Центральноазиатский журнал образования и инноваций - это рецензируемый международный журнал с открытым доступом, в котором публикуются оригинальные исследования и обзорные статьи, относящиеся к различным областям. Основная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу международным ученым, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований в прикладных науках. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, казахском, таджикском, английском или русском языках и пройти тщательный процесс рецензирования.
Опубликован: 2025-06-07
Articles
GLOBALIZATSIYA SHAROITIDA JAHON TILLARNING INTEGRATSIYASI VA YO‘QOLISH XAVFI
Ushbu maqolada globalizatsiya jarayonining jahon tillari taraqqiyoti va ularning saqlanib qolishiga ta’siri tahlil etiladi. Xususan, global aloqa vositalarining kengayishi, migratsiya jarayonlari, xalqaro savdo va madaniy almashinuv tillarning bir-biriga yaqinlashuvi (integratsiyasi)ni kuchaytirayotgani yoritiladi. Shu bilan birga, dominant tillarning ta’siri ostida kichik va kam sonli milliy tillarning yo‘qolib borish xavfi kuchayib borayotgani, bu holat madaniy xilma-xillikning kamayishiga olib kelishi mumkinligi ilmiy asosda bayon etiladi. Maqolada tillarni saqlab qolishning muhim yo‘nalishlari, xalqaro tajribalar hamda mahalliy til siyosatining o‘rni muhokama qilinadi.
2025-06-07
PREZIDENTLIK INSTITUTINI AXBOROT TAHDIDLARIDAN HIMOYALASHGA OID ILMIY YONDASHUVLAR
Ushbu maqolada globallashuv va raqamlashtirish sharoitida prezidentlik institutini axborot tahdidlaridan himoya qilish masalalariga bag‘ishlangan. Maqolada axborot xavfsizligining davlat milliy xavfsizligidagi o‘rni, prezidentlik institutiga qarshi axborot tahdidlarining xususiyatlari va ularni bartaraf etish yo‘llari muhokama qilinadi.
2025-06-07
KORXONALARDA STRATEGIK BOSHQARUVINI SAMARALI TASHKIL ETISH
Mаzkur mаqolаdа respublikаmizdа kiсhik biznes vа xususiy tаdbirkоrlikni hаr tоmоnlаmа qо‘llаb-quvvаtlаb, ulаr iсhki vа tаshqi bоzоrdа rаqоbаtlаshа оlаdigаn, sifаtli mаhsulоt ishlаb сhiqаrish vа xizmаtlаr kо‘rsаtishni izсhil yо‘lgа qо‘yа оlаdigаn mustаhkаm iqtisоdiy sоhаgа аylаnishini tа’minlаsh lоzim. Buning uсhun аyniqsа, xizmаt kо‘rsаtish kоrxоnаlаridа persоnаlni sаmаrаli bоshqаrish eng muhim оmil hisоblаnаdi. Strategik bоshqаrish, bu xоdimlаr mаrketingi, shаxslаr iqtisоdiyоti, kаdrlаr menejmenti, insоn resurslаri vа ijtimоiy menejment hаmdir, yа’ni strategikni bоshqаrish аsоsidа insоn vа uni mоtivаtsiyаlаsh hаmdа kоrxоnа fаоliyаtidа yuqоri nаtijаlаrgа erishishdir.
2025-06-07
TIKUV TRIKOTАJ KORХONАLАRIDА STRАTEGIK MENEJMENTNING АHАMIYАTI
Mаzkur mаqolаdа tikuv trikotаj sаnoаtidа strаtegik menejmentning аhаmiyаti keng tаhlil qilinаdi. Strаtegik menejment – bu korхonаlаrning uzoq muddаtli rivojlаnishini tа’minlаsh, rаqobаtbаrdoshlikni oshirish vа innovаtsiyаlаrni joriy etish jаrаyoni hisoblаnаdi. Tikuv trikotаj korхonаlаri bozor tаlаblаrigа moslаshish, resurslаrni sаmаrаli boshqаrish, yаngi teхnologiyаlаrni tаtbiq etish hаmdа bаrqаror rivojlаnishgа erishish uchun strаtegik menejment tаmoyillаrigа аmаl qilishlаri zаrur. Mаqolаdа strаtegik menejmentning аsosiy ustunliklаri vа uni sаmаrаli joriy etish yo‘llаri ko‘rib chiqilаdi.
2025-06-07
ТИЗИМЛИ ҚИЗИЛ БЎРИЧА БИЛАН КАСАЛЛАНГАН БЕМОРЛАРДА ЛИПИД СПЕКТРИ КЎРСАТКИЧЛАРИНИНГ ЯЛЛИҒЛАНИШ МЕДИАТОРЛАРИ ВА ФИБРИНОГЕН БИЛАН БОҒЛИҚЛИГИ
Тизимли қизил бўрича (ТҚБ) – асосан аёлларда учрайдиган, аутоиммун характерга эга бўлган яллиғланишли ревматик касаллик ҳисобланади. У умумий яллиғланиш фонида кўплаб ички аъзо ва тўқималарни зарарлайди. Шу билан бирга, ТҚБ билан касалланган беморларда атеросклероз ва кардиоваскуляр асоратлар ривожланиши тезлашади. Бу ҳолатда липид алмашинувининг бузилиши ва яллиғланиш жараёни ўртасидаги ўзаро боғлиқлик муҳим ўрин тутади. Ушбу мақолада тизимли қизил бўрича (ТҚБ) билан касалланган беморларда липид алмашинуви бузилишлари ва яллиғланиш жараёни ўртасидаги ўзаро боғлиқлик таҳлил қилинади. Хусусан, липид спектри кўрсаткичлари – умумий холестерин, триглицеридлар, юқори ва паст зичликдаги липопротеидлар билан C-реактив оқсил, церулоплазмин ва фибриноген каби ўткир фазали яллиғланиш оқсиллари ўртасидаги корреляция кўриб чиқилади. Мавжуд клиник ва биокимёвий тадқиқотлар таҳлили орқали мазкур кўрсаткичларнинг аҳамияти ва уларни прогностик маркер сифатида қўллаш имкониятлари муҳокама қилинади.
2025-06-07
TARIYX HÁM MÁDENIYAT KESILISPESINDE: XVIII ÁSIR AQIRI-XIX ÁSIR BASINDAǴI QARAQALPAQLAR TURMISI
Bul maqalada qaraqalpaqlardıń XVIII ásir aqırı hám XIX ásir basındaǵı mádeniy turmısı keń kólemde analiz etiledi. Maqalanıń tiykarǵı maqseti - bul dáwirde jasaǵan qaraqalpaq xalqınıń úrp-ádetleri, máresimleri, milliy kiyim-kenshekleri hám isenimleri tiykarında olardıń sociallıq-ruwxıy turmısın sáwlelendiriwden ibarat. Izertlew dawamında tek elimizdiń tariyxshı hám etnograf ilimpazlarınıń pikirleri ǵana emes, al sırt el izertlewshileriniń de pikirleri analiz etiledi. Tiykarg`i bólimde qaraqalpaqlar arasında saqlanıp qalǵan máresimler-toy, diniy hám máwsimlik dástúrler, sonday-aq dástúrler hám ırımlar óz kórinisin tapqan. Maqala milliy mádeniyattıń baylıǵın ashıp beriw hám tariyxıy estelikti saqlawǵa qaratılǵan.
2025-06-09
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VA INKLYUZIV YONDASHUVLAR ASOSIDA SAYLOVDA TENG ISHTIROKNI TA’MINLASH IMKONIYATLARI
Ushbu maqolada raqamli texnologiyalar va inklyuziv yondashuvlar orqali saylov jarayonida teng ishtirokni ta’minlash imkoniyatlari chuqur tahlil qilinadi. Ayniqsa, O‘zbekiston misolida mavjud infratuzilma, huquqiy baza va ijtimoiy guruhlar o‘rtasidagi tengsizliklarni bartaraf etishdagi raqamli texnologiyalarning o‘rni va ta’siri ko‘rib chiqiladi. Statistika va ilg‘or xorijiy tajribalarga asoslangan holda muallif raqamli saylov texnologiyalari, masalan, biometrik identifikatsiya, elektron ovoz berish tizimlari va mobil ilovalar orqali nogironlar, ayollar va chekka hududlardagi aholi qatlamlarining saylov jarayonida faol ishtirokini ta’minlash imkoniyatlarini yoritadi.
2025-06-09
JADIDCHILIKNING TURKISTON TARIXIDA TUTGAN O’RNI VA RO’LI
Mazkur maqolada O‘zbekiston tarixining bir qismiga aylangan jadidchilik, ushbu harakat namoyandalari, jadidlar tomonidan amalga oshirilgan ibratli ishlar va milliy uyg‘onish davri haqida yoritberadi..
2025-06-09
МАТЕМАТИКА ЎҚИТИШДА КАСБИЙ ЙЎНАЛТИРИЛГАНЛИКНИ АМАЛГА ОШИРИШ
Мақолада бўлажак иқтисодчиларни тайёрлашда математикани касбга йўналтириб ўқитишнинг долзарблиги таъкидланади. Вазиятли масалалар касбий йўналтирилганликни амалга ошириш, бўлажак иқтисодчиларнинг касбий - математик компетентлигини шакллантиришда зарурий восита сифатида кўриб чиқилади. Вазиятли масалаларни тузиш (масала структуравий моделининг элементларини ажратиш) ва унинг таҳлили математик моделни қуриш, уни ечиш йўллари баён қилинган. Вазиятли масалаларни ечишда ахборот технологияларидан фойдаланиш қулайликлари таъкидланади ва мисолда кўриб чиқилган.
2025-06-09
TOʻQIMA HADIS BORASIDAGI QARASHLAR TAHLILI
Ushbu maqolada hadislarning ishonchliligi masalasi, xususan, hadisshunoslikda “mavzuʼ” yoki “toʼqima” hadislar muammosi tahlil qilinadi. Maqolada “mavzu hadis” atamasining mohiyati, uning hadisshunoslikdagi taʼrifi va tavsifi yoritiladi. Shuningdek, hadis toʼqishning sabablari – siyosiy ixtiloflar, firqachilik, shaxsiy manfaatlar, johillik yoki islom dushmanlarining harakatlari kabi omillar koʼrib chiqiladi. Hadis toʼqish bilan tanilgan shaxslar va jarh va taʼdil ilmi olimlarining (masalan, Ibn Hajar Asqaloniy, Aliyul Qoriy, Ibn Saloh kabi) ularni aniqlashda muhim ahamiyatga ega boʼlgan qarashlari va uslublari haqida soʼz yuritiladi.
2025-06-09
SHOSH O‘LKASIDA FAOLIYAT OLIB BORGAN MUHADDISLAR
Maqolada O‘zbekistonning Shosh o‘lkasidagi muhaddislarning hadis ilmi faoliyati, ilmiy safarlari, ularning mintaqa hadis ilmi rivojiga qo‘shgan hissalari to‘g‘risida gap boradi.
2025-06-09
ABU MANSUR MOTURIDIYNING “TAVHID” ASARIDA XAVORIJLARGA QARSHI RADDIYALARI
Abu Mansur Moturidiy ning “Tavhid” asarida, Xavorijlar firqasining noto‘g‘ri e’tiqodlariga qarshi ilmiy asoslangan raddiya berilgan. Moturidiy, Xavorijlarning hukm chiqarishdagi o‘ta qat’iy yondashuvlarini tanqid qiladi va ularning aqidalaridagi muammolarni ilmiy jihatdan tahlil qiladi. Asarda, Xavorijlarning “kufr”ni boshqalarga osongina ta’minlash va musulmonlarni kufrda ayblashlari kabi rad etilgan amaliyotlari keng muhokama qilinadi. Moturidiy, Qur’on va Hadislarning to‘g‘ri tafsiri orqali Xavorijlarning bu kabi radikal qarashlarini inkor etadi va ularni o‘z aqidalarini tekshirishga chaqiradi. Asar, islom aqidasidagi tafsirlarga yangicha yondashuvni taqdim etib, sunniy e’tiqodni himoya qiladi.
2025-06-09
EFFECTIVE METHODS AND TOOLS FOR ELIMINATING MORPHOLOGICAL AND SYNTACTIC ERRORS IN SPEECH
This article discusses the effective methods and tools for eliminating morphological and syntactic errors in the speech of primary school students. It outlines methods for enriching students’ speech based on their age characteristics.
2025-06-09
ELEKTR TA’MINOTI TIZIMI TARMOG‘INING REAKTIV QUVVAT TOKLARINI ELEKTROMAGNIT QURILMALARI NOSIMMETRIK JARAYONLARNI MODELLASHTIRISH
Ushbu maqolada gibrid energiya manbali elektr ta’minoti tizimi tarmoqlarida reaktiv quvvat toklarining elektromagnit qurilmalari uchun yuqori aniqlikni ta’minlovchi birlamchi nosimmetrik jarayonlarni yig‘ilgan va tarqoq parametrli graf modellari hamda analitik ifodalari yordamida modellashtirish amalga oshirilgan.
2025-06-09
SURUNKALI BUYRAK ETISHMOVCHILIGIDA ANEMIYA RIVOJLANISHINING PATOFIZIOLOGIYASI
Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) statistik ma'lumotlariga ko'ra, dunyo aholisining taxminan 13% ga yaqinida surunkali buyrak kasalliklaridan (SBK) aziyat chekib kelmoqda. Bugungi kunda qandli diabet, arterial gipertenziya, semizlik va boshqa lipidlar almashinuvining buzilishi bilan kechadigan kasalliklar SBK rivojlanishining asosiy sababi bo’lib, SBK bilan og'rigan 4 bemordan 3 tasining anamnezida ushbu kassaliklari mavjudligi aniqlangan. SBK - buyraklar samarali ishlash qobiliyatini asta-sekin yo'qotadigan progressiv holat. Bu organizmda toksinlar to'planishiga, suv va elektrolitlar muvozanatining buzilishiga va boshqa sog'liq muammolariga olib keladi. Surunkali buyrak etishmovchiligi (SBY) yoki Surunkali buyrak kasalligi hozirgi kunda yurak-qon tomir kasalliklari va o'lim xavfining ortishiga olib keluvchi butun jahon sog'liqni saqlash soxasining jiddiy muammosi hisoblanadi.
2025-06-09
O‘ZBEK TILI ERGONIMLARINING LINGVOMADANIY XUSUSIYATLARI
Ushbu maqolada o‘zbek tilidagi ergonimlarning lingvomadaniy xususiyatlari tahlil qilingan. Ergonimlar nafaqat korxona va muassasalarning nomlari, balki xalqning madaniy qadriyatlari, tarixiy xotirasi va zamonaviy tafakkurining til shaklida ifodalanishidir. Maqolada ergonimlarning tasnifi, nomlash tamoyillari, semantik, pragmatik va kommunikativ funktsiyalari, shuningdek, xorijiy tillarning ta’siri madaniy kontekstda yoritilgan. Tahlillar orqali ergonimlarning o‘zbek jamiyatining madaniy o‘ziga xosligini ifodalashdagi o‘rni ko‘rsatib berilgan..
2025-06-09
MUTАXАSSISLIK FАNLАRI О‘QTISHDА TАLАBАLАRNING TEXNIK TАFАKKURINI RIVОJLАNTIRISH, METОDIK О‘QUV QО‘LLАNMАSINI YАRАTISHNING MОHIYАTI
Ushbu mаqоlаdа mutаxаssislik fаnlаrini о‘qitishdа tаlаbаlаrning texnik tаfаkkurini rivоjlаntirish zаrurаti vа bu yо‘nаlishdа metоdik о‘quv qо‘llаnmа yаrаtishning nаzаriy vа аmаliy аsоslаri yоritilgаn. Texnik tаfаkkurning mоhiyаti, uning tаrkibiy qismlаri vа tа’lim jаrаyоnidаgi о‘rni chuqur tаhlil qilinаdi. Shuningdek, metоdik qо‘llаnmаning tаrkibi, undаgi tоpshiriq vа mаshg‘ulоtlаr turlаri, о‘qitish metоdlаri, kutilyоtgаn nаtijаlаr hаqidа bаtаfsil mа’lumоt berilаdi. Mаqоlа texnik tа’lim sifаtini оshirishgа qаrаtilgаn sаmаrаli uslubiy yechimlаrni tаklif etаdi.
2025-06-10
КОРРУПЦИЯГА ҚАРШИ КУРАШИШДА ЖАМОАТЧИЛИК НАЗОРАТИ ТЎҒРИСИДАГИ ҚОНУНЧИЛИКНИНГ ЎРНИ.
Коррупция дунё миқиёсида ҳал этилиши лозим бўлган глобал муаамолардан биридир. Ушбу иллат ҳар қандай давлат ва жамиятнинг сиёсий-иқтисодий ривожланишига путур етказади. Бугунги кунда коррупция жамиятнинг барқа соғаларига салбий тасир кёрсатиб, фуқароларнинг давлат ва тартибот институтларига боғлиқлигини сусайтирмоқда. Шубҳасиз, коррупцияни олдини олишда фақат давлат тартибот органларининг гирохи эмас, балки жамоатчиликнинг бевосита иштироки тамойили мухим аҳамият касб этади.
2025-06-10
МАНСАБ СОХТАКОРЛИГИГА ҚАРШИ КУРАШНИНГ ЖИНОЯТ-ҲУҚУҚИЙ ВА КРИМИНОЛОГИК ЖИҲАТЛАРИ
Ушбу мақолада мансаб сохтакорлиги жиноятининг жиноят-ҳуқуқий ва криминологик жиҳатлари ҳар томонлама таҳлил қилинган. Мазкур жиноятнинг ҳуқуқий тавсифи, суд амалиёти, ижтимоий хавфи, келиб чиқиш сабаблари ва уни бартараф этишнинг асосий йўналишлари илмий жиҳатдан асосланган. Шунингдек, профилактик чоралар ҳамда қонунчиликни такомиллаштиришга оид таклифлар ҳам баён этилган.
2025-06-10
ПОРА ОЛИШ-БЕРИШДА ВОСИТАЧИЛИК ҚИЛИШ ТУШУНЧАСИ ВА УНИНГ ТУРЛАРИ
Мазкур мақолада пора олиш-беришда воситачилик қилиш тушунчаси ва унинг турларига доир масалалар таҳлил қилинган. Шунингдек, мақолада пора олиш, пора бериш ва унда воситачилик қилиш билан боғлиқ тушунчалар таҳлили ҳам ўрганилган.
2025-06-10
KONTRABANDA JINOYATNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
ushbu maqolada kontrabanda jinoyatining yuridik mazmun va mohiyati va kontrabanda jinoyatning o‘ziga xos xususiyatlari ilmiy nazariy jihatdan tahlil etilgan.
2025-06-10
O‘QITUVCHILARNI TAYYORLASHDA KREATIV FIKRLASH KONIKMALARINI RIVOJLANTIRISH JARAYONINING AMALDAGI HOLATI VA TAKOMILLASHTIRISH USULLARI
Mazkur maqolada o‘qituvchilarni tayyorlash jarayonida kreativ fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishning amaldagi holati va bu yo‘nalishdagi mavjud muammolar tahlil etilgan. Kreativ fikrlash zamonaviy ta’lim tizimida pedagoglarning asosiy kompetensiyalaridan biri sifatida qaralmoqda. Tadqiqotda hozirgi o‘quv dasturlari va metodik yondashuvlar kreativ fikrlashni rivojlantirishga qanchalik xizmat qilayotgani o‘rganiladi. Shuningdek, innovatsion pedagogik texnologiyalar, loyihaviy faoliyat, muammoli vaziyatlar asosida ta‘lim, interaktiv metodlar orqali o‘qituvchilarda ijodiy fikrlashni shakllantirishning samarali usullari ko‘rsatib o‘tiladi. O‘rganilgan materiallar asosida ushbu jarayonni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Maqola, zamonaviy pedagogik yondashuvlar orqali o‘qituvchi shaxsida kreativlikni shakllantirish masalasiga ilmiy-nazariy yondashuv asosida yechim taklif qiladi.
2025-06-11
ARAB TILINI OʻRGANISHNING BUGUNGI KUNDAGI MUAMMOLARI
Ushbu maqola arab tilini chet tili sifatida oʻrganishning dolzarb muammolarini har tomonlama tahlil qilishga bagʻishlangan. Hozirgi globallashuv, migratsiya, diniy-maʼrifiy uygʻonish va xalqaro aloqalarning kengayib borayotgan sharoitida arab tilini oʻrganishga boʻlgan ehtiyoj yildan-yilga ortib bormoqda. Xususan, musulmon aholisi koʻp boʻlgan mamlakatlarda, jumladan Oʻzbekistonda ham arab tilini oʻrganish diniy, madaniy va akademik sabablarga koʻra ommalashmoqda. Biroq bu jarayonda oʻquvchilarning til oʻrganishga boʻlgan motivatsiyasi, mavjud darslik va resurslarning zamonaviy talablarga javob bermasligi, oʻqituvchilarning metodik tayyorgarligi va eng muhimi, “fusha” (adabiy arab tili) bilan “ammiya” (soʻzlashuv lahjalari) oʻrtasidagi tafovutlar jiddiy muammolar sifatida namoyon boʻlmoqda. Maqolada arab tilining fonetik tizimi oʻziga xosligi, tovushlar talaffuzi va yozuvi, grammatik murakkabliklari, keng sinonimiya va antonimiya tizimi, shuningdek, leksik darajadagi mavhumlik va uslubiy farqlar til oʻrganuvchilar duch kelayotgan asosiy toʻsiqlar sifatida tahlil etiladi. Shuningdek, arab tilini oʻqitishdagi anʼanaviy yondashuvlar bilan zamonaviy kommunikativ metodlar oʻrtasidagi tafovut, tilni oʻrganishda texnologik vositalardan yetarli darajada foydalanilmayotgani ham muammolar sirasiga kiradi. Ushbu maqola arab tilini oʻrganuvchi talabalar, ustozlar, tilshunoslar va taʼlim sohasidagi mutaxassislar uchun nazariy va amaliy nuqtai nazardan foydalidir. U orqali arab tili oʻrgatishda samarali metodik yondashuvlar, til resurslarini takomillashtirish zarurati va til oʻrgatishning psixolingvistik aspektlari haqida tavsiyalar beriladi.
2025-06-12
AN ANALYSIS OF THE WORKS COMPILED BY IBN ABIDIN (1784-1836) AND THEIR IMPACT ON THE MUSLIM WORLD
This study undertakes a rigorous historical, jurisprudential, and hermeneutical analysis of the contributions of Muhammad Amin Ibn Abidin (1784–1836), whose legal oeuvre—most notably Radd al-Muḥtār ‘ala al-Durr al-Mukhtār—represents the apex of post-classical Hanafi scholarship. Positioned at the intersection of declining Ottoman authority, increasing colonial penetration, and internal demands for socio-legal reform, Ibn Abidin’s work offers a nuanced synthesis of classical jurisprudence and emergent socio-political exigencies.
2025-06-12
НЕФРОТИК СИНДРОМЛИ БОЛАЛАРДА ОШҚОЗОН-ИЧАК ТРАКТИДАГИ ЎЗГАРИШЛАРНИ КЛИНИК-АНАМНЕСТИК ХУСУСИЯТЛАРИ
Ушбу мақолада нефротик синдром билан касалланган ва ошқозон ичак трактида ўзгаришлар кузатилган 126 нафар болаларда касалликнинг клиник-анамнестик белгилари таҳлил қилинган. Бемор болаларнинг шикояти ва клиник белгиларни кузатилиши 0 дан 3 балгача баҳоланиб шикоят ва клиник анамнестик маълумотларни умумлаштирилган баллар йиғиндиси асосида эҳтимолий ташхислаш жадвали ишлаб чиқилган. Нефротик синдром билан касалланган болаларда пешоб ажратиш ва овқат ҳазм қилиш тизимини клиник анамнестик текшириш учун махсус жадвал асосида, тиббиётнинг барча буғинларида: умумий амалиёт шифокорлари, педиатрлар, болалар гастроэнтерологи ва болалар нефрологлари учун “Болаларда нефротик синдромда овқат ҳазм қилиш трактининг морфофункционал ҳолатини аниқлаш бўйича дастурий таъминот” ишлаб чиқилган.
2025-06-12
CHANGES IN THE FEMALE REPRODUCTIVE SYSTEM DURING HYPOXIA
The female reproductive machine undergoes massive adjustments while the frame reviews hypoxia, which refers back to the condition of decreased oxygen levels in tissues and organs. Hypoxia can occur for numerous motives, consisting of high altitudes, sure scientific situations, and headaches throughout pregnancy. This article will explore the results of hypoxia on the woman reproductive machine, focusing on the adjustments that occur on the anatomical, hormonal, and mobile tiers.
2025-06-12
“PADARKUSH” DRAMASINI LINGVOPERSONOLOGIK ASPEKTDA TADQIQI
Mazkur maqolada Mahmudxo‘ja Behbudiy asarlaridan “Padarkush” dramasi lingvopersonologik aspektda tahlil etilgan. Asardagi personajlarning nutqi orqali ularning kasb-kori, oiladagi roli, jinsiyati, millati va jamiyatdagi mavqei aniqlangan. Dramadagi lisoniy shaxslar – Boy, Toshmurod, Boyvuchcha, Tangriqul, Liza, Artun kabi obrazlar nutqiga qarab tipologik tahlil qilingan. Maqolada system-struktur va qiyosiy metodlar asosida asardagi personajlarning nutqi o‘rganilib, ularning ijtimoiy-ma’naviy holati aks ettirilgan. Ushbu yondashuv, adibning badiiy mahoratini ochib berish bilan birga, dramadagi obrazlar xarakterini aniqroq tushunishga yordam beradi va sahna uchun mo‘ljallangan asarlarni talqin etishda amaliy ahamiyatga ega
2025-06-12
SODDA DIOFANT TENGLAMALARNI O’RGANISH
Aniqmas tenglama—bu diofant tenglamalaridir. Birinchi darajali ikki noma’lumli aniqmas tenglama deb ax+by+c=0 ko’rinishidagi tenglamaga aytiladi, bunda x, y lar noma’lumlar, a, b, c koeffitsiyentlardir
2025-06-12
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA TANQIDIY TAFAKKUR KO‘NIKMALARINI INTERFAOL METODLAR YORDAMIDA SHAKLLANTIRISH
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida har bir o‘quvchining darslarda faol qatnashishini ta’minlovchi mashg‘ulot shakllari alohida o‘rinni egallaydi. Bu masalalarni ta’limning o‘yinli shakllari texnologiyasi orqali muvaffaqiyatli hal etish mumkin.
2025-06-12
ОСОБЕННОСТИ РЕЗУЛЬТАТОВ ВНЕДРЕНИЯ МОБИЛЬНЫХ ПРИЛОЖЕНИЙ В ПРОЦЕСС КОНТРОЛЯ КОМПЛАЕНСА ПАЦИЕНТОВ ПРИ ЛЕЧЕНИИ АНЕМИИ
В данной статье описаны результаты исследования по адаптации, внедрению и оценке эффективности мобильного приложения «MyTherapy» в практике лечения анемии с целью контроля лечения и комплаенса пациентов. На основании более выраженной положительной динамики самой ферротерапии, улучшения показателя качества жизни и показателя приверженности лечению, показано, что применение данного мобильного приложения может быть высоко эффективным методом контроля терапии анемии при правильной эксплуатации.
2025-06-12
MYTHERAPY» A MOBILE APPLICATIONS IN THE PROCESS OF SCREENING COMPLIANCE OF PATIENTS IN THE TREATMENT OF CHRONIC NON-COMMUNICABLE DISEASES
This article describes the results of a study on the adaptation, implementation and evaluation of the effectiveness of the MyTherapy mobile application in the practice of treating chronic non-infectious diseases in order to monitor treatment and patient compliance. Based on the more pronounced positive dynamics of the therapy itself, the improvement in the quality of life indicator and the indicator of adherence to treatment, it is shown that the use of this mobile application can be a highly effective method of monitoring the therapy of chronic non-infectious diseases when used correctly
2025-06-12
KIMYO DARSLARIDA DIFFERENSIAL YONDASHUVNI AMALGA OSHIRISHNING METODIK ASOSLARI
Mazkur maqolada kimyo darslarida differensial yondashuvni amalga oshirishning nazariy asoslari, amaliy yo‘llari va metodik tavsiyalari yoritilgan. Differensial yondashuv har bir o‘quvchining individual imkoniyatlarini, bilim darajasini va qiziqishlarini hisobga olib, ta’lim jarayonini samarali tashkil etish imkonini beradi. Maqolada guruhlash asosida ishni tashkil etish, individual o‘quv rejalarini ishlab chiqish, interfaol metodlardan foydalanish, moslashtirilgan didaktik materiallar va differensial baholash tizimining afzalliklari keng tahlil qilingan. Shuningdek, xorijiy tajribalar misolida differensial yondashuvning samaradorligi yoritilgan va o‘qituvchilarga amaliy tavsiyalar berilgan.
2025-06-13
SURUNKALI BUYRAK ETISHMOVCHILIGIDA ANEMIYA RIVOJLANISHINING PATOFIZIOLOGIYASI
Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) statistik ma'lumotlariga ko'ra, dunyo aholisining taxminan 13% ga yaqinida surunkali buyrak kasalliklaridan (SBK) aziyat chekib kelmoqda. Bugungi kunda qandli diabet, arterial gipertenziya, semizlik va boshqa lipidlar almashinuvining buzilishi bilan kechadigan kasalliklar SBK rivojlanishining asosiy sababi bo’lib, SBK bilan og'rigan 4 bemordan 3 tasining anamnezida ushbu kassaliklari mavjudligi aniqlangan. SBK - buyraklar samarali ishlash qobiliyatini asta-sekin yo'qotadigan progressiv holat. Bu organizmda toksinlar to'planishiga, suv va elektrolitlar muvozanatining buzilishiga va boshqa sog'liq muammolariga olib keladi. Surunkali buyrak etishmovchiligi (SBY) yoki Surunkali buyrak kasalligi hozirgi kunda yurak-qon tomir kasalliklari va o'lim xavfining ortishiga olib keluvchi butun jahon sog'liqni saqlash soxasining jiddiy muammosi hisoblanadi.
2025-06-13
11-13 JASTAǴI BOKSSHILARDIŃ KÚSH TAYARLIǴI
Bul maqalada jas óspirimlerde kúsh penen shuǵıllanıw olardıń fiziologiyalıq hám psixologiyalıq ózgesheliklerin esapqa alǵan halda, plometrikalıq shınıǵıwlar hám shaqqanlıqqa úyretiw menen birgelikte alıp barıw haqqında aytıp ótilgen. Bunday qatnas nátiyjelirek shınıǵıw baǵdarlamaların jaratıw imkaniyatın beredi hám tek ǵana sport jetiskenliklerine emes, al balalardıń ulıwma rawajlanıwına da úles qosadı.
2025-06-16
SUT MAHSULOTLARINI SAQLASH VA QAYTA ISHLASHNI TASHKIL ETISH.
Joylashgan joyiga, tuzilishiga, bajariladigan ishlab chiqarish jarayonlariga qarab, sutni birlamchi ishlov berish jarayonlarini quyidagi tiplari mavjud: bevosita ferma qoshidagi, markazlashtirilgan (markaziy sutni qayta ishlash va saqlash joylari), sut zavodi, ferma-sut zavodi. Ferma qoshidagi sutni dastlab ishlash joylari (sutxona). Har bir fermada shu kabi joyni tashkil qilish zarur. Yuqori navli sut mahsulotlarini faqat yuqori sifatli xom sutdan ishlab chiqarish mumkin. Sutning sifati uni qayta ishlashga yaroqliligini aniqlovchi xususiyatlari majmuasi (kimyoviy tarkibi, fizik-kimyoviy va mikrobiologik ko‘rsatkichlari) bilan belgilanadi.
2025-06-16
MAMLAKATIMIZDA YERLARNI EKISHGA TAYYORLASH, TUPROQNI QO‘SHIMCHA MAYDALASH VA DALA YUZASINI TEKISLASH BO‘YICHA TAJRIBALAR.
Ushbu maqolada mamlakatimizda yerlarni ekishga tayyorlash, tuproqni erta bahorda namni saqlash, begona o‘tlarni yo‘qotish hamda dala yuzini qisman tekislab ekishga tayyorlash jarayonida foydalanilayotgan mavjud asbob uskunalar haqida so‘z yuritilgan.
2025-06-16
ONA TILI TA’LIMIDA “O‘RGANISH” VA “O‘ZLASHTIRISH” JARAYONINING BUGUNGI HOLATI TALQINI
Mazkur maqolada ona tili ta’limida “o‘rganish” va “o‘zlashtirish” jarayonlari o‘rtasidagi psixolingvistik farqlar, ularning zamonaviy ta’limdagi ahamiyati hamda amaliyotga tadbiqi tahlil etilgan. Shuningdek, 5-sinf o‘quvchilarining tilni egallash bosqichlaridagi kognitiv xususiyatlari, ularning tilni nazariy o‘rganishdan amaliy o‘zlashtirishga o‘tishidagi qiyinchiliklar ko‘rsatib o‘tilgan. Kompetensiyaviy yondashuv, multimodal va interfaol metodlar orqali ona tili darslarini tashkil etishning samarali usullari yoritilgan.
2025-06-16
KORRUPSIYA VA KORRUPSIYAVIY OMILLAR HAMDA ULARNING BOG‘LIQLIGI
Mazkur maqolada korrupsiya tushunchasi, uning kelib chiqish sabablari va korrupsiyaviy omillar tahlil qilinadi. Korrupsiya – davlat boshqaruvi, iqtisodiyot va jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi murakkab ijtimoiy-huquqiy hodisa sifatida ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, korrupsiyaviy omillar — siyosiy, iqtisodiy, huquqiy va ijtimoiy muhitda shakllanuvchi sabablar va shart-sharoitlar sifatida tavsiflanadi. Maqolada bu omillarning o‘zaro bog‘liqligi, ularning korrupsiya holatlarini yuzaga keltirishdagi roli, statistik ma’lumotlar va ilmiy nazariyalar asosida tahlil qilinadi.
2025-06-16
DEVELOPING CREATIVE ABILITIES IN STUDENTS DURING LABORATORY LESSONS IN PHYSICS
In the age of innovation and rapid technological progress, creativity has become a key competency in education. Physics laboratory lessons, when properly designed, provide an ideal environment for fostering creative thinking and problem-solving skills. This article explores the strategies and pedagogical methods that can be employed in physics labs to develop students’ creative abilities. It also presents examples of laboratory tasks that stimulate originality, inquiry, and experimentation. The results of various educational studies are analyzed to demonstrate the impact of creative lab work on student motivation and academic achievement.
2025-06-16
DUKCHI ESHON QO‘ZG‘ALONI: TURKISTONDA MUSTAMLAKACHILIKKA QARSHI DINIY-SIYOSIY HARAKAT
Ushbu ilmiy maqola 1898-yilda Andijonda yuz bergan Dukchi Eshon boshchiligidagi qo‘zg‘alonni tarixiy, siyosiy va diniy nuqtai nazardan keng tahlil qiladi. Maqolada Rossiya imperiyasining Turkistondagi mustamlakachilik siyosati, uning mahalliy boshqaruv, soliq tizimi, diniy hayotga aralashuvi natijasida yuzaga kelgan ijtimoiy norozilik holati batafsil yoritiladi. Dukchi Eshon – Muhammad Ali Madalining shaxsiyati, diniy qarashlari, naqshbandiylik tariqati bilan bog‘liq faoliyati, uning tarafdorlari safining shakllanishi va bu harakatning Boburiylar sulolasini tiklash g‘oyasi asosidagi siyosiy dasturi tarixiy hujjatlar va ilmiy manbalar asosida tahlil etilgan. Maqolada qo‘zg‘alonning borishi, ishtirokchilarning harakatlari, Rossiya harbiy kuchlarining munosabati, qo‘zg‘alonning tezda bostirilish sabablari va oqibatlari xronologik asosda yoritiladi.
2025-06-16