Vol. 3 No. 2 (2026): New Uzbekistan Journal of Academic Research

"New Uzbekistan Journal of Academic Research" is an open access, peer-reviewed international journal that publishes original research and review articles related to diverse areas. The main objective is to offer an intellectual platform to the international scholars and it aims to promote interdisciplinary studies in applied sciences. All manuscripts must be prepared in UzbekEnglish or Russian languages and subject to a rigorous peer-review process.

Published: 2026-02-06

COVID-19 INFEKSIYASINING ORGANIZM IMMUN TIZIMIGA UZOQ MUDDATLI TA’SIR

COVID-19 infeksiyasi nafaqat otkir respirator kasallik sifatida, balki inson immun tizimiga uzoq muddatli tasir korsatuvchi murakkab patologiya sifatida ham etirof etilmoqda. Ushbu maqolada SARS-CoV-2 virusining tugma va orttirilgan immunitetga tasiri, post-COVID sindromi bilan bogliq immunologik ozgarishlar hamda yalliglanish jarayonlarining uzoq davom etishi ilmiy manbalar asosida tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari COVID-19dan keyingi immun disbalans mexanizmlarini tushunishga yordam beradi.

Zilolaxon Xalimjonova

4-6

2026-02-06

ПОЭТИКА РУССКОЙ ЛИТЕРАТУРЫ ПЕРВОЙ ТРЕТИ XIX ВЕКА

 В данной статье рассматриваются основные особенности поэтики русской литературы первой трети XIX века, которая занимает особое место в истории отечественной словесности. Этот период характеризуется активным развитием художественных форм, жанровым разнообразием и углублением психологизма. В центре внимания находятся ключевые направления эпохи — сентиментализм, романтизм и реализм, а также их влияние на формирование художественного мышления писателей. Особое внимание уделяется поэтическому языку, системе образов и тематике произведений ведущих авторов данного периода. Анализируются произведения А. С. Пушкина, В. А. Жуковского, К. Н. Батюшкова и других писателей, сыгравших важную роль в становлении национальной литературной традиции. Статья имеет теоретическую и практическую значимость для студентов филологических направлений.

Маргуба Садбарова , Ильнур Касимов

7-10

2026-02-06

ТУРКИЙ ХАЛҚЛАР ДАВЛАТЧИЛИК ТАРИХИ ВА БОШҚАРУВ АНЪАНАЛАРИ

Ушбу мақолада туркий халқлар давлатчилигининг шаклланиши, ривожланиш босқичлари ва унинг жаҳон давлатчилик тарихи тараққиётида тутган ўрни таҳлил қилинади. Хуннлар, Кўк Турк, Оқ хунлар, Табғач, Аршакийлар, Қорахонийлар, Салжуқийлар, Усмонийлар, Чингизийлар ва Темурийлар давлатлари мисолида туркий давлатчилик анъаналарининг асосий ҳусусиятлари очиб берилади. Мақолада ҳарбий-маъмурий бошқарув, тўра қонуний тизими, қурултой институти, дипломатия ва ҳуқуқий анъаналарнинг шаклланиши ёритилган. Археологик ва ёзма манбалар асосида туркий халқларнинг давлатчилик тажрибаси кўчманчи ва ўтроқ цивилизациялар уйғунлигида юзага келгани асослаб берилади.

Зиёвуддин Ашуров

11-14

2026-02-06

ZAFARON O‘SIMLIGINI GIDROPONIKA USULIDA YETISHTIRISHDA TUPROQDAN BEVOSITA FOYDALANMASLIKNING EKOLOGIK VA IQTISODIY SAMARADORLIGI

Zafaron (Crocus sativus L.) dunyodagi eng qimmatbaho dorivor va ziravor o‘simliklardan biri bo‘lib, an’anaviy ravishda tuproqda yetishtiriladi. So‘nggi yillarda resurslardan oqilona foydalanish, suv tanqisligi va ekologik muammolar tufayli zafaronni gidroponika usulida yetishtirishga bo‘lgan qiziqish ortib bormoqda. Ushbu maqolada zafaron o‘simligini gidroponika sharoitida yetishtirishda tuproqdan foydalanmaslikning ekologik va iqtisodiy samaradorligi ilmiy manbalar asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda suv sarfi, hosildorlik, resurs tejamkorligi, ishlab chiqarish xarajatlari va ekologik xavfsizlik ko‘rsatkichlari qiyosiy tahlil qilinadi. Olingan natijalar gidroponika texnologiyasi zafaron yetishtirishda barqaror va istiqbolli yo‘nalish ekanini ko‘rsatadi.

Mahliyo Jahonqulova

15-17

2026-02-06

TOSHKENT VILOYATIDA YER OSTI SUVLARI MONITORINGI DIVER PRIBORI YORDAMIDA

Dunyoda foydalanishga yaroqli suv resurslaridan oqilona foydalanish bugungi kunning dolzarb muammosidir. Shu nuqtai nazardan qaraganda, yer osti suv resurslaridan oqilona foydalanish uchun suv olish inshootlari va kuzatuv quduqlari orqali monitoring olib borish va ularga ta’sirini o‘rganish zarur. Ushbu maqolada er osti suvlarining monitoringi zamonaviy texnologik uskunalar bilan belgilanadi, ma'lumotlarning aniqligini oshiradi va kunlik, soatlik darajadagi o'zgarishlarni va daraja o'zgarishiga ta'sir qiluvchi omillarni hisobga oladi. Er osti suvlarini aniqlashda 6 yillik darajadagi o'zgarishlarni kuzatish uchun yuqori texnologiyali Diver qurilmasi qo'llaniladi. “Diver” qurilmasi orqali olingan ma’lumotlar bevosita tuman meliorativ ekspeditsiya markazi xodimlariga uzatiladi va saqlanadi. Toshkent viloyatining Piskent tumanida yer osti suvlarining yillar davomidagi o‘zgarishlari kuzatuv quduqlari orqali kuzatilib, ma’lumotlar olindi, olingan ma’lumotlar tahlil qilindi

Shavkat Nortayev , Sohiba Mamatqulova, Jamshid Moyliyev, Bekzod Jabborov

18-25

2026-02-06

ОИВ ВА ТАНОСИЛ КАСАЛЛИКЛАРИНИ ҚАСДДАН ТАРҚАТУВЧИ ШАХСЛАРНИ КИБЕР-МУҲИТДА РАҚАМЛИ ПРОФИЛЛАШТИРИШ ВА УЛАРНИНГ ХУЛҚ-АТВОРИНИ ПСИХОЛОГИК-КРИМИНАЛИСТИК ТАҲЛИЛ ҚИЛИШ ТАКТИКАСИ

Ушбу мақолада ОИВ ва таносил касалликларини тарқатиш билан боғлиқ жиноятларни аниқлаш ва фош этишда рақамли профиллаштириш (digital profiling) методининг имкониятлари тадқиқ этилади. Муаллиф жиноят содир этган шахснинг виртуал муҳитдаги хулқ-атвори, кибер-изи ва психологик портрети ўртасидаги қонуниятларни илмий асослайди. Мақолада соҳа олимларининг қарашлари таҳлил қилиниб, тергов амалиёти учун конкрет тактик тавсиялар ва қонунчиликни такомиллаштириш бўйича таклифлар ишлаб чиқилган.

Т.Х Курамбаев

26-29

2026-02-09

VEKTORLAR MAVZUSINI O‘QITISHDA KOMPETENTLI YONDASHUVNING DIDAKTIK IMKONIYATLARI

Mazkur maqolada matematika ta’limida “Vektorlar va ular ustida amallar” mavzusini o‘qitishda kompetentli yondashuvning didaktik imkoniyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot kompetentli yondashuv asosida o‘quvchilarning matematik, amaliy va kommunikativ kompetensiyalarini shakllantirishga qaratilgan. Maqolada o‘quv jarayonini tashkil etishning samarali metodlari aniqlanib, ularning ta’lim natijalariga ta’siri asoslab berilgan.

Abduroziq Husanov , Sarvar Qilichov

30-31

2026-02-09

NAFAS OLISH TIZIMIDA GAZLAR TRANSPORTI VA UNING NERV-GUMORAL BOSHQARILISH MEXANIZMLARI

Ushbu ilmiy ishda nafas olish tizimida gazlar almashinuvi va ularning tashilishi bilan bog‘liq fiziologik mexanizmlar batafsil yoritiladi. Asosiy e’tibor kislorod va karbonat angidridning alveola–kapillyar to‘siq orqali diffuziyalanishi, aerogematik membrananing tuzilishi va uning funksional ahamiyatiga qaratilgan. Gazlar almashinuvi jarayonida parsial bosimlar farqining roli, gazlarning eruvchanligi va diffuziya tezligiga ta’sir etuvchi omillar ilmiy nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Shuningdek, qonda kislorodning gemoglobin bilan bog‘lanish mexanizmlari, oksigemoglobinning dissotsiatsiya egri chizig‘i, uning harorat, pH, karbonat angidrid tarangligi va 2,3-difosfoglitserat miqdoriga bog‘liqligi keng yoritiladi. Karbonat angidridning qonda tashilishi, bikarbonat tizimi, karboangidraza fermentining ahamiyati va eritrotsitlar ishtirokida kechadigan ion almashinuvi jarayonlari ilmiy asosda tushuntiriladi. Ishda nafas olish jarayonining nerv va gumoral boshqarilish mexanizmlariga alohida e’tibor qaratilib, uzunchoq miya va Varoliy ko‘prigida joylashgan nafas markazlarining funksional tashkiloti, inspirator va ekspirator neyronlar faoliyati tahlil qilinadi. Periferik va markaziy xemoretseptorlar, mexanoretseptorlar hamda reflektor yo‘llarning nafas ritmi va chuqurligini boshqarishdagi roli yoritiladi. Ushbu jarayonlarning o‘zaro uyg‘unligi organizmning metabolik ehtiyojlariga mos holda gazlar homeostazini ta’minlashdagi ahamiyati bilan asoslanadi

Durdona O’tkirova

32-37

2026-02-09

TURP SABZAVOTINI TABIIY USULDA QURITISH VA UNDAN MAHSULOT OLISH TEXNOLOGIYASI

Ushbu maqolada ildizmevalilar, xususan turp sabzavotining biologik xususiyatlari hamda ularni qayta ishlashning amaliy ahamiyati yoritilgan. Yashil turpni tabiiy usulda quritish texnologiyasi ishlab chiqilib, olingan mahsulotning organoleptik koʻrsatkichi tahlil qilingan. Tajriba natijalari quritilgan turpni hech qanday energiya va texnologiyasiz, tarkibidagi foydali mahsulotlarni saqlab qolgan holda foydalanishni koʻrsatdi. Ushbu tadqiqot natijalari sogʻlom oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish va ularni tayyorlash texnologiyasini takomillashtirishda muhim amaliy ahamiyat kasb etdi.

K.E USMONOV , S.O IBOYEVA

38-40

2026-02-09

BUG’DOY SOLODI TAYYORLASH TEXNOLOGIYASI

Bug‘doy solodi pivochilik va oziq-ovqat sanoatida muhim xomashyo bo‘lib, yuqori fermentativ faolligi va oqsil tarkibi bilan ajralib turadi. Ushbu maqolada bug‘doy solodi ishlab chiqarish texnologiyasining asosiy bosqichlari — xomashyo tanlash, ivitish, unib chiqarish va quritish jarayonlari ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Malting jarayonida sodir bo‘ladigan biokimyoviy o‘zgarishlar hamda texnologik parametrlarning tayyor mahsulot sifatiga ta’siri ko‘rib chiqilgan. Olingan ma’lumotlar bug‘doy solodi ishlab chiqarish jarayonini optimallashtirish va sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash imkonini beradi.

K.E USMONOV , X.D. SULTONMURODOVA

41-46

2026-02-09

ВОЯГА ЕТМАГАН ШАХСЛАРНИНГ ЖИНСИЙ ЭРКИНЛИГИГА ҚАРШИ СОДИР ЭТИЛАЁТГАН ЖИНОЯТЛАРНИ ТЕРГОВ ҚИЛИШДА ШАХСНИНГ ҲАРАКАТЛАРИГА ҲУҚУҚИЙ МАЛАКАЛАШНИНГ АЙРИМ МАСАЛАЛАРИ

Мақолада вояга етмаган шахсларнинг жинсий эркинлиги ва жинсий дахлсизлигига қарши жиноятларни квалификация қилиш масалалари Ўзбекистон Республикаси Конституцияси, Жиноят кодекси ва Олий суд Пленумининг қарорлари асосида кенг таҳлил қилинган ҳолда бугунги кунда ҳуқуқни қўллаш амалиёти ҳамда амалдаги қонунчиликни такомиллаштиришга қаратилган таклиф ва тавсиялар ишлаб чиқилган.

Р.Б. Игамбердиев, Т.Х Курамбаев

47-50

2026-02-09

МИЛЛИЙ ГВАРДИЯ БОЛАЛАР ПСИХОЛОГИЯСИ МАРКАЗИНИНГ ЕТИМ ВА ОТА-ОНА ҚАРАМОҒИДАН МАҲРУМ БЎЛГАН БОЛАЛАРНИ ПСИХОЛОГИК ҚЎЛЛАБ-ҚУВВАТЛАШДАГИ ЎРНИ

Ушбу мақолада Ўзбекистон Республикаси Миллий гвардияси ҳузурида ташкил этилган Болалар психологияси марказининг етим ва ота-она қарамоғидан маҳрум бўлган болаларга беғараз психологик ёрдам кўрсатиш борасидаги фаолияти илмий жиҳатдан ёритилган.

Мазкур Болалар психологияси маркази томонидан қўлланилаётган замонавий психотерапевтик усуллар, индивидуал ва гуруҳли иш шакллари ҳамда уларнинг самарадорлиги таҳлил қилинган. Халқаро тажриба асосида ҳарбийлаштирилган тузилмалар таркибида психологик хизматларнинг ташкил этилиши масаласи ўрганилиб, Миллий гвардия Болалар психологияси маркази фаолиятининг ўзига хос миллий модели эканлиги асослаб берилган.

Дилором Худайберганова

51-54

2026-02-09

DOPAMINERGIK YO‘LLARNING SUBTALAMIK YADRO BILAN FUNKSIONAL TA’SIRI

Ushbu maqola dopamin sintezining subtalamik yo‘li va subtalamusning dopaminergik tizimdagi modulatsion o‘rni haqida ilmiy tahlilga bag‘ishlangan. Subtalamus dopaminni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlab chiqaruvchi neyronlarga ega bo‘lmasa-da, substantia nigra pars compacta, globus pallidus, striatum, prefrontal korteks va limbik strukturalar bilan murakkab neyron aloqalari orqali dopamin signalini qayta ishlaydi va modulyatsiya qiladi. Maqolada subtalamik yadroning glutamatergik xususiyatlari, dopamin retseptorlarining hududdagi taqsimlanishi, dopamin sintezi bosqichlarining subtalamik hudud bilan bog‘liq funksional mexanizmlari va ushbu yo‘lning patologik holatlarda, ayniqsa Parkinson kasalligida qanday rol o‘ynashi batafsil bayon qilinadi. Subtalamik dopamin yo‘lining o‘rganilishi dopamin yetishmovchiligi bilan bog‘liq motorik, kognitiv va affektiv buzilishlarni tushunishda nazariy va amaliy jihatdan muhim asos yaratadi.

Mazmunaxon Mamajonova

55-57

2026-02-09

РОЛЬ ЦИРКАДНЫХ НАРУШЕНИЙ В ПРОГРЕССИРОВАНИИ СЕРДЕЧНОЙ НЕДОСТАТОЧНОСТИ С СОХРАНЁННОЙ ФРАКЦИЕЙ ВЫБРОСА

В статье рассматривается роль циркадных нарушений в прогрессировании сердечной недостаточности с сохранённой фракцией выброса. Особое внимание уделено биологическим механизмам суточной регуляции сердечно-сосудистой системы и их влиянию на диастолическую функцию миокарда. Показано, что десинхронизация циркадных ритмов способствует усилению нейрогуморальных дисбалансов, повышению жёсткости сердечной мышцы и ухудшению адаптационных возможностей организма. Отмечается, что нарушение суточной регуляции отрицательно влияет на клиническое течение заболевания и качество жизни пациентов. Подчёркивается перспективность коррекции циркадных ритмов как одного из направлений комплексного подхода к лечению сердечной недостаточности с сохранённой фракцией выброса.

Анваршед Тураев, Элёрбек Файзуллаев , Саид Лутфуллин , Улугбек Сатторов

58-62

2026-02-09

View All Issues