«Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya» is a national online conference with open access, where review abstracts related to various fields are published. The main goal is to offer an intellectual platform for national scientists, and it aims to promote interdisciplinary research. All manuscripts should be prepared in Uzbek, English or Russian.

Published: 2024-11-06

O‘ZBEKISTONDA TOG‘ TURIZMINI RIVOJLANTIRISHNING IQTISODIY MEXANIZMLARINI TAKOMOLLASHTIRISH (JIZZAX VILOYATI TIMSOLIDA)

Ushbu tadqiqotda O‘zbekistonning Jizzax viloyati misolida tog‘ turizmini rivojlantirishga to‘sqinlik qiluvchi muammolar va ularni bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan iqtisodiy mexanizmlar tahlil qilinadi. Tadqiqotda transport va infratuzilma yetishmovchiligi, axborot va marketing strategiyalarining zaifligi kabi asosiy masalalar yoritilib, mavjud statistik ma’lumotlarga asoslangan tahlil berilgan. O‘zbekistonning boshqa hududlaridagi tajribalar asosida Jizzax viloyatida turizmni rivojlantirish uchun amalga oshirilishi lozim bo‘lgan iqtisodiy choralar ishlab chiqilgan. Ushbu tavsiyalar Jizzax viloyatida tog‘ turizmini barqaror rivojlantirish orqali mahalliy iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishga xizmat qiladi.

G‘olibjon Mavlanov

4-8

2024-11-06

PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNI TA’LIMGA INTEGRATSIYA QILISHNING SAMARADORLIGI

Mazkur maqolada pedagogik texnologiyalarning ta’lim jarayoniga integratsiyasi va uning samaradorligi tahlil etiladi. Zamonaviy ta’limda raqamli texnologiyalarning roli o‘quvchilarning bilim olish jarayonini yaxshilash, o‘zlashtirish darajasini oshirish va motivatsiyani kuchaytirish kabi jihatlarda muhim ahamiyatga ega. Pedagogik texnologiyalarni qo‘llash orqali interaktiv va moslashtirilgan ta’lim muhitini yaratish, o‘quvchilarga individual yondashuv taqdim etish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari pedagogik texnologiyalarni ta’lim jarayoniga integratsiya qilish orqali o‘quvchilarni yanada samarali o‘qitish va rivojlantirish mumkinligini ko‘rsatadi.

Farrux Qodirov, Dilnura Fayzullayeva

9-13

2024-11-06

STRATEGİES FOR PROTECTİNG YOUTH AND WOMEN FROM EXTREMİSM THROUGH SOCİAL MEDİA: INTERNATİONAL EXPERİENCES AND PRACTİCES İN UZBEKİSTAN

This article examines effective measures and experiences from various countries aimed at protecting young people and women from radicalization and negative influences through social media. The analysis includes platforms such as Uzbekistan's "Girls' Academy" and Germany's "Islam-ist." These programs help to enhance digital literacy, develop critical thinking skills, and enable young individuals to critically assess online information, thereby safeguarding them from the impacts of extremism.

Фаррух Элмирзаев

14-18

2024-11-08

MEDIA SAVODXONLIGINING NAZARIY ASOSLARI

With the help of this article, you can familiarize yourself with its theories, as well as learn about solutions to mummo and the theoretical foundations of Media literacy, increasing the validity of the work done to eliminate the initial airy thoughts and muzzleloads about the influence of the media.

Izzatillo Mirabdullayev , Djalliddin Rasulov

19-22

2024-11-08

ЁШЛАР ФУҚАРОЛИК ПОЗИЦИЯСИНИНГ ЖАМИЯТ РИВОЖИ ВА БАРҚАРОРЛИГИДАГИ АҲАМИЯТИ

Мақолада ёшларнинг фуқаролик позициясининг жамият ривожи учун аҳамиятли омил эканлиги сўз этилади. Шунингдек ёшларнинг фуқаролик позициясини шакллантирувчи омиллар ва  уни ривожлантирувчи чора-тадбирларга алоҳида эътибор берилган.

Ниетулла Оринбетов

23-24

2024-11-08

MILLIY URF–ODAT VA AN'ANALARDA GENDER TA’MINLASH

Ushbu maqolada xotin–qizlar va erkaklarning gender tengligi, milliy an'analarimizda gender jihatlari hamda yurtimizda urf–odat, qadriyatlarimizda ayollarga qaratilgan e'tibor, mamalakatimizda ularga yaratilayotgan imkoniyatlar to'g'risida ma'lumotlar yoritib berilgan.

Avazbek Jabborov

25-27

2024-11-09

“TAYYOR TAOMLAR” LEKSIK-SEMANTIK GURUHI

Milliy–madaniy xususiyatli iboralarni shakllantirishda oziq-ovqat va taom nomlari o’ziga xos ahamiyat kasb etadi. Aksariyat xalqlarning madaniyatida yashash vositasi bo’lgan oziq-ovqatga har doim buyuk ne’mat, rizq-ro’z sifatida munosabatda bo’lingan. Xuddi shunday o’zbek tilida gastronomik frazeologik birliklar tarkibida «Tayyor taomlar» leksik-semantik guruhi «Unli mahsulotlar», «Don mahsulotlari», «Meva-cheva, sabzavot mahsulotlari», «Shirinliklar», «Sho‘rva» kabi mikroguruhlarga bo’linib ketadi.

Nigora Uralova

28-30

2024-11-09

ЎЗБЕКИСТОНДА ОИЛАВИЙ ЗЎРАВОНЛИК ЖИНОЯТИНИНГ ИЖТИМОИЙ-МАДАНИЙ, ИҚТИСОДИЙ ҲАМДА ПСИХОЛОГИК ОМИЛЛАРИ

Criminological studies on domestic violence highlight the complex, multifaceted causes rooted in interwoven social, cultural, economic, and psychological factors. Scholars argue that domestic violence is a complex outcome of long-standing socio-cultural and economic conditions, making simple explanations insufficient. In Uzbekistan, patriarchal norms and cultural expectations place women in subservient roles within the family, reinforcing gendered social roles and power dynamics. Economic stressors such as poverty and unemployment also exacerbate family tensions, increasing the likelihood of violence. Psychological factors, including aggression and mental health issues, often lead to impulsive acts of violence.

Хамид Бобоқулов

31-34

2024-11-12

MAHMUD ZAMAXSHARIYNING ISLOM HUQUQI RIVOJIDA TUTGAN O‘RNI

Mahmud Zamaxshariy Movarounnahrdan chiqqan buyuk mufassir, mutakallim, faqihdir. Movarounnahrda ilmiy, madaniy va iqtisodiy ahvol tanazzulga yuz tutganida, Mahmud Zamaxshariy ilm-fanni tiklash va tiklashga xizmat qildi, xususan, Qur’on va fiqhda fidoyi olimlar bilan suhbatlashdi. Uning o‘nta asari bugun ma’lum bo‘lib, bu asarlar ustidagi ilmiy izlanishlar to‘xtovsiz davom etmoqda. Bu maqola asosan, “Ruus al-masail”ning islom huquqi rivojidagi asosiy manbalardan biri bo‘ladi.

S.S. Saidjalolov

35-38

2024-11-12

СУҒОРИЛАДИГАН ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИГИ ЕРЛАРИНИ ИҚТИСОДИЙ БАҲОЛАШДАГИ УСЛУБИЙ ЁНДАШУВЛАР

Қишлоқ хўжалиги ерлари инсониятнинг яшаши, камол топиши учун керак бўладиган озиқ-овқат маҳсулотларини етиштириладиган табиий ресурслар ҳисобланади. Ер ресурслари озиқ-овқат маҳсулотларини ишлаб чиқаришда асосий восита бўлиб хизмат қилади ва қишлоқ  хўжалик маҳсулотларини ишлаб чиқаришда жуда катта аҳамиятга эга. Шунинг учун ҳам ерни асраш ва ундан оқилона фойдаланиш инсоният олдида турган энг асосий вазифалардан бири ҳисобланади. “Ердан фойдаланиш” тушунчасининг нисбатан кўп тарқалган таърифи миқдорий нуқтаи назардан кўп қайт этилиб, ер ресурсларидан фойдаланиш жараёнларида жамият аъзолари, жисмоний ва юридик шахслар ўртасида ердан фойдаланиш борасидаги муносабатлар тушунилади

Санжар Садуллаев

39-43

2024-11-12

АНАЛИЗ ПРОБЛЕМ ОБУЧЕНИЯ НАЧИНАЮЩИХ ФОТОГРАФОВ СТУДЕНТОВ ВУЗА

This article provides examples of possible problems and fears that novice photography students may encounter when starting their studies. A description of these problems and their probable solution during the learning process at the institute is considered. At the end, a conclusion is formed about the outcome of these fears over the course of training.

Чарос Махмудова

44-46

2024-11-12

TIBBIYOT YO‘NALISHI TALABALARINI MA’NAVIY-AXLOQIY TARBIYALASHDA QO‘LLANILADIGAN MASOFAVIY TA’LIM MODELLARI TAHLILI

Mazkur maqolada tibbiyot yo‘nalishi talabalarini ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda qo‘llaniladigan masofaviy ta’lim modellari tahlil qilingan. Masofaviy ta’lim zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini o‘z ichiga oladigan innovatsion modellar orqali tibbiyot talabalarining axloqiy qadriyatlarini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Asinxron, sinxron va gibrid ta’lim modellari turli shakllarda joriy etilgan bo‘lib, ularning har biri talabalarga o‘qishning turli usullarini taklif qiladi. Virtual simulyatsiya va interaktiv platformalar orqali talabalarning ma’naviy rivojlanishi va axloqiy qarorlar qabul qilish qobiliyatlari oshiriladi. Tajriba-sinov ishlari va xorijiy tajribalar asosida, masofaviy ta’lim modellarining tibbiyot sohasidagi ahamiyati va samaradorligi xulosa qilinadi. Ushbu maqola tibbiyot yo‘nalishi talabalarining ma’naviy-axloqiy tarbiyasini oshirishda yangi pedagogik yondashuvlar va texnologiyalarni joriy qilishga yo‘naltirilgan.

Anvar Ergashev

47-49

2024-11-12

INGLIZ TILIDAGI NOSTANDART TIL BIRLIKLARINING O‘ZBEK TILIGA TARJIMA QILISH MUAMMOLARI

Til o’rganish jarayonida tarjima muhim rol o’ynaydi. Bu jarayon murakkab bo’lib, uni amalga oshirish uchun tarjimon ham Grammatik , ham til bilish nuqtai nazaridan katta tajriba va malakaga ega bo’lishi shart. Nosatandart til birliklari haqida gap ketar ekan, bu vazifa yana ham murakkablashadi. Tarjimon tarjima va asliyat tili o’rtasidagi barcha qonuniyatlar va madaniy farqlarni bilishi zarur. Ushbu ishda bir necha tilshunos olimlarning ishlari o’rganilib, xulosa qilindi.

Sharofatxon Xusanova

50-53

2024-11-13

СУРУНКАЛИ БУЙРАК КАСАЛЛИГИ БИЛАН ОҒРИГАН БЕМОРЛАРДА АЎФ ИНГИБИТОРЛАРИНИНГ САМАРАДОРЛИГИНИ БАҲОЛАШ

Сўнги пайтларда СБК континиум доирасида юрак етишмовчилиги сурункали буйрак касаллиги билан биргаликда кечишига катта эьтибор берилмоқда. Юрак-қон томир асоратлари ривожланишида буйраклар мухим роль ўйнайди. Касалликни башорат қилиш ва даволаш динамикасида омилларни ўрганиш муҳим ҳисобланади. Қуйида СБК ривожланишининг асосий патофизиологик механизмлари, диагностик маркерлари ҳамда даволашнинг жаҳон тажрибаларига таянган янгича ёндашув усуллари келтириб ўтилди.

С.Б. Жуманазаров

54-55

2024-11-13

KICHIK BIZNESNI YIRIK BIZNESGA TRANSFORMATSIYA JARAYONLARINI RIVOJLANTISH ISTIQBOLLARI

Ushbu tezis kichik biznesni yirik biznesga aylantirish jarayonlarini tahlil qiladi va muvaffaqiyatli transformatsiya uchun zarur bo‘lgan strategiyalarni o‘rganadi. Kichik biznesning bozorini kengaytirish, franchayzing va birlashish imkoniyatlaridan foydalanish, moliyaviy boshqaruvni kuchaytirish, texnologiyalarni qo‘llash va innovatsiyalarni tatbiq etish kabi omillar muvaffaqiyat omillari sifatida ko‘rib chiqiladi. Tezis davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan ko‘mak va huquqiy qo‘llab-quvvatlashning kichik biznesning rivojlanishiga ta’sirini ham yoritadi. O‘zbekiston iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirish va barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda kichik biznesning yirik biznesga aylanishi muhim deb topiladi.

Boburmirzo Xursanaliyev

56-58

2024-11-15

PROFILAKTIKA INSPEKTORINING YASHASH MANZILLARIDAN UZOQ MUDDATGA KETGAN SHAXSLAR BO’YICHA ISHLASH FAOLIYATINI HUQUQIY TA’MINLASH

O’tgan yillar davomida fuqarolarimizning uzoq muddatga chet elga chiqishlari va qaytib kelishlarini tartibga solishga qaratilgan bir qator normativ-huquqiy hujjatlarda qabul qilinib , ularning talablari jamiyat hayotga tatbiq etib kelinmoqda. Doimiy yashash manzillaridan uzoq muddatga uzoq muddatga ketgan shaxslarni aniqlash va ularga nisbatan amalga oshirilayotgan tezkor- profilaktik ishlar samaradorligini oshirish maqsadida hududiy ichki ishlar organlariga bir qator sharx, ko’rsatma va tavsiyalar doimiy ravioshda yuborib kelinayotganligiga qaramasdan, aksariyat ichki ishlar organlarida ushbu yo’nalishdagi ishlar talab darajasida yo’lga qo’yilmasdan qolmoqda.

Anvar Tashtemirov, Yulduz Usmonova

59-61

2024-11-15

RАQАMLI АSRDА MЕDIАSАVОDXОNLIKNING ЕVОLYUTSIYАSI: FАLSАFА TА’LIMGА TА’SIRI

Mеdiаsаvоdxоnlik rаqаmli аsrdа sеzilаrli dаrаjаdа rivоjlаnib, аxbоrоtni bаhоlаsh bо‘yichа аsоsiy kо‘nikmаlаrdаn yuqоri intеrаktiv, аlgоritmgа аsоslаngаn mеdiа lаndshаftini bоshqаrishdа murаkkаb kоmреtеnsiyаlаrgа аylаndi. Ushbu mаqоlа fаlsаfаning mеdiа sаvоdxоnligini chuqurlаshtirish uchun tаklif qilishi mumkin bо'lgаn tаnqidiy fikrlаsh, аxlоqiy mulоhаzаlаr vа аks еttirish аmаliyоtigа urg'u bеrib, ushbu еvоlyutsiyаning fаlsаfiy tа'limgа tа'sirini о'rgаnаdi. Rаqаmli mеdiа рlаtfоrmаlаri idrоkni shаkllаntirаdi, xulq-аtvоrgа tа'sir qilаdi vа аxlоqiy dilеmmаlаrni kеltirib chiqаrаdi, fаlsаfiy tа'lim tаlаbаlаr uchun tаnqidiy bаhоlаsh vа аxbоrоt bilаn mаs'uliyаt bilаn shug'ullаnish uchun аsоs yаrаtаdi.

Nаsibа Аbduxоlikоvа

62-64

2024-11-15

FALSAFA FANI ORQALI TALABALAR AXBOROT SAVODHONLIGI RIVOJLANGANLIGINI BAHOLASHDA QO'LLANILADIGAN METODLAR

Axborot savodxonligi talabalar uchun muhim kompetentsiya bo'lib, tez rivojlanayotgan axborot jamiyatida muhim ahamiyatga ega bo'lgan tanqidiy fikrlash va mustaqil tahlilni rivojlantiradi. Axborot savodxonligini baholashda falsafani integratsiyalash o‘quvchilarning axborotga bo‘lgan munosabatini chuqurlashtirish uchun falsafiy savollar, bahs-munozaralar va axloqiy tahlillardan foydalangan holda o‘ziga xos yondashuvni taklif etadi. Ushbu maqola talabalarning axborot savodxonligini baholash uchun falsafada qo'llaniladigan turli usullar, jumladan, Sokratik so'rovlar, amaliy tadqiqotlar tahlillari, aks ettiruvchi jurnallar, bahslar va axloqiy tahlillarni o'rganadi. Ushbu usullar orqali o'qituvchilar nafaqat o'quvchilarning axborotni topish va baholash qobiliyatini, balki ularning oqibatlarini tanqidiy talqin qilish va axloqiy jihatdan aks ettirish qobiliyatini ham baholashlari mumkin. Natijalar shuni ko'rsatadiki, falsafiy baholash usullarini o'z ichiga olgan holda, tanqidiy fikrlash va axloqiy xabardorlikni ta'kidlab, o'quvchilarning axborot savodxonligini rivojlantirishni yanada to'liqroq tushunish mumkin.

Nаsibа Аbduxоlikоvа

65-67

2024-11-15

THE IMPACT OF ARTERIAL HYPERTENSION ON THE ONSET OF STRUCTURAL AND FUNCTIONAL CHANGES OF THE HEART ASSOCIATED WITH GRAVES DISEASE

The aim of the study was to study the role of hypertension in the occurrence of thyrotoxic changes in the heart and their regression against the background of long-term drug therapy.

Mirzaeva Gulchehra Payzullaevna , Jabbarov Ozimbay Otakxanovich

68-69

2024-11-15

РЕDАGОGIK TRЕNING DОIRАSIDА SUN’IY INTЕLLЕKTNI QО‘LLАSHDА ЕTIKА VА KАSBIY MАDАNIYАT

Реdаgоgik tаyyоrgаrlikdа sun’iy intеllеktning (АI) intеgrаtsiyаlаshuvi, аyniqsа, аxlоq vа kаsbiy mаdаniyаt nuqtаi nаzаridаn sеzilаrli yutuqlаr vа muаmmоlаrni kеltirib chiqаrdi. Ushbu mаqоlа о‘qituvchilаr tа’limidа АIdаn fоydаlаnish bilаn bоg‘liq аxlоqiy mulоhаzаlаr vа rivоjlаnаyоtgаn kаsbiy mаdаniyаtni о‘rgаnаdi. Аsоsiy аxlоqiy muаmmоlаrgа mа’lumоtlаrning mаxfiyligi, аlgоritmik tаrаfkаshlik, shаffоflik vа jаvоbgаrlik kirаdi. Mаqоlаdа, shuningdеk, sun’iy intеllеkt tа’lim sоhаsidа рrоfеssiоnаl mаdаniyаtni qаndаy qаytа shаkllаntirаyоtgаni, ishоnch, hаmkоrlik vа mаs’uliyаt kаbi qаdriyаtlаrgа tа’sir kо‘rsаtаyоtgаni о‘rgаnilаdi. АI vоsitаlаri реdаgоgikаdа insоn mulоhаzаlаrini о‘rnini bоsish о‘rnigа, qо‘llаb-quvvаtlаshini vа аxlоqiy mе’yоrlаr ulаrdаn fоydаlаnishni bоshqаrishini tа’minlаsh uchun muvоzаnаtli yоndаshuv zаrur.

Muаttаrxоn Nо‘mоnxоnоvа

70-72

2024-11-15

NUTQ MАDАNIYАTINI RIVОJLАNTIRISHNING TЕXNОLОGIK VОSITАLАRI: АUDIО-VIZUАL VОSITАLАRDАN FОYDАLАNISH

Nutq mаdаniyаtini rivоjlаntirishdа tеxnоlоgik vоsitаlаrning о‘rni kаttаdir. Xususаn, аudiо-vizuаl vоsitаlаrdаn fоydаlаnish nutq mаdаniyаti, tаlаffuz vа mulоqоt kо‘nikmаlаrini tаkоmillаshtirishdа sаmаrаli usullаrdаn biri hisоblаnаdi. Ushbu mаqоlаdа аudiо vа vidео mаtеriаllаr, intеrаktiv tа'lim vоsitаlаri hаmdа rаqаmli tеxnоlоgiyаlаrdаn fоydаlаnish оrqаli nutq mаdаniyаtini rivоjlаntirishning muhim jihаtlаri tаhlil qilinаdi. Аudiо-vizuаl vоsitаlаrning pеdаgоgik jаrаyоngа qаndаy intеgrаtsiyа qilinishi, ulаrning о‘quvchilаrning nutqiy kо‘nikmаlаrini оshirishdаgi rоli vа sаmаrаdоrligi hаqidа mа’lumоtlаr bеrilаdi. Mаzkur vоsitаlаrning о‘quvchilаrgа tа’siri hаmdа о‘qituvchilаr uchun yаrаtаdigаn qulаyliklаri chuqur о‘rgаnilаdi.

Zulfiyа Kоdirоvа

73-74

2024-11-15

ONA TILI TA’LIM MAZMUNINI INTEGRATSIYALASHTIRISHDA O‘QUVCHILARNI MILLIY G‘URUR ASOSIDA METODIK RIVOJLANTIRISH MEXANIZMI

Making it possible to methodically shape the educational trajectory, to improve the competencies of national pride of students in grades 1-5, to develop students' interest in science, to be able to develop several speech skills in the course of one learning task. It is substantiated that teachers of grades 1-5 should be consciously approach to the performance of tasks, observe didactic sequence in their performance, be able to interact properly with artificial intelligence to find tasks from modern sources of information.

Shaxnoza Umarova

75-78

2024-11-15

FUTBOLCHILARNING TEXNIK-TAKTIK HARAKATLARINI TAKOMILLASHTIRISH USLUBIYATI

Futbolga endi kirib kelgan yosh futbolchilarga texnik usullarni o‘zlashtirib olishni o‘zigina kifoya emas, balki mashg‘ulotlarda muntazam ravishda kamolotga etkazib borishga, eng oddiy usuldan asta-sekin jihatdan murakkabroq usullarga o‘tib boraverish kerak.

Murodjon Xalmuratov

79-80

2024-11-18

DAVLAT UNITAR KORXONALARIDA MOLIYAVIY HISOBOTLARNI TUZISH TARTIBI

Mazkur tezisda davlat unitar korxonalarida moliyaviy hisobotlarni tuzish tartibi va buxgalteriya hisobining o'ziga xos xususiyatlari tahlil etilgan. Tezishda davlat unitar korxonalari uchun moliyaviy hisobotlarni tuzishda qo'llaniladigan huquqiy, normativ hujjatlar, soliq va moliyaviy boshqaruv tizimi, shuningdek, audit jarayonlarining o'rni va ahamiyati batafsil ko'rib chiqilgan. Moliyaviy hisobotlarni tayyorlashdagi asosiy prinsiplarga e'tibor qaratilgan, shu jumladan, ularning davlat moliyasiga ta'siri, shaffoflikni ta'minlash va nazoratning ahamiyati tushuntirilgan. Buxgalteriya hisoboti va moliyaviy tahlilning ahamiyati, davlat unitar korxonasining iqtisodiy holatini o'rganishda zaruriy vositalar sifatida ta'riflanadi. Shu bilan birga, davlat moliyaviy nazorati va auditorlik tekshiruvlari orqali hisobotlarning to'g'riligi va ishonchliligini ta'minlash mexanizmlari yoritilgan.

Hulkar Xudoyqulova

81-83

2024-11-18

УГОЛОВНО-ПРАВОВОЕ ПОНЯТИЕ И ПРОФИЛАКТИКА ПРЕСТУПЛЕНИЯ СВОДНИЧЕСТВО ИЛИ СОДЕРЖАНИЕ ПРИТОНОВ

В данной статье анализируется уголовная ответственность за содержание сводничество или содержание притонов, связанные с сводничеством или содержание притонов, по уголовному законодательству Республики Узбекистан. Уголовно-правовые нормы охватывают преступления, связанные с сводничеством или содержание притонов; занятие проституцией.

Айша Рузимова

84-86

2024-11-18

MAHMUD ZAMAXSHARIYNING ISLOM HUQUQI RIVOJIDA TUTGAN O‘RNI

Mahmud Zamaxshariy Movarounnahrdan chiqqan buyuk mufassir, mutakallim, faqihdir. Movarounnahrda ilmiy, madaniy va iqtisodiy ahvol tanazzulga yuz tutganida, Mahmud Zamaxshariy ilm-fanni tiklash va tiklashga xizmat qildi, xususan, Qur’on va fiqhda fidoyi olimlar bilan suhbatlashdi. Uning o‘nta asari bugun ma’lum bo‘lib, bu asarlar ustidagi ilmiy izlanishlar to‘xtovsiz davom etmoqda. Bu maqola asosan, “Ruus al-masail” ning islom huquqi rivojidagi asosiy manbalardan biri bo‘ladi.

S.S. Saidjalolov

87-90

2024-11-20

KRAUDFANDING FAOLIYATI TURLAR VA ULARNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Maqolada kraudfanding faoliyatiga umumiy tushunchalar berilgan, bunga doir olimlarning fikrlari o’rganilgan. Kraudfanding faoliyati turlariga keltirilgan, ularning o’ziga xos jihatlari hamda huquqiy tabiatiga e’tibor qaratilgan. Kraudfanding faoliyatini fuqarolik huquqiy tartibga solish masalalari haqida so’z yuritilgan. Kraudfandingning eng muhim afzalliklaridan biri, uning internet orqali amalga oshirishning qulay ekanligi, mablag‘ yig‘ish jarayonlarining soddalashtirilganligi va ommaviy shaklda amalga oshirilishidir. Bunda platformga joylashtirilgan loyiha foydalanuvchilarga ma’qul bo‘lsa, tez fursatda zarur mablag‘ni yig‘ish imkoniyati mavjuddir.

Gavhar Xoliqova

91-93

2024-11-20

YANGI O‘ZBEKISTONDA MA’NAVIY-MA’RIFIY MUHITNI TAKOMILLASHTIRISHNING KONSEPTUAL ASOSLARI

Ushbu maqolada Yangi O‘zbekiston strategiyasida ma’naviy sohani yangi bosqichga ko‘tarish va ma’naviy tahdidlardan muhofaza qilish shartlari va konseptual asoslari haqida so‘z yuritiladi.

Nadira Kunisheva

94-96

2024-11-21

FOLKLORE COMICISM IN THE PROSE OF TATYANA TOLSTOY

The article analyzes the techniques of folk satire used in the stories of Tatyana Tolstaya to characterize images. Hyperbolization, travesty, depiction of the living as nonliving, popular in folk humor culture, are fruitfully used in many stories of Tatyana Tolstaya in order to reveal the crisis of the modern world, spiritual degradation.

Rakhmatov Amir Ravshanovich, Ayupov Timur Rustamovich

97-99

2024-11-21

MAQSUD QORIYEVNING “SPITAMEN” ROMANIDA XARAKTERLAR IFODASI

The article contains information about the historical novel genre and the unique style and historical works of Maksud Kariyev, who penned this genre. It was also mentioned that Maksud Koriyev effectively used the traditions that develop the style in his work and thereby made a great contribution to their development.

Mushtari Mamurova

100-103

2024-11-22

ЎЗБЕКИСТОНДА АҲОЛИГА МОЛИЯВИЙ ХИЗМАТНИ РИВОЖЛАНТИРИШ

В статье описывается значение инновационных банковских услуг в развитии финансовых услуг.

Оббос Юлдошев

104-106

2024-11-27

ШАХСНИНГ МЕҲНАТ ҲУҚУҚЛАРИНИ ЖИНОЯТ-ҲУҚУҚИЙ ҲИМОЯ ҚИЛИШГА ДОИР ХАЛҚАРО-ҲУҚУҚИЙ НОРМАЛАР ТАҲЛИЛИ

Мазкур мақолада шахснинг меҳнат ҳуқуқларини жиноят-ҳуқуқий ҳимоя қилиш масаласи халқаро ҳуқуқ нуқтаи назаридан чуқур таҳлил қилинади. Асосий эътибор БМТнинг универсал ва минтақавий ҳужжатларига қаратилган бўлиб, улар меҳнат ҳуқуқларини ҳимоя қилишга доир халқаро мажбуриятларни белгилайди. Жумладан, Инсон ҳуқуқлари умумжаҳон декларацияси, Иқтисодий, ижтимоий ва маданий ҳуқуқлар тўғрисидаги халқаро пакт, Фуқаролик ва сиёсий ҳуқуқлар тўғрисидаги халқаро пакт ва бошқа универсал ҳужжатларда меҳнат қилиш ҳуқуқининг халқаро ҳуқуқий кафолатларига урғу берилган. Бундан ташқари, БМТнинг Аёлларга нисбатан дискриминацияни тугатиш тўғрисидаги Конвенцияси, Бола ҳуқуқлари тўғрисидаги Конвенция ҳамда Халқаро Меҳнат Ташкилотининг (ХМТ) меҳнат муҳофазаси соҳасида қабул қилган ҳужжатларига эътибор қаратилган. Мақолада ушбу ҳужжатларнинг мазмуни, уларнинг давлатлар қонунчилигига татбиқ этилиши, шунингдек, шахснинг меҳнат ҳуқуқларини ҳимоя қилишда жиноят-ҳуқуқий механизмларнинг мустаҳкамланиши ва такомиллаштирилиши зарурлиги таъкидланади. Халқаро миқёсдаги стандартлар ва қонунчиликни самарали амалга ошириш бўйича давлатлар ўртасидаги ҳамкорликнинг аҳамияти ҳам ёритиб берилади.

Султанмурат Давлетмуратов

107-113

2024-11-27

AUTIZM SINDROMLI BOLALAR

ushbu tezisda   Autizm  sindromi  haqida  tushuncha,  uning  bola   rivojlanishiga   ta’siri   hamda   kelib   chiqish   sabablari   haqida   ma’lumotlar   keltirilgan.

X.M. Jo’raxo’jaev, I.M. Xursandjonova

114-116

2024-11-30

ZARAFSHON DARYOSI QUYI OQIMI SUV HAVZALARIDAGI OQCHA (ABRAMIS BRAMA) BALIG‘INING KO‘PAYISHI

Oqcha (Abramis brama) balig’i respublikamizning barcha baliqchilik xo‘jaliklarida ko‘paytiriladi. Iliq suv balig’i sanaladi. Oqcha balig’i ozuqa mahsulotlari sifatida Yevropa va Osiyo mamlakatlarida ancha ommabop. Oqcha balig’i sanoat baliq ovining muhim ob’ekti bo’lganligi tufayli ichki suv havzalari uchun juda ham zarur. 

Mansur Yuldashov, Go‘zal Umaraliуеva

117-119

2024-11-30

PODAGRA VA UNING PODAGRIK NEFROPATIYA BILAN ALOQASI: 46TA BEMOR MISOLIDA TAHLIL

Podagra — bu organizmda siyanid kislotalarining (urik kislota) to'planishi natijasida yuzaga keladigan metabolik kasallik bo'lib, asosan erkaklar orasida uchraydi. Bu kasallikning asosiy sababi buyraklarning urik kislota miqdorini to'g'ri chiqarishdagi muammolaridir. Podagrik nefropatiya esa podagraga chalingan bemorlarda buyrakning zararlanishi va funksional o'zgarishlar bilan tavsiflanadi. Bu ikki kasallik bir-biri bilan chambarchas bog'liq bo'lib, vaqtida tashxis qo‘yish va davolash bemorning holatini sezilarli darajada yaxshilashga yordam beradi. Podagrik nefropatiya, shuningdek, buyrak yetishmovchiligi va boshqa asoratlarning rivojlanishiga olib kelishi mumkin.

A.M. Raxmatov

120-121

2024-11-30

ГЕНЕТИЧЕСКИЕ МАРКЕРЫ ПРЕДРАСПОЛОЖЕННОСТИ К ХРОНИЧЕСКОЙ СЕРДЕЧНОЙ НЕДОСТАТОЧНОСТИ У ПАЦИЕНТОВ С ИШЕМИЧЕСКОЙ БОЛЕЗНЬЮ СЕРДЦА: НОВЫЕ ГОРИЗОНТЫ ДИАГНОСТИКИ И ЛЕЧЕНИЯ

Хроническая сердечная недостаточность (ХСН) у пациентов с ишемической болезнью сердца (ИБС) имеет значительное наследственное компоненты. Современные исследования генетических маркеров предрасположенности к ХСН открывают новые горизонты для диагностики и лечения. В данном исследовании анализируются ключевые генетические маркеры, связанные с развитием ХСН у пациентов с ИБС. Оценка роли генов, таких как ACE, AGT, NOS3, а также полиморфизмов в других генах позволяет определить группы высокого риска и внедрить индивидуализированные подходы к лечению. Установлены новые связи между генетическими маркерами и клиническими исходами, что способствует улучшению диагностики и прогнозирования ХСН.

Маджид Кенжаев, Висола Худайкулова

122-123

2024-11-30

TIMUSINING MORFOMETRIK O‘ZGARISHLARINI ANTENATAL DAVRDA NOBUD BO‘LGAN CHAQALOQLARDAGI KO‘RSATKICHLARI

Ayrisimon bezda morfologik rivojlanishdan orqada qolishlar: timusning po‘stloq qavati kengligi jihatidan, mag‘iz qavatni  juda kichik sohani egallaganligi, yetilgan limfotsitlarni deyarli bo‘lmasligi bilan xarakterlanadi. Bu o‘zgarishlarning asosiy morfologik susbtrati sifatida, timus po‘stloq qavati retikuloepitelial hujayralarining xajman kichikligi, desmasomalarining kalta va yo‘g‘on ko‘rinishda bo‘lishi, desmasomalar oralig‘ini o‘zaro tutashtiruvchi siyrak tolali tuzilmalarning aynan, po‘stloq qavat perivaskulyar sohalarda ko‘p bo‘lishi, gematogistiogen  to‘siqni xam  funksional majruh holatga kelishiga olib kelinganligini ko‘rsatdi.  Antenatal davrda homila ichi infeksiyasidan  nobud bo‘lganlar barcha chaqaloqlarni 78,2 % ni tashkil etib, tadqiqotimizni asosini tashkil etadi. 

Z.N. Yuldashev, N.J. Mahkamov

124-126

2024-11-30

KONSTITUTSIYA ERKIN VA FAROVON HAYOT GAROVI

Mazkur maqolada Konstitutsiyaning inson erkinligi va farovon hayotga asos bo‘luvchi asosiy qonun sifatidagi o‘rni va ahamiyati keng tahlil qilinadi. Konstitutsiya jamiyatning huquqiy, siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotining barqarorligini ta’minlashda muhim omil bo‘lib, fuqarolarning huquq va erkinliklarini kafolatlaydi. Unda davlat va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlar tartibga solinishi, qonun ustuvorligining ta’minlanishi va inson manfaatlari ustuvorligi ta'kidlanadi. Shuningdek, Konstitutsiya asosida amalga oshirilayotgan islohotlar mamlakatning demokratik rivojlanishi, ijtimoiy barqarorligi va iqtisodiy farovonligiga hissa qo‘shishi yoritilgan. Maqolada erkin va farovon hayotning huquqiy kafolati sifatida Konstitutsiyaning dolzarbligi va uning mustahkam davlat asoslarini yaratishdagi o‘rni tahlil qilinadi.

Dildora Mardiyeva

127-131

2024-11-30

JAHONDA HAYOT SUG‘URTASINING SHAKLLANISH TAMOYILLARI

Hayotni sug‘urtalashning ilk asoslari qadimgi Hindistonda paydo bo‘lgan. Hind xalqi muhtojlarga yordam ko‘rsatish maqsadida maxsus fondlar tashkil etgan. Ushbu fondlardan mablag‘ ajratilib, yordamga muhtoj va boquvchisini yo‘qotganlarga moddiy yordam ishlari amalga oshirilgan. Ushbu tezis hayot sug‘urtasining tarixiy tamoyillarini o‘rganadi.

Ruxsora Masharipova

132-136

2024-11-30

ОХРАНА ВОДНЫХ РЕСУРСОВ И ПРАВОВОЙ СТАТУС ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ИХ

Охрана водных ресурсов включает в себя комплекс мер по экономии воды и повышению эффективности ее использования, защите водных ресурсов и водных объектов от загрязнения и истощения. Экономия воды осуществляется за счет применения систем оборотного и повторного водоснабжения.

Содикжон Хасанов , Азиза Шахакимова, Сарафрозбону Зайнутдинова

137-140

2024-11-30

MIKROKREDIT TASHKILOTLARINING BUXGALTERIYA HISOBI TIZIMLARINI RAQAMLASHTIRISH: OPERATSION SAMARADORLIK VA MOLIYAVIY HISOBOTGA TA'SIRI

Ushbu tadqiqot O'zbekiston mikrokredit tashkilotlarida (MKT) raqamli buxgalteriya yechimlari joriy etilishi va ularning ta'sirini o'rganadi, texnologik rivojlanish operatsion samaradorlik va moliyaviy hisobot aniqligini qanday oshirishini tahlil qiladi. Tadqiqot O'zbekistonning tez rivojlanayotgan moliya sektori kontekstida an'anaviy buxgalteriya amaliyotining raqamlashtirish orqali transformatsiyasini baholaydi.

Go’zaloy Abidova

141-143

2024-11-30

TA'LIM MUASSASALARI O'RTASIDAGI KLASTER HAMKORLIK: PEDAGOGIK METODIKALAR VA PSIXOLOGIK YONDASHUVLAR

Mazkur maqolada ta'lim muassasalari o’rtasida klaster asosida tashkil etilgan hamkorlikning ahamiyati, samaradorligi va uning pedagogik hamda psixologik jihatlari yoritilgan. Klaster hamkorlikning nazariy asoslari, ta'lim jarayonidagi o’rni va uni amalga oshirishda qo’llaniladigan metodikalar va yondashuvlar tahlil qilinadi. Ushbu maqolada klaster hamkorlikning innovatsion pedagogik metodikalari va psixologik asoslari ta'lim tizimining rivojlanishidagi o’rnini mustahkamlashga xizmat qilishi ko’rsatilgan.

Durdona Achilova

144-146

2024-11-30

BO’LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARIDA DIVERGENT TAFAKKURINI SHAKLLANTIRISH

Ushbu maqolada o‘quvchilarning kreativ faoliyatlarining maqsadi, mazmuni va jarayonining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlashga muvaffaq bo‘ldik. Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonida o‘quvchilarning kreativ faoliyatlarini rivojlantirishning o‘ziga xos shakllari, usullari, vositalari aniqlandi. O‘quvchilarni kreativ faoliyat ko‘nikmalarini rivojlantiruvchi o‘quv vaziyatlariga olib kirish natijasida ularda o‘quv jarayoniga nisbatan ijobiy munosabat tajribasi shakllanishi ta’kidlab o’tilgan.

Nigora Adizova

147-149

2024-11-30

ЛИНГВИСТИЧЕСКАЯ КАРТИНА МИРА: ИЗУЧЕНИЕ ЕЕ ПОНЯТИЯ И ЗНАЧЕНИЯ В ЛИНГВАКУЛЬТУРОЛОГИИ

Язык формирует наше восприятие мира и влияет на культурные ценности. Антропоцентрическая парадигма в лингвистике привела к появлению концепции языковой картины мира, изучаемой в когнитивной лингвистике и лингвокультурологии. В данной статье исследуется его развитие, в том числе идеографические словари и лексико-семантические поля. Ученые относят его происхождение к В. Герцу или Л. Витгенштейну. Это связано со взглядами В. Гумбольдта на язык как динамическую систему с взаимосвязанными элементами и взаимными противоречиями. Теория Э. Сапира и Б. Л. Уорфа подчеркивает, как язык влияет на культурное поведение. В статье рассматриваются когнитивные процессы, лежащие в основе языковой картины мира, с упором на воображение и логическую обработку.

Sarvinoz Tuxtanazarova

150-152

2024-11-30

СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ ПРЕПОДАВАНИЯ РИТОРИКИ ДЛЯ СТУДЕНТОВ-ФИЛОЛОГОВ ЧЕРЕЗ АНАЛИЗ ТЕКСТА

В данном исследовании рассматривается интеграция текстового анализа в процесс преподавания риторики для студентов-филологов. Анализ текста представлен как многомерный инструмент, способствующий развитию критического мышления, навыков интерпретации и понимания риторических стратегий. Исследование выделяет ключевые методы, включая структурный, семантический, прагматический и сравнительный анализы, а также использование цифровых технологий и интерактивных групповых занятий. Эти подходы позволяют студентам не только овладеть риторическими приемами, но и развивать практические навыки создания и представления убедительных текстов. Исследование подчеркивает важность контекстуального и межкультурного понимания в анализе и создании эффективной риторики.

Диёра Ахмаджонова

153-157

2024-11-30