«Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar: Nazariya va amaliyot» is a national online conference with open access, where review abstracts related to various fields are published. The main goal is to offer an intellectual platform for national scientists, and it aims to promote interdisciplinary research. All manuscripts should be prepared in Uzbek, English or Russian.

Published: 2025-09-19

RAQAMLI IQTISODIYOT VA IT SOHASI O‘RNINING ORTISHI

Ushbu maqolada raqamli iqtisodiyot tushunchasi, uning zamonaviy taraqqiyotdagi ahamiyati hamda IT sohasining iqtisodiyotdagi o‘rni yoritib berilgan. Maqolada raqamli texnologiyalarning ta’lim, sog‘liqni saqlash, moliya, qishloq xo‘jaligi va sanoat sohalariga ta’siri batafsil tahlil qilingan. Shuningdek, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi asosidagi islohotlar, IT Park faoliyati hamda yoshlarning bu sohaga bo‘lgan qiziqishi tahlil qilingan. Jahon tajribasi misolida raqamli iqtisodiyotning afzalliklari va istiqbollari ko‘rsatib berilgan. Maqola yakunida mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha xulosalar va amaliy takliflar keltirilgan.

Nilufar Husinova

4-6

2025-09-22

PRAGMALINGVISTIK VA MADANIY INTERFERENSIYA (MASALAN: MUROJAAT SHAKLLARI, XUSHMUOMALALIK FORMASI)

Ushbu maqolada ingliz tilini o‘zlashtirish jarayonida yuzaga keladigan madaniy interferensiya muammolari yoritiladi. O‘zbek va rus tillaridagi murojaat shakllari, xushmuomalalik formulalari hamda turmush odatlaridagi tafovutlar ingliz tilida muloqot qilishda kommunikativ to‘siq sifatida namoyon bo‘lishi tahlil qilinadi. Turaeva (2024), Slabakova (2016), Rasulova (2022) hamda zamonaviy o‘zbek olimlari (Jabborov, Tursunova, Rahmonaliyeva) tadqiqotlari asosida madaniy interferensiyani kamaytirish yo‘llari ko‘rsatib o‘tiladi.

Mohinur Ernazarova

7-10

2025-09-22

SOG‘LIQNI SAQLASH SOHASINI ISLOH QILISH YO‘NALISHLARI

Ushbu maqolada sog‘liqni saqlash sohasini isloh qilish zaruriyati, mavjud xususiyatlari va uni amalga oshirish yo‘nalishlari yoritilgan.

Mag‘rurbek Boltayev

11-13

2025-09-22

KOMPETENSIYALARNI MOBILLASHTIRISH ASOSIDA PROGNOSTIK STRATEGIYALAR ISHLAB CHIQISH TEXNOLOGIYALARI

Ushbu maqolada ta’lim jarayonida kompetensiyalarni mobillashtirishga asoslangan holda prognostik (istiqboldagi vaziyatlarni oldindan aniqlashga qaratilgan) strategiyalarni ishlab chiqish texnologiyalari tahlil qilinadi. Zamonaviy ta’limda bilimlarni amaliy ko‘nikmalarga aylantirish va istiqbolli rejalashtirish qobiliyatini shakllantirish muhim vazifalardan hisoblanadi. Maqolada kompetentlik yondashuvi, prognostika metodlari, ta’lim texnologiyalari va ularning o‘zaro integratsiyasi ilmiy-uslubiy jihatdan asoslab beriladi.

Mohinur Parpiyeva

14-16

2025-09-22

MIF FREYM TUZILMASI SIFATIDA MIFNI O‘RGANISHNING LINGVISTIK ASPEKTLARI

Mazkur maqolada mif va freym nazariyalari o‘zaro qiyosiy tahlil qilinadi. M.Minskiyning freym tushunchasi va A.F. Losevning mifni umumlashtirish sifatidagi qarashlari asosida mifologik freym tushunchasi yoritiladi. Mifologik obrazlarning barqarorligi va ularning madaniy xotirada saqlanish xususiyatlari Potebnya nazariyasi bilan bog‘liq holda izohlanadi. Shuningdek, mif va freymning umumlashtiruvchi, model sifatidagi tabiati tilshunoslik nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi.

Umida Djalilova

17-19

2025-09-22

MAKATABGACHA TA’LIMDA OʻYIN ORQALI ELEMENTAR MATEMATIK KOʻNIKMALARNI SHAKLLANTIRISHDA PEDAGOGNING ROLI

Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish jarayonida pedagogning roli, uning kasbiy mahorati va o‘yin metodlaridan foydalanishning ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, o‘yin faoliyati orqali bolalarda matematik tafakkurni rivojlantirish yo‘llari ko‘rib chiqiladi.

Mashrabxon Xakimova

20-22

2025-09-22

KIBERJINOYATCHILIK TUSHUNCHASI

Ushbu ilmiy maqolada muallif tomonidan jinoyatchilik hodisasi sifatida bugungi kunda g‘oyatda urf bo‘lib borayotgan kiberjinoyatchilik masalasi o‘rganiladi, jumladan ushbu jinoyatchilik tushunchasi borasida yuridik fanda mavjud fikrlar, g‘oyalar, konsepsiyalar, ilmiy munozaralar atroflicha ko‘rib chiqiladi. Muallif ushbu ilmiy fikr va qarashlar, muhokamalarga asoslangan holda, milliy qonunchilikda hozirgi kunda kiberjinoyat tushunchasi mavjud emasligi, ayni chog‘da rivojlangan xorijiy mamlakatlar fan va amaliyotida, maxsus qonunlarida kiberjinoyat tushunchasiga oid huquqiy qoidalar shakllantirilganligi, shu bois ushbu o‘ziga xos tushunchani belgilashda jahon amaliyotida allaqachon shakllanib ulgurgan bir qator qoidalarni inobatga olish zarur degan xulosaga keladi.

Xolbek Nurmanov

23-27

2025-09-22

АНАЛИЗ ПРОИЗВОДСТВЕННОГО ПОТЕНЦИАЛА ПРЕДПРИЯТИЙ ЖЕЛЕЗНОДОРОЖНОГО ТРАНСПОРТА: СОСТАВ И КЛЮЧЕВЫЕ ЭЛЕМЕНТЫ

В статье рассмотрена структура производственного потенциала предприятий железнодорожного транспорта и его роль в обеспечении устойчивого развития отрасли. Определены ключевые элементы потенциала: ремонт локомотивов и вагонов, производство запасных частей, рельсовых и железобетонных изделий, модернизация агрегатов, а также производственные мощности и их коэффициент использования. Проведённый анализ показал наличие проблем, связанных с низким уровнем загрузки мощностей и отставанием технологической модернизации. Предложены меры по совершенствованию мониторинга, обновлению оборудования, диверсификации деятельности и развитию кадрового потенциала, направленные на повышение эффективности и конкурентоспособности отрасли.

Мехрангиз Худаярова

28-32

2025-09-22

FUQAROLIK HUQUQI. TADBIRKORLIK HUQUQI. OILA HUQUQI. XALQARO XUSUSIY HUQUQ

Bugungi globallashuv jarayonida xalqaro miqyosda huquqiy munosabatlarning tartibga solinishi va rivojlanishi alohida e'tibor talab qiladi. Ushbu maqolada aynan xalqaro xususiy huquq tushunchasi hamda uni tizimlashtirish, ya'ni birlashtirish borasida dunyo tajribasi o'rganilib, kamchiliklar va yutuqlari tahlil qilinadi. Shuningdek, bu borada olib borilayotgan ilmiy izlanishlar katta ahamiyatga ega ekanligi, individlar o'rtasida hududiy chegara bilmas munosabatlar vujudga kelishi, o'zgarishi va tugashini ham yaxlit huquqiy manba bilan tartibga solinishi ortiqcha vaqt va ziddiyatlarni oldini olishini inobatga olgan holda, xalqaro xususiy huquqni birlashtirishda muammolar yoritiladi. Bundan tashqari, maqolada muammolarni bartaraf qilish va bu jarayonni tartibga solish usullari bo'yicha takliflar haqida so 'z boradi.

Nusrat Bekchanov

33-36

2025-09-22

IMMUNITET. IMMUN TIZIMINING TUZILISHI VA FUNKSIYALARI

Immunitet — bu organizmni tashqi va ichki patogen omillardan himoya qiluvchi murakkab biologik tizimdir. Immun tizimi hujayralar, to‘qimalar va maxsus organlar majmuasidan tashkil topib, ularning uyg‘un faoliyati orqali organizmning genetik barqarorligi hamda salomatligi ta’minlanadi. Immunitetning asosiy vazifalari patogen mikroorganizmlarni aniqlash va neytrallash, o‘lik yoki shikastlangan hujayralarni yo‘qotish, shuningdek, organizmning o‘z to‘qimalariga nisbatan tolerantlikni saqlashdan iborat. Maqolada immun tizimining tuzilishi, hujayraviy va gumoral bo‘linmalari, tug‘ma va orttirilgan immunitetning xususiyatlari hamda ularning klinik ahamiyati ilmiy asosda keng yoritiladi.

Iroda Ziyodullayeva

37-41

2025-09-23

YASHIL IQTISODIYOT KONSEPSIYASI ASOSIDA O‘ZBEKISTON AGRAR SEKTORINI MODERNIZATSIYA QILISH VA BARQAROR RIVOJLANTIRISH YO‘LLARI

Ushbu tadqiqotda O‘zbekiston agrar sektorini rivojlantirish jarayonida “yashil iqtisodiyot” konsepsiyasining tamoyillarini joriy etishning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilinadi. Mamlakatda qishloq xo‘jaligi milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlaridan biri hisoblanib, uni modernizatsiya qilish, ekologik barqarorlikni ta’minlash hamda resurslardan oqilona foydalanish masalalari dolzarbdir. “Yashil iqtisodiyot” konsepsiyasi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida ekologik toza texnologiyalarni tatbiq etish, tabiiy resurslar samaradorligini oshirish, chiqindilarni kamaytirish va qayta ishlash jarayonlarini yo‘lga qo‘yishni nazarda tutadi. Shuningdek, Tadqiqotda suv va yer resurslaridan foydalanishda innovatsion yondashuvlar, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish, agrobiznes subyektlari uchun moliyaviy rag‘batlantirish mexanizmlarini takomillashtirish masalalari yoritiladi. O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan islohotlar, Prezident qarorlari va xalqaro tajriba asosida agrar sektorning barqaror rivojlanish istiqbollari ochib beriladi. Natijada, ekologik muvozanatni saqlash bilan birga iqtisodiy samaradorlikka erishish imkoniyatlari tahlil qilinadi.

Anasxon Yunusov

42-46

2025-09-23

SUN’IY INTELLEKT ASOSIDA TALABALARNING FALSAFIY DUNYOQARASHINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI

Mazkur maqolada oliy ta’lim jarayonida talabalarda falsafiy dunyoqarashni shakllantirish va rivojlantirishda sun’iy intellektdan foydalanishning asoslari tahlil qilinadi. Zamonaviy texnologiyalar, xususan sun’iy intellekt vositalari falsafiy bilimlarni chuqurlashtirish, talabalarda mustaqil va tanqidiy fikrlashni rivojlantirishda samarali vosita bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Shu bilan birga, maqolada ta’lim jarayonida sun’iy intellektni qo‘llashning afzalliklari, cheklovlari va metodologik muammolari yoritiladi. Muallif sun’iy intellekt asosidagi o‘quv jarayonlari orqali falsafa fanining o‘quvchilarga ta’siri hamda ta’lim samaradorligini oshirish imkoniyatlarini ko‘rsatib beradi.

Furqatbek Nodirbekov

47-50

2025-09-23

BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARDA ESTETIK DID VA MADANIY TAFAKKURNI SHAKLLANTIRISHDA MUZEY PEDAGOGIKASINING O‘RNI

Maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarda estetik did va madaniy tafakkurni shakllantirishda muzey pedagogikasining o‘rni yoritiladi. Estetik did shaxsning go‘zallikni anglash, qadrlash va yaratish qobiliyati bo‘lib, u pedagogning kasbiy madaniyati va tarbiyaviy faoliyatida muhim o‘rin tutadi. Madaniy tafakkur esa shaxsning milliy va umuminsoniy qadriyatlarga ongli munosabati, tarixiy merosni anglash va zamonaviy madaniy jarayonlarda faol ishtirok etish qobiliyatini ifodalaydi. Maqolada muzey resurslarining estetik va madaniy tarbiyada tutgan o‘rni, interfaol metodlar, raqamli muzey imkoniyatlari hamda xorijiy va milliy tajribalar tahlil qilinadi. Tadqiqot natijasida muzey pedagogikasini ta’lim jarayoniga joriy etish bo‘lajak o‘qituvchilarning umummadaniy kompetensiyasini rivojlantirishning muhim mexanizmi ekanligi asoslanadi.

Durdonaxon Murodova

51-53

2025-09-23

EKINLARNI JOYLASHTIRISHNI MAQBULLASHTIRISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNI TAHLIL QILISH

O'nlab yillar davomida qishloq xo'jaligining oziq-ovqat xavfsizligi dunyodagi eng muhim muammolardan biriga aylandi. Barqaror qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyalari oziq-ovqatga bo'lgan yuqori talablar tufayli yuzaga kelgan qashshoqlikni yumshatishda ishonchli bo'ldi. So'nggi paytlarda qishloq xo'jaligi-oziq-ovqat tizimi texnologiyalarini qo'llash tashqi kuchlar va ichki kuchlar tufayli dunyo miqyosini sezilarli darajada o'zgartirmoqda. Raqamli qishloq xo'jaligi (DA) barqaror oziq-ovqat ishlab chiqarishga o'sib borayotgan global talabni qondirishga yordam beradigan kashshof texnologiyadir. Sun'iy intellekt, avtomatlashtirish va robototexnika, sensorlar, narsalar interneti (IoT) va ma'lumotlar tahlili kabi DA texnologiyalarining turli kichik tarmoqlarini chiqindilarni kamaytirish, dehqonchilik uchun sarflanadigan mablag'larni optimallashtirish va hosildorlikni oshirish uchun qishloq xo'jaligi amaliyotiga integratsiya qilish. Bu zerikarli operatsiyalardan uzluksiz avtomatlashtirilgan jarayonlarga o'tishga yordam beradi, natijada mahsulot va jarayonlarning kuzatilishini ta'minlash orqali qishloq xo'jaligi ishlab chiqarish hajmini oshiradi. DA qo'llanilishi qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarga o'simliklarning sog'lig'i, tuproq sifati, ob-havo sharoiti, zararkunandalar va kasalliklar bosimi kabi ularning mahsuldorligiga ta'sir qiluvchi turli xususiyatlar bo'yicha aniq va real vaqt rejimida kuzatuvlar bilan ta'minlaydi.

Bobomurod Mahsudov , Asadbek Xudaynazarov

54-66

2025-09-23

MUHANDISLIK PSIXOLOGIYASINING RIVOJLANISHI VA AMALIY QO‘LLANILISHI

Mazkur maqolada muhandislik psixologiyasi sohasining shakllanishi, asosiy tushunchalari va zamonaviy texnologik tizimlarda qo‘llanilishi tahlil qilingan. Muallif inson va texnika o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirni optimallashtirish, xavfsizlikni oshirish va foydalanish qulayligini ta’minlashda psixologik yondashuvlarning o‘rni haqida fikr yuritadi. O‘zbekistondagi holatga alohida to‘xtalib, bu sohaning rivojlanishi uchun ta’lim va ishlab chiqarish tizimida qanday o‘zgarishlar zarurligi ko‘rsatib o‘tilgan.

Ziyodaxon Oqilova

67-69

2025-09-23

KOMMUNIKATIV KOMPETENSIYANING INGLIZ TILINI O’QITISHDAGI AHAMIYATI

Ushbu maqolada ingliz tili o‘qitishda kommunikativ kompetensiyaning mazmuni, roli va ahamiyati yoritilgan. Zamonaviy ta’lim jarayonida kommunikativ yondashuvning ustuvorligi, o‘quvchilarda erkin nutqiy faoliyatni rivojlantirishga qo‘shadigan hissasi ilmiy tahlil etilgan. Shuningdek, xorijiy va mahalliy tadqiqotlar asosida kommunikativ kompetensiyaning tarkibiy qismlari, uni shakllantirish metodlari hamda amaliy qo‘llanishi haqida ma’lumot beriladi.

Matluba Olimova

70-71

2025-09-24

ЎЗБЕКИСТОНДА ИЖТИМОИЙ ШЕРИКЛИК ИНСТИТУЦИОНАЛ МЕХАНИЗМЛАРИНИНГ ЭВОЛЮЦИЯСИ: НОРМАТИВ-ҲУҚУҚИЙ ҲУЖЖАТЛАР ТАҲЛИЛИ

Мақолада Ўзбекистонда ижтимоий шериклик институционал механизмларининг 2005-2023 йиллар оралиғидаги ривожланиш босқичлари таҳлил қилинади. Муаллиф давлат ва фуқаролик жамияти институтлари ўртасидаги ҳамкорликни тартибга солувчи асосий норматив-ҳуқуқий ҳужжатларни ўрганиб, уларнинг институционал механизмларга таъсирини баҳолайди. Тадқиқотда Президент қарор ва фармонлари, Вазирлар Маҳкамаси қарорлари асосида ижтимоий шериклик тизимининг ташкилий-институционал, молиявий, мониторинг ва ахборот-коммуникатив механизмларининг шаклланиши жараёни кўриб чиқилган. “Ўзбекистон-2030” стратегияси доирасида маҳалла институтининг ролини кучайтириш масалалари батафсил таҳлил этилади.

Шавкат Назаров

72-77

2025-09-24

ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИНИНГ ЯНГИ КОНСТИТУЦИЯСИДА ИЖТИМОИЙ ҲУҚУҚЛАР: ХАЛҚАРО СТАНДАРТЛАР ВА ПРОКУРАТУРА ОРГАНЛАРИНИНГ РОЛИ

Инсон ҳуқуқлари соҳасида амалга оширилаётган ислоҳотлар бугунги кунда мамлакатимизнинг энг устувор йўналишларидан бири бўлиб, янги таҳрирдаги Конституциянинг қабул қилиниши ва унда инсон ҳуқуқларининг кенгайтирилиши ушбу соҳанинг долзарблигини яна бир бор тасдиқламоқда. Мамлакатимиз раҳбарининг Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2023 йил учун Мурожаатномасида таъкидланганидек, “биз кўзлаётган мақсад – инсонни барча соҳаларда дастурий марказга қўйишдир, чунки инсон манфаатлари ҳамма нарсадан устундир”.

Собир Қурбонов

78-82

2025-09-24

COVID-19 PANDEMIYASI DAVRIDA YURAK-QON TOMIR TIZIMIGA TA’SIR VA UZOQ MUDDATLI OQIBATLAR

COVID-19 pandemiyasi virusning asosan nafas yo‘llariga ta’siri orqali tanilgan bo‘lsa-da, yurak-qon tomir tizimi ham virus va uni keltirib chiqaradigan immun–vaskulyar stresslar orqali sezilarli zarar ko‘rishi mumkin. Ushbu maqolada COVID-19 infektsiyasining yurak va qon tomirlarga bo‘lgan ta’siri, ya’ni miyokardiy ziyon, aritmiyalar, trombotik hodisalar va qon tomir disfunktsiyasi kabi holatlar, shuningdek, “uzoq COVID” davrida paydo bo‘ladigan yurak-qon tomir kasalliklari xavfi tahlil qilinadi. Tahlil natijalari asosida klinik monitoring va davolash bo‘yicha takliflar keltiriladi.

Fotima Xudayqulova

83-86

2025-09-24

ATEROSKLEROZ RIVOJLANISHIDA LIPID ALMASHINUVI BUZILISHLARINING O‘RNI

Ushbu tezisda ateroskleroz patogenezisida lipid almashinuvi buzilishlarining roli batafsil ko‘rib chiqiladi. Xususan, LDL va uning modifikatsiyalari, HDL va teskari xolesterol transporti, apolipoproteinlar, retensiya hamda makrofag lipid yutilishi kabi mexanizmlar tahlil qilinadi. Shuningdek, lipid metabolizmi va immunologik jarayonlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar, zamonaviy tadqiqotlar va istiqbolli terapiya yo‘nalishlari muhokama qilinadi. Natijada, lipid almashinuvining buzilishi ateroskleroz bosqichlarida markaziy omil ekanligi tasdiqlanadi va kelgusidagi izlanishlar yo‘nalishlari taklif qilinadi.

Fotima Xudayqulova

87-90

2025-09-24

THE DEVELOPMENT OF HUMAN THINKING THROUGH THE GNOSEOLOGICAL FOUNDATIONS OF THE PHILOSOPHY OF EDUCATION

This thesis analyzes the gnoseological (theory-of-knowledge) foundations of the philosophy of education in the development of human thinking. Gnoseology, as a discipline that studies the sources, forms, and process of attaining truth, provides the theoretical basis for education. The text highlights the integration of gnoseological approaches with modern pedagogical technologies, methods of developing critical thinking, the impact of epistemic cognition and epistemic emotions on scientific inquiry, as well as the role of Uzbekistan’s ethnodidactic heritage and the philosophical views of Eastern thinkers. Enriched with international research, the work brings together the theoretical and practical aspects of educational philosophy and offers recommendations for fostering deeper and broader thinking in the younger generation.

Karimov Zafarbek Ataboyevich

91-92

2025-09-24

TURLI SUG‘ORISH USULLARI VA AYRIM ELEMENTLARINI QO‘LLASHNING TUPROQ G‘OVOKLIGIGA TA’SIRI

Maqolada Surxondaryo viloyatining O‘rtacha sho‘rlangan o‘tloqlashib borayotgan taqirsimon tuproqlar sharoitida, turli sug‘orish usullari va qator oralarini turli xil mulchalash natijasida mavsum davomida tuproqning g‘ovokligi, agregat holati o‘zgarishi va fizik holati to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan.

Zokir Bo‘riyev

93-96

2025-09-25

ANDIJON QOʻZGʻOLONI ARAFASIDA FARGʻONA VODIYSIDAGI IJTIMOIY-IQTISODIY INQIROZ

Ushbu tezisda 1898 yilgi Andijon qoʻzgʻoloni arafasida Fargʻona vodiysida shakllangan ijtimoiy-iqtisodiy inqirozning tarkibiy omillari tahlil qilinadi. Rossiya imperiyasi mustamlakachilik siyosati natijasida vadiyning xoʻjalik tuzilmasida yuz bergan biryoqlama paxtachilikka oʻtish, yer-suv munosabatlarining oʻzgarishi, demografik bosim, epidemiyalar va narx-navoning keskin tebranishi mahalliy aholining daromadlari, ijtimoiy adolat tasavvurlari hamda diniy-ma’naviy muhitiga qanday ta’sir etgani yoritiladi. Tadqiqot tarixiy-strukturaviy tahlil, komparativ yondashuv va davr matbuoti hamda ma’muriy hisobotlar bo‘yicha ikkilamchi manbalarni sharhlashga tayanadi. Natijalar shuni koʻrsatadiki, iqtisodiy tanglik siyosiy-ma’muriy kamsitishlar va madaniy-diniy cheklovlar bilan qoʻshilib, norozilik kayfiyatini kuchaytirgan, sufiy tarmoqlar va mahalliy yetakchilarning safarbarlik salohiyatini oshirgan. Xulosa sifatida, qoʻzgʻolon nafaqat diniy kayfiyat yoki “tashqi qoʻzgʻatuvchi”lar bilan, balki vadiy ijtimoiy-iqtisodiy tizimida jamlangan strukturaviy muvozanatsizliklar bilan ham izohlanadi.

Yulduz Azimova

97-99

2025-09-25

MINTAQADA PAXTA-TO‘QIMACHILIK KLASTERLARINING IQTISODIY RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI

Ushbu maqolada mintaqada paxta-to‘qimachilik klasterlarining iqtisodiy rivojlanish zaruriyati, mavjud imkoniyatlari va ularni amalga oshirish xususiyatlari yoritilgan.

Temur Ismailov

100-102

2025-09-25

KORDISEPS QO‘ZIQORININING TURLARI, BIOLOGIK VA FARMATSEVTIK AHAMIYATI

Kordiseps (Cordyceps) ascomycota bo‘limiga mansub, hasharotlar tanasida parazitlik qiluvchi qo‘ziqorinlar genridir. Zamonaviy molekulyar tadqiqotlar natijasida bu genrida 260 dan ortiq tur aniqlangan. Eng mashhur turlari – Ophiocordyceps sinensis (avvalgi Cordyceps sinensis), Cordyceps militaris, Cordyceps chanhua bo‘lib, ularning bioaktiv moddalar tarkibi farmatsevtika, biotexnologiya va an’anaviy tibbiyotda keng qo‘llanadi. Ushbu maqolada kordisepsning tasnifi, hayot sikli, asosiy bioaktiv birikmalari va amaliy ahamiyati haqida ilmiy manbalarga asoslangan ma’lumotlar beriladi.

Sarvinoz Abdusamiyeva

103-104

2025-09-26

XORIJ PSIXOLOGIK MAKTABLARIDA AYBDORLIK HISSINING TASNIFI

Mazkur maqolada ishlovchi ayollarda namoyon bo’ladigan aybdorlik hissining mazmuni, xorij psixolog olimlarining psixologik nazariyalari, ilmiy qarashlari hamda shaxs hayotida aybdorlik hissining ahamiyatli jihatlari keng yoritilgan. Shuningdek, ishlovchi ayollarda aybdorlik hissining yuzaga kelishiga ta’sir etuvchi ijtimoiy-psixologik omillarni aniqlash bo’yicha o’tkazilgan ilmiy tadqiqot ishining tahlillari keltirilgan.

Saida Sultanova

105-107

2025-09-26

DAVLAT VA HUQUQ NAZARIYASI VA TARIXI. HUQUQIY TAʼLIMOTLAR TARIXI

"Davlat va huquq nazariyasi va tarixi" fani davlat va huquqning paydo boʻlishi, rivojlanishi hamda turli davrlar va xalqlarda shakllangan huquqiy fikrlar, nazariyalar va taʼlimotlar haqida oʻrganadi. Bu fanlar huquqiy dunyoqarashni shakllantirish, jamiyatdagi huquqiy jarayonlarni tushunish va huquqiy davlatning mohiyatini anglash uchun muhimdir. Mazkur tezisda davlat va huquq nazariyasi fanining mohiyati va yuridik fanlardagi oʻrni haqida soʻz boradi

Bobur Salayev

108-110

2025-09-26

“ANIQ FANLARDA AYOL OLIMALARNING ILMIY IZLANISHLARI VA YUTUQLARI (BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI TAJRIBASI)”

Mazkur maqolada O‘zbekiston mustaqilligi yillarida aniq fanlar – matematika, fizika va axborot texnologiyalari rivojida ayol olimalarning o‘rni va ilmiy hissasi yoritilgan. Unda differensial tenglamalar, matematik fizika, dasturlash metodikasi va axborot tizimlari sohalarida faoliyat yuritayotgan olimalarning ilmiy izlanishlari tahlil qilingan. Maqolada ayol olimalarning mustaqillik yillarida amalga oshirgan ilmiy ishlari mamlakatimizda fan taraqqiyoti va ta’lim sifatining oshishiga qo‘shgan hissasi sifatida baholangan.

Yulduz Teshayeva

111-113

2025-09-29

KЛИНИЧЕСКАЯ ХАРАКТЕРИСТИКА БОЛЬНЫХ С ГНОЙНО-ДЕСТРУКТИВНЫМИ ЗАБОЛЕВАНИЯМИ ОРГАНОВ МОШОНКИ И ОПТИМИЗАЦИЯ МЕТОДОВ ЛЕЧЕНИЯ

Цель исследования улучшить результаты лечения больных доброкачественной гиперплазией простаты с использованием эмболизации артерий простаты и оценить состояние иммунной системы в послеоперационном периоде.

Фаррух Рахимов , Зафар Рашидов

114-115

2025-09-29

PSIXOLOGIK IQLIMNING AHAMIYATI

Mazkur tezisda jamoa va ta’lim muassasalarida psixologik iqlimning ahamiyati, uning inson faoliyati samaradorligiga ta’siri hamda sog’lom iqlimni shakllantirish omillari yoritilgan.

Mavludaxon G’ofurova , Abduqunduz Xalimjonov

116-117

2025-09-29

D VITAMININING BOLALAR SOG’LIGIDAGI O’RNI

Ushbu maqola D vitaminining bolalar sog’lig'idagi ahamiyatini ko'rsatadi. D vitamini suyaklarning rivojlanishi va immun tizimining sog’lom ishlashi uchun zarur bo‘lib, uning yetarli darajasi bolalarda rahit va infeksiyalarga qarshi himoya mexanizmlarini mustahkamlaydi. Maqolada D vitaminining tabiiy manbalari, bolalar uchun tavsiya etilgan dozalar va uning yetishmovchiligining salbiy oqibatlari haqida ma'lumotlar berilgan. Ota-onalarga bolalarning oziqlanishini nazorat qilish va zarur vitamin qo'shimchalarini iste'mol qilishni tavsiya etadi. Ularning sog’lig’i va rivojlanishi uchun D vitaminining o‘rni kattalik darajada ta'kidlangan

Sevinch Yusupova, Mohichehra Bahodirova

118-119

2025-09-29

ERNEST XEMINGUEYNING “THE SUN ALSO RISES “ROMANI TARJIMALARIDA EKSPRESSIVLIKNING SAQLANISHI VA YO‘QOLISHI

Mazkur maqolada Ernest Xemingueyning “The Sun Also Rises” romani o‘zbek va rus tillariga tarjimalarida ekspressivlikning saqlanishi va yo‘qolishi masalalari tahlil qilinadi. Asarda muallifning qisqa, ammo kuchli ifoda vositalari, dialoglar va ichki monologlar orqali yaratilgan obrazlar tarjimada qanday aks etishi o‘rganiladi. Shuningdek, tarjima jarayonida leksik-semantik o‘zgarishlar, stilistik neytrallashuv va milliy-madaniy tafovutlar sababli ekspressivlikning yo‘qolishi mumkinligi ko‘rsatib beriladi. Tadqiqot natijalarida ekspressivlikni to‘liq yetkazish uchun tarjimonning uslubiy sezgirligi, kontekstual tafakkuri va ekvivalent vositalarni tanlashdagi mahorati hal qiluvchi omil ekani ta’kidlanadi.

Ibrokhim Inoyatulloev

120-122

2025-09-29

КЛИНИЧЕСКИЕ ПРИЗНАКИ ЗАБОЛЕВАНИЙ ТКАНЕЙ ПАРОДОНТА У ДЕТЕЙ С АДЕНОВИРУСНОЙ ИНФЕКЦИЕЙ

Клинический диагноз заболеваний пародонта в значительной степени зависит от признаков, таких как потеря эпителиального прикрепления зуба, глубина зондирования кармана, кровоточивость при зондировании, индекс зубного налета, подвижность зуба, поражение фуркаций и рентгенологическая оценка костных структур. Однако, эти показатели не отображают текущее состояние болезни и не дают информацию об активности или риске развития заболевания.

Ирода Турсунбоева , Зиёда Мухаматжонова

123-128

2025-09-29

СПЕЦИФИКА ЛЕЧЕНИЯ ПАРАДОНТИТА, ВОЗНИКАЮЩЕГО ПРИ ХРОНИЧЕСКОМ ИСПОЛЬЗОВАНИИ ПРОТЕЗА

В данной статье в качестве результатов исследования приводится цитоморфологическая эффективность, которая привела цитоморфологические показатели к норме, что обеспечило устранение цитопатологических признаков, в дополнение к антибактериальному, детоксикационному, регенераторному и противовоспалительному эффектам под влиянием улучшенного комплексного лечения у пациентов с постпротезным развивающимся острым периодонтитом.

Уткирбек Айтбаев

129-132

2025-09-29

ZAMONAVIY OZIQLANTIRISH NATIJASIDA YOSH QORAKO‘L QO‘ZILAR MAHSULDORLIGINING SAMARADORLIGI

Ushbu maqolada zamonaviy oziqlantirish hisobidan yosh qorako‘l qo‘zilar mahsuldorligining iqtisodiy samaradorlik tahlil ko‘rsatkichlarining yakuniy natijalari keltirilgan.

Dilmurod Shonazarov

133-137

2025-09-29

MIJOZLARGA YO‘NALTIRILGAN MARKETING VA CRMNING BANK SOHASIDAGI AHAMIYATI

Ushbu maqola bank tizimida keng qo‘llanilayotgan mijozlarga yo‘naltirilgan marketing strategiyalarini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Kuchli raqobat sharoitida banklar uchun eng muhim vazifalardan biri mavjud mijozlarning sodiqligini ta’minlashdir. Hozirgi davrda moliya institutlari mijozlarga yo‘naltirilgan marketingning ahamiyatini tobora chuqurroq anglab, uni faol amaliyotga joriy etmoqda. M34azkur yondashuv nafaqat banklar, balki xizmat ko‘rsatish va ishlab chiqarish sohalarida ham samarali natijalar berishi mumkin. Mijozlarga yo‘naltirilgan marketing strategiyalari banklarga uzoq muddatli, o‘zaro manfaatli va barqaror aloqalarni shakllantirish imkonini yaratadi. Bunday uzoq muddatli munosabatlar esa banklarning operatsion xarajatlarini kamaytirish, shuningdek, yangi mijozlarni jalb etish jarayonida muhim omil sifatida xizmat qiladi.

Omina Sharipova

138-144

2025-09-29

ЗНАЧЕНИЕ КОМПЬЮТЕРНЫХ ТЕХНОЛОГИЙ ДЛЯ ПОВЫШЕНИЯ ПРЕДСКАЗУЕМОСТИ РЕЗУЛЬТАТА ДЕНТАЛЬНОЙ ИМПЛАНТАЦИИ (ОБЗОР ЛИТЕРАТУРЫ)

Одним из ключевых направлений современной дентальной имплантологии является повышение предсказуемости исходов лечения. Важным инструментом для достижения этой цели стали компьютерные технологии, включающие трёхмерное цифровое планирование, статические навигационные хирургические шаблоны и динамические навигационные системы. В статье рассмотрены основные принципы виртуального планирования имплантации на основе данных конусно-лучевой компьютерной томографии и интраорального сканирования, реализация протезно-ориентированного подхода по принципу «от коронки вниз», а также методы переноса виртуального плана в клиническую практику. Особое внимание уделено сравнительной характеристике статических шаблонов и динамических систем навигации, их точности, клиническим преимуществам и ограничениям. Показано, что применение навигационных технологий позволяет достичь минимальных отклонений фактического положения имплантата от запланированного, снизить частоту хирургических осложнений, повысить функциональный и эстетический прогноз лечения. Подчёркнуто, что цифровые методы делают результаты менее зависимыми от опыта хирурга и обеспечивают более высокий уровень безопасности и воспроизводимости в сложных клинических случаях.

Хилола Отажонова , Авзал Акбаров

145-152

2025-09-29

ҚАНДЛИ ДИАБЕТ 1- ТУР КАСАЛЛИГИ БЎЛГАН БЕМОР АЁЛЛАРДА РЕПРОДУКТИВ ТИЗИМДА РИВОЖЛАНАДИГАН АСОРАТЛАРИНИ ЎРГАНИШ

Туғиш ёшидаги аёлларда ҚД 1- тур касаллиги  репродуктив тизим касалликларини ривожланишида асосий хавф омилларидан бири эканлиги қатор адабиётларда кўрсатилган[1]. Кўпчилик муаллифлар фикрига кўра ҚД 1-тури бепуштликни, олигоменореяни, чала хомила туғилишини, хайз циклини бузилишига олиб келади[2].  Бизнинг худудимизда йод танқислиги қатор илмий ишларда тасдиқланган бўлиб бу танқислик қандли диабет 1-тур касаллиги бўлган аёл беморларда ўзига хосликларига эга бўлиши мумкун[3].  

А.И. Абдуманнонов

153-154

2025-09-29

TADQIQOT DAVOMIDA TANLAB OLINGAN BOSH PIYOZ NAMUNALARINING KOMPLEKS BELGILARI BO‘YICHA TAHLILI

Ushbu maqolada bosh piyozning Jahon genofondi kolleksiyasidan foydalangan holda mahalliy piyoz navi ko‘rsatkichlariga nisbatan kompleks belgilari bo‘yicha taqqoslab o‘rganishlar natijasida olingan ma‘lumotlar keltirilgan.

Boburbek Gʻulomov

155-157

2025-09-30

OʻZBEKISTONDA SOGʻLIQNI SAQLASHNI MOLIYALASHTIRISHDA DAVLAT TIBBIY SUGʻURTASI SAMARADORLIGINI OSHIRISH VA KAMCHILIKLARNI BARTARAF ETISH

Mazkur tesizda Oʻzbekistonda sogʻliqni saqlashni moliyalashtirishda davlat tibbiy sugʻurtasining oʻrni va samaradorligini oshirish yoʻllarini koʻrib chiqadi. Asosiy eʼtibor tizimning mavjud muammolariga hamda ularni bartaraf etish mexanizmlariga qaratiladi. Tahlilda kafolatlangan xizmatlar paketi, moliyaviy barqarorlik, xizmatlar sifati, raqamlashtirish va nazorat mexanizmlari yoritiladi. Shuningdek, xalqaro tajriba asosida DTS samaradorligini taʼminlash uchun tavsiyalar beriladi.

Shaxobiddin Parmanov

158-162

2025-09-30