«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya: Nazariy va amaliy izlanishlar» - это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, английском или русском языках.
Опубликован: 2026-01-22
Статьи
TA’LIM MOTIVATSIYASI: NAZARIY TUSHUNCHASI VA RIVOJLANISH QONUNIYATLARI
Ta’lim motivatsiyasining nazariy tushunchasi, turlari va rivojlanish qonuniyatlari tahlil qilinadi. Ta’lim motivatsiyasi — talabaning o‘quv faoliyatida faol ishtirok etish va bilim olishga bo‘lgan ichki psixologik intilishi sifatida tushuniladi. Ishda ichki va tashqi motivatsiya turlari, ularning o‘quv jarayonidagi roli, shuningdek, yosh, psixologik xususiyatlar va ijtimoiy muhit ta’siri o‘rganilgan.Maslowning ehtiyojlar nazariyasi, kognitiv yondashuv va pedagogik motivatsiya nazariyalari bilan bog‘langan. Tadqiqot natijalari ta’lim motivatsiyasini shakllantirish va rivojlantirishning samarali yo‘llarini aniqlashda amaliy ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatadi.
2026-01-21
PSIXOLOGIYA MAKTABLARINING NAZARIY TAHLILI
Mazkur maqolada psixologiya fanida shakllangan asosiy maktablarning nazariy asoslari, metodologik yondashuvlari hamda ularning inson psixikasini talqin etishdagi konseptual farqlari ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Xususan, bixeviorizm, psixoanaliz, gestalt psixologiyasi, gumanistik psixologiya va kognitiv yondashuv kabi yetakchi nazariy oqimlarning paydo bo‘lish shart-sharoitlari, rivojlanish bosqichlari va fan taraqqiyotidagi o‘rni izchil yoritiladi. Maqolada har bir maktabning inson xulqi va ongini tushuntirishdagi asosiy tushunchalari, ilmiy metodlari hamda amaliy psixologiyaga qo‘shgan hissasi solishtirma tahlil asosida ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, psixologiya maktablari o‘rtasidagi nazariy ziddiyatlar va ularning zamonaviy integrativ yondashuvlar bilan uyg‘unlashuvi masalasiga alohida e’tibor qaratiladi. Tadqiqot natijalari psixologiya fanining nazariy asoslarini chuqurroq anglash, turli ilmiy qarashlarni tizimli ravishda baholash va zamonaviy psixologik tadqiqotlar uchun metodologik poydevor yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqola psixologiya sohasida tahsil olayotgan talaba va tadqiqotchilar, shuningdek, ilmiy-nazariy izlanishlar bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar uchun mo‘ljallangan.
2026-01-22
BOSHLANG‘ICH SINF OʻQUVCHILARINING NUTQINI OʻSTIRISHDA ONA TILI FANINING ROLI
Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining og‘zaki va yozma nutqini rivojlantirishda ona tili fanining tutgan o‘rni ilmiy-nazariy hamda amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Ona tili darslari orqali o‘quvchilarda to‘g‘ri talaffuz, boy lug‘at zaxirasi, grammatik jihatdan to‘g‘ri va mantiqan izchil nutqni shakllantirish imkoniyatlari yoritib beriladi. Shuningdek, nutq o‘stirish jarayonida qo‘llaniladigan mashq turlari, interfaol metodlar va lingvodidaktik yondashuvlarning samaradorligi asoslab beriladi. Maqolada boshlang‘ich ta’lim bosqichida ona tili fanining o‘quvchilarning fikrlash qobiliyati, kommunikativ kompetensiyasi va nutq madaniyatini rivojlantirishdagi muhim pedagogik omil ekanligi xulosalanadi.
2026-01-23
OLIY TA’LIM TASHKILOTIDA TA’LIM SIFATI VA SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING AHAMIYATI
Ushbu maqolada oliy ta’lim muassasalarining asosiy vazifalari, ta’limning samaradorligini nafaqat o‘quv dasturlarining dolzarbligiga va innovatsion yondashuvlarga, balki o‘qituvchilarning malakasi, o‘quv jarayonining tashkil etilishi va ilmiy tadqiqotlar bilan bog‘liqligi bayon qilingan. Bugungi kunda, oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirishga doir ko‘plab zamonaviy usullar, ta’lim sifati va samaradorligini ahamiyati, oshirish yo‘nalishlari tahlil qilinadi.
2026-01-23
AVTOMOBILLARDA YENGIL MATERIALLAR VA KONSTRUKTSIYA INNOVATSIYALARI
Ushbu maqolada avtomobilsozlikda yengil materiallar va ularning konstruktsiyalarga tatbiqi orqali transport vositalarining og‘irligini kamaytirish, yoqilg‘i samaradorligini oshirish va ekologik izni qisqartirish bo‘yicha zamonaviy innovatsiyalar tahlil qilinadi. Yengil materiallardan foydalanish orqali umumiy massaning kamayishi yoqilg‘i sarfini kamaytirish va elektr transport vositalarida batareya massasi ta’sirini kamaytirishga yordam berishi o’rganiladi. Shuningdek, ushbu maqola professional ta’lim muassalari maxsus fan o’qituvchilari, ishlab chiqarish ta’lim ustalari hamda talaba-o’quvchilar uchun manfaatli bo’lib xizmat qiladi.
2026-01-23
VARIATIV TAʼLIM MUHITINING OʻQUVCHI TAFAKKURIGA TAʼSIRI
Mazkur maqolada variativ ta’lim muhitining o‘quvchilarning tafakkurini rivojlantirishdagi o‘rni va ahamiyati nazariy hamda amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda variativ ta’lim tushunchasining pedagogik mohiyati ochib berilib, uning o‘quvchilarda mustaqil, tanqidiy va ijodiy fikrlashni shakllantirishga ta’siri ilmiy asosda yoritiladi. Ta’lim jarayonida individual yondashuv, o‘quv faoliyatini differensial tashkil etish, muqobil metod va vositalardan foydalanish orqali o‘quvchilarning bilish faolligi va tafakkur jarayonlari faollashishi asoslab beriladi. Shuningdek, interfaol metodlar, loyiha asosida o‘qitish va muammoli vaziyatlarga asoslangan topshiriqlarning variativ ta’lim muhiti doirasida qo‘llanilishi o‘quvchilarning tahlil qilish, umumlashtirish va yangicha yechim topish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilishi ko‘rsatib o‘tiladi. Tadqiqot natijalari variativ ta’lim muhiti o‘quvchi tafakkurini rivojlantirish, ta’lim samaradorligini oshirish va shaxsga yo‘naltirilgan ta’limni amalga oshirishning muhim omili ekanini tasdiqlaydi.
2026-01-23
HOZIRGI KUNDA O‘SMIRLARDA BO‘LAYOTGAN DOLZARB MUAMMOLAR
Ushbu ishda hozirgi kunda o‘smirlarda uchrayotgan dolzarb psixologik, ijtimoiy va pedagogik muammolar tahlil qilinadi. O‘smirlik davrining o‘ziga xos xususiyatlari, shaxs shakllanishida biologik va ijtimoiy omillarning o‘rni yoritiladi. Internet va ijtimoiy tarmoqlarning ta’siri, oilaviy muhit, ta’lim jarayonidagi bosimlar hamda tengdoshlar bilan munosabatlarning o‘smirlar ruhiy holatiga ta’siri ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, stress, depressiya, agressivlik va ijtimoiy moslashuv muammolarining kelib chiqish sabablari hamda ularni bartaraf etish yo‘llari asoslab beriladi.
2026-01-26
EKSPERIMENTAL PSIXOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI
Ushbu maqolada eksperimental psixologiyaning zamonaviy rivojlanish jarayonida yuzaga kelayotgan dolzarb muammolar ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda psixologik eksperimentlarning metodologik asoslari, natijalarning ishonchliligi va validligi, individual-psixologik xususiyatlarning hisobga olinishi hamda axloqiy muammolar masalasi yoritib beriladi. Shuningdek, eksperimental tadqiqotlarda uchraydigan muammolarga amaliy misollar keltirilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqiladi. Maqola natijalari psixologik tadqiqotlar sifatini oshirish va eksperimental psixologiyani rivojlantirishga xizmat qiladi.
2026-01-26
SHAXS PSIXOLOGIK HOLATLARINI O‘RGANISH
Ushbu maqolada shaxs psixologik holatlarining shakllanishi, rivojlanishi va namoyon bo‘lish xususiyatlari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida shaxs individualligi, temperament, xarakter, hissiy holatlar hamda ijtimoiy muhitning shaxs psixologik holatlariga ta’siri yoritib beriladi. Shuningdek, jahon psixologiya fanida shaxs rivojlanishiga oid mavjud nazariy yondashuvlar tahlil qilinib, ularning amaliy ahamiyati asoslab beriladi. Maqolada shaxs psixologik holatlarini o‘rganishda kompleks yondashuvning zarurligi ta’kidlanadi hamda amaliy mashg‘ulotlar misolida shaxsiy rivojlanish jarayonining samaradorligi ko‘rsatib beriladi. Tadqiqot natijalari ta’lim va tarbiya jarayonida shaxs bilan ishlash samaradorligini oshirishga xizmat qilishi mumkin.
2026-01-26
STRESS VA UNGA QARSHI KURASHISH MEXANIZMLARI
Mazkur maqolada stress tushunchasi, uning shaxs psixikasiga ta’siri hamda stressga qarshi kurashish mexanizmlarining psixologik jihatlari tahlil etiladi. Tadqiqot ta’lim jarayoni va shaxs emotsional holatlari kontekstida olib borilgan bo‘lib, stressni yengishda psixokorreksiya va psixologik treninglarning ahamiyati asoslab beriladi. Nazariy tahlil va umumlashtirish metodlari asosida stressni boshqarish mexanizmlarining samaradorligi ochib beriladi.
2026-01-26
OMMAVIY MADANIYATNING YOSHLAR ONGIGA TA`SIRI
Ushbu maqolada ommaviy madaniyat tushunchasi, uning vujudga kelishi, asosiy xususiyatlari hamda jamiyat hayotiga ijobiy va salbiy ta’siri yoritilgan. Shuningdek, ommaviy madaniyatning yoshlar ongiga ta’siri, milliy qadriyatlar bilan o‘zaro munosabati va unga nisbatan ongli yondashuv masalalari tahlil qilinadi. Maqola ta’lim-tarbiya jarayonida ommaviy madaniyatga tanqidiy qarashni shakllantirish zarurligini asoslab beradi.
2026-01-26
SUN’IY INTELLEKTNI YOSHLAR ONGIGA TASIRI
Mazkur maqolada bugungi kunda jadal rivojlanib borayotgan raqamli texnologiyalar, xususan sun’iy intellektning inson hayotidagi o‘rni, uning imkoniyatlari va yuzaga kelayotgan muammolari tahlil qilinadi. Asosan yoshlar orasida gadjetlar va internetdan haddan tashqari foydalanish natijasida fikrlash faolligining pasayishi, bilimlarni tayyor holatda qabul qilishga moyillik kuchayib borayotgani yoritilgan. Ta’lim sohasida sun’iy intellektdan foydalanishning ijobiy va salbiy jihatlari, xorijiy tajribalar asosida muhokama qilinadi. Shuningdek, sun’iy intellektning inson intellekti bilan raqobati, mehnat bozoriga ta’siri va kelajakda kadrlar tayyorlash masalasidagi o‘rni tahlil etiladi. Maqolada texnologiya va inson intellekti o‘rtasidagi muvozanatni saqlash, yosh avlodni ongli va maqsadli foydalanishga yo‘naltirish muhimligi ta’kidlanadi.
2026-01-26
“TEMPERAMENT TIPLARINI BAHOLASHDA D. KEYRS SO'ROVNOMASINING AFVZALLIKLARI.”
Mazkur maqolada shaxs temperamentini baholashda keng qo‘llanilayotgan D. Keyrs (David Keirsey) so‘rovnomasining nazariy-metodologik asoslari, psixodiagnostik imkoniyatlari va amaliy afzalliklari tahlil qilinadi. Tadqiqotning dolzarbligi temperament tiplarini aniqlashda ishonchli, valid va zamonaviy diagnostik vositalarga bo‘lgan ehtiyoj bilan belgilanadi. Maqolada D. Keyrs so‘rovnomasining klassik temperament nazariyalari (Gippokrat–Galen, I.P. Pavlov, G. Ayzenk) bilan bog‘liqligi ochib beriladi hamda uning shaxs tipologiyasini aniqlashdagi o‘ziga xos jihatlari yoritiladi. Tadqiqot davomida nazariy tahlil, taqqoslash, umumlashtirish va psixodiagnostik metodlardan foydalanildi. Natijalar D. Keyrs so‘rovnomasining temperament tiplarini aniqlashda qulayligi, tushunarliligi, amaliy yo‘naltirilganligi va ta’lim jarayonida qo‘llashga mosligi bilan ajralib turishini ko‘rsatdi. Maqolada so‘rovnomaning universitet talabalari bilan ishlashdagi samaradorligi alohida ta’kidlanadi. Tadqiqot xulosalari psixologik diagnostika, ta’lim psixologiyasi va shaxs psixologiyasi sohalarida amaliy ahamiyatga ega.
2026-01-26
MAKTAB BITIRUVCHILARINI KASBGA TO‘G‘RI YO‘NALTIRISHDA METODIKALARNI QO‘LLASH VA SAMARALI YO‘NALISHLARNI TAKLIF ETISH
Mazkur maqolada maktab bitiruvchilarini kasbga to‘g‘ri yo‘naltirish, individual qobiliyatlarini, qiziqishlarini aniqlagan holda, psixologik metodlardan foydalanish yoritilgan. Kasb tanlash jarayoniga ta’sir etuvchi omillar, kasbiy yo‘naltirishda bir nechta muqobil yo‘nalishlar berishning ahamiyati tahlil qilindi. Metodikalar asosida olib borilgan kasbga yo‘naltirish bitiruvchilarning ongli ravishda, boshqalarning qistovisiz yoki shunchaki majburlikdan emas o‘zi qiziqqan, qobiliyati bor kasblarni tanlashi kelajakda kasbiy moslashuviga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi haqida batafsil yoritildi.
2026-01-26
O‘SMIRLARDA VIRTUAL QARAMLIKNI OLDINI OLISH
Mazkur maqolada zamonaviy texnologiyalar, xususan internet, ijtimoiy tarmoqlar va virtual olamning o‘smirlar hayotidagi o‘rni, ularning ijobiy imkoniyatlari bilan bir qatorda, salbiy oqibatlari chuqur tahlil qilinadi. Tadqiqotda internet va kompyuter o‘yinlariga qaramlikning shakllanish sabablari, bosqichlari hamda o‘smirlar ruhiyati, xulq-atvori va ijtimoiy moslashuviga ko‘rsatadigan ta’siri yoritib berilgan. Xorijiy tajribalar misolida AQSh, Finlandiya va Xitoyda internetga qaramlikning kasallik sifatida tan olinishi va unga qarshi ko‘rilayotgan chora-tadbirlar tahlil qilinadi. Shuningdek, maqolada ota-onalar, pedagoglar va yaqin ijtimoiy muhitning o‘smirlarni virtual qaramlikdan himoya qilishdagi mas’uliyati alohida ta’kidlanadi. Ijtimoiy tarmoqlardagi axborot oqimining inson ruhiyatiga salbiy ta’siri, doimiy yangiliklar iste’molining tushkunlik va xavotir holatlarini kuchaytirishi mutaxassislar fikrlari asosida asoslab beriladi. Kompyuter o‘yinlariga qaramlikning psixologik va patofiziologik mexanizmlari, uning shaxs yemirilishiga olib keluvchi oqibatlari ilmiy nuqtayi nazardan yoritiladi. Maqola yakunida o‘smirlarni virtual olam zararlaridan himoya qilishda ota-ona nazorati, xavfsizlik sozlamalari, sog‘lom muloqot, sport va ijodiy faoliyatni rag‘batlantirish muhim profilaktik omillar sifatida ko‘rsatib o‘tiladi. Ushbu ish o‘smirlar, ota-onalar va pedagoglar uchun amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, virtual qaramlikning oldini olish bo‘yicha tavsiyalar beradi.
2026-01-26
OʻZBEKISTON YOSHLARI ORASIDA RAQAMLI QARAMLIKNING PSIXOLOGIK OQIBATLARI
Mazkur maqolada Oʻzbekiston yoshlari orasida raqamli qaramlik (smartfon, ijtimoiy tarmoqlar va onlayn oʻyinlarga haddan tashqari bogʻlanish) ning psixologik oqibatlari nazariy jihatdan tahlil etiladi. Raqamli qaramlikning depressiya, tashvish, uyqu buzilishi, ijtimoiy izolyatsiya va akademik muvaffaqiyatsizlikka taʼsiri oʻrganiladi. Tadqiqot xalqaro empirik maʼlumotlar va Oʻzbekiston sharoitidagi statistik koʻrsatkichlarga asoslanadi. Natijada, raqamli gigiyena taʼlimini joriy etish, oilaviy va maktab nazoratini kuchaytirish hamda professional psixologik yordamni rivojlantirish zarurligi taʼkidlanadi.
2026-01-26
YOSHLAR ONGIDA XAVFLI QARAMLIK: TAVAKKALCHILIKKA ASOSLANGAN O‘YINLARINING PSIXOLOGIK OQIBATLARI
Ushbu maqolada internet va raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi fonida onlayn qimor o‘yinlarining keng tarqalishi, uning jamiyat, ayniqsa yoshlar ruhiy salomatligi va ijtimoiy barqarorligiga ko‘rsatayotgan salbiy ta’siri tahlil qilinadi. Xalqaro va milliy tadqiqotlar misolida qimor o‘yinlarining psixologik, iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlari yoritilgan. Kanada, Ispaniya, Indoneziya va Gana kabi davlatlarda o‘tkazilgan ilmiy izlanishlar natijalari asosida qimorga qaramlikning stress, depressiya va ijtimoiy izolyatsiya bilan uzviy bog‘liqligi ochib beriladi. Shuningdek, O‘zbekistonda onlayn qimor o‘yinlari bilan bog‘liq jinoyatlar statistikasi, moliyaviy yo‘qotishlar, davlat tomonidan ko‘rilayotgan huquqiy va tashkiliy choralar tahlil qilinadi. Maqolada qimor o‘yinlarining turlari, ularning yashirin reklama mexanizmlari va raqamli marketing orqali inson ongiga ta’sir etish usullari ko‘rsatib berilgan. Xulosa qismida qimor o‘yinlariga qarshi kurashni faqat huquqiy emas, balki psixologik va ijtimoiy muammo sifatida ko‘rib chiqish, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda targ‘ibot ishlarini kuchaytirish zarurligi asoslab berilgan.
2026-01-26
XOTIN-QIZLAR TA’LIMINI RIVOJLANTIRISH BO‘YICHA XORIJIY TAJRIBA VA UNI MILLIY SHAROITGA MOSLASHTIRISH
Ushbu maqolada dunyoning rivojlangan mamlakatlarida xotin-qizlarning ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish, gender tengligini ta’minlash va ayollarning intellektual salohiyatidan foydalanish borasidagi tajribalari tahlil qilinadi. Skandinaviya davlatlari, Singapur va Janubiy Koreya kabi mamlakatlarning muvaffaqiyatli modellari o‘rganilib, ularning ilg‘or jihatlarini O‘zbekistonning milliy ta’lim tizimiga tadbiq etish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, xotin-qizlarni STEM (fan, texnologiya, muhandislik va matematika) yo‘nalishlariga jalb qilishning xalqaro mexanizmlari va ularni milliy qadriyatlarga moslashtirish masalalari bayon etilgan.
2026-01-26
STEAM TA’LIM MODELI VA XALQARO BAHOLASH DASTURLARINING INTEGRATIV PEDAGOGIK AHAMIYATI
Ushbu maqolada bugungi kunda ta’lim sohasidagi eng dolzarb yondashuvlardan biri bo‘lgan STEAM (Science, Technology, Engineering, Art, Mathematics) ta’lim tizimi va uning xalqaro baholash dasturlari (PISA, TIMSS, PIRLS) bilan o‘zaro aloqadorligi tahlil qilinadi. Maqolada STEAM metodologiyasining o‘quvchilarda tanqidiy fikrlash va muammolarni hal qilish ko‘nikmalarini shakllantirishdagi o‘rni hamda ushbu ko‘nikmalarning xalqaro reytinglarda yuqori natijalar qayd etishdagi ahamiyati yoritilgan.
2026-01-26
BIR OMILLI DISPERSION TAHLIL MEZONI
Ushbu ish bir omilli dispersion tahlil mezoni (One-Way ANOVA) nazariy va amaliy jihatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda ANOVA yordamida guruhlar o‘rtasidagi o‘rtacha qiymatlar farqlari aniqlanib, ularning statistik ahamiyati baholangan. Ish natijalari pedagogika va boshqa ijtimoiy fanlarda ANOVAni qo‘llash imkoniyatlarini ko‘rsatadi.
2026-01-26
NORMAL TAQSIMLANISH QOBILIYATI. PSIXOLOGIYADA NORMA TUSHUNCHASI
Mazkur ishda psixologiyada norma tushunchasi va normal taqsimlanish qobiliyati mavzulari yoritilgan. Ishda inson xatti-harakatlari va psixologik ko‘rsatkichlarning normativ va statistik asoslari, ularning o‘lchov va tahlil usullari tahlil qilinadi. Shu bilan birga, normal taqsimlanish printsipi psixologik o‘lchovlarda qanday qo‘llanilishi ham ko‘rib chiqiladi.
2026-01-26
ASIMMETRIYA VA AKSESS: NAZARIY VA AMALIY JIHATLARI
Mazkur mavzuda asimmetriya va aksess tushunchalarining mohiyati, ularning nazariy asoslari hamda amaliy qo‘llanilish jihatlari yoritiladi. Asimmetriyaning tizim, shakl va jarayonlardagi o‘rni, shuningdek, aksess tushunchasining funksional ahamiyati tahlil qilinadi. Nazariya va amaliyot o‘rtasidagi bog‘liqlik misollar orqali asoslab beriladi.
2026-01-26
PSIXOLOGIK TADQIQOTLARDA SIFAT VA MIQDOR BIRLIGI. PSIXOLOGIYADA O‘LCHOV
Mazkur maqolada psixologik tadqiqotlarda sifat va miqdor birliklarining o‘zaro bog‘liqligi hamda psixologiyada o‘lchov tushunchasining mohiyati yoritib beriladi. Tadqiqot jarayonida psixologik hodisalarni faqat sifat jihatdan emas, balki miqdoriy ko‘rsatkichlar orqali ham ifodalash zarurligi asoslab beriladi. Psixologik o‘lchovlarning turlari, ularning ilmiy tadqiqotlardagi ahamiyati va qo‘llanilish xususiyatlari tahlil qilinadi. Ushbu ish psixologiya sohasida ilmiy tadqiqot olib borayotgan talabalar va mutaxassislar uchun amaliy ahamiyatga ega.
2026-01-26
BIR NECHTA BOG‘LIQ BO`LMAGAN TANLAMALARNI O‘ZARO TAQQOSLASHNING PARAMETRIK VA NOPARAMETRIK MEZONLARI
Mazkur ishda bir nechta bog‘liq bo‘lmagan tanlamalarni o‘zaro taqqoslashda qo‘llaniladigan parametrik va noparametrik statistik mezonlarning nazariy asoslari hamda amaliy ahamiyati yoritilgan. Parametrik mezonlarning qo‘llanish shartlari, ularning afzalliklari va cheklovlari tahlil qilingan. Tadqiqotda statistik mezonlarni to‘g‘ri tanlash ilmiy natijalarning ishonchliligini oshirishda muhim omil ekanligi asoslab berilgan.
2026-01-26
O‘ZARO BOG‘LIQ BO‘LMAGAN IKKI TANLAMA UCHUN MANN–UITNI U MEZONI
Mazkur maqolada o‘zaro bog‘liq bo‘lmagan ikki tanlamani taqqoslashda qo‘llaniladigan Mann–Uitni U mezonining mohiyati, nazariy asoslari va amaliy ahamiyati yoritib beriladi. Ushbu statistik mezon parametrik bo‘lmagan usullardan biri bo‘lib, tanlamalar normal taqsimotga ega bo‘lmagan holatlarda ikki mustaqil guruh o‘rtasidagi farqni aniqlashda qo‘llaniladi. Tadqiqotda Mann–Uitni U mezonini qo‘llash shartlari, hisoblash bosqichlari hamda natijalarni talqin qilish masalalari batafsil bayon etiladi. Ushbu ish talabalar va tadqiqotchilar uchun statistik tahlilni amalga oshirishda amaliy ahamiyatga ega.
2026-01-26
KO‘PLIK, VARIATSION QATOR, ULAR BILAN ISHLASH: MODA, MEDIANA, TARTIBLASH
Mazkur maqolada statistikada asosiy tushunchalardan hisoblangan ko‘plik va variatsion qator tushunchalarining mazmuni, ularning ahamiyati hamda ular bilan ishlash usullari yoritib beriladi. Tadqiqotda ma’lumotlar to‘plamini tartiblash orqali variatsion qator hosil qilish, shuningdek moda va mediana kabi markaziy tendensiya ko‘rsatkichlarini aniqlash usullari batafsil tushuntiriladi. Ushbu tushunchalar real hayotdagi statistik ma’lumotlarni tahlil qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ish o‘quvchilar va talabalar uchun statistik fikrlashni rivojlantirishga xizmat qiladi.
2026-01-26
EKSPERIMENTAL PSIXOLOGIYADA DISPERSION TAHLIL USULINING O‘ZIGA XOS TOMONLARI VA A.N. GUSEV TADQIQOTLARINING TALQINI
Mazkur maqolada eksperimental psixologiyada dispersion tahlil (ANOVA) usulining mohiyati, o‘ziga xos tomonlari va amaliy ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, A.N. Gusevning matematik-statistik metodlarga oid tadqiqotlari ilmiy jihatdan talqin qilinib, uning dispersion tahlilga bergan bahosi tahlil qilingan.
2026-01-26
