«Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar: Nazariy va amaliy izlanishlar» - это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, английском или русском языках.

Nashr qilingan: 2026-01-17

XORAZM VILOYATIDA SAVDO KORXONALARINING IQTISODIY RIVOJLANISH VA MARKETING FAOLIYATINI TARAQQIY QILDIRISH HOLATI

Ushbu maqolada Xorazm viloyatida savdo korxonalarining iqtisodiy rivojlanish va marketing faoliyatini taraqqiy qildirish holati tahlil qilingan. Shuningdek, savdo korxonalarining iqtisodiy rivojlanish va marketing faoliyatini taraqqiy qildirish yuzasidan xulosa bayon etilgan.

Dinora Otaxonova

4-7

2026-01-16

TOGʻAY MUROD ASARLARIDA OT OBRAZI TALQINI

Mazkur ilmiy maqolada o‘zbek adabiyotining yirik vakili To‘g‘ay Murod asarlarida ot obrazining badiiy talqini tahlil qilinadi. Tadqiqotda ot obrazi nafaqat voqealar rivojida ishtirok etuvchi predmet sifatida, balki ramziy va falsafiy ma’noga ega badiiy timsol sifatida o‘rganiladi. Asarlarda otning qahramon ruhiyati, erkinlik g‘oyasi, milliy mentalitet va xalqona tafakkur bilan bog‘liqligi ilmiy jihatdan asoslanadi. Shuningdek, yozuvchi tomonidan ot obrazini yaratishda qo‘llanilgan tasviriy vositalar, folklor unsurlari va realizm an’analari tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari To‘g‘ay Murod ijodida ot obrazi muhim badiiy-estetik yukni o‘zida mujassam etganini ko‘rsatadi hamda yozuvchining badiiy mahoratini ochib beradi.

BAHODIR AʼZAMOV

8-11

2026-01-16

PROFESSIONAL INGLIZ TILINI O‘RGATISHDA VAZIFAGA ASOSLANGAN O‘QITISH (TASK-BASED LEARNING) NING SAMARADORLIGI

Ushbu tezis magistratura bosqichi talablari asosida tayyorlangan bo‘lib, unda Professional English (ESP – English for Specific Purposes)ni o‘qitishda task-based learning (TBL) metodining nazariy va amaliy samaradorligi ilmiy tahlil qilinadi. Tadqiqotda TBL yondashuvining lingvodidaktik asoslari, ESP ta’limi bilan uyg‘unligi hamda talabalarning kasbiy-kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirishdagi roli yoritiladi. Tezisda vazifaga asoslangan ta’lim orqali talabalarda mustaqil fikrlash, real kasbiy vaziyatlarda tilni qo‘llash va muammolarni hal etish ko‘nikmalarining shakllanishi asoslab beriladi. Materiallar tahliliy va umumlashtiruvchi yondashuv asosida bayon etilgan bo‘lib, plagiatga chidamli mualliflik uslubida qayta ishlangan.

Dono Usmonova, Sarvinoz Mo‘minova

12-13

2026-01-16

FORTEPIANO IJROCHILIGI SAN’ATINING TARIXIY RIVOJLANISH BOSQICHLARI VA O‘ZBEK FORTEPIANO SANATINING SHAKLLANISHI

Ushbu maqolada fortepiano ijrochiligi san’atining shakllanish va tarixiy rivojlanish bosqichlari yoritilgan. Fortepianoning paydo bo‘lish jarayoni, mashhur bastakor va ijrochilarning bu sohadagi o‘rni, texnik va badiiy ifoda uslublarining takomillashuvi ilmiy asosda tahlil qilinadi. Shuningdek, O‘zbekiston fortepiano maktabining shakllanishjarayoni hamda milliy uslubning rivojlanishiga e’tibor qaratiladi.

Mo‘minjon Muminov

14-16

2026-01-16

AGROSANOAT KOMPLEKSINING SHAKLLANISHI VA TARKIBIY TUZILMASINING IQTISODIY TAHLILI

Mazkur maqolada agrosanoat kompleksining shakllanishi, uning tarkibiy tuzilmasi va iqtisodiyotdagi o‘rni tahlil etilgan. Tadqiqot davomida agrosanoat majmuasining asosiy tarmoqlari, ularning o‘zaro integratsiyasi hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash va iste’molchiga yetkazib berish jarayonlari yoritilgan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi agrosanoat majmuasining rivojlanish tendensiyalari, yalpi ichki mahsulotdagi ulushi, bandlikni ta’minlashdagi ahamiyati va davlat agrar siyosatining asosiy yo‘nalishlari statistik ma’lumotlar asosida tahlil qilingan. Maqolada yer resurslaridan samarali foydalanish, infratuzilmani rivojlantirish va bozor munosabatlari sharoitida agrosanoat majmuasining barqaror rivojlanishini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.

Zaxro Quvatova, Behro`z Sa’dullayev , Abdulaziz Nosirjonov

17-21

2026-01-16

TURIZM VA MEHMONXONA XO‘JALIGIDA INNOVATSION XIZMATLAR: O‘ZBEKISTON MISOLIDA REAL HOLAT VA ISTIQBOLLAR

Ushbu maqolada O‘zbekiston turizm va mehmonxona xo‘jaligi sohasida innovatsion xizmatlarning joriy etilishi, ularning samaradorligi va amaliy qo‘llanishi tahlil qilingan. Raqamli texnologiyalar, jumladan, smart-turizm, onlayn bronlash tizimlari, sun’iy intellekt xizmatlari, AR/VR virtual turlar, 3D modellashtirish va raqamli platformalarning turistik xizmatlar sifatiga ta’siri yoritilgan.

Nargiza Xojaqulova, R. Rasulov

22-24

2026-01-19

ROSSIYA IMPERIYASINING HARBIY-SIYOSIY STRATEGIYASI VA MENNONIT NEMISLARINING TURKISTONDAGI TAQDIRI

Mazkur maqolada XIX asrda Rossiya imperiyasining mustamlakachilik siyosati, harbiy islohotlari va demografik strategiyasi doirasida mennonit nemislarining Turkistonga ko‘chib kelish jarayoni ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda imperiya tomonidan turli etnik va diniy guruhlarga nisbatan olib borilgan selektiv siyosat, xususan, Turkiston mahalliy aholisi va mennonit nemislariga nisbatan qo‘llangan yondashuvlar qiyosiy usulda yoritiladi. Shuningdek, diniy e’tiqod, harbiy majburiyat va migratsiya o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik ochib berilib, mennonitlarning Turkistonga joylashtirilishi Rossiya imperiyasining strategik manfaatlari bilan bog‘liq murakkab siyosiy jarayon sifatida baholanadi.

Dilfuza Rasulova

25-28

2026-01-19

ПРОБЛЕМЫ ПЕРЕВОДА ФРАЗЕОЛОГИЗМОВ В РУССКОЙ И УЗБЕКСКОЙ КОМЕДИЙНОЙ ДРАМАТУРГИИ

Фразеологические выражения представляют одну из самых сложных задач при художественном переводе. Идиомы и пословицы глубоко укоренены в культурном контексте языка-оригинала: их буквальное значение зачастую не совпадает с переносным, а образ может быть непонятен носителям другого языка. В комедийных произведениях проблемы перевода усложняются тем, что фразеологизмы несут не только смысловую, но и юмористическую нагрузку. Переводчик должен передать не только значение устойчивого выражения, но и сохранить комический эффект, характер речи персонажа, сатирический оттенок – словом, весь «букет» функций, о которых говорилось ранее. Рассмотрим переводческие аспекты на примере русско-узбекской пары языков и конкретных реалий комедий Гоголя и Ниязи [1].

Ширина Ибодуллаева

29-31

2026-01-19

MUSTАQILLIK DАVRIDА О‘ZBEKISTОNDА IJTIMОIY HIMОYА TIZIMINING TАRIXIY TRАNSFОRMАTSIYАSI

Mаzkur ilmiy mаqоlаdа О‘zbekistоn Respublikаsidа mustаqillik yillаridа ijtimоiy himоyа tizimining shаkllаnishi, rivоjlаnishi vа tаrixiy trаnsfоrmаtsiyаsi tаhlil qilinаdi. Bоzоr iqtisоdiyоtigа о‘tish jаrаyоnidа аhоlining ijtimоiy himоyаgа muhtоj qаtlаmlаrini qо‘llаb-quvvаtlаsh dаvlаt siyоsаtining ustuvоr yо‘nаlishlаridаn birigа аylаngаn. Mаqоlаdа ijtimоiy himоyа tizimining dаstlаbki bоsqichlаri, huquqiy-me’yоriy аsоslаrining yаrаtilishi, pensiyа vа nаfаqа tizimidаgi islоhоtlаr, kаm tа’minlаngаn оilаlаrni qо‘llаb-quvvаtlаsh mexаnizmlаrining tаkоmillаshuvi ilmiy аsоsdа yоritilаdi.

Mirаzim Mirtаirоv

32-34

2026-01-19

MATBUOT XIZMATI XODIMINING KASBIY ETIKASI

Ushbu tezisda davlat idoralari va turli tashkilotlarning matbuot bo‘limlarida ishlaydigan mutaxassislarning odob-axloq qoidalari haqida so‘z boradi. Shuningdek, xalq va OAV bilan muloqot qilishdagi mas’uliyat, ma’lumotlarni to‘g‘ri va xolis yetkazish tartiblari hamda internet tarmog‘ida o‘zini tutish madaniyati tushuntirib beriladi.

Periyzat Pirjanova

35-36

2026-01-19

"FAMILY" AS A LINGUOCULTURAL CONCEPT: A COMPARATIVE ANALYSIS OF ENGLISH AND UZBEK PAREMIOLOGICAL UNITS

This article investigates the linguocultural concept of "family" through a comparative analysis of paremiological units in English and Uzbek languages. The research demonstrates how the concept of family is expressed and interpreted in two distinct cultures through proverbs and sayings. The article analyzes the reflection of values, traditions, and worldviews of English and Uzbek peoples regarding family through language. The results indicate that while both cultures value family as a crucial social institution, paremiological expressions reveal culture-specific distinctions.

Yoqut Ergashova

37-40

2026-01-19

MAKTABGACHA TA’LIM TARBIYACHILARIDA KASBIY KUYISH SABABLARI VA OQIBATLARI

Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan tarbiyachilar orasida keng tarqalgan kasbiy kuyish (professional burnout) muammosi keng qamrovda tahlil qilinadi. Kasbiy kuyishning psixologik mohiyati, kelib chiqish omillari, bosqichlari, belgilari hamda uning tarbiyachi shaxsiy rivoji va ta’lim-tarbiya jarayoniga ta’siri ilmiy manbalar asosida yoritilgan. Shuningdek, muammoning ijtimoiy-pedagogik oqibatlari va profilaktika choralari haqida ham batafsil ma’lumot beriladi.

Vasila Yusupova

41-44

2026-01-19

РАЗВИТИЕ ПЕРЦЕПТИВНЫХ НАВЫКОВ У ДЕТЕЙ С ОСОБЫМИ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫМИ ПОТРЕБНОСТЯМИ В УСЛОВИЯХ ИНКЛЮЗИВНОГО ОБРАЗОВАНИЕ

Инклюзивное образование рассматривается как современная модель организации образовательного процесса, обеспечивающая равный доступ к качественному обучению для всех детей, независимо от их физических, сенсорных, интеллектуальных и других особенностей развития. Такая модель направлена на устранение барьеров, обеспечивая социальную, психологическую и педагогическую поддержку учащимся с особыми образовательными потребностями (ОВП).

Зулфия Каримова

45-47

2026-01-20

ЗАМОНАВИЙ ШАРОИТДА ИСЛОМ МОЛИЯ ИНСТИТУТЛАРИ ФАОЛИЯТИНИНГ АСОСИЙ ХУСУСИЯТЛАРИ

Бугунги кунда Ислом молия институтлари тизими фаол ривожланмоқда. Бунга нафақат иқтисодий омиллар, масалан, энергия нархларининг кўтарилиши, Ислом дунёсидан ташқарида йирик лойиҳаларни амалга ошириш натижасида Ислом молия тизимида қўшимча инвестиция ресурсларининг пайдо бўлиши, балки ижтимоий омиллар, шу жумладан Ислом аҳолисининг бошқа мамлакатлар ва қитъаларга кўчиши ҳам ёрдам беради. Исломни молиялаштириш сектори нафақат ҳажми, балки таклиф этилаётган хизматлар доираси бўйича ҳам ривожланишда давом этмоқда.

Tolib Babamatov

48-52

2026-01-20

ТИЖОРАТ БАНКЛАРИДА ВАЛЮТА ОПЕРАЦИЯЛАРИНИ АМАЛАГА ОШИРИШДА ВАЛЮТА СИЁСАТИНИНГ АҲАМИЯТИ

Бугунги кунда валюта бозорини либераллаштириш борасидаги ислоҳотларнинг мувафаққияти кўп жиҳатдан пул-кредит ва валюта сиёсатини такомиллаштириш, тижорат банклари фаолиятини мустаҳкамлаш ҳамда банк тизимини ривожлантириш чоралари самарадорлиги билан чамбарчас боғлиқдир. Ушбу ислоҳотларнинг самарадорлиги ва шаффофлигини тўлақони равишда юзага чиқариш, банк тизимини жаҳон банк-молия тизимига муваффақиятли равишда интеграциялаш, пул-кредит ва валюта сиёсати инструментларининг иш принципларини бозор механизмлари асосида ташкил этиш ҳамда амалга ошириш бошқа омиллар билан бир қаторда, валюта сиёсати методологиясининг такомиллаштирилган тизимига ҳам боғлиқдир.

Азиз Юсупов

53-56

2026-01-20

DIVIDEND SIYOSATINING TIJORAT BANKLARI BOZOR QIYMATIGA TA’SIRI

Ushbu tezisda tijorat banklarida dividend siyosatining banklarning bozor qiymatini shakllantirishga ta’siri nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Dividend to‘lovlari hajmi va barqarorligining bank aksiyalarining bozor bahosi, investorlar ishonchi hamda investitsion jozibadorlikka ta’sir etuvchi asosiy omillar sifatidagi o‘rni yoritiladi. Shuningdek, dividend siyosatini optimallashtirish orqali banklarning moliyaviy barqarorligini mustahkamlash va bozor qiymatini oshirish imkoniyatlari ilmiy-nazariy asosda baholanadi.

Ғуломназир Алиев

57-61

2026-01-20

O'ZBEK ATOQLI NOMLARINI INGLIZ TILIGA O'TKAZISHNING ZAMONAVIY MUAMMOLARI VA TAKOMILLASHTIRILGAN TRANSKRIPSIYA TIZIMI

Globallashuv jarayonlari kuchayib borayotgan zamonaviy dunyoda turli tillardagi atoqli nomlarning to'g'ri va izchil yozilishi xalqaro muloqotning muhim qismiga aylangan. O'zbekiston fuqarolari tobora ko'proq xalqaro arenada faoliyat ko'rsatmoqda: 2023-yilda 15 mingdan ortiq o'zbek talabalari chet elda ta'lim oldi, 45 mingdan ortiq fuqaro xorijiy kompaniyalarda ish faoliyati bilan band, yiliga 2,5 million nafar fuqaro xorijga sayohat qiladi [1]. Biroq, o'zbek nomlarining xalqaro hujjatlarda noto'g'ri va turlicha yozilishi jiddiy muammolar tug'dirmoqda. O'zbekiston Respublikasi IIV tomonidan 2024-2025-yillarda o'tkazilgan monitoring natijalari shuni ko'rsatdiki, fuqarolarning 32,4% nomlarning turlicha yozilishi tufayli viza rad etilishi, bank operatsiyalari bloklanganligi, ta'lim hujjatlari nostrifikatsiya qilinmaganligi kabi qiyinchiliklarga duch kelgan va bu yiliga taxminan 650-750 million so'm iqtisodiy zarar keltirib chiqarmoqda [2].

S. Rahimov, Y. Saidaxmadova

62-65

2026-01-20

АЛГОРИТМИЧЕСКАЯ МЕМОРИЗАЦИЯ И ДОКТРИНА СУЩЕСТВЕННОГО СХОДСТВА В ЛАТЕНТНОМ ПРОСТРАНСТВЕ ИИ

Современные системы генеративного искусственного интеллекта создают беспрецедентные вызовы для традиционных правовых конструкций авторского права, особенно в контексте доктрины существенного сходства и феномена алгоритмической меморизации. Фундаментальная проблема заключается в том, что системы ИИ хранят авторские произведения в виде математических абстракций в латентном пространстве, что принципиально не укладывается в существующие правовые рамки, разработанные для традиционного копирования между людьми. Исследование данной проблематики с позиций узбекского правоведения выявляет критические пробелы в национальном законодательстве об авторском праве и необходимость разработки новых подходов к регулированию ИИ-технологий.

Шухратжон Ёкубов

66-71

2026-01-21

DOSTONLARDA AYOL OBRAZI TALQINI

Mazkur maqolada o‘zbek xalq oģzaki ijodidagi ayol obrazlari tahlil qilingan.Xususan,maqolada "Alpomish" va "Kuntuģmish"dostonidagi ayollarning ijtimoiy, axloqiy va estetik timsollari yoritiladi.

Dilnoza Samadova

72-73

2026-01-21

JADID PEDAGOGIK MEROSIDAN ZAMONAVIY PEDAGOGIKADA FOYDALANISH

Mazkur maqolada jadidchilik harakatining yetuk namoyandalari tomonidan ilgari surilgan pedagogik g‘oyalar va ularning zamonaviy ta’lim tizimidagi ahamiyati tahlil qilinadi. Jadid pedagogik merosining asosiy tamoyillari milliylik va umuminsoniylik uyg‘unligi, o‘quv jarayonida innovatsion yondashuvlar, mustaqil fikrlovchi shaxsni shakllantirish, ta’limda axloqiy-tarbiyaviy omillarning ustuvorligi kabi masalalar yoritib beriladi. Shuningdek, jadid pedagoglarining ta’lim mazmunini yangilash, o‘qitish metodlarini takomillashtirish borasidagi qarashlari bugungi kompetensiyaviy yondashuv, interfaol metodlar va shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim bilan qiyosiy tahlil qilinadi.

Ro‘zigul Nurmurodova

74-77

2026-01-21

ҚИЛИЧ КУЛЬТИ ВА РАМЗЛАР (ТЎЛАГАН ҚОСИМБЕКОВНИНГ “СИНГАН ҚИЛИЧ” РОМАНИ МИСОЛИДА)

Мақолада қирғиз адабиётининг классик намунаси бўлган Тўлаган Қасимбековнинг «Синган қилич» тарихий романидаги қилич культи таҳлили асардаги эпизодлар асосида очиб берилади. 

Нигора Алисултонова

78-79

2026-01-21

ВОЯГА ЕТМАГАНЛАР ЖИНОЯТЧИЛИГИНИ СОДИР ЭТИЛИШИГА ИМКОН БЕРАЁТГАН ШАРТ-ШАРОИТЛАР МОҲИЯТИ ВА ТАСНИФИ

Вояга етмаганлар жиноятчилигининг шарт-шароитлари деганда содир этадиган жиноятларнинг пайдо бўлиши, ўзгариши ёки барҳам топиши билан боғлиқ омиллар йиғиндиси тушинилади. Мазкур шароит ҳисобланувчи имкониятларнинг ҳақиқатга айланишини таъминловчи, яъни оқибатни келтириб чиқарувчи элемент сабаб ҳисобланади.

Ўткир Хушвақтов

80-85

2026-01-22

ВОЯГА ЕТМАГАНЛАР ТОМОНИДАН СОДИР ЭТИЛАДИГАН ЖИНОЯТЛАРИНИНГ САБАБЛАР БЎЙИЧА ИЛМИЙ ЁНДАШУВЛАР

Назария ва амалиётда жиноятчиликнинг сабаблари ва уларга имкон берадиган шарт-шароитларни ўрганиш масаласи доимий илмий баҳс ва тадқиқотлар марказида бўлиб келмоқда. Зеро, жиноятчиликка қарши самарали курашиш, аввало, унинг келиб чиқишига асос бўлувчи омилларни аниқлаш ва бартараф этишга бевосита боғлиқ. Айниқса, вояга етмаганлар жиноятчилигини ўрганишда сабаб ва шарт-шароитларни таҳлил қилиш жиноятчиликнинг олдини олишнинг энг муҳим илмий-назарий ва амалий асосини ташкил этади.

Ўткир Хушвақтов

86-93

2026-01-22

SOVET DAVRINING SO‘NGGI O‘N YILLIGIDA BUXORO VILOYATIDA ISHCHI VA XIZMATCHILARNI TAYYORLASH HAMDA MALAKASINI OSHIRISH TIZIMI (1980–1990 YY.)

Mazkur maqolada 1980–1990 yillarda Buxoro viloyatida xalq xo‘jaligi tarmoqlari uchun mutaxassis va ishchi kadrlar tayyorlash jarayoni tahlil etiladi. Tadqiqotda oliy va o‘rta maxsus ma’lumotli mutaxassislar sonining o‘sishi, kasb-hunar va professional-texnik ta’lim muassasalarining roli, malakali ishchi kadrlar tayyorlash dinamikasi yoritilgan. Shuningdek, qishloq xo‘jaligi, xususan mexanizator kadrlar tayyorlashdagi pasayish tendensiyalari va uning iqtisodiy oqibatlari ko‘rsatib berilgan. Ishda ishchi va xizmatchilarni qayta tayyorlash hamda malaka oshirish tizimining holati respublika ko‘rsatkichlari bilan qiyosiy tahlil qilingan. Umuman olganda, Buxoro viloyatida kadrlar tayyorlash tizimi sovet davri iqtisodiy siyosati doirasida shakllanib, ishlab chiqarish tarmoqlari ehtiyojlariga xizmat qilgani, biroq 1980-yillar oxiriga kelib ayrim sohalarda samaradorlik pasaygani asoslab berilgan.

Sherzod Rivojov

94-97

2026-01-22

BOJXONA XIZMATI XODIMLARINI KASBIY TAYYORGARLIGIDA MA’NAVIY-AXLOQIY FAZILATLARNI RIVOJLANTIRISH ZARURATI

Maqolada O'zbekiston Respublikasi bojxona organlarining mamlakat iqtisodiy xavfsizligini, jamiyat salomatligini va qonun ustuvorligini ta’minlashdagi o‘rni, bojxona xizmati xodimlari faoliyatida ma’naviyat masalalarini ahamiyati va bojxona xodimlarining axloqiy fazilatlari xalqimizga, davlatimiz rivojiga ta’siri hamda yosh xodimlarning kasbiy faoliyat uchun zarur bo‘lgan fazilatlari haqida mulohazalar keltirilgan.

Sodiq Yuldashev, Alisher Achilov, Miraziz Abzalov

98-102

2026-01-22

ПРОБЛЕМА «ОТЦОВ И ДЕТЕЙ» В РУССКОЙ И УЗБЕКСКОЙ ЛИТЕРАТУРЕ: ТИПОЛОГИЯ КОНФЛИКТА И КУЛЬТУРНЫЕ МОДЕЛИ

В работе рассматривается проблема «отцов и детей» как универсальный и одновременно национально обусловленный феномен художественной литературы. Цель исследования заключается в выявлении типологии межпоколенческого конфликта и анализе культурных моделей его художественного воплощения в русской и узбекской литературе на материале творчества И. С. Тургенев и Пиримкул Кадыров. Показано, что в русской литературе конфликт поколений носит трагико-философский характер и отражает кризис традиционных ценностей, тогда как в узбекской литературе он ориентирован на идею духовной преемственности и гармонизации отношений между поколениями. Результаты исследования могут быть использованы в курсах сравнительного литературоведения и истории литературы.

Исмаил Бабакулов, Шохрух Аралов

103-105

2026-01-22

РОЛЬ ГЕНДЕРА В ФОРМИРОВАНИИ РЕЧЕВОГО ПОВЕДЕНИЯ

В статье рассматривается влияние гендера на формирование речевого поведения. Исследуются различия в языке, используемом мужчинами и женщинами, а также влияние социальных норм и стереотипов на выбор лексики, интонации и речевых стратегий. Особое внимание уделяется тому, как гендерные различия проявляются в разных культурных контекстах и как они влияют на общение и взаимодействие в обществе.

Низомиддин Номозов

106-109

2026-01-22

РЕЧЕВОЙ АКТ ПРИКАЗА В КОНТЕКСТЕ АВТОРИТЕТНОСТИ И ВЛАСТИ В РУССКОМ И УЗБЕКСКОМ ЯЗЫКАХ

В статье проводится функционально-сопоставительный анализ речевого акта приказа в русском и узбекском языках. Рассматриваются структурные и прагматические особенности приказа в контексте авторитетности и власти. Выделяются основные различия в использовании императивных форм в официальных и неофициальных контекстах, а также роли власти и авторитетности в их формировании. Работа исследует культурные различия в восприятии приказа в двух языках и рассматривает влияние социальной структуры на восприятие и исполнение приказа.

Исмаил Бабакулов, Фаррух Тошниёзов

110-112

2026-01-22

MINTAQAVIY NOMUTANOSIBLIK TUSHUNCHASI VA NAZARIY YONDASHUVLAR

Mintaqaviy nomutanosibliklar hududlar o‘rtasidagi iqtisodiy, ijtimoiy va infratuzilma farqlari orqali namoyon bo‘ladi. Ushbu maqolada mintaqaviy nomutanosiblik tushunchasi, uning ilmiy ta’riflari va nazariy yondashuvlar tahlil qilinadi. Nazariy asos sifatida klassik va zamonaviy hududiy iqtisodiyot yondashuvlari, shuningdek hududiy farqlarni aniqlashda ishlatiladigan indikatorlar ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot mintaqaviy farqlarni tahlil qilish va ularni kamaytirish mexanizmlarini aniqlashda ilmiy asos yaratishga xizmat qiladi. Natijada maqola mintaqaviy nomutanosibliklarni o‘rganish bo‘yicha nazariy konsepsiyalarni umumlashtiradi va ularni amaliy tadqiqotlar uchun zamin yaratadi.

N.K. Duvshatova

113-115

2026-01-23

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VA KUNDALIK HAYOT: IJTIMOIY-MADANIY VA LINGVISTIK TRANSFORMATSIYALAR

Ushbu maqolada raqamli texnologiyalarning zamonaviy inson kundalik hayotiga ko‘rsatayotgan ko‘p qirrali ta’siri tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida raqamli vositalarning nafaqat iqtisodiy va maishiy qulayliklari, balki ularning inson ongi, ijtimoiy munosabatlar va tilning rivojlanishiga ta’siri yoritilgan. Filologiya yo‘nalishi talabasi sifatida muallif raqamli muhitda tilning o‘zgarishi va "internet-lingvistika" tushunchasiga alohida to‘xtalib o‘tgan. Xulosada raqamli savodxonlikni oshirishning ahamiyati ilmiy asoslangan.

Farangiz Oripova, Sherzod Boboqulov

116-118

2026-01-26

SAYYORALARNI O‘RGANISHNING AHAMIYATI

Insoniyat qadim zamonlardan beri osmon jismlariga, xususan, sayyoralarga katta qiziqish bilan qarab kelgan. Dastlabki kuzatuvlar oddiy ko‘z bilan amalga oshirilgan bo‘lsa, bugungi kunda zamonaviy teleskoplar, sun’iy yo‘ldoshlar va kosmik zondlar yordamida sayyoralar chuqur va ilmiy asosda o‘rganilmoqda. Sayyoralarni o‘rganish nafaqat koinot haqidagi bilimlarimizni kengaytiradi, balki Yer sayyorasidagi hayot, texnologiya va kelajak taraqqiyotimiz uchun ham muhim ahamiyatga ega. Avvalo, sayyoralarni o‘rganish orqali Quyosh tizimining kelib chiqishi va rivojlanish tarixini bilib olish mumkin. Har bir sayyora o‘ziga xos tuzilish, atmosfera va harakat qonuniyatlariga ega. Ularni tahlil qilish orqali olimlar milliardlab yillar oldin Quyosh tizimi qanday shakllanganini, sayyoralar qanday jarayonlar natijasida hozirgi holatga kelganini aniqlashadi. Bu bilimlar Yerning ham o‘tmishini tushunishga yordam beradi.

Bunyod Kenjayev

119

2026-01-26

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA: IMKONIYATLAR VA MUAMMOLAR

This article analyzes the concept of digital transformation, focusing on its opportunities and challenges in contemporary society. Digital transformation has become an essential factor in the development of education, economy, and social communication. The paper highlights the role of digital technologies in improving the quality of teaching and learning, particularly in language education. At the same time, problems such as digital inequality, insufficient digital literacy, and cybersecurity risks are discussed. The study emphasizes the necessity of developing digital competencies to ensure effective and sustainable digital transformation in the education system.

Gulhayo Uralova, Sherzod Boboqulov

120-121

2026-01-26

MANAGING MULTI-LEVEL EFL GROUPS THROUGH TASK-BASED INSTRUCTION

The research focuses on the difficult task of managing English as a Foreign Language (EFL) classrooms where students have different levels of language ability. Such environments often cause problems because a single lesson might be too hard for some and too easy for others. To solve this, Task-Based Instruction (TBI) is analyzed as a primary tool for organizing the learning process. The study looks at how giving students real-life tasks helps to bridge the gap between beginners and advanced learners. Results show that using tasks increases student engagement and allows for more flexible learning. The analysis proves that when students work on concrete goals, the focus shifts from the difficulty of the grammar to the success of the communication. The conclusion suggests that Task-Based Instruction is a practical and effective way to ensure that no student is left behind in a multi-level group.

Gulbahor Nazarova , Nihola Ostonzoda

122-124

2026-01-26

TARIX FANINI O‘QITISHDA FANLARARO BOG‘LIQLIK MASALALARI

Maqolada tarix fanini o‘qitishda fanlararo bog‘liqlikni ta’minlashning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilinadi. Tarix fanining geografiya, adabiyot, iqtisod, huquq, sotsiologiya va boshqa fanlar bilan uzviy aloqasi ochib beriladi. Fanlararo integratsiya o‘quvchilarda tarixiy tafakkur, tahliliy fikrlash va dunyoqarashni shakllantirishda muhim omil ekanligi asoslab beriladi. Shuningdek, fanlararo bog‘liqlik asosida tashkil etilgan darslarning ta’lim samaradorligini oshirishdagi ahamiyati yoritiladi.

Behruz Bahronov

125-127

2026-01-26

BANDLIK SIYOSATINI BOSHQARUV OBYEKTI SIFATIDA TALQIN QILISH: YOSHLAR BANDLIGI MISOLIDA

Zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sharoitida bandlik siyosati faqat davlat tomonidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar majmui sifatida emas, balki murakkab boshqaruv tizimi sifatida shakllanmoqda. Anʼanaviy yondashuvlarda bandlik siyosati koʻproq natijaviy kategoriya — yaʼni ish oʻrinlari soni, ishsizlik darajasi yoki bandlik koʻrsatkichlari orqali baholanadi. Biroq zamonaviy ilmiy yondashuvlar bandlik siyosatini jarayon sifatida, yaʼni boshqariladigan tizim, institutlararo munosabatlar va mexanizmlar majmui sifatida talqin qilish zaruratini yuzaga keltirmoqda (OECD, 2020; ILO, 2020). Yoshlar bandligi bu jarayonda alohida strategik segment sifatida namoyon boʻladi. Yoshlar mehnat bozorining eng dinamik, ammo eng zaif qatlamlaridan biri boʻlib, ularning bandligi iqtisodiy barqarorlik, ijtimoiy integratsiya va inson kapitalini rivojlantirish bilan bevosita bogʻliqdir (Becker, 1993; Heckman, 2006). Shu sababli yoshlar bandligi siyosatini faqat ijtimoiy muammo sifatida emas, balki alohida boshqaruv obyekti sifatida koʻrib chiqish zarurati yuzaga keladi.

Anvarjon Babayev

128-129

2026-01-26

MULTIMODAL MULOQOTNING INTERNET TILSHUNOSLIDAGI O‘RNI

Multimodal birliklar tarkibiga kiruvchi memlar tilshunoslar tomonidan lingvistik fenomin sifatida taqdqiq qilinmoqda. Mem atamasi ilk marotaba biolog Richard Dokinzning “The Selfish Gene (1976)” asarida “madaniy axborot birligi” sifatida qo‘llangan. Bugungi kunda mimlar ijtimoiy tarmoqlarda kulguli va tanqidiy xarakterga ega bo‘lgan rasmlar, videolar, matnlar, giflar, belgilar va emojilardir. Bu kabi multimodal birliklar til birliklari bilan birgalikda qo‘llanilib matn mazmunini kengaytirishga uslubiy va hissiy bo‘yog‘ini oshirishga xizmat qiladi. Multimodal muloqot birliklari ijtimoiy-ma’daniy ahamiyatga va har bir tilda turlicha uslubiy ma’nolarni ifodlashi mumkin. Multimodal muloqotni o‘rganish to‘g‘ri talqin qilish chet tillarini eshitib, tushunib o‘rganish ko‘nikmasini shakllantiradi, mustahkamlaydi.

Lobar Rahimqulova

130-134

2026-01-26