«Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar: Muammolar va yechimlar» - это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, английском или русском языках.
Опубликован: 2025-10-23
Статьи
QIMMATLI QOG’OZLAR BOZORIDA TEXNIK TAHLIL AMALIYOTINI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI
Hozirgi global moliyaviy tizimda investitsiya qarorlarini asosli va tahliliy yondashuv asosida qabul qilish tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, qimmatli qog‘ozlar bozori kabi o‘zgaruvchan va dinamik sohalarda texnik tahlil vositalari orqali bozor holatini oldindan baholash, risklarni kamaytirish va foydali savdo strategiyalarini ishlab chiqish imkoniyati mavjud. Texnik tahlil — bu moliyaviy aktivlarning tarixiy narx harakatlari va savdo hajmlariga asoslanib, kelajakdagi yo‘nalishlarni bashorat qilishga qaratilgan tizimli yondashuvdir. U bozor ishtirokchilarining psixologiyasini, bozor trendlarini va narx naqshlarini aniqlash orqali tahlil olib boradi.
2025-10-23
BUDJET TASHKILOTLARIDA MOLIYAVIY NAZORAT VA ICHKI AUDIT TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH
Bozor munosabatlari sharoitida davlat moliyasining samarali boshqarilishi har qanday iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishning asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Xususan, budjet mablag‘larining maqsadli, qonuniy va oqilona sarflanishi ustidan samarali moliyaviy nazorat va ichki audit tizimini tashkil etish davlat boshqaruvi tizimining ajralmas qismi bo‘lib xizmat qiladi. Hozirgi davrda O‘zbekiston Respublikasida ushbu yo‘nalishda muhim islohotlar amalga oshirilayotgan bo‘lsa-da, ichki audit va moliyaviy nazorat tizimining zamonaviy talablar asosida rivojlanishi ustuvor vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda.
2025-10-23
XALQARO VALYUTA KURSLARINING IQTISODIY O’SISH VA INFLYATSIYAGA TA’SIRI
Xalqaro iqtisodiyotda valyuta kursi mamlakatlararo savdo, investitsiyalar, inflyatsiya va iqtisodiy o‘sish kabi ko‘plab jarayonlarga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi muhim vositadir. Valyuta kursining o‘zgarishi eksport va import narxlariga, pul-kredit siyosatining samaradorligiga, to‘lov balansi holatiga va umumiy makroiqtisodiy barqarorlikka sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun, valyuta kursining iqtisodiy o‘sish va inflyatsiyaga ta’siri doimo ilmiy va amaliy tadqiqotlarning diqqat markazida bo‘lib kelmoqda.
2025-10-23
DAVLAT TA’LIM TASHKILOTLARINING SMETALARI VA SHTATLAR JADVALINI TUZISH, TASDIQLASH HAMDA TAQDIM ETISH TARTIBINI TAKOMILLASHTIRISH
Davlat ta’lim tashkilotlarining moliyaviy boshqaruv tizimi ta’lim sifatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan asosiy omillardan biridir. Smeta va shtatlar jadvali bu muassasalarning iqtisodiy asosini belgilovchi, barcha xarajatlarni oldindan rejalashtirish va tasdiqlashga xizmat qiluvchi hujjatlardir. Ularni to‘g‘ri va puxta tuzish nafaqat mablag‘lardan maqsadli foydalanishni ta’minlaydi, balki resurslarning samarali boshqaruvini ham kafolatlaydi.
2025-10-23
ИССЛЕДОВАНИЕ ВЛИЯНИЯ БИЗНЕССРЕДЫ НА ЭФФЕКТИВНОСТЬ ПРОЕКТОВ
В современном мире, характеризующемся стремительными изменениями, ростом глобальной конкуренции и развитием цифровых технологий, эффективность реализации проектов становится ключевым фактором успеха любой организации. Учитывая возрастающую сложность внутренней и внешней среды, бизнесу необходимо всесторонне анализировать и учитывать влияние этих факторов на проектную деятельность. Бизнес-среда представляет собой совокупность условий, в которых функционирует организация, включая как внешние факторы — экономические, политические, правовые, социальные, технологические, так и внутренние — организационная структура, корпоративная культура, квалификация персонала и уровень управленческих компетенций.
2025-10-23
KORPORATIV BOSHQARUV VA FOND BOZORI O‘ZARO BOG‘LIQLIGI TADQIQI
Bugungi globallashuv sharoitida korporativ boshqaruv va fond bozori iqtisodiy barqarorlikning o‘zaro to‘ldiruvchi asosiy tarkibiy qismlaridan biri sifatida qaralmoqda. Mamlakatda kapital bozorini rivojlantirish uchun korxonalar boshqaruv sifatini yaxshilashi, ochiqlik va shaffoflik mezonlariga rioya qilishi zarur. Korporativ boshqaruvning zamonaviy talablarga javob berishi esa bevosita fond bozori ishonchliligi, investitsion muhit sifati va investorlar faolligi bilan chambarchas bog‘liqdir.
2025-10-23
O’ZBEKSITON FOND BOZORIDAGI MUAMMOLAR VA ULARNI BARTARAF ETISH MASALALARI
O‘zbekiston fond bozori — mamlakat iqtisodiy tizimining ajralmas qismi sifatida kapitalning erkin harakatini, investitsiyalarning jalb etilishini va xususiy sektorning rivojlanishini ta’minlovchi muhim moliyaviy institutdir. Mamlakatda mustaqillik yillarida bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tish jarayonida fond bozorining shakllanishi uchun huquqiy va tashkiliy asoslar yaratilgan bo‘lsa-da, ushbu soha hali to‘liq rivojlanmagan. Bugungi kunda fond bozorining iqtisodiy hayotdagi ishtiroki cheklangan bo‘lib, uning YAIMdagi ulushi va investitsiya oqimlaridagi roli sust darajada qolmoqda.
2025-10-23
XALQARO MOLIYAVIY INSTITUTLARNING IJTIMOIY SOHANI RIVOJLANTIRISHDAGI ROLI (JAHON BANKI, XALQARO VALYUTA JAMG‘ARMASI)
Hozirgi globallashuv davrida xalqaro moliyaviy institutlarning iqtisodiy hamda ijtimoiy rivojlanish jarayonlaridagi o‘rni beqiyosdir. Ular nafaqat mamlakatlarning makroiqtisodiy barqarorligini ta’minlash, balki aholining turmush darajasini oshirish, ijtimoiy himoya tizimini mustahkamlash va inson kapitalini rivojlantirishda ham muhim rol o‘ynaydi. Xususan, Jahon banki va Xalqaro valyuta jamg‘armasi bugungi kunda dunyo miqyosida ijtimoiy sohalarni modernizatsiya qilish, kambag‘allikni qisqartirish, ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimlarini takomillashtirish, ijtimoiy tenglikni ta’minlash yo‘lida faoliyat yuritayotgan eng yirik institutlar hisoblanadi. Ularning yordami va texnik ko‘magi rivojlanayotgan mamlakatlar, jumladan O‘zbekiston uchun ham iqtisodiy barqarorlik va ijtimoiy farovonlik yo‘lida asosiy turtki vazifasini bajaradi
2025-10-23
TIJORAT BANKLARIDA MUAMMOLI KREDITLAR BILAN ISHLASH AMALIYOTINI TAKOMILLASHTIRISH USULLARI
Hozirgi davrda moliyaviy sektorning barqaror rivojlanishi mamlakat iqtisodiy o‘sishining muhim omillaridan biri hisoblanadi. Ayniqsa, tijorat banklari faoliyatining sifatli yuritilishi, kredit portfelining holati va kredit risklarini samarali boshqarish tizimi moliyaviy barqarorlikni ta’minlashda katta rol o‘ynaydi. Shu nuqtayi nazardan, muammoli kreditlar bilan ishlash amaliyotini takomillashtirish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri sifatida qaralmoqda. Muammoli kreditlar (non-performing loans, NPL) bank faoliyatida yuqori darajadagi xavfni bildiradi, bu esa bankning foydaliligini pasaytiradi, kapital yetarliligi va likvidlik darajasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. O‘z navbatida, bu butun bank tizimi va iqtisodiyotga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
2025-10-23
JAHON SAVDO TASHKILOTIGA INTEGRATSIYALASHUV SHAROITIDA O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING TASHQI SAVDO BALANSINI TA’MINLASH
Jahon iqtisodiyotidagi globallashuv jarayonlari davlatlar tashqi savdo siyosatining ochiqligini va xalqaro iqtisodiy tashkilotlar bilan integratsiyalashuvini taqozo etmoqda. Ayniqsa, Jahon savdo tashkiloti (JST) bilan hamkorlik va a’zolik masalasi O‘zbekiston Respublikasi uchun strategik ahamiyat kasb etadi. JSTga a’zo bo‘lish O‘zbekiston uchun nafaqat xalqaro maydonda teng huquqli savdo sherigiga aylanish, balki ichki iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish va tashqi savdo balansining barqarorligini ta’minlash imkoniyatidir. O‘zbekiston mustaqillik yillarida tashqi savdo sohasida muhim yutuqlarga erishdi. Biroq eksport tarkibi asosan xomashyo mahsulotlariga tayanadi. Bu holat global narxlar tebranishiga yuqori darajadagi qaramlikni yuzaga keltiradi.
2025-10-23
BUDJET TASHKILOTLARIDA ICHKI AUDIT TIZIMINI SAMARALI TASHKIL ETISH VA RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI
Budjet tashkilotlarida ichki audit tizimini samarali tashkil etish va o‘tkazish davlat moliyasini boshqarishda shaffoflik, hisobdorlik va moliyaviy intizomni mustahkamlashning eng muhim vositalaridan biridir. Ichki auditning asosiy vazifasi moliyaviy va resurslardan foydalanish jarayonlarini nazorat qilish, ularning qonunchilik va belgilangan me’yorlarga muvofiqligini tekshirish, faoliyatning samaradorligini baholash va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqishdan iboratdir. Davlat budjeti mablag‘larining asosiy foydalanuvchilari hisoblangan budjet tashkilotlari faoliyati bevosita ijtimoiy sohalarga xizmat qilganligi sababli, bu mablag‘lardan oqilona va maqsadli foydalanish nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy barqarorlikka ham ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli ichki audit tizimi davlat boshqaruvida strategik ahamiyat kasb etadi.
2025-10-23
РОЛЬ БАНКОВСКОГО СЕКТОРА В ФИНАНСИРОВАНИИ ЭНЕРГЕТИКИ УЗБЕКИСТАНА
В современном мире устойчивое развитие экономики невозможно без эффективной и современной энергетической инфраструктуры. Для Республики Узбекистан, обладающей значительными запасами традиционных энергоносителей и высоким потенциалом в области возобновляемых источников энергии, модернизация энергетического сектора является стратегическим приоритетом. Однако реализация этой задачи требует значительных инвестиций, которые не всегда могут быть обеспечены государственными ресурсами. В этой связи особую роль играет банковский сектор как один из ключевых источников долгосрочного финансирования.
2025-10-23
VAZIRLIK VA IDORALAR ICHKI AUDIT TUZILMALARI FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISHNING XORIJ TAJRIBALARI (RIVOJLANGAN DAVLATLAR MISOLIDA)
Vazirlik va idoralar ichki audit tuzilmalarining xorij tajribalari rivojlangan davlatlar misolida tahlil qilinadigan boʻlsa, bu tizimlarning asosiy xususiyati mustaqillik, xalqaro standartlarga rioya qilish, raqamli texnologiyalarni qoʻllash, shaffoflik va samaradorlikka eʻtibor qaratishdir. AQShdagi Government Accountability Office (GAO) davlat mablagʻlaridan foydalanish samaradorligini nazorat qilish, risklarni boshqarish va Kongressga hisobot berish bilan ajralib turadi. GAO mustaqil federal organ sifatida parlamentga bevosita hisobot beradi va faoliyati davomida keng qamrovli tahliliy hisobotlar tayyorlaydi. Buyuk Britaniyada National Audit Office (NAO) davlat xizmatlarining sifatini va “value for money” tamoyilini baholash bilan shugʻullanadi, barcha audit hisobotlari jamoatchilikka ochiq eʻlon qilinadi va hukumat siyosatini tahlil qilishda mustaqillik tamoyiliga qatʻiy amal qiladi.
2025-10-23
DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK ASOSIDA MAKTABGACHA TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH MASALALARI
Mamlakatimizda ta’lim tizimini isloh qilish jarayonida maktabgacha ta’lim sohasini rivojlantirish alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki bolalarning intellektual salohiyati, sog‘lom turmush tarziga oid dastlabki ko‘nikmalari va ijtimoiy moslashuvchanligi aynan maktabgacha yosh davrida shakllanadi. Shu boisdan ham O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim tizimini tubdan yangilash, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va zamonaviy pedagogik yondashuvlarni joriy etish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
2025-10-23
KOMPANIYANING INNOVATSION FAOLIYATINI RAG’BTLANTIRISHDA SOLIQNI TARTIBGA SOLISH SAMARADORLIGINI TAHLIL QILISH
Zamonaviy iqtisodiy taraqqiyotda innovatsiyalar hal qiluvchi ahamiyat kasb etmoqda. Kompaniyalar raqobatdoshligini ta’minlash, yangi mahsulotlar va texnologiyalarni ishlab chiqish, ishlab chiqarish jarayonlarini modernizatsiya qilish uchun innovatsion faoliyatni kengaytirishga intilmoqda. Shu nuqtai nazardan, davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri bu – innovatsion faoliyatni rag‘batlantirish bo‘lib, bunda soliq siyosati samarali instrument sifatida alohida o‘rin egallaydi.
2025-10-23
IQTISODIY O’SISH VA MOLIYAVIY BARQARORLIKNI TA’MINLASHDA PUL-KREDIT SIYOSATINING ROLI (RIVOJLANGAN MAMAKLAKATLAR TAJRIBASI ASOSIDA)
Jahon iqtisodiy tizimida pul-kredit siyosati iqtisodiy o‘sish sur’atlarini belgilash, moliyaviy barqarorlikni mustahkamlash va inflyatsiya darajasini nazorat qilishning asosiy vositalaridan biri sifatida muhim o‘rin tutadi. Rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, samarali monetar siyosat nafaqat narxlar barqarorligini ta’minlaydi, balki iqtisodiyotning tarkibiy o‘zgarishlariga, investitsion jarayonlarning faollashishiga va moliya tizimi ishonchliligining oshishiga ham bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Pul-kredit siyosati vositalarining to‘g‘ri tanlanishi va o‘z vaqtida qo‘llanilishi global iqtisodiy o‘zgarishlar sharoitida mamlakatning makroiqtisodiy barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi.
2025-10-23
BUDJET TASHKILOTLARIDA XIZMAT SAFARLARI XARAJATLARINING HISOBI VA ICHKI AUDITINI TAKOMILLASHTIRISH
Hozirgi kunda davlat sektorida samaradorlik, shaffoflik va mas’uliyatlilik darajasini oshirish eng muhim masalalardan biri sifatida qaralmoqda. Ayniqsa, budjet tashkilotlarining moliyaviy faoliyati, xususan xizmat safarlari bilan bog‘liq xarajatlarning hisobini yuritish va ularni ichki audit orqali nazorat qilish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Chunki xizmat safarlari budjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan va ko‘plab tashkilotlar faoliyatida takrorlanib turadigan moliyaviy jarayon hisoblanadi. Shu boisdan ham bu sohadagi xarajatlarning asoslanganligi, iqtisodiy samaradorligi va qonuniyligini ta’minlash uchun ularni tizimli ravishda hisobga olish va audit qilish zarurati kundan kunga ortib bormoqda.
2025-10-23
BUDJET TASHKILOTLARIDA DAVLAT MOLIYAVIY NAZORATINI UTKAZISHDA AXBOROT TEXNALOGIYALARIDAN FOYDALANISH ISTIQBOLLARI
O‘zbekiston Respublikasida davlat moliyaviy nazorati tizimini samarali tashkil etish va uni zamon talablariga mos holda takomillashtirish dolzarb masalalardan biridir. Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tish, davlat byudjeti mablag‘larining samarali ishlatilishini ta’minlash, moliyaviy intizomni mustahkamlash va korrupsiya xavfini kamaytirish maqsadida axborot texnologiyalaridan keng foydalanish tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bugungi globallashuv davrida axborot texnologiyalarining tez sur’atlar bilan rivojlanishi byudjet tashkilotlarida moliyaviy nazorat faoliyatini sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish imkonini bermoqda.
2025-10-23
O’ZBEKISTONDA SOLIQ MADANIYATI: UNING HOLATI HAMDA DARAJASINI OSHIRISH IMKONIYATLARI
Soliq madaniyati har bir davlatning iqtisodiy barqarorligi, byudjet barqarorligi hamda ijtimoiy adolatni ta’minlashda muhim omillardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, iqtisodiy islohotlar va modernizatsiya jarayonlari jadallashayotgan bir sharoitda, soliqqa oid yondashuvlar, fuqarolarning ijtimoiy mas’uliyati, huquqiy ong darajasi va davlatga bo‘lgan ishonchi bevosita soliq madaniyati bilan bog‘liqdir. O‘zbekistonda so‘nggi yillarda soliq tizimini raqamlashtirish, ochiqlikni ta’minlash, soliqqa tortish tartiblarini soddalashtirish kabi islohotlar amalga oshirilib, aholi va tadbirkorlik subyektlarining soliqqa nisbatan munosabati bosqichma-bosqich o‘zgarib bormoqda.
2025-10-23
KORPORATIV BOSHQARUV VOSITASIDA AKSIYADORLIK JAMIYATLARI MOLIYAVIY BARQARORLIGINI TA’MINLASH MASALALARI
Kirish qismida ta’kidlanganidek, aksiyadorlik jamiyatlari bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy taraqqiyotning muhim institutlari hisoblanadi. Ularning moliyaviy barqarorligini ta’minlash esa korporativ boshqaruvning samaradorligiga bevosita bog‘liqdir. Ushbu tezisda mazkur masala keng tahlil qilinib, korporativ boshqaruvning asosiy tamoyillari, xalqaro tajribalar va amaliy yechimlar asosida fikrlar bayon etiladi.
2025-10-23
NUTQNI RIVOJLANTIRISHDA LOGOPEDNING O‘ZIGA XOS O‘RNI
Ushbu maqolada logopediya fanining zamonaviy jamiyatdagi o‘rni, nutqni rivojlantirishdagi muhim vazifalari va logoped mutaxassislarning kasbiy faoliyatining ahamiyati yoritilgan. Mamlakatimizda so‘nggi yillarda logopediya sohasi jadal rivojlanib, “Ustoz-2021” milliy mukofoti, malaka oshirish dasturlari va raqamli logopediya loyihalari orqali bu yo‘nalish yanada takomillashmoqda. Maqolada nutq buzilishlarini aniqlash, korreksiyalash, eshituv va og‘zaki nutqni qayta shakllantirishda qo‘llanilayotgan innovatsion metodlar tahlil qilingan. Shuningdek, logopedlarning bolalar shaxsiy rivojlanishidagi psixologik, ijtimoiy va kommunikativ yondashuvlari ham ilmiy jihatdan asoslab berilgan.
2025-10-23
KRIPTOBIRJALAR FAOLIYATINI TASHKIL ETISH VA RIVOJLANTIRISH YO‘LLARI
Mazkur ilmiy ishda kriptobirjalar faoliyatini tashkil etish, ularning iqtisodiy tizimdagi o‘rni va rivojlantirish istiqbollari tahlil qilinadi. Bugungi kunda raqamli iqtisodiyotning jadal rivojlanishi natijasida kriptoaktivlar bozori jahon moliya tizimining ajralmas qismiga aylanmoqda. Kriptobirjalar kapital aylanishini tezlashtiruvchi, investitsion imkoniyatlarni kengaytiruvchi hamda xalqaro to‘lov tizimlariga raqobatdosh muqobil mexanizm sifatida e’tirof etilmoqda.
2025-10-24
ТАЪЛИМ-ТАРБИЯ ТИЗИМИДА ИБН СИНО ҚАРАШЛАРИНИНГ АҲАМИЯТИ
Ибн Сино кишининг анатомик ва физиологик хусусият ларини ҳисобга олган ҳолда “Жисмоний машқ кишини кетма-кет чуқур нафас олишга мажбур қиладиган ихтиёрий ҳаракатдир”, деб жисмоний машғулотга таъриф беради. Ибн Сино ўзининг гениал асари “Тиб қонунлари”нинг биринчи китобида жисмоний машғулотни кишининг ёшига, соғ-саломатлигига ва касаллигига қараб, турлича шакл ва услубларда ўтказиш кераклигини таъкидлайди. Айниқса, болалик, ўсмирлик, йигитлик ва қарилик чоғларида киши жисмоний машғулотга турлича муносабатда бўлиши кераклиги масаласини кўтариб чиқиши Ибн Синонинг одам анатомияси ва физиологиясини доимо тараққий этиб боришини илмий асосда тушунганлигидан далолат беради.
2025-10-24
ВОПРОСЫ УПРАВЛЕНИЯ ИНВЕСТИЦИЯМИ В ТОПЛИВНО-ЭНЕРГЕТИЧЕСКОМ КОМПЛЕКСЕ
В данной научной работе анализируются теоретические основы, практические проблемы и пути совершенствования управления инвестициями в топливно-энергетическом комплексе. Энергетический сектор играет важную роль в обеспечении экономической безопасности страны, поддержании стабильности промышленного производства и повышении экспортного потенциала. Поэтому эффективная организация инвестиционной политики в секторе, внедрение инновационных технологий и привлечение иностранного капитала являются актуальными вопросами.
2025-10-27
HUDUDLARDA CHAKANA SAVDO KORXONALARINI IQTISODIY RIVOJLANTIRISHGA TA’SIR ETUVCHI OMILLARI
Ushbu maqolada savdo korxonalarning rivojlanishi bozor konsepsiyasiga o‘tishi ularning maqsadli funksilarini o‘zgartirib yubordi va bu xo’jalik jarayonini tavsivlovchi iqtisodiy ko‘rsatkichlar tizimida o‘z aksini topdi. Bu maqolada chakana savdo korxonalari faoliyati, chakana savdo tizimini rivojlantirish omillarini tahlil qilish. Chakana savdo tashkilotlarining marketing tadqiqotlari olib borildi.
2025-10-27
TURIZM XIZMATLARI EKSPORTINING IQTISODIY MOHIYATI VA UNING MILLIY IQTISODIYOTDAGI O‘RNI
Mazkur maqolada turizm xizmatlari eksportining iqtisodiy mohiyati, uning milliy iqtisodiyotdagi o‘rni va ahamiyati tahlil etiladi. Shuningdek, xizmatlar eksporti tarkibida turizmning ulushi, valyuta tushumlarini oshirishdagi o‘rni, bandlik va iqtisodiy diversifikatsiyaga qo‘shayotgan hissasi asoslab beriladi. Tadqiqotda statistik ma’lumotlar, tahliliy va qiyosiy metodlardan foydalanilgan.
2025-10-27
MEHNAT BOZORIDAGI O'ZGARISHLAR SHAROITIDA YOSHLARNING IJTIMOIY MOBILLIGI VA TURMUSH TARZI
O‘zbekiston mehnat bozorida so‘nggi yillarda yuz berayotgan tarkibiy o‘zgarishlar – raqamlashtirish, norasmiy mehnat segmentining ulushi ortishi, yangi kasb va ko‘nikmalarga talabning oshishi – yoshlar ijtimoiy mobilligining mazmuni va dinamikasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. 18–35 yoshdagi aholi davlatning demografik “drayveri” va mehnat resurslarining strategik qatlami sifatida jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy barqarorligida hal qiluvchi o‘rin tutadi. Global iqtisodiyotda GIG-iqtisodiyot, onlayn birlamchi daromad manbalari kabi yangi bandlik turlari ijtimoiy mobillikni qayta talqin etishni talab qilmoqda.
2025-10-27
MАHАLLIY ISHLАB CHIQАRUVCHILАRNING RАQОBАTBАRDОSHLIGINI ОSHIRISHDА MIKRОIQTISОDIY ОMILLАR
Ushbu ishdа mаhаlliy ishlаb chiqаruvchilаrning rаqоbаtbаrdоshligini оshirishdаgi mikrоiqtisоdiy оmillаr о‘rgаnilаdi. Tаdqiqоt аsоsаn ishlаb chiqаrish sаmаrаdоrligi, mаhsulоt sifаti vа nаrxi, mehnаt unumdоrligi, xоmаshyо resurslаridаn оptimаl fоydаlаnish hаmdа texnоlоgik yаngilаnishlаr kаbi jihаtlаrgа e’tibоr qаrаtаdi. Tаdqiqоt nаtijаlаri shuni kо‘rsаtаdiki, mikrоiqtisоdiy strаtegiyаlаrni tаtbiq etish kоrxоnаlаrning bоzоrdаgi о‘rnini mustаhkаmlаsh vа rаqоbаtbаrdоshlik dаrаjаsini оshirishdа muhim rоl о‘ynаydi.
2025-10-27
INTEGRATION OF ELECTRONIC PAYMENT SYSTEMS AND FINANCIAL SERVICES: INTERNATIONAL EXPERIENCE AND THE CASE OF UZBEKISTAN
This article examines the integration of electronic payment systems (EPS) and financial services, highlighting international experiences and their application in Uzbekistan. The study focuses on the role of digital transformation in improving financial inclusion, transparency, and efficiency within the financial sector. Comparative analysis of developed and developing countries’ practices provides insights into the potential for further advancement of Uzbekistan’s electronic payment infrastructure.
2025-10-27
MAHSULOT TAQSIMOTIGA OID BITIMLAR SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING IQTISODIY-HUQUQIY MEXANIZMLARI
Jahon iqtisodiyotining zamonaviy bosqichida iqtisodiy resurslardan samarali foydalanish, tabiiy boyliklarni tejamlilik bilan ishlatish va ulardan olinadigan daromadlarni adolatli taqsimlash masalalari ustuvor ahamiyat kasb etmoqda. Shu jihatdan, mahsulot taqsimotiga oid bitimlar (Production Sharing Agreements — PSA) milliy iqtisodiyotga xorijiy sarmoyalarni jalb etishning muhim huquqiy-iqtisodiy shakli sifatida namoyon bo‘lmoqda.
2025-10-27
XORIJIY KAPITAL UCHUN YARATILGAN IQTISODIY VA INSTITUTSIONAL SHART-SHAROITLAR HAMDA ULARNING INVESTITSION JOZIBADORLIKKA TA’SIRI
Ushbu tezisda xorijiy kapitalni jalb etishda iqtisodiy va institutsional muhitning o‘rni, ularning investitsion jozibadorlikka ta’siri hamda O‘zbekiston sharoitida bu omillarning takomillashuv darajasi tahlil qilingan. Mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida investitsion muhitning ochiqligi, shaffofligi va barqarorligi oshgani, xorijiy investorlar uchun qulay huquqiy va moliyaviy infratuzilma shakllanayotgani qayd etiladi. Shu bilan birga, ayrim tizimli muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ham ilgari surilgan.
2025-10-27
BIR MAKON - BIR YO’L TASHABBUSI VA MARKAZIY OSIYODAGI HAMKORLIK
Maqolada Xitoy tomonidan ilgari surilgan “Bir makon — bir yo‘l” tashabbusining mazmun-mohiyati, uning Markaziy Osiyo davlatlari uchun iqtisodiy va geosiyosiy ahamiyati tahlil qilinadi. Shuningdek, mintaqaviy hamkorlik, infratuzilma loyihalari, savdo-iqtisodiy aloqalar va transport koridorlarining rivoji misolida tashabbusning amaliy natijalari yoritiladi.
2025-10-27
КРЕАТИВНАЯ ЭКОНОМИКА КАК ДРАЙВЕР УСТОЙЧИВОГО ЭКОНОМИЧЕСКОГО И ФИНАНСОВОГО РОСТА
В статье рассматривается сущность креативной экономики как одного из ключевых факторов устойчивого экономического и финансового роста. Анализируются примеры успешного внедрения креативных индустрий в мировой и национальной экономике, а также выделяются основные направления государственной поддержки креативного сектора.
2025-10-27
“PUL-KREDIT SIYOSATI MILLIY IQTISODIYOT VA JAHON MOLIYA BOZORI BARQARORLIGINI TA’MINLASHDAGI ROLI”
Mazkur tezisda pul-kredit siyosatining milliy iqtisodiyot va jahon moliya bozori barqarorligini ta’minlashdagi roli chuqur ilmiy tahlil qilingan. Pul-kredit siyosati — bu Markaziy bank tomonidan iqtisodiy faollik, narxlar barqarorligi va moliyaviy tizim muvozanatini ta’minlash maqsadida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar majmuasidir. Tadqiqotda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining monetar siyosat sohasidagi islohotlari, inflyatsion targetlash tamoyillarining joriy etilishi, foiz stavkasi, pul massasi va valyuta kursi orqali iqtisodiy barqarorlikka erishish mexanizmlari yoritilgan.
2025-10-27
KREDIT PORTFELI DIVERSIFIKATSIYASI ORQALI MUAMMOLI AKTIVLAR ULUSHINI KAMAYTIRISH
Ushbu ilmiy maqolada tijorat banklarining kredit portfelidagi muammoli aktivlar (NPL – Non-Performing Loans) ulushini kamaytirishda diversifikatsiya siyosatining o‘rni va samaradorligi tahlil qilinadi. Tadqiqotda Trastbank ATB misolida oxirgi yillar oralig‘idagi moliyaviy ko‘rsatkichlar asosida kredit portfelining tarmoqlar, mijoz segmentlari va hududlar kesimidagi tarkibi o‘rganilgan. Empirik tahlillar shuni ko‘rsatadiki, portfel diversifikatsiyasi darajasi oshgan sari muammoli kreditlar ulushi teskari proporsional ravishda kamaygan. Tadqiqotda Herfindahl-Hirschman indeksi (HHI) yordamida diversifikatsiya darajasi aniqlanib, uning muammoli aktivlar bilan korrelyatsiyasi baholangan. Natijalar Trastbankda kredit siyosatini tarmoqlar va hududlar bo‘yicha balanslash, korporativ va chakana mijozlar o‘rtasidagi nisbatni to‘g‘ri belgilash hamda kredit monitoringini raqamlashtirish muammoli kreditlarni kamaytirishda muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi. Maqola yakunida kredit portfelining sifatini oshirish, risklarni erta aniqlash tizimini kuchaytirish va Basel III talablariga mos risk-menejment mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqilgan.
2025-10-27
BOSHLANG’ICH SINFLARDA YOZUV VA HUSNIXAT DARSLARI
Umumiy o‘rta ta'limning Davlat ta'lim standarti (DTS) va o‘quv dasturining “Boshlang‘ich ta'lim” yo‘nalishi talabiga ko‘ra 1 – 4-sinflarda husnixat mashg‘ulotlari o‘tiladi. Dasturga ko‘ra, 1-sinfda yozuvga o‘rgatish uchun 70 soat ajratilgan, bu sinfda husnixatga o‘rgatish savod o‘rgatish bilan bir paytda amalga oshiriladi. Bunda o‘quvchilar husnixatning gigiyеnik talablariga rioya qilishlari, harflarni grafik jihatdan to‘g‘ri shakllantirishlari, ulashlari, ritm asosida yozishlari nazarda tutiladi. 1-sinfda xat-savod o‘rgatish davrida bolalar yozuvga bеvosita “Yozuv daftarlari”dagi matеriallar asosida o‘rgatiladi.
2025-10-28
MAHTUMQULI SHE'RLARI TAHLILI
Ushbu maqolada turkman xalqining buyuk mutafakkiri, shoir va faylasufi Mahtumqulining she’riy ijodi badiiy, g‘oyaviy hamda falsafiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda shoirning asarlarida milliy o‘zlikni anglash, insonparvarlik, axloqiy-ruhiy poklanish, adolat va ma’naviyat g‘oyalari qanday ifoda etilgani ilmiy tahlil asosida ochib beriladi. Mahtumqulining poetik tafakkuri, metaforik tili, badiiy obrazlar tizimi hamda xalq og‘zaki ijodi bilan uzviy aloqasi lingvopoetik va komparativ metodlar yordamida yoritiladi. Maqolada shoirning Sharq falsafasi va sufiylik qarashlari bilan bog‘liq ma’naviy ildizlari ham tahlil etilgan.
2025-10-29
MAMLAKATDA TO‘QIMACHILIK VA KIYIM SANOATINI RIVOJLANISHINIG MARKETING TAHLILI
So‘nggi yillarda esa neyromarketing yondashuvlari yordamida mijozlar ongiga chuqur ta’sir qiluvchi reklama strategiyalari ishlab chiqilmoqda. Mahalliy brendlar, o'zlarining marketing strategiyalarini ijtimoiy tarmoqlar orqali amalga oshirib, iste’molchilarning kiyinish imijini shakllantirishda muvaffaqiyatga erishmoqda. Masalan, Avstraliyaning Sussan brendi, o'zining marketing strategiyasini yangilab, yosh iste’molchilarga yo'naltirilgan yangi kampaniyalar orqali muvaffaqiyatga erishdi. Shuningdek, H&M brendi London Fashion Week 2025da o'zining premium kolleksiyalarini namoyish etish orqali moda sanoatidagi mavqeini mustahkamladi.[1]
2025-10-29
ENERGIYA YO’QOTISHLARINI HISOBLASHNING MATEMATIK MODELLARI
Elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash zamonaviy sivilizatsiyaning asosiy omillaridan biridir. Lekin elektr energiyasini masofaga uzatishda turli yo‘qotishlar sodir bo‘ladi. Ushbu yo‘qotishlar iqtisodiy zarar keltirishi bilan birga, energiya samaradorligini ham pasaytiradi. Shu sababli elektr energiyasini uzatishda yo‘qotishlarni kamaytirish muhim vazifa hisoblanadi. Energiya samaradorligini oshirish va isroflarni kamaytirish hozirgi kunning global ahamiyatga ega muammolaridan biridir. Ushbu maqola energiya isrofini kamaytirishga qaratilgan matematik modellarni tahlil qilishga bag'ishlangan. Xususan, elektr tarmoqlari, transformatorlar, shuningdek, chiqindilarni boshqarish va qayta ishlashdagi energiya yo'qotishlarini optimallashtirishga xizmat qiladigan turli xil yondashuvlar, jumladan, optimallash, stoxastik va differensial tenglamalar modellari ko'rib chiqiladi. Jahon miqyosida barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda energiya resurslaridan oqilona foydalanish va energiya isrofini kamaytirish muhim ahamiyat kasb etadi.
2025-10-29
BANK RISKLARINI DIVERSIFIKATSIYALASHGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR VA ULARNI BAHOLASH AMALIYOTI
O‘zbekiston tijorat banklari risklarni tasniflashda asosiy e’tiborni davlat ulushi mavjud tijorat banklarga qaratish maqsadga muvofiq. Chunki, keyingi yillarda davlat tijorat banklarida aktivlar diversifikatsiyasi va sifati, muammoli aktiv (kredit)lar ulushining yuqoriligi, aktivlar va kapital qaytimi kabi qator dolzarb masalalarning asosiy qismi davlat ulushi tijorat banklarida markazlashgan. Shuni alohida ta’kidlash joizki, O‘zbekistone hukumati tijorat banklari kapitali tarkibida davlat ulushini xorijiy va mahalliy hamda aholiga sotish bo‘yicha sa’yi harakatlarni amalga oshirmoqda. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 maydagi “2020 — 2025 yillarga mo‘ljallangan o‘zbekiston respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida” gi PF-5992-sonli Faromniga asosan davlat ulushi bo‘lgan tijorat banklarini bosqichma-bosqich transformatsiya qilish vazifalari belgilab qo‘yilgan. Jumladan:
2025-10-29
