xususan suv resurslarining kamayishi, oqova suvlar va atrof-muhit ifloslanishi muammolari tahlil qilingan. Shuningdek, yashil kimyo prinsiplari asosida ishlab chiqarish jarayonlarini takomillashtirish, suv resurslarini tejash va ekologik xavfsizlikni ta’minlashning muhim jihatlari ko‘rib chiqilgan. O‘zbekiston sharoitida kimyo sanoatida ekologik xavfsiz texnologiyalarni joriy etishning ahamiyati ham asoslab berilgan.
2026-03-31
