«Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar: Nazariy va amaliy izlanishlar» - это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, английском или русском языках.

Опубликован: 2025-06-07

ALİSHER NAVOİY ASARLARİDA HİLM, SAXOVAT VA HİMMAT HAQİDA

Bu maqaolada Alisher Navoiy asarlarida, xususan “Mahbub ul-qulub”da ilgari surilgan hilm (sabr va kechirimlilik), saxovat (yordam va qo‘l ochiqlik) hamda himmat (jasorat va kuchli iroda) fazilatlari haqida 6-sinf o‘quvchilari uchun sodda va tushunarli tahlil berilgan. Maqola yosh kitobxonlarga ushbu insoniy fazilatlarning hayotdagi o‘rni va ahamiyatini anglatishga qaratilgan.

Olimova Ruxshona Ravshan qizi

4-5

2025-06-07

IJTIMOIY MAS’ULIYAT VA EKOLOGIK BARQARORLIK: INTEGRATSIYALASHGAN MUHOFAZA STRATEGIYALARI

Hozirgi davrda ijtimoiy farovonlik tabiatga nisbatan mas’uliyatli munosabatni talab qiladi, chunki antropogen bosimning kuchayishi ekologik tizimlarning qayta tiklanish imkoniyatini keskin pasaytirdi. Ushbu maqolada ijtimoiy mas’uliyat hamda ekologik barqarorlik o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik nazariy va amaliy nuqtai nazardan tahlil qilinadi. O‘zbekiston, Germaniya va Janubi-Sharqiy Osiyodagi qator loyiha tashabbuslari misolida integratsiyalashgan muhofaza strategiyalarining samaradorligi baholanib, huquqiy-institutsional asos, mahalliy hamkorlik va moliyaviy barqarorlikning hal qiluvchi omil ekani aniqlanadi. Tadqiqot natijalari ko‘rsatishicha, ijtimoiy mas’uliyatni kuchaytiruvchi ishonchli kommunikatsiya, adolatli manfaatlar muvozanati va barqaror moliyalashtirish mexanizmlari ekologik tashabbuslarning uzoq muddatli muvaffaqiyatini ta’minlaydi.

Raxmatova Muxayyo Elboboyevna

6-8

2025-06-09

OILADAGI TAZIYQ VA ZOʻRAVONLIKNING JINOIY-HUQUQIY TAVSIFI

Mazkur maqolada oiladagi tazyiq va zoʻravonlikning jinoiy-huquqiy tavsifiga doir msalalar tahlil etilgan. Shuningdek, mazkur maqolada  oiladagi zoʻravonlik va zoʻrlikning turlicha tushunchalarini kriminologik tavsifi, sababi, shart-sharoit­lari, tabiati, ijtimoiyligi va belgilari haqida jinoyat-huquqiy va kriminologik adabiyotlar tahlil etilib, muallif bu borada oʻzining fikrlarini bayon etgan. Ushbu maqolada oiladagi jinoiy zoʻravonlikning  jismoniy va ruhiy, jinsiy va iqtisodiy turlariga ham toʻxtalib, ularning bir biridan farqli jihatlari ochib berilgan.

Normatova Shirin Abdulnabiyevna

9-13

2025-06-09

ZAMONAVIY JURNALISTIKA: RIVOJLANISH ORTIDAGI MUAMMOLAR

Mazkur maqolada zamonaviy jurnalistika rivojlanishi bilan birga yuzaga kelayotgan muammolar chuqur tahlil qilinadi. Sifatli axborot tanqisligi, soxta yangiliklar, jurnalistlar erkinligining cheklanishi, kasbning qadrsizlanishi kabi dolzarb masalalar misollar asosida yoritiladi. Shuningdek, jurnalistika sohasini yanada mustahkamlashga doir tavsiyalar beriladi.

Durdonabonu Musajonova

14-15

2025-06-09

СТРУКТУРНО-ФУНКЦИОНАЛЬНЫЙ АНАЛИЗ СИСТЕМЫ ВОДНОГО ЗАКОНОДАТЕЛЬСТВА РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН

Иерархическая структура водного законодательства Республики Узбекистан представляет собой целостную систему правовых актов различной юридической силы, организованных согласно принципам вертикальной субординации и горизонтальной координации. В современных условиях глобализации правового пространства и трансграничного характера водных ресурсов данная структура приобретает особое значение как механизм гармонизации национального права с международными стандартами

Турсунов Ойбек

16-21

2025-06-09

IQTISODIYOT TA'LIM YO'NALISHIDA INGLIZ TILINI INTERFAOL METODLAR ASOSIDA O‘RGATISH

Ushbu maqolada iqtisodiyot yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarga ingliz tilini interfaol metodlar asosida o‘rgatishning samarali usullari yoritilgan. CLIL yondashuvi, case study, rolli o‘yinlar kabi metodlar orqali iqtisodiy terminologiyani o‘rganish va amaliy nutqiy ko‘nikmalarni shakllantirish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda ingliz tilining professional sohalardagi ahamiyati hamda interfaol metodlar asosida o‘qitishning afzalliklari ko‘rsatib beriladi.

Axmedova Nargisa Ravshanovna, Saidmalikova Muslima

22-24

2025-06-09

IJTIMOIY TARMOQ SAHIFALARINING SHAXSIY HAYOTGA ARALASHUVI VA HUQUQIY HIMOYA

Mazkur maqolada ijtimoiy tarmoq sahifalarining shaxsiy hayotga aralashuvi bilan bog‘liq fuqarolik-huquqiy muammolar tahlil qilingan. Shaxsiy ma’lumotlarning ijtimoiy tarmoqlarda egasining roziligisiz tarqatilishi, uning sha’ni va qadr-qimmatiga putur yetkazilishi holatlari muhokama etilgan. O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga, xususan, Fuqarolik kodeksi, Jinoyat kodeksi va “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi qonuniga tayanilgan holda, bunday holatlarda fuqarolarning huquqiy himoya vositalari ko‘rsatib o‘tilgan. Muallif ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini huquqiy ong va mas’uliyat bilan harakat qilishga chaqiradi.

Egamberdiyeva Adiba Akmal qizi

25-27

2025-06-09

O'RTA OSIYO UYG'ONISH DAVRI: ILMIY-MADANIY TARAQQIYOT, GUMANIZM VA ISLOM FALSAFASI

IX–XII asrlar oralig'i O'rta Osiyo tarixida alohida o'rin tutuvchi davr bo'lib, u "Sharq Uyg'onish davri" sifatida e'tirof etiladi. Bu davrda ilm-fan, falsafa, adabiyot va madaniyat misli ko'rilmagan darajada yuksaldi. Somoniylar davlatining mustaqillikka ega bo'lishi bilan birga, milliy-madaniy uyg'onish jarayoni boshlandi. Yangi ilmiy paradigmalarga kuchli tafakkur, yunon va hind islomiy resurslarni sintezi asosida shakllandi. Forobiy, Ibn Sino Beruniy kabi allomalar Sharqiy ilmiy merosi musulmon, balki butun insoniyat taraqqiyotiga ulkan hissa qo'shdi.

Jabborov Qahramon

28-30

2025-06-09

NOMUSGA TEGISH JINOYATI, USHBU JINOYATLARNI TERGOV QILISHDA SO‘ROQ QILISH TERGOV HARAKATINING AHAMIYATI

Ushbu maqolada nomusga tegish jinoyati, uning jinoiy huquqiy tavsifi, ushbu turdagi jinoyatlarni tergov qilishda so‘roq qilish tergov harakatining o‘ziga xos hususiyatlari ilmiy-amaliy tahlil qilingan.

Tadjiyev Azamat Aliboyevich, Jamolov Muhammadali Sanjar o‘g‘li

31-37

2025-06-09

JINOYATLARNI TERGOV QILISHDA MUTAXASSIS VA TERGOVCHILARNING O‘ZARO HAMKORLIGINI TA’MINLASHNING AYRIM MASALALARI

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi jinoyat protsesual qonunchiligida mutaxassis instituti, uning mazmun va mohiyati, jinoyatlarni tergov qilishda mutaxassis va tergovchilar hamkorligining  ahamiyati ilmiy-amaliy tahlil qilingan.

Usmonaliyev Najmiddin Qo’shboq o’g’li, Jokirov Javlon Rustam o’g’li

38-43

2025-06-09

ЖИНСИЙ ЖИНОЯТЛАР ПСИХОЛОГИЯСИНИНГ ТУШУНЧАСИ ВА УНИНГ ЖИНОИЙ ҲУҚУҚИЙ АҲАМИЯТИ

Мазкур мақола ҳозирги кунда ҲМҚОлар томонидан жинсий эркинликка қарши жиноятларни тергов қилиш жараёнида терговчи томонидан шахлар билан психологик алоқа ўрнатиш усуллари ҳамда психофизиологик ҳолатини ўрганишдан иборат.

Агоев Шукрулло Сафарбоевич, Илесбаев Руслан Даниярович

44-50

2025-06-09

AVTOTRANSPORT VOSITALARINI O‘G‘IRLASH VA OLIB QOCHISH JINOYATLARINING JINOIY-HUQUQIY TAVSIFI

Maqolada transport vositasini o‘g‘irlash va olib qochish jinoyatining tushunchalari, jinoiy-huquqiy tasiflari, bu turdagi jinoyatlarni sodir etganlik uchun javobgarlik, jinoyat qonunchiligidagi ayrim muammolar, ularning yechimlari bo‘yicha olimlarning fikrlari ilmiy jihatdan ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, mualliflar tomonidan bu turdagi jinoyat uchun qonunchilikda belgilangan normadagi ayrim kamchiliklar yuzasidan taklif va tavsiyalar berilgan.

Jabborov Zokirjon Qodirjanovich, Yuldoshev Azizbek Shavkat o’g’li

51-59

2025-06-09

VOYAGA YETMAGAN SHAXSNI G‘AYRIIJTIMOIY XATTI-HARAKATLARGA JALB QILISH JINOYATLARINI TERGOV QILISHNI TAKOMILLASHTIRISH

Maqolada voyaga yetmaganlarni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish jinoyatlarining tergovini takomillashtirish masalalari ko‘rib chiqilgan. Ushbu jinoyatlar sabablarini va tergov jarayonidagi qiyinchiliklarni, masalan, tergovchilarning malakasizliklari, voyaga yetmaganlarning himoyasizligi va bunday jinoyatlarning yashirinligi kabi muammolarni tahlil qilishga alohida e’tibor qaratilgan. Tergovni takomillashtirish uchun maxsus tergov guruhlarini tashkil etish, mutaxassislarning malakasini oshirish, voyaga yetmaganlarni himoya qilish tizimini kuchaytirish va qonun hujjatlarini yangilash kabi takliflar ilgari surilgan. Maqola jamiyatda bunday jinoyatlarning oldini olish va yoshlarni himoya qilish bo‘yicha samarali choralar ko‘rish zarurligini ta’kidlaydi.

Usmonaliev Najmiddin Qo‘shboq o‘g‘li, Mahmadaliev Shohjaxon Sherzod o`g`li

60-64

2025-06-09

GUVOHLANTIRISH TERGOV HARAKATINI O'TKAZISH TARTIBI

Jinoiy tergov tizimi va sud jarayonlarida guvohlik olish jarayoni muhim rol o'ynaydi. Guvohlik, tergovchilarga voqealar haqida ma'lumot olishda asosiy manba bo'lib xizmat qiladi, bu esa sudning to'g'ri va haqqoniy qaror chiqarishiga imkon yaratadi.

Agoyev Shukrullo Safarboyevich , Ma`rufaliyev Muhammadali Otabek o`g`li

65-70

2025-06-09

REORGANIZATSIYA JARAYONIDA INTELLEKTUAL MULK OBYEKTLARIGA BO‘LGAN ISTISNO HUQUQLARNI O‘TKAZISHNING HUQUQIY MOHIYATI VA MEXANIZMLARI

Mazkur maqolada yuridik shaxsni qayta tashkil etish (qo‘shib yuborish, bo‘lib yuborish, ajratib chiqarish, qayta tashkil etish va h.k.) holatlarida intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan mulkiy huquqlarning o‘tishi masalalari yoritiladi. Mavzuga oid milliy qonunchilik, xalqaro tajriba va amaliy muammolar tahlil qilinadi hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar bildiriladi.

Ismаilova Maxliyo

71-74

2025-06-10

МЕЖДУНАРОДНЫЕ ПОДХОДЫ К ПРИОСТАНОВЛЕНИЮ ТРУДОВОГО ДОГОВОРА: ВОЗМОЖНОСТИ ИМПЛЕМЕНТАЦИИ В УЗБЕКИСТАНЕ

в данной работе рассматриваются международные подходы к правовому регулированию приостановления трудового договора в таких странах, как Германия, Франция, Россия, Казахстан, а также в рамках правовой системы Европейского союза. На основе сравнительно-правового анализа выявлены ключевые элементы зарубежных моделей, включая основания, процедурные механизмы и гарантии для сторон трудовых отношений. Особое внимание уделено оценке применимости этих подходов в условиях правовой системы Республики Узбекистан. В результате исследования сформулированы конкретные предложения по совершенствованию национального законодательства с учётом международных стандартов и лучших практик.

Муйдинова Масума Усмонжоновна

75-78

2025-06-10

“OYDINDA YURGAN ODAMLAR” ASARIDA QO‘LLANGAN ETNOGRAFIK BIRLIKLAR

mazkur maqola Tog‘ay Murodning “”Oydinda yurgan odamlar“ asarida qo‘llangan o‘zbek xalqiga xos bo‘lgan etnografik va frazeologik birliklar hamda ularning xususiyatlari misollar asosida tahlil qilingan. Xususan, to‘y, mavsum-marosim odatlari va asarning badiiy tili etnografik, frazeologik jihatdan yondashilib baholangan.

Mamaziyoyeva Ozoda Botirali qizi

79-85

2025-06-10

SUN’IY INTELLEKT TOMONIDAN YARATILGAN MUALLIFLIK HUQUQI OBYEKTLARIGA NISBATAN SUBYEKTNI BELGILASH MUAMMOLARI

ushbu maqolada hozirgi texnologik rivojlanib borayotgan zamonda sun'iy intellektning mualliflik huquqi bilan o'zaro aloqasi, sun’iy intellekt tomonidan yaratilayotgan mualliflik huquqi obyektlariga nisbatan huquq subyektini belgilash va muhofazaga olishda mavjud bir qator muammo va kamchiliklarning oldini olishga qaratilgan eng dolzarb ilmiy yondashuvlar, normalarning asosli tahlil qilish orqali sohadagi muammolarni bartaraf etish yuzasidan bir qator nazariy va amaliy takliflar keltirib o‘tilgan.

Sheraliyeva Zebiniso Sayfulla qizi

86-92

2025-06-10

DAVLAT BOSHQARUVIDA KORRUPSIYAVIY XAVFLARNI ANIQLASH, BAHOLASH VA BOSHQARISHNING HUQUQIY ASOSLARI

Tezisda O‘zbekiston Respublikasida davlat boshqaruvida korrupsiyaviy xavflarni aniqlash, baholash va boshqarishning mavjud huquqiy asoslari chuqur tahlil qilinadi. Qonunlar, Prezident farmonlari va yillik dasturlar asosida korrupsiyaga qarshi kurashishning institutsional va huquqiy mexanizmlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, davlat boshqaruvida korrupsiyaviy xavflarni tizimli boshqarish imkonini yaratishi tahlil etiladi.

Zokirov Shoxruxbek Zohidjon o‘g‘li

93-99

2025-06-11

MAJBURIYATLARNI TA’MINLASHDA GAROV USULIDAN FOYDALANISHNING O’ZIGA XOS JIHATLARI

Fuqarolik huquqiy munosabatlarida, kredit, garov va ipoteka borasida qonuniy asoslar yaratish masalalariga jiddiy e’tibor qaratilayotir.O’zbekiston Respublikasining “Garov to’g’risida”gi qonunining 1-moddasiga ko’ra:Bir shaxsning boshqa shaxsga mol-mulkni yoki unga bo’lgan huquqni majburiyatlarni ta’minlash uchun berishi garov hisoblanadi. Garov tushunchasi va uning vujudga kelish asoslari amaliyotdan kelib chiqqan holda takomillashtirildi. Jumladan, garov to’g’risidagi shartnoma, uning shakli va shartnomani ro’yxatdan o’t­kazishga doir moddasiga tegishli qo’shimcha kiritildi.Natijada bundan buyon garov narsasi mol-mulkni umumiy tavsiflash orqali belgilanishi mumkin.

Akaeva Marapat Abduxalikovna, Baxodirjonov Moxirbek Ilhomjon o’g’li

100-104

2025-06-12

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHDA FALSAFIY-HUQUQIY TENDENSIYALAR

Ushbu mаqоlаdа Kоrrupsiyаning vujudgа kelishi haqida falsafiy tahlillar vа  kоrrupsiyаgа qаrshi kurаshishdа insоnyаtning ruhiyаtidа huquqiy оng vа  mаdаniyаtning shаkllаnishi qаnchаlik аhаmiyаtgа egа ekаnligi hаqidа хоrijiy dаvlаtlаr olimlarining falsafiy qarashlarini о’rgаngan хоldа mulоhаzаlаr yuritilgаn.

Boymirzaeva Raximaxon Xoshimjonovna, Rаufоv Jаvlоnbek Rоziq о’g’li

105-108

2025-06-12

ЎЗБЕКИСТОНДА НОГИРОНЛИГИ БЎЛГАН ШАХСЛАР ҲУҚУҚЛАРИНИ ТАЪМИНЛАШНИНГ КОНСТИТУЦИЯВИЙ-ҲУҚУҚИЙ АСОСЛАРИ ТАҲЛИЛИ

Дунёда ногиронлиги бўлган шахслар ҳуқуқларини таъминлаш бугунги кунда долзарб аҳамиятли масалалардан бирига айланди. Ўз навбатида, бу тоифа шахсларни фуқаролик жамиятининг тўла ҳуқуқли аъзоси деб қабул қилиш натижасида соҳа доирасида истиқболли ёналишлар белгиланди. Истиқболли ёналишлар сифатида қуйидагилар намоён бўлади: ногиронлиги бўлган шахсларнинг жамиятнинг тенг ҳуқуқли аъзолари бўлишини кафолатлаш; ногиронлиги бўлган шахслар ҳуқуқий лаёқатининг тенглигини қайд этиш; ногиронлик белгиси бўйича камситишларга қарши тизимли чора-тадбирларни амалга ошириш; бундан ташқари, ногиронлиги бўлган шахсларни сифатли ўқув-таълим жараёнлари билан таъминлаш бўйича халқаро даражадаги ҳуқуқий ҳужжатларни амалиётга жорий қилиш. Амалиётга жорий этиш мумкин бўлган халқаро ҳужжатлар сифатида БМТнинг Ногиронлар ҳуқуқлари тўгрисидаги конвенцияси, Саламанка декларацияси каби ҳуқуқий асосларни таъкидлаб ўтсак мантиқан тўгри бўлади.

Исмаилов Бекжон Салихович

109-111

2025-06-12

ШАРТ КОМПОНЕНТЛИ ГИПОТАКСЕМАЛАРНИНГ СЕМАНТИК ВА КОММУНИКАТИВ-ПРАГМАТИК ТУРЛАРИ ҚИЁСИЙ ТАДҚИҚИ

Мазкур мақолада  шарт компонентли гипотаксемалар вербализаторларининг семантик ҳамда коммуникатив-прагматик жиҳатлари, уларни коммуникатив-прагматик  типларга таснифлаш баён этилган.

Ubaydullayeva Durdona Raxmonjon qizi

112-115

2025-06-12

OʻZBEKISTON NODAVLAT NOTIJORAT TASHKILOTLARINING XALQARO TASHKILOTLAR BILAN MOLIYAVIY HAMKORLIGI

Soʻnggi yillarda Oʻzbekiston fuqarolik jamiyatini mustahkamlash va nodavlat notijorat tashkilotlari (NNTlar) faoliyatini rivojlantirish borasida tub islohotlarni amalga oshirmoqda. NNTlar jamiyatdagi ijtimoiy, ekologik, huquqiy va madaniy muammolarga yechim topishda muhim rol oʻynaydi. Bu jarayonda xalqaro tashkilotlar bilan moliyaviy hamkorlikning yoʻlga qoʻyilishi ushbu tashkilotlarning institutsional barqarorligini oshirishda muhim omil hisoblanadi.

Aliyev Arslon Salom o'g'li

116-118

2025-06-13

RESPUBLIKAMIZDA QURILISH TARMOG‘IDA OLIB BORILAYOTGAN ISLOHOTLAR VA UNING IQTISODIY RIVOJLANISHDAGI O‘RNI

Qurilish sohasi har qanday mamlakat iqtisodiyotining strategik tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Aholi yashash sharoitlarini yaxshilash, infratuzilmani rivojlantirish, zamonaviy sanoat va xizmat ko‘rsatish obyektlarini yaratishda bu tarmoqning tutgan o‘rni beqiyosdir. So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasida qurilish sohasini tubdan isloh qilish, raqobatbardosh muhit yaratish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish orqali uning samaradorligini oshirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Alijonov Jamshid

119-121

2025-06-13

ОТРАЖЕНИЕ ЛИНГВИСТИЧЕСКИХ И ПЕДАГОГИЧЕСКИХ ЭЛЕМЕНТОВ В ХУДОЖЕСТВЕННОМ ТЕКСТЕ

В данной статье лингвистика и нейродидактика в синтезе, подразумевается обучение и воспитание посредством воздействия на определенные участки мозга. В романе писатель поднимает именно проблему такого рода воздействия, но только с целью демонстрации физического и духовно-нравственного порабощения человека.

Абдулвохидов Элёр Абдулхамид углы

122-126

2025-06-14

“ISHBILARMON AYOL” KO‘RIK-TANLOVINING XOTIN-QIZLAR TADBIRKORLIGINI RIVOJLANTIRISHDAGI AHAMIYATI (BUXORO VILOYATI MISOLIDA)

Mazkur maqolada 2016-yildan buyon O‘zLiDeP tomonidan tashkillashtirilayotgan “Ishbilarmon ayol” respublika ko‘rik-tanlovining Buxoro viloyatidagi bosqichlari haqida fikr-mulohazalar bildirilgan. Maqolada 2016–2021-yillar oralig‘ida Buxoro viloyatida o‘tkazilgan tanlov bosqichlari, natijalari, g‘oliblari haqida aniq raqam va dalillar berilgan.

M.D.Kazakova

127-130

2025-06-16

THE FORMATION OF NEW CONCEPTS IN CONTEMPORARY SOCIO-CULTURAL PROCESSES AND THEIR EXPRESSION IN THE LANGUAGE SYSTEM

This article analyzes, from a cognitive linguistic perspective, the ways in which new concepts emerging under the influence of technological, ecological, and political changes in the 21st century are expressed within the language system. It examines the semantic fields formed in social consciousness through new lexico-semantic units - such as neologisms, calques, and conceptual metaphors. Using terms like “greenwashing,” “intersectionnalité,” and “glottophobie” as examples, the study highlights the role of language in understanding and articulating social realities.

Maftuna Turaeva

131-134

2025-06-16

LUQMON BO‘RIXONNING “LONG” HIKOYASIDA MILLIY RUH IFODASI

Yozuvchining “Long” hikoyasini tahlil etish orqali unda millat qadriyatlarining hikoyada ifodalanishi, so‘zning qiymati, o‘zbek xalqining boshiga og‘ir kunlar kelganda insonlar o‘rtasida kuzatilgam munosabatlar haqida ma’lumotlar beriladi. Hikoya mavzusi, g‘oyasi va obrazlar tizimi tahlil etiladi. Ijodkorning milliy ruhni asarga singdirish mahorati tadqiq etiladi.

Turdiyeva Navruzgul Ro‘ziboy qizi

135-137

2025-06-16

LEXICAL AND GRAMMATICAL CHALLENGES IN TRANSLATING THE LORD OF THE RINGS INTO UZBEK

This article examines the main lexical and grammatical difficulties in translating J.R.R. Tolkien’s The Lord of the Rings into Uzbek. It highlights issues such as archaic language, complex noun phrases, phrasal verbs, and cultural references. The study analyzes translation strategies used to preserve the meaning, style, and cultural tone of the original text in the Uzbek language context.

Dilnoza Sariyeva

138-140

2025-06-16

KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISHDA ISHSIZ YOSHLAR RAQOBATBARDOSHLIGINI OSHIRISHNING IJTIMOIY-IQTISODIY AHAMIYATI

Ushbu tezisda ishsiz yoshlar raqobatbardoshligini oshirish orqali kambag‘allikni qisqartirishning ijtimoiy va iqtisodiy ahamiyati tahlil qilingan. Mehnat bozori talablariga mos kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirish, yoshlarda tadbirkorlik ruhini uyg‘otish va innovatsion salohiyatni rivojlantirish orqali ularni iqtisodiy faol qatlamga jalb etish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan.

Komilova Sarvinoz Qayumjon qizi

141-143

2025-06-16

IQLIM O‘ZGARISHINING TA‘SIRINI OLDINI OLISH HAMDA UNGA MOSLASHISH BO‘YICHA OʻZBEKISTONDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN HARAKATLAR

So‘ngi yillarda Markaziy Osiyo mintaqasining ko‘p qismlarida anomal qish va jazirama yoz tendentsiyasi kuzatilmoqda, bu esa Pamir va Tyan-Shan tog‘larida muzliklar va abadiy muzlarning erishini keltirib chiqaradi. Kuchli yomg‘ir, qurg‘oqchilik, suv toshqini va sel oqimlari xavfi oshadi. Bu o‘z navbatida, iqlim o‘zgarishi suv resurslari, qishloq xo‘jaligi va inson salomatligiga ta‘sir ko‘rsatishi, ma’lum bir xududlarni cho‘llanishi, ekotizimlar va tabiiy resurslarning buzilishi kabi mavjud muammolarni kuchaytirishi mumkin. Ushbu maqolada iqlim o‘zgarishining ta‘sirini oldini olish va uning oqibatlarini yumshatish hamda iqlim o‘zgarishiga moslashish bo‘yicha O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan dasturlar va harakatlar to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan.

Aliyev Azizbek

144-148

2025-06-16

ҚУРБАНБАЙ ЖЫРАЎ РЕПЕРТУАРЫНДАҒЫ УНАМЛЫ ҲӘМ УНАМСЫЗ ОБРАЗЛАРҒА СЫПАТЛАМА

Усы илимий мақалада образ ҳәм оның түрлери ҳаққында мағлыўмат берилди. Қурбанбай жыраў репертуарындағы унамлы ҳәм унамсыз образларға сыпатлама келтирилди. Жыраў атқарған «Қырық қыз» ҳәм «Алпамыс» дәстанларынан мысаллар берилди.

Оразымбетова Айшолпан Муратбай қызы

149-152

2025-06-16

ГЕНДЕРНЫЕ РАЗЛИЧИЯ ПРОЯВЛЕНИЯ ТОЛЕРАНТНОСТИ У ПОДРОСТКОВ В ОБЩЕОБРАЗОВАТЕЛЬНОЙ ОРГАНИЗАЦИИ

В статье представлен анализ гендерных различий в проявлении толерантности у подростков, обучающихся в общеобразовательных организациях Узбекистана. На основе теоретических и эмпирических исследований рассмотрены особенности формирования толерантного поведения у юношей и девушек, а также влияние образовательной среды и социокультурных факторов. Особое внимание уделено специфике Узбекистана как многонационального государства, где толерантность является важным элементом государственной политики. Результаты исследования подкреплены статистическими данными, а также рекомендациями по воспитанию толерантности в школьной среде.

Холматова Муштарий Акрамовна

153-156

2025-06-16