Центральноазиатский журнал образования и инноваций - это рецензируемый международный журнал с открытым доступом, в котором публикуются оригинальные исследования и обзорные статьи, относящиеся к различным областям. Основная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу международным ученым, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований в прикладных науках. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, казахском, таджикском, английском или русском языках и пройти тщательный процесс рецензирования.

Опубликован: 2025-12-02

ҲУҚУҚБУЗАРЛИКЛАР ПРОФИЛАКТИКАСИНИ БЕВОСИТА АМАЛГА ОШИРУВЧИ ОРГАНЛАР ВА МУАССАСАЛАР ФАОЛИЯТИ

Ушбу мақолада ҳуқуқбузарликлар профилактикасини бевосита амалга оширувчи органлар ва муассасаларнинг ҳуқуқий мақоми, ваколатлари, ташкилий тузилмаси ҳамда уларнинг профилактик фаолиятдаги ўрни таҳлил қилинади. Профилактика инспекторлари, ички ишлар органлари, маҳалла ва жамоатчилик тузилмалари, вояга етмаганлар ишлари бўйича комиссиялар, таълим муассасалари, соғлиқни сақлаш тизими ва ижтимоий хизматлар каби субъектларнинг ўзаро ҳамкорлик механизми ёритилади. Шу билан бирга, жиноятчилик динамикасига таъсир этувчи омилларни бартараф этишда профилактик тадбирларни стратегик режалаштириш, ахборот алмашинуви, мониторинг ва мулоқотнинг аҳамияти тадқиқ этилади. Мақолада мазкур органлар фаолиятида учрайдиган муаммолар ва уларни ҳал этишга қаратилган таклифлар ҳам илгари сурилади. Умумий хулоса сифатида, профилактик субъектларнинг мувофиқлаштирилган ва тизимли фаолияти ҳуқуқбузарликларнинг олдини олишда муҳим омил эканлиги асослаб берилади

А.А.Шодиев, Уролбоев Зафаржон Зокир ўғли

4-10

2025-11-30

ПРОФИЛАКТИКА ИНСПЕКТОРИНИНГ ТАЗЙИҚ ВА ЗЎРАВОНЛИКДАН ЖАБР КЎРГАН ХОТИН-ҚИЗЛАРНИ ҲУҚУҚИЙ ҲИМОЯ ҚИЛИШДА ХОТИН-ҚИЗЛАР МАСАЛАЛАРИ БЎЙИЧА ИНСПЕКТОРЛАРИ БИЛАН ҲАМКОРЛИГИНИНГ ЎЗИГА ХОС ХУСУСИЯТЛАРИ

Мақола Ўзбекистон Республикасида тазйиқ ва зўравонликдан жабр кўрган хотин-қизларни ҳуқуқий ҳимоя қилиш тизимида профилактика инспектори ва хотин-қизлар масалалари бўйича инспекторлари ўртасидаги ҳамкорликнинг ўзига хос хусусиятларини таҳлил қилади. Ҳамкорликнинг мултидисциплинарлиги, рақамли интеграцияси («Ягона миллий ижтимоий ҳимоя» тизими), маҳалла институти билан чуқур боғлиқлиги, инклюзивлиги (Миллий гвардия психологлари ва нодавлат ташкилотларни жалб қилиш), узлуксиз мониторинги (6 ойлик кузатув) ва медиа-жамоатчилик интеграцияси каби ўзига хос жиҳатлари очиб берилади. 2025 йилги расмий статистика (56 876 та ҳимоя ордери, 121 % ўсиш) ҳамда илмий тадқиқотлар асосида ҳамкорликнинг самарадорлиги ва Марказий Осиё минтақасидаги ўзига хослиги исботланади. Тадқиқот натижалари «Ўзбекистон — 2030» стратегияси доирасида гендер зўравонлиги профилактикасини янада такомиллаштириш учун амалий тавсиялар беради.

А.А.Шодиев, Мамадалиев Дуриёдбек Давлатбек ўғли

11-15

2025-11-30

OITS GA CHALINGAN BEMORLAR PSIXOLOGIYASI

Ushbu ilmiy-amaliy maqolada OITS (OIV) tashxisi bilan yashovchi shaxslarning psixologik holati chuqur va tizimli tahlil qilinadi. Unda tashxis qo‘yilgandan so‘ng darhol paydo bo‘ladigan keskin emotsional reaksiyalar (shok, inkor, g‘azab va qo‘rquv) batafsil yoritilgan. Shuningdek, ijtimoiy muhitda mavjud bo‘lgan stigma va diskriminatsiya omillarining bemor ruhiyatiga ko‘rsatadigan salbiy ta’siri, ayniqsa, bu holatlarning ruhiy izolyatsiya va depressiyani keltirib chiqarishi ko‘rsatilgan. Maqolada oila a’zolari va jamiyat tomonidan ko‘rsatiladigan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning bemorning davolanishga bo‘lgan motivatsiyasi va ruhiy barqarorligini oshirishdagi hal qiluvchi roli alohida ta’kidlangan. Bundan tashqari, OITS bilan yashovchilarga yordam berishda samarali bo‘lgan psixoterapevtik yondashuvlar (Kognitiv-xulqiy terapiya, Motivatsion intervyu, guruh terapiyasi) hamda stressni boshqarish mexanizmlari (meditatsiya, jismoniy faollik) batafsil tavsiflanadi. Asosiy maqsad — OITS bilan yashayotgan insonlarning hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan amaliy strategiyalarni taklif qilishdan iborat.

Sotvoldiyev Abdulbosid Shamsiddin oʻgʻli, Narmetova Yulduz Karimovna

16-19

2025-11-30

EKO JARAYONIDA JUFTLIKLARNING PSIXOEMOTSIONAL HOLATI VA PSIXOLOGIK QO‘LLAB-QUVVATLANISHI

Bepushtlik va uni davolash usullari, xususan, ekstrakorporal urug‘lantirish (EKO) juftliklar uchun nafaqat jismoniy, balki kuchli psixologik va emotsional yuklamani keltirib chiqaradi. Ushbu maqolada EKO jarayonidan o‘tayotgan patsientlarning psixologik holati, ularda kuzatiladigan emotsional kechinmalar, qo‘llab-quvvatlashning ahamiyati hamda stressni yengishga yordam beruvchi usullar yoritilgan.

Narmetova Yulduz Karimovna, Pattaxova Feruza Akmal qizi

20-22

2025-11-30

ERKAKLAR BEPUSHTLIGI PSIXOLOGIYASI

Erkaklar bepushtligi odatda faqat tibbiy masala sifatida ko‘rilsa-da, uning psixologik tomonlari ham muhim ahamiyatga ega. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, erkak omili bilan bog‘liq bepushtlik holatlarida depressiya, xavotir, o‘ziga bo‘lgan ishonchning pasayishi va erkaklik identitetining shikastlanishi kabi psixologik muammolar uchraydi. Shu bilan birga, bepushtlik erkaklarning jinsiy faoliyatiga, er-xotin munosabatlariga, jamiyatdagi roli va o‘zini qadr-qimmati bilan bog‘liq stress omillariga ta’sir qiladi. Davolash jarayonida psixologik qo‘llab-quvvatlash yetishmasligi esa bu jarayonni murakkablashtirishi mumkin. Shu maqola erkak bepushtligi bilan birga kelayotgan psixologik stress, erkaklik identiteti, jinsiy va ijtimoiy munosabatlar, hamda psixologik reabilitatsiya ehtiyojlari mavzularini o‘rganadi.

Narmetova Yulduz Karimovna, Quyliyev Toshtemir Bayramali o’g’li

23-25

2025-11-30

QANDLI DIABETNING PSIXOLOGIK BILAN KASALLANGAN BEMORLARNING KASALIKKA TA'SIRI

Ushbu maqolada qandli diabet tashxisi qo‘yilgan shaxslarning ruhiy kechinmalari, ularning kasallikni qabul qilish jarayonida boshdan kechiradigan emosional bosqichlari hamda surunkali kasallikning kundalik hayotga ko‘rsatadigan psixologik ta’siri tahlil qilinadi. Diabetning faqat fiziologik emas, balki psixologik mexanizmlari ham shaxsning hayot sifati, motivatsiyasi va emotsional barqarorligida muhim rol o‘ynashi ta’kidlanadi. Maqola diabet tashxisidan keyingi psixologik moslashuv, ruhiy bosim, qo‘rquv, inkor, xavotir va emotsional charchoq kabi holatlarning kelib chiqish sabablari hamda ularni kamaytirishga qaratilgan psixologik yondashuvlarni yoritadi. Tadqiqot inson ruhiyati va surunkali kasalliklar o‘rtasidagi murakkab o‘zaro bog‘liqlikni ko‘rsatib, diabet bilan yashovchi shaxslar uchun psixologik qo‘llab-quvvatlashning zarurligini asoslaydi.

Narmetova Yulduz Karimovna, Rustamjonova Mohinur Karimjon qizi

26-29

2025-11-30

TA’LIMDA ALOHIDA EHTIYOJ BO‘LGAN BOLALAR OILASINI PSIXOLOGIK-PEDAGOGIK QO‘LLAB-QUVVATLASHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR

Maqolada ta’limda alohida ehtiyojli bolalar oilalarini psixologik-pedagogik jihatdan qo‘llab-quvvatlashning zamonaviy shakllari va raqamli texnologiyalar orqali amalga oshirish imkoniyatlari tahlil etilgan. Ilmiy-tahliliy asosda milliy va xalqaro me’yoriy hujjatlar tahlil qilingan hamda raqamli ta’lim muhitida inklyuziv yondashuvni rivojlantirishga oid takliflar ishlab chiqilgan.

Narmetova Yulduz Karimovna, Jo‘rayeva Kamola Abdumalik qizi

30-33

2025-11-30

AKNELAR BILAN KURASHISHDA ZAMONAVIY KOSMETOLOGIK YONDASHUVLAR

Aknelar (ugrilar) – inson terisida eng ko‘p uchraydigan kosmetik muammolardan biri bo‘lib, asosan yog‘ bezlarining ortiqcha faoliyati va follikulalarning tiqilib qolishi natijasida paydo bo‘ladi. Bu holat o‘smirlik davrida keng tarqalgan bo‘lsa-da, so‘nggi yillarda kattalarda ham uchramoqda. Ushbu maqolada aknelerin kelib chiqish sabablari, ularning turlari, shuningdek, ularni bartaraf etishda zamonaviy kosmetologik yondashuvlarning o‘rni yoritib berilgan. Zamonaviy kosmetologiyada aknelarni davolashda kompleks yondashuv qo‘llaniladi: to‘g‘ri parhez, gigiyenik qoidalarga rioya qilish, tibbiy muolajalar va apparatli texnologiyalarni birgalikda qo‘llash orqali yuqori samaraga erishiladi. Xususan, ultratovushli tozalash, kimyoviy piling, lazer terapiyasi, mezoterapiya, plazmolifting va kriyoterapiya kabi muolajalar akne bilan samarali kurashda o‘zini oqlagan.

Narmetova Yulduz Karimovna, Saburova Xurshida Baxodirovna

34-36

2025-11-30

МЕТОДИКА КОМПЛЕКСНОЙ ОЦЕНКИ КОМПЕТЕНТНОСТНОГО ПРОФИЛЯ КУРСАНТА: ИНТЕГРАЦИЯ КОГНИТИВНЫХ, ПОВЕДЕНЧЕСКИХ И МОТИВАЦИОННЫХ ИНДИКАТОРОВ

В статье представлена методика комплексной оценки компетентностного профиля курсанта образовательных организаций органов внутренних дел на основе интеграции когнитивных, поведенческих и мотивационных индикаторов. Научно обоснована необходимость применения многокомпонентной модели компетентности. Описаны диагностические инструменты, алгоритм процедуры оценки и методы статистической обработки данных. Экспериментальная апробация методики показала её эффективность в объективном определении уровня профессиональной готовности курсантов к служебной деятельности. Полученные результаты дают основания рекомендовать методику для внедрения в образовательный процесс учреждений системы МВД.

Полатов Баҳодир Бахтиёрович

37-44

2025-11-30

ABU AL-HASAN ASH’ARIYNING “MAQOLOT AL-ISLOMIYYIN” ASARIDA ISLOM TARIXIDAGI OQIMLARNI BAYON QILISH USLUBI

Imom Abu al-Hasan Ash’ariyning “Maqolot al-Islomiyyin” asari islom niqobi ostidagi firqalar va ularning e’tiqodiy qarashlarini xolis va tizimli tarzda bayon qilgan muhim aqiydaviy-tarixiy manbadir. Asar hijriy 300-320 yillar oralig‘ida yozilgan bo‘lib, muallif o’zidan oldingi yozilgan maqolot mavzusidagi manbalarni kamchiliklarini to‘g‘rilash maqsadida bu kitobni yozishga kirishgan.

Saminov Muhammad-Sodiq Raxmonjon o‘g‘li

45-51

2025-11-30

ИЧКИ ИШЛАР ОРГАНЛАРИ ТОМОНИДАН АМАЛГА ОШИРИЛАДИГАН ҲУҚУҚБУЗАРЛИКЛАРНИНГ МАХСУС ПРОФИЛАКТИКАСИ ФАОЛИЯТИНИ ТАШКИЛ ЭТИШ

Мақолада Ички ишлар органлари томонидан амалга ошириладиган ҳуқуқбузарликларнинг махсус профилактикаси фаолиятини ташкил этиш хусусида фикр юритилиб, мазкур фаолиятни янада самарали ташкил қилишга оид таклиф ҳамда тавсиялар билдирилган.ҳам рақамлаштириш таклиф этилган.

Қулдашев А.У.

52-57

2025-11-30

ХОРИЖИЙ МАМЛАКАТЛАРДА ДАВЛАТ ОРГАНЛАРИ ВА ФУҚАРОЛИК ЖАМИЯТИ ИНСТИТУТЛАРИ ЎЗАРО ҲАМКОРЛИГИНИНГ ТАҲЛИЛИ

Мақолада хорижий мамлакатларда давлат органлари ва фуқаролик жамияти институтлари ўзаро ҳамкорлигининг таҳлили хусусида фикр юритилиб, мазкур фаолиятни янада самарали ташкил этишга оид таклифлар ҳамда тавсиялар билдирилган

Аманов Аброржон Абдуллаевич

58-66

2025-11-30

ИЧКИ ИШЛАР ОРГАНЛАРИ ТОМОНИДАН АМАЛГА ОШИРИЛАДИГАН ҲУҚУҚБУЗАРЛИКЛАРНИНГ УМУМИЙ ПРОФИЛАКТИКАСИ ФАОЛИЯТИНИ ТАШКИЛ ЭТИШ

Мақолада ички ишлар органлари томонидан амалга ошириладиган ҳуқуқбузарликларнинг умумий профилактикаси фаолиятини ташкил этиш хусусида фикр юритилиб, мазкур фаолиятни янада самарали ташкил қилишга оид таклиф ҳамда тавсиялар билдирилган.

Ганиев Ботир Мухитдинович

67-72

2025-11-30

ИЧКИ ИШЛАР ОРГАНЛАРИ ТОМОНИДАН БОСҚИНЧИЛИК ЖИНОЯТЛАРИ ПРОФИЛАКТИКАСИНИ ТАШКИЛ ЭТИШ

Мақолада ички ишлар органлари томонидан босқинчилик жиноятлари профилактикасини ташкил этиш хусусида фикр юритилиб, мазкур фаолиятни янада самарали ташкил қилишга оид таклиф ҳамда тавсиялар билдирилган.

Хушвақтов Эркин Темирович

73-78

2025-11-30

XITOYDA POLITSIYA XIZMATLARI TOMONIDAN KUCH ISHLATISH TARTIBI VA SHARTLARI

Mazkur maqolada Xitoy Xalq Respublikasida politsiya organlari tomonidan kuch ishlatishning huquqiy asoslari, uning turlari, qo‘llash shartlari va hududiy amaliyoti tahlil qilingan. Xususan, kuch ishlatishning proporsionallik, qonuniylik va zarurat tamoyillari Xitoy qonunchiligida qanday mustahkamlangani, politsiya xodimlarining vakolatlari, maxsus vositalardan foydalanish tartibi hamda jamoat xavfsizligini ta’minlashdagi o‘rni atroflicha yoritiladi. Shu bilan birga, xalqaro huquq standartlari bilan solishtirma tahlil o‘tkazilib, Xitoy amaliyotining o‘ziga xos jihatlari va muammolari ko‘rsatiladi. Maqolada kuch ishlatish sohasida shaffoflikni oshirish, inson huquqlarini himoya qilish mexanizmlarini takomillashtirish va politsiya nazoratini kuchaytirishga doir takliflar ham ilgari suriladi.

Ummatov Muhammadrasul Tursunovich

79-85

2025-11-30

ПРОФЕССИЯ ПЕРЕВОДЧИКА: НАВЫКИ, КАЧЕСТВА И ВЫЗОВЫ СОВРЕМЕННОГО РЫНКА

Профессия переводчика развивается под влиянием глобализации, цифровых технологий и искусственного интеллекта. Современный переводчик должен сочетать языковую компетенцию с культурной осведомлённостью, предметной экспертизой и технологической грамотностью, включая работу с CAT-инструментами и постредактирование машинного перевода. В статье рассматриваются ключевые навыки, личные качества, требования рынка, этические аспекты и образовательные потребности переводчиков. Анализируются современные вызовы: автоматизация, высокая конкуренция и узкая специализация, а также даются рекомендации по развитию профессиональной карьеры.

Исаева Зера Таировна, Иномжонова Рухшона

86-89

2025-11-30

ОЦЕНКИ ОСТАТОЧНОГО РЕСУРСА ЭЛЕМЕНТОВ ЖЕЛЕЗОБЕТОННЫХ ПРОЛЕТНЫХ СТРОЕНИЙ

В соответствии под физическим износом конструкции следует понимать утрату ими первоначальных технико-эксплуатационных качеств (прочности, устойчивости, надежности и др.). До настоящего времени показатель физического износа использовались для качественной оценки технического состояния различных строительных конструкций. Показатель износа служил для решения вопроса объема восстановительных работ.

Erboyev Sh.O., Abdullayev Asadbek Vali o‘g‘li , Adjimuratov Server Marlenovich, Jumanazarov Mustafo Baxtiyor o‘g‘li

90-94

2025-11-30